×
×
  • NEKST tabletkalari 200mg 400mg+200mg N12

Mahsulotning ko'rinishi saytdagi rasmdan farq qilishi mumkin.

NEKST tabletkalari 200mg 400mg+200mg N12

Kategoriya:
- Yallig'lanishga qarshi
Faol modda:
Ибупрофен
Qadoqda soni:
- 12
Ishlab chiqaruvchi:
- ОАО «Фармстандарт-Лексредства»
Vakil:
- Фармстандарт ПАО
ATX kodi:
- M01AE51 Ибупрофен в комбинации с другими препаратами
Noaniqliq haqida habar berish

O'xshash dorilar

KEYVER tabletkalari 25mg N10 Фармак, ПАО Ukraina
43 000 s`om dan
REVMOKSIKAM tabletkalari 15mg N10 Фармак, ПАО Ukraina
26 900 s`om dan
ZEVENAK inyeksiya uchun eritma 4ml 75mg/4ml N5 Remedy Group СП OOO O'zbekiston
BRUFEN RAPID kapsulalar 200mg N10 Geltec Private Limited Hindiston
16 000 s`om dan
Saqlash shartlari При температуре не выше 25 °C. Хранить в недоступном для детей месте.
Продажа Retseptsiz.
Yaroqlilik muddati (oy) 2 года.Не применять по истечении срока годности, указанного на упаковке.
Mahsulot haqida tafsilotlar
Saytda e'lon qilingan ma'lumotlar mutaxassislar uchun mo'ljallangan. O'zingizni-o'zingiz davolash bilan shug'ullanmang. Sog'lig'ingizga zarar bermaslik uchun mutaxassis bilan maslahatlashishga ishonch hosil qiling!
NEKST tabletkalari 200mg 400mg+200mg N12 qo'lanishi bo'yicha ko'rsatmalar

QO‘LLASH BO‘YICHA YO‘RIQNOMA

NEKST®

NEXT

Preparatning savdo nomi: Nekst®

Ta‘sir etuvchi modda (XPN): ibuprofen+parasetamol&

Dori shakli: plyonka qobiq bilan qoplangan tabletkalar.

Tarkibi:

1 tabletka quyidagilarni saqlaydi:

faol moddalar: ibuprofen 400 mg, parasetamol 200 mg.

yordamchi moddalar:

yadrosi: kalsiy gidrofosfati (Fudjikalin) – 80,0 mg, mikrokristall sellyuloza – 64,5 mg, natriy kroskarmelloza – 24,3 mg, giproloza (gidroksipropilsellyuloza (Klusel EF)) – 19,3 mg, talk – 12,1 mg, magniy stearati – 7,3 mg, kolloid kremniy dioksidi (aerosil) – 2,5 mg.

Qobig‘i: OPADRAY 20A250004 QIZIL (OPADRY 20A250004 RED) (gipromelloza (gidroksipropilmetilsellyuloza) – 13,1 mg, giproloza (gidroksipropilsellyuloza) – 8,1 mg, talk – 6,4 mg, titan dioksidi – 2,5 mg, puns bo‘yovchisi (Ponso 4R) (Ye124) – 0,9 mg, sariq shafaq bo‘yovchisi (Ye110) – 0,5 mg) – 31,5 mg, OPDRAY II 85F19250 TINIQ (OPADRY II 85F19250 CLEAR) (makrogol (polietilenglikol) – 1,3 mg, polivinil spirti – 4,4 mg, polisorbat 80 – 0,3 mg, talk – 2,5 mg) – 8,5 mg.

Ta‘rifi: oval shaklli, ikki tomonlama qavariq, riskali, qizil rangli plyonka qobiq bilan qoplangan tabletkalar, ko‘ndalang kesimida yadrosi oq yoki deyarli oq rangli.

Farmakoterapevtik guruhi: majmuaviy og‘riq qoldiruvchi vosita (NYAQP+nonarkotik og‘riq qoldiruvchi vosita).

ATX kodi: M01AE51.

Farmakologik xususiyatlari

Farmakodinamikasi

Majmuaviy preparatdir, og‘riq qoldiruvchi, yallig‘lanishga qarshi va isitmani tushiruvchi ta‘sir ko‘rsatadi.

Parasetamol – nonarkotik og‘riq qoldiruvchi vosita, markaziy nerv tizimida siklooksigenazani bloklashi va og‘riq va termoregulyasiya markaziga ta‘siri bilan bog‘liq isitmani tushiruvchi va og‘riq qoldiruvchi ta‘sir ko‘rsatadi.

