×
×

Mahsulotning ko'rinishi saytdagi rasmdan farq qilishi mumkin.

Ofloks tabletkalari 200mg N10

Kategoriya:
- Antibiotiklar
Faol modda:
Офлоксацин
Qadoqda soni:
- 10
Vakil:
- Farmasintez
ATX kodi:
- J01MA01 Офлоксацин
Noaniqliq haqida habar berish

O'xshash dorilar

SEFAZOLIN poroshok 1,0g Биосинтез, ПАО Rossiya
2 500 s`om dan
AZITRUS kapsulalar 250mg N6 Синтез АКОМПиИ,ОАО ("Синтез" ОАО) Rossiya
10 000 s`om dan
SEFVIN tabletkalari 500mg N10 Mediwin Pharmaceuticals Hindiston
91 800 s`om dan
Mahsulot haqida tafsilotlar
Saytda e'lon qilingan ma'lumotlar mutaxassislar uchun mo'ljallangan. O'zingizni-o'zingiz davolash bilan shug'ullanmang. Sog'lig'ingizga zarar bermaslik uchun mutaxassis bilan maslahatlashishga ishonch hosil qiling!
Infuziya uchun eritma 2 mg/ml. 

Preparat 100 ml dan qopqoqli yoki qopqoqsiz polietilen flakonlarda chiqariladi. 

1 flakon preparatning tibbiyotda qo'llanilishiga doir yo'riqnomasi bilan birga karton yoki xrom-erzas qutiga joylanadi. 

1 dan 96 gacha sondagi flakonlar alohida o'ramlarsiz tegishli miqdordagi tibbiyotda qo'llanilishiga doir yo'riqnomalari bilan birga gofrilangan karton qutiga (kasalxonalar uchun) joylanadi.

1 ml eritma quyidagilarni saqlaydi: 

faol modda: ofloksasin – 2,0 mg; 

yordamchi moddalar: natriy xloridi – 9,0 mg, in'ektsiya uchun suv – 1 ml gacha. 

Nazariy osmolyarligi – 313 mosm/l.

Ofloksasin ftorxinolonlar guruhiga mansub keng spektrli sintetik antibakterial preparat bo'lib, bakterisid ta'sirga ega. Xinolonlarning asosiy ta'sir mexanizmi bakterial DNK-girazani o'ziga xos tarzda ingibitsi qilishdan iborat. DNK giraza bakterial DNK ning replikasiyasi, transkripsiyasi, reparasiyasi va rekombinasiyasi uchun zarur. Uning ingibitsiya qilinishi bakterial DNK ning spiralining echilishi va beqarorlashuviga, natijada mikrob hujayrasining nobud bo'lishiga olib keladi.

Ko'pchilik gram-manfiy va gram-musbat mikroorganizmlarga qarshi juda faol.

Ftoroxinolonlar konsentrasiyasiga qarab bakterisid faollikka hamda o'rtacha darajada postantibakterial ta'sirga ega. Egri osti kontsentrasiyasining (EOK) minimal susaytiruvchi kontsentrasiyaga (MSK) nisbati yoki maksimal kontsentrasiyaning MSK ga nisbati muvaffaqiyatli klinik davolash uchun bashorat omili hisoblanadi.

Sezgir mikroorganizmlar

Doimiy sezgir bo'lmagan mikroorganizmlar (ehtimol, orttirilgan chidamlilik tufayli): Citrobacter freundii, Escherichia coli, Klebsiella oxytoca, Klebsiella pneumoniae, Neisseria gonorrhoeae, Proteus mirabilis, Pseudomonas aeruginosa, Serratia spp., Staphylococcus spp. (koagulaza-manfiy shtammlar), Staphylococcus aureus (metisillin-sezgir shtammlar), Staphylococcus epidermidis; Campylobacter jejuni, Enterococcus faecalis, Streptococcus pneumoniae.

Chidamli mikroorganizmlar

Acinetobacter baumannii, Bacteroides spp., Clostridium difficile; Enterococci (jumladan Enterococcus faecium), Listeria monocytogenes, Staphylococcus aureus (metisillin-chidamli shtammlar), Nocardia spp.

Chidamlilik

Ofloksasinga chidamlilik II tip topoizomerazaning har ikkalasini: DNK-giraza va topoizomeraza IV ni kodlovchi genning bosqichma-bosqich mutasiyalanish jarayoni natijasida rivojlanadi. Mikrob hujayrasining tashqi membranasi o'tkazuvchanligiga ta'sir mexanizmi (Pseudomonas aeruginosa uchun xarakterli) va efflyuks mexanizmi (mikrob hujayrasidan mikroblarga qarshi vositalarni faol uzoqlashtirish) kabi boshqa qarshilik mexanizmlari ham mikroorganizmlarning ofloksasinga sezgirligiga ta'sir qilishi mumkin.

MSK ning chegara qiymatlari

Antibiotiklarga sezuvchanlikni aniqlash bo'yicha Evropa Komiteti (EUCAST) tomonidan tasdiqlangan MSK ning (mg/l) ofloksasin uchun chegara qiymatlari.

Mikroorganizmlar

Sezgir (mg/l)

Chidamli (mg/l)

Enterobacteriaceae

≤0,5

>1

Staphylococcus spp.

≤1

>1

Streptococcus pneumoniae

≤0,12

>4

Haemophilus influenzae

≤0,5

>0,5

Moraxella catarrhalis

≤0,5

>0,5

Neisseria gonorrhoeae

≤0,12

>0,25

Ma'lum bir turga bog'liq bo'lmagan MSK chegaraviy qiymatlari

≤0,5

>1

Ofloks preparatining 30 daqiqalik vena ichi infuziyasi yakunida maksimal zardob kontsentrasiyasiga erishiladi.

Preparat vena ichiga 30 minut davomida infuziya qilinganidan so'ng qon zardobidagi ofloksasinning kontsentrasiyasi:

Doza

Infuziyadan so'ngra ofloksasinning qon zardobidagi kontsentrasiyasi

Infuziyadan 4 soat so'ngra ofloksasinning qon zardobidagi kontsentrasiyasi

Infuziyadan 12 soat so'ngra ofloksasinning qon zardobidagi kontsentrasiyasi

100 mg

2,9 mg/l

0,5 mg/l

0,2 mg/l

200 mg

5,2 mg/l

1,1 mg/l

0,3 mg/l


Ofloksasin bilan davolash kursidan so'ngra qon zardobidagi kontsentrasiyasi ahamiyatli darajada oshmaydi (kuniga ikki marta kiritilganida to'planish koeffisienti 1,5 ni tashkil etadi).

