×
×

Mahsulotning ko'rinishi saytdagi rasmdan farq qilishi mumkin.

RIMOSOPT ko'z tomchilari 5ml

Kategoriya:
- Oftolmologik vositalar
Ishlab chiqarilish joyi:
- Turkiya
Faol modda:
тимолол в комбинации
Ishlab chiqaruvchi:
- World Medicine Ophthalmics Ilaclari Ltd Sti, Турция произведено: World Medicine Ilac San. ve Tic. A.S.
ATX kodi:
- S01ED51
Noaniqliq haqida habar berish
Toshkentning 40 ta dorixonasida topildi

ico 63 800 s`om dan

Dorixonalardan izlash

ico 81 000 s`om dan + yetkazish

Buyurtma berish

ico 67 000 s`om dan

Bron qilish

O'xshash dorilar

DIAKARB tabletkalari 250mg N30 Фармацевтический завод «Polpharma», АО Polsha
60 000 s`om dan
VIGAMOKS tomchilar 5ml 0,5% Алкон-Куврер Н.В. С.А. Belgiya
SINOZOL ko'z tomchilari 10ml N1 Aseptica, ООО O'zbekiston
OMEVIT CHERNIKA sirop 250ml Aseptica, OOO O'zbekiston
190 000 s`om dan
Mahsulot haqida tafsilotlar
Saytda e'lon qilingan ma'lumotlar mutaxassislar uchun mo'ljallangan. O'zingizni-o'zingiz davolash bilan shug'ullanmang. Sog'lig'ingizga zarar bermaslik uchun mutaxassis bilan maslahatlashishga ishonch hosil qiling!
RIMOSOPT ko'z tomchilari 5ml qo'lanishi bo'yicha ko'rsatmalar

QO‘LLASH BO‘YICHA YO‘RIQNOMA

RIMOSOPT

RIMOSOPT

Preparatning savdo nomi: Rimosopt

Ta‘sir etuvchi moddalar (XPN): brimonidin, timolol

Dori shakli: ko‘z tomchilari.

Tarkibi:

1 ml preparat quyidagilarni saqlaydi:

faol moddalar: 2 mg brimonidin tartrat, 5 mg timolol (timolol maleati shaklida);

yordamchi moddalar: suvsiz natriy gidrofosfati, natriy digidrofosfat monogidrati, benzalkoniy xloridi, natriy gidroksidi va/yoki xlorid kislotasi, in‘eksiya uchun suv.

Ta‘rifi: sariq rangli tiniq eritma.

Farmakoterapevtik guruhi: Glaukomaga qarshi preparatlar va miotik vositalar. β-adrenoreseptorlarning blokatorlari. Timolol, majmuada.

ATX kodi: S01ED51

Farmakologik hususiyatlari

Farmakodinamikasi

Rimosopt preparatining tarkibiga ikkita ta‘sir etuvchi modda: α2-adrenoreseptorlarni rag‘batlantiruvchi adrenomimetik – brimonidin, va β-adrenoreseptorlarning blokatori – timolol kiradi. Har ikkala faol moddasi o‘zaro o‘zaro ta‘sirini to‘ldirishi hisobiga oshgan ko‘z ichki bosimini (KIB) pasaytiradi, har bir komponenti alohida qo‘llanganda kuzatiladigan samarasiga nisbatan KIB ni yanada yaqqolroq pasayishiga olib keladi.

Brimonidin – α2-adrenergik reseptorlarning agonisti bo‘lib, α2-adrenoreseptorlarga nisbatan selektivligi, α1-adrenoreseptorlarga qaraganda 1000 marta yuqori. Selektivligi midriaz hamda mikrosirkulyator qon oqimidagi qon tomirlarning vazokonstriksiyasini yo‘qligi bilan namoyon bo‘ladi. Brimonidinning gipotenziv ta‘siri ko‘z ichki suyuqligi hosil bo‘lishini pasayishi va uni uveoskleral yo‘l orqali oqib chiqishini oshishi hisobiga ta‘minlanadi.

Timolol – β-adrenoreseptorlarning noselektiv blokatori bo‘lib, ichki simpatomimetik va membranalarni barqarorlashtiruvchi faollikka ega emas, bevosita miokardial depressant hisoblanmaydi. Timolol ko‘z ichki suyuqligi hosil bo‘lishini kamayishi hisobiga KIBni pasaytiradi.

Farmakokinetikasi

Brimonidin. 0,2% li eritma ko‘z tomchilari shaklida instillyasiya qilinganida qon plazmasida brimonidinning konsentrasiyasi juda past. Brimonidin ko‘z to‘qimalarida ahamiyatsiz darajada metabolizmga uchraydi, plazma oqsillari bilan bog‘lanishi taxminan 29% ni tashkil etadi. Mahalliy qo‘llanganidan so‘ng o‘rtacha yarim chiqarilish davri taxminan 3 soatni tashkil etadi.

