×
×
  • MILKARD inyeksiya uchun eritma 5ml 100mg/ml N10

Mahsulotning ko'rinishi saytdagi rasmdan farq qilishi mumkin.

MILKARD inyeksiya uchun eritma 5ml 100mg/ml N10

Kategoriya:
- Yurak-qon tomir
Ishlab chiqarilish joyi:
- Ukraina
Qadoqda soni:
- 10
Ishlab chiqaruvchi:
- НИКО,ООО
ATX kodi:
- C01EB20
Noaniqliq haqida habar berish
Toshkentning 3 ta dorixonasida topildi

ico 120 000 s`om dan

Dorixonalardan izlash

O'xshash dorilar

KARDIOMAGNIL tabletkalari 150 mg+30,39 mg N100 Takeda Osteurope Holding GmbH Daniya
53 800 s`om dan
VAZATOR tabletkalari 20mg N30 Edge Pharma Ltd Hindiston
76 100 s`om dan
NEOTON poroshok 1g N4 Альфасигма С.п.А. Italiya
ANAPRILIN tabletkalari 40mg N10 Борисовский завод медицинских препаратов, ОАО Belarusiya
Mahsulot haqida tafsilotlar
Saytda e'lon qilingan ma'lumotlar mutaxassislar uchun mo'ljallangan. O'zingizni-o'zingiz davolash bilan shug'ullanmang. Sog'lig'ingizga zarar bermaslik uchun mutaxassis bilan maslahatlashishga ishonch hosil qiling!
MILKARD inyeksiya uchun eritma 5ml 100mg/ml N10 qo'lanishi bo'yicha ko'rsatmalar

QO‘LLASH BO‘YICHA YO‘RIQNOMA

MILKARD

MILCARD

 

Preparatning savdo nomi: Milkard

Ta‘sir etuvchi modda (XPN): meldoniy

Dori shakli: in‘eksiya uchun eritma

Tarkibi:

1 ml eritma quyidagilarni saqlaydi:

faol moddalar: 100 mg 3-(2,2,2-trimetilgidraziniy) propionat digidrati;

yordamchi modda: in‘eksiya uchun suv.

Ta‘rifi: tiniq, rangsiz suyuqlik.

Farmakoterapevtik guruhi: metabolik jarayonlarni davolash uchun vositalar.

ATX kodi: S01YeV22

Farmakologik xususiyatlari

Farmakodinamikasi

Meldoniy karnitinning o‘tmishdoshi, uglerodning bitta atomi azot atomiga almashgan gamma-butirobetain (GBB) ning struktur analogi bo‘lib hisoblanadi. Uning organizmga ta‘sirini ikki xil tushuntirish mumkin.

  1. Karnitinning biosinteziga ta‘siri.

Meldoniy gamma-butirobetaingidroksilazani qaytuvchan ingibisiya qilib, karnitinning biosintezini pasaytiradi va shuning uchun xujayra qobig‘i orqali uzun zanjirli yog‘ kislotalarini tashilishiga to‘sqinlik qiladi, shu orqali xujayralarda kuchli detergent – oksidlanmagan yog‘ kislotalarining faollashgan shakllarini to‘planishiga to‘sqinlik qiladi. Buning natijasida xujayra membranasini shikastlanishini oldi olinadi.

Ishemiya sharoitida karnitinning konsentrasiyasini kamayishi yog‘ kislotalarining beta-oksidasiyasi sekinlashadi va xujayralarda kislorodni sarflanishi optimallashadi, glyukozani oksidlanishi rag‘batlantiriladi va ATF biosintezi joyidan (mitoxondriyalar) iste‘mol qilish joylariga (sitozol) tashilishi tiklanadi. Umuman olganda xujayralar ozuqa moddalari va kislorod bilan ta‘minlanadi, shuningdek bu moddalarni sarflanishi optimallashadi.

O‘z navbatida karnitinning o‘tmishdoshini, ya‘ni GBB ni biosintezi oshganida NO-sintetaza faollashadi, buning natijasida qonning reologik xususiyatlari yaxshilanadi va qon tomirlarning periferik qarshiligi kamayadi.

Meldoniyning konsentrasiyasi kamayganida karnitinning biosintezi takroran oshadi va xujayralarda yog‘ kislotalarining miqdori asta-sekin oshadi.