Taqsimlanish hajmi 120 l ni tashkil etadi. Ofloks preparati o'pka to'qimasi, quloq, burun, teri, yumshoq to'qimalar, suyak to'qimasi, bo'g'imlar, qorin bo'shlig'i a'zolari, safro, kichik chanoq a'zolari, buyraklar, prostata bezi, uretra kabi ko'pchilik a'zo va to'qimalarga yaxshi o'tadi. Plazma oqsillari bilan bog'lanish darajasi 25% tashkil etadi. Ofloksasinning 5% dan kamroq qismi jigar biotrarsformasiyaga uchraydi. Asosan buyraklar orqali (dozaning 80-90% - o'zgarmagan holda) chiqariladi. Peshobda ikkita asosiy metaboliti: N- desmetilofloksasin va ofloksasin N-oksid aniqlanadi. Ofloksasinning 4% ga yaqin qismi safro tarkibida glyukuronidlar ko'rinishida chiqariladi. Vena ichiga infuziya ko'rinishida kiritilganida yarim chiqarilish davri
5 soatni tashkil etadi, infuziyadan so'ng ofloksasinning zardobdagi kontsentrasiyasini pasayishi tekis chiziq shaklida yuz beradi. Ofloksasinning peshobdagi va kasallangan peshob yo'llaridagi kontsentrasiyasi uning qon zardobidagi kontsentrasiyasidan 5-100 barobar yuqori bo'ladi.

Ayrim guruh bemorlar

Keksa yoshdagi bemorlar

Keksa yoshdagi bemorlarda yarim chiqarilish davri uzayadi, ammo maksimal zardob konsentrasiyasi o'zgarmaydi.

 

Ofloks preparatining 30 daqiqalik vena ichi infuziyasi yakunida maksimal zardob kontsentrasiyasiga erishiladi.

Preparat vena ichiga 30 minut davomida infuziya qilinganidan so'ng qon zardobidagi ofloksasinning kontsentrasiyasi:

Doza

Infuziyadan so'ngra ofloksasinning qon zardobidagi kontsentrasiyasi

Infuziyadan 4 soat so'ngra ofloksasinning qon zardobidagi kontsentrasiyasi

Infuziyadan 12 soat so'ngra ofloksasinning qon zardobidagi kontsentrasiyasi

100 mg

2,9 mg/l

0,5 mg/l

0,2 mg/l

200 mg

5,2 mg/l

1,1 mg/l

0,3 mg/l


Ofloksasin bilan davolash kursidan so'ngra qon zardobidagi kontsentrasiyasi ahamiyatli darajada oshmaydi (kuniga ikki marta kiritilganida to'planish koeffisienti 1,5 ni tashkil etadi).

Taqsimlanish hajmi 120 l ni tashkil etadi. Ofloks preparati o'pka to'qimasi, quloq, burun, teri, yumshoq to'qimalar, suyak to'qimasi, bo'g'imlar, qorin bo'shlig'i a'zolari, safro, kichik chanoq a'zolari, buyraklar, prostata bezi, uretra kabi ko'pchilik a'zo va to'qimalarga yaxshi o'tadi. Plazma oqsillari bilan bog'lanish darajasi 25% tashkil etadi. Ofloksasinning 5% dan kamroq qismi jigar biotrarsformasiyaga uchraydi. Asosan buyraklar orqali (dozaning 80-90% - o'zgarmagan holda) chiqariladi. Peshobda ikkita asosiy metaboliti: N- desmetilofloksasin va ofloksasin N-oksid aniqlanadi. Ofloksasinning 4% ga yaqin qismi safro tarkibida glyukuronidlar ko'rinishida chiqariladi. Vena ichiga infuziya ko'rinishida kiritilganida yarim chiqarilish davri
5 soatni tashkil etadi, infuziyadan so'ng ofloksasinning zardobdagi kontsentrasiyasini pasayishi tekis chiziq shaklida yuz beradi. Ofloksasinning peshobdagi va kasallangan peshob yo'llaridagi kontsentrasiyasi uning qon zardobidagi kontsentrasiyasidan 5-100 barobar yuqori bo'ladi.

Ayrim guruh bemorlar

Keksa yoshdagi bemorlar

Keksa yoshdagi bemorlarda yarim chiqarilish davri uzayadi, ammo maksimal zardob konsentrasiyasi o'zgarmaydi.

Ftorxinolonlarni qqo'llash natijasida yuzaga keladigan qaytarib bo'lmaydigan jiddiy nojo'ya reaktsiyalar va mehnatga yaroqsizlik (nogironlik).

Ftoroxinolonlarni, shu jumladan ofloksasinni qo'llash bir vaqtning o'zida ayni bemorning turli tana tizimlarida jiddiy va qaytmas nojo'ya reaktsiyalar va mehnatga yaroqsizlik rivojlanishiga sabab bo'lishi mumkin

Ftoroxinolonlar tomonidan chaqirilgan salbiy reaktsiyalar tendinit, pay uzilishi, artralgiya, mialgiya, periferik neyropatiya, shuningdek asab tizimiga nojo'ya ta'sirlari (gallyusinasiyalar, vahima, depressiya, uyqusizlik, bosh og'rig'i va ong chalkashligi) o'z ichiga oladi. Ushbu reaktsiyalar ofloksasin bilan davolash boshlanganidan keyin bir necha soatdan bir necha haftagacha bo'lgan davrda rivojlanishi mumkin. Ushbu salbiy reaktsiyalarning rivojlanishi har qanday yoshdagi bemorlarda yoki ilgari xavf omillari mavjud bo'lmaganda ham kuzatilgan. Har qanday jiddiy salbiy reaktsiyalarning birinchi belgilari yoki alomatlari paydo bo'lsa, ofloksasin qo'llashni darhol to'xtatish zarur. Ko'rsatib o'tilgan har qanday jiddiy salbiy reaktsiyalar kuzatilgan bemorlarga ftoroxinolonlar, shu jumladan, ofloksasindan foydalanish tavsiya etilmaydi.

Buyrak etishmovchiligi

Ofloksasin asosan buyraklar tomonidan chiqariladi, shu sababli buyrak etishmovchiligi bo'lgan bemorlarda Ofloks preparatining dozasini to'g'irlash talab etiladi ("ehtiyot choralari", "qo'llash usuli va dozalari" bo'limlariga qarang).

Fotosensibilizasiyaning oldini olish

Ofloks preparati bilan davolash paytida, yorug'likka sezuvchanlikning oshib ketish xavfi tufayli yorqin quyosh nuri va ultrabinafsha nurlar ta'siriga yo'l qo'ymaslik lozim.

Ikkilamchi infektsiyalar

Boshqa mikroblarga qarshi dori vositalarini qo'llashda bo'lgani kabi Ofloks preparatini qo'llash, ayniqsa, uzoq muddatli foydalanish, doriga chidamli mikroorganizmlar ko'payishi bilan bog'liq ikkilamchi infektsiya rivojlantirishi mumkin, buni istisno qilish va tasdiqlash uchun bemorning holatini qayta baholash kerak. Agar davolash paytida ikkilamchi infektsiya paydo bo'lsa, uni davolash uchun zarur choralar ko'rilishi lozim.

Periferik neyropatiya

Ftorxinolonlar, shu jumladan ofloksasin bilan davolangan bemorlarda tez boshlanadigan sezuvchi va sezuvchi-harakat neyropatiyasi rivojlanishi mumkin. Agar bemorda nevropatiya belgilari paydo bo'lsa, ofloksasin bilan davolashni to'xtatish kerak, bu qaytmas sharoitlar rivojlanish xavfini kamaytirishga yordam beradi ("ehtiyotkorlik choralari" bo'limiga qarang).

