×
×

Mahsulotning ko'rinishi saytdagi rasmdan farq qilishi mumkin.

NOOSID inyeksiya uchun eritma 4ml 1000mg/4ml N5

Kategoriya:
- Asab tizimi
Ishlab chiqarilish joyi:
- Hindiston
Faol modda:
Цитиколин
Qadoqda soni:
- 5
Ishlab chiqaruvchi:
- Reannon Pharmaceuticals
ATX kodi:
- N06BX06
Noaniqliq haqida habar berish

O'xshash dorilar

KAVINTON eritma 25mg/5ml N10 Gedeon Richter PLC Vengriya
81 800 s`om dan
AMARIL tabletkalari 4mg N30 Санофи С.п.А. Italiya
43 000 s`om dan
ENSEFAKOLIN NEO eritma 4ml 1000mg/4ml N5 Remedy Group СП OOO O'zbekiston
NERVOGIL tabletkalari 1mg N30 Ilko Ilac Sanayi ve Ticaret A.S. Turkiya
Mahsulot haqida tafsilotlar
Saytda e'lon qilingan ma'lumotlar mutaxassislar uchun mo'ljallangan. O'zingizni-o'zingiz davolash bilan shug'ullanmang. Sog'lig'ingizga zarar bermaslik uchun mutaxassis bilan maslahatlashishga ishonch hosil qiling!
NOOSID inyeksiya uchun eritma 4ml 1000mg/4ml N5 qo'lanishi bo'yicha ko'rsatmalar

QO‘LLASH BO‘YICHA YO‘RIQNOMA

NOOSID

NOOCID

Preparatning savdo nomi: Noosid

Ta‘sir etuvchi modda (XPN): sitikolin natriy

Dori shakli: in‘eksiya uchun eritma 1000 mg/4 ml

Tarkibi:

Har bir ampula quyidagilarni saqlaydi:

faol modda: sitikolin – 1000 mg;

yordamchi moddalar: metil paraben, propil paraben, dinatriya EDTA, natriya metabisulfit, in‘eksiya uchun suv.

Ta‘rifi: tiniq, rangsiz eritma

Farmakoterapevtik guruhi: nootrop vosita.

ATX kodi: N06BX06

Farmakologik xususiyatlari

Sitikolin neyronlarning membranasida struktur fosfolipidlarni biosintezini rag‘batlantiradi, bu membranalarning faoliyatini, shuningdek ionlar almashinuvi nasoslari va neyroreseptorlarning faoliyatini yaxshilanishiga yordam beradi. Membranaga barqarorlashtiruvchi ta‘sir qilishi tufayli, sitikolin shishga qarshi hususiyatlarga ega va miya shishini oldini oladi. Sitikolin bosh miya jarohatlari va bosh miyada qon aylanishini o‘tkir buzilishi kabi patologik jarayonlardan keyingi serebral disfunksiya bilan bog‘liq bo‘lgan simptomlarning yaqqolligini susaytiradi. Sitikolin amneziyaning darajasini kamaytiradi, kognitiv, sensitiv va motor buzilishlarida bosh miyaning holatini yaxshilaydi. Sitikolin gipoksiyada va bosh miya ishemiyasida kuzatiladigan simptomlar, jumladan xotirani yomonlashuvi, emosional labillik, kundalik ishlarni bajarish va o‘ziga xizmat ko‘rsatishda kuzatiladigan qiyinchiliklarni yaxshilaydi.

Farmakokinetikasi

Garchi sitikolin organizmda mavjud bo‘lgan tabiiy birikma hisoblanar ekan, ekzogen va endogen sitikolinning miqdoriy jihatdan aniqlash qiyinligi tufayli, klassik farmakokinetik tekshirishlarni bajarish imkoni yo‘qdir. Preparatning biokiraolishligini tekshirish, preparat peroral qabul qilinganida yoki parenteral yo‘l bilan yuborilganida uning biokiraolishligi deyarli bir xil ekanligini ko‘rsatdi. Farmakokinetik tekshirishda sitikolinni deyarli to‘liq so‘rilishi kuzatilgan. Organizmdan chiqarilishi juda sekin, asosan nafas yo‘llari orqali va siydik bilan chiqariladi. 5 kun davomida yuborilganidan so‘ng dozaning taxminan 16% aniqlangan, bu dozaning qolgan qismi metabolizmga uchraganligidan dalolat beradi.

