×
×

Mahsulotning ko'rinishi saytdagi rasmdan farq qilishi mumkin.

NOVEKS DOMPERIDON suspenziya 120ml 1mg/ml

Kategoriya:
- Hazm qilish va moddalar almashinuvi tizimi
Ishlab chiqarilish joyi:
- Пакистан
Faol modda:
Домперидон
Ishlab chiqaruvchi:
- Herbion Pakistan (PVT) Ltd
Vakil:
- Herbion International
ATX kodi:
- A03FA03
Shifokor konsultatsiyasi:
Noaniqliq haqida habar berish
Toshkentning 4 ta dorixonasida topildi

ico 30 000 s`om dan

Dorixonalardan izlash

O'xshash dorilar

ENTEROFURIL kapsulalar 100mg N30 Bosnalijek JSC Bosniya va Gertsegovina
PLATIFILLIN inyeksiya uchun eritma 1ml 2mg/ml N10 Вифитех, ЗАО Rossiya
12 200 s`om dan
RTFIT kapsulalar N30 ZOTA Healthcare Ltd Hindiston
184 800 s`om dan
Mahsulot haqida tafsilotlar
Saytda e'lon qilingan ma'lumotlar mutaxassislar uchun mo'ljallangan. O'zingizni-o'zingiz davolash bilan shug'ullanmang. Sog'lig'ingizga zarar bermaslik uchun mutaxassis bilan maslahatlashishga ishonch hosil qiling!
1 ml suspenziya quyidagilarni saqlaydi:
faol modda: 1 mg domperidon;
yordamchi moddalar: saxaroza 500 mg, ksantan smolasi 1,6 mg, kaliy sorbat 1,5 mg, metilparaben 1 mg, titan dioksidi 0,6 mg, propilparaben 0,5 mg, polisorbat 80 – 0,168 mg, tozalangan suv – talab qilingan miqdor 1 ml.
Qusishga qarshi vosita, dopamin retseptorlarining markaziy blokatori. Domperidon – dopamin antagonisti bo'lib, qusishga qarshi xususiyatlarga ega. Domperidon GET orqali yomon o'tadi. Domperidonni qo'llash, ayniqsa, kattalarda juda kam hollarda ekstrapiramid nojo'ya samaralar bilan kechadi, biroq domperidon gipofizdan prolaktin ajralib chiqishini rag'batlantiradi. Qusishga qarshi ta'siri, ehtimol, GET dan tashqarida joylashgan xemoretseptorli trigger sohasidagi, area postrema da, dopamin retseptorlariga bir vaqtdagi periferik (gastrokinetik) ta'siri va antagonizmi bilan asoslanadi. Hayvonlardagi tadqiqotlar hamda preparatning bosh miyada aniqlangan kichik kontsentratsiyalari domperidonning dopamin retseptorlariga, asosan, periferik ta'sir ko'rsatishidan dalolat beradi. Ichga qabul qilinganda, domperidon odamlarda qizilo'ngachning pastki qismidagi sfinkter bosimini oshiradi, antroduodenal qisqarishlarni yaxshilaydi va me'daning bo'shashishini tezlashtiradi. Domperidon me'da sekretsiyasiga ta'sir ko'rsatmaydi.
So'rilishi
Och qoringa ichga qabul qilingandan so'ng, domperidon me'da-ichak yo'llari orqali tez so'riladi. Qon plazmasidagi maksimal kontsentratsiyasiga (Cmax) taxminan 30-60 minut davomida erishiladi. Domperidon ichga qabul qilinganda mutloq biokiraolishlikning pastligi (taxminan 15%) ichak devori va jigardagi ekstensiv birlamchi metabolizm bilan ifodalanadi.
Sog'lom odamlarda domperidon ovqatdan keyin qabul qilinganida, uning biologik kiraolishligining oshishiga qaramay, me'da-ichak yo'llari tomonidan shikoyatlari bo'lgan bemorlar domperidonni ovqatdan 15-30 minut oldin qabul qilishlari kerak.