Bemorlar neyropatiyaning har qanday belgilari paydo bo'lishi haqida shifokorni xabardor qilish zarurligi haqida ogohlantirilishi zarur.

Ftoroxinolonlar anamnezda periferik neyropatiya tashhisiga ega bo'lgan bemorlarga buyurilmasligi kerak.

Glyukozo-6-fosfatdegidrogenaza fermenti etishmovchiligi bo'lgan bemorlar

Glyukoza-6-fosfat degidrogenaza etishmovchiligi aniqlangan bemorlar xinolonlar bilan davolanganda gemolitik reaktsiyalarga moyilliklari bo'lishi mumkin. Shuning uchun bunday bemorlarda Ofloks preparatini qo'llashda ehtiyot bo'lish kerak ("ehtiyot choralari" bo'limiga qarang).

Clostridium difficile tomonidan qo'zg'atilgan psevdomembranoz kolit 

Diareya, ayniqsa, og'ir shaklda, doimiy va/yoki qon aralashmasi bilan Ofloks preparati bilan davolanish paytida yoki undan keyin paydo bo'lishi psevdomembranoz kolit alomati bo'lishi mumkin. Psevdomembranoz kolit gumon bo'lsa, ofloksasin bilan davolash darhol to'xtatilishi va tegishli maxsus antibakterial davolash (enteral vankomisin, enteral teykoplanin yoki enteral metronidazol) darhol tayinlanishi kerak. Bu klinik vaziyat sodir bo'lsa, ichak peristaltikasini susaytiruvchi dorilar qo'llanilishi mumkin emas.

Tutqanoq rivojlanishiga moyil bemorlar

Boshqa xinolonlar kabi, Ofloks preparati tutqanoq rivojlanishiga moyil bemorlarda (anamnezda MNS zararlanishlari bo'glan bemorlar, bir vaqtning o'zida bosh miyada tutuqanoq faolligi bo'sag'asini kamaytiruvchi dorilar (teofillin, fenbufen [va boshqa shunga o'xshash nosteroid yallig'lanishga qarshi preparatlar]) qabul qilayotgan bemorlarda ehtiyotkorlik bilan qo'llanilishi kerak ("ehtiyotkorlik choralari" bo'limiga qarang). Agar tutqanoq rivojlansa, Ofloks bilan davolanish to'xtatilishi kerak.

Tendinit va paylar uzilishi

Xinolonlarni qo'llash fonida kamdan-kam uchraydigan tendinit ba'zan, ayniqsa keksa bemorlarda va bir vaqtning o'zida glyukokortikosteroidlarni qabul qilgan bemorlarda paylarning, shu jumladan Axill paylarining uzilishiga olib kelishi mumkin. Bu nojo'ya ta'sir davolash boshlanganidan keyin 48 soat ichida rivojlanishi va ikki tomonlama (har ikkala oyoqda) bo'lishi mumkin. Keksa bemorlarda tendinit rivojlanishi ehtimoli ko'proq; ftoroxinolonlar bilan davolanayotgan bemorlarda agar glyukokortikosteroidlarni bir vaqtning o'zida qo'llanilayotgan bo'lsa paylar uzilish xavfi oshishi mumkin. Bundan tashqari, transplantasiyadan keyin bemorlarda tendinit rivojlanish xavfi ortadi, shuning uchun ushbu toifadagi bemorlarga ftorxinolonlarni buyurishda ehtiyotkorlik bilan yondoshish tavsiya etiladi. Buyrak funktsiyasi buzilgan bemorlarda kundalik doza kreatinin klirensi asosida to'g'irlanishi kerak. Bemorlarga tendinit yoki pay uzilishining birinchi belgilari paydo bo'lganda harakatsiz qolish va davolovchi shifokorga murojaat qilish maslahat beriladi. Agar tendinit rivojlanishi yoki pay uzilishiga shubha tug'ilsa darhol Ofloks bilan davolashni to'xtatish va zaralangan sohaga tegishli davolash choralarini boshlash, masalan immobilizasiyani ta'minlash kerak ("qo'llash mumkin bo'lmagan holatlar", "nojo'ya ta'sirlari" bo'limlariga qarang).

QT oralig'ining uzayishi

Ftoroxinolonlar, shu jumladan ofloksasin qo'llanilganda QT oralig'ining uzayish xavf omillari bo'lgan bemorlarda ba'zi ehtiyot choralari talab qilinadi, masalan:

-keksalik yoshi

-elektrolitlar muozanatining to'g'irlab bo'lmaydigan darajada buzilishi (masalan, gipokaliemiya, gipomagniemiya);

-QT oralig'ining tug'ma uzayganligi

-Yurak – qon tomir tizimi kasalliklari (yurak etishmovchiligi, miokard infarkti, bradikardiya);

-QT oralig'ini uzaytiruvchi preparatlar bilan bir vaqtda qo'llash (IA va III sinf aritmiyaga qarshi preparatlar, uch xalqali antidepressantlar, makrolidlar, neyroleptiklar).

Psevdoparalitik miasteniya (myasthenia gravis)

Ftoroxinolonlar, shu jumladan ofloksasin, neyromuskulyar o'tkazuvchanlikni bloklash xususiyati bilan ajralib turadi va psevdoparalitik miasteniya kasalligi bo'lgan bemorlarda mushaklarning zaifligini oshirishi mumkin. Ro'yxatga olinganidan keyingi davrda psevdoparalitik miasteniyasi bo'lgan bemorlarda ftoroxinolonlarni qo'llash bilan bog'liq bo'lgan, sun'iy ventilyasiya talab qiladigan o'pka etishmovchiligi va o'lim bilan yakunlangan jiddiy salbiy reaktsiyalar kuzatilgan. Psevdoparalitik miasteniya tashhisi qo'yilgan bemorda Ofloks preparatini qo'llash tavsiya etilmaydi ("nojo'ya ta'sirlari" bo'limiga qarang).

O'tkir teri reaktsiyalari

Ofloksasin bilan davolashda Stivens-Jonson sindromi, toksik epidermal nekroliz kabi pufakchali og'ir reaktsiyalarining rivojlanishi ma'lum qilingan. Bemorlarda teri reaktsiyalari va / yoki mukozal yaralar paydo bo'lsa, ofloksasin bilan davolanishni davom ettirishdan oldin darhol davolovchi shifokorga murojaat qilishlari kerak.

Yuqori sezuvchanlik va allergik reaktsiyalar

Ftoroxinolonlar qo'llanilganda yuqori sezuvchanlik reaktsiyalari va allergik reaktsiyalar (anafilaktik shok va hayot uchun xavfli holatga o'tishi mumkin bo'lgan anafilaktoid reaktsiyalar) haqida xabar berilgan. Bunday hollarda Ofloks preparatidan foydalanishni to'xtatish va tegishli davo choralarini boshlash kerak.