Ibuprofen – nosteroid yallig‘lanishga qarshi vosita, prostaglandinlar sintezini boshqaruvchi siklooksigenazaning faolligini noselektiv susaytirish bilan bog‘liq bo‘lgan og‘riq qoldiruvchi, yallig‘lanishga qarshi va isitmani tushiruvchi ta‘sir ko‘rsatadi.

Preparatning komponentlari og‘riq sindromini shakllanishining ham markaziy, ham periferik mexanizmlariga ta‘sir ko‘rsatadi. Ikkala komponentlarning yo‘naltirilgan, bir-birini to‘diruvchi ta‘siri tezkor terapevtik samara va yaqqol og‘riq qoldiruvchi ta‘sir ko‘rsatadi.

Farmakokinetikasi

Parasetamol

So‘rilishi – yuqori, maksimal konsentrasiyasi (Smax) 5-20 mkg/ml ni, maksimal konsentrasiyaga erishish vaqti (Tsmax) – 0,5-2 soatni; plazma oqsillari bilan bog‘lanishi – 15% ni tashkil qiladi. Gematoensefalik to‘siq orqali kiradi. Ham faol, ham faol bo‘lmagan metabolitlarini hosil qilib, jigarda metabolizmga uchraydi.

Yarim chiqarilish davri (T1/2) – 1-4 soat. Metabolitlari – glyukuronidlar va sulfatlar ko‘rinishida, 3% – o‘zgarmagan ko‘rinishda asosan buyraklar orqali chiqariladi.

Ibuprofen

Me‘da-ichak yo‘llaridan yaxshi so‘riladi. Maksimal konsentrasiyaga erishish vaqti (Tmax) och qoringa qabul qilinganda – 45 minut, ovqatdan keyin qabul qilinganda – 1,5-2,5 soatni tashkil qiladi. Plazma oqsillari bilan bog‘lanishi – 90%. Preparatning sinovial suyuqlikdagi konsentrasiyasi plazmadagidan yuqori.

Jigarda tizimoldi va tizimdan keyingi metabolizmga uchraydi.

Ikki fazali chiqarilish kinetikasiga ega, T1/2 – 2-2,5 soatga teng. Buyraklar orqali (1% dan kamroq o‘zgarmagan ko‘rinishda) va kamroq darajada – safro bilan chiqariladi.

Qo‘llanilishi

  • bosh og‘rig‘i (shu jumladan migren);
  • tish og‘rig‘i;
  • algodismenoreya (og‘riqli hayz);
  • nevralgiya;
  • mialgiya;
  • belda og‘riq;
  • bo‘g‘imda og‘riq, tayanch-harakat apparatining yallig‘lanish va degenarativ kasalliklardagi og‘riq sindromi;
  • lat yeyish, cho‘zilish, chiqishlar, sinishlardagi og‘riqlar;
  • jarohatdan keyingi va operasiyadan keyingi og‘riq sindromi;
  • isitmalash holatlari (shu jumladan gripp va shamollash kasalliklari) da qo‘llanadi.

 

Qo‘llash usuli va dozalari

Ovqatdan keyin ichga qabul qilinadi.

Kattalarga: 1 tabletkadan sutkada 3 marta. Maksimal sutkalik dozasi – 3 tabletka.

12 yoshdan oshgan (tana vazni 40 kg dan yuqori) bolalarga: 1 tabletkadan sutkada 2 marta.

Davolash davomiyligi isitma tushiruvchi vosita sifatida 3 kun va og‘riq qoldiruvchi vosita sifatida 5 kundan oshmasligi kerak. Preparat bilan davolashni faqat shifokor bilan maslahatlashgandan keyin davom ettirish mumkin.

Nojo‘ya ta‘sirlari

Nerv tizimi tomonidan: bosh og‘rig‘i, bosh aylanishi, uyquni buzilishi, xavotirlik, depressiya.

Yurak-qon tomir tizimi tomonidan: taxikardiya, arterial bosimni oshishi, yurak yetishmovchiligi.

Nafas tizimi tomonidan: hansirash, bronxospazm.

Me‘da-ichak yo‘llari tomonidan: abdominal og‘riqlar, ko‘ngil aynishi, qusish, jig‘ildon qaynashi, ishtahani pasayishi, diareya yoki qabziyat, meteorizm, milklar shilliq qavatida yara paydo bo‘lishi, aftoz stomatit, pankreatit.

