×
×

Mahsulotning ko'rinishi saytdagi rasmdan farq qilishi mumkin.

ZOMAKS tabletkalari 500mg N3

Kategoriya:
- Antibiotiklar
Ishlab chiqarilish joyi:
- Iordaniya
Faol modda:
Азитромицин
Qadoqda soni:
- 3
Ishlab chiqaruvchi:
- Hikma Pharmaceuticals Co. Ltd
ATX kodi:
- J01FA10
Noaniqliq haqida habar berish

O'xshash dorilar

SEFTRIAKSON poroshok 1,0g N1 AMA Pharm Co. Ltd, Китай произведено: ZhuHai Kinhoo Pharmaceutical Co., Ltd Xitoy
2 200 s`om dan
ERITROMISIN tabletkalari 250mg N20 Борисовский завод медицинских препаратов, ОАО Belarusiya
16 826 s`om dan
KOMBIZID SB poroshok 1000mg+500mg BKRS Pharma Pvt. Ltd. Hindiston
SEFIVEL 100 DT tabletkalari N10 Acums Drugs Pharmaceuticals Ltd. Hindiston
48 000 s`om dan
Mahsulot haqida tafsilotlar
Saytda e'lon qilingan ma'lumotlar mutaxassislar uchun mo'ljallangan. O'zingizni-o'zingiz davolash bilan shug'ullanmang. Sog'lig'ingizga zarar bermaslik uchun mutaxassis bilan maslahatlashishga ishonch hosil qiling!
ZOMAKS tabletkalari 500mg N3 qo'lanishi bo'yicha ko'rsatmalar

QO‘LLASH BO‘YICHA YO‘RIQNOMA

ZOMAKS®

ZOMAX®

Preparatning savdo nomi: Zomaks®

Ta‘sir etuvchi modda (XPN): azitromisin

Tarkibi:

1 tabletka quyidagilarni saqlaydi:

faol modda: azitromisin (digidrati ko‘rinishida) 500 mg,

yordamchi moddalar: povidon, natriy lauril sulfati, mikrokristal sellyuloza, natriy kroskarmelloza, aerosil, magniy stearati, Opadry White bo‘yovchi.

Ta‘rifi: oq, oval shaklli, bir tomoni riskali, qobiq bilan qoplangan tabletkalar. Riskali tomonining yarimida “N” va ikkinchi yarmida “91” gravirovkasi bo‘lgan tabletkalar.

Farmakoterapevtik guruhi: Antibiotiklar (makrolidlar guruhi).

ATX kodi: J01FA10.

Farmakologik xususiyatlari

Zomaks® makrolid antibiotiklarining kichik guruhi azalidlar vakilidir, keng antibakterial ta‘sir doirasiga ega. Ribosomalarning 50S – subbirligi bilan bog‘lanib mikrob xujjayrasida oqsil sintezini bostiradi.

Zomaks® bir qator mikroorganizmlarga nisbatan faol:

  • grammusbat mikroorganizmlarga: Streptococcus pneumoniae, Streptococcus pyogenes, Streptococcus agalactiae, C, F va G guruhi streptokokklari, Straphylococcus aureus, St. epidermidis, Corynebacterium diphtheriae.
  • grammanfiy mikroorganizmlarga: Haemophilus influenzae, H.parainfluenzae va H. ducrei, Moraxella catarrhalis, Bordetella pertussis va B. parapertussis, Neisseria gonorrhoeae va N. meningitides, Brucella melitensis, Helicobacter pylori, Gardnerella vaginalis.
  • anaerob mikroorganizmlarga: Clostridium spp., Peptostreptococcus spp. va Peptococcus spp.
  • hujayra ichki va boshqa mikroorganizmlarga: Legionella pneumophila, Chamydia trachomatis va C. pneumoniae, Mycoplasma pneumoniae, Mycoplasma hominis, Mycoplasma avium, Ureaplasma urealyticum, Lysteria monocytogenes, Treponema pallidum, Borrelia burgdorferi, Toxoplasma gondii.