Ruhiyatning o'zgarishi

Psixotik reaktsiyalar, jumladan, o'z joniga qasd qilish fikrlari / urinishlari, ftoroxinolonlarni, shu jumladan ofloksasinni qo'llagan bemorlarda, hatto bitta dozadan keyin ham sodir bo'lishi mumkin. Agar Markaziy asab tizimida har qanday nojo'ya ta'sirlar, shu jumladan ruhiy kasalliklar rivojlanishi paydo bo'lsa, darhol ofloksasinni bekor va tegishli davolash choralarini boshlash kerak.

Bunday hollarda iloji bo'lsa ftorxinolonlardan boshqa antibiotik bilan davolanishga o'tish tavsiya etiladi. Ofloksasin ruhiy kasalliklari (shu jumladan, anamnezda) bo'lgan bemorlarga ehtiyotkorlik bilan qo'llanilishi kerak ("ehtiyotkorlik choralari" bo'limiga qarang).


Jigar funktsiyasining buzilishi

Ofloks jigar funktsiyasi buzilgan bemorlarda ehtiyotkorlik bilan qo'llanilishi kerak, chunki jigar shikastlanishi mumkin ("ehtiyotkorlik choralari" bo'limiga qarang). Ftorxinolonlarni qo'llashda jigar etishmovchiligining rivojlanishiga olib keladigan fulminant gepatit holatlari (shu jumladan letal natija bilan tugaydigan halokatli holatlar) ma'lum qilingan. Anoreksiya, sariqlik, peshobning to'q qo'ng'ir rangga kirishi, qichishish, qorin og'rig'i kabi jigar kasalligining belgilari va alomatlari paydo bo'lsa bemorlar davolanishni to'xtatishi va shifokor bilan maslahatlashishi kerak.

Disglikemiya (gipo - va giperglikemiya)

Boshqa ftorxinolonlar kabi, Ofloksasinni qo'llashda qonda glyukoza kontsentrasiyasining o'zgarishi, jumladan gipo - va giperglikemiya kuzatilishi mumkin. Ofloksasin terapiyasi fonida disglikemiya keksa bemorlarda va diabet bilan og'rigan bemorlarda peroral gipoglikemik dorilar (masalan, sulfonilmochevina preparatlari) yoki insulin bilan birgalikda davolanayotgan bemorlarda ko'proq yuzaga keladi. Bunday bemorlarda ofloksasin ishlatilganda gipoglikemiya rivojlanish xavfi hatto gipoglikemik komaga qadar ortadi. Bemorlarni gipoglikemiya belgilari (ong chalkashligi, bosh aylanishi, "bo'ri" ishtahasi, bosh og'rig'i, asabiylik, yurak urishi yoki pulsning tezlashishi, terining oqarishi, terlash, titrash, holsizlik) haqida xabardor qilish lozim. Agar bemorda gipoglikemiya rivojlansa, ofloksasin bilan davolanishni darhol to'xtatish va tegishli davolanishni boshlash kerak. Bunday hollarda iloji bo'lsa ftorxinolonlardan boshqa antibiotik bilan davolanishga o'tish tavsiya etiladi. Keksa bemorlarda ofloksasin bilan davolashni o'tkazishda, qandli diabet bilan og'rigan bemorlarda qon glyukoza konqentrasiyasini diqqat bilan kuzatish tavsiya etiladi.

K vitamini antagonistlari bilan davolanayotgan bemorlar

Protrombin vaqti/xalqaro normalangan nisbatlar va/yoki Ofloks va K vitamini antagonistlari (masalan, varfarin) preparatlarini bir vaqtda qabul qilayotgan bemorlarda qon ketish rivojlanishi xavfi ortishi mumkinligi tufayli, qon ivish ko'rsatkichlari diqqat bilan kuzatib borish tavsiya etiladi.

Chidamlilik rivojlanish xavfi


Ofloksasinga sezgir mikroorganizmlar chaqirgan infektsion-yallig'lanishli kasalliklarini davolash: 

•pielonefrit va peshob chiqarish yo'llarining asoratli infektsiyalari;

•prostatit, epididimit, orxit;

•kichik chanoq a'zolarining infektsiyalari (majmuaviy terapiya tarkibida);

•sepsis (peshob-tanosil tizimining yuqorida qayd etilgan infektsiyalari sababli).

Quyidagi yuqumli-yallig'lanishli kasalliklarini davolash uchun ofloksasin boshqa antimikrobial preparatlarga nisbatan faqat qo'shimcha sifatida qo'llanilishi mumkin:

•teri va yumshoq to'qima infektsiyalari;

•suyak va bo'g'im infektsiyalari; tsistit, peshob yo'llarining asoratlanmagan infektsiyalari;

•o'tkir sinusit;

•surunkali bronxitning qaytalanishi, kasalxonadan tashqari pnevmoniya;

•immuniteti sezilarli darajada pasaygan bemorlarda (masalan, neytropeniyada) ofloksasinga sezgir mikroorganizmlar tomonidan qo'zg'atilgan infektsiyalarni oldini olish. 

Ofloks preparati qo'llanilganda, antibakterial dorilarni tegishli ravishda qo'llash bo'yicha rasmiy milliy tavsiyalarni, shuningdek ma'lum bir hududdagi patogen mikroorganizmlarning sezgirligi hisobga olinishi kerak.

Ofloksasinga, boshqa ftorxinolonlarga yoki Ofloks preparatining tarkibidagi yordamchi moddalariga yuqori sezuvchanlik.

- Epilepsiya;

- Psevdoparalitik miasteniya (myasthenia gravis) ("nojo'ya ta'sirlari", "maxsus ko'rsatmalar" bo'limlariga qarang).

- Anamnezda ftorxinolonlarning qo'llanilishi bilan bog'liq paylarning shikastlanishi kuzatilgan holatlar.

- Bolalar va 18 yoshgacha bo'lgan o'spirinlar (bola suyaklarining Tog'ay o'sish zonalariga shikast etkazish xavfini butunlay inkor etib bo'lmaydi). 

- Homiladorlik (homila suyaklarining Tog'ay qismi o'sish zonalariga shikast etkazish xavfi mavjud). 

- Laktasiya davri (chaqaloq suyaklarining Tog'ay qismi o'sish zonalariga shikast etkazish xavfini butunlay inkor etib bo'lmaydi). 

Ehtiyotkorlik bilan 

Tirishishni rivojlanishiga moyilligi bo'lgan pasientlar (Markaziy nerv tizimini (MNT) oldingi shikastlanishlari, bosh miya tomirlarining yaqqol aterosklerozi, bosh miyada qon aylanishini buzilishi anamnezida, MNT organik shikastlanishlari, bosh miyaning anamnezda jarohatlari kabi; fenbufen yoki boshqa nosteroid yallig'lanishga qarshi preparatlar, teofillin kabi, miyada talvasaga tayyorgarlik bo'sag'asini pasayturuvchi preparatlarini bir vaqtni o'zida qabul qiladigan pasientlarda).  

Glyukoza-6-fosfatdegidrogenazaning latentli yoki manifestlashgan tanqisligi bo'lgan pasientlarda (xinolonlar bilan davolash paytida gemolitik reaktsiyalar havfi ortadi).