In vitro sharoitlarida hayvonlar va odamning jigar hujayralarida o‘tkazilgan tadqiqotlar, aldegidoksidaza va sitoxrom R450 brimonidinning metabolizmi jarayoniga ahamiyatli darajada kirishishini ko‘rsatdi. Shunday qilib, preparatning tizimli chiqarilishi birinchi navbatda jigardagi metabolizmi bilan belgilanadi.

Timolol. Kataraktani bartaraf qilish bo‘yicha jarrohlik muolajasini o‘tkazgan pasientlarga 0,5% li ko‘z tomchilari mahalliy qo‘llangandan so‘ng bir soatdan keyin, ko‘z suyuqligida timololning maksimal konsentrasiyasi 898 ng/ml ni tashkil etgan. Dozaning bir qismi tizimli qon oqimiga so‘riladi, shundan so‘ng jigarda ekstenziv ravishda metabolizmga uchraydi. Timololni qon plazmasidan yarim chiqarilish davri taxminan 7 soatni tashkil etadi. Timolol jigarda qisman metabolizmga uchraydi va uning metabolitlari buyraklar orqali chiqariladi. Timolol plazma oqsillari bilan ahamiyatsiz darajada bog‘lanadi.

Qo‘llanilishi

  • ochiq burchakli glaukoma;
  • ko‘z ichki gipertenziyasi (β-adrenoblokatorlar bilan mahalliy davolash samarasi yetarli bo‘lmaganida) da qo‘llanadi.

Qo‘llash usuli va dozalari

Faqat mahalliy qo‘llash uchun mo‘ljallangan.

Ko‘zlarni infeksiyalanishidan va ko‘z tomchisini ifloslanishidan oldini olish maqsadida tomchilagich uchligini turli yuzalar bilan kontaktda bo‘lishidan saqlanish kerak.

Kattalarda, shu jumladan keksa yoshdagi pasientlarda qo‘llanishi

Shikastlangan ko‘zning kon‘yunktivasiga 1 tomchidan sutkada 2 marta 12 soatlik interval bilan tomiziladi.

Ko‘z ichki bosimini pasaytirish maqsadida Rimosopt preparatini boshqa oftalmologik preparatlar bilan qo‘llash mumkin, bunda instillyasiyalar orasida besh minutlik tanaffus bo‘lishi kerak.

Boshqa ko‘z tomchilari qo‘llanganida bo‘lgani kabi, yuz berishi mumkin bo‘lgan tizimli so‘rilishini pasaytirish uchun ko‘zning ichki burchagidagi ko‘z yoshi qopchasini bosish yoki ko‘zlarni 2 minut davomida yopib turish tavsiya etiladi. Tizimli nojo‘ya samaralarning yaqqolligini kamaytirish va mahalliy ta‘sirini kuchaytirish maqsadida har bir ko‘z tomchisi instillyasiya qilingan zahoti yuqoridagini bajarish kerak.

Nojo‘ya ta‘sirlari

Eng ko‘p kuzatiladigan nojo‘ya samaralar kon‘yunktiva giperemiyasi va ko‘zning shilliq qavatini achishish hissi hisoblanadi. Ko‘pchilik hollarda ushbu simptomlar kuchsiz ifodalangan bo‘ladi.

Nojo‘ya samaralarning uchrash tezligini ko‘rsatkichlari quyidagi tarzda aniqlanadi: juda tez-tez (≥ 1/10); tez-tez (≥ 1/100, < 1/10); tez-tez emas (≥ 1/1000, < 1/100); kam hollarda (≥ 1/10000, < 1/1000); juda kam hollarda (< 1/10000); uchrash tezligi noma‘lum (mavjud bo‘lgan ma‘lumotlar asosida baholash mumkin emas).

Ko‘rish a‘zolari tomonidan: juda tez-tez – ko‘z kon‘yunktivasini giperemiyasi, achishish hissi; tez-tez – o‘tkir achitadigan yoki sanchidigan og‘riq, allergik kon‘yunktivit, shox parda eroziyasi, yuzaki keratit, qovoqlarning terisini qichishish, kon‘yunktiva follikuliti, ko‘rishni buzilishi, blefarit, epifor, ko‘z shilliq pardasini qurishi, ko‘zdan ajralmalarni ajralishi, og‘riq, ko‘z shilliq pardasini ta‘sirlanishi, ko‘z yot jism borligi hissi; tez-tez emas – ko‘rish o‘tkirligini pasayishi, follikulyar kon‘yunktivit, allergik blefarit, kon‘yunktivit, shishasimon tanada suzib yuruvchi presipitatlar, astenopiya, fotofobiya, ko‘zning papillyar mushaklari gipertrofiyasi, qovoqlarda og‘riq, kon‘yunktivani oqarishi, shox pardani shishi, shox pardani infiltratlari, shishasimon tanani yorilishi; uchrash tezligi noma‘lum – ko‘rishni noaniqligi.

