×
×
  • NEUROBEKS tabletkalari N90

Mahsulotning ko'rinishi saytdagi rasmdan farq qilishi mumkin.

NEUROBEKS tabletkalari N90

Kategoriya:
- Vitaminlar
Ishlab chiqarilish joyi:
- Bolgariya
Qadoqda soni:
- 90
Ishlab chiqaruvchi:
- Balkanpharma-Dupnitsa AD
ATX kodi:
- A11EB
Noaniqliq haqida habar berish

O'xshash dorilar

SUPRADIN KIDS VOLSHEBNIYe draje N60 Bayer Consumer Care AG Germaniya
100 000 s`om dan
45 000 s`om dan
MAGNE V6 tabletkalari 5mg N50 Sanofi Aventis France, Франция произведено: Sanofi Winthrop Industrie Frantsiya
36 000 s`om dan
ROTAVIT KIDS sirop 150ml Rotapharm Ilaclar Limited Sirketi, Турция произведено: Farmamag Ambalaj Sanayi ve Ticaret A.S. Turkiya
Mahsulot haqida tafsilotlar
Saytda e'lon qilingan ma'lumotlar mutaxassislar uchun mo'ljallangan. O'zingizni-o'zingiz davolash bilan shug'ullanmang. Sog'lig'ingizga zarar bermaslik uchun mutaxassis bilan maslahatlashishga ishonch hosil qiling!
NEUROBEKS tabletkalari N90 qo'lanishi bo'yicha ko'rsatmalar

QO‘LLASH BO‘YICHA YO‘RIQNOMA

Neurobeks

NEUROBEX

 

Preparatning savdo nomi: Neurobeks

Dori shakli: qobiq bilan qoplangan tabletkalar

Tarkibi:

Bir qobiq bilan qoplangan tabletka quyidagilarni saqlaydi:

Faol modda: 15 mg tiamin nitrati (V1 vitamini), 10 mg piridoksin gidroxloridi (V6 vitamini), 0,02 mg sianokobalamin (V12 vitamini).

Yordamchi moddalar: laktoza monogidrati, bug‘doy kraxmali, talk, magniy stearat, kolloid kremniy dioksidi, povidon.

Plyonka qobig‘i: kollikoat protekti, titan dioksidi, talk, bo‘yovchi Ye 124.

Ta‘rifi: dumaloq ikki tomoni qavariq pushti rangli qobiq bilan qoplangan tabletkalar.

Farmakoterapevtik guruhi: Vitaminlar, V1 vitamini V6 vitamin va/yoki V12 vitamin bilan majmuada

ATX kodi: A11DB00

Farmakologik xususiyatlari

Neurobeks tarkibida V guruhi vitaminlarini saqlovchi majmuaviy preparatdir. Ular uglevodlar, yoglar va oqsillar almashinuvini boshqaruvchi fermentlarning tarkibiga kiradi. V guruh vitaminlar majmuasini organizmdagi qator muhim jarayonlarga va faoliyatlariga va asosan nerv va tayanch xarakati apparatining yallig‘lanish va degenerativ (to‘qimalar strukturasini o‘zgarishi bilan bog‘liq, ular yashash qobiliyati kamayganda) kasalliklariga ta‘sir etish uchun qo‘llanadi.

Qo‘llanilishi

Neurobeksni quyidagi kasalliklar va holatlarni kompleks davolashda qo‘llaniladi:

  • periferik nervlardagi yallig‘lanish va degenerativ jarayonlar – nevritlar, polinevritlar (alkogolli, postinfeksion va toksik, qandli diabetda), nevralgiyalar, mialgiyalar, paresteziyalar (oyoq-qo‘llarni uvishishi yoki etni jimillashi);
  • uzoq vaqt davom etgan rekonvalessensiya holatlari (uzoq vaqt davom etgan kasallikdan keyin tiklanish), surunkali alkogolizm, zaharlanish, asteniya (toliqish va holsizlik);
  • V gipovitaminozi (organizmda V guruh vitaminlarini kamayib ketishi bilan bog‘liq xolatlar), dermatitlar, ekzema, psoriaz, ekssudativ diatez, xusnbuzar kabi teri kasalliklari.

