×
×

Mahsulotning ko'rinishi saytdagi rasmdan farq qilishi mumkin.

LOLAT konsentrat 10ml 500mg/ml N10

Kategoriya:
- Dori vositalari
Ishlab chiqarilish joyi:
- O'zbekiston
Faol modda:
L-аспартат, L-орнитин
Qadoqda soni:
- 10
Ishlab chiqaruvchi:
ATX kodi:
- А05BА
Noaniqliq haqida habar berish

O'xshash dorilar

28 600 s`om dan
ASKORIL EKSPEKTORANT sirop 100ml Glenmark Pharmaceuticals Ltd Hindiston
52 600 s`om dan
ENTEROKIND tomchilar 20ml Deutsche Homoeopathie-Union DHU-Arzneimittel GmbH & Co.KG Germaniya
SAKOLIN sirop 200ml «PRIMEA LIMITED» Buyuk Britaniya
120 000 s`om dan
Mahsulot haqida tafsilotlar
Saytda e'lon qilingan ma'lumotlar mutaxassislar uchun mo'ljallangan. O'zingizni-o'zingiz davolash bilan shug'ullanmang. Sog'lig'ingizga zarar bermaslik uchun mutaxassis bilan maslahatlashishga ishonch hosil qiling!
Tarkibi:

faol modda: L-ornitin L-aspartati – 500,0 mg;

yordamchi modda: in'ektsiya uchun suv – 1 ml gacha.

Сhiqarilish shakli  

Infuziya uchun eritma tayyorlash uchun kontsentrat 50% 10 ml dan shishali ampulalarda.