Meldoniyni samaradorligining asosi bo‘lib xujayra yuklamasiga (yog‘ kislotalarining miqdori o‘zgarganida) tolerantlikni oshishi bo‘lib hisoblanadi.

  1. Gipotetik GBB-ergik tizimda mediator funksiyasi.

Organizmda xujayralar o‘rtasida nerv impulsini o‘tkazilishini ta‘minlovchi neyronal o‘tkazish tizimi – GBB-ergik tizimi mavjud degan gipoteza ilgari surilgan. Bu tizimning mediatori bo‘lib karnitinning so‘nggi o‘tmishdoshi – GGB-efir hisoblanadi. GBB-esteraza ta‘sirida mediator xujayraga elektron beradi, shunday qilib elektrik impuls o‘tkaziladi va GBB hosil bo‘ladi. Keyinchalik GBB ning gidrolizga uchragan shakli jigar, buyrak va tuxumdonlarga faol tashiladi, u yerda karnitinga aylanadi. Somatik xujayralarda ta‘sirlanishga javoban signalni tarqalishini ta‘minlab GBB yangi molekulalari takroran sintezlanadi.

Karnitin konsentrasiyasi kamayganda GBB sintezi rag‘batlantiriladi, natijada GBB efir konsentrasiyasi oshadi.

Meldoniy avval qayd etilganidek, GBB ning struktur analogi bo‘lib hisoblanadi va “mediator” funksiyasini bajarishi mumkin. Buning aksi bo‘lib, GBB-gidroksilaza meldoniyni “tanimaydi”, shuning uchun karnitinning konsentrasiyasi oshmaydi, kamayadi. Shunday qilib, meldoniy “mediator” o‘rnini bosib va GBB konsentrasiyasini oshishiga yordam berib organizmning tegishli reaksiyasi rivojlanishiga olib keladi. Natijada boshqa tizimlarda, masalan markaziy nerv tizimi (MNT) da ham metabolik faollik oshadi.

Yurak-qon tomir tizimiga ta‘siri

Hayvonlarda o‘tkazilgan tadqiqotlarda meldoniy miokardni qisqaruvchanlik faolligiga ijobiy ta‘sir ko‘rsatishi namoyish qilingan, unga mikardioprotektiv ta‘sir (shu jumladan katexolaminlar va alkogolga qarshi) xos, u yurak ritmini buzilishi oldini olish, miokard infarkti sohasini kamaytirish qobiliyatiga ega.

Yurak ishemik kasalligi (stabil zo‘riqish stenokardiyasi)

Stabil zo‘riqish stenokardiyasida meldoniyni kurs bilan qo‘llash haqidagi klinik ma‘lumotlar tahlili preparat stenokardiya xurujlarining tez-tezligi va jadalligini, shuningdek qabul qilinayotgan gliseriltrinitrat miqdorini kamaytirishini namoyish qilgan. Preparat yurak ishemik kasalligi (YUIK) va qorinchalar ekstrasistoliyalari bo‘lgan bemorlarda yaqqol antiaritmik ta‘sir namoyon qiladi, supraventrikulyar ekstrasistoliyalari bo‘lgan pasientlar ta‘siri kamroq kuzatiladi.

Ayniqsa preparatning muhim qobiliyati bo‘lib YUIK ni antianginal davolashning samarali mezoni bo‘lgan tinch holatda kislorodni sarflanishini kamaytirish hisoblanadi.

Meldoniy qon zardobida xolesterinning umumiy darajasini va aterogenlik indeksini kamaytirib, koronar va periferik qon tomirlarda aterosklerotik jarayonlarga ijobiy ta‘sir ko‘rsatadi.

Surunkali yurak yetishmovchiligi

Nisbatan ko‘pgina klinik tadqiqotlarda YUIK oqibatida surunkali yurak yetishmovchiligi davolashdagi meldoniyning roli tahlil qilingan va uning jismoniy yuklamaga tolerantlikni, shuningdek yurak yetishmovchiligi bo‘lgan pasientlarda bajarilgan ish xajmini oshirish qobiliyati aniqlangan.

Og‘ir yurak yetishmovchiligi holatida meldoniyni yurak yetishmovchiligini davolash uchun an‘anaviy vositalar bilan majmuada qo‘llash kerak.