Me'da shirasi kislotaliligining kamayishi domperidon so'rilishining pasayishiga olib keladi.
Preparat ovqatdan keyin qabul qilinganida, maksimal so'rilish darajasiga erishish uchun ko'proq vaqt talab etiladi, AUC esa biroz oshadi.
Taqsimlanishi
Domperidon ichga qabul qilinganida, organizmda to'planmaydi va xususiy metobolizmi induktsiya qilmaydi.
Preparat kuniga 30 mg dan ikki hafta davomida ichga qabul qilinganidan so'ng, 90 minutdan keyin plazmada 21 ng/ml teng bo'lgan Smax (maksimal kontsentratsiyasi) birinchi doza qabul qilinganidan keyin qon plazmasidagi 18 ng/ml ga teng maksimal kontsentratsiyasi bilan deyarli bir xil.
Domperidonning plazma oqsillari bilan bog'lanish darajasi - 91-93%.
Metabolizmi
Domperidon jigarda gidroksillizatsiya va N-dealkillizatsiya yo'llari bilan tez va ekstensiv metabolizmga uchraydi. Diagnostik ingibitorlarni qo'llash bilan o'tkazilgan in vitro sharoitida metabolizm tadqiqotlari shuni ko'rsatdiki, domperidonning N-dealkillizatsiya jarayonida ishtirok etuvchi CYP3A4 sitoxrom P450 tizimining asosiy izofermenti hisoblanadi, shu bilar bir qatorda, CYP300A4, CYP1A2 va CYP2E1 izofermentlari domperidonning aromatik gidroksillizatsiya jarayonida ishtirok etadi.
Chiqarilishi
Siydik va axlat bilan chiqarilishi ichga qabul qilingan dozaning muvofiq 31% va 66% ini tashkil etadi.
Preparatning o'zgarmagan holda chiqariladigan ulushi katta emas (axlat bilan 10% va siydik bilan taxminan 1%).
Bir martalik dozasi ichga qabul qilinganidan so'ng plazmadan yarim chiqarilish davri T1/2 sog'lom odamlarda 7-9 soatni tashkil etadi
Maxsus klinik holatlarda farmakokinetikasi
Og'ir darajadagi buyrak yetishmovchiligi bo'lgan bemorlarda domperidonning T1/2 uzayadi. Bunday patsiyentlarda (zardob kreatinini miqdori >6 mg/dl, ya'ni >0.6 mmolь/l) domperidonning yarim chiqarilish vaqti 7.4 soatdan 20.8 soatgacha uzayadi, lekin preparatning qon plazmasidagi kontsentratsiyasi normal buyrak funktsiyasiga ega odamlardagiga nisbatan pastroq bo'ladi.
Nojo'ya samaralar kelib chiqish uchrash-tezligi va a'zolar tizimidan kelib chiqqan holda keltirilgan: nojo'ya samaralar uchrash-tezligi quyidagicha tasniflanadi: juda tez-tez (> 1/10), tez-tez (> 1/100, <1/10) va kam hollarda (> 1/1000, <1/100), juda kam hollarda (> 1 / 10 000, <1/1000) va juda kam hollarda (<1/10 000, shu jumladan yakka holatlar).
Ovqat hazm qilish tizimi: juda kam hollarda – me'da-ichak buzilishlari; juda kam hollarda– ichak spazmlari, jigar funktsiyasining buzilishi.
Nerv tizimi: juda kam hollarda– ekstrapiramidal sindrom, tirishishlar, uyquchanlik, bosh og'rig'i. Ekstrapiramidal samaralar bolalarda va, ayrim hollarda kattalarda o'ta kam holatlarda uchraydi, ular to'liq qaytuvchan va preparat qabul qilish to'xtatilgandan so'ng yo'qoladi.
Psixik buzilishlar: juda kam hollarda– qo'zg'aluvchanlik, asabiylik. Tirishishlar, uyquchanlik va psixomotor qo'zg'alish kabi bunday nojo'ya samaralar juda kam hollarda yuzaga keladi va, asosan, bolalar va chaqaloqlarda kuzatiladi.
