×
×
  • RENOGEL suspenziya 200ml N1

Mahsulotning ko'rinishi saytdagi rasmdan farq qilishi mumkin.

RENOGEL suspenziya 200ml N1

Kategoriya:
- Kislotalikning buzilishi
Ishlab chiqarilish joyi:
- Hindiston
Qadoqda soni:
- 1
Ishlab chiqaruvchi:
- Reannon Pharmaceuticals
ATX kodi:
- A02AX
Noaniqliq haqida habar berish

O'xshash dorilar

RENNI jevatelnie tabletkalari so vkusom apelsina N24 Bayer Consumer Care AG Germaniya
39 000 s`om dan
NOLPAZA tabletkalari 20mg N28 КРКА, д.д., Ново место, АО Sloveniya
33 600 s`om dan
RENNI jevatelnie tabletkalari so vkusom mentola N24 Bayer Consumer Care AG Germaniya
39 000 s`om dan
ULSEPAN poroshok 40mg N1 World Medicine Ilac San. ve Tic. A.S., Турция произведено: Mefar Ilac Sanayi A.S. Turkiya
Mahsulot haqida tafsilotlar
Saytda e'lon qilingan ma'lumotlar mutaxassislar uchun mo'ljallangan. O'zingizni-o'zingiz davolash bilan shug'ullanmang. Sog'lig'ingizga zarar bermaslik uchun mutaxassis bilan maslahatlashishga ishonch hosil qiling!
RENOGEL suspenziya 200ml N1 qo'lanishi bo'yicha ko'rsatmalar

QO‘LLASH BO‘YICHA YO‘RIQNOMA

RENOGEL

RENOGEL

Preparatning savdo nomi: Renogel

Ta‘sir etuvchi moddalar (XPN): alyuminiy gidroksidi, magniy gidroksidi, simetikon.

Dori shakli: ichga qabul qilish uchun suspenziya

Tarkibi:

5 ml suspenziya quyidagilarni saqlaydi:

faol moddalar:

quruq alyuminiy gidroksidi        225 mg;

magniy gidroksidi                         200 mg;

simetikon                                        25 mg;

yordamchi moddalar: natriy metilparaben, natriy propilparaben, natriy saxarini, natriy karboksimetilsellyuloza (tiniq), 70% sorbitol eritmasi, natriy sitrati, guar, bronopol, limon kislotasi, karmoizin bo‘yovchisi, eritrozin buyovchisi, qalampiryalpiz moyi ta‘mi M-6509, yalpiz ta‘mi M-7845, tozalangan suv.

Ta‘rifi: pushti rangli, o‘ziga xos hidli gomogen suspenziya.

Farmakoterapevtik guruhi: me‘da-ichak yarasiga qarshi vosita (antasid).

ATX kodi: A02AX

Farmakologik hususiyatlari

Farmakodinamikasi

Majmuaviy vosita bo‘lib, ta‘siri uning tarkibiga kiruvchi komponentlari bilan ifodalanadi. Antasid, adsorbent sifatida, o‘rab oluvchi, yel haydovchi ta‘sir ko‘rsatadi.

Alyuminiy gidroksidi va magniy gidroksidi me‘dadagi erkin xlorid kislotasini neytrallashtiradi, me‘da shirasining kislotaligini pasaytiradi, o‘t kislotalarini bog‘laydi. Magniy gidroksidining kislotalikni pasaytiruvchi ta‘siri alyuminiy gidroksidining ichak harakatini sekinlashtiruvchi hususiyatini tenglashtiradi.

Simetikon gaz pufakchalarini hosil bo‘lishini qiyinlashtiradi va ularni parchalanishiga yordam beradi. Buning natijasida ajralib chiqadigan gazlar ichak devori tomonidan so‘rib olinadi va ichak harakati hisobiga organizmdan chiqariladi.

Simetikon ingichka ichakning bo‘shlig‘ida ta‘sir qiladi va organizmdan o‘zgarmagan holda chiqariladi.

