Makrovit ko'rsatmalar
QO‘LLASH BO‘YICHA YO‘RIQNOMA
MAKROVIT®
MAKROVIT®
Preparatning savdo nomi: Makrovit®
Dori shakli: pastilkalar
Tarkibi:
1 pastilka quyidagilarni saqlaydi
Faol moddalar
Retinol palmitati sintetik moyli shakli
(A vitamini) 1,7 mln.XB/g) 0,88 mg
Kolekalsiferol konsentrati, moyli shakli
(1 mln.XB /g) (D3 vitamini) 0,10 mg
Askorbin kislotasi (S vitamini) 80,0 mg
Tiamin nitrati (V1 vitamini) 0,50 mg
Riboflavin (V2 vitamini) 0,60 mg
Piridoksin gidroxloridi (V6 vitamini) 1,00 mg
Sianokobalamin 0,1% mannitolda (Ye 421)
(V12 vitamini) 2,00 mg
Nikotinamid (RR vitamini) 5,00 mg
Kalsiy pantotenati (V5 vitamini) 5,00 mg
α-tokoferol asetati (Ye vitamini) 5,00 mg
Yordamchi moddalar: laktoza monogidrati, mandarin aromatizatori 61105, shaftoli aromatizatori 78123-33, polisorbat 80, gliserol, kanakunjut moyi, sorbitol, suyuq dekstroza (quruq modda), magniy stearati, quyosh shafaqi bo‘yovchisi (Ye110), titan dioksidi, kapol 600 farma, saxaroza, povidon, ko‘pikni so‘ndiruvchi 1510.
Ta‘rifi: dumaloq, ikki tomonlama qavariq zarg‘aldoq rangli pastilkalar.
Farmakoterapevtik guruhi: polivitaminlar.
ATX kodi: A11VA.
Farmakologik xususiyatlari
Makrovit® tarkibida 10 ta eng muhim vitaminlarni saqlaydi, ular organizmda ko‘p sonli biokimyoviy jarayonlarni boshqarilishida ishtirok etadi.
V guruhi vitaminlari (V1, V2, V6, pantoten kislotasi va nikotinamid) uglevodlar, yog‘lar va oqsillarni metabolizmida, shuningdek nerv tizimini faoliyatida ishtirok etadi.
A vitamini epitelial xujayralarni rivojlanishi va ko‘z to‘r pardasidagi yorug‘likka sezgir pigmentni biosintezi uchun zarur.
D vitamini kalsiy balansining muvozanatini tutib turishda muhim rol o‘ynaydi va suyaklar va tishlarni to‘g‘ri mineralizasiya bo‘lishiga yordam beradi.
S vitamini temirni so‘rilishini oshiradi va organizmdagi ko‘pchilik oksidlanish-qaytarilish jarayonlarida ishtirok etadi.
Ye vitamini tabiiy antioksidant bo‘lib, xujayra membranalarini shikastlanishdan ximoya qiladi va ularning funksional imkoniyatlarini saqlaydi.
Qo‘llanilishi
Makrovit® vitaminlarga bo‘lgan yuqori ehtiyoj oshganda va/yoki bir xil ovqatlanishda yoki muvozanatlanmagan rasiondagi ovqatga qo‘shimcha sifatida tavsiya etilgan:
- jismoniy va aqliy faoliyati oshganida (o‘qish, ishda va uyda ishlarni haddan ziyod ko‘pligi),
- sport bilan jadal shug‘ullanishda va faol dam olishda,
- ovqat mahsulotlarini o‘zlashtirilishi yetarli bo‘lmaganida (keksalar, chekuvchilar, alkogolga qaramligi bo‘lgan shaxslar),
- nomuntazam va bir xil ovqatlanishda (tez tayyorlanadigan mahsulotlar, ovqatni nomuntazam qabul qilish),
- vaznni kamaytirish uchun parhezga rioya qilishda,
- homiladorlik va emizish davrida,
- yangi mevalar va sabzovotlar yetishmovchiligida.
Vitaminlarni qabul qilish muvozanatlangan va turli xil ovqatlanishning o‘rnini bosmaydi.
Qo‘llash usuli va dozalari
6 yoshdan 10 yoshgacha bo‘lgan bolalar: 1 pastilkadan kuniga 1-2 marta.