Immun tizimi: juda kam hollarda– anafilaktik reaktsiyalar, shu jumladan, anafilaktik shok, angionevrotik shish, allergik reaktsiyalar, eshakemi.
Endokrin tizimi: o'ta kam hollarda – gipofizning gematoentsefalik to'siqdan tashqarida joylashganligi tufayli plazmada prolaktin miqdorining oshishi, kam hollarda, bu giperprolaktinemiya, galaktoreya, amenoreya, ginekomastiya kabi neyroendokrin samaralarning paydo bo'lishini rag'batlantirishi mumkin.
Teri: juda kam hollarda – qichishish, toshma.
Domperidonni antatsid yoki antisekretor preparatlar bilan birgalikda qo'llashni ovqatdan oldin emas, balki ovqatdan keyin buyurish kerak. Domperidonning jigardagi yuqori darajadagi metabolizmini inobatga olgan holda, jigar yetishmovchiligida ehtiyotkorlik bilan qo'llash kerak. Preparatning juda kichik foizi o'zgarmagan holda buyraklar orqali chiqarilishi tufayli, buyrak yetishmovchiligi bo'lgan bemorlarda bir martalik dozaga tuzatish kiritish talab etilmaydi. Shunday bo'lsa ham, takroran qo'llanganda, qabul qilish uchrash-tezligi kasallikning og'irligiga bog'liq holda sutkada 1 yoki 2 mahalgacha kamaytirilishi kerak, shuningdek dozani pasaytirishga zaruriyat tug'ilishi ham mumkin. Uzoq muddatli davolashda, patsiyentlar holatini muntazam nazorat qilish kerak. Homiladorlik va emizish davri Homiladorlikda domperidon preparatini qo'llash bo'yicha ma'lumotlar yetarli emas. Hozirgi vaqtda inson rivojlanishidagi kasalliklar xavfi bo'yicha ma'lumotlar mavjud emas. Shunday bo'lsa ham, domperidonni homiladorlikda buyurish faqatgina ona uchun davolashdan kutilayotgan foyda homila uchun potentsial havfdan yuqori bo'lganda buyurish kerak. Ayollarda domperidon kontsentratsiyasi ko'krak sutida plazmadagi muvofiq kontsentratsiyaning 10-50%ni tashkil qiladi va 10 ng/ml dan oshmaydi. Maksimal ruxsat etilgan dozani qabul qilishda, ko'krak sutiga ajralib chiqadigan domperidonning umumiy miqdori sutkada 7 mkg dan kam bo'ladi. Ushbu miqdorning yangi tug'ilgan chaqaloqlarga salbiy ta'sir ko'rsatishi noma'lum. Shuning uchun, kerak holatda domperidon preparatini emizish davrida qo'llashni to'xtatish kerak. Avtotransportni haydash va mexanizmlarni boshqarish qobiliyatiga ta'siri Domperidon  avtotransportni haydash va texnika bilan ishlash qobiliyatiga ta'sir qilmaydi yoki ahamiyatsiz darajada ta'sir ko'rsatadi.
Ko'pincha me'dani bo'shashishini sekinlashishi, me'da-qizilo'ngach reflyuksi, ezofagit bilan assotsiyalanuvchi dispeptik simptomlar kompleksi:
qorinning pastgi qismida to'lib ketish xissi, erta to'yib qolish, qorin dam bo'lish xissi, qorinnng yuqori qismida og'riq;
kekirish, meteorizm;
ko'ngil aynishi, quyish;
jig'ildon qaynashi, me'da ichidagisini og'iz bo'shlig'iga chiqarib tashlanishi bilan yoki usiz jig'ildon qaynashida qo'llanadi.