Markaziy nerv tizimiga ta‘siri

Hayvonlarda o‘tkazilgan tadqiqotlarda meldoniyning antigipoksik ta‘siri va bosh miyada qon aylanishiga ta‘siri aniqlangan. Preparat bosh miyada qon aylanish xajmini ishemik o‘choqlar foydasiga qayta taqsimlanishini optimallashtiradi, gipoksiya sharoitida neyronlarning mustahkamligini oshiradi.

Preparatga MNT ga rag‘batlantiruvchi ta‘sir xos: harakat faolligi va jismoniy chidamlilikni oshishi, hulq atvor reaksiyalarini rag‘batlantirish, shuningdek stressga qarshi ta‘sir – simpatoadrenal tizimni rag‘batlantirish, bosh miya va buyrak usti bezlarida katexolaminlarni to‘planishi, ichki a‘zolarni steress chaqirgan o‘zgarishlardan himoya qilish.

Nevrologik kasalliklardagi samaradorligi

Meldoniy bosh miyada qon aylanishini o‘tkir va surunkali buzilishlarini (ishemik insult, bosh miyada qon aylanishi surunkali yetishmovchiligi) majmuaviy davolashda samarali vosita ekanligi isbotlangan. Meldoniy bosh miyadagi kapillyarlar va arteriolalarning tonusini va qarshiligini normallashtiradi, ularning reaktivligini tiklaydi.

Meldoniyni nevrologik xarakterdagi buzilishlari bo‘lgan (bosh miyaning qon tomirlari kasalliklarini o‘tkazgan, jarohat, kanali ensefalit o‘tkazgan) pasientlarning tiklanish jarayoniga ta‘siri o‘rganilgan.

Meldoniyning terapevtik faolligini tekshirish natijalari uning jismoniy chidamlilik va sog‘ayish davrida funksional mustaqillikka dozaga bog‘liq ijobiy ta‘siridan dalolat beradi.

Preparatni qo‘llagandan keyin alohida va yig‘indi intellektual funksiyalarni o‘zgarishini tahlilida sog‘ayish davrida intellektual funksiyalarni tiklanish jarayoniga ijobiy ta‘siri aniqlangan. Meldoniy hayotning rekonvalesuet sifatini yaxshilashi aniqlangan (asosan organizmning jismoniy funksiyasini yangilanishi hisobiga), shuningdek u psixologik buzilishlarni bartaraf etadi.

Meldoniyga nerv tizimiga ijobiy ta‘sir ko‘rsatish xos: u sog‘ayish davrida nevrologik tanqisligi bo‘lgan pasientlarda buzilishlarni kamaytiradi.

Pasientlarning umumiy nevrologik holatini yaxshilaydi (bosh miya nervlarini shikastlanishini va reflekslar patologiyasini kamayishi, parezlarni regressiyasi, harakat koordinasiyasini va vegetativ funksiyalarni yaxshilanishi).

Farmakokinetikasi

Farmakokinetikasi meldoniyni vena ichiga va peroral qabul qilinganda sog‘lom ko‘ngillilarda o‘rganilgan.

So‘rilishi

Biokiraolishligi 100% ni tashkil qiladi. Qon plazmasidagi maksimal konsentrasiyasiga (Smax) yuborilgandan keyin darhol erishiladi. Ko‘p martalik dozalari vena ichiga yuborilgandan keyin Smax 25,5 ± 3,63 mkg/ml ga yetadi.

Vena ichiga yuborilganda meldoniyning bir martalik va takroriy dozalari yuborilgandan keyin konsentrasiya-vaqt egri chizig‘i ostidagi maydon (AUC) farq qiladi, bu qon plazmasida meldoniyni to‘planishi mumkinligidan dalolat beradi.

Taqsimlanishi

Meldoniy qon oqimidan yuqori yurak affinlik bilan to‘qimalarda tez taqsimlanadi. Meldoniy va uning metabolitlari yo‘ldosh to‘sig‘i orqali qisman o‘tadi. Hayvonlarda o‘tkazilgan tadqiqotlarda meldoniy ko‘krak sutiga o‘tishi aniqlangan.

Biotransformasiyasi

Eksperimental hayvonlarda metabolizmning tadqiqotlarida meldoniy asosan jigarda metabolizmga uchrashi aniqlangan.