Buyrak funktsiyasi buzilgan pasientlarda (buyrak funtsiyasining albatta nazorat qilish, shuningdek dozalashga zaruriy o'zgartishlar kiritish talab qilinadi, "qo'llash usuli va dozalari" bo'limiga qaralsin).

Jigar etishmovchiligi bo'lgan bemorlarda (jigar funktsiyasi ko'rsatkichlarini nazorat qilish). Porfiriyali bemorlarda (porfiriyaning avj olish xavfi).

QT oralig'ining uzayishi uchun ma'lum xavf omillari bo'lgan bemorlarda: keksa bemorlarda to'g'irlab bo'lmaydigan elektrolitlar buzilishi (gipokalemiya, gipomagniemiya) bo'lganda; QT intervalining tug'ma o'zgarishi bo'lgan bemorlarda; yurak kasalliklari (yurak etishmovchiligi, miokard infarkti, bradikardiya); QT intervalini o'zgartiradigan preparatlar (IA va III sinf antiaritmik preparatlar, trisiklik antidepressantlar, makrolidlar, neyroleptiklar). Peroral gipoglikemik preparatlar (masalan, glibenklamid) yoki insulin (gipoglikemiya xavfi ortadi) qabul qiladigan, diabet bilan og'rigan bemorlarda.

Boshqa xinolonlarga og'ir salbiy reaktsiyalar kuzatilgan bemorlarda, masalan og'ir nevrologik reaktsiyalar (ofloksasin qo'llanilganda o'xshash nojo'ya reaktsiyalar xavfi ortadi).

Anamnezda psixoz va boshqa ruhiy kasalliklar bo'lgan bemorlarda.

Bir vaqtning o'zida qon bosimini pasaytiradigan dori vositalar, barbituratlar guruhidan noingalyasion narkoz vositalari (yuqori gipotoniya xavfi) bilan birga qabul qilganda.

Bosh miyada talvasa faoliyati chegarasini kamaytiradigan teofilin, fenbufen yoki boshqa nosteroid yallig'lanishga qarshi dorilar bilan birga:

Klinik tadqiqotlarda ofloksasinning teofillin bilan farmakokinetik o'zaro ta'siri tasdiqlanmagan.

Shu bilan birga, xinolonlarni bosh miyaning konvulsiv faoliyatini kamaytiradigan dorilar (teofillin, fenbufen [va boshqa shunga o'xshash nosteroid yallig'lanishga qarshi preparatlar]) bilan bir vaqtning o'zida qo'llashda miyaning konvulsiv faoliyati chegarasini sezilarli darajada kamaytirish mumkin.

QT oralig'ini uzaytirish xossasiga ega bo'lgan preparatlar bilan birga qo'llash

Ofloksasin, boshqa ftorxinolonlar kabi, QT oralig'ini uzaytirishi mumkin bo'lgan dorilar (IA va III sinf antiaritmik preparatlar, trisiklik antidepressantlar, makrolidlar, neyroleptiklar) bilan davolanayotgan bemorlarda ehtiyotkorlik bilan ishlatilishi kerak.

K vitamini antagonistlari bilan

Bir vaqtning o'zida ofloksasin va K vitamini antagonistlari (masalan, varfarin) qo'llagan bemorlarda protrombin vaqti/xalqaro normalangan nisbatlar qiymati ortishi va/yoki qon ketishi rivojlanishi (shu jumladan, og'ir) kuzatilishi mumkin.

Glibenklamid bilan birga

Ofloks preparati bir vaqtning o'zida qo'llanilganda glibenklamidning zardob kontsentrasiyasini biroz oshirishi mumkin. Ofloksasin va glibenklamidni bir vaqtning o'zida qo'llashda bemorlarning ahvolini va qondagi glyukoza kontsentrasiyasini diqqat bilan kuzatish tavsiya etiladi.

Peroral qo'llaniladigan gipoglikemik vositalar va insulin bilan

Ofloks preparati gipoglikemiya xavfini oshiradi, qondagi glyukoza kontsentrasiyasini diqqat bilan kuzatib borish talab qilinadi.

Probenesid, tsimetidin, furosemid, metotreksat bilan birga qo'llanilganda

Xinolonlarni buyrak naychalari sekresiyasi orqali organizmdan chiqariladigan dorilar (probenesid, kimetidin, furosemid, metotreksat kabi) bilan birgalikda qo'llaganda, chiqarilishini o'zaro sekinlashtirib, zardob kontsentrasiyalarini oshirishi mumkin (ayniqsa yuqori dozalarda).

Qon bosimini pasaytiradigan dorilar, barbituratlar guruhidan umumiy noingalyasion narkoz uchun dori vositalari bilan birga

Ofloksasin bilan bir vaqtda qo'llanilganda qon bosimi keskin va sezilarli darajada pasayishi mumkin, shuning uchun bu holatda yurak-qon tomir tizimining funktsional holatini diqqat bilan nazorat qilish talab etiladi.

Glyukokortikoidlar bilan birga

Glyukokortikosteroidlar bilan birgalikda qo'llanilganda, ayniqsa keksa bemorlarda, paylar uzilishi xavfi ortadi.

Peshobda ishqoriylikni oshiradigan dori vositalari bilan (karboangidraza ingibitorlari, tsitratlar, natriy gidrokarbonat)

Peshobda ishqoriylikni oshiruvchi dorilar (karboangidraza ingibitorlari, tsitratlar, natriy gidrokarbonat) bilan buyurilganda kristalluriya va nefrotoksik ta'sirlar xavfi ortadi.

Boshqa dorilar va infuzion eritmalar bilan mutanosiblik

Geparin eritmasini ofloksasin eritmasi bilan aralashtirmaslik kerak (cho'kmalar hosil bo'lishi mumkin).

Ofloks preparatining infuziya uchun eritmasi 0,9% natriy xlorid eritmasi, Ringer eritmasi, 5% dekstroza eritmasi bilan mutanosibdir.

2 yil. 

Yaroqlilik muddati tugaganidan so'ng ishlatilmasin.


Dorixonalardan berish tartibi 

Resept bo'yicha.Yorug'likdan himoyalangan joyda 2 dan 25°S gacha bo'lgan haroratda saqlansin.

Bolalar ololmaydigan joyda saqlansin.

tiniq, och sariq rangdan yashil tusli sariq ranggacha bo'lgan eritma.
Preparatning dozasi va davolashning muddati infektsiyaning qo'zg'atuvchisi va og'irlik darajasi, shuningdek mikroorganizmlarning sezgirligi va bemorning umumiy holatiga qarab individual ravishda belgilanadi.

Buyrak funktsiyasi normal bo'lgan katta yoshli pasientlar (kreatinin klirensi minutiga 50 ml dan yuqori): ofloksasinga sezgir mikroorganizmlar tomonidan qo'zg'atilgan infektsiyalarni davolashda preparatning o'rtacha terapevtik dozasi sutkasiga 200 mg dan
2 mahal yoki sutkada 400 mg 1 mahal kiritiladi. Sutkalik doza 400 mg ni tashkil etadi. Og'ir darajadagi infektsiyalarni davolashda yoki ortiqcha vaznga ega bo'lgan bemorlarni davolashda sutkalik doza 600 mg gacha oshirilishi mumkin.