Sezgi a‘zolari: eshitishni buzilishi, quloqlarda shang‘illash yoki shovqin, ko‘rishni buzilishi, ko‘rishni noaniqligi yoki diplopiya, ko‘zlarni qurishi va ta‘sirlanishi.

Siydik ayirish tizimi tomonidan: o‘tkir buyrak yetishmovchiligi, nefrotik sindrom, poliuriya, sistit.

Allergik reaksiyalar: teri toshmasi, teri qichishishi, allergik rinit, angionevrotik shish, ko‘p shaklli ekssudativ eritema (shu jumladan Stivens-Djonson sindromi), toksik epidermal nekroliz (Layell sindromi).

Qon yaratish a‘zolari tomonidan: anemiya, trombositopeniya, trombositopenik purpura, agranulositoz, leykopeniya, eozinofiliya.

Yuqori dozalarda uzoq vaqt qo‘llaganda – gepatotoksik va nefrotoksik (gepatit, interstisial nefrit va papillyar nekroz) ta‘sir; gemolitik anemiya, aplastik anemiya, metgemoglobinemiya, pansitopeniya.

Qo‘llash mumkin bo‘lmagan holatlar

  • preparatning komponentlariga yuqori sezuvchanlik;
  • me‘da-ichak yo‘llarining eroziv-yarali shikastlanishlari (zo‘rayish bosqichi), me‘da-ichakdan qon ketishi;
  • og‘ir darajadagi jigar va/yoki buyrak yetishmovchiligi;
  • qon ivishini buzilishlari (gemofiliya, qon ketishi vaqtini uzayishi, qon ketishlarga moyillik, gemorratik diatez);
  • bronxial astma, burun va burunning yondosh bo‘shliqlarini qaytalanuvchi polipozi va asetilsalisil kislotasi yoki boshqa nosteroid yallig‘lanishga qarshi vositalarni to‘liq yoki noto‘liq birga kechishi, shu jumladan anamnezda;
  • aortokoronar shuntlash operasiyasidan keyingi holat;
  • tasdiqlangan giperkaliemiya;
  • glyukozo-6-fosfatdegidrogenaza tanqisligi;
  • homiladorlik (III uch oylik);
  • 12 yoshgacha bo‘lgan bolalarda qo‘llash mumkin emas.

Ehtiyotkorlik bilan

Surunkali yurak yetishmovchiligi; virusli gepatit, jigarni alkogolli shikastlanishi, o‘rtacha va yengil og‘riq darajadagi jigar va/yoki buyrak yetishmovchiligi, xavfsiz giperbilirubinemiyalar (Jilber, Dubin-Djonsno va Rotor sindromlari), portal gipertenziya bilan kechuvchi jigar sirrozi, nefrotik sindrom; qandli diabet, periferik arteriyalar kasalliklari, me‘da va o‘n ikki barmoq ichak yara kasalligi (anamnezida); gastrit, kolit; bronxial astma, bronxospazm; keksalar; homiladorlik (I va II uch oyliklari – faqat potensial foyda bo‘lishi mumkin bo‘lgan xavfdan ustun bo‘lgan hollardagina shifokor ko‘rsatmasa bo‘yicha qo‘llash mumkin), laktasiya davri (emizish davrida preparatni qo‘llash zarurati bo‘lganida emizishni to‘xtatish kerak).

Dorilarning o‘zaro ta‘siri

Jigarda mikrosomal oksidlanish induktorlari (fenitoin, etanol, barbituratlar, flumesinol, rifampisin, fenilbutazon, trisiklik antidepressantlar) gidroksi guruhi qo‘shilgan metabolitlarini ishlab chiqarilishini oshiradi, bu dozani oshirib yuborilganda og‘ir intoksikasiya rivojlanishini ehtimoli bilan bog‘liq.

Mikrosomal oksidlanish ingibitorlari (shu jumladan simetidin) gepatotoksik ta‘sir xavfini kamaytiradi.

Mielotoksik dori vositalari preparatning gepatotoksik ko‘rinishlarini kuchaytiradi.

Ibuprofenni etanol, glyukokortikosteroidlar bilan birga qo‘llaganda me‘da-ichak yo‘llarini eroziv-yarali shikastlanishi xavfini oshiradi.