Farmakokinetikasi

Alyuminiy gidroksidi me‘dada xlorid kislotasini neytrallashtirib, alyuminiy xloridini hosil qiladi. Ichakning ishqoriy muhiti ta‘sirida alyuminiy xloridi, yomon so‘riladigan va axlat bilan chiqariladigan alyuminiyning asosli tuzlariga aylanadi. Buyrak faoliyati normal bo‘lganida alyuminiyning zardobdagi darajasi deyarli o‘zgarmaydi.

Magniy gidroksidining taxminan 10% ichakda so‘riladi. Magniy gidroksidi me‘dada xlorid kislotasini neytrallaydi va magniy karbonatiga aylanadi, bunda qondagi magniy ionlarining konsentrasiyasi deyarli o‘zgarmaydi.

Surunkali buyrak yetishmovchiligi bo‘lgan bemorlarda alyuminiy va magniy ionlarining darajasi, ularni organizmda chiqarilishini buzilishi oqibatida toksik qiymatlargacha oshishi mumkin.

Ichakda alyuminiy va magniy ionlarini so‘rilishi – past. Buyrak faoliyati normal bo‘lganida qonda alyuminiy va magniyning konsentrasiyasi o‘zgarmaydi. Simetikon fiziologik va kimyoviy jihatdan inertligi tufayli a‘zolar va to‘qimalarga so‘rilmaydi va me‘da-ichak yo‘llari (MIY) dan o‘tganidan so‘ng o‘zgarmagan holda chiqariladi.

Qo‘llanilishi

Preparat quyidagi kasalliklar: o‘tkir gastrit; me‘daning sekretor faoliyati normal va yuqori bo‘lgan surunkali gastrit (zo‘rayish bosqichida); o‘tkir duodenit, gastroezofageal reflyuks kasalligi; me‘da va o‘n ikki barmoqli ichak yara kasalligi (zo‘rayish bosqichida); MIY ning turli genezli simptomatik yarasi; me‘da-ichak yo‘llarining yuqori bo‘limlari shilliq qavatini eroziyasi; reflyuks-ezofagit; o‘tkir pankreatit, surunkali pankreatitni zo‘rayishi; gastralgiya, jig‘ildon qaynashi (etanol, nikotin, kofeni haddan tashqari ko‘p iste‘mol qilgandan keyin, dori vositalarini qabul qilgandan keyin; MIY ning faoliyatiga salbiy ta‘sir ko‘rsatuvchi noto‘g‘ri parhez ushlash); meteorizm; achish yoki irish oqibatidagi dispepsiyada me‘da va o‘n ikki barmoq ichakning, qizilo‘ngachning shilliq qavatini erozivli o‘zgarishlari va yallig‘lanishlarini ham monoterapiya, ham majmuaviy davolash sifatida qo‘llanadi.

Qo‘llash usuli va dozalari

Renogel odatda ovqatdan so‘ng 1-1,5 soatdan keyin yoki og‘riqlar paydo bo‘lganida qabul qilinadi, Renogel suspenziya ko‘rinishida 15 ml (1 paketchadan) qabul qilinadi. Iste‘mol qilishdan oldin, paketchani qo‘lda yaxshilab chayqatib, gomogen suspenziya hosil qilinadi. Paketchaning ichidagisi qoshiqqa yoki og‘izga siqib chiqariladi. 10-15 yoshgacha bo‘lgan bolalarga kattalar uchun tavsiya etilgan dozaning yarmi buyuriladi.

Bolalarga preparatning dozasini davolovchi shifokor belgilaydi. Zarurat bo‘lganida preparatning dastlabki dozasi qabul qilingandan so‘ng ikki soatdan keyin qo‘shimcha dozasini qabul qilish mumkin, ammo kuniga 6 marta qabuldan oshmasligi kerak.

Davolash kursi – 4 haftadan oshmasin.