Ruhiyat tomonidan: tez-tez – depressiya.

Nerv tizimi tomonidan: tez-tez – uyquchanlik, bosh og‘rig‘i; tez-tez emas – bosh aylanishi, sinkope.

Yurak tomonidan: tez-tez emas – tez-tez – dimlangan yurak yetishmovchiligi, yurakni urib ketishi hissi; uchrash tezligi noma‘lum – aritmiya, bradikardiya, taxikardiya.

Qon tomirlari tomonidan: tez-tez – gipertenziya; uchrash tezligi – gipotoniya.

Nafas tizimi, ko‘krak qafasi va ko‘ks oralig‘i a‘zolari tomonidan: tez-tez emas – rinit, burun shilliq qavatini qurishi.

Me‘da-ichak yo‘llari tomonidan: tez-tez – og‘iz bo‘shlig‘ining shilliq qavatini qurishi; tez-tez emas – ta‘m bilishni buzilishi, ko‘ngil aynishi, diareya.

Teri va teri osti yog‘ kletchatkasi tomonidan: tez-tez – qovoqlarni shishi, qovoqlar terisini qichishishi, qizarishi; tez-tez emas – allergik kontakt dermatit; uchrash tezligi noma‘lum – yuz terisini qizarishi.

Immun tizimi tomonidan: tez-tez emas – allergik kontakt dermatit.

Umumiy buzilishlar va yuborilgan joydagi buzilishlar: tez-tez – astenik holatlar.

Preparatning ta‘sir etuvchi moddalaridan biri qo‘llanganida, Rimosopt preparatini qo‘llash vaqtida istisno qilish mumkin bo‘lmagan nojo‘ya samaralarni rivojlanishi kuzatilgan.

Brimonidin

Ko‘rish a‘zolari tomonidan: irit, iridosiklit (oldingi uveit), mioz.

Ruhiyat tomonidan: uyqusizlik.

Nafas tizimi, ko‘krak qafasi va ko‘ks oralig‘i a‘zolari tomonidan: yuqori nafas yo‘llarini yallig‘lanish kasalliklari, hansirash.

Me‘da-ichak yo‘llari tomonidan: me‘da-ichak simptomlari.

Umumiy buzilishlar va yuborilgan joydagi buzilishlar: tizimli allergik reaksiyalar.

Teri va teri osti yog‘ kletchatkasi tomonidan: teri reaksiyalari, shu jumladan terini qizarishi, yuz terisini shishi, qichishish, toshma va vazodilatasiya.

Brominidin tug‘ma glaukomani davolash uchun qo‘llangan holatlarda, yangi tug‘ilgan chaqaloqlar va ko‘krak yoshidagi (2 yoshdan kichik bo‘lgan) bolalarda brimonidinning dozasini oshirib yuborilishini quyidagi simptomlari: xushni yo‘qolishi, holsizlik, uyquchanlik, gipotenziya, bradikardiya, gipotermiya, sianoz, terini oqarishi, nafas faoliyatini susayishi va apnoe rivojlanganligi xaqida xabar berilgan.

2 yosh va undan oshgan bolalarda, ayniqsa 2-7 yoshdagi, va/yoki tana vazni ≤ 20 kg bo‘lgan bolalarda uyquchanlikni rivojlanish tezligini oshishi va og‘irlik darajasini kuchayishi kuzatilgan.

Timolol

Boshqa mahalliy oftalmologik preparatlar preparatlar kabi, Rimosopt (brimonidin / timolol) ham tizimli qon tushadi. Timololni so‘rilishi tizimli ta‘sir qiluvchi β-adrenoblokatorlar qo‘llanganida kuzatiladigan nojo‘ya samaralarni chaqirishi mumkin. Mahalliy qo‘llanganidan so‘ng tizimli nojo‘ya samaralarni uchrash tezligi, tizimli qo‘llangandagiga nisbatan kamroq bo‘ladi.

Immun tizimi tomonidan: tizimli allergik reaksiyalar, shu jumladan Kvinke shishi, eshakemi, mahalliy yoki tarqoq toshmalar, qichishish, anafilaktik reaksiyalar.

Moddalar almashinuvi tomonidan: gipoglikemiya.

Ruhiyat tomonidan: uyqusizlik, dahshatli tushlar ko‘rish, xotirani yo‘qolishi.

Endokrin tizimi tomonidan: gipoglikemiya, qandli diabet bo‘lgan pasientlarda gipoglikemiyaning simptomlarini yashirinishi.