Qo‘llanilishi

  • Ishemik insultni o‘tkir davrida;
  • Ishemik va gemorragik insultlarni tiklanish davrida;
  • Bosh miya jarohatlari – o‘tkir va tiklanish davrida;
  • Bosh miyani degenerativ va tomirli kasalliklarida kognitiv buzilishlarni davolash uchun qo‘llanadi.

Qo‘llash usuli va dozalari

Preparat vena ichiga yoki mushak ichiga yuboriladi.

Preparat vena ichiga in‘eksiya holida sekin (buyurilgan dozaga qarab 3-5 minut davomida) yoki vena ichiga tomchilab (minutiga 40-60 tomchidan) yuboriladi.

Vena ichiga yuborish yo‘li mushak ichiga yuborish yo‘liga nisbatan afzaldir. Mushak ichiga yuborilganida preparatni aynan bir joyga yuborishdan saqlanish kerak.

Ishemik insultni o‘tkir davri va bosh miya jarohatlari (BMJ): tashxis qo‘yilganidan so‘ng birinchi sutkadan boshlab, 1000 mg dan har 12 soatda yuboriladi, davolash davomiyligi kamida 6 haftani tashkil etadi.

Ishemik va gemorragik insultlarning tiklanish davri, BMJ ni tiklanish davri, bosh miyani degenerativ va qon tomir kasalliklaridagi kognitiv va hulq-atvor buzilishlari: kuniga 500-2000 mg ni tashkil etadi. Preparatning dozasi va davolash davomiyligi kasallikning simptomlarini og‘irligiga bog‘liq.

Ongni davomli buzilishlarida kasallikni birinchi bosqichlaridan boshlab preparatni uzluksiz ravishda qo‘llash mumkin.

Keksa yoshdagi pasientlarga Noosid preparati vena ichiga yoki mushak ichiga yuborilganida, uning dozasiga tuzatish kiritish talab etilmaydi.

Ampulaning ichidagi vena ichiga va mushak ichiga yuborish uchun eritma bir marta yuborish uchun mo‘ljallangan. Ampula ochilganidan so‘ng eritmani zudlik bilan ishlatish kerak. Preparat vena ichiga yuboriladigan barcha izotonik eritmalar va dekstroza eritmalari bilan mutanosibdir.

Nojo‘ya ta‘sirlari

Juda kam hollarda (< 1/10000) (shu jumladan individual holatlar): allergik reaksiyalar (teri toshmalari, terini qichishishi, anafilaktik shok), bosh og‘rig‘i, bosh aylanishi, qizib ketish hissi, tremor, ko‘ngil aynishi, qusish, diareya, gallyusinasiyalar, shishlar, hansirash, uyqusizlik, qo‘zg‘aluvchanlik, ishtahani pasayishi, falaj bo‘lgan qo‘l-oyoqlarni uvishishi, jigar fermentlari faolligini o‘zgarishi bo‘lishi mumkin. Ayrim hollarda parasimpatik nerv tizimini rag‘batlantirishi, shuningdek arterial bosimni qisqa vaqt o‘zgartirishi mumkin.

Qo‘llash mumkin bo‘lmagan holatlar

Preparatni yaqqol vagotoniyasi (vegetativ nerv tizimining parasimpatik qismi tonusini ustun bo‘lishi) bo‘lgan bemorlarga va preparatning har qanday komponentiga yuqori sezuvchanlikda buyurish mumkin emas. Homiladorlik va laktasiya. Klinik ma‘lumotlar yetarli bo‘lmaganligi sababli, 18 yoshgacha bo‘lgan bolalarga qo‘llash tavsiya etilmaydi.

Dorilarning o‘zaro ta‘siri

Sitikolin levodopaning samarasini kuchaytiradi. Meklofenopat saqlovchi dori vositalari bilan bir vaqtda qo‘llash mumkin emas.

Sitikolin preparatini qon ketishini to‘xtatuvchi vositalar, bosh miya ichki bosimiga qarshi antigipertenziv vositalar va odatdagi perfuzion suyuqliklar bilan bir vaqtda qo‘llash mumkin.

Maxsus ko‘rsatmalar

Bosh miya jarohatlarida bosh miya ichki bosimini pasaytirish uchun mannitol va kartikosteroid vositalar kabi dori preparatlarini buyurish kerak.

