×
×

Mahsulotning ko'rinishi saytdagi rasmdan farq qilishi mumkin.

OFLOD inyeksiya uchun eritma 100ml 200mg/100ml N1

Kategoriya:
- Antibiotiklar
Ishlab chiqarilish joyi:
- Hindiston
Faol modda:
Офлоксацин
Qadoqda soni:
- 1
Ishlab chiqaruvchi:
- Ultra Laboratoires Pvt. Ltd.
ATX kodi:
- J01MA01
Noaniqliq haqida habar berish

O'xshash dorilar

OFLODEKS infuziya uchun eritma 100ml 2mg/ml Parenteral Drugs (India) Ltd Hindiston
27 700 s`om dan
SIPROFLOKSASIN tabletkalari 500mg N10 Борисовский Завод МП ОАО Belarusiya
5 200 s`om dan
SEFTRI tabletkalari 200mg N10 BKRS Pharma Pvt. Ltd. Hindiston
50 400 s`om dan
LEVON inyeksiya uchun eritma 100ml 500mg/100ml Bion Healthcare, Индия произведено: Eurolife Healthcare Pvt. Ltd Hindiston
52 000 s`om dan
Mahsulot haqida tafsilotlar
Saytda e'lon qilingan ma'lumotlar mutaxassislar uchun mo'ljallangan. O'zingizni-o'zingiz davolash bilan shug'ullanmang. Sog'lig'ingizga zarar bermaslik uchun mutaxassis bilan maslahatlashishga ishonch hosil qiling!
OFLOD inyeksiya uchun eritma 100ml 200mg/100ml N1 qo'lanishi bo'yicha ko'rsatmalar

QO‘LLASH BO‘YICHA YO‘RIQNOMA

OFLOD

 

Preparatning savdo nomi: Oflod

Ta‘sir etuvchi modda (XPN): ofloksasin

Dori shakli: Infuziya uchun eritma

Tarkibi:

Har bir 100 ml quyidagilarni saqlaydi:

Faol modda: Ofloksasin – 200 mg.

Yordamchi moddalar: natriy xloridi, EDTA dinatriy, tozalangan suv.

Ta‘rifi: Och sariq rangli, yashil tusli, tiniq eritma

Farmakoterapevtik guruhi: ftorxinolonlar guruhi  mikroblarga qarshi vosita.

ATX kodi: J01MA01

 

Farmakologik xususiyatlari:

Ftorxinolonlar guruhiga mansub, keng ta‘sir doirasiga ega mikroblarga qarshi vosita, yuqori spiralizasiyani va shu yo‘l bilan bakteriyalarning DNK sining barqarorligini ta‘minlovchi bakteriyalarning DNK giraza fermentiga ta‘sir ko‘rsatadi (DNK zanjirlarining barqarorligini buzilishi bakteriyalarni o‘limiga olib keladi). Bakterisid ta‘sir ko‘rsatadi. Beta-laktamazani ishlab chiqaruvchi mikroorganizmlar va tez o‘suvchi atipik mikobakteriyalarga nisbatan faol. Unga sezgir mikroorganizmlar: Staphylococcus aureus, Staphylococcus epidermidis, Neisseria gonorrhoeae, Neisseria meningitides, Escherichia coli, Citrobacter spp., Klebsiella spp. (shu jumladan Klebsiella pneumonia), Enterobacter spp., Hafnia spp., Proteus spp. (shu jumladan Proteus mirabilis, Proteus vulgaris – indol-musbat va indol-manfiy), Salmonella spp., Shigella spp. (shu jumladan Shigella sonnei), Yersinia enterolytica, Campilobacter jejuni, Aeromonas hydrophila, Vibrio cholerae, Vibrio parahaemolyticus, Haemophilus influenzae, Chlamydia spp., Legionella spp., Serratia spp., Providencia spp., Haemophilus ducreyi, Bordetella parapertussis, Bordetella pertussis, Moraxella catarrhalis, Propionibacterium acne, Brucella spp. Preparatga turli sezgirlikka ega: Enterococcus faecalis, Streptococcus pneumoniae, Streptococcus pyogenes, Streptococcus viridans, Serratio marcescens, Pseudomonas aeruginosa, Acinetobacter spp., Mycoplasma hominis, Mycoplasma pneumoniae, Mycobacterium tuberculosis, Mycobacterium fortuitum, Ureaplasma urealyticum, Clostridium perfringens, Corynebacterium spp., Helicobacter pylori, Listeria monocytogenes, Gardnerella vaginalis.