Maxsus bemor guruhlari

Keksa yoshdagi bemorlar

Bemorlarning yoshi ofloksasin dozasini o'zgartirishni talab qilmaydi. Biroq, Ofloks preparatini keksa bemorlarda qo'llashda buyrak funktsiyasiga alohida e'tibor qaratish kerak, chunki u susaygan bo'lsa, dozalash rejimini mutanosib ravishda to'g'irlash talab qilinishi mumkin.

Jigar funktsiyasi buzilgan bemorlar

Jigar funktsiyasi buzilgan bemorlarda, ofloksasinning sutkalik dozasini 400 mg dan oshirib yuborish tavsiya etilmaydi.

Buyraklar funktsiyasi buzilgan bemorlar

Buyrak funktsiyasi buzilgan hollarda kreatinin klirensiga qarab Ofloks preparati uchun quyidagi dozalash rejimi tavsiya etiladi:

Kreatinin klirensi

Bir Marotabalik doza (mg)*

Kiritishlar soni

50-20 ml/min

100-200

Sutkada 1 marta (har 24 soatda)

<20 ml/min** yoki gemodializ va peritoneal dializ

100 yoki 200

Sutkada 1 marta (har 24 soatda)

2 sutkada 1 marta (har 48 soatda)

  * Ko'rsatmalarga muvofiq ravishda.

** Og'ir darajada buyrak etishmovchiligi bo'lgan bemorlarda yoki dializ muolajasi oladigan bemorlarda ofloksasinning qon zardobidagi kontsentrasiyalarini kuzatuvga olish tavsiya etiladi.

Kreatinin klirensini (kk) aniqlash mumkin bo'lmagan hollarda, kattalar uchun Kokroft formulasidan foydalanib, zardob kreatinin kontsentrasiyasidan hisoblash mumkin:

erkaklar uchun:

                             Tana vazni (kg) × (140 – bemor yoshi, yillarda)

Kk (ml/min) = --------------------------------------------------------------

                             72 × qon zardobidagi kreatinin (mg/dl)      

yoki

                             Tana vazni (kg) × (140 – bemor yoshi, yillarda)

Kk (ml/min) = ----------------------------------------------------------------

                            0,814 × qon zardobidagi kreatinin (mkmol/l)

Ayollar uchun: Kk (ml/min) = 0,85 × erkaklar uchun ko'rsatkich

Preparatni kiritish

Ofloksasin eritmasi faqat sekin vena ichiga yuborish uchun mo'ljallangan. Ofloks preparatining vena ichiga infuziyasi kuniga bir yoki ikki marotaba amalga oshiriladi. Infuziyalarning davomiyligi 200 mg ofloksasin eritmasining har bir dozasi uchun kamida 30 daqiqa bo'lishi kerak. bu ayniqsa, ofloksasin qon bosimini kamaytiradigan boshqa dorilar bilan bir vaqtning o'zida qo'llanilsa yoki barbituratlar guruhidan noingalyasion umumiy anesteziya uchun preparatlar bilan birga qo'llaniladigan bo'lsa muhimdir.

Ofloksasinning sutkalik dozasi 400 mg gacha bo'lganda preparat kuniga bir marotaba kiritilishi mumkin. Bunday holda, Oflox preparatini ertalab kiritish afzalroqdir. Sutkalik doza 400 mg dan yuqori bo'lganda preparat dozasi ikki qismga bo'linadi va
12 soatlik oraliqlar bilan kiritilishi kerak.

Shishani ochgandan keyin Ofloks preparatini qo'llash darhol amalga oshirilishi kerak. Bemorning ahvoli yaxshilanganidan bir necha kun o'tgach, ofloksasin bilan vena ichiga infuziya shaklida davolashni aynan qo'llanilgan dozalarda enteral kiritish orqali davom ettirish mumkin.

Davolashning davomiyligi

Davolash muddati kasallikning og'irligiga bog'liq. Har qanday antimikrobial preparatlar bilan davolashda bo'lgani kabi, Ofloks bilan davolanish tana haroratini normallashtirgandan so'ng kamida 48-72 soat yoki patogenning eradkasiyasi tasdiqlangunigacha davom etishi kerak.

Nojo'ya ta'sirlari

Quyida keltirilgan ma'lumotlar klinik tadqiqotlar va ofloksasin ro'yxatdan o'tkazilganidan so'ngra keng klinik qo'llash tajribasidan olingan ma'lumotlarga asoslangan. Quyida keltirilgan nojo'ya ta'sirlar ularning yuzaga kelish darajasiga muvofiq taqdim etiladi: juda ko'p hollarda (≥10%); ko'p hollarda (≥1/100 - <1/10); kam hollarda (≥1/1000 - <1/100); ba'zan (≥1/10000 - <1/1000); juda kam hollarda (<1/10000) (shu jumladan ayrim xabarlar); yuzaga kelishi noma'lum (mavjud ma'lumotlarga ko'ra nojo'ya reaktsiyalar sonini baholash mumkin emas).

Yurak faoliyatida:

Kam hollarda: yurak o'ynog'i.

Ba'zan: taxikardiya

Yuzaga kelishi noma'lum: QT oralig'ining uzayishi," piruet" turi qorinchalar aritmiyasi (ayniqsa, QT oralig'ining uzayishi uchun xavf omillari mavjud bo'lgan bemorlarda)

Tomirlar tizimida

Ko'p hollarda: flebitlar;

Ba'zan: arterial bosim ko'tarilishi, arterial bosim pasayishi

Ofloksasin infuziyasi paytida arterial qon bosimi pasayishi mumkin, bu taxikardiya rivojlanishi bilan birga yuz beradi va juda kam hollarda kollaps rivojlangunga qadar kuchli namoyon bo'ladi. Qon bosimining sezilarli darajada pasayishi yuz bersa, preparatning infuziyasi darhol to'xtatilishi kerak.

Qon va limfa tizimida o'zgarishlar

Juda kam holarda: anemiya, gemolitik anemiya, leykopeniya, eozinofiliya, trombositopeniya;

Yuzaga kelishi noma'lum: agranulositoz, pantsitopeniya, suyak ko'migida qon hosil bo'lishini susayishi.

Nerv sistemasida o'zgarishlar:

Kam hollarda: bosh aylanishi, bosh og'rig'i;

Ba'azan: uyquchanlik, paresteziya, disgevziya (ta'm bilish sezgisining buzilishi), parosmiya (hid bilish sezgisining buzilishi);

Juda kam hollarda: – periferik sensor neyropatiya, periferik sensor-harakat neyropatiyasi, tirishishlar, ekstrapiramidal simptomlar, shu jumladan tremor, va mushaklar koordinasiyasining boshqa buzilishlari;

Yuzaga kelishi noma'lum: agevziya, bosh miya ichki bosimining oshishi.