Bosh miyaga qon quyilganida sitikolinning bir marta yuboriladigan dozasini 500 mg dan oshirish mumkin emas, bunday holatda dozalarini bo‘lib bo‘lib (100-200 mg sutkada 2-3 marta) yuborish mumkin.

Homiladorlik va laktasiyada qo‘llanishi

Homiladorlikda ona uchun kutilgan foyda homila uchun potensial havfdan ustun bo‘lgan hollardagina preparatni qo‘llash mumkin.

Laktasiya davrida preparatni qo‘llash zarurati bo‘lganida emizishni to‘xtatish masalasini hal qilish kerak.

Pediatriyada qo‘llanishi

Bolalar va 18 yoshgacha bo‘lgan o‘smirlarda preparatni qo‘llash samaradorligi va havfsizligi aniqlanmagan.

Avtotransportni haydash va mexanizmlarni boshqarish qobiliyatiga ta‘siri

Davolanish vaqtida pasientlar avtomobilni boshqarish va psixomotor reaksiyalar tezligini talab etuvchi inlarni bajarishda ehtiyotkorlikka rioya qilish kerak.

Preparat bolalar ololmaydigan joyda saqlansin o‘ramida ko‘rsatilgan yaroqlilik muddati tugaganidan so‘ng ishlatilmasin.

Dozani oshirib yuborilishi

Preparatning toksikligi kam bo‘lganligi sababli dozani oshirib yuborilish hollari ta‘riflanmagan.

Chiqarilish shakli

4 ml dan preparat shisha ampulada. 5 ampuladan PVX plyonkali blisterda qo‘llash bo‘yicha yo‘riqnomasi bilan birga karton qutida.

Saqlash sharoiti

Quruq, quyosh nurlaridan himoyalangan joyda va 25oS dan yuqori bo‘lmagan haroratda saqlansin.

Yaroqlilik muddati

3 yil.

Dorixonalardan berish tartibi

Resept bo‘yicha.

Ulashish:

Fikr qoldirish
Baho:
              
Matnni kiriting

Ismingiz
Fikr-mulohazangiz moderator tekshiruvidan so'ng nashr etiladi

Mahsulot bo'yicha savolingiz bormi?

Savol qoldirish

Mulohazalar

NOOSID inyeksiya uchun eritma 4ml 1000mg/4ml N5 dori vositasi O'zbekiston dori vositalari reestrida ro'yxatdan o'tganmi?
Ha, preparat O'zbekiston dori vositalari reestrida ro'yxatdan o'tgan.
NOOSID inyeksiya uchun eritma 4ml 1000mg/4ml N5 dori vositasi ishlab chiqaruvchisi kim va u qaysi davlatda ishlab chiqarilgan?
NOOSID inyeksiya uchun eritma 4ml 1000mg/4ml N5 dori vositasi Reannon Pharmaceuticals tomonidan Hindiston mamlakatida ishlab chiqarilgan.
NOOSID inyeksiya uchun eritma 4ml 1000mg/4ml N5 dori vositasi resept bo’yicha sotiladimi?
NOOSID inyeksiya uchun eritma 4ml 1000mg/4ml N5 dori vositasi resept bo'yicha sotiladigan dori