Ko‘pchilik hollarda preparatga sezgir bo‘lmagan mikroorganizmlar: Nocardia asteroides, anaerob bakteriyalar (masalan, Bacteroides spp., Peptococcus spp., Peptostreptococcus spp., Eubacter spp., Fusobacterium spp., Clostridium difficile). Treponema pallidum ga ta‘sir qilmaydi.

 

Farmakokinetikasi

200 mg ofloksasinni bir marta vena ichiga 60 minutli infuziyasidan so‘ng, plazmadagi o‘rtacha maksimal konsentrasiyasi 2,7 mkg/ml ni tashkil qiladi; yuborilganidan so‘ng 12 soatdan keyin konsentrasiya 0,3 mkg/ml ga teng bo‘ladi. Muvozanatli konsentrasiyalarga to‘rtta doza yuborilganidan so‘ng erishiladi.

O‘rtacha cho‘qqi va minimal muvozanatli konsentrasiyalarga 200 mg ofloksasin 7 kun davomida har 12 soatda vena ichiga yuborilganidan so‘ng erishiladi va muvofiq ravishda 2,9 va 0,5 mkg/ml ni tashkil qiladi.

Ofloksasin organizmning to‘qimalariga (bronxial sekretga, safroga, ko‘z yoshi va orqa miya suyuqligiga, prostata beziga, siydikka) yaxshi o‘tadi. Jigarda (5%) metabolizmga uchraydi.

Ofloksasinning yarim chiqarilish davri 6-7 soatga teng. Buyrak orqali o‘zgarmagan holda 80%, taxminan 4% safro bilan, faol moddaning ozgina qismi  gachasi chiqariladi, faol moddaning oz miqdori me‘da-ichak yo‘llari orqali chiqariladi.

200 mg dozada bir marta yuborilgandan keyin siydikda 20-24 soat davomida aniqlanadi.

Qo‘llanilishi

Ofloksasinga sezgir mikroorganizmlar tomonidan chaqirilgan quyidagi infeksion-yallig‘lanish kasalliklarini:

  • Quyi nafas yo‘llarining infeksiyalari (bronxit, pnevmoniya), pnevmokokk infeksiyasi holatlari yoki unga shubha qilingan holatlar bundan istisno (Streptococcus pneumonia ning ayrim shtammlari ofloksasinga faqat qisman sezgirdir, shuning uchun ushbu qo‘zg‘atuvchi chaqirgan kasalxonadan tashqari pnevmoniyada birinchi qator preparati sifatida foylanilmasligi lozim);
  • LOR-a‘zolari infeksiyalari (sinusit, faringit, o‘rta otit, laringit, traxeit) β-gemolitik streptokokklar chaqirgan o‘tkir tonzilit bundan istisno (β-gemolitik streptokokklarning ayrim shtammlari ofloksasinga faqat qisman sezgirdir, shuning uchun β-gemolitik streptokokklar chaqirgan o‘tkir tonzilitda birinchi qator preparati sifatida foylanilmasligi lozim);
  • teri va yumshoq to‘qimalarning;
  • suyaklar (osteitlar, osteomielitlar) vabo‘g‘imlarning infeksiyalari;
  • qorin bo‘shlig‘ining a‘zolari va o‘t chiqarish yo‘llarining infeksiyalari
  • buyrak va quyi siydik chiqarish yo‘llarining, prostata bezi infeksiyalari va uretralar;
  • jinsiy a‘zolar va kichik chanoq a‘zolarining infeksiyalari (pelvioperitonit, endometrit, salpingit, ooforit, to‘mtoq ovalli absesslar);
  • septisemiya
  • immun holati buzilgan bemorlardagi infeksiyalarni oldini olishda qo‘llaniladi.

 

Qo‘llash usuli va dozalari

Vena ichiga tomchilab yuboriladi. Dozalar infeksiyani joylashishi va kechishini og‘irligiga, shuningdek mikroorganizmlarning sezgirligi, bemorning umumiy holati hamda jigar va buyrakning funksiyasiga qarab shaxsiy tanlanadi.