Funktsional, organik, infektsion tabiatli hamda dori bilan davolash yoki parxez buzilishi orqali chaqirilgan ko'ngil aynishi va qusish. Parkinson kasalligida qo'llangan (levodopa va bromokriptin kabilar) holatlarda, dopamin agonistlari tomonidan chaqirilgan ko'ngil aynishi va qusishda qo'llaniladi.
- Gipofizning prolaktin ajratib chiqaruvchi o'smasi (prolaktinoma),
- ketokonazol, eritromitsin yoki flukonazol, vorikonazol, klaritromitsin, telitromitsin va amiodaron kabi QT oralig'ini uzaytiruvchi boshqa kuchli CYP3A4 ingibitorlarining peroral shakllarini birgalikda qo'llash;
- me'da-ichakdan qon ketishlari, mexanik ichak tutilishi (obstruktsiya) yoki me'da qisqarishini rag'batlantirish xavfi bo'lishi mumkin bo'lgan me'da-ichak yo'llari perforatsiyasi;
- 35 kg dan kichik tana vazni;
- preparat va uning komponentlarini ma'lum o'zlashtirolmaslik.
Jigar funktsiyasi buzilishlarida qo'llanilishi
Domperidon jigar yetishmovchiligi bo'lgan bemorlarga, domperidonning jigarda yuqori darajadagi metabolizmini inobatga olgan holda, ehtiyotkorlik bilan buyurilishi kerak.
Buyrak funktsiyasi buzilganda qo'llash
Buyraklar faoliyati buzilganda ehtiyotkorlik bilan qo'llash kerak.
Bolalar uchun qo'llanishi
Ko'rsatmalarga asosan bolalarda qo'llash mumkin.
Tana vazni 35 kg dan kam bo'lgan bolalarda qo'llash mumkin emas.
Domperidon kam hollarda nevrologik nojo'ya samaralar chaqirishi mumkin. Nevrologik nojo'ya samaralar xavfi kichik yoshdagi bolalarda yuqori, chunki moddalar almashinuvi funktsiyalari va GET hayotning ilk oylarida to'liq rivojlanmagan bo'ladi. Shuning uchun yangi tug'ilgan chaqaloqlar, 1 yoshgacha bo'lgan bolalar va boshlang'ich maktab yoshigacha bo'lgan bolalarga domperidon preparatining dozasini juda aniq hisoblash va ushbu dozaga qat'iy rioya qilish kerak. Nevrologik nojo'ya samaralar bolalarda dozani oshirib yuborish ortidan chaqirilishi mumkin, lekin bunday samaralarning boshqa ehtimoliy sabablarini ham inobatga olish kerak.
Antixolinergik preparatlar domperidon ta'sirini neytrallashi mumkin.
Simetidin yoki natriy bikarbonatni qabul qilgandan so'ng domperidon ichga qabul qilinganda, biokiraolishligi pasayadi.
Antatsid va antisekretor preparatlarni domperidon bilan bir vaqtda qabul qilish mumkin emas, chunki ular uning biokiraolishligini pasaytiradi.
Domperidon almashinuvida CYP3A4 izofermenti asosiy o'rinni egallaydi. In vitro tadqiqotlari natijalari va klinik tajriba shuni ko'rsatadiki, ushbu izofermentni ahamiyatli ingibitsiya qiluvchi preparatlarni bir vaqtda qabul qilish, plazmada domperidon kontsentratsiyasining oshishini chaqirishi mumkin. CYP3A4 ning kuchli ingibitorlari qatoriga: flukonazol*, itrakonazol, ketokonazol* va vorikonazol* kabi zamburug'larga qarshi azol preparatlar; makrolid antibiotiklar, masalan klaritromitsin* va eritromitsin*; ITV proteazasi ingibitorlari, masalan amprenavir, atanazavir, fosamprenavir, indinavir, nelfinavir, ritonavir va sakvinavir; diltiazem va verapamil kabi kalьtsiy antogonistlari; amiodaron*; aprepitant; nefazodon kiradi (yulduzcha bilan belgilangan preparatlar, undan tashqari QT oralig'ini ham uzaytiradi).