Parasetamolni etanol bilan bir vaqtda qo‘llaganda o‘tkir pankreatit rivojlanishi xavfini oshiradi.

Parasetamol va ibuprofen bilvosita ta‘sirga ega antikoagulyantlarning ta‘sirini kuchaytiradi va urikozurik preparatlarning samaradorligini kamaytiradi.

Barbituratlarni uzoq vaqt qo‘llash parasetamolning samaradorligini kamaytiradi.

Diflunisal parasetamolning plazmadagi konsentrasiyasini 50% ga oshiradi, bu gepatotoksiklik rivojlanishi xavfini oshiradi.

Ibuprofen qon tomirlarni kengaytiruvchi vositalarning gipotenziv, furosemid va gidroxortiazidning natriyuretik va diuretik faolligini kamaytiradi.

Antasidlar va kolestiramin ibuprofenni so‘rilishini kamaytiradi.

Ibuprofen peroral gipoglikemik vositalar va insulinning samarasini kuchaytiradi.

Ibuprofen qonda digoksin, litiy preparatlari va metotreksatning konsentrasiyasini oshiradi.

Ibuprofen asetilsalisil kislotasi bilan bir vaqtda buyurilganda uning yallig‘lanishga qarshi va antiagregant ta‘sirini kamaytiradi.

Sefamandol, sefaperazon, sefotetan, valproat kislotasi, plikamisin gipoprotrombinemiya rivojlanishi tez-tezligini oshiradi.

Maxsus ko‘rsatmalar

Preparatni parasetamol va/yoki nosteroid yallig‘lanishga qarshi vositalar bilan bir vaqtda qo‘llashdan saqlanish kerak.

Preparatni 5-7 kundan ortiq qo‘llanganda periferik qon ko‘rsatkichlari va jigarning funksional holatini nazorat qilish kerak.

Parasetamol qon plazmasida glyukoza va siydik kislotasi darajasini aniqlashning laborator tekshiruvlari natijasini og‘ishiga olib keladi.

NYAQP-gastropatiya simptomlari paydo bo‘lganida ezofagogastroduodenoskopiya, gemoglobin va gematokritni aniqlash bilan qon tahlili, axlatni yashirin qonga tekshirishni o‘z ichiga oluvchi sinchkov nazoratni amalga oshirish kerak.

17-ketosteroidlarni aniqlash zarurati bo‘lganida tekshiruvdan 48 soat oldin preparatni bekor qilish kerak.

Preparatni qabul qilish fonida pasientlar yuqori diqqatni, tezkor ruhiy va harakat reaksiyalarini talab etuvchi barcha faoliyat turlaridan saqlanishlari kerak.

Davolash davrida alkogol saqlovchi ichimliklarni iste‘mol qilish tavsiya etilmaydi.

Homiladorlik va laktasiya davrida qo‘llanishi

Preparatni homiladorlikning I va II uch oyliklarida qo‘llash zarurati bo‘lganida ehtiyotkorlikka rioya qilish kerak – faqat potensial foyda bo‘lishi mumkin bo‘lgan xavfdan ustun bo‘lgan hollardagina shifokor ko‘rsatmasa bo‘yicha qo‘llash mumkin. Preparatni homiladorlikning III uch oyligida qo‘llash mumkin emas.

Emizish davrida preparatni qo‘llash zarurati bo‘lganida emizishni to‘xtatish kerak.

Preparat bolalar ololmaydigan joyda saqlansin va yaroqlilik muddati o‘tgach qo‘llanmasin.

 

Dozani oshirib yuborilishi

Simptomlari: qorinda og‘riq, ko‘ngil aynishi, qusish, qo‘zg‘alish yoki tormozlanish, uyquchanlik, ongni chalkashishi, taxikardiya, aritmiya, o‘tkir buyrak yetishmovchiligi, metabolik asidoz, siyishni tezlashishi, gipertermiya, bosh og‘rig‘i, tremor yoki mushak tortishishlari; “jigar” transaminazalarining faolligini oshishi, protrombin vaqtini uzayishi. Dozani oshirib yuborilishiga gumon qilinganda darhol shifokorga murojaat etish kerak.

Davolash: me‘dani yuvish, keyinchalik faollashtirilgan ko‘mirni buyurish; ishqoriy suyuqliklarni qabul qilish, jadallashtirilgan diurez, simptomatik davolash.

Chiqarilish shakli

Plyonka qobiq bilan qoplangan tabletkalar 400 mg+200 mg.