Infuzion eritma tayyorlash uchun konsentrat

faol modda: L-ornitin L-aspartati – 500,0 mg; yordamchi modda: in'ektsiya uchun suv – 1 ml gacha.
Organizmda, shu jumladan, jigar kasalliklarida ammiakning yuqori darajasini pasaytirib detoksikatsion ta'sirga ega. Preparatning ta'siri uning Krebs mochevina hosil bo'lishi ornitin tsiklida ishtirok qilishi bilan bog'liq (jigar xujayralar fermentlarini, ornitinkarbamoiltransferaza va karbamoilfosfatsintetaza faolligini tiklab tsiklning faoliyatini faollashtiradi). Insulin va somatotrop gormoni ishlab chiqarilishiga yordam beradi. Parenteral ovqatlanishni talab qiladigan kasalliklarda oqsil almashinuvini yaxshilaydi. Astenik, dispeptik va og'riq sindromlarini kamayishiga, va shuningdektana massasi oshishini normallashtirishga (steatozda va steagepatitda) yordam beradi,
Ornitin va aspartatning yarim chiqarish davri qisqa, 0,3-0,4 soat. Aspartatning kam qismi o'zgarmagan shaklda siydik bilan chiqariladi. Taqsimlanishi va biotransformatsiyasi Organizmga vena ichiga yuborilgandan keyin L-aspartat komponenti uchta asosiy metabolik yo'llari bilan aylanadi: oqsil sintezi orqali to'qimalar oqsillariga qo'shiladi; energiya xosil qilish, glikogenni va triglitseridlarni oraliq metabolizmi; almashtirib bo'ladigan aminokislotalarni va boshqa vodorod birikmalarga o'zgartirishi. O'z tomonidan, L-ornitin ham uchta yo'l orqali qayta o'zgaradi: mochevina hosil bo'lishi tsiklda oraliq mahsulot sifatida; poliamidlar sintezida dekarboksillovchi fermentni hosil qilish uchun (oqsillar sintezini boshqarishda ishtirok qiladigan kichik azot birikmalari); O-glyutamatpolual'degid va glyutamin kislotasini hosil qilish uchun. Organizmdan chiqarilishi Aminokislotalar katabolizmi vaqtida amin guruhlar shakllantirib va organizmdan buyrak orqali ajralib mochevina xosil bo'lish tsiklida ishlatiladi. Qon oqimida o'tuvchi aminokislotalar nefronlar orqali fil'trlanadi va proksimal kanalchalar orqali faol ko'chib o'tish tizimiga qayta so'riladi. Tabiiy sharoitlarda L-ornitin-L-aspartat ta'siri aminokislotalar, ya'ni ornitin va aspartat tomonidan ammiakni detoksifikatsiyaning ikkita asosiy usuli yordamida, aynan esa: mochevina sintezi va glyutamin sintezi bilan ta'minlanadi. Mochevina sintezi periportal gepatotsitlarda yuz berib, bunda ornitin ikkita fermentni, aynan esa: ornitin-karbamil-transferazlar va karbamil-fosfat-sintetazlarni mochevina sintezi uchun substrat sifatida faollashtiruvchi kabi ta'sir ko'rsatadi. Glyutamin sintezi perivenoz gepatotsitlarida yuz beradi. Patologik holatlarda aspartat va dikarboksilat, shu jumladan ornitin metabolitlari hujayralar tomonidan yutiladi va ammiakni glyutamin shaklida bog'lash uchun ishlatiladi. Glyutamat – ammiakni ham fiziologik, ham patologik sharoitlarda bog'laydigan aminokislota hisoblanadi. Hosil bo'lgan glyutamin aminokislotasi nafaqat ammiakning notoksikli olib tashlanishi uchun ishlatiladi, balki mochevina hosil bo'lishining muhim bosqichini (ya'ni, hujayra ichidagi glyutamin metabolizmini) ham faollashtiradi. Tabiiy sharoitlarda ornitin va aspartat ta'siri mochevina sintezi bilan cheklanib qolmaydi. Hayvonlarda o'tkazilgan tajriba tadqiqotlarida, L-ornitin-L-aspartat glyutaminning tez sintezlanishi bilan yuzaga kelgan ammiak tarkibini pasaytirish xossasiga egaligi tasdiqlangan. Xuddi shunday ta'sir aminokislotalar/ aromatik aminokislotalarning shoxoblangan zanjiri yuzasidan individual klinik sinovlarida ham kuzatilgan.
Nerv tizimi tomonidan: ba'zan qizib ketish hissi paydo bo'lishi mumkin. Me'da-ichak yo'llari tomonidan: ba'zan diskomfort, ko'ngil aynishi va qusish paydo bo'lishi mumkin. Immun tizimi tomonidan buzilishlar: juda kam hollarda allergik reaktsiyalar.
Shifokorning retsepti bo'yicha
Preparat yuqori dozalarda yuborilganda qon pdazmasida va siydikda mochevinaning kontsentratsiyasini nazorat qilish kerak. Jigar funktsiyasini og'ir buzilishlarida bemorni ahvoliga muvofiq ravishda ko'ngil aynishi yoki qusishni oldini olish uchun infuzon eritmaning yuborish tezligini kamaytirish zarur. Ko'ngil aynishi va qusish paydo bo'lganida yuborish tezligini kaaytirish lozim. Homiladorlik va laktatsiya davrida qo'llanishi Homiladorlik vaqtida preparat qo'llanishi bo'yicha ma'lumotlar mavjud emas. Homiladorlik davrida Lolat preparati ona va homila uchun foyda/xavf nisbatihisobga olib faqat shifokor jiddiy nazorat ostida qo'llash mumkin. Laktatsiya davrida preparatni qo'llash mumkin emas. Preparatni qo'llash zarur bo'lsa emizishni to'xtatish masalasini ko'rib chiqish lozim. Avtotransportni xaydash va mexanizmlarni boshqarish qobiliyatiga ta'siri Asosiy kasallik tufayli “jigar entsefalopatiya” tashhisi qo'yilganda avtotransport xaydashda va diqqatni yuqori jamlash va psiximotor reaktsiyalar tezligini talab qiluvchipotentsial xavfli faoliyat turlari bilan shug'ullanishda ehtiyotkorlikka rioya qilish kerak.
• o'tkir va surunkali jigar kasalliklari fonida (jigar tsirrozi, jigar yog'li distrofiyasi, gepatit va b.) giperammoniemiya; • jigar entsefalopatiyasi, o'u jumladan ongni buzilishlarida (prekoma va koma) majmuaviy davolash tarkibida; • oqsil tanqisligi bo'lgan patsientlarda parenteral oziqlanish uchun tuzatuvchi qo'shimcha sifatida qo'llaniladi.
• Preparatning komponentlariga yuqori sezuvchanlik; • Og'ir buyrak yetishmovchiligi (qon zardobida kreatinin darajasi > 3 mg /1 dl); • Emizish davri; • 18 yoshgacha bolalarda (ma'lumotlar yetarli bo'lmagani uchun) qo'llash mumkin emas. Ehtiyotkorlik bilan Homiladorlikda (homiladorlik va laktatsiya davrida qo'llanishi bo'lmiga qarang).
Kontsentratsiyalangan infuzion eritmasini penitsillin, K vitamini, rifampitsinum, meprobamat, diazepam, klometiazolum, tiopental natriy va vinkaminum bilan qo'llash tavsiya etilmaydi. Suyultirish uchun faqat yo'riqnomada ko'rsatilgan eritmalar qo'llash kerak.
Yorug'likdan himoyalangan joyda 25°C dan yuqori bo'lmagan haroratda saqlansin.