Ruhiyat buzilishlari:

Kam hollarda: ajitasiya, uyquni buzilishi, uyqusizlik;

Ba'zan: psixotik reaktsiyalar (masalan, gallyusinasiyalar), bezovtalik, havotirlik, asabiylik, ongni chalkashishi, tungi qo'rquvlar, depressiya;

Yuzaga kelishi noma'lum: psixotik reaktsiyalar va o'ziga zarar etkazish bilan kechuvchi depressiya, ba'zi hollarda o'z joniga qasd qilish fikrlari yoki urinishlari, diqqat-e'tiborning buzilishi, muvozanat izdan chiqishi, xotira yo'qolishi, deliriy.

Ko'rish a'zolarida buzilishlar

Kam hollarda: ko'z shilliq pardasining qichishishi, kon'yunktivit

Ba'zan: Ko'rishning buzilishi (diplopiya, rang ajratishning buzilishi.

Yuzaga kelishi ehtimoli noma'lum: uveit.

Eshitish a'zolari va labirint buzilishlari

Kam hollarda: vertigo (bosh aylanishi).

Juda kam hollarda: eshitishning buzilishi (quloqlarda shovqin), eshitishning yo'qolishi.

Nafas olish tizimi, ko'krak qafasi va to'sh a'zolarida o'zgarilshar

Kam hollarda: yo'tal, nazofaringit;

Ba'zan: hansirash, bronxospazm.

Yuzaga kelishi noma'lum: allergik pnevmonit, nafasining qattiq qisilishi.

Ovqat hazm qilish tizimida:

Kam hollarda: qorinda og'riqlar, diareya, ko'ngil aynishi, qusish, ishtaha pasayishi;

Ba'zan: enterokolit (ayrim hollarda gemorragik enterokolit);

Yuzaga kelishi noma'lum: dispepsiya, qabziyat, meteorizm, pankreatit, stomatit;

Jigar va safro chiqarish yo'llarining buzilishi

Ba'zan: alaninaminotransferaza (Alat), aspartataminotransferaza (Asat), laktatdegidragenaza (LDG), gamma-glutamiltransferaza (GGT) va/yoki ishqoriy fosfataza (IF) kabi "jigar" fermentlarining va/yoki qonda bilirubin kontsentrasiyasini oshishi

Juda kam hollarda: xolestatik sariqlik;

Yuzaga kelishi noma'lum: o'tkir gepatit rivojlanishi mumkin. ofloksasin (asosan jigar funktsiyasi buzilgan bemorlarda) qo'llanilganda og'ir jigar etishmovchiligi, shu jumladan o'tkir jigar etishmovchiligi holatlari, ba'zan esa halokatli oqibatlarga olib kelishi xabar qilingan.

Buyraklar va peshob chiqarish yo'llarida:

Ba'zan: qon zardobida kreatinin kontsentrasiyasining oshishi;

Juda kam hollarda – o'tkir buyrak etishmovchiligi;

Yuzaga kelishi noma'lum: o'tkir interstisial nefrit, qonda mochevina kontsentrasiyasining oshishi.

Teri va teri osti to'qimalarida:

Kam hollarda: qichima, toshmalar

Ba'zan: eshakemi, gipergidroz, pustular toshmalar, nuqtali qon quyilishlar (petexiyalar).

Juda kam hollarda: ko'p shaklli ekssudativ eritema, toksik epidermal nekroliz, fotosensibilizasiya reaktsiyalari, dori toshmalari, kapillyar qon tomirlar yorilishi, vaskulitlar (alohida hollarda teri nekroziga olib kelishi mumkin).

Yuzaga kelishi noma'lum: Stivensa-Djonsona sindromi, o'tkir umumlashtirilgan ekzantematoz pustulyoz (teri to'kilishi), eksfoliativ dermatit

Tayanch-harakat apparati tomonidan:

Kam hollarda: tendinit;

Juda kam hollarda: artralgiya, mialgiya, paylar (Axill payi) ni uzilishi (boshqa ftoroxinolonlar qo'llanilganida bo'lgani kabi, bu nojo'ya ta'sir davolash boshlanishining ilk 48 soati ichida rivojlanishi va ikki tomonlama (har ikkala oyoqda) bo'lishi mumkin);

Yuzaga kelishi noma'lum: rabdomioliz va/yoki miopatiya, mushaklar zaifligi, bu ayniqsa soxtafalaj miasteniyasi (myasthenia gravis) bo'lgan bemorlar uchun muhimdir, mushaklar uzilishi, mushaklar yirtilishi, bog'lamlar uzilishi, artrit.

Moddalar almashinuvi va ovqatlanishga bog'liq o'zgarishlar

Ba'zan: anoreksiya

Yuzaga kelish ehtimoli noma'lum: giperglikemiya, ayniqsa keksa, shuningdek peroral gipoglikemik preparatar yoki insulin qabul qiladigan, qandli diabet bilan og'rigan bemorlarda gipoglikemik koma rivojlanishiga qadar og'ir gipoglikemiya.

Infektsion va parazitar kasalliklar

Kam hollarda: zamburug'li infektsiyalar, patogen mikroorganizmlar qarshiligining ortishi.

Immun tizimida buzilishlar

Ba'zan: anafilaktik reaktsiyalar, anafilaktoid reaktsiyalar, angionevrotik shish.

Juda kam hollarda: anafilaktik shok, anafilaktoid shok.

Tug'ma, irsiy va genetik buzilishlar

Yuzaga kelish ehtimoli noma'lum: porfiriya bilan og'rigan bemorlarda porfiriyaning kuchayishi

In'ektsiya joyida o'zgarishlar va umumiy kasalliklar

Ko'p hollarda: infuziya joyida og'riq va qizarish

Yuzaga kelish ehtimoli noma'lum: asteniya, tana haroratining ko'tarilishi, orqa, bel, ko'krak yoki periferik a'zolarda og'riqlar.

Simptomlari: Ofloks preparatining dozasini oshirib yuborilishining eng muhim simptomlari bu Markaziy asab tizimi tomonidan hosil bo'lgan alomatlar (bosh aylanishi, ongni chalkashishi, ongni buzilishi, tutqanoq xurujlari kabi),  QT oralig'ining uzayishi, shuningdek me'da-ichak traktida o'zgarishlar (ko'ngil aynishi va me'da-ichak trakti shilliq qavatining eroziyasi).

Davolash: EKG monitoring qilinishi lozim, chunki QT intervali uzayishi mumkin. Ofloksasin fraktsiyalarini organizmdan gemodializ yuli bilan chiqarilishi mumkin. Maxsus antidot mavjud emas.

Homiladorlikda ofloksasinni qo'llash mumkin emas. 

Chunki, ofloksasin ko'krak suti tarkibida ajraladi, bu bola uchun xavfli bo'lganligi sababli, emizadigan ayollarga preparatni qo'llash mumkin emas. Preparatni qo'llash juda zarur bo'lgan hollarda emizishni to'xtatish kerak.

Fikr qoldirish
Baho:
              
Matnni kiriting

Ismingiz
Fikr-mulohazangiz moderator tekshiruvidan so'ng nashr etiladi

Mahsulot bo'yicha savolingiz bormi?