Eritromisin–rezistent grammusbat shtammlarda azitromisinga kesishgan chidamlilik aniqlangan. Enterococcus faecalis ning ko‘pchilik shtammlari va metisillin–rezistent stafilokokklar azitromisinga chidamli.

Zomaks® eritromisinga chidamli grammusbat bakteriyalarga nisbatan nofaol.

 

Farmakokinetikasi

Ichga qabul qilinganidan keyin tez va to‘liq so‘riladi. Ovqat qabul qilish so‘rilish darajasini (50% gacha) va tezligini ishonchli pasaytiradi va shuning uchun azitromisinni ovqat qabul qilishdan bir soat oldin yoki 2 soat keyin qabul qilish kerak. Plazmadagi maksimal konsentrasiyasiga erishish vaqti – 2-3 soatni tashkil qiladi.

Taqsimlanishi to‘qimalarga kirish darajasi yuqoriligi natijasida jadal bo‘ladi, bu zardobdagiga qaraganda to‘qimalarda ancha yuqoriroq konsentrasiyalarini ta‘minlaydi (50 martagacha). Azitromisin fagositlarga va fibroblast xujayralarga tez kiradi va xujayra ichki va xujayradan tashqari yuqori konsentrasiyalarini hosil qiladi. Uning ichki fagositar konsentrasiyasi xujayradan tashqari konsentrasiyalari tugaganidan keyin yuqori darajada qoladi. Yallig‘langan to‘qimalarda bakteriyalar bo‘lganida azitromisin xujayradan tashqari bo‘shliqqa tez kiradi. Plazmadagi oqsillar bilan bog‘lanish darajasi taxminan 20%. Metabolizmi metil guruxini yo‘qolishi orqali jigarda amalga oshiriladi. Yarim chiqarilish davri 48-96 soatni tashkil qiladi.

Chiqarilishi

Chiqarilishning asosiy yo‘li safro bilan. Taxminan 50% o‘zgarmagan holda, qolgan 50% faol bo‘lmagan metabolitlari shaklida chiqariladi. Qabul qilingan dozaning 6% buyrak orqali chiqariladi.

Qo‘llanilishi

Preparatga sezgir mikroorganizmlar chaqirgan infeksion-yallig‘lanish kasalliklari:

  • angina, faringit, sinusit, tonzillit, o‘rta otit;
  • zo‘rayish bosqichidagi surunkali bronxit, kasalxonadan tashqari yoki kasalxona ichki pnevmoniyasi;
  • saramas, impetigo, ikkilamchi infeksiyalangan dermatozlar;
  • Layma kasalligi (boshlang‘ich davrini davolash uchun);
  • Helicobacter pylori bilan assosiasiyalangan me‘da va o‘nikki barmoq ichak kasalliklari (majmuaviy davolash tarkibida);
  • jinsiy yo‘l orqali yuqadigan kasalliklar (shu jumladan uretrit, servisit, genital va ekstragenital xlamidioz) da qo‘llaniladi.

Qo‘llash usuli va dozalari

Preparat ovqatdan 1 soat oldin yoki 2 soatdan keyin ichga qabul qilinadi.

Kattalarga:

Nafas yo‘llarining yuqori va quyi bo‘limlarining infeksiyalarida; teri va yumshoq to‘qimalarning infeksiyalarida: sutkada 500 mg bir qabulda 3 kun davomida.

Layma kasalligida boshlang‘ich davrini davolash uchun: birinchi kuni 1 g va 2 kundan 5 kungacha sutkada 500 mg ni tashkil qiladi.

Helicobacter pylori bilan assosiasiyalangan me‘da va o‘nikki barmoq ichak kasalliklarida: majmuaviy davolash tarkibida 3 kun davomida sutkada 1000 mg.

Jinsiy yo‘l orqali yuqadigan kasalliklarda: asoratlanmagan uretrit va/yoki servisitda bir marta 1000 mg. Chlamydia trachomatis chaqirgan asoratlangan, uzoq vaqt kechuvchi uretrit/servisitda – 1000 mg dan 3 marta 7 kun oraliq bilan (1-7-14 kunlari). Kurslik doza: 3 g.