10 yoshdan katta bolalar va kattalar: 1 pastilkadan kuniga 2-3 marta.
Makrovit® pastilkalarini ovqat qabul qilgandan keyin shimish afzalroq.
Nojo‘ya ta‘sirlari
Makrovit® pastilkalari tavsiya etilgan dozalarda qabul qilinganida nojo‘ya ta‘sirlari kuzatilmaydi.
O‘ta yuqori sezuvchanlik reaksiyalar paydo bo‘lganida preparat qabul qilishni to‘xtatish va shifokor bilan maslahatlashish kerak.
Agar biron-bir nojo‘ya samara og‘irlashsa, yoki Siz ushbu yo‘riqnomada ko‘rsatilmagan nojo‘ya samaralarni sezsangiz, u holda iltimos, bu haqida shifokorga xabar bering.
Qo‘llash mumkin bo‘lmagan xolatlar
Preparatning komponentlariga yuqori sezuvchanlik.
A va D gipervitaminozlari.
Dorilarning o‘zaro ta‘siri
Qabul qilishni boshlashdan oldin, Siz birorta dori vositalarini qabul qilayotgan yoki qabul qilgan bo‘lsangiz, bu haqida shifokorga yoki farmasevtga xabar berish kerak.
Preparatni boshqa dori vositalari bilan o‘zaro ta‘siri kuzatilmagan.
Maxsus ko‘rsatmalar
Preparat 6 yoshdan kichik bo‘lgan bolalarga tavsiya etilmaydi.
Boshqa vitaminlar, vitamin-mineralli va/yoki mineral majmualari bilan birga qabul qilishdan oldin shifokor yoki farmasevt bilan maslahatlashish kerak.
Qandli diabeti bo‘lgan pasientlar Makrovit®ni qabul qilishlari mumkin, lekin bir pastilka 0,61 g saxaroza va 0,15 g glyukoza saqlashini, sutkalik dozada 0,61 g dan to 1,8 g gacha saxaroza va 0,15 g dan 0,45 g gacha glyukoza bo‘lishini yodda saqlashlari kerak.
Yordamchi moddalariga nisbatan maxsus ogohlantirishlar
Makrovit® tarkibida laktoza, suyuq glyukoza, saxaroza va sorbit saqlaydi. Fruktozani o‘zlashtiraolmaslik, glyukoza-galaktozani so‘rilishini buzilishi yoki saxaraza-izomaltaza yetishmovchiligi kabi kam uchraydigan nasliy buzilishlari bo‘lgan pasientlar bu preparatni qabul qilishlari mumkin emas.
Preparatni ovqat va ichimliklar bilan qo‘llanishi
Ovqatlangandan keyin qabul qilish tavsiya etiladi.
Homiladorlik va laktasiya davri
Homilador ayollar va emizuvchi ayollar vitaminlarni shifokorning tavsiyasiga muvofiq qabul qilishlari kerak.
Avtomobilni boshqarish va mexanizmlar bilan ishlash qobiliyatiga ta‘siri
Preparat avtomobilni boshqarish va mexanizmlar bilan ishlash qobiliyatiga ta‘sir qilmaydi.
Preparat bolalar ololmaydigan joyda saqlansin va yaroqlilik muddati o‘tgach qo‘llanilmasin.
Dozani oshirib yuborilishi
Preparatning dozasi oshirib yuborilganida darhol shifokorga murojaat qiling.
Tavsiya etilgan dozalarda qabul qilinganida intoksikasiya kuzatilmaydi.
Vitaminlarning juda yuqori dozalarini uzoq muddat qabul qilish, A va D gipervitaminozini rivojlanishiga sabab bo‘lishi mumkin, shunga qaramasdan, Makrovit® preparatini qabul qilishda dozani oshirib yuborilish xavfi minimal darajada bo‘ladi.
Chiqarilish shakli
10 pastilkadan blisterda.
3 blister qo‘llash bo‘yicha yo‘riqnomasi bilan birga karton qutida.
Saqlash sharoiti
25oS dan yuqori bo‘lmagan, yorug‘lik va namlikdan ximoyalangan joyda saqlansin.
Yaroqlilik muddati
2 yil.
Dorixonalardan berish tartibi
Shifokor reseptisiz beriladi.
Chiqarish shakllari