Analoglar
NUROZID inyeksiya uchun eritma 500mg/4ml N5
ROVALANG sirop 30ml 500mg/5ml
KORALIN eritma dlya priema vnutr 5ml 500mg/5ml
Narh: 154 600 so'mdan Batafsil
Narh: 74 200 so'mdan Batafsil
SITIKOLIN L inyeksiya uchun eritma 4ml 1000mg/4ml N5
  • Ishlab chiqarilish joyi: Hindiston
  • Faol modda: Цитиколин ko'proq ko'rsatish
  • Ishlab chiqaruvchi: Triumph Resources Ltd, Англия произведено: Immacule Lifesciences Pvt. Ltd
Narh: 108 000 so'mdan Batafsil
SEREKOLIN inyeksiya uchun eritma 4ml 250mg/ml N5
  • Ishlab chiqarilish joyi: Hindiston
  • Faol modda: Цитиколин ko'proq ko'rsatish
  • Ishlab chiqaruvchi: Life Pharma Systems LLP, Великобритания произведено: East African (India) Overseas
SERTOZIN inyeksiya uchun eritma 1000mg/4ml N5
  • Ishlab chiqarilish joyi: Turkiya
  • Faol modda: Цитиколин ko'proq ko'rsatish
  • Ishlab chiqaruvchi: Dr.Sertus Ilac Sanayi ve Ticaret Limited Sirketi, Турция произведено: PharmaVision Sanayi ve Ticaret A.S.
  • Vakil: Dr.Sertus
Narh: 203 800 so'mdan Batafsil
RONOSIT tabletkalari 500mg N10
  • Ishlab chiqarilish joyi: Turkiya
  • Faol modda: Цитиколин ko'proq ko'rsatish
  • Ishlab chiqaruvchi: Rotapharm Ilaclari Limited Sirketi, Турция произведено: World Medicine Ilaс San. Ve Tic. A.S.
  • Vakil: Rotapharm
RONOSIT tabletkalari 250mg N20
  • Ishlab chiqarilish joyi: Turkiya
  • Faol modda: Цитиколин ko'proq ko'rsatish
  • Ishlab chiqaruvchi: Rotapharm Ilaclari Limited Sirketi, Турция произведено: World Medicine Ilaс San. Ve Tic. A.S.
NEYROKOLIN tomchilar dlya priema vnutr 50ml 100mg/ml
  • Ishlab chiqarilish joyi: Hindiston
  • Faol modda: Цитиколин ko'proq ko'rsatish
  • Ishlab chiqaruvchi: SRS Pharmaceuticals Pvt. Ltd, Индия произведено: Bharat Parenterals Ltd
DIFOSFOSIN inyeksiya uchun eritma 1000mg/4ml N5
  • Ishlab chiqarilish joyi: Italiya
  • Faol modda: Цитиколин ko'proq ko'rsatish
  • Ishlab chiqaruvchi: Magis Farmaceutici S.r.l., Италия произведено: Mitim S.r.l.
BRENAKS inyeksiya uchun eritma 4ml 1000mg/4ml N5
  • Ishlab chiqarilish joyi: Turkiya
  • Faol modda: Цитиколин ko'proq ko'rsatish
  • Ishlab chiqaruvchi: GM Pharmaceuticals Ltd, LLC, Грузия произведено: Idol Ilac Dolum San. Ve Tic. A.S.
  • Vakil: GMP
Narh: 152 800 so'mdan Batafsil
ANOTROP inyeksiya uchun eritma 4ml 1000mg/4ml N5
  • Ishlab chiqarilish joyi: Hindiston
  • Faol modda: Цитиколин ko'proq ko'rsatish
  • Ishlab chiqaruvchi: Healthcare Biotech Limited
ANOTROP inyeksiya uchun eritma 4ml 500mg/2ml N5
  • Ishlab chiqarilish joyi: Hindiston
  • Faol modda: Цитиколин ko'proq ko'rsatish
  • Ishlab chiqaruvchi: Healthcare Biotech Limited
NEYROKSON eritma 45ml 100mg/ml
  • Ishlab chiqarilish joyi: Ukraina
  • Faol modda: Цитиколин ko'proq ko'rsatish
  • Ishlab chiqaruvchi: ПАО “Галичфарм”
Narh: 60 000 so'mdan Batafsil
LIRA inyeksiya uchun eritma 1000mg/4ml N5
  • Ishlab chiqarilish joyi: Ukraina
  • Faol modda: Цитиколин ko'proq ko'rsatish
  • Ishlab chiqaruvchi: Фармак, ПАО
Narh: 95 000 so'mdan Batafsil
LIRA inyeksiya uchun eritma 500mg/4ml N5
  • Ishlab chiqarilish joyi: Ukraina
  • Faol modda: Цитиколин ko'proq ko'rsatish