Nerv tizimi tomonidan: bosh miyada qon aylanishini buzilishi, bosh miya ishemiyasi, gravis miasteniyasining simptomlarini yomonlashishi, paresteziya.

Ko‘rish a‘zolari tomonidan: keratit, ko‘zning tomirli pardasini ko‘chishi (filtrasion jarrohlik yo‘li bilan davolangandan keyin), shox pardaning sezuvchanligini pasayishi, shox parda eroziyasi, ptoz, ko‘z oldida jismlarni ikkilanishi.

Yurak tomonidan: ko‘krak qafasi sohasida og‘riq, shishlar, atrioventrikulyar blokada, yurak urishini to‘xtashi, yurak yetishmovchiligi.

Qon-tomirlar tomonidan: Reyno sindromi, qo‘l-oyoqlarda sovuq qotish hissi.

Nafas tizimi, ko‘krak qafasi va ko‘ks oralig‘i a‘zolari tomonidan: bronxospazm (asosan anamnezida bronxospastik kasalliklari bo‘lgan pasientlarda), hansirash, yo‘tal.

Me‘da-ichak yo‘llari tomonidan: dispepsiya, qorinda og‘riq, qusish.

Teri va teri osti yog‘ kletchatkasi tomonidan: alopesiya, psoriazga o‘xshash toshma yoki psoriazni zo‘rayishi, teri toshmasi.

Skelet-mushak tizimi va biriktiruvchi to‘qima tomonidan: mialgiya.

Jinsiy a‘zolar va sut bezlari tomonidan: jinsiy faoliyatni buzilishi, libidoni pasayishi.

Umumiy buzilishlar va yuborilgan joydagi buzilishlar: toliqish bo‘lishi mumkin.

Qo‘llash mumkin bo‘lmagan holatlar

  • preparatning komponentlariga yuqori sezuvchanlik;
  • nafas yo‘llarini reaktiv kasalliklari, jumladan bronxial astma, shu bilan birga anamnezidagi bronxial astma, o‘pkani og‘ir darajadagi surunkali obstruktiv kasalligi;
  • sinusli bradikardiya, sinus tuguni faoliyatini buzilishi sindromi, yurak ritmini suniy boshqaruvchisi implantasiya qilinmagan II–III darajadagi atrioventrikulyar blokada, yurak yetishmovchiligi, kardiogen shok;
  • monoaminooksidaza (MAO) ingibitorlari, noradrenergik o‘tkazuvchanlikka ta‘sir qiluvchi antidepressantlar (masalan, trisiklik antidepressantlar va mianserin) bilan yondosh davolash;
  • 2 yoshgacha bo‘lgan bolalarda qo‘llash mumkin emas.

Dorilarning o‘zaro ta‘siri

MNTning faoliyatini susaytiruvchi vositalar (alkogol, barbituratlar, opiatlar, sedativ vositalar, umumiy anestetiklar) Rimosopt bilan bir vaqtda qo‘llanganida ularning ta‘sirini kuchaytirishi mumkinligini inobatga olish kerak.

Oftalmologik β-adrenoblokatorlar va kalsiy kanallarining blokatorlari, tizimli ta‘sir qiluvchi β-adrenoblokatorlar, antiaritmik preparatlar (jumladan amiodaron), angishvonagul glikozidlari, parasimpatomimetiklar yoki guanetidin bir vaqtda qo‘llanganidagipotenziya va/yoki bradikardiyaga olib keluvchi additiv samara kuzatilishi mumkin. Bundan tashqari, brimonidin qo‘llanganidan so‘ng gipotenziya rivojlanishi mumkin, shuning uchun Rimosopt preparatini tizimli gipotenziv vositalar bilan birga ehtiyotkorlik bilan qo‘llash tavsiya etiladi.

Oftalmologik β-adrenoblokatorlar va epinefrin bir vaqtda qo‘llanganida midriaz rivojlanishi mumkin.

β-adrenoblokatorlar diabetga qarshi preparatlarning gipoglikemik samarasini kuchaytirishi, shuningdek gipoglikemiyaning belgilari va simptomlarini yashirishi mumkin.

Klonidinni to‘satdan bekor qilishga nisbatan kuzatiladigan gipertenziv reaksiya β-adrenoblokatorlarni qo‘llash fonida kuchayishi mumkin.

CYP2D6 ning ingibitorlari (masalan, xinidin, fluoksetin, paroksetin) va timolol bir vaqtda qo‘llanganida β-adrenoblokatorlarning tizimli samarasi (yurak qisqarishlar sonini pasayishi, depressiya) kuchayishi mumkin.

β-adrenoblokatorlarni umumiy anesteziya uchun qo‘llanadigan dori vositalari bilan bir vaqtda qo‘llash kompensator taxikardiyani yashirishi va gipotenziyaning rivojlanish havfini oshirishi mumkin, shuning uchun shifokor-anesteziologni, pasient Rimosopt preparatini qabul qilayotganligi xaqida ogohlantirish kerak.