Sog'lom odamlarda domperidonning peroral qabul uchun ketokonazol va eritromitsin bilan farmakokinetik va farmakodinamik o'zaro ta'sirlashishi bo'yicha bir qator tadqiqotlarda ushbu preparatlar ahamiyatli darajada domperidonning CYP3A4 izofermenti tomonidan amalga oshiriladigan birlamchi metabolizmini ingitsiya qilish ko'rsatib berilgan.
10 mg domperidon sutkada 4 marta va 200 mg ketokonazol sutkada 2 mahal bir vaqtda qabul qilinganda, to'liq kuzatuv davri davomida QT oralig'ining o'rtacha 9,8 ms ga uzayishi kuzatilgan, alohida hollarda ko'rsatkich 1,2 dan 17,5 ms gacha o'zgarib turgan. 10 mg domperidon sutkada 4 marta va 500 mg eritromitsin sutkada 3 marta bir vaqtda qabul qilinganda, to'liq kuzatuv davri davomida QT oralig'ining o'rtacha 9,9 ms ga uzayishi kuzatilgan, alohida hollarda esa ko'rsatkich 1,6 dan 14,3 ms gacha o'zgarib turgan. Ushbu tadqiqotlarning har birida domperidonning maksimal kontsentratsiyasi (Cmax) va AUC taxminan 3 martaga oshgan.
Hozirgi vaqtda plazmada domperidonning yuqori kontsentratsiyalari QT oralig'ining o'zgarishiga qanday xissa qo'shishligi noma'lum.
Ushbu tadqiqotlarda domperidon monoterapiyasi (10 mg sutkada 4 marta) QT oralig'ining 1,6 ms (ketokonazol tadqiqoti) va 2,5 ms (eritromitsin tadqiqoti) ga uzayishiga olib kelgan, shu bilan bir qatorda kuzatuvning to'liq davri davomida ketokonazol monoterapiyasi (200 mg sutkada 2 marta) va eritromitsin monoterapiyasi (500 mg sutkada 3 marta) QT oralig'ini mos ravishda 3,8 va 49 ms sha uzayishga olib kelgan.
Boshqa tadqiqotlarda, statsionar sharoitda domperidon monoterapiyasi davomida ko'p karrali dozalarni sog'lom odamlarda qo'llashda, QT oralig'ining ahamiyatli uzayishi aniqlanmagan (40 mg sutkada 4 marta, umumiy kunlik doza 160 mg, bu maksimal kundalik dozadan 2 barobar ortiq). Bunda, plazmadagi domperidon kontsentratsiyalari domperidonni boshqa preparatlar bilan o'zaro ta'siri tadqiqotlaridagi qiymatlar bilan o'xshash bo'lgan.
Nazariy jihatdan (preparat gastrokinetik ta'sirga ega bo'lganligi tufayli) domperidon bir vaqtda qo'llanadigan peroral preparatlar, xususan, faol moddasining ajralib chiqishi sekinlashtirilgan peroral preparatlar yoki ichakda eruvchan qobiq bilan qoplangan preparatlarning so'rilishiga ta'sir ko'rsatishi mumkin. Lekin domperidonni paratsetamol yoki digoksin qabul qilayotgan bemorlarda qo'llash ushbu preparatlarning qondagi kontsentratsiyalariga ta'sir ko'rsatmaydi.
Domperedon preparatini, ularning ta'sirini kuchaytirmaydigan neyroleptiklar, dofaminergik retseptorlarning agonistlari (bromkriptin, levodopa) bilan bir vaqtda qo'llash mumkin, noxush periferik samaralari ovqat hazm bo'lishini buzilishi, ko'ngil aynishi va qusishni chaqiradigan preparatlar bilan bir vaqtda qo'llash mumkin, bunda u ularning asosiy xususiyatlariga ta'sir qilmasdan, noxush samaralarini susaytiradi.
