×
×
  • MAKROVIT pastilkalar N30

Mahsulotning ko'rinishi saytdagi rasmdan farq qilishi mumkin.

MAKROVIT pastilkalar N30

Kategoriya:
- Vitaminlar
Ishlab chiqarilish joyi:
- Sloveniya
Qadoqda soni:
- 30
Ishlab chiqaruvchi:
- Krka d.d.
ATX kodi:
- A11A
Noaniqliq haqida habar berish

O'xshash dorilar

MAGNE V6 tabletkalari 5mg N50 Sanofi Aventis France, Франция произведено: Sanofi Winthrop Industrie Frantsiya
36 000 s`om dan
SUPRADIN KIDS VOLSHEBNIYe draje N60 Bayer Consumer Care AG Germaniya
100 000 s`om dan
45 000 s`om dan
VITARICH sirop 200ml Saga Laboratories, Индия произведено: Stallion Laboratories Pvt. Ltd Hindiston
Mahsulot haqida tafsilotlar
Saytda e'lon qilingan ma'lumotlar mutaxassislar uchun mo'ljallangan. O'zingizni-o'zingiz davolash bilan shug'ullanmang. Sog'lig'ingizga zarar bermaslik uchun mutaxassis bilan maslahatlashishga ishonch hosil qiling!
MAKROVIT pastilkalar N30 qo'lanishi bo'yicha ko'rsatmalar

QO‘LLASH BO‘YICHA YO‘RIQNOMA

MAKROVIT®

MAKROVIT®

 

Preparatning savdo nomi: Makrovit®

Dori shakli: pastilkalar

Tarkibi:

1 pastilka quyidagilarni  saqlaydi

Faol moddalar

Retinol palmitati sintetik moyli shakli

(A vitamini) 1,7 mln.XB/g)                                                          0,88 mg

Kolekalsiferol konsentrati, moyli shakli

(1 mln.XB /g) (D3 vitamini)                                              0,10 mg

Askorbin kislotasi (S vitamini)                                  80,0 mg

Tiamin nitrati (V1 vitamini)                                        0,50 mg

Riboflavin (V2 vitamini)                                               0,60 mg

Piridoksin gidroxloridi (V6 vitamini)                     1,00 mg

Sianokobalamin 0,1% mannitolda (Ye 421)

(V12 vitamini)                                                                    2,00 mg

Nikotinamid (RR vitamini)                                            5,00 mg

Kalsiy pantotenati (V5 vitamini)                               5,00 mg

α-tokoferol asetati (Ye vitamini)                                   5,00 mg

Yordamchi moddalar: laktoza monogidrati, mandarin aromatizatori 61105, shaftoli aromatizatori 78123-33, polisorbat 80, gliserol, kanakunjut moyi, sorbitol, suyuq dekstroza (quruq modda), magniy stearati, quyosh shafaqi bo‘yovchisi (Ye110), titan dioksidi, kapol 600 farma, saxaroza, povidon, ko‘pikni so‘ndiruvchi 1510.

Ta‘rifi: dumaloq, ikki tomonlama qavariq zarg‘aldoq rangli pastilkalar.

Farmakoterapevtik guruhi: polivitaminlar.

ATX kodi: A11VA.

Farmakologik xususiyatlari

Makrovit® tarkibida 10 ta eng muhim vitaminlarni saqlaydi, ular organizmda ko‘p sonli biokimyoviy jarayonlarni boshqarilishida ishtirok etadi.

V guruhi vitaminlari (V1, V2, V6, pantoten kislotasi va nikotinamid) uglevodlar, yog‘lar va oqsillarni metabolizmida, shuningdek nerv tizimini faoliyatida ishtirok etadi.

A vitamini epitelial xujayralarni rivojlanishi va ko‘z to‘r pardasidagi yorug‘likka sezgir pigmentni biosintezi uchun zarur.

D vitamini kalsiy balansining muvozanatini tutib turishda muhim rol o‘ynaydi va suyaklar va tishlarni to‘g‘ri mineralizasiya bo‘lishiga yordam beradi.

S vitamini temirni so‘rilishini oshiradi va organizmdagi ko‘pchilik oksidlanish-qaytarilish jarayonlarida ishtirok etadi.

Ye vitamini tabiiy antioksidant bo‘lib, xujayra membranalarini shikastlanishdan ximoya qiladi va ularning funksional imkoniyatlarini saqlaydi.