Tarkibida yod saqlovchi rentgenokontrast preparatlar bilan bir vaqtda, va lidokain vena ichiga yuborilganida Rimosopt preparatini ehtiyotkorlik bilan qo‘llash kerak.

Simetidin, gidralazin, etil1 spirti qon plazmasida timololning konsentrasiyasini oshirishi mumkin.

Qonda aylanib yuruvchi katexolaminlar, masalan xlorpromazin, metilfenidat, rezerpinning metabolizmi va o‘zlashtirilishiga ta‘sir qiluvchi dori preparatlarini ehtiyotkorlik bilan qo‘llash kerak.

α-adrenergik agonistlar bilan o‘zaro ta‘sir qiluvchi yoki ularning faolligini izdan chiqaruvchi tizimli ta‘sirga ega (dori shaklidan qat‘iy nazar) yondosh preparatlar (masalan, izoprenalin yoki prazozin) ning dozasini o‘zgartirish yoki ehtiyotkorlik bilan buyurish kerak.

Prostamidlar, prostaglandinlar, karboangidraza ingibitorlari va pilokarpin bilan qo‘llanganida ko‘z ichki bosimini pasayishining additiv samarasini nazariy jihatdan kuchayishi mumkinligini inobatga olish kerak.

Brimonidin va MAO ingibitorlari yoki noradrenergik o‘tkazuvchanlikka ta‘sir qiluvchi antidepressantlar (masalan, trisiklik antidepressantlar va mianserin) ni birga qo‘llash mumkin emas. MAO ingibitorlarini qabul qilgan pasientlarni, Rimosopt preparati bilan davolashni MAO ingibitorlari bekor qilingandan so‘ng 14 kundan keyin boshlash mumkin.

Maxsus ko‘rsatmalar

Mahalliy qo‘llanadigan barcha oftalmologik preparatlar kabi, Rimosopt ham tizimli so‘rilishi mumkin.

Allergik reaksiyalar paydo bo‘lganida Rimosopt preparati bilan davolashni to‘xtatish kerak.

2 yosh va undan oshgan bolalarda, ayniqsa 2-7 yoshdagi, va/yoki tana vazni ≤ 20 kg bo‘lgan bolalarda uyquchanlikni rivojlanish tezligi va og‘irlik darajasi yuqori bo‘lganligi sababli, preparatni ehtiyotkorlik bilan qo‘llash yoki doimiy kuzatuvda bo‘lishi kerak.

Bolalar va o‘smirlarda (2-17 yosh) Rimosopt preparatini qo‘llash havfsizligi va samaradorligi aniqlanmagan.

Yurak-qon tomir kasalliklari (masalan, yurak ishemik kasalligi, Prinsmetall stenokardiyasi va yurak yetishmovchiligi) bo‘lgan pasientlarni va β-adrenoblokatorlarni qo‘llash bilan o‘tkaziladigan gipotenziv davolash vaqtida sinchkovlik bilan tekshirish va boshqa ta‘sir etuvchi moddalari bo‘lgan dori vositalari bilan davolash mumkinligini ko‘rib chiqish kerak. Bundan pasientlarda yurak-qon tomir kasalliklarini og‘irlashish belgilari va nojo‘ya reaksiyalarni borligini aniqlash maqsadida ularni kuzatish kerak.

Qo‘zg‘aluvchanlikni o‘tish vaqtiga salbiy ta‘sir qilishi mumkinligi tufayli, birinchi darajadagi yurak blokadasi bo‘lgan pasientlarga β-adrenoblokatorlarni ehtiyotkorlik bilan buyurish kerak.

Tizimli ta‘sir qiluvchi β-adrenoblokatorlar qo‘llanganda bo‘lgani kabi, YUIK bo‘lgan pasientlarni Rimosopt preparati bilan davolashni to‘xtatish zarurati bo‘lganida, yurak ritmini buzilishi, miokard infarkti yoki to‘satdan o‘lim holati yuz berishidan saqlanish maqsadida davolash asta-sekin bekor qilinadi.

Periferik qon aylanishini og‘ir darajadagi buzilishlari/o‘zgarishlari (masalan, Reyno kasalligini og‘ir shakllari yoki Reyno sindromi) bo‘lgan pasientlarga davolashni ehtiyotkorlik bilan buyurish kerak.

Bronxial astma bo‘lgan pasientlarga ayrim oftalmologik β-adrenoblokatorlar qo‘llanganidan keyin nafas faoliyatini buzilishlari, shu jumladan bronxospazm tufayli o‘lim holati qayd etilgan. Yengil/o‘rtacha darajadagi O‘SOB (o‘pkani surunkali obstruktiv kasalligi) bo‘lgan pasientlarga Rimosopt preparatini ehtiyotkorlik bilan, va davolashdan kutiladigan foyda potensial havfdan ustun bo‘lgan hollardagina qo‘llash kerak.