Domperidon preparatini ovqatdan oldin qabul qilish tavsiya qilinadi, ovqatdan keyin qabul qilingan holatda domperidonning so'rilishi biroz sekinlashadi.
Preparatni shifokor tavsiyasiz to'xtovsiz qo'llash davomiyligi 28 kundan oshmasligi kerak.
Kattalar va tana vazni 35 kg va undan ortiq bo'lgan 12 yoshdan katta o'smir bolalar 
10-20 ml dan sutkada 3-4 marta. Maksimal sutkalik doza - 80 ml (80 mg).
Chaqaloqlar va 12 yoshgacha bo'lgan bolalar
1 kg tana vazniga 0,25-0.5 mg domperidon (0,25-0.5 ml suspenziya) sutkada 3-4 marta.
Maksimal sutkalik doza – 2,4 mg/kg, lekin 80 ml (80 mg) dan ko'p emas. 
Buyrak funktsiyasi buzilgan patsiyentlar
Domperidon T1/2 vaqti buyrak funktsiyasining og'ir buzilishlarida uzayishi tufayli, takroran qo'llanganda, Domperidon preparatini qabul qilish tez-tezligi buzilishning og'irligidan kelib chiqqan holda, sutkada 1-2 martagacha kamaytirilishi kerak, shuningdek doza ham pasaytirilishi mumkin. Uzoq muddatli davolashda bunday patsiyentlarni muntazam tekshirib turish lozim.
Jigar funktsiyasi buzilgan patsiyentlar
Domperidonni o'rta va og'ir darajadagi jigar funktsiyasining buzilishlarida qo'llash mumkin emas. Jigar funktsiyasining yengil buzilishlarida dozaga tuzatish kiritish talab etilmaydi.
Dozani oshirib yuborish simptomlari chaqaloqlar va bolalarda ko'p tarqalgan.
Dozani oshirib yuborish simptomlari – qo'zg'aluvchanlik, ong o'zgarishi, tirishishlar, dezoriyentatsiya, uyquchanlik va ekstrapiramidal reaktsiyalar.
Dozaning oshirib yuborilishi davolash
domperidonning spetsifik antidoti mavjud emas. Dozani oshirib yuborish holatida me'dani yuvish va faollashtirilgan ko'mir qabul qilish tavsiya etiladi. Patsiyent holatini sinchkov kuzatish va qo'llab-quvvatlovchi davolash o'tkazish tavsiya qilinadi.
Antixolinergik vositalar va parkinsonizmni davolash uchun qo'llaniladigan preparatlar yoki antigistamin preparatlar ekstrapiramid reaktsiyalar yuzaga kelganda samarali bo'lishi mumkin.
Homiladorlikda domperidon preparatini qo'llash bo'yicha ma'lumotlar yetarli emas.
Hozirgi vaqtda inson rivojlanishidagi kasalliklar xavfi bo'yicha ma'lumotlar mavjud emas.
Shunday bo'lsa ham, domperidonni homiladorlikda buyurish faqatgina ona uchun davolashdan kutilayotgan foyda homila uchun potentsial havfdan yuqori bo'lganda buyurish kerak.
Ayollarda domperidon kontsentratsiyasi ko'krak sutida plazmadagi muvofiq kontsentratsiyaning 10-50%ni tashkil qiladi va 10 ng/ml dan oshmaydi. Maksimal ruxsat etilgan dozani qabul qilishda, ko'krak sutiga ajralib chiqadigan domperidonning umumiy miqdori sutkada 7 mkg dan kam bo'ladi. Ushbu miqdorning yangi tug'ilgan chaqaloqlarga salbiy ta'sir ko'rsatishi noma'lum. Shuning uchun, kerak holatda domperidon preparatini emizish davrida qo'llashni to'xtatish kerak.