Qo‘llanilishi

Makrovit® vitaminlarga bo‘lgan yuqori ehtiyoj oshganda va/yoki bir xil ovqatlanishda yoki muvozanatlanmagan rasiondagi ovqatga qo‘shimcha sifatida tavsiya etilgan:

  • jismoniy va aqliy faoliyati oshganida (o‘qish, ishda va uyda ishlarni haddan ziyod ko‘pligi),
  • sport bilan jadal shug‘ullanishda va faol dam olishda,
  • ovqat mahsulotlarini o‘zlashtirilishi yetarli bo‘lmaganida (keksalar, chekuvchilar, alkogolga qaramligi bo‘lgan shaxslar),
  • nomuntazam va bir xil ovqatlanishda (tez tayyorlanadigan mahsulotlar, ovqatni nomuntazam qabul qilish),
  • vaznni kamaytirish uchun parhezga rioya qilishda,
  • homiladorlik va emizish davrida,
  • yangi mevalar va sabzovotlar yetishmovchiligida.

Vitaminlarni qabul qilish muvozanatlangan va turli xil ovqatlanishning o‘rnini bosmaydi.

Qo‘llash usuli va dozalari

6 yoshdan 10 yoshgacha bo‘lgan bolalar: 1 pastilkadan kuniga 1-2 marta.

10 yoshdan katta bolalar va kattalar: 1 pastilkadan kuniga 2-3 marta.

Makrovit® pastilkalarini ovqat qabul qilgandan keyin shimish afzalroq.

Nojo‘ya ta‘sirlari

Makrovit® pastilkalari tavsiya etilgan dozalarda qabul qilinganida nojo‘ya ta‘sirlari kuzatilmaydi.

O‘ta yuqori sezuvchanlik reaksiyalar paydo bo‘lganida preparat qabul qilishni to‘xtatish va shifokor bilan maslahatlashish kerak.

Agar biron-bir nojo‘ya samara og‘irlashsa, yoki Siz ushbu yo‘riqnomada ko‘rsatilmagan nojo‘ya samaralarni sezsangiz, u holda iltimos, bu haqida shifokorga xabar bering.

Qo‘llash mumkin bo‘lmagan xolatlar

Preparatning komponentlariga yuqori sezuvchanlik.

A va D gipervitaminozlari.

Dorilarning o‘zaro ta‘siri

Qabul qilishni boshlashdan oldin, Siz birorta dori vositalarini qabul qilayotgan yoki qabul qilgan bo‘lsangiz, bu haqida shifokorga yoki farmasevtga xabar berish kerak.

Preparatni boshqa dori vositalari bilan o‘zaro ta‘siri kuzatilmagan.

Maxsus ko‘rsatmalar

Preparat 6 yoshdan kichik bo‘lgan bolalarga tavsiya etilmaydi.

Boshqa vitaminlar, vitamin-mineralli va/yoki mineral majmualari bilan birga qabul qilishdan oldin shifokor yoki farmasevt bilan maslahatlashish kerak.

Qandli diabeti bo‘lgan pasientlar Makrovit®ni qabul qilishlari mumkin, lekin bir pastilka 0,61 g saxaroza va 0,15 g glyukoza saqlashini, sutkalik dozada 0,61 g dan to 1,8 g gacha saxaroza va 0,15 g dan 0,45 g gacha glyukoza bo‘lishini yodda saqlashlari kerak.

Yordamchi moddalariga nisbatan maxsus ogohlantirishlar

Makrovit® tarkibida laktoza, suyuq glyukoza, saxaroza va sorbit saqlaydi. Fruktozani o‘zlashtiraolmaslik, glyukoza-galaktozani so‘rilishini buzilishi yoki saxaraza-izomaltaza yetishmovchiligi kabi kam uchraydigan nasliy buzilishlari bo‘lgan pasientlar bu preparatni qabul qilishlari mumkin emas.

Preparatni ovqat va ichimliklar bilan qo‘llanishi

Ovqatlangandan keyin qabul qilish tavsiya etiladi.

Homiladorlik va laktasiya davri

Homilador ayollar va emizuvchi ayollar vitaminlarni shifokorning tavsiyasiga muvofiq qabul qilishlari kerak.

Avtomobilni boshqarish va mexanizmlar bilan ishlash qobiliyatiga ta‘siri

Preparat avtomobilni boshqarish va mexanizmlar bilan ishlash qobiliyatiga ta‘sir qilmaydi.

Preparat bolalar ololmaydigan joyda saqlansin va yaroqlilik muddati o‘tgach qo‘llanilmasin.

Dozani oshirib yuborilishi

Preparatning dozasi oshirib yuborilganida darhol shifokorga murojaat qiling.

Tavsiya etilgan dozalarda qabul qilinganida intoksikasiya kuzatilmaydi.