Vena ichiga tomchilab yuborishni 200 mg li bir martalik dozadan boshlanadi, u 30-60 minut davomida asta-sekin yuboriladi.

Bemorning holati yaxshilanganida xudi shu sutkalik dozada preparatni peroral qabul qilishga o‘tiladi.

Siydik chiqarish yo‘llarining infeksiyalari – 100 mg sutkada 1-2 marta, buyrak va jinsiy a‘zolarning infeksiyalari – 100 mg dan 200 mg gacha sutkada 2 marta, nafas yo‘llari, shuningdek LOR-a‘zolarining infeksiyalari, teri va yumshoq to‘qimalarning infeksiyalari, suyak va bo‘g‘imlarning infeksiyalari, qorin bo‘shlig‘ining infeksiyalari, bakterial enterit, septik infeksiyalarda – 200 mg dan sutkada 2 marta. Zarurat tug‘ilganida doza sutkada 2 marta 400 mg gacha oshiriladi.

Immunitetini yaqqol pasayishi bo‘lgan bemorlarda infeksiyalarni oldini olish uchun sutkada – 400-600 mg dan.

Gemodializda va peritoneal dializda – 100 mg dan har 24 soatda. Jigar yetishmovchiligida maksimal sutkalik doza – sutkada 400 mg.

Buyrak funksiyasini buzilishi (kreatinin klirensi (KK) minutiga 20 dan 50 ml gacha) bo‘lgan pasientlarda qo‘llashlar soni sutkada 2 marta bo‘lganida bir martalik doza o‘rtacha dozaning 50% ni tashkil etishi lozim yoki to‘liq bir martalik doza sutkada 1 marta yuboriladi. KK minutiga 20 ml dan kam bo‘lganida bir martalik boshlang‘ich doza – 200 mg, so‘ngra – kun ora sutkada 100 mg ni tashkil qiladi.

 

Nojo‘ya ta‘sirlari

Ovqat hazm qilish tizimi tomonidan: gastralgiya, ishtahani pasayishi, ko‘ngil aynishi, diareya, meteorizm, qorinda og‘riqlar, «jigar» transaminazalari faolligini oshishi, giperbilirubinemiya, xolestatik sariqlik, soxtamembranoz kolit.

Nerv tizimi tomonidan: bosh og‘rig‘i, bosh aylanishi, harakatlarning ishonchsizligi, tremor, tirishishlar, oyoqlarni uvishishi va pareteziyalar, ko‘p tush ko‘rish, “dahshatli” tush ko‘rish, psixotik reaksiyalar, bezovtalik, qo‘zg‘alish holati, fobiyalar, depressiya, ongni chalkashishi, gallyusinasiyalar, bosh miya ichki bosimini oshishi.

Tayanch-harakat apparati tomonidan: tendinit, mialgiyalar, artralgiya, tendosinovit, paylarni uzilishi.

Sezgi a‘zolari tomonidan: rang ilg‘ashni buzilishi, diplopiya, ta‘m, hid sezishni, eshitish va muvozanatni buzilishi.

Yurak-tomir tizimi tomonidan: taxikardiya, kollaps, arterial bosimni pasayishi (arterial bosim keskin pasayganida yuborish to‘xtatiladi).

Allergik reaksiyalar: teri toshmasi, qichishish, eshakemi, allergik pnevmonit, allergik nefrit, eozinofiliya, isitma, angionevrotik shish, bronxospazm; ko‘pshaklli eksudativ eritema (shu jumladan, Stivens-Djonson sindromi) va toksik epidermal nekroliz (Layell sindromi), vaskulit,  anafilaktik shok.

Teri qoplamlari tomonidan: nuqtali qon quyilishlari (petexiyalar), bullyoz gemorragik dermatit, tomirlarni shikastlanishidan dalolat beruvchi po‘stloqli papulyoz toshma (vaskulit).

Qon yaratish a‘zolari tomonidan: leykopeniya, agrunalositoz, anemiya, trombositopeniya, pansitopeniya, gemolitik va aplastik anemiya.

Siydik chiqarish tizimi tomonidan: o‘tkir interstisial nefrit, buyrak funksiyasini buzilishi, giperkreatininemiya, mochevina konsentrasiyasini  oshishi.

