×
×

Mahsulotning ko'rinishi saytdagi rasmdan farq qilishi mumkin.

METOSTIL suppozitorii N7

Kategoriya:
- Ginekologik dorilar
Ishlab chiqarilish joyi:
- Xitoy
Faol modda:
Метронидазол, Клотримазол, Хлоргексидин
Qadoqda soni:
- 7
Ishlab chiqaruvchi:
- Hubei Humanwell Chengtian Pharmaceutical Co., Ltd
ATX kodi:
- G01AF
Noaniqliq haqida habar berish
Toshkentning 238 ta dorixonasida topildi

ico 69 000 s`om dan

Dorixonalardan izlash

ico 102 300 s`om dan + yetkazish

Buyurtma berish

ico 82 000 s`om dan

Bron qilish

O'xshash dorilar

GINO VITAL L suppozitorii 750mg/200mg N7 World Medicine Ilaс San. Ve Tic. A.S. Turkiya
MAKMIROR KOMPLEKS kapsulalar 200000me N8 Доппель Фармацеутици С.р.Л. Italiya
KLION D 100 tabletkalari N10 Гедеон Рихтер, ОАО Vengriya
44 800 s`om dan
NISTATIN suppozitorii 500000ed N10 Farmaprim S.R.L Moldova
8 000 s`om dan
Mahsulot haqida tafsilotlar
Saytda e'lon qilingan ma'lumotlar mutaxassislar uchun mo'ljallangan. O'zingizni-o'zingiz davolash bilan shug'ullanmang. Sog'lig'ingizga zarar bermaslik uchun mutaxassis bilan maslahatlashishga ishonch hosil qiling!
METOSTIL suppozitorii N7 qo'lanishi bo'yicha ko'rsatmalar

QO‘LLASH BO‘YICHA YO‘RIQNOMA

METOSTIL®

METOSTIL®

 

Preparatning savdo nomi: Metostil®

Ta‘sir etuvchi moddalar (XPN): metronidazol, klotrimazol, xlorgeksidin asetati

Dori shakli: vaginal suppozitoriylar

Tarkibi:

1 suppozitoriy quyidagilarni saqlaydi:

faol moddalar: metronidazol – 200 mg; klotrimazol – 160 mg; xlorgeksidin asetati –
8 mg;

yordamchi moddalar: yarimsintetik yog‘li gliserid (38 tipi), parafin, lanolin.

Ta‘rifi: och sariq (sarg‘ish) rangli silindrik shaklli suppozitoriylar.

Farmakoterapevtik guruhi: Asosan akusherlik va ginekologiyada qo‘llanadigan vosita. Imidazol hosilalari.

ATS kodi: G01AF

 

Farmakologik xususiyatlari

Farmakodinamikasi

Metostil suppozitoriylari − bu antibakterial va zamburug‘larga qarshi keng ta‘sir doirasiga ega majmuaviy preparat.

Metronidazol passiv diffuziya yo‘li bilan mikroorganizmga kiradi. U bakteriya hujayrasining ichida tiklanadi va biologik faol sitotoksik metaboliti DNK ni shikastlaydi. Metronidazolning nitroguruhini tiklaydigan ferment nitro-reduktaza kislorod borligida nofaol bo‘lib, metronidazolni faqat anaerob sharoitlarda ta‘sir qilishi shu bilan tushuntiriladi.

Metronidazol sodda hayvonlar (trixomonadalar, lyambliyalar), obligat anaerob bakteriyalarga (klostridiyalar) nisbatan keng ta‘sir doirasiga ega.

Metronidazol ba‘zi soddalar (Trichomonas vaginalis, Entamoeba hystolitica va Giardia lamblia) va obligat anaerob mikroorganizmlar bilan infeksiyalanganda samaralidir.

Klotrimazolning antimikotik samarasi zamburug‘larning hujayra membranalari tarkibiga kiruvchi ergosterinning sintezini buzilishi bilan bog‘liq, bu membranalarning o‘tkazuvchanligini o‘zgarishiga olib keladi va hujayralarning keyingi lizisini chaqiradi. Kichik konsentrasiyalarda klotrimazol fungistatik, katta konsentrasiyalarda esa − fungisid ta‘sir qiladi, bunda nafaqat proliferasiyalanayotgan hujayralarga. Fungisid konsentrasiyalarda mitoxondrial va peroksidaz fermentlar bilan o‘zaro ta‘sirlashadi, natijada vodorod peroksidining konsentrasiyasini toksik darajagacha oshishi kuzatiladi, bu ham zamburug‘ hujayralarining parchalanishiga yordam beradi.

Klotrimazol zamburug‘larga qarshi keng ta‘sir doirasiga ega.

Xlorgeksidin bakteriyalarning hujayra membranalaridagi fosfolipidlar bilan nospesifik bog‘lanish yo‘li bilan antibakterial ta‘sir ko‘rsatadi, bunda xlorgeksidin degidrogenaza va ATF-azaning faolligini tormozlaydi va kaliy, nukleotidlar va aminokislotalar uchun membranalarning o‘tkazuvchanligini buzadi.

Xlorgeksidin ko‘p uchraydigan faol mahalliy antiseptik vositalardan biri hisoblanadi.

 

Farmakokinetikasi

Metronidazol qin ichiga qo‘llanganida tizimli qon oqimiga so‘riladi. Qonda Smax 6-12 soatdan keyin aniqlanadi va metronidazolning ekvivalent dozasi bir marta ichga qabul qilinganidan so‘ng erishiladigan (1-3 soatdan keyin) Smax ning taxminan 50% ni tashkil qiladi. Metronidazol va uning metabolitlarini 60-80% buyraklar orqali chiqariladi, ichak orqali yuborilgan dozaning 6-15% chiqariladi.

