×
×
  • NEUROVITAN tabletkalari N30

Mahsulotning ko'rinishi saytdagi rasmdan farq qilishi mumkin.

NEUROVITAN tabletkalari N30

Kategoriya:
- Vitaminlar
Ishlab chiqarilish joyi:
- Iordaniya
Qadoqda soni:
- 30
Ishlab chiqaruvchi:
- Hikma Pharmaceuticals Co. Ltd
ATX kodi:
- A11A
Noaniqliq haqida habar berish

O'xshash dorilar

SUPRADIN KIDS VOLSHEBNIYe draje N60 Bayer Consumer Care AG Germaniya
100 000 s`om dan
MAGNE V6 tabletkalari 5mg N50 Sanofi Aventis France, Франция произведено: Sanofi Winthrop Industrie Frantsiya
36 000 s`om dan
45 000 s`om dan
VITAMIN Ye kapsulalar 200mg N30 Минскинтеркапс, УП Belarusiya
13 000 s`om dan
Mahsulot haqida tafsilotlar
Saytda e'lon qilingan ma'lumotlar mutaxassislar uchun mo'ljallangan. O'zingizni-o'zingiz davolash bilan shug'ullanmang. Sog'lig'ingizga zarar bermaslik uchun mutaxassis bilan maslahatlashishga ishonch hosil qiling!
NEUROVITAN tabletkalari N30 qo'lanishi bo'yicha ko'rsatmalar

QO‘LLASH BO‘YICHA YO‘RIQNOMA

NEUROVITAN

NEUROVITAN

 

Preparatning savdo nomi: Neurovitan

Dori shakli: qobiq bilan qoplangan tabletkalar

Tarkibi:

Bir tabletka quyidagilarni saqlaydi:

faol moddalar: oktotiamin – 25 mg, piridoksin gidroxloridi (V6 vitamini) – 40 mg, riboflavin (V12 vitamini) – 2,5 mg, sianokobalamin (V12  vitamini) – 0,25 mg,

yordamchi moddalar: laktoza monogidrati, kartoshka kraxmali, makkajo‘xori kraxmali, povidon K30, mikrokristall sellyuloza, aerosil, magniy stearati,

qobiq tarkibi: talk, titan dioksidi, saxaroza, shellak, kanakunjut moyi, jelatin rangi 150, 1351 FD&C Yellow №6 bo‘yovchisi, 36003 Edicol Erythrosine Red bo‘yovchisi, karnaub mumi, parafin.

Ta‘rifi: oval shaklli, pushti-to‘q sariq rangli, qobiq bilan qoplangan tabletkalar.

Farmakoterapevtik guruhi: vitaminlar

ATX kodi: A11A.

 

Farmakologik xususiyatlari

Farmakodinamikasi

Farmakologik xususiyatlari preparatning tarkibiga kiruvchi vitaminlarning hususiyatlari bilan belgilanadi.

Tiamin (V1 vitamini) odam organizmida fosforlanish jarayonlari natijasida ko‘pchilik ferment reaksiyalarining kofermenti hisoblangan kokarboksilazaga aylanadi. Tiamin uglevod, oqsil va yog‘ almashinuvida muhim rol o‘ynaydi. Sinapslarda nerv qo‘zg‘alishlarini o‘tkazish jarayonlarida faol qatnashadi.

Oktotiamin (V1 vitamini tioktoat kislotasi bilan majmuasi) uzaytirilgan samaraga ega, tiamin gidroxloridiga nisbatan kislotaga chidamliroq, so‘rilishi va samaradorligi kuchliroq.

Riboflavin (V2 vitamini) ko‘rish va to‘qimalar nafasi jarayonlarining o‘ta muhim katalizatori hisoblanadi. Riboflavin oksidlanish-qaytarilish jarayonlarini yo‘lga solib, oqsil, yog‘ va uglevodlar almashinuvida ishtirok etadi, DNK ni shakllanishida muhim rol o‘ynaydi, gemoglobin sintezida qatnashadi, to‘qimalarning (shu jumladan teri xujayralarining) regenerasiyasi jarayonlariga, xujayralardagi trofik buzilishlarning to‘g‘rilanishiga yordam beradi.

Piridoksin (V6 vitamini) markaziy va periferik nerv tizimini normal faoliyat ko‘rsatishi uchun zarurdir. Fosforlangan holda aminokislotalar metabolizmining (dekarboksillanish, pereaminlanish va boshqalarda) kofermenti hisoblanadi Nerv to‘qimalarida faoliyat ko‘rsatuvchi muhim fermentlarning kofermenti sifatida o‘zini namoyon etadi. Dopamin, noradrenalin, adrenalin, gistamin va GAMK kabi ko‘pchilik neyromediatorlarning biosintezida ishtirok etadi, glutamin kislotasi almashinuvida ishtirok etadi.

Sianokobalamin (V12 vitamini) normal qon hosil bo‘lishi va eritrositlarni yetilishi uchun zarur bo‘lib, shuningdek organizmning hayot faoliyatini ta‘minlovchi qator biokimyoviy reaksiyalarda: metil guruhlarini tashib o‘tilishida, nuklein kislotalar, oqsillar sintezida, aminokislotalar, uglevodlar, lipidlar almashinuvida ishtirok etadi. Nerv tizimidagi jarayonlarga (nuklein kislotalarini sintezida va serebrozidlar va fosfolipidlarni lipid tarkibiga) ijobiy ta‘sir ko‘rsatadi. Sianokobalaminning koferment shakllari – metilkobalamin va adenozilkobalamin xujayralarni replikasiyasi va o‘sishi uchun zarur.