Boshqalar: ichak disbakteriozi, superinfeksiya, fotosensibilizasiya, gipoglikemiya (qandli diabeti bo‘lgan bemorlarda), vaginit.

Mahalliy reaksiyalar: og‘riq, yuborilgan joyda giperemiya, tromboflebit kuzatilishi mumkin.

 

Qo‘llash mumkin bo‘lmagan holatlar

O‘ta yuqori sezuvchanlik, glyukozo-6-fosfatdegitrogenaza tanqisligi, tutqanoq (shu jumladan anamnezdagi), tirishish bo‘sag‘asini pasayishi (shu jumladan bosh miya jarohati, insult yoki markaziy nerv tizimidagi yallig‘lanish jarayonlaridan so‘ng); 18 yoshgacha bo‘lgan bemorlar (skeletni o‘sishi hali to‘xtamagan), homiladorlik, laktasiya davri, ilgari ftorxinolonlar bilan davolash o‘tkazilganida paylarni yirtilishida qo‘llash mumkin emas.

 

Dorilarning o‘zaro ta‘siri

Teofillinning klirensini 25% ga pasaytiradi (bir vaqtda qo‘llanganida teofillinning dozasini kamaytirish lozim).

Plazmada glibenklamidning konsentrasiyasini oshiradi. Simetidin, furosemid, metotreksat va buyrak naychalari sekresiyasini bloklovchi preparatlar – plazmada ofloksasinning konsentrasiyasini oshiradi.

K vitaminining antagonistlari bilan bir vaqtda qabul qilinganida, qon ivish tizimi holatini nazoratini amalga oshirish lozim.

Nosteroid yallig‘lanishga qarshi preparatlar, nitroimidazol va metilksantinlarning hosilalari bilan birga buyurilganida, neyrotoksik samaralarni rivojlanishi xavfi oshadi.

Glyukokortikosteroidlar bilan bir vaqtda buyurilganida, ayniqsa keksa odamlarda, paylarni uzilish xavfi oshadi.

Siydikni ishqoriylashtiradigan dori vositalari (karboangidraza ingibitorlari, sitratlar, natriy gidrokarbonati) bilan birga buyurilganida kristalluriyani va nefrotoksik samaralarning xavfi oshadi.

Quyidagi infuzion eritmalar bilan mutanosib: 0,9% li natriy xloridi eritmasi, Ringer eritmasi, fruktozaning 5% li eritmasi, dekstrozaning 5% li eritmasi.

Geparin bilan, presipitasiya xavfi tufayli aralashtirish mumkin emas.

Ftorxinolonlar bilan birga buyurilganda, QT intervalini uzayishi kuzatiladi.

 

Maxsus ko‘rsatmalar:

Pnevmokokklar tomonidan chaqirilgan pnevmoniyada tanlov preparati bo‘lib hisoblanmaydi.

O‘tkir tonzillitni davolashda qo‘llanmaydi.

Quyosh nurlari yoki ultrabinafsha nurlanish (simob-kvarsli lampalar, solyariy) ta‘sirida bo‘lish tavsiya etilmaydi.

Markaziy nerv tizimi tomonidan nojo‘ya ta‘sirlar, allergik reaksiyalar, soxtamembranoz kolit paydo bo‘lgan hollarda preparatni bekor qilish kerak. Kolonoskopik va/yoki gistologik jihatdan isbotlangan soxtamembranoz kolitda, vankomisin va metronidazolni peroral buyurish ko‘rsatilgan.

Ofloksasin qo‘llanganida kam hollarda yuz beradigan tendinit, ayniqsa keksa pasientlarda, paylarni uzilishiga (asosan axillov payini) olib kelishi mumkinligini hisobga olish lozim. Tendinit belgilari paydo bo‘lgan hollarda, zudlik bilan davolashni to‘xtatish, axillov payini immobilizasiya qilish va ortoped bilan maslahatlashish lozim.

Davolanish davrida etanol iste‘mol qilish mumkin emas.

Preparat qo‘llanganida, molochnisani rivojlanishini yuqori xavfi tufayli, ayollarga gigienik tamponlarni ishlatish tavsiya etilmaydi.

