×
×

Mahsulotning ko'rinishi saytdagi rasmdan farq qilishi mumkin.

NEYROMAK eritma 500mg/4ml N5

Kategoriya:
- Asab tizimi
Ishlab chiqarilish joyi:
- O'zbekiston
Faol modda:
Цитиколин
Qadoqda soni:
- 5
Ishlab chiqaruvchi:
- Radiks, НПП
ATX kodi:
- N06BX06
Noaniqliq haqida habar berish

O'xshash dorilar

IPIGRIKS tabletkalari 20mg N50 Гриндекс, АО Latviya
197 700 s`om dan
SERETON kapsulalar 400mg N28 Артлайф ООО/ ФармФирма "Сотекс "ЗАО Rossiya
268 800 s`om dan
VELAKSIN kapsulalar 37,5mg N28 Egis Pharmaceuticals Private Limited Company Vengriya
86 500 s`om dan
LIRA eritma 30ml 100mg/ml Фармак, ПАО Ukraina
90 000 s`om dan
Mahsulot haqida tafsilotlar
Saytda e'lon qilingan ma'lumotlar mutaxassislar uchun mo'ljallangan. O'zingizni-o'zingiz davolash bilan shug'ullanmang. Sog'lig'ingizga zarar bermaslik uchun mutaxassis bilan maslahatlashishga ishonch hosil qiling!
NEYROMAK eritma 500mg/4ml N5 qo'lanishi bo'yicha ko'rsatmalar

QO‘LLASH BO‘YICHA YO‘RIQNOMA

NEYROMAK

NEYROMACUM

Preparatning savdo nomi: Neyromak

Ta‘sir etuvchi modda (XPN): Sitikolin

Dori shakli: In‘eksiya uchun eritma.

Tarkibi:

1 ampula quyidagilarni saqlaydi:

faol modda: Sitikolin natriy 500 mg yoki 1000 mg.

yordamchi moddalar: xlorid kislotasi, in‘eksiya uchun suv.

Ta‘rifi: Tiniq, rangsiz yoki biroz sarg‘ish-yashil tusli eritma.

Farmakoterapevtik guruhi: Nootrop vosita.

Farmakologik hususiyatlari

Hujayra membranasining (asosan fosfolipidlarning) asosiy ultrastruktur komponentlarini o‘tmishdoshi bo‘lib, keng ta‘sir doirasiga ega – shikastlangan hujayra membranalarini tiklanishiga yordam beradi, erkin radikallarni ortiqcha hosil bo‘lishiga qarshilik ko‘rsatib, fosfolipazalarning ta‘sirini ingibirlaydi, shuningdek apoptoz mexanizmiga ta‘sir ko‘rsatib, hujayralarning o‘limini oldini oladi. Insultning o‘tkir davrida shikastlangan to‘qimalar hajmini kamaytiradi, xolinergik o‘tkazuvchanlikni yaxshilaydi. Bosh miya jarohatlarida posttravmatik komaning davomiyligi va nevrologik simptomlarning yaqqolligini kamaytiradi. Bosh miyani surunkali gipoksiyasida sitikolin xotirani yomonlashishi, tashabbussizlik, kundalik harakatlarni bajarishda va o‘z-o‘ziga xizmat ko‘rsatishda rivojlanadigan qiyinchiliklar kabi kognitiv buzilishlarni davolashda samaralidir. Preparat bilan uzoq muddat davolash mumkin, chunki sitikolin nafas jarayoniga, puls va arterial bosimga ta‘sir qilmaydi.

Farmakokinetikasi

Sitikolin vena ichiga va mushak ichiga yuborilganida yaxshi so‘riladi. Jigarda xolin va sitidin hosil qilib metabolizmga uchraydi. Parenteral yuborilganidan so‘ng plazmada xolinning konsentrasiyasi sezilarli darajada oshadi. Sitikolin bosh miyaning tuzilmalariga ahamiyatli darajada taqsimlanib, xolin fraksiyasi fosfolipid strukturalariga va sitidin fraksiyasi – sitidin nukleotidlari va nuklein kislotalariga tez kirishadi. Sitikolinning yuborilgan dozasini faqat 15% odam organizmidan chiqariladi: 3% dan kamroq qismi buyraklar orqali va taxminan 12% – SO2 bilan birga chiqariladi.

Qo‘llanilishi

  • ishemik insultning o‘tkir davrida;
  • ishemik va gemorragik insultni tiklanish davrida;
  • bosh miya jarohatlari, o‘tkir va tiklanish davrida;
  • bosh miyani degenerativ va tomirli kasalliklaridagi kognitiv buzilishlarda qo‘llanadi.