PREPARATNI TO‘G‘RI QO‘LLASH HAQIDA MA‘LUMOT

Qo‘llash usuli va dozalari

Neurobeksni hamisha ushbu varaqadagi yoki shifokoringiz ko‘rsatmalariga rioya qilgan holda qabul qiling.

Odatdagi doza kuniga 3-4 marta qobiq bilan qoplangan 2-3 tabletkani tashkil etadi. Neurobeks ichga qabul qilinadi. Tabletkalarni chaynamasdan ovqat vaqtida yoki ovqatdan keyin, chaynamasdan, yetarli miqdordagi suyuqlik bilan qabul qilinadi.

Nojo‘ya ta‘sirlari

Barcha dori vositalari kabi. Neurobeks preparati ham nojo‘ya reaksiyalarni chaqirishi mumkin, garchi ular hammada ham namoyon bo‘lmasada.

Neurobeks odatda yaxshi o‘zlashtiriladi. Kam hollarda kuchli terlash, yurak urishini his etish, qichishish, eshakemi kuzatilishi mumkin. Yakka hollarda allergik reaksiyalar, toshma, bo‘g‘ilish va anafilaktik shok paydo bo‘lishi mumkin.

V6 vitaminini yuqori dozalarda 2 oydan 40 oygacha vaqt davomida qabul qilgan pasientlarda sensor nervlarni og‘ir shikastlanishi haqida ma‘lumotlar bor. Bunday shikastlanishlar preparatni kichik dozalarda uzoq vaqt davomida qabul qilganda ham kuzatilishi mumkin.

Agar biron-bir nojo‘ya reaksiya jiddiy tus olsa yoki sizda ushbu ilova-varaqada ko‘rsatilmagan boshqa nojo‘ya reaksiyalar kuzatilsa, iltimos, bu haqida shifokoringiz yoki farmasevtga xabar bering.

DORI VOSITASINI QO‘LLASHDAN OLDIN ZARUR BO‘LGAN MA‘LUMOT

Qo‘llash mumkin bo‘lmagan holatlar

Neurobeksni qo‘llamang:

  • agar Sizda Neurobeksning ta‘sir etuvchi moddalarga yoki har qanday qolgan komponentlariga allergiya (o‘ta yuqori sezuvchanlik) bo‘lsa;
  • agar Sizda o‘tkir tromboemboliya (hosil bo‘lgan tromb ta‘sirida qon tomirning berkilishi) bo‘lsa;
  • agar Sizda eritroz va eritremiya (eritrositlar sonini oshishi bilan bog‘liq bo‘lgan qon kasalliklari) bo‘lsa.

QO‘LLASHDAGI EHTIYOTKORLIKLAR

Neurobeksni qo‘llanganida quyida keltirilganlarga alohida e‘tibor bering:

Neurobeksni dekompensasiyalangan yurak yetishmovchiligini og‘ir va o‘tkir shakli (tez toliqish, bo‘g‘ilish, to‘piqlarni shishi va boshqalarga olib keladigan yurak kasalliklari) va stenokardiyasi bo‘lgan bemorlarda alohida ehtiyotkorlik bilan qo‘llash kerak.

Dorilarning o‘zaro ta‘siri

Agar Siz boshqa dori vositalar, shuningdek reseptsiz beriladigan dori vositalarini qabul qilayotgan yoki yaqinda qabul qilgan bo‘lsangiz iltimos, shifokoringizga yoki farmasevtga xabar bering.

Etanol V1 vitaminini so‘rilishini keskin kamaytiradi.