12 yosh va undan katta bolalarga:

Tana vazni 45 kg dan katta bo‘lgan 12 yosh va undan katta bolalarga sutkada 1 marta birinchi 3 kun davomida tana vazniga 10 mg/kg dan, so‘ngra tana vazniga sutkada 5-10 mg 3 kun davomida 500 mg tabletkalar buyuriladi. Tana vazni 45 kg dan kam bo‘lganida boshqa dori shaklini qabul qilish kerak.

Layma kasalligining birinchi bosqichini davolash uchun: dozasi birinchi kuni tana vazniga 20 mg/kg va 2 dan 5 kungacha tana vazniga 10 mg/kg ni tashkil qiladi.

Preparatning 1 dozasini qabul qilish o‘tkazib yuborilganida, o‘tkazib yuborilgan dozani iloji boricha ertaroq, keyingilarni – 24 soatlik tanaffus bilan qabul qilish kerak.

Keksa yoshli shaxslar va buyrak faoliyati buzilgan bemorlarda dozalashni o‘zgartirishning zarurati yo‘q.

Nojo‘ya ta‘sirlari

  • ishtahani pasayishi, anoreksiya, ko‘ngil aynishi, qusish, qorin sohasidagi yoqimsiz hislar (og‘riqlar, spazmlar), meteorizm, diareya, dispeptik holatlar, melena, qabziyat;
  • stomatit, gingivit, gastrit;
  • xolestatik sariqlik, gepatit;
  • jigar fermentlarining faolligini qaytuvchan o‘rtacha oshishi;
  • ko‘krak qafasida og‘riq, yurak urishi, aritmiyalar;
  • bosh aylanishi, bosh og‘rig‘i, uyquchanlik, bolalarda bosh og‘rig‘i (o‘rta otitni davolashda), giperkineziya, havotirlik, nevroz, uyquni buzilishi, kuchli charchoqlik;
  • neytrofiliya va eozinofiliya (davolash to‘xtatilganidan keyin 2-3 hafta o‘tgach yo‘qoladi);
  • qin kandidozi;
  • interstisial nefrit, o‘tkir buyrak yetishmovchiligi;
  • allergik reaksiyalar: qichishish, eshakemi, toshmalar, kon‘yunktivit, otosezuvchanlik reaksiyalari, angionevrotik shish va anafilaktik reaksiyalar.

Juda kam hollarda

  • og‘ir teri reaksiyalari, shu jumladan ko‘pshaklli eritema, Stivens–Djonson sindromi va zaharli epidermal nekroliz kuzatilish mumkin.

Qo‘llash mumkin bo‘lmagan holatlar

– makrolidlar guruhi antibiotiklariga yuqori sezuvchanlik;

– jigar va buyrak faoliyatining yaqqol buzilishlari;

– 12 yoshgacha bo‘lgan bolalar va o‘smirlar;

– homiladorlik va laktasiya davrida qo‘llash mumkin emas.

 

Dorilarning o‘zaro ta‘siri

Antasidlar (alyuminiy va magniy saqlovchi), etanol va ovqat Zomaks® ning so‘rilishini sekinlashtiradi va pasaytiradi.

Varfarin va Zomaks® (odatdagi dozalarda) birga buyurilganida protrombin vaqtining o‘zgarishi aniqlanmagan, biroq makrolidlar va varfarinning o‘zaro ta‘sirida antikoagulyasion samaraning kuchayishini hisobga olib, pasientlarda protrombin vaqtini sinchiklab nazorat qilish kerak.

Digoksin: Zomaks® digoksinning konsentrasiyasini oshiradi.

Ergotamin va digidroergotamin: toksik ta‘sirini kuchayishi (vazospazm, dizesteziya).

Triazolam: Zomaks® triazolamning klirensini pasayishini va farmakologik ta‘sirini oshishini chaqiradi.