Labil diabet yoki spontan gipoglikemiyaga moyilligi bo‘lgan pasientlarga β-adrenoblokatorlarni ehtiyotkorlik bilan qo‘llash kerak, chunki β-adrenoblokatorlar o‘tkir gipoglikemiyaning belgilari va simptomlarini yashirishi mumkin.

β-adrenoblokatorlar shuningdek gipertireozning belgilari va simptomlarini ham yashirishi mumkin.

Metabolik asidoz va feoxromositomasi (oldindan davolamasdan turib) bo‘lgan pasientlarga Rimosopt preparatini ehtiyotkorlik bilan qo‘llash kerak.

Ko‘zning shox pardasi kasalliklari bo‘lgan pasientlarga preparatni ehtiyotkorlik bilan buyurish kerak, chunki oftalmologik β-adrenoblokatorlar ko‘zni quritishi mumkin.

Tizimli β-adrenoblokatorni allaqachon qabul qilayotgan pasientlarda, timolol qo‘llanganida, ko‘z ichki bosimiga ta‘siri va tizimli β-adrenoblokatorlarning ma‘lum samaralari kuchayishi mumkin. Bunday pasientlarda davolashga nisbatan reaksiyasini sinchiklab nazorat qilish kerak. Ikkita mahalliy β-adrenoblokatorlarni qo‘llash tavsiya etilmaydi.

β-adrenoblokatorlar bilan davolashda anamnezida atopiyasi yoki turli allergenlarga og‘ir darajadagi anafilaktik reaksiyalari bo‘lgan pasientlarga shunday allergenlar takroran yuborilganida reaksiyaning yaqqolligi oshishi va epinefrinning odatdagi dozasi yuborilganida samara bo‘lmasligi mumkin.

Operasiyadan oldin shifokor-anesteziologni Rimosopt preparatini qo‘llayotganingiz xaqida ogohlantirish kerak, chunki u β-agonistlar, masalan epinefrinning samarasini bloklashi mumkin.

Jigar/buyrak yetishmovchiligi bo‘lgan pasientlarga Rimosopt preparati ehtiyotkorlik bilan qo‘llanadi, chunki ushbu pasientlar guruhida preparatni qo‘llash yetarli darajada o‘rganilmagan.

Buyrak faoliyatini og‘ir darajadagi buzilishlari bo‘lgan, gemodializdagi pasientlarni timolol bilan davolash arterial bosimni yaqqol pasayishi bilan kechgan.

Rimosopt preparatining tarkibidagi benzalkoniy xloridi ko‘zning shilliq pardasini ta‘sirlanishini chaqirishi mumkin. Rimosopt preparatini instillyasiya qilishdan oldin kontakt linzalarni yechish, va 15 minutdan keyin yana taqish mumkin. Yumshoq kontakt linzalar bilan kontaktda bo‘lishdan saqlanish kerak, chunki benzalkoniy xloridi ularni rangsizlantiradi.

Preparat yopiq burchakli glaukoma bo‘lgan pasientlarda o‘rganilmagan.

Flakon birinchi marta ochilganidan so‘ng Rimosopt preparatining yaroqlilik muddati 28 sutkani tashkil etadi. Ko‘rsatilgan vaqt tugaganidan so‘ng, hatto unda oz miqdorda preparat qolgan bo‘lsa ham, uni tashlab yuborish tavsiya etiladi. Bu infeksiyalanish havfini oldini olish uchun kerak.

Homiladorlikda va laktasiya davrida qo‘llanishi

Homilador ayollarda brimonidin va timololni majmuada qo‘llash yuzasidan ma‘lumotlar yo‘q. Preparatni qo‘llash juda zarur bo‘lgan holatlardan tashqari, homiladorlik vaqtida Rimosopt preparatini qo‘llash mumkin emas. Agar preparat homiladorlik vaqtida qo‘llanilsa, yangi tug‘ilgan chaqaloqning ahvolini hayotining birinchi kunlari davomida (β-adrenoblokatorlarning ta‘siri, ya‘ni bradikardiya, gipotoniya, nafas yetishmovchiligi va gipoglikemiya namoyon bo‘lishi mumkinligi tufayli) yaxshilab nazorat qilish kerak.

Rimosopt preparatini emizikli ayollarga qo‘llash mumkin emas, chunki timolol ko‘krak sutiga o‘tadi. Shunday bo‘lsa ham, timolol ko‘z tomchilari shaklida terapevtik dozalarda qo‘llanganida, bolada beta-blokadaning klinik simptomlari namoyon bo‘lishi uchun, ko‘krak sutida preparatning yetarli miqdorda bo‘lishi ehtimoli kam.