Davolanish fonida miasteniyaning kechishini yomonlashishi, moyil pasientlarda porfiriya xurujlarini tezlashishi yuz berishi mumkin.

Tuberkulezning bakteriologik diagnostikasida soxta manfiy natijalarga olib kelishi mumkin (Mycobacterium tuberculosis ni ajratib chiqarilishiga to‘sqinlik qiladi).

Jigar yoki buyrak funksiyasini buzilishi bo‘lgan bemorlarda ofloksasinning plazmadagi konsentrasiyasini nazorat qilib turish kerak. Og‘ir buyrak va jigar yetishmovchiligida zaharli samaralarni rivojlanish xavfi oshadi.

Davolanish davrida avtotransportni xaydash va diqqatni yuqori jamlashni hamda psixomotor reaksiyalarning tezligini talab etuvchi potensial xavfli faoliyat turlari bilan shug‘ullanishda ehtiyotkorlikka rioya qilish lozim.

 

Homiladorlik va emizish davrida qo‘llanilishi

Homiladorlikda ofloksasinni qo‘llash mumkin emas.

Ofloksasinni ko‘krak sutiga chiqarilishi tufayli, bola uchun xavf sababli preparatni emizikli ayollarda qo‘llash mumkin emas. Preparatni qo‘llanilishining majburiy zarurati holatida ushbu vaqtda emizishni to‘xtatish lozim.

Dozani oshirib yuborilishi:

Simptomlari: bosh aylanishi, ongni chalkashishi, tormozlanish, dezorientasiya, tirishishlar, uyquchanlik, qusish, shilliq qavatlarning ta‘sirlanishi simptomlari.

Davolash: jadallashgan diurez, simptomatik davolash.

 

Chiqarilish shakli

100 ml preparat plastik flakonda. Bir flakon qo‘llash bo‘yicha yo‘riqnomasi bilan birga karton korobkada.

 

Saqlash sharoiti

Quruq, yorug‘likdan himoyalangan, 25°S dan yuqori bo‘lmagan haroratda. Bolalar ololmaydigan joyda saqlansin.

 

Yaroqlilik muddati

3 yil.

 

Dorixonalardan berish tartibi

Shifokor resepti bo‘yicha.

 

Ulashish:

Fikr qoldirish
Baho:
              
Matnni kiriting

Ismingiz
Fikr-mulohazangiz moderator tekshiruvidan so'ng nashr etiladi

Mahsulot bo'yicha savolingiz bormi?

Savol qoldirish

Mulohazalar

OFLOD inyeksiya uchun eritma 100ml 200mg/100ml N1 dori vositasi O'zbekiston dori vositalari reestrida ro'yxatdan o'tganmi?
Ha, preparat O'zbekiston dori vositalari reestrida ro'yxatdan o'tgan.
OFLOD inyeksiya uchun eritma 100ml 200mg/100ml N1 dori vositasi ishlab chiqaruvchisi kim va u qaysi davlatda ishlab chiqarilgan?
OFLOD inyeksiya uchun eritma 100ml 200mg/100ml N1 dori vositasi Ultra Laboratoires Pvt. Ltd. tomonidan Hindiston mamlakatida ishlab chiqarilgan.
OFLOD inyeksiya uchun eritma 100ml 200mg/100ml N1 dori vositasi resept bo’yicha sotiladimi?
OFLOD inyeksiya uchun eritma 100ml 200mg/100ml N1 dori vositasi resept bo'yicha sotiladigan dori