Vitaminlarning juda yuqori dozalarini uzoq muddat qabul qilish, A va D gipervitaminozini rivojlanishiga sabab bo‘lishi mumkin, shunga qaramasdan, Makrovit® preparatini qabul qilishda dozani oshirib yuborilish xavfi minimal darajada bo‘ladi.

Chiqarilish shakli

10 pastilkadan blisterda.

3 blister qo‘llash bo‘yicha yo‘riqnomasi bilan birga karton qutida.

Saqlash sharoiti

25oS dan yuqori bo‘lmagan, yorug‘lik va namlikdan ximoyalangan joyda saqlansin.

Yaroqlilik muddati

2 yil.

Dorixonalardan berish tartibi

Shifokor reseptisiz beriladi.

Ulashish:

Fikr qoldirish
Baho:
              
Matnni kiriting

Ismingiz
Fikr-mulohazangiz moderator tekshiruvidan so'ng nashr etiladi

Mahsulot bo'yicha savolingiz bormi?

Savol qoldirish

Mulohazalar

MAKROVIT pastilkalar N30 dori vositasi O'zbekiston dori vositalari reestrida ro'yxatdan o'tganmi?
Ha, preparat O'zbekiston dori vositalari reestrida ro'yxatdan o'tgan.
MAKROVIT pastilkalar N30 dori vositasi ishlab chiqaruvchisi kim va u qaysi davlatda ishlab chiqarilgan?
MAKROVIT pastilkalar N30 dori vositasi Krka d.d. tomonidan Sloveniya mamlakatida ishlab chiqarilgan.
MAKROVIT pastilkalar N30 dori vositasi resept bo’yicha sotiladimi?
MAKROVIT pastilkalar N30 dori vositasi resept bo'yicha sotiladigan dori

Ishlab chiqaruvchining dorilari
PIKOVIT sirop 150ml
  • Ishlab chiqarilish joyi: Sloveniya
  • Ishlab chiqaruvchi: Krka d.d.
Narh: 27 200 so'mdan Batafsil
GENTAMISIN K inyeksiya uchun eritma 80mg/2ml N10
  • Ishlab chiqarilish joyi: Sloveniya
  • Ishlab chiqaruvchi: Krka d.d.
Narh: 58 900 so'mdan Batafsil
PANZINORM 10000 kapsulalar N21
Narh: 40 000 so'mdan Batafsil
VIROLEKS poroshok 250mg N5
Narh: 105 000 so'mdan Batafsil
Narh: 115 000 so'mdan Batafsil
Narh: 88 600 so'mdan Batafsil
Narh: 97 000 so'mdan Batafsil
ENAP HL tabletkalari 10mg/12,5mg N20
Narh: 36 000 so'mdan Batafsil
ROKSERA tabletkalari 30mg N30
Narh: 124 300 so'mdan Batafsil
ROKSERA tabletkalari 15mg N30
Narh: 50 000 so'mdan Batafsil
ATORIS tabletkalari 60mg N30
Narh: 135 000 so'mdan Batafsil
ATORIS tabletkalari 10mg N30
Narh: 22 800 so'mdan Batafsil
ATORIS tabletkalari 40mg N30
Narh: 69 000 so'mdan Batafsil
TENOKS tabletkalari 10mg N30
Narh: 60 000 so'mdan Batafsil
TENOKS tabletkalari 5mg N30
Narh: 51 000 so'mdan Batafsil
PRENESSA tabletkalari 4mg N30
Narh: 40 000 so'mdan Batafsil
PRENESSA tabletkalari 8mg N30
Narh: 52 000 so'mdan Batafsil
LORTENZA tabletkalari 50mg/10mg N30
Narh: 70 000 so'mdan Batafsil
LORTENZA tabletkalari 100mg/10mg N30
Narh: 109 000 so'mdan Batafsil
LORTENZA tabletkalari 100mg/5mg N30
Narh: 83 000 so'mdan Batafsil
LORTENZA tabletkalari 50mg/5mg N30
Narh: 66 000 so'mdan Batafsil
LORISTA N tabletkalari 50mg/12,5mg N28
Narh: 40 000 so'mdan Batafsil
LORISTA tabletkalari 100mg N28
Narh: 64 100 so'mdan Batafsil
LORISTA tabletkalari 50mg N28
Narh: 40 000 so'mdan Batafsil
  • A
  • B
  • D
  • E
  • F
  • G
  • H
  • I
  • J
  • K
  • L
  • M
  • N
  • O
  • P
  • Q
  • R
  • S
  • T
  • U
  • V
  • X
  • Y
  • Z
  • Ch
  • Sh
  • 0-9