Qo‘llash usuli va dozalari

Vena ichiga (v/i) va mushak ichiga (m/i) yuborish uchun eritma.

Preparat vena ichiga in‘eksiya holida sekin (5 minut davomida) yoki vena ichiga tomchilab (minutiga 40-60 tomchidan) buyuriladi. Vena ichiga yuborish usuli mushak ichiga yuborish usuliga nisbatan afzal hisoblanadi. Mushak ichiga yuborilganida preparatni aynan bir joyga takroran yuborishdan saqlanish kerak.

Ishemik insult va bosh miya jarohatini o‘tkir davri: tavsiya etilgan dozasi 1000 mg ni tashkil etadi, tashhis qo‘yilganidan so‘ng birinchi sutkadan boshlab har 12 soat yuboriladi; davolash davomiyligi – kamida 6 hafta. Davolash boshlanganidan so‘ng 3-7 kundan keyin mushak ichiga yuborish (sutkada 1-2 in‘eksiya) yoki og‘iz orqali qabul qilishga (agar yutish faoliyati buzilmagan bo‘lsa) o‘tish mumkin.

Ishemik va gemorragik insultni tiklanish davri, bosh miya jarohatlaridagi tiklanish davri, bosh miyani degenerativ va tomirli kasalliklaridagi kognitiv buzilishlar: tavsiya etilgan dozasi sutkada 500-2000 mg ni tashkil etadi. Preparatning dozasi va davolash davomiyligi kasallik simptomlarini og‘irligiga bog‘liq.

Ongni davomli buzilishlarida kasallikning birinchi bosqichlaridan boshlab preparatni uzluksiz qo‘llash mumkin.

Keksa yoshdagi pasientlarga Neyromak preparati vena ichiga yoki mushak ichiga yuborilganida uning dozasiga tuzatish kiritish talab qilinmaydi.

Vena ichiga va mushak ichiga yuborish uchun eritma bir marta qo‘llash uchun mo‘ljallangan. Ampula ochilganidan so‘ng eritmani zudlik bilan ishlatish kerak. Preparat vena ichiga yuboriladigan izotonik eritmalar va dekstroza eritmasining barcha turlari bilan mutanosibdir.

Nojo‘ya ta‘sirlari

Markaziy nerv tizimi va periferik nerv tizimi tomonidan: uyqusizlik, bosh og‘rig‘i, bosh aylanishi, qo‘zg‘aluvchanlik, tremor, falaj bo‘lgan qo‘l-oyoqlarni uvishishi.

Ovqat hazm qilish tizimi tomonidan: ko‘ngil aynishi, ishtahani pasayishi, jigar fermentlari faolligini o‘zgarishi.

Allergik reaksiyalar: teri toshmasi, terini qichishishi, anafilaktik shok.

Boshqalar: isitma; ayrim hollarda – qisqa muddatli gipotenziv ta‘siri, parasimpatik nerv tizimini rag‘batlanishi bo‘lishi mumkin.

Qo‘llash mumkin bo‘lmagan holatlar

  • preparatning komponentlariga yuqori sezuvchanlikda;
  • vagotoniyada (vegetativ nerv tizimining parasimpatik qismi tonusini yuqori bo‘lganida) qo‘llash mumkin emas.

Dorilarning o‘zaro ta‘siri

Sitikolin levodopaning samarasini kuchaytiradi.

Preparatni meklofenoksat saqlovchi dori vositalar bilan bir vaqtda buyurish mumkin emas.

Neyromakni qon ketishini to‘xtatuvchi vositalar, bosh miya gipertenziyasida qo‘llanadigan antigipertenziv vositalar va oddiy perfuzion suyuqliklar bilan bir vaqtda qo‘llash mumkin.

Maxsus ko‘rsatmalar

Bosh miya jarohatlarida bosh miya ichki bosimini pasaytirish uchun mannitol va kortikosteroid vositalar kabi dori vositalarni buyurish kerak.

Bosh miyaga qon quyilganida sitikolinning bir marta qo‘llanadigan 500 mg dozasini oshirish mumkin emas, bunday holatda dozasini bo‘lib (100-200 mg dan sutkada 2-3 marta) qo‘llash mumkin.

Homiladorlik va laktasiyada qo‘llanishi.

Homiladorlik vaqtida ona uchun kutilgan foyda, homila uchun potensial havfdan ustun bo‘lgan holdagina preparatni qo‘llash mumkin.