Chiqarilishi

Meldoniy va uning metabolitlarini organizmdan chiqarilishi uchun renal ekskresiya ahamiyatga ega. 250 mg, 500 mg va 1000 mg meldoniy dozalari bir marta vena ichiga yuborilgandan keyin melloniyning erta chiqarilishining yarim davri 5,56 -6,55 soatni, chiqarilishning yakuniy davri 15,34 soatni tashkil qiladi.

 

Qo‘llanilishi

Quyidagi kasalliklarni majmuaviy davolashda:

  • yurak va qon tomir tizimi kasalliklari: stabil zo‘riqish stenokardiyasi, surunkali yurak yetishmovchiligi (NYHA bo‘yicha, I-III funksional sinf), kardiomiopatiya, yurak faoliyati va qon tomir tizimining funksional buzilishlari;
  • bosh miyada qon aylanishini o‘tkir va surunkali buzilishlari;
  • ish qobiliyatini pasayishi, jismoniy va psixoemosional zo‘riqish;
  • serebrovaskulyar buzilishlar, bosh miya jarohati va ensefalitlardan keyin sog‘ayish davrida qo‘llanadi.

Qat‘iy shifokor ko‘rsatmasi bo‘yicha qo‘llanilsin.

Qo‘llash usuli va dozalari

Vena ichiga qo‘llanadi. Preparatni qo‘llash yuborishdan oldin maxsus tayyorgarlikni ko‘zda tutmaydi. Qo‘zg‘atuvchi samarasi kuzatilishi mumkinligi tufayli, preparatni kunning birinchi yarmida qo‘llash tavsiya etiladi.

 

 

Kattalar

Yurak va qon tomir kasalliklari; bosh miyada qon aylanishini buzilishlari

Doza sutkada 500-1000 mg (5-10 ml) ni tashkil qiladi, doza bir martada yuboriladi yoki 2 marta qabul qilishga bo‘linadi. Maksimal sutkalik doza 1000 mg ni tashkil qiladi.

Ish qobiliyatini pasayishi, jismoniy va psixoemosional zo‘riqish va serebral buzilishlar, bosh miya jarohati va ensefalitdan keyin sog‘ayish davri

Doza 500 mg (5 ml) ni tashkil qiladi. Maksimal sutkalik doza 500 mg ni tashkil qiladi.

Davolash kursi davomiyligi – 4-6 xafta. Davolash kursini yiliga 2-3 marta takrorlash mumkin.

Keksa yoshdagi pasientlar

Jigar va/yoki buyrak funksiyasini buzilishi bo‘lgan keksa yoshdagi pasientlarda meldoniyning dozasini kamaytirish mumkin.

Buyrak funksiyasini buzilishi

Preparat organizmdan buyrak orqali chiqarilganligi tufayli, yengildan to o‘rtacha og‘irlik darajasidagi buyrak funksiyasini buzilishi bo‘lgan pasientlarda meldoniyning pastroq dozalarini qo‘llash kerak.

Jigar funksiyasini buzilishi bo‘lgan pasientlar

Yengildan to o‘rtacha og‘irlik darajasidagi jigar funksiyasini buzilishi bo‘lgan pasientlarda meldoniyning pastroq dozalarini qo‘llash kerak.

Nojo‘ya ta‘sirlari

Nojo‘ya samaralar MedDRA a‘zolar tizimi va yuzaga kelish tez-tezligi bo‘yicha tasniflangan: tez-tez (≥ 1/100 dan < 1/10 gacha), kam hollarda (≥ 1/10000 dan < 1/1000 gacha).

Immun tizimi tomonidan: tez-tez – allergik reaksiyalar; kam hollarda – yuqori sezuvchanlik, shu jumladan allergik dermatit, eshakemi, angionevrotik shish, shokkacha anafilaktik reaksiyalar.

Ruhiyat tomonidan: kam hollarda – qo‘zg‘alish, qo‘rquv hissi, miyaga o‘rnashib qolgan fikrlar, uyquni buzilishi.

Nerv tizimi tomonidan: tez-tez – bosh og‘rig‘i; kam hollarda – paresteziyalar, tremor, gipesteziya, quloqlarda shovqin, vertigo, bosh aylanishi, yurishni buzilishi, hushdan ketishdan oldingi holat, hushdan ketish.

Yurak tomonidan: kam hollarda – yurak ritmini o‘zgarishi, yurak urib ketishi, taxikardiya/sinusli taxikardiya, yurak bo‘lmachalari fibrillyasiyasi, aritmiyalar, ko‘krakda diskomfort hissi/ko‘krakda og‘riq.

