×
×

Mahsulotning ko'rinishi saytdagi rasmdan farq qilishi mumkin.

MIKOSEPTIN maz

Kategoriya:
- Dermatologik
Faol modda:
Ундециленовая кислота
ATX kodi:
- D01AE04 Ундециленовая кислота
Noaniqliq haqida habar berish

O'xshash dorilar

MOMAT RINO sprey 120ta doza N1 Glenmark Pharmaceuticals Ltd Hindiston
43 900 s`om dan
DEKASAN eritma 200ml 0,2mg/ml Юрия-Фарм, ООО Ukraina
61 600 s`om dan
PROTOPIK maz 10g 0,1% Leo Pharma A/S, Дания произведено: Astellas Pharma Tech Co. Ltd., Япония вып. контроль качества: Astellas Ireland Co. Ltd, Ирландия Yaponiya
GERPEVIR maz 15g 2,5% Киевмедпрепарат, ПАО Ukraina
31 000 s`om dan
Mahsulot haqida tafsilotlar
Saytda e'lon qilingan ma'lumotlar mutaxassislar uchun mo'ljallangan. O'zingizni-o'zingiz davolash bilan shug'ullanmang. Sog'lig'ingizga zarar bermaslik uchun mutaxassis bilan maslahatlashishga ishonch hosil qiling!
MIKOSEPTIN maz qo'lanishi bo'yicha ko'rsatmalar

QO‘LLASH BO‘YICHA YO‘RIQNOMA

MIKOSEPTIN®

MYKOSEPTIN®

 

 

Preparatning savdo nomi: Mikoseptin®

Ta‘sir etuvchi moddalar (XPN): undesilen kislotasi + rux undesilenati

Dori shakli: sirtga qo‘llash uchun surtma

Tarkibi

Har bir tuba (30 g) quyidagilarni saqlaydi:

faol moddalar: undesilen kislotasi -1,500 g; rux undesilenati – 6,000 g;

yordamchi moddalar: stearin kislotasi – 0,390 g; oq asal ari mumi – 0,690 g; qattiq parafin-1,050 g, suyuq parafin- 10,110 g, qattiq parafin (erish nuqtasi 64-680S) –      1,500 g, metilparagidroksibenzoat – 0,060 g, makrogol oleati -1,200 g; monogliseridlar distillangan – 0,990 g; oq yumshoq parafin  – 4,110 g; tozalangan suv – 2,400 g.

Ta‘rifi: deyarli oqdan to och-sarg‘ish tusli oq rangligacha bo‘lgan, o‘ziga xos hidli, mayda yog‘li donalari bo‘lgan surtma.

Farmakoterapevtik guruhi: zamburug‘larga qarshi vosita.

ATX kodi: D01AE54

Farmakologik xususiyatlari

Farmakodinamikasi

Undesilen kislotasi va uning tuzlari Trichophyton, Epidermophyton, Microsporum turdagi dermatofitlariga nisbatan yaqqol fungistatik ta‘sir ko‘rsatadi. Preparat tarkibiga kiruvchi rux burishtiruvchi ta‘sir ko‘rsatadi, shunday qilib teri qoplamalarining ta‘sirlanish belgilari ko‘rinishlarini pasaytiradi va tezroq bitishiga yordam beradi.

Ko‘llanilishi

Preparatga sezgir zamburug‘lar (dermatofitlar) chaqirgan teri qoplamalarining zamburug‘li kasalliklarini davolash va oldini olishda qo‘llaniladi.

Qo‘llash usuli va dozalari

Sirtga qo‘llash uchun buyuriladi.

Shikastlangan terining toza, quruq yuzasiga sutkada 2 marta qo‘yiladi. Davolash kursi davomiyligi 4-6 hafta. Kasallikning klinik ko‘rinishlari yo‘qolganidan keyin, qaytalanishini oldini olish uchun surtmani sutkada 1 marta bir hafta davomida va keyin kunora yoki haftada ikki marta bir oy davomida qo‘yish tavsiya etiladi, davolash kursini qisqartirish kasallikning qaytalanishini xavfini oshiradi.