Laktasiya davrida preparatni qo‘llash zarurati bo‘lganida emizishni to‘xtatish masalasini hal qilish kerak.

Pediatriyada qo‘llanishi.

Bolalar va 18 yoshgacha bo‘lgan o‘smirlarda preparatni qo‘llash samaradorligi va havfsizligi aniqlanmagan.

Avtotransportni haydash va mexanizmlarni boshqarish qobiliyatiga ta‘siri.

Davolanish vaqtida pasientlar avtomobilni boshqarish va psixomotor reaksiyalar tezligini talab qiluvchi ishlarni bajarishda ehtiyotkorlikka rioya qilishlari kerak.

Preparat bolalar olaolmaydigan joyda saqlansin va yaroqlilik muddati o‘tganidan keyin ishlatilmasin.

 

Dozani oshirib yuborilishi

Preparatning zaharliligi past bo‘lganligi sababli, hatto terapevtik dozalardan ortiq dozalarda qo‘llanganida ham dozasini oshirib yuborish hollari ta‘riflanmagan.

Chiqarilish shakli

In‘eksiya uchun eritma 500 mg/4 ml, 1000 mg/4 ml dan neytral shishali ampulada. 10 dona ampula qo‘llash bo‘yicha yo‘riqnomasi va ochish uchun pichoq yoki ampula skarifikatori bilan birga karton qutiga joylanadi.

Saqlash sharoiti

Yorug‘likdan himoyalangan joyda, 25oS dan yuqori bo‘lmagan haroratda saqlansin.

Yaroqlilik muddati

3 yil.

Dorixonalardan berish tartibi

Resept bo‘yicha.

Ulashish:

Fikr qoldirish
Baho:
              
Matnni kiriting

Ismingiz
Fikr-mulohazangiz moderator tekshiruvidan so'ng nashr etiladi

Mahsulot bo'yicha savolingiz bormi?

Savol qoldirish

Mulohazalar

NEYROMAK eritma 500mg/4ml N5 dori vositasi O'zbekiston dori vositalari reestrida ro'yxatdan o'tganmi?
Ha, preparat O'zbekiston dori vositalari reestrida ro'yxatdan o'tgan.
NEYROMAK eritma 500mg/4ml N5 dori vositasi ishlab chiqaruvchisi kim va u qaysi davlatda ishlab chiqarilgan?
NEYROMAK eritma 500mg/4ml N5 dori vositasi Radiks, НПП tomonidan O'zbekiston mamlakatida ishlab chiqarilgan.
NEYROMAK eritma 500mg/4ml N5 dori vositasi resept bo’yicha sotiladimi?
NEYROMAK eritma 500mg/4ml N5 dori vositasi resept bo'yicha sotiladigan dori