Qon yaratish tizimi tomonidan: kam hollarda – arterial bosimni oshishi/pasayishi, gipertonik kriz, giperemiya, oqarish.

Nafas a‘zolari, ko‘krak qafasi va ko‘ks oralig‘i a‘zolari tomonidan: tez-tez – nafas yo‘llari infeksiyalari; kam hollarda – tomoqda yallig‘lanish, yo‘tal, dispnoe, apnoe.

Me‘da-ichak yo‘llari tomonidan: tez-tez – dispepsiya; kam hollarda – disgevziya (og‘izda metall ta‘mi), ishtahani yo‘qolishi, ko‘ngil aynishi, meteorizm, diareya, qorinda og‘riq, gipersalivasiya.

Teri va teri osti to‘qimasi tomonidan: kam hollarda – toshma, umumiy/makulyoz/papulyoz toshma, qichishish.

Skelet-mushak va biriktiruvchi to‘qima tomonidan: kam hollarda – belda og‘riq, mushak kuchsizligi, mushak spazmlari.

Buyrak va siydik chiqarish tizimi tomonidan: kam hollarda – pollakiuriya.

Umumiy buzilishlar va yuborish joyidagi reaksiyalar: kam hollarda – umumiy xolsizlik, qaltirash, asteniya, shish, yuzni shishi, oyoqlarni shishi, qizib ketish hissi, sovuq ter ajralishi, yuborish joyda reaksiyalar, shu jumladan yuborish joyida og‘riq.

Tekshiruvlar: tez-tez – dislipidemiya, S-reaktiv oqsil darajasini oshishi; kam hollarda – elektrokardiogramma (EKG) da og‘ishlar, yurak ishini tezlashishi, eozinofiliya.

Qo‘llash mumkin bo‘lmagan holatlar

Meldoniyga yuqori sezuvchanlik, bosh miya ichki bosimini oshishi (venoz oqimni buzilishida, bosh miya ichki o‘smalarida), og‘ir jigar va/yoki buyrak yetishmovchiligi (qo‘llashning xavfsizligi haqida yetarli ma‘lumotlar yo‘q). Bolalar. Homiladorlik, emizish davrida qo‘llash mumkin emas.

Dorilarning o‘zaro ta‘siri

Meldoniyni ta‘siri uzaytirilgan nitratlar va boshqa antianginal vositalar (stabil zo‘riqish stenokardiyasi), yurak glikozidlari va diuretik preparatlar (yurak yetishmovchiligi) bilan birga qo‘llash mumkin. Shuningdek uni antikoagulyantlar, antiagregantlar, antiaritmik vositalar va mikrosirkulyasiyani yaxshilovchi boshqa preparatlar bilan majmuada qo‘llash mumkin.

Meldoniy gliseriltrinitrat, nifedipin, beta-adrenoblokatorlar va boshqa gipotenziv vositalar va periferik vazodilatatorlar saqlovchi preparatlarning ta‘sirini kuchaytirishi mumkin.

Temir tanqisligi chaqirgan anemiyasi bo‘lgan pasientlarda temir preparatlari va meldoniyni bir vaqtda qo‘llash oqibatida eritrositlarda yog‘ kislotalarining tarkibi yaxshilangan.

Ishemiya/reperfuziya chaqirgan shikastlanishlarni bartaraf etish uchun meldoniyni orotat kislotasi bilan majmuada qo‘llaganda qo‘shimcha farmakologik samara kuzatiladi.

Meldoniy azidotimidin (AZT) chaqirgan yurakning patologik o‘zgarishlarini bartaraf etadi va mitoxondriylar disfunksiyasiga olib keluvchi AZT chaqirgan oksidlanishli stress reaksiyalariga bilvosita ta‘sir ko‘rsatadi. Meldoniyni azidotimidin yoki OITS ni davolash uchun boshqa preparatlar bilan majmuada qo‘llash orttirilgan immuntanqislik (OITS) ni davolashda ijobiy ta‘sir ko‘rsatadi.