6, 10 yoki 12 tabletkadan kontur uyali o‘ramda.

1 yoki 2 kontur uyali o‘ram qo‘llash bo‘yicha yo‘riqnomasi bilan karton qutida.

Saqlash sharoiti

25°S dan yuqori bo‘lmagan haroratda.

Yaroqlilik muddati

2 yil.

Dorixonalardan berish tartibi

Reseptsiz.

Ulashish:

Fikr qoldirish
Baho:
              
Matnni kiriting

Ismingiz
Fikr-mulohazangiz moderator tekshiruvidan so'ng nashr etiladi

Mahsulot bo'yicha savolingiz bormi?

Savol qoldirish

Mulohazalar

NEKST tabletkalari 200mg 400mg+200mg N12 dori vositasi O'zbekiston dori vositalari reestrida ro'yxatdan o'tganmi?
Ha, preparat O'zbekiston dori vositalari reestrida ro'yxatdan o'tgan.
NEKST tabletkalari 200mg 400mg+200mg N12 dori vositasi resept bo’yicha sotiladimi?
NEKST tabletkalari 200mg 400mg+200mg N12 dori vositasi resept bo'yicha sotiladigan dori

Analoglar
KYUPEN SMILE suspenziya 100ml 100mg/5ml
IBUFEN FORTE suspenziya 100 ml 200 mg/5 ml
  • Ishlab chiqarilish joyi: Polsha
  • Faol modda: Ибупрофен ko'proq ko'rsatish
  • Ishlab chiqaruvchi: Pharmaceutical Works POLPHARMA SA, Польша произведено: Medana Pharma SA
  • Vakil: Polpharma S. A.
Narh: 38 000 so'mdan Batafsil
ASEFENAK KIDDO suspenziya dlya priema vnutr 100 ml 100 mg/5 ml
  • Ishlab chiqarilish joyi: Hindiston
  • Faol modda: Ибупрофен ko'proq ko'rsatish
  • Ishlab chiqaruvchi: BKRS Pharma PVT. LTD
Narh: 20 300 so'mdan Batafsil
BRUFEN RAPID kapsulalar 400mg N10
Narh: 18 000 so'mdan Batafsil
BRUFEN RAPID kapsulalar 200mg N10
Narh: 16 000 so'mdan Batafsil
ELDNIL EKSPRESS kapsulalar 200mg N10
INFORIN krem 50g 10%
Narh: 46 000 so'mdan Batafsil
ELDNIL EKSPRESS kapsulalar 200mg N20
Narh: 33 900 so'mdan Batafsil
PERUFEN sirop so vkusom klubniki 100ml 100mg/5ml
  • Ishlab chiqarilish joyi: Turkiya
  • Faol modda: Ибупрофен ko'proq ko'rsatish
  • Ishlab chiqaruvchi: GM Pharmaceuticals Ltd, ООО, Грузия произведено: World Medicine Ilac San. Ve Tic. A.S.
PERUFEN sirop so vkusom apelsina 100ml 100mg/5ml
  • Ishlab chiqarilish joyi: Turkiya
  • Faol modda: Ибупрофен ko'proq ko'rsatish
  • Ishlab chiqaruvchi: GM Pharmaceuticals Ltd, ООО, Грузия произведено: World Medicine Ilac San. Ve Tic. A.S.
MIG DETSKIY suspenziya 100ml 100mg/5ml
  • Ishlab chiqarilish joyi: Ispaniya
  • Faol modda: Ибупрофен ko'proq ko'rsatish
  • Ishlab chiqaruvchi: Berlin-Chemie AG (Menarini Group), Германия произведено: Alcala Farma S.L.
MIG 400 tabletkalari 400mg N20
  • Ishlab chiqarilish joyi: Germaniya
  • Faol modda: Ибупрофен ko'proq ko'rsatish
  • Ishlab chiqaruvchi: Berlin Chemie AG (Menarini Group)
Narh: 50 000 so'mdan Batafsil
GOFEN 400 kapsulalar 400mg N60
  • Ishlab chiqarilish joyi: Tailand
  • Faol modda: Ибупрофен ko'proq ko'rsatish
  • Ishlab chiqaruvchi: Mega Lifesciences Public Company Limited