Analoglar
NUROZID inyeksiya uchun eritma 500mg/4ml N5
ROVALANG sirop 30ml 500mg/5ml
KORALIN eritma dlya priema vnutr 5ml 500mg/5ml
Narh: 154 600 so'mdan Batafsil
Narh: 74 200 so'mdan Batafsil
SITIKOLIN L inyeksiya uchun eritma 4ml 1000mg/4ml N5
  • Ishlab chiqarilish joyi: Hindiston
  • Faol modda: Цитиколин ko'proq ko'rsatish
  • Ishlab chiqaruvchi: Triumph Resources Ltd, Англия произведено: Immacule Lifesciences Pvt. Ltd
Narh: 108 000 so'mdan Batafsil
SEREKOLIN inyeksiya uchun eritma 4ml 250mg/ml N5
  • Ishlab chiqarilish joyi: Hindiston
  • Faol modda: Цитиколин ko'proq ko'rsatish
  • Ishlab chiqaruvchi: Life Pharma Systems LLP, Великобритания произведено: East African (India) Overseas
SERTOZIN inyeksiya uchun eritma 1000mg/4ml N5
  • Ishlab chiqarilish joyi: Turkiya
  • Faol modda: Цитиколин ko'proq ko'rsatish
  • Ishlab chiqaruvchi: Dr.Sertus Ilac Sanayi ve Ticaret Limited Sirketi, Турция произведено: PharmaVision Sanayi ve Ticaret A.S.
  • Vakil: Dr.Sertus
Narh: 203 800 so'mdan Batafsil
RONOSIT tabletkalari 500mg N10
  • Ishlab chiqarilish joyi: Turkiya
  • Faol modda: Цитиколин ko'proq ko'rsatish
  • Ishlab chiqaruvchi: Rotapharm Ilaclari Limited Sirketi, Турция произведено: World Medicine Ilaс San. Ve Tic. A.S.
  • Vakil: Rotapharm
RONOSIT tabletkalari 250mg N20
  • Ishlab chiqarilish joyi: Turkiya
  • Faol modda: Цитиколин ko'proq ko'rsatish
  • Ishlab chiqaruvchi: Rotapharm Ilaclari Limited Sirketi, Турция произведено: World Medicine Ilaс San. Ve Tic. A.S.
NEYROKOLIN tomchilar dlya priema vnutr 50ml 100mg/ml
  • Ishlab chiqarilish joyi: Hindiston
  • Faol modda: Цитиколин ko'proq ko'rsatish
  • Ishlab chiqaruvchi: SRS Pharmaceuticals Pvt. Ltd, Индия произведено: Bharat Parenterals Ltd
DIFOSFOSIN inyeksiya uchun eritma 1000mg/4ml N5
  • Ishlab chiqarilish joyi: Italiya
  • Faol modda: Цитиколин ko'proq ko'rsatish
  • Ishlab chiqaruvchi: Magis Farmaceutici S.r.l., Италия произведено: Mitim S.r.l.
BRENAKS inyeksiya uchun eritma 4ml 1000mg/4ml N5
  • Ishlab chiqarilish joyi: Turkiya
  • Faol modda: Цитиколин ko'proq ko'rsatish
  • Ishlab chiqaruvchi: GM Pharmaceuticals Ltd, LLC, Грузия произведено: Idol Ilac Dolum San. Ve Tic. A.S.
  • Vakil: GMP
Narh: 152 800 so'mdan Batafsil
ANOTROP inyeksiya uchun eritma 4ml 1000mg/4ml N5
  • Ishlab chiqarilish joyi: Hindiston
  • Faol modda: Цитиколин ko'proq ko'rsatish
  • Ishlab chiqaruvchi: Healthcare Biotech Limited
ANOTROP inyeksiya uchun eritma 4ml 500mg/2ml N5
  • Ishlab chiqarilish joyi: Hindiston
  • Faol modda: Цитиколин ko'proq ko'rsatish
  • Ishlab chiqaruvchi: Healthcare Biotech Limited
NEYROKSON eritma 45ml 100mg/ml
  • Ishlab chiqarilish joyi: Ukraina
  • Faol modda: Цитиколин ko'proq ko'rsatish
  • Ishlab chiqaruvchi: ПАО “Галичфарм”
Narh: 60 000 so'mdan Batafsil
LIRA inyeksiya uchun eritma 1000mg/4ml N5
  • Ishlab chiqarilish joyi: Ukraina
  • Faol modda: Цитиколин ko'proq ko'rsatish
  • Ishlab chiqaruvchi: Фармак, ПАО
Narh: 95 000 so'mdan Batafsil
LIRA inyeksiya uchun eritma 500mg/4ml N5
  • Ishlab chiqarilish joyi: Ukraina
  • Faol modda: Цитиколин ko'proq ko'rsatish
  • Ishlab chiqaruvchi: Фармак, ПАО
Narh: 78 400 so'mdan Batafsil
SIKOL eritma dlya priema vnutr 30ml 100mg/ml N1
  • Ishlab chiqarilish joyi: O'zbekiston
  • Faol modda: Цитиколин ko'proq ko'rsatish
  • Ishlab chiqaruvchi: Remedy Group, СП ООО для Zefer Pharma Ltd
Narh: 122 000 so'mdan Batafsil