Zomaks® sikloserinning, bilvosita antikoagulyantlarning, metilprednizolonning, felodipinning, shuningdek mikrosomal oksidlanishga duchor bo‘ladigan dori vositalarining (karbamazepin, terfenadin, siklosporin, geksobarbital, shoxkuya alkaloidlari, valproat kislotasi, dizopiramid, bromkriptin, fenitoin, peroral gipoglikemik vositalar, teofillin va boshqa ksantin hosilalari) – gepatositlarda mikrosomal oksidlanishini ingibirlanishi hisobiga, chiqarilishini sekinlashtiradi va qon plazmasidagi konsentrasiyasini va zaharliligini oshiradi.

Linkozaminlar Zomaks® ning samaradorligini susaytiradi, tetrasiklin va xloramfenikol – kuchaytiradi.

Maxsus ko‘rsatmalar

Jigar va buyrak faoliyati buzilgan bemorlarga buyurishda ehtiyotkorlikka rioya qilish kerak.

Antasidlar bir vaqtda qo‘llanganida 2 soatlik tanaffusga rioya qilish kerak.

Jigar, buyrak faoliyatini buzilishlarida, yurak aritmiyalarida (qorinchalar aritmiyalari va QT oraliqni uzayishi mumkin) ehtiyotkorlik bilan qo‘llanadi.

Davolash bekor qilinganidan keyin ayrim pasientlarda o‘ta yuqori sezuvchanlik reaksiyalari saqlanishi mumkin, bu shifokorning kuzatuvi ostida spesifik davolashni talab qiladi.

Transport vositalarini yoki potensial xavfli mexanizmlarni boshqarish qobiliyatiga dori vositasini ta‘sir qilish xususiyati.

Dori vositasining nojo‘ya ta‘sirlarini hisobga olib, avtotransport va boshqa xavfli mexanizmlarni boshqarishda ehtiyotkorlikka rioya qilish kerak.

Preparat bolalar olaolmaydigan joyda saqlansin va yaroqlilik muddati o‘tgach ishlatilmasin.

Dozani oshirib yuborilishi

Simptomlari: eshitishni vaqtincha yo‘qolishi, ko‘ngil aynishi, qusish va diareya.

Davolash – simptomatik.

Chiqarilish shakli

3 tabletkadan PVX yoki PVDX va alyumin folgali kontur-uyali o‘ramda. 1 kontur uyali o‘ram qo‘llash bo‘yicha yo‘riqnomasi bilan birga karton qutiga joylanadi.

Saqlash sharoiti

Quruq, yorug‘likdan himoyalangan, 150S-300 dan yuqori bo‘lmagan haroratda saqlansin.

Yaroqlilik muddati

3 yil.

Dorixonalardan berish tartibi

Resept bo‘yicha.

Ulashish:

Fikr qoldirish
Baho:
              
Matnni kiriting

Ismingiz
Fikr-mulohazangiz moderator tekshiruvidan so'ng nashr etiladi

Mahsulot bo'yicha savolingiz bormi?

Savol qoldirish

Mulohazalar

ZOMAKS tabletkalari 500mg N3 dori vositasi O'zbekiston dori vositalari reestrida ro'yxatdan o'tganmi?
Ha, preparat O'zbekiston dori vositalari reestrida ro'yxatdan o'tgan.
ZOMAKS tabletkalari 500mg N3 dori vositasi ishlab chiqaruvchisi kim va u qaysi davlatda ishlab chiqarilgan?
ZOMAKS tabletkalari 500mg N3 dori vositasi Hikma Pharmaceuticals Co. Ltd tomonidan Iordaniya mamlakatida ishlab chiqarilgan.
ZOMAKS tabletkalari 500mg N3 dori vositasi resept bo’yicha sotiladimi?
ZOMAKS tabletkalari 500mg N3 dori vositasi resept bo'yicha sotiladigan dori