Fikr qoldirish
Baho:
              
Matnni kiriting

Ismingiz
Fikr-mulohazangiz moderator tekshiruvidan so'ng nashr etiladi

Mahsulot bo'yicha savolingiz bormi?

Savol qoldirish

Mulohazalar

NOVEKS DOMPERIDON suspenziya 120ml 1mg/ml dori vositasi O'zbekiston dori vositalari reestrida ro'yxatdan o'tganmi?
Ha, preparat O'zbekiston dori vositalari reestrida ro'yxatdan o'tgan.
NOVEKS DOMPERIDON suspenziya 120ml 1mg/ml dori vositasi ishlab chiqaruvchisi kim va u qaysi davlatda ishlab chiqarilgan?
NOVEKS DOMPERIDON suspenziya 120ml 1mg/ml dori vositasi Herbion Pakistan (PVT) Ltd tomonidan Пакистан mamlakatida ishlab chiqarilgan.
NOVEKS DOMPERIDON suspenziya 120ml 1mg/ml dori vositasi resept bo’yicha sotiladimi?
NOVEKS DOMPERIDON suspenziya 120ml 1mg/ml dori vositasi resept bo'yicha sotilmaydi.

Analoglar
MOTINORM tomchilar dlya priema vnutr 5ml
DOMRID suspenziya 60ml 1mg/ml
  • Ishlab chiqarilish joyi: Ukraina
  • Faol modda: Домперидон ko'proq ko'rsatish
  • Ishlab chiqaruvchi: Kusum Healthcare Pvt. Ltd.
  • Vakil: Kusum
MOTINORM tabletkalari 10mg N100
  • Ishlab chiqarilish joyi: Hindiston
  • Faol modda: Домперидон ko'proq ko'rsatish
  • Ishlab chiqaruvchi: Medley Pharmaceuticals Limited
MOTINORM tabletkalari 10mg N30
MOTINORM 10mg N10
  • Ishlab chiqarilish joyi: Hindiston
  • Faol modda: Домперидон ko'proq ko'rsatish
  • Ishlab chiqaruvchi: Medley Pharmaceuticals Ltd.
MOTINORM sirop 30ml 5mg/5ml
DOPROKIN tabletkalari 10mg N20
  • Ishlab chiqarilish joyi: Turkiya
  • Faol modda: Домперидон ko'proq ko'rsatish
  • Ishlab chiqaruvchi: World Medicine Ilaс San. Ve Tic. A.S.
Narh: 54 000 so'mdan Batafsil
MOTONIUM tabletkalari 10mg N30
  • Ishlab chiqarilish joyi: Rossiya
  • Faol modda: Домперидон ko'proq ko'rsatish
  • Ishlab chiqaruvchi: АВВА РУС АО
Narh: 36 000 so'mdan Batafsil
Ishlab chiqaruvchining dorilari
Narh: 34 000 so'mdan Batafsil
Narh: 22 000 so'mdan Batafsil
Narh: 21 800 so'mdan Batafsil
Narh: 30 000 so'mdan Batafsil
Narh: 74 500 so'mdan Batafsil
Narh: 25 200 so'mdan Batafsil
Narh: 38 000 so'mdan Batafsil
Narh: 20 000 so'mdan Batafsil
Narh: 17 900 so'mdan Batafsil
Narh: 84 000 so'mdan Batafsil
Narh: 20 200 so'mdan Batafsil
Narh: 73 900 so'mdan Batafsil
Narh: 33 000 so'mdan Batafsil
NOVEKS AMBROKSOL sirop 120ml 15mg/5ml
Narh: 25 800 so'mdan Batafsil
Narh: 68 000 so'mdan Batafsil
Narh: 57 000 so'mdan Batafsil
Narh: 22 000 so'mdan Batafsil
Narh: 16 000 so'mdan Batafsil
Narh: 30 000 so'mdan Batafsil
Narh: 21 000 so'mdan Batafsil
Narh: 25 000 so'mdan Batafsil
NOVEKS SETIRIZIN tabletkalari 10mg N10
Narh: 18 500 so'mdan Batafsil
Narh: 25 000 so'mdan Batafsil
Narh: 23 000 so'mdan Batafsil
Другие формы препарата
NOVEKS AMBROKSOL sirop 120ml 15mg/5ml
NOVEKS AMBROKSOL sirop 90ml 15mg/5ml
NOVEKS SETIRIZIN sirop 60ml 5mg/5ml N1
NOVEKS SETIRIZIN tabletkalari 10mg N10
  • A
  • B
  • D
  • E
  • F
  • G
  • H
  • I
  • J
  • K
  • L
  • M
  • N
  • O
  • P
  • Q
  • R
  • S
  • T
  • U
  • V
  • X
  • Y
  • Z
  • Ch
  • Sh
  • 0-9