Analoglar
OKVINOV infuziya uchun eritma 100ml 2mg/ml
ROFLOKSAN infuziya uchun eritma 100ml 2mg/ml
  • Ishlab chiqarilish joyi: Turkiya
  • Faol modda: Офлоксацин ko'proq ko'rsatish
  • Ishlab chiqaruvchi: Rotapharm Ilaclari Limited Sirketi, Турция произведено: Mefar Ilac Sanayii A.S.
  • Vakil: Rotapharm
Narh: 41 800 so'mdan Batafsil
FLOKSUROL OFTALMO ko'z tomchilari 5ml 0,3%
YUNIFLOKS ko'z tomchilari i ushnie 10ml 3mg/ml
  • Ishlab chiqarilish joyi: Slovakiya Respublikasi
  • Faol modda: Офлоксацин ko'proq ko'rsatish
  • Ishlab chiqaruvchi: Unimed Pharma spol. S.r.o.
ROFLOKSAN tabletkalari 200mg N10
  • Ishlab chiqarilish joyi: Misr
  • Faol modda: Офлоксацин ko'proq ko'rsatish
  • Ishlab chiqaruvchi: Rotapharm Limited, Великобритания произведено: SEDICO Pharmaceutical Co.
ROFLOKSAN tabletkalari 400mg N10
  • Ishlab chiqarilish joyi: Turkiya
  • Faol modda: Офлоксацин ko'proq ko'rsatish
  • Ishlab chiqaruvchi: Rotapharm Ilaclari Limited Sirketi, Турция произведено: World Medicine Ilaс San. Ve Tic. A.S.
  • Vakil: Rotapharm
OFLOKORT infuziya uchun eritma 100ml 200mg/100ml
  • Ishlab chiqarilish joyi: Hindiston
  • Faol modda: Офлоксацин ko'proq ko'rsatish
  • Ishlab chiqaruvchi: Remedy Group СП OOO
OFLOKSASIN tabletkalari 400mg N10
  • Ishlab chiqarilish joyi: Rossiya Federatsiyasi
  • Faol modda: Офлоксацин ko'proq ko'rsatish
  • Ishlab chiqaruvchi: Синтез, ОАО
OFLOKSASIN tabletkalari 200mg N10
  • Ishlab chiqarilish joyi: Rossiya Federatsiyasi
  • Faol modda: Офлоксацин ko'proq ko'rsatish
  • Ishlab chiqaruvchi: Синтез, ОАО
OFLOKSASIN infuziya uchun eritma 100ml 2mg/ml
  • Ishlab chiqarilish joyi: O'zbekiston
  • Faol modda: Офлоксацин ko'proq ko'rsatish
  • Ishlab chiqaruvchi: Синтез, ОАО
Narh: 8 000 so'mdan Batafsil
YUNIFLOKS ko'z tomchilari i ushnie 5ml 3mg/ml
  • Ishlab chiqarilish joyi: Slovakiya Respublikasi
  • Faol modda: Офлоксацин ko'proq ko'rsatish
  • Ishlab chiqaruvchi: Unimed Pharma spol. S.r.o.
IZIOFLOKS infuziya uchun eritma 100ml 2mg/ml
SINOFLOKS NEO eritma 100ml 200mg/100ml
  • Ishlab chiqarilish joyi: O'zbekiston
  • Faol modda: Офлоксацин ko'proq ko'rsatish
  • Ishlab chiqaruvchi: Remedy Group СП OOO
Narh: 39 000 so'mdan Batafsil
FLOKSUROL infuziya uchun eritma 100ml 0,2%
POLIMIK tabletkalari N10
  • Ishlab chiqarilish joyi: Hindiston
  • Faol modda: Офлоксацин ko'proq ko'rsatish
  • Ishlab chiqaruvchi: Kusum Healthcare Pvt. Ltd.
  • Vakil: Kusum
Narh: 43 700 so'mdan Batafsil
OFLOSTAT NEO infuziya uchun eritma 100ml 200mg/100ml
  • Ishlab chiqarilish joyi: O'zbekiston
  • Faol modda: Офлоксацин ko'proq ko'rsatish
  • Ishlab chiqaruvchi: Remedy Group СП OOO
OFLOKSIM infuziya uchun eritma 100ml
  • Ishlab chiqarilish joyi: O'zbekiston
  • Faol modda: Офлоксацин ko'proq ko'rsatish
  • Ishlab chiqaruvchi: Samarkand England Ecomedical, СП ООО
OFLOKS 200 tabletkalari 200mg N20
  • Ishlab chiqarilish joyi: Eron