Analoglar
AZIDIAR suspenziya 200mg/5ml 15ml N1
Narh: 39 400 so'mdan Batafsil
AZITAB tabletkalari 500mg N3
AZIKASTRA 250 tabletkalari 250mg N6
  • Ishlab chiqarilish joyi: Hindiston
  • Faol modda: Азитромицин ko'proq ko'rsatish
  • Ishlab chiqaruvchi: Scott-Edil Pharmacia Limited
ZETROL kapsulalar 500mg N3
Narh: 21 000 so'mdan Batafsil
AZITROMISIN tabletkalari 500mg N3
Narh: 7 700 so'mdan Batafsil
ZETROL kapsulalar 250mg N3
AZIDIAR 500 tabletkalari 500mg N3
  • Ishlab chiqarilish joyi: Hindiston
  • Faol modda: Азитромицин ko'proq ko'rsatish
  • Ishlab chiqaruvchi: Isshaan Healthcare Pvt. Ltd, Индия произведено: Lincoln Pharmaceuticals Ltd.
  • Vakil: GANGA HEALTHCARE M.CH.J
Narh: 25 000 so'mdan Batafsil
AZIDIAR 250 tabletkalari 250mg N6
  • Ishlab chiqarilish joyi: Hindiston
  • Faol modda: Азитромицин ko'proq ko'rsatish
  • Ishlab chiqaruvchi: Isshaan Healthcare Pvt. Ltd, Индия произведено: Lincoln Pharmaceuticals Ltd.
  • Vakil: GANGA HEALTHCARE M.CH.J
Narh: 22 400 so'mdan Batafsil
AZIT kapsulalar 250mg N6
Narh: 15 700 so'mdan Batafsil
AZITROMISIN-NIKA kapsulalar 250mg N6
Narh: 20 300 so'mdan Batafsil
RIDZIT 250 tabletkalari 250mg N100
  • Ishlab chiqarilish joyi: Hindiston
  • Faol modda: Азитромицин ko'proq ko'rsatish
  • Ishlab chiqaruvchi: Rhydburg Pharmaceuticals Limited
RIDZIT 250 tabletkalari 250mg N60
  • Ishlab chiqarilish joyi: Hindiston
  • Faol modda: Азитромицин ko'proq ko'rsatish
  • Ishlab chiqaruvchi: Rhydburg Pharmaceuticals Limited
NOVAZIT tabletkalari 500mg N3
  • Ishlab chiqarilish joyi: Hindiston
  • Faol modda: Азитромицин ko'proq ko'rsatish
  • Ishlab chiqaruvchi: Baroque Pharmaceuticals Pvt. Ltd
MITRO 500 tabletkalari 500mg N3
  • Ishlab chiqarilish joyi: Hindiston
  • Faol modda: Азитромицин ko'proq ko'rsatish
  • Ishlab chiqaruvchi: Akriti Pharmaceuticals Pvt. Ltd
ZITROKS 500 tabletkalari 500mg N3
  • Ishlab chiqarilish joyi: Hindiston
  • Faol modda: Азитромицин ko'proq ko'rsatish
  • Ishlab chiqaruvchi: Macleods Pharmaceutical Ltd
ZIROMIN poroshok 500mg
  • Ishlab chiqarilish joyi: Turkiya
  • Faol modda: Азитромицин ko'proq ko'rsatish
  • Ishlab chiqaruvchi: World Medicine Ilac San. ve Tic. A.S., Турция произведено: Mefar Ilac Sanayi A.S.
AZIADJIO 500 tabletkalari 500mg N3
  • Ishlab chiqarilish joyi: Hindiston
  • Faol modda: Азитромицин ko'proq ko'rsatish
  • Ishlab chiqaruvchi: Agio Pharmaceutical Limited
AZITROMISIN kapsulalar 250mg N3
ABAZIT suspenziya 15ml 200mg/5ml
AZITROMISIN kapsulalar 250mg N6
  • Ishlab chiqarilish joyi: O'zbekiston
  • Faol modda: Азитромицин ko'proq ko'rsatish
  • Ishlab chiqaruvchi: Radiks, ЧНПП
Narh: 9 000 so'mdan Batafsil
AZITROMISIN tabletkalari 500mg N3
  • Ishlab chiqarilish joyi: Belarusiya