Etanol chaqirgan muvozanat refleksini yo‘qotilishi testida meldoniy uyquning davomiyligini kamaytirgan. Peptilentetrazol chaqirgan tirishish vaqtida meldoniyning yaqqol tirishishga qarshi ta‘siri aniqlangan. O‘z navbatida meldoniy bilan davolashdan oldin 2 mg/kg dozada α2-adrenoblokator yoximbinni va 10 mg/kg dozada azot oksidi sintaza ingibitori (SOA)N-(G)-nitro-L-argininni qo‘llash meldoniyning tirishishga qarshi ta‘siri to‘liq bloklanadi.

Meldoniy dozasini oshirib yuborilishi siklofosfamid chaqirgan kardiotoksiklikni kuchaytirishi mumkin.

Meldoniyni qo‘llaganda yuzaga keladigan karnitin tanqisligi ifosfamid chaqirgan kardiotoksiklikni kuchaytirishi mumkin.

Meldoniy indinavir chaqirgan kardiotoksiklik va efavirenz chaqirgan neyrotoksiklik holatida himoyalovchi ta‘sir ko‘rsatadi.

Meldoniy saqlovchi boshqa preparatlar bilan birga qo‘llanilmasin, chunki nojo‘ya reaksiyalar yuzaga kelishi xavfi oshishi mumkin.

Nomutanosiblik

Noma‘lum. Preparatni bir shprisda boshqa dori vositalari bilan aralashtirish mumkin emas.

Maxsus ko‘rsatmalar

Pasientlarning alohida guruhlari

Keksa yoshdagi pasientlar

Biokiraolishlik oshadigan jigar va buyrak funksiyasini buzilishlari bo‘lgan keksa yoshdagi pasientlarda meldoniyning dozasini kamaytirish kerak.

Buyrak funksiyasini buzilishi

Biokiraolishlik oshadigan buyrak funksiyasini buzilishlari bo‘lgan pasientlarda meldoniyning dozasini kamaytirish kerak. Meldoniy yoki uning metabolitlarining (masalan 3-gidroksimeldoniy) buyrak reabsorbsiyasi va karnitin o‘rtasida o‘zaro ta‘sir mavjud, buning oqibatida karnitinning buyrak klirensi oshadi. Renin-angiotenzin-aldosteron tizimiga meldoniy, GBB va meldoniy/GBB majmuasining bevosita ta‘siri yo‘q.

Jigar funksiyasini buzilishi

Biokiraolishlik oshadigan jigar funksiyasini buzilishlari bo‘lgan pasientlarda meldoniyning dozani kamaytirish kerak. Kalamushlarda toksiklik tadqiqotlarida meldoniyni 100 mg/kg dan yuqori dozada qo‘llaganda jigarni sariq rangga bo‘yalishi va yog‘lar denaturasiyasi aniqlangan. Hayvonlarda o‘tkazilgan gistopatologik tadqiqotlarda meldoniyni yuqori dozalarda (400 mg/kg va 1600 mg/kg) qo‘llagandan keyin jigar xujayralarida lipidlarni to‘planishi aniqlangan. Yuqori dozalarni (400-800 mg) qo‘llagandan keyin odamda jigar funksiyasini o‘zgarishi kuzatilmagan. Jigar xujayralarida yog‘lar infiltrasiyasini inkor etib bo‘lmaydi.

Anamnezida yengil yoki o‘rtacha og‘irlik darajasidagi jigar va/yoki buyrak funksiyasini buzilishlari bo‘lgan pasientlarda preparatni qo‘llaganda ehtiyotkorlikka rioya qilish kerak (jigar va/yoki buyrak funksiyasini nazorat qilish kerak).

Kardiologik bo‘limdarda o‘tkir miokard infarkti va nostabil stenokardiyani davolashning ko‘p yillik tajribasi meldoniy o‘tkir koronar sindromda birinchi qator preparati ekanligini namoyish qilgan.

Bolalar

Bolalarda (18 yoshgacha) meldoniyni qo‘llashning xavfsizligi va samaradorligi haqida ma‘lumotlar yo‘q, shuning uchun bu toifadagi pasientlarda preparatni qo‘llash mumkin emas.

Homiladorlik yoki laktasiya davrida qo‘llanishi

Homiladorlik

Meldoniyni homiladorlik, embrion/homilani rivojlanishi, tug‘ruq va tug‘ruqdan keyingi rivojlanishga ta‘siri baholash uchun hayvonlarda o‘tkazilgan tadqiqotlar yetarli emas. Odam uchun potensial xavfi noma‘lum, shuning uchun meldoniyni homiladorlik davrida qo‘llash mumkin emas.