ZETALIN inyeksiya uchun eritma 4ml 1000mg/4ml N5
  • Ishlab chiqarilish joyi: O'zbekiston
  • Faol modda: Цитиколин ko'proq ko'rsatish
  • Ishlab chiqaruvchi: Remedy Group, СП ООО для Izida Pharma Ltd.
ZETALIN inyeksiya uchun eritma 2ml 500mg/2ml N5
  • Ishlab chiqarilish joyi: O'zbekiston
  • Faol modda: Цитиколин ko'proq ko'rsatish
  • Ishlab chiqaruvchi: Remedy Group, СП ООО для Izida Pharma Ltd.
DROLOSIT NEO eritma dlya priema vnutr 30ml 100mg/ml N1
  • Ishlab chiqarilish joyi: O'zbekiston
  • Faol modda: Цитиколин ko'proq ko'rsatish
  • Ishlab chiqaruvchi: Remedy Group, СП ООО для Citco Chemicals Ltd
Narh: 60 000 so'mdan Batafsil
BRALIN inyeksiya uchun eritma 500mg/2ml N5
  • Ishlab chiqarilish joyi: O'zbekiston
  • Faol modda: Цитиколин ko'proq ko'rsatish
  • Ishlab chiqaruvchi:
BRALIN eritma dlya priema vnutr 30ml 100mg/ml N1
  • Ishlab chiqarilish joyi: O'zbekiston
  • Faol modda: Цитиколин ko'proq ko'rsatish
  • Ishlab chiqaruvchi:
Narh: 126 000 so'mdan Batafsil
ENSEFAKOLIN NEO eritma 4ml 1000mg/4ml N5
  • Ishlab chiqarilish joyi: O'zbekiston
  • Faol modda: Цитиколин ko'proq ko'rsatish
  • Ishlab chiqaruvchi: Remedy Group СП OOO
ENSEFAKOLIN NEO eritma 2ml 500mg/2ml N5
  • Ishlab chiqarilish joyi: O'zbekiston
  • Faol modda: Цитиколин ko'proq ko'rsatish
  • Ishlab chiqaruvchi: Remedy Group СП OOO
SITIKOLIN ROMFARM inyeksiya uchun eritma 4ml 1000mg/4ml N5
  • Ishlab chiqarilish joyi: Ruminiya
  • Faol modda: Цитиколин ko'proq ko'rsatish
  • Ishlab chiqaruvchi: S.C.Rompharm Company S.R.L.
Narh: 108 000 so'mdan Batafsil
SITIKOLIN ROMFARM inyeksiya uchun eritma 4ml 500mg/4ml N5
  • Ishlab chiqarilish joyi: Ruminiya
  • Faol modda: Цитиколин ko'proq ko'rsatish
  • Ishlab chiqaruvchi: S.C.Rompharm Company S.R.L.
Narh: 113 800 so'mdan Batafsil
SIKOL eritma 4ml 1000mg/4ml N5
  • Ishlab chiqarilish joyi: Hindiston
  • Faol modda: Цитиколин ko'proq ko'rsatish
  • Ishlab chiqaruvchi: Remedy Group СП OOO
Ishlab chiqaruvchining dorilari
REOPOLIGLYUKIN infuziya uchun eritma 200ml
Narh: 16 500 so'mdan Batafsil
KETOPROFEN gel 50g 2,5%
Narh: 19 000 so'mdan Batafsil
KETOPROFEN gel 30g 2,5%
Narh: 13 500 so'mdan Batafsil
LINIMENT BALZAMICHESKIY PO VISHNEVSKOMU maz 30g
Narh: 4 928 so'mdan Batafsil
GLISIN tabletkalari 100mg N50
Narh: 4 500 so'mdan Batafsil
VALERIANI nastoyka 50ml
Narh: 5 000 so'mdan Batafsil
IBUPROFEN suspenziya 100ml 100mg/5ml
Narh: 6 700 so'mdan Batafsil
ASKORUTIN tabletkalari N10
Narh: 1 400 so'mdan Batafsil
BISOPROLOL tabletkalari 10mg N30
Narh: 6 000 so'mdan Batafsil
BISOPROLOL tabletkalari 2,5mg N30
Narh: 3 000 so'mdan Batafsil
GLISERIN suppozitorii 2,11g N10
Narh: 6 700 so'mdan Batafsil
DISOL eritma 200ml
Narh: 5 000 so'mdan Batafsil
ASESOL eritma 200ml
Narh: 2 800 so'mdan Batafsil
SINTOMISINA liniment 25g 10%
Narh: 5 600 so'mdan Batafsil
LEVOFLOKSASIN eritma 100ml 0,5%
Narh: 6 570 so'mdan Batafsil
LEVOFLOKSASIN kapsulalar 500mg N10
Narh: 16 000 so'mdan Batafsil
LEVOFLOKSASIN kapsulalar 250mg N10
Narh: 8 000 so'mdan Batafsil
JENSHENYA nastoyka 25ml
Narh: 11 200 so'mdan Batafsil
KAMFORNAYA maz 25g 10%
Narh: 2 650 so'mdan Batafsil
AZITROMISIN kapsulalar 500mg N10
Narh: 7 000 so'mdan Batafsil
NIMESULID poroshok 100mg 100 mg/2 g N30
LORINGOSEPT tabletkalari N6
MEDAMIN tabletkalari 100mg N10
  • A
  • B
  • D
  • E
  • F
  • G
  • H
  • I
  • J
  • K
  • L
  • M
  • N
  • O
  • P
  • Q
  • R
  • S
  • T
  • U
  • V
  • X
  • Y
  • Z
  • Ch
  • Sh
  • 0-9