Renogel preparatini suyultirilmagan holda qabul qilgan afzal. Preparat qabul qilinganidan so‘ng yarim soat davomida suyuqlik iste‘mol qilish tavsiya etilmaydi.

Nojo‘ya ta‘sirlari

Allergik reaksiyalar, ko‘ngil aynishi, qusish, ta‘m bilish hissini o‘zgarishi, qabziyat, diareya, axlat massalari rangini o‘zgarishi. Yuqori dozalarda uzoq muddat qabul qilinganida – gipofosfatemiya, gipokalsiemiya, giperkalsiuriya, osteomalyasiya, osteoporoz, gipermagniemiya, giperalyuminiemiya, ensefalopatiya, nefrokalsinoz, buyrak faoliyati buzilishi mumkin. Yondosh buyrak yetishmovchiligi bo‘lgan bemorlarda – chanqoqlik, arterial bosimni pasayishi, giporefleksiya bo‘lishi mumkin.

Qo‘llash mumkin bo‘lmagan holatlar

Dori vositasining tarkibiga kiruvchi moddalarga o‘ta yuqori sezuvchanlik; surunkali buyrak yetishmovchiligi; appendisitga shubha qilish; ovqat hazm qilish yo‘llaridan noma‘lum genezli qon ketishi; yarali kolit, suv-elektrolitlar muvozanatini muvozanatini buzilishiga olib keladigan holatlar, homiladorlik, Alsgeymer kasalligi, gipofosfatemiyada qo‘llash mumkin emas.

10 yoshgacha bo‘lgan bolalar, fruktozani tug‘ma o‘zlashtirolmaslikda qo‘llash mumkin emas.

Ehtiyotkorlik bilan:

Laktasiya davri, jigar kasalligi, alkogolizm, bosh miya jarohatlari, bosh miya kasalliklari, tutqanoqda.

10 yoshdan 18 yoshgacha bo‘lgan bolalar va o‘smirlarga ehtiyotkorlik bilan qo‘llash kerak.

Dorilarning o‘zaro ta‘siri

Renogel digoksin, indometasin, salisilatlar, xlorpromazin, fenitoin, N2-gistamin reseptorlarining blokatorlari, beta-adrenoblokatorlar, diflunisal, ketokonazol va itrakonazol, izoniazid, tetrasiklinlar qatori antibiotiklari va xinolonlar, azitromisin, sefpodoksim, pivampisillin, rifampisin, bevosita antikoagulyantlar, barbituratlar, feksofenadin, dipiridamol, zalsitabin, xenodezoksixolat va ursodezoksixolat kislotalari, penisillamin va lansoprazolni so‘rilishini pasaytiradi va sekinlashtiradi.

M-xolinoblokatorlar, me‘dani bo‘shashini sekinlashtirib, preparatning ta‘sirini kuchaytiradilar va uzaytiradilar.

Renogel va boshqa dori vositalarni qabul qilishlar o‘rtasidagi interval kamida 1-2 soatni tashkil etishi kerak.

Maxsus ko‘rsatmalar

Renogel preparati va boshqa dorilar vositalarini qabul qilish orasidagi interval 1-2 soatni tashkil etishi kerak.

Preparat uzoq vaqt davomida qabul qilinganida fosforni ovqat bilan yetarli darajada tushishini ta‘minlash kerak.

Buyrak kasalliklari, jigar sirrozi, og‘ir yurak yetishmovchiligida preparatni extiyotkorlik bilan qo‘llash kerak.

Renogelni qabul qilish vaqtida qabziyat paydo bo‘lganida kundalik qabul qilinadigan suv miqdorini ko‘paytirish tavsiya etiladi.

Preparat bolalar ololmaydigan joyda saqlansin va yaroqlilik muddati tugaganidan so‘ng ishlatilmasin.