Pediatriyada qo‘llanishi

Rimosopt preparatini yangi tug‘ilgan chaqaloqlar va go‘daklar (2 yoshdan kichik) da qo‘llash mumkin emas. Bolalar va o‘smirlarda (2-17 yosh) Rimosopt preparatini qo‘llash havfsizligi va samaradorligi aniqlanmagan, shuning uchun uni ushbu yoshdagi pasientlarda qo‘llash tavsiya etilmagan, va uni qo‘llash zarurati bo‘lganida, ehtiyotkorlik bilan va doimiy kuzatuv ostida o‘tkazilishi kerak.

Avtotransportni haydash va mexanizmlarni boshqarish qobiliyatiga ta‘siri

Rimosopt avtotransportni haydash va mexanizmlarni boshqarish qobiliyatiga ahamiyatsiz darajada ta‘sir ko‘rsatadi. Preparat qisqa muddatga ko‘rishni noaniqligi, ko‘rish faoliyatini buzilishi, holsizlik va uyquchanlikni chaqirishi mumkin. Ko‘rsatilgan simptomlar rivojlanganida avtomobilni boshqarish va psixomotor reaksiyalarning yuqori tezligini talab etuvchi ishlarni bajarishdan saqlanish kerak.

Preparat bolalar ololmaydigan joyda saqlansin va yaroqlilik muddati tugaganidan so‘ng ishlatilmasin.

Dozani oshirib yuborilishi

Rimosoptning dozasini oshirib yuborilishi, odatda nojo‘ya reaksiyalarni rivojlanishiga olib kelmaydi. Dozasi oshirib yuborilganida davolash tutib turuvchi vv simptomatik davolashdan iborat. Pasientning nafas faoliyatini tutib turish kerak.

Ta‘sir etuvchi moddalaridan birining dozasi oshirib yuborilganida Rimosopt preparatining dozasi oshirib yuborilganida istisno qilish mumkin bo‘lmagan simptomlarni rivojlanishi kuzatilgan.

 

Brimonidin

Mahalliy qo‘llanganida dozani oshirib yuborilishi: xushni yo‘qolishi, arterial bosimni pasayishi, bradikardiya, gipotermiya, sianoz va apnoe.

Bexosdan ichga qabul qilinganida dozani oshirib yuborilishi: kattalarda brimonidinning dozasini bexosdan oshirib yuborilishi yuzasidan ma‘lumotlar cheklangan. Rikoshet gipertenziya qayd etilgan huruj tugaganidan keyin faqat bitta nojo‘ya ko‘rinish – arterial gipotenziyani rivojlanganligi ma‘lum.

Brimonidin saqlovchi ko‘z tomchilari bexosdan yutib yuborilganida bolalarda jiddiy nojo‘ya samaralar rivojlanganligi yuzasidan xabar berilgan. MNT ning faoliyatini susayishi, vaqtinchalik koma yoki xushning darajasini pasayishi, holsizlik, uyquchanlik, gipotenziya, bradikardiya, gipotermiya, terini oqarishi nafas faoliyatini susayishi va apnoe kuzatilgan, bu jadal davolash bo‘limiga gospitalizasiya qilish zaruriyatiga olib kelgan. Barcha holatlarda faoliyatlarni 6-24 soat davomida butunlay tiklanganligi xaqida xabar berilgan.

α2-adrenomimetiklar guruhiga mansub preparatlarning dozasi oshirib yuborilganida quyidagi simptomlar: gipotenziya, asteniya, qusish, uyquchanlik, sedativ samara, bardikardiya, aritmiya, mioz, apnoe, gipotermiya, nafas faoliyatini susayishi, tirishishlar xaqida xabar berilgan.

Timolol

Timololning dozasini oshirib yuborilishini umumiy simptomlari: bradikardiya, gipotenziya, bronxospazm, bosh og‘rig‘i, bosh aylanishi, yurak urishini to‘xtashi bo‘lishi mumkin.

Timolol gemodializ yordamida organizmdan butunlay chiqarilmaydi.

Chiqarilish shakli

Ko‘z tomchilari. Preparat 5 ml dan himoya xalqasi bilan ta‘minlangan buraladigan himoya qopqoqli, tiqin tomchilagich bilan berkitilgan polietilen flakonda.

Flakon qo‘llash bo‘yicha yo‘riqnomasi bilan karton qutiga joylangan.

Saqlash sharoiti

Yorug‘likdan himoyalangan joyda 25°C dan yuqori bo‘lmagan haroratda saqlansin.

Flakon ochilganidan so‘ng preparat 28 kun davomida ishlatilsin.

Yaroqlilik muddati

2 yil.

Dorixonalardan berish tartibi

Resept bo‘yicha.