V6 vitamini organizmda ayrim dori preparatlarini parchalanishiga ta‘sir qiladi. V6 vitaminining yuqori dozalari levodopa (Parkinson kasalligini davolash uchun dori vositasi) ning samarasini kamaytiradi. Bu vitamin levodopani periferik buyurilishini kuchaytiradi va shu tarzda uning davolovchi samarasini kamaytiradi. V6 vitamini izoniazid va tiosemikarbazonlarning ta‘sirini kamaytirib, ushbu tuberkulezga qarshi vositalar chaqirgan anemiyani korreksiya qiladi. Penisilaminni uzoq vaqt qo‘llash davomida V6 vitamini tanqisligini rivojlanishiga olib kelishi mumkin. V6 vitaminini gidralazin va siklozerin bilan bir vaqtda qo‘llash ushbu dori vositalari tomonidan chaqirilgan nojo‘ya nevrologik reaksiyalarni kamaytiradi. V6 vitaminining miqdori peroral kontraseptiv vositalar bilan bir vaqtda qabul qilinganida kamayadi.

Kolxisin, etanol va neomisin V12 vitaminini so‘rilishini susaytiradi. Biguanidin sinfiga mansub bo‘lgan diabetga qarshi vositalar, r-aminosalisil kislotasi, shuningdek xloramfenikol va S vitamini vitaminni so‘rilishiga ta‘sir qiladilar.

Neurobeksni qo‘llash va ovqat hamda va ichimliklar qabul qilish

Ushbu preparat bilan davolanganda alohida ovqatlanish tartibiga rioya qilish yoki ozuqa mahsulotlari va ichimliklar ma‘lum bir turlarini cheklash zarurati yuzasidan ma‘lumotlar yo‘q. Ushbu preparatlar bilan davolanish vaqtida alkogol iste‘mol qilish mumkin emas, chunki uning tarkibidagi etanol ichakda o‘zlashtiriladigan V1 vitaminining miqdorini kamaytiradi.

AYRIM GURUH PASIENTLARI UCHUN MAXSUS KO‘RSATMALAR

Homiladorlik va emizish davrida qo‘llanishi

Har qanday dori vositasini qo‘llashdan oldin, shifokoringiz yoki farmasevt bilan maslahatlashing.

Homiladorlik

Homiladorlik vaqtida Neurobeks preparatini qo‘llanganida homilaga nojo‘ya ta‘siri yuzasidan ma‘lumotlar yo‘q. Yetarlicha ma‘lumotlar yo‘qligi tufayli, homiladorlik vaqtida preparatni faqat zarur bo‘lganhollardagina qo‘llash tavsiya etiladi.

Emizish

Emizish davrida Neurobeks preparati qo‘llanganda yangi tug‘ilgan chaqaloqqa nojo‘ya ta‘siri yuzasidan ma‘lumotlar yo‘q. Yetarlicha ma‘lumotlar yo‘qligi tufayli, bu davrda preparatni  faqat zarur bo‘lganhollardagina qo‘llash tavsiya etiladi.

Transport vositalarini boshqarish va texnika bilan ishlash qobiliyatiga ta‘siri

Preparat avtomobilni boshqarish va texnikadan foydalanish qobiliyatiga ta‘sir qilmaydi.

Yordamchi moddalari haqida ma‘lumot

Ushbu dori preparati tarkibida yordamchi modda sifatida laktoza moddasini saqlaydi, shuning uchun u laktozani o‘zlashtiraolmaydigan pasientlar uchun to‘g‘ri kelmaydi. Agar shifokoringiz Sizga ba‘zi qandlarni o‘zlashtira olmasligingizni aytgan bo‘lsa, preparatni qabul qilishdan oldin shifokor bilan maslahatlashing.

Preparatning tarkibida bug‘doy kraxmali borligi sababli, uni bug‘doyga allergiyasi (seliakiyadan farqlanadigan) bo‘lgan pasientlarga qo‘llash mumkin emas Dori vositasi seliakiyasi bo‘lgan (glyuten enteropatiya) bemorlarga to‘g‘ri keladi.

Ye124 bo‘yovchisi allergik reaksiyalarni chaqirishi mumkin.

Dozani oshirib yuborilishi

Buyurilgan dozadan ko‘proq dozada qabul qilish uchun shifokorga murojaat qiling.