Farmakokinetikasi

Preparat butun ingichka ichak bo‘ylab so‘rilib, barcha to‘qimalarga o‘tadi, organizmda biotransformasiyaga uchraydi, siydik bilan chiqariladi.

Qo‘llanilishi

O‘sishda ortda qolish, homiladorlik va emizish davrida, operasiyadan oldin va keyingi davrda, parhez (diabet, urisemiya), surunkali infeksiyalar, antibiotiklar bilan davolanish vaqtida va undan keyingi jigar va teri kasalliklari, anemiya, immun tanqisligi.

Neurovitan shuningdek muvozanatlashmagan oziqlanish, yuqori alkogol va tamaki iste‘mol qiluvchi, faol yashash tarzidagi insonlar uchun buyuriladi.

Neurovitan shuningdek uzoq muddatli nevritni davolashda, turli kelib chiqishga ega bo‘lgan nevralgiyalarda, paresteziyada, periferal falajlikda, lyumbagoda, artralgiyalarda va mialgiyalarda, diabetik nevropatiyada qo‘llanadi.

 

Qo‘llash usuli va dozalari

Tabletkalarni ovqatdan keyin, chaynamasdan va ko‘p bo‘lmagan miqdordagi suyuqlik bilan  qabul qilish lozim.

Odatda 1 tabletkadan sutkada 1-3 marta buyuriladi.

6 yoshdan katta bolalarga shifokor tavsiyasiga ko‘ra, 1 tabletkadan sutkada 1-3 martadan buyuriladi.

Kurs davomiyligi odatda 2-3 haftani (shifokor tavsiyasi bo‘yicha) tashkil qiladi.

 

Nojo‘ya ta‘sirlari

Preparat odatda yaxshi o‘zlashtiriladi.

Kam hollarda:

  • bosh og‘rig‘i, bosh aylanishi
  • ko‘ngil aynishi

Juda kam hollarda:

  • V6 vitaminini juda katta dozalarda noto‘g‘ri qo‘llanganda sezuvchanlikni buzilishi
  • qichishish va urtikar toshma ko‘rinishidagi o‘ta yuqori sezuvchanlik reaksiyalari kuzatiladi.

 

Qo‘llash mumkin bo‘lmagan holatlar

Preparatning komponentlariga yuqori sezuvchanlik qo‘llash mumkin emas.

 

Dorilarning o‘zaro ta‘siri

Levodopa bilan birga qo‘llanganda preparat levodopaning parkinsonizmga qarshi samarasini susaytiradi.

Etanol tiaminni so‘rilishini keskin pasaytiradi.

Preparatni qabul qilish vaqtida tarkibida V guruhi vitaminlari bo‘lgan polivitamin komplekslarini qabul qilish tavsiya qilinmaydi.

 

Maxsus ko‘rsatmalar

Preparatning tarkibida riboflavin bo‘lganligi sababli preparatni qabul qilishda siydik sariq rangga bo‘yalishi mumkinligini hisobga olish kerak.

Dori vositasini transport vositalari va potensial xavfli mexanizmlarni boshqarish qobiliyati ta‘sirining o‘ziga xosligi.

Belgilanmagan.

Preparat bolalar ololmaydigan joyda saqlansin va yaroqlilik muddati o‘tgach qo‘llanilmasin.

Dozani oshirib yuborilishi

Dozani oshirib yuborilish holatlari haqida xabar berilmagan.

 

Chiqarilish shakli va o‘rami

10 tabletkadan PVX va alyumin folgali kontur uyali o‘ramga joylanadi.

3 kontur uyali o‘ram davlat va rus tillaridagi qo‘llash bo‘yicha yo‘riqnomasi bilan karton qutida.

Saqlash sharoiti

Quruq, yorug‘likdan himoyalangan joyda, 15o-25oS haroratda saqlansin.

 

Yaroqlilik muddati

3 yil.

 

Dorixonalardan berish tartibi

Reseptsiz.

Ulashish:

Fikr qoldirish
Baho:
              
Matnni kiriting

Ismingiz
Fikr-mulohazangiz moderator tekshiruvidan so'ng nashr etiladi

Mahsulot bo'yicha savolingiz bormi?

Savol qoldirish

Mulohazalar

NEUROVITAN tabletkalari N30 dori vositasi O'zbekiston dori vositalari reestrida ro'yxatdan o'tganmi?
Ha, preparat O'zbekiston dori vositalari reestrida ro'yxatdan o'tgan.
NEUROVITAN tabletkalari N30 dori vositasi ishlab chiqaruvchisi kim va u qaysi davlatda ishlab chiqarilgan?
NEUROVITAN tabletkalari N30 dori vositasi Hikma Pharmaceuticals Co. Ltd tomonidan Iordaniya mamlakatida ishlab chiqarilgan.
NEUROVITAN tabletkalari N30 dori vositasi resept bo’yicha sotiladimi?
NEUROVITAN tabletkalari N30 dori vositasi resept bo'yicha sotilmaydi.

Ishlab chiqaruvchining dorilari
AMOKLAN BID poroshok 70ml 400mg/5ml
AMOKLAN BID poroshok 70ml 200mg/5ml
FLUKAND 150 kapsulalar 150mg N1
AMOKLAN FORTE 625mg N15
AMOKLAN tabletkalari 375mg N20
ZOMAKS tabletkalari 500mg N3
ZOMAKS kapsulalar 250mg N6
  • A
  • B
  • D
  • E
  • F
  • G
  • H
  • I
  • J
  • K
  • L
  • M
  • N
  • O
  • P
  • Q
  • R
  • S
  • T
  • U
  • V
  • X
  • Y
  • Z
  • Ch
  • Sh
  • 0-9