Ulashish:

Fikr qoldirish
Baho:
              
Matnni kiriting

Ismingiz
Fikr-mulohazangiz moderator tekshiruvidan so'ng nashr etiladi

Mahsulot bo'yicha savolingiz bormi?

Savol qoldirish

Mulohazalar

RIMOSOPT ko'z tomchilari 5ml dori vositasi O'zbekiston dori vositalari reestrida ro'yxatdan o'tganmi?
Ha, preparat O'zbekiston dori vositalari reestrida ro'yxatdan o'tgan.
RIMOSOPT ko'z tomchilari 5ml dori vositasi ishlab chiqaruvchisi kim va u qaysi davlatda ishlab chiqarilgan?
RIMOSOPT ko'z tomchilari 5ml dori vositasi World Medicine Ophthalmics Ilaclari Ltd Sti, Турция произведено: World Medicine Ilac San. ve Tic. A.S. tomonidan Turkiya mamlakatida ishlab chiqarilgan.
RIMOSOPT ko'z tomchilari 5ml dori vositasi resept bo’yicha sotiladimi?
RIMOSOPT ko'z tomchilari 5ml dori vositasi resept bo'yicha sotiladigan dori

Analoglar
BRIMOPTIK ko'z tomchilari 10ml 2mg/ml
  • Ishlab chiqarilish joyi: Armaniston
  • Faol modda: тимолол в комбинации ko'proq ko'rsatish
  • Ishlab chiqaruvchi: Ликвор ФармКомпания
Narh: 95 000 so'mdan Batafsil
Ishlab chiqaruvchining dorilari
KLODIFEN ko'z tomchilari 5ml 0,1% N1
  • Ishlab chiqarilish joyi: Turkiya
  • Faol modda: Diklofenak ko'proq ko'rsatish
  • Ishlab chiqaruvchi: World Medicine Ophthalmics Ilaclari Ltd Sti, Турция произведено: World Medicine Ilac San. ve Tic. A.S.
  • Vakil:
Narh: 25 000 so'mdan Batafsil
APFEKTO ko'z tomchilari 1,7ml 0,3% N1
  • Ishlab chiqarilish joyi: Turkiya
  • Faol modda: Nepafenak ko'proq ko'rsatish
  • Ishlab chiqaruvchi: World Medicine Ophthalmics Ilaclari Ltd Sti, Турция произведено: World Medicine Ilac San. ve Tic. A.S.
Narh: 77 300 so'mdan Batafsil
RIMONAL ko'z tomchilari 5ml 0,2% N1
  • Ishlab chiqarilish joyi: Turkiya
  • Faol modda: Brimonidin ko'proq ko'rsatish
  • Ishlab chiqaruvchi: World Medicine Ophthalmics Ilaclari Ltd Sti, Турция произведено: World Medicine Ilac San. ve Tic. A.S.
Narh: 58 200 so'mdan Batafsil
KLODIFEN ko'z tomchilari 5ml 0,1%
  • Ishlab chiqarilish joyi: Turkiya
  • Faol modda: Diklofenak ko'proq ko'rsatish
  • Ishlab chiqaruvchi: World Medicine Ophthalmics Ilaclari Ltd Sti, Турция произведено: World Medicine Ilac San. ve Tic. A.S.
  • Vakil:
Narh: 25 000 so'mdan Batafsil
KATAKSOL ko'z tomchilari 15ml 0,015% N1
  • Ishlab chiqarilish joyi: Turkiya
  • Faol modda: Azapentasen ko'proq ko'rsatish
  • Ishlab chiqaruvchi: World Medicine Ophthalmics Ilaclari Ltd Sti, Турция произведено: World Medicine Ilac San. ve Tic. A.S.
Narh: 32 000 so'mdan Batafsil
AYKROL ko'z tomchilari 10ml 4%
  • Ishlab chiqarilish joyi: Turkiya
  • Faol modda: Natriya kromoglikat ko'proq ko'rsatish
  • Ishlab chiqaruvchi: World Medicine Ophthalmics Ilaclari Ltd Sti, Турция произведено: World Medicine Ilac San. ve Tic. A.S.
Narh: 33 000 so'mdan Batafsil
FUTARON ko'z tomchilari 5g 1% N1
  • Ishlab chiqarilish joyi: Turkiya
  • Faol modda: Fuzidovaya kislota ko'proq ko'rsatish
  • Ishlab chiqaruvchi: World Medicine Ophthalmics Ilaclari Ltd Sti, Турция произведено: World Medicine Ilac San. ve Tic. A.S.
  • A
  • B
  • D
  • E
  • F
  • G
  • H
  • I
  • J
  • K
  • L
  • M
  • N
  • O
  • P
  • Q
  • R
  • S
  • T
  • U
  • V
  • X
  • Y
  • Z
  • Ch
  • Sh
  • 0-9