Klotrimazol shilliq qavatlardan ahamiyatsiz darajada (3%) so‘riladi. So‘rilgan preparat jigarda metabolizmga uchraydi va buyraklar orqali chiqariladi; yarim parchalanish davri 3-5 soatni tashkil qiladi.

Xlorgeksidin shilliq qavatlar orqali amalda so‘rilmaydi.

 

Qo‘llanilishi

  • bakterial vaginit;
  • zamburug‘li kolpit;
  • vaginal trixomoniaz;
  • aralash infeksiyali kolpitda qo‘llanadi.

 

Qo‘llash usuli va dozalari

Qin ichiga buyuriladi. Bevosita yotishdan oldin, qo‘llarni yuvib, yotgan holatda, barmoqlar uchi bilan suppozitoriy ushlanadi va qinning ichiga (orqa gumbaziga) chuqur yuboriladi. Bir martaga bir suppozitoriydan qo‘llanadi. Davolash kursi 7 kunni tashkil qiladi. Takroriy davolash kursini preparatni qo‘llash to‘xtatilgandan keyingi, birinchi mensis (hayz qoni) dan so‘ng o‘tkazish kerak.

 

Nojo‘ya ta‘sirlari

Kam hollarda allergik reaksiyalar, qinda achishish hissi kuzatilishi mumkin.

 

Qo‘llash mumkin bo‘lmagan holatlar

  • preparatga yuqori sezuvchanlikda qo‘llash mumkin emas.

 

Dorilarning o‘zaro ta‘siri

Vaginal qo‘llash uchun boshqa dori preparatlari bilan bir vaqtda qo‘llash tavsiya qilinmaydi.

Nistatin va natamisin klotrimazolning samaradorligini pasaytiradilar.

 

Maxsus ko‘rsatmalar

Homiladorlik va laktasiya davri

Homiladorlikning birinchi uch oyligida homilador ayollarga preparatni qo‘llash tavsiya qilinmaydi.

G‘ilofining butunligi buzilganida yoki suppozitoriyning tashqi ko‘rinishi o‘zgarganida preparatni qo‘llash tavsiya qilinmaydi.

Avtotransport va potensial xavfli mexanizmlarni boshqarish qobiliyatiga dori vositasini ta‘sir qilish xususiyati

Aniqlanmagan.

Preparat bolalar ololmaydigan joyda saqlansin va yaroqlilik muddati o‘tgach ishlatilmasin.

 

Dozani oshirib yuborilishi

Aniqlanmagan.

 

 

 

Chiqarilish shakli

7 suppozitoriydan polivinilxlorid polietilen plyonkali (PVE-PE) kontur uyali o‘ramda. 1 kontur o‘ramdan bir marta qo‘llaniladigan tibbiy polietilen barmoq uchligi bilan davlat va rus tillarida qo‘llash bo‘yicha yo‘riqnomasi karton qutiga joylanadi.

 

Saqlash sharoiti

Quruq, yoruqlikdan himoyalangan joyda, 25oS dan yuqori bo‘lmagan haroratda saqlansin.

Muzlashiga yo‘l qo‘yilmasin.

 

Yaroqlilik muddati

2 yil.

 

Dorixonalardan berish tartibi

Resept bo‘yicha.

 

Ulashish:

Fikr qoldirish
Baho:
              
Matnni kiriting

Ismingiz
Fikr-mulohazangiz moderator tekshiruvidan so'ng nashr etiladi

Mahsulot bo'yicha savolingiz bormi?

Savol qoldirish

Mulohazalar

METOSTIL suppozitorii N7 dori vositasi O'zbekiston dori vositalari reestrida ro'yxatdan o'tganmi?
Ha, preparat O'zbekiston dori vositalari reestrida ro'yxatdan o'tgan.
METOSTIL suppozitorii N7 dori vositasi ishlab chiqaruvchisi kim va u qaysi davlatda ishlab chiqarilgan?
METOSTIL suppozitorii N7 dori vositasi Hubei Humanwell Chengtian Pharmaceutical Co., Ltd tomonidan Xitoy mamlakatida ishlab chiqarilgan.
METOSTIL suppozitorii N7 dori vositasi resept bo’yicha sotiladimi?
METOSTIL suppozitorii N7 dori vositasi resept bo'yicha sotiladigan dori

Ishlab chiqaruvchining dorilari
MUPIROBAN maz 5g 2%
  • Ishlab chiqarilish joyi: Xitoy
  • Ishlab chiqaruvchi: Hubei Humanwell Chengtian Pharmaceutical Co., Ltd
MUPIROBAN maz 15g 2%
  • Ishlab chiqarilish joyi: Xitoy
  • Ishlab chiqaruvchi: Hubei Humanwell Chengtian Pharmaceutical Co., Ltd
MUPIROBAN maz 10g 2%
  • Ishlab chiqarilish joyi: Xitoy
  • Ishlab chiqaruvchi: Hubei Humanwell Chengtian Pharmaceutical Co., Ltd
SKINAZOLIN krem 15g
  • Ishlab chiqarilish joyi: XXR
  • Ishlab chiqaruvchi: Hubei Humanwell Chengtian Pharmaceutical Co., Ltd
SKINAZOLIN krem 10g
  • Ishlab chiqarilish joyi: XXR
  • Ishlab chiqaruvchi: Hubei Humanwell Chengtian Pharmaceutical Co., Ltd
  • A
  • B
  • D
  • E
  • F
  • G
  • H
  • I
  • J
  • K
  • L
  • M
  • N
  • O
  • P
  • Q
  • R
  • S
  • T
  • U
  • V
  • X
  • Y
  • Z
  • Ch
  • Sh
  • 0-9