Emizish davri

Hayvonlardagi tadqiqot ma‘lumotlari meldoniyni ko‘krak sutiga o‘tishidan dalolat beradi. Meldoniy odamda ko‘krak sutiga o‘tishi noma‘lum. Yangi tug‘ilgan chaqaloq/go‘daklar uchun xavfni inkor etib bo‘lmaydi, shuning uchun emizish davrida meldoniyni qo‘llash mumkin emas.

Dori vositasini transport vositasini yoki potensial xavfli mexanizmlarni boshqarish qobiliyatiga ta‘sirining o‘ziga xosligi.

Transportni boshqarish va boshqa mexanizmlarga xizmat ko‘rsatish qobiliyatiga ta‘siri yuzasidan tadqiqotlar o‘tkazilmagan.

Preparat bolalar ololmaydigan joyda saqlansin va yaroqlilik muddati o‘tgach ishlatilmasin.

Dozani oshirib yuborilishi

Milkard preparatini dozasini oshirib yuborilishi haqida xabar berilmagan. Preparat kam toksik va hayot uchun xavf soluvchi nojo‘ya samaralar chaqirmaydi.

Arterial bosim pasayganida bosh og‘rig‘i, bosh aylanishi, taxikardiya, umumiy xolsizlik kuzatilishi mumkin. Davolash simptomatik.

Dozani og‘ir oshirib yuborilganda jigar va buyrak funksiyasini nazorat qilish kerak.

Qon oqsillari bilan yaqqol bog‘lanishi tufayli, meldoniy dozasini oshirib yuborilganda gemodializ sezilarli ahamiyatga ega emas.

Chiqarilish shakli va dori vositasining o‘rami

In‘eksiya uchun eritma 100 mg/ml. 5 ml dan eritma polietilen flakonlarda №10.

Saqlash sharoiti

Original o‘ramida, 25°S dan yuqori bo‘lmagan haroratda saqlansin. Muzlatilmasin!

Yaroqlilik muddati

3 yil.

Dorixonalardan berish tartibi

Resept bo‘yicha.

Ulashish:

Fikr qoldirish
Baho:
              
Matnni kiriting

Ismingiz
Fikr-mulohazangiz moderator tekshiruvidan so'ng nashr etiladi

Mahsulot bo'yicha savolingiz bormi?

Savol qoldirish

Mulohazalar

MILKARD inyeksiya uchun eritma 5ml 100mg/ml N10 dori vositasi O'zbekiston dori vositalari reestrida ro'yxatdan o'tganmi?
Ha, preparat O'zbekiston dori vositalari reestrida ro'yxatdan o'tgan.
MILKARD inyeksiya uchun eritma 5ml 100mg/ml N10 dori vositasi ishlab chiqaruvchisi kim va u qaysi davlatda ishlab chiqarilgan?
MILKARD inyeksiya uchun eritma 5ml 100mg/ml N10 dori vositasi НИКО,ООО tomonidan Ukraina mamlakatida ishlab chiqarilgan.
MILKARD inyeksiya uchun eritma 5ml 100mg/ml N10 dori vositasi resept bo’yicha sotiladimi?
MILKARD inyeksiya uchun eritma 5ml 100mg/ml N10 dori vositasi resept bo'yicha sotiladigan dori

Ishlab chiqaruvchining dorilari
PANGINAT inyeksiya uchun eritma 10ml N5
  • Ishlab chiqarilish joyi: Ukraina
  • Ishlab chiqaruvchi: НИКО,ООО
DIKLOFARM N inyeksiya uchun eritma 3ml 25mg/ml N10
  • Ishlab chiqarilish joyi: Ukraina
  • Ishlab chiqaruvchi: НИКО,ООО
DIKLOFARM N inyeksiya uchun eritma 3ml 25mg/ml N5
  • Ishlab chiqarilish joyi: Ukraina
  • Ishlab chiqaruvchi: НИКО,ООО
  • A
  • B
  • D
  • E
  • F
  • G
  • H
  • I
  • J
  • K
  • L
  • M
  • N
  • O
  • P
  • Q
  • R
  • S
  • T
  • U
  • V
  • X
  • Y
  • Z
  • Ch
  • Sh
  • 0-9