  • Faol modda: Азитромицин ko'proq ko'rsatish
  • Ishlab chiqaruvchi: Борисовский завод медицинских препаратов, ОАО
Narh: 7 700 so'mdan Batafsil
AZIMAK kapsulalar 250mg N3
  • Ishlab chiqarilish joyi: Gruziya
  • Faol modda: Азитромицин ko'proq ko'rsatish
  • Ishlab chiqaruvchi: GM Pharmaceuticals Ltd, OOO
SIAZIT kapsulalar 500mg N3
  • Ishlab chiqarilish joyi: O'zbekiston
  • Faol modda: Азитромицин ko'proq ko'rsatish
  • Ishlab chiqaruvchi: Remedy Group СП OOO
SIAZIT kapsulalar 250mg N6
  • Ishlab chiqarilish joyi: O'zbekiston
  • Faol modda: Азитромицин ko'proq ko'rsatish
  • Ishlab chiqaruvchi: Remedy Group СП OOO
SUMAMOKS granuli 50ml 200mg/5ml
  • Ishlab chiqarilish joyi: Hindiston
  • Faol modda: Азитромицин ko'proq ko'rsatish
  • Ishlab chiqaruvchi: Oxford Laboratories Pvt. Ltd
SUMAMOKS granuli 50ml 100mg/5ml
  • Ishlab chiqarilish joyi: Hindiston
  • Faol modda: Азитромицин ko'proq ko'rsatish
  • Ishlab chiqaruvchi: Oxford Laboratories Pvt. Ltd
ZITMAK tabletkalari 500mg N3
Narh: 29 000 so'mdan Batafsil
ZITMAK tabletkalari 250mg N6
  • Ishlab chiqarilish joyi: O'zbekiston
  • Faol modda: Азитромицин ko'proq ko'rsatish
  • Ishlab chiqaruvchi: Nobel Pharmsanoat, ИП ООО
Narh: 25 000 so'mdan Batafsil
ZIOMISIN tabletkalari 500mg N3
  • Ishlab chiqarilish joyi: Hindiston
  • Faol modda: Азитромицин ko'proq ko'rsatish
  • Ishlab chiqaruvchi: Kusum Healthcare Pvt. Ltd.
  • Vakil: Kusum
Narh: 28 000 so'mdan Batafsil
ZIOMISIN tabletkalari 250mg N6
  • Ishlab chiqarilish joyi: Hindiston
  • Faol modda: Азитромицин ko'proq ko'rsatish
  • Ishlab chiqaruvchi: Kusum Healthcare Pvt. Ltd.
  • Vakil: Kusum
Narh: 28 000 so'mdan Batafsil
Ishlab chiqaruvchining dorilari
AMOKLAN BID poroshok 70ml 400mg/5ml
AMOKLAN BID poroshok 70ml 200mg/5ml
FLUKAND 150 kapsulalar 150mg N1
AMOKLAN FORTE 625mg N15
AMOKLAN tabletkalari 375mg N20
ZOMAKS kapsulalar 250mg N6
  • Ishlab chiqarilish joyi: Iordaniya
  • Faol modda: Азитромицин ko'proq ko'rsatish
  • Ishlab chiqaruvchi: Hikma Pharmaceuticals Co. Ltd
NEUROVITAN tabletkalari N30
  • Ishlab chiqarilish joyi: Iordaniya
  • Ishlab chiqaruvchi: Hikma Pharmaceuticals Co. Ltd
Другие формы препарата
ZOMAKS poroshok 500mg N1
  • Ishlab chiqarilish joyi: Italiya
  • Faol modda: Азитромицин ko'proq ko'rsatish
  • Ishlab chiqaruvchi: Hikma Pharmaceuticals, Иордания произведено: Hikma Italiy-Spa
ZOMAKS kapsulalar 250mg N6
  • Ishlab chiqarilish joyi: Iordaniya
  • Faol modda: Азитромицин ko'proq ko'rsatish
  • Ishlab chiqaruvchi: Hikma Pharmaceuticals Co. Ltd
  • A
  • B
  • D
  • E
  • F
  • G
  • H
  • I
  • J
  • K
  • L
  • M
  • N
  • O
  • P
  • Q
  • R
  • S
  • T
  • U
  • V
  • X
  • Y
  • Z
  • Ch
  • Sh
  • 0-9