Doza oshirib yuborilganida preparatning nojo‘ya reaksiyalarini kuchayishi yuz beradi. Nerv qo‘zg‘aluvchanligi, yurak urishini his etish, yurak sohasida og‘riq paydo bo‘lishi mumkin. Davolash: me‘dani yuvish, faollashtirilgan ko‘mir qabul qilish, simptomatik vositalarni qo‘llashdan iborat. Izoniazid V6 vitaminining antidoti (zaharga qarshi) hisoblanadi.

Agar Siz Neurobeksni qabul qilishni o‘tkazib yuborgan bo‘lsangiz

O‘tkazib yuborgan dozani kompensasiya qilish uchun ikki marta katta dozani qabul qilmang. Agar Siz bir marta qabul qilishni o‘tkazib yuborgan bo‘lsangiz, preparatning dozasini oshirmasdan, navbatdagi vaqtda qabul qiling.

Agar Sizda ushbu preparatni qo‘llash bilan bog‘liq  bo‘lgan qandaydir qo‘shimcha savollar paydo bo‘lsa, iltimos shifokoringizga yoki farmasevtga murojaat qiling.

Chiqarilish shakli

90 (to‘qson) yoki 150 (bir yuz ellik) qobiq bilan qoplangan tabletkalar qurituvchi qopqoq bilan berkitilgan, tiniq bo‘lmagan plastik bankalarda.

1 (bir) plastik banka qo‘llash bo‘yicha yo‘riqnomasi bilan birga karton qutida.

Saqlash sharoiti

25°S dan yuqori bo‘lmagan haroratda saqlansin.

Bolalar olaolmaydigan joyda saqlansin!

 

Yaroqlilik muddati

2 (ikki) yil.

O‘ramida ko‘rsatilgan yaroqlilik muddati tugaganidan so‘ng Neurobeks preparatini qabul qilmang!

Dorixonalardan berish tartibi

Reseptsiz.

Ulashish:

Fikr qoldirish
Baho:
              
Matnni kiriting

Ismingiz
Fikr-mulohazangiz moderator tekshiruvidan so'ng nashr etiladi

Mahsulot bo'yicha savolingiz bormi?

Savol qoldirish

Mulohazalar

NEUROBEKS tabletkalari N90 dori vositasi O'zbekiston dori vositalari reestrida ro'yxatdan o'tganmi?
Ha, preparat O'zbekiston dori vositalari reestrida ro'yxatdan o'tgan.
NEUROBEKS tabletkalari N90 dori vositasi ishlab chiqaruvchisi kim va u qaysi davlatda ishlab chiqarilgan?
NEUROBEKS tabletkalari N90 dori vositasi Balkanpharma-Dupnitsa AD tomonidan Bolgariya mamlakatida ishlab chiqarilgan.
NEUROBEKS tabletkalari N90 dori vositasi resept bo’yicha sotiladimi?
NEUROBEKS tabletkalari N90 dori vositasi resept bo'yicha sotilmaydi.

Ishlab chiqaruvchining dorilari
SPAZMALGON tabletkalari N20
Narh: 23 000 so'mdan Batafsil
FEZAM kapsulalar 400/25 mg N60
Narh: 105 000 so'mdan Batafsil
SPAZMALGON tabletkalari N50
  • Ishlab chiqarilish joyi: Bolgariya
  • Ishlab chiqaruvchi: Balkanpharma-Dupnitsa AD
Narh: 150 000 so'mdan Batafsil
SPAZMALGON tabletkalari N10
VESTIBO tabletkalari 16mg N30
SEDALGIN PLYUS tabletkalari N50
SEDALGIN PLYUS tabletkalari N10
SEDALGIN PLYUS tabletkalari N20
  • A
  • B
  • D
  • E
  • F
  • G
  • H
  • I
  • J
  • K
  • L
  • M
  • N
  • O
  • P
  • Q
  • R
  • S
  • T
  • U
  • V
  • X
  • Y
  • Z
  • Ch
  • Sh
  • 0-9