  • Ishlab chiqaruvchi: Фармак, ПАО
Narh: 78 400 so'mdan Batafsil
SIKOL eritma dlya priema vnutr 30ml 100mg/ml N1
  • Ishlab chiqarilish joyi: O'zbekiston
  • Faol modda: Цитиколин ko'proq ko'rsatish
  • Ishlab chiqaruvchi: Remedy Group, СП ООО для Zefer Pharma Ltd
Narh: 122 000 so'mdan Batafsil
ZETALIN inyeksiya uchun eritma 4ml 1000mg/4ml N5
  • Ishlab chiqarilish joyi: O'zbekiston
  • Faol modda: Цитиколин ko'proq ko'rsatish
  • Ishlab chiqaruvchi: Remedy Group, СП ООО для Izida Pharma Ltd.
ZETALIN inyeksiya uchun eritma 2ml 500mg/2ml N5
  • Ishlab chiqarilish joyi: O'zbekiston
  • Faol modda: Цитиколин ko'proq ko'rsatish
  • Ishlab chiqaruvchi: Remedy Group, СП ООО для Izida Pharma Ltd.
DROLOSIT NEO eritma dlya priema vnutr 30ml 100mg/ml N1
  • Ishlab chiqarilish joyi: O'zbekiston
  • Faol modda: Цитиколин ko'proq ko'rsatish
  • Ishlab chiqaruvchi: Remedy Group, СП ООО для Citco Chemicals Ltd
Narh: 60 000 so'mdan Batafsil
BRALIN inyeksiya uchun eritma 500mg/2ml N5
  • Ishlab chiqarilish joyi: O'zbekiston
  • Faol modda: Цитиколин ko'proq ko'rsatish
  • Ishlab chiqaruvchi:
BRALIN eritma dlya priema vnutr 30ml 100mg/ml N1
  • Ishlab chiqarilish joyi: O'zbekiston
  • Faol modda: Цитиколин ko'proq ko'rsatish
  • Ishlab chiqaruvchi:
Narh: 126 000 so'mdan Batafsil
ENSEFAKOLIN NEO eritma 4ml 1000mg/4ml N5
  • Ishlab chiqarilish joyi: O'zbekiston
  • Faol modda: Цитиколин ko'proq ko'rsatish
  • Ishlab chiqaruvchi: Remedy Group СП OOO
ENSEFAKOLIN NEO eritma 2ml 500mg/2ml N5
  • Ishlab chiqarilish joyi: O'zbekiston
  • Faol modda: Цитиколин ko'proq ko'rsatish
  • Ishlab chiqaruvchi: Remedy Group СП OOO
SITIKOLIN ROMFARM inyeksiya uchun eritma 4ml 1000mg/4ml N5
  • Ishlab chiqarilish joyi: Ruminiya
  • Faol modda: Цитиколин ko'proq ko'rsatish
  • Ishlab chiqaruvchi: S.C.Rompharm Company S.R.L.
Narh: 108 000 so'mdan Batafsil
SITIKOLIN ROMFARM inyeksiya uchun eritma 4ml 500mg/4ml N5
  • Ishlab chiqarilish joyi: Ruminiya
  • Faol modda: Цитиколин ko'proq ko'rsatish
  • Ishlab chiqaruvchi: S.C.Rompharm Company S.R.L.
Narh: 113 800 so'mdan Batafsil
SIKOL eritma 4ml 1000mg/4ml N5
  • Ishlab chiqarilish joyi: Hindiston
  • Faol modda: Цитиколин ko'proq ko'rsatish
  • Ishlab chiqaruvchi: Remedy Group СП OOO
Ishlab chiqaruvchining dorilari
RENONTRIKAL poroshok 10000me N10
GEPA-REN konsentrat 10 ml 5 g/10 ml N10
  • Ishlab chiqarilish joyi: Hindiston
  • Ishlab chiqaruvchi: Reannon Pharmaceuticals
FERPON kapsulalar N30
  • Ishlab chiqarilish joyi: Hindiston
  • Ishlab chiqaruvchi: Reannon Pharmaceuticals
RENOGEL suspenziya 200ml N1
  • Ishlab chiqarilish joyi: Hindiston
  • Ishlab chiqaruvchi: Reannon Pharmaceuticals
RENOGEL suspenziya 15ml N30
  • Ishlab chiqarilish joyi: Hindiston
  • Ishlab chiqaruvchi: Reannon Pharmaceuticals
REAMATEL poroshok 20mg N5
  • Ishlab chiqarilish joyi: Hindiston
  • Ishlab chiqaruvchi: Reannon Pharmaceuticals
  • A
  • B
  • D
  • E
  • F
  • G
  • H
  • I
  • J
  • K
  • L
  • M
  • N
  • O
  • P
  • Q
  • R
  • S
  • T
  • U
  • V
  • X
  • Y
  • Z
  • Ch
  • Sh
  • 0-9