IBUPROFEN tabletkalari 200mg N50
  • Ishlab chiqarilish joyi: Ukraina
  • Faol modda: Ибупрофен ko'proq ko'rsatish
  • Ishlab chiqaruvchi: Технолог, ЧАО
Narh: 2 700 so'mdan Batafsil
IBUPROFEN tabletkalari 200mg N50
  • Ishlab chiqarilish joyi: Belarusiya
  • Faol modda: Ибупрофен ko'proq ko'rsatish
  • Ishlab chiqaruvchi: Борисовский завод медицинских препаратов, ОАО
Narh: 2 700 so'mdan Batafsil
IBUPROFEN tabletkalari 200mg N10
  • Ishlab chiqarilish joyi: Belarusiya
  • Faol modda: Ибупрофен ko'proq ko'rsatish
  • Ishlab chiqaruvchi: Борисовский завод медицинских препаратов, ОАО
IBUPROFEN suspenziya 100ml 100mg/5ml
  • Ishlab chiqarilish joyi: O'zbekiston
  • Faol modda: Ибупрофен ko'proq ko'rsatish
  • Ishlab chiqaruvchi: Lafz, ООО
Narh: 6 700 so'mdan Batafsil
IBUPROFEN suspenziya 50ml 100mg/5ml
  • Ishlab chiqarilish joyi: O'zbekiston
  • Faol modda: Ибупрофен ko'proq ko'rsatish
  • Ishlab chiqaruvchi: Lafz, ООО
Narh: 5 936 so'mdan Batafsil
IBUPROFEN suspenziya 50ml 100mg/5ml
  • Ishlab chiqarilish joyi: O'zbekiston
  • Faol modda: Ибупрофен ko'proq ko'rsatish
  • Ishlab chiqaruvchi: Radiks, ЧНПП
Narh: 5 936 so'mdan Batafsil
NUROFEN tabletkalari 200mg N20
Narh: 60 000 so'mdan Batafsil
NUROFEN tabletkalari 200mg N10
IBUPROFEN suspenziya 100ml 100mg/5ml
  • Ishlab chiqarilish joyi: O'zbekiston
  • Faol modda: Ибупрофен ko'proq ko'rsatish
  • Ishlab chiqaruvchi: Radiks, НПП
Narh: 6 700 so'mdan Batafsil
DOLGIT krem 20g
  • Ishlab chiqarilish joyi: Germaniya
  • Faol modda: Ибупрофен ko'proq ko'rsatish
  • Ishlab chiqaruvchi: Dolorgiet GmbH & Co. KG
Narh: 37 000 so'mdan Batafsil
DOLGIT krem 100g
  • Ishlab chiqarilish joyi: Germaniya
  • Faol modda: Ибупрофен ko'proq ko'rsatish
  • Ishlab chiqaruvchi: Dolorgiet GmbH & Co. KG
Narh: 40 000 so'mdan Batafsil
DOLGIT krem 100g
Narh: 42 000 so'mdan Batafsil
NUROFEN EKSPRESS kapsulalar 200mg N16
NUROFEN EKSPRESS kapsulalar 200mg N8
NUROFEN DLYA DETEY suspenziya so vkusom apelsina 150ml 100mg/5ml
Narh: 54 000 so'mdan Batafsil
NUROFEN DLYA DETEY suspenziya so vkusom klubniki 150ml 100mg/5ml
Narh: 54 000 so'mdan Batafsil
NUROFEN DLYA DETEY suspenziya so vkusom klubniki 100ml 100mg/5ml
Narh: 35 000 so'mdan Batafsil
Ishlab chiqaruvchining dorilari
PENTALGIN tabletkalari N24
Narh: 30 000 so'mdan Batafsil
PENTALGIN tabletkalari N12
Narh: 13 000 so'mdan Batafsil
FOSFOGLIV liofilizat 2,5g N5
FOSFOGLIV FORTE kapsulalar N50
Narh: 339 998 so'mdan Batafsil
FOSFOGLIV kapsulalar N50
Narh: 147 000 so'mdan Batafsil
ARBIDOL kapsulalar 100mg N40
ARBIDOL kapsulalar 100mg N20
Narh: 87 000 so'mdan Batafsil
EVKALIPT aerozol 30ml
  • A
  • B
  • D
  • E
  • F
  • G
  • H
  • I
  • J
  • K
  • L
  • M
  • N
  • O
  • P
  • Q
  • R
  • S
  • T
  • U
  • V
  • X
  • Y
  • Z
  • Ch
  • Sh
  • 0-9