Dozani oshirib yuborilishi

Simptomlari: yuqori dozalarni uzoq muddat qo‘llanishi qabziyat, diareyani chaqirishi, tez toliqish, yuzni qizarishi, ozib ketish, mushaklarni kuchsizligi va harakatlarni noadekvatligi bilan xarakterlanadigan gipermagniemiyani rivojlanishiga olib kelishi mumkin. Shuningdek metabolik alkalozni belgilari: kayfiyatni o‘zgarishi, aqliy faoliyatni buzilishi, mushaklarda og‘riq va uvishishi, asabiylik va tez toliqish, nafas faoliyatini sekinlashishi, ta‘m bilish hissini o‘zgarishi kuzatilishi mumkin.

Buyrak yetishmovchiligi bo‘lgan bemorlarda neyrotoksiklik, osteomalyasiya, osteoporoz, gipermagniemiya va elektrolitlar muvozanatini buzilishi rivojlanishi mumkin.

Shoshilinch choralar: preparatni organizmda tez chiqarib yuborilishi bo‘yicha choralarni ko‘rish kerak – me‘da yuvish, qusishni chaqirish, faollashtirilgan ko‘mir qabul qilish kerak.

Chiqarilish shakli

200 ml suspenziya PET flakonlarda yoki suspenziya 15 ml dan paketchalarda.

Har bir flakon qo‘llash bo‘yicha yo‘riqnomasi va o‘lchov qalpoqchasi bilan birga karton qutida yoki 30 paketcha qo‘llash bo‘yicha yo‘riqnomasi bilan birga karton qutiga joylangan.

Saqlash sharoiti

Quruq joyda, 25oS dan yuqori bo‘lmagan haroratda saqlansin, quyosh nurlarini bevosita tushishidan saqlansin.

Yaroqlilik muddati

3 yil.

Dorixonalardan berish tartibi

Reseptsiz.

Ulashish:

Fikr qoldirish
Baho:
              
Matnni kiriting

Ismingiz
Fikr-mulohazangiz moderator tekshiruvidan so'ng nashr etiladi

Mahsulot bo'yicha savolingiz bormi?

Savol qoldirish

Mulohazalar

RENOGEL suspenziya 200ml N1 dori vositasi O'zbekiston dori vositalari reestrida ro'yxatdan o'tganmi?
Ha, preparat O'zbekiston dori vositalari reestrida ro'yxatdan o'tgan.
RENOGEL suspenziya 200ml N1 dori vositasi ishlab chiqaruvchisi kim va u qaysi davlatda ishlab chiqarilgan?
RENOGEL suspenziya 200ml N1 dori vositasi Reannon Pharmaceuticals tomonidan Hindiston mamlakatida ishlab chiqarilgan.
RENOGEL suspenziya 200ml N1 dori vositasi resept bo’yicha sotiladimi?
RENOGEL suspenziya 200ml N1 dori vositasi resept bo'yicha sotiladigan dori

Ishlab chiqaruvchining dorilari
NOOSID inyeksiya uchun eritma 4ml 1000mg/4ml N5
RENONTRIKAL poroshok 10000me N10
GEPA-REN konsentrat 10 ml 5 g/10 ml N10
  • Ishlab chiqarilish joyi: Hindiston
  • Ishlab chiqaruvchi: Reannon Pharmaceuticals
FERPON kapsulalar N30
  • Ishlab chiqarilish joyi: Hindiston
  • Ishlab chiqaruvchi: Reannon Pharmaceuticals
RENOGEL suspenziya 15ml N30
  • Ishlab chiqarilish joyi: Hindiston
  • Ishlab chiqaruvchi: Reannon Pharmaceuticals
REAMATEL poroshok 20mg N5
  • Ishlab chiqarilish joyi: Hindiston
  • Ishlab chiqaruvchi: Reannon Pharmaceuticals
  • A
  • B
  • D
  • E
  • F
  • G
  • H
  • I
  • J
  • K
  • L
  • M
  • N
  • O
  • P
  • Q
  • R
  • S
  • T
  • U
  • V
  • X
  • Y
  • Z
  • Ch
  • Sh
  • 0-9