Bolalar ololmaydigan joyda saqlansin.

Yaroqlilik muddati

2 yil. 

Yaroqlilik muddati o'tgandan keyin qo'llanilmasin.

Rangsizdan och-sariq ranggacha tiniq eritma.
Vena ichiga tomchilab yuboriladi. Ampulani ichidagisi 500 ml infuziya eritmasi bilan (0,9% li natriy xlorid eritmasi, 5% li dekstroza (glyukoza) eritmasi yoki Ringer eritmasi) aralashtiriladi. Kattalar O'rtacha davolash dozasi sutkada 4 ampula. Jigar entsefalopatiyasida (holatni og'irlik darajasiga qarab) vena ichiga sutkada 8 ampulagacha buyuriladi. Infuziyaning maksimal tezligi soatga 5 g ornitin. Preparat bilan davolash davomiyligi patologiyaga va patsientning ahvolini og'irligiga qarab har bir holatda individual belgilanadi. Jigar funktsiyasini og'ir buzilishlari patsientning ahvolini jiddiy monitoring o'tkazish va ko'ngil aynishini va qusishni rivojlanishni oldini olish uchun preparatning yuborish tezligiga tuzatish kiritish zarur. Bolalar Pediatrik amaliyotida preparatni qo'llash bo'yicha ma'lumotlar yo'q.
Hozirgacha L-ornitin-L-aspartat chaqirgan dozani oshirib yuborilganda hech qanday belgilari kuzatilmagan. Agar dozani oshirib yuborilishi yuz bergan holatda, simptomatik davolash tavsiya etiladi.
Homiladorlik vaqtida preparat qo'llanishi bo'yicha ma'lumotlar mavjud emas. Homiladorlik davrida Lolat preparati ona va homila uchun foyda/xavf nisbatihisobga olib faqat shifokor jiddiy nazorat ostida qo'llash mumkin.

Laktatsiya davrida preparatni qo'llash mumkin emas. Preparatni qo'llash zarur bo'lsa emizishni to'xtatish masalasini ko'rib chiqish lozim.

Fikr qoldirish
Baho:
              
Matnni kiriting

Ismingiz
Fikr-mulohazangiz moderator tekshiruvidan so'ng nashr etiladi

Mahsulot bo'yicha savolingiz bormi?

Savol qoldirish

Mulohazalar

LOLAT konsentrat 10ml 500mg/ml N10 dori vositasi O'zbekiston dori vositalari reestrida ro'yxatdan o'tganmi?
Ha, preparat O'zbekiston dori vositalari reestrida ro'yxatdan o'tgan.
LOLAT konsentrat 10ml 500mg/ml N10 dori vositasi ishlab chiqaruvchisi kim va u qaysi davlatda ishlab chiqarilgan?
LOLAT konsentrat 10ml 500mg/ml N10 dori vositasi Jurabek Laboratories OT MChJ tomonidan O'zbekiston mamlakatida ishlab chiqarilgan.
LOLAT konsentrat 10ml 500mg/ml N10 dori vositasi resept bo’yicha sotiladimi?
LOLAT konsentrat 10ml 500mg/ml N10 dori vositasi resept bo'yicha sotiladigan dori

Analoglar
GEPOTEK 5 eritma 10ml
Ishlab chiqaruvchining dorilari
Narh: 10 400 so'mdan Batafsil
Narh: 3 000 so'mdan Batafsil
Narh: 4 500 so'mdan Batafsil
Narh: 5 000 so'mdan Batafsil
Narh: 6 851 so'mdan Batafsil
Narh: 7 490 so'mdan Batafsil
Narh: 4 500 so'mdan Batafsil
Narh: 3 400 so'mdan Batafsil
Narh: 5 000 so'mdan Batafsil
Narh: 6 800 so'mdan Batafsil
Narh: 5 301 so'mdan Batafsil
Narh: 7 800 so'mdan Batafsil
Narh: 1 100 so'mdan Batafsil
Narh: 15 000 so'mdan Batafsil
Narh: 11 000 so'mdan Batafsil
Narh: 24 500 so'mdan Batafsil
Narh: 11 000 so'mdan Batafsil
Narh: 15 000 so'mdan Batafsil
Narh: 3 400 so'mdan Batafsil
Narh: 3 800 so'mdan Batafsil
Narh: 4 000 so'mdan Batafsil
Narh: 7 800 so'mdan Batafsil
  • A
  • B
  • D
  • E
  • F
  • G
  • H
  • I
  • J
  • K
  • L
  • M
  • N
  • O
  • P
  • Q
  • R
  • S
  • T
  • U
  • V
  • X
  • Y
  • Z
  • Ch
  • Sh
  • 0-9