  • Faol modda: Офлоксацин ko'proq ko'rsatish
  • Ishlab chiqaruvchi: Exir Pharmaceutical Co.
MR OFLODIK infuziya uchun eritma 100ml 2mg/ml
  • Ishlab chiqarilish joyi: O'zbekiston
  • Faol modda: Офлоксацин ko'proq ko'rsatish
  • Ishlab chiqaruvchi: Merrymed Farm, ООО
OFLODEKS infuziya uchun eritma 100ml 2mg/ml
  • Ishlab chiqarilish joyi: Hindiston
  • Faol modda: Офлоксацин ko'proq ko'rsatish
  • Ishlab chiqaruvchi: Parenteral Drugs (India) Ltd
Narh: 27 700 so'mdan Batafsil
OPLEKS infuziya uchun eritma 100ml 200mg/100ml
  • Ishlab chiqarilish joyi: O'zbekiston
  • Faol modda: Офлоксацин ko'proq ko'rsatish
  • Ishlab chiqaruvchi:
KAFRA tabletkalari 400mg N5
  • Ishlab chiqarilish joyi: Gruziya
  • Faol modda: Офлоксацин ko'proq ko'rsatish
  • Ishlab chiqaruvchi: GM Pharmaceuticals Ltd.
  • Vakil: GMP
AKSAFLOKS infuziya uchun eritma 100ml 200mg/100ml
  • Ishlab chiqarilish joyi: Hindiston
  • Faol modda: Офлоксацин ko'proq ko'rsatish
  • Ishlab chiqaruvchi: Axa Parenterals Ltd
ROFLOKSAN tabletkalari 200mg N10
  • Ishlab chiqarilish joyi: Turkiya
  • Faol modda: Офлоксацин ko'proq ko'rsatish
  • Ishlab chiqaruvchi: Rotapharm Ilaclari Limited Sirketi, Турция произведено: World Medicine Ilaс San. Ve Tic. A.S.
  • Vakil: Rotapharm
Ishlab chiqaruvchining dorilari
AMINO S infuziya uchun eritma 250ml N8
  • Ishlab chiqarilish joyi: Hindiston
  • Ishlab chiqaruvchi: Ultra Laboratoires Pvt. Ltd.
AMINO S infuziya uchun eritma 100ml N12
  • Ishlab chiqarilish joyi: Hindiston
  • Ishlab chiqaruvchi: Ultra Laboratoires Pvt. Ltd.
METRONIDAZOL inyeksiya uchun eritma 100ml 500mg/100ml
Narh: 3 000 so'mdan Batafsil
LEVODEKS 500 tabletkalari 500mg N6
LEVODEKS 250 tabletkalari 250mg N6
LEVODEKS eritma 100ml 500mg/100ml
Narh: 31 500 so'mdan Batafsil
ULTRAZIDIM poroshok 1,0g
Narh: 35 500 so'mdan Batafsil
LEVOTIN tabletkalari 5mg N10
FERUMFOL tabletkalari N30
Narh: 38 100 so'mdan Batafsil
FEREKS inyeksiya uchun eritma 5ml 20mg/ml N5
Narh: 85 000 so'mdan Batafsil
FLYUKOKS tabletkalari 150mg N1
Narh: 4 000 so'mdan Batafsil
ULTRASEF poroshok 1,0g N1
Narh: 21 000 so'mdan Batafsil
ULTRAN inyeksiya uchun eritma 2ml 50mg/2ml N5
Narh: 38 500 so'mdan Batafsil
NIMILID tabletkalari N100
Narh: 41 900 so'mdan Batafsil
AMINO S infuziya uchun eritma 500ml N6
  • Ishlab chiqarilish joyi: Hindiston
  • Ishlab chiqaruvchi: Ultra Laboratoires Pvt. Ltd.
SEFPOD tabletkalari 200mg N10
Narh: 54 000 so'mdan Batafsil
SEFPOD tabletkalari 100mg N100
RABIP 20 tabletkalari 20mg N10
LEVOTIN tabletkalari 5mg N100
BEBISAN sirop 100ml
Narh: 23 000 so'mdan Batafsil
RABIP 10 tabletkalari 10mg N100
RABIP 10 tabletkalari 10mg N10
ULTRAPIM poroshok 1g
Narh: 45 000 so'mdan Batafsil
ULTRAPENEM poroshok 1g N1
  • A
  • B
  • D
  • E
  • F
  • G
  • H
  • I
  • J
  • K
  • L
  • M
  • N
  • O
  • P
  • Q
  • R
  • S
  • T
  • U
  • V
  • X
  • Y
  • Z
  • Ch
  • Sh
  • 0-9