Nojo‘ya ta‘sirlari

Qizarish, teri qoplamalarining qichishishi, shish, achishish hissi, teri toshmalari ko‘rinishidagi preparat komponentlariga yuqori sezuvchanlik reaksiyalari bo‘lishi mumkin.

Yuqori sezuvchanlikning belgilari paydo bo‘lganida preparat qo‘llashni to‘xtatish va bu haqida shifokorga xabar berish kerak.

 

 

 

Ko‘llash mumkin bo‘lmagan holatlar

Undesilen kislotasi va uning hosilalariga, parabenlarga, preparatning boshqa komponentlariga bo‘lgan yuqori sezuvchanlik; bolalarda (2 yoshgacha) qo‘llash mumkin emas.

Dorilarning o‘zaro ta‘siri

Mikoseptin® preparatining boshqa dori vositalari bilan o‘zaro ta‘siri haqida ma‘lumotlar olinmagan. Sirtga qo‘llash uchun boshqa dori vositalarini bir vaqtda ishlatish mumkinligi shifokor tomonidan aniqlanadi.

 

Maxsus ko‘rsatmalar

Mikoseptin® preparatini ochiq jarohat yuzasiga, teri qoplamalarining shikastlangan yuzalariga, periorbital sohaga qo‘yish mumkin emas, surtmani ko‘zga tushishidan saqlanish kerak.

Homiladorlik va emizish davri

Preparatni homiladorlik va emizish davrida ishlatishdan oldin albatta shifokor bilan maslahatlashish kerak, chunki preparatni homiladorlik va emizish davrida faqat shifokor tomonidan qat‘iy ko‘rsatmalar bo‘lgandagina va ona uchun kutilgan foyda bola uchun potensial xavfdan ustun bo‘lgandagina qo‘llash mumkin.

Preparat bolalar ololmaydigan joyda saqlansin va yaroqlilik muddati o‘tgach qo‘llanilmasin.

Dozani oshirib yuborilishi

Dozani oshirib yuborish hollari ta‘riflanmagan. Preparat tasodifan ichga qabul qilinganida ko‘ngil aynashi va qusish paydo bo‘lishi mumkin. Me‘dani yuvish va shifokorga murojaat qilish kerak, zarurati bo‘lganida simptomatik davolash o‘tkaziladi.

Chiqarilish shakli

Sirtga qo‘llash uchun surtma.

30 g dan surtma alyumin tubalarda. Har bir tuba qo‘llash bo‘yicha yo‘riqnomasi bilan birga karton qutiga joylangan.

Saqlash sharoiti

25°S gacha bo‘lgan haroratda saqlansin.

Yaroqlilik muddati

3 yil.

Dorixonalardan berish tartibi

Reseptsiz.

Ulashish:

Fikr qoldirish
Baho:
              
Matnni kiriting

Ismingiz
Fikr-mulohazangiz moderator tekshiruvidan so'ng nashr etiladi

Mahsulot bo'yicha savolingiz bormi?

Savol qoldirish

Mulohazalar

MIKOSEPTIN maz dori vositasi O'zbekiston dori vositalari reestrida ro'yxatdan o'tganmi?
Ha, preparat O'zbekiston dori vositalari reestrida ro'yxatdan o'tgan.
MIKOSEPTIN maz dori vositasi resept bo’yicha sotiladimi?
MIKOSEPTIN maz dori vositasi resept bo'yicha sotilmaydi.

  • A
  • B
  • D
  • E
  • F
  • G
  • H
  • I
  • J
  • K
  • L
  • M
  • N
  • O
  • P
  • Q
  • R
  • S
  • T
  • U
  • V
  • X
  • Y
  • Z
  • Ch
  • Sh
  • 0-9