Savol qoldirish

Mulohazalar

Ofloks tabletkalari 200mg N10 dori vositasi O'zbekiston dori vositalari reestrida ro'yxatdan o'tganmi?
Ha, preparat O'zbekiston dori vositalari reestrida ro'yxatdan o'tgan.
Ofloks tabletkalari 200mg N10 dori vositasi resept bo’yicha sotiladimi?
Ofloks tabletkalari 200mg N10 dori vositasi resept bo'yicha sotilmaydi.

Analoglar
OKVINOV infuziya uchun eritma 100ml 2mg/ml
ROFLOKSAN infuziya uchun eritma 100ml 2mg/ml
  • Ishlab chiqarilish joyi: Turkiya
  • Faol modda: Офлоксацин ko'proq ko'rsatish
  • Ishlab chiqaruvchi: Rotapharm Ilaclari Limited Sirketi, Турция произведено: Mefar Ilac Sanayii A.S.
  • Vakil: Rotapharm
Narh: 41 800 so'mdan Batafsil
FLOKSUROL OFTALMO ko'z tomchilari 5ml 0,3%
YUNIFLOKS ko'z tomchilari i ushnie 10ml 3mg/ml
  • Ishlab chiqarilish joyi: Slovakiya Respublikasi
  • Faol modda: Офлоксацин ko'proq ko'rsatish
  • Ishlab chiqaruvchi: Unimed Pharma spol. S.r.o.
ROFLOKSAN tabletkalari 200mg N10
  • Ishlab chiqarilish joyi: Misr
  • Faol modda: Офлоксацин ko'proq ko'rsatish
  • Ishlab chiqaruvchi: Rotapharm Limited, Великобритания произведено: SEDICO Pharmaceutical Co.
Narh: 51 000 so'mdan Batafsil
ROFLOKSAN tabletkalari 400mg N10
  • Ishlab chiqarilish joyi: Turkiya
  • Faol modda: Офлоксацин ko'proq ko'rsatish
  • Ishlab chiqaruvchi: Rotapharm Ilaclari Limited Sirketi, Турция произведено: World Medicine Ilaс San. Ve Tic. A.S.
  • Vakil: Rotapharm
OFLOKORT infuziya uchun eritma 100ml 200mg/100ml
  • Ishlab chiqarilish joyi: Hindiston
  • Faol modda: Офлоксацин ko'proq ko'rsatish
  • Ishlab chiqaruvchi: Remedy Group СП OOO
OFLOKSASIN tabletkalari 400mg N10
  • Ishlab chiqarilish joyi: Rossiya Federatsiyasi
  • Faol modda: Офлоксацин ko'proq ko'rsatish
  • Ishlab chiqaruvchi: Синтез, ОАО
OFLOKSASIN tabletkalari 200mg N10
  • Ishlab chiqarilish joyi: Rossiya Federatsiyasi
  • Faol modda: Офлоксацин ko'proq ko'rsatish
  • Ishlab chiqaruvchi: Синтез, ОАО
OFLOKSASIN infuziya uchun eritma 100ml 2mg/ml
  • Ishlab chiqarilish joyi: O'zbekiston
  • Faol modda: Офлоксацин ko'proq ko'rsatish
  • Ishlab chiqaruvchi: Синтез, ОАО
Narh: 4 500 so'mdan Batafsil
YUNIFLOKS ko'z tomchilari i ushnie 5ml 3mg/ml
  • Ishlab chiqarilish joyi: Slovakiya Respublikasi
  • Faol modda: Офлоксацин ko'proq ko'rsatish
  • Ishlab chiqaruvchi: Unimed Pharma spol. S.r.o.
IZIOFLOKS infuziya uchun eritma 100ml 2mg/ml
SINOFLOKS NEO eritma 100ml 200mg/100ml
  • Ishlab chiqarilish joyi: O'zbekiston
  • Faol modda: Офлоксацин ko'proq ko'rsatish
  • Ishlab chiqaruvchi: Remedy Group СП OOO
Narh: 39 000 so'mdan Batafsil
FLOKSUROL infuziya uchun eritma 100ml 0,2%
POLIMIK tabletkalari N10
  • Ishlab chiqarilish joyi: Hindiston
  • Faol modda: Офлоксацин ko'proq ko'rsatish
  • Ishlab chiqaruvchi: Kusum Healthcare Pvt. Ltd.
  • Vakil: Kusum
Narh: 43 700 so'mdan Batafsil
OFLOSTAT NEO infuziya uchun eritma 100ml 200mg/100ml
  • Ishlab chiqarilish joyi: O'zbekiston
  • Faol modda: Офлоксацин ko'proq ko'rsatish
  • Ishlab chiqaruvchi: Remedy Group СП OOO
OFLOKSIM infuziya uchun eritma 100ml
  • Ishlab chiqarilish joyi: O'zbekiston
  • Faol modda: Офлоксацин ko'proq ko'rsatish
  • Ishlab chiqaruvchi: Samarkand England Ecomedical, СП ООО
OFLOKS 200 tabletkalari 200mg N20
  • Ishlab chiqarilish joyi: Eron
  • Faol modda: Офлоксацин ko'proq ko'rsatish
  • Ishlab chiqaruvchi: Exir Pharmaceutical Co.
MR OFLODIK infuziya uchun eritma 100ml 2mg/ml
  • Ishlab chiqarilish joyi: O'zbekiston
  • Faol modda: Офлоксацин ko'proq ko'rsatish
  • Ishlab chiqaruvchi: Merrymed Farm, ООО
OFLODEKS infuziya uchun eritma 100ml 2mg/ml
  • Ishlab chiqarilish joyi: Hindiston
  • Faol modda: Офлоксацин ko'proq ko'rsatish
  • Ishlab chiqaruvchi: Parenteral Drugs (India) Ltd
Narh: 26 500 so'mdan Batafsil
OPLEKS infuziya uchun eritma 100ml 200mg/100ml
  • Ishlab chiqarilish joyi: O'zbekiston
  • Faol modda: Офлоксацин ko'proq ko'rsatish
  • Ishlab chiqaruvchi:
KAFRA tabletkalari 400mg N5
  • Ishlab chiqarilish joyi: Gruziya
  • Faol modda: Офлоксацин ko'proq ko'rsatish
  • Ishlab chiqaruvchi: GM Pharmaceuticals Ltd.
  • Vakil: GMP
AKSAFLOKS infuziya uchun eritma 100ml 200mg/100ml
  • Ishlab chiqarilish joyi: Hindiston
  • Faol modda: Офлоксацин ko'proq ko'rsatish
  • Ishlab chiqaruvchi: Axa Parenterals Ltd
ROFLOKSAN tabletkalari 200mg N10
  • Ishlab chiqarilish joyi: Turkiya
  • Faol modda: Офлоксацин ko'proq ko'rsatish
  • Ishlab chiqaruvchi: Rotapharm Ilaclari Limited Sirketi, Турция произведено: World Medicine Ilaс San. Ve Tic. A.S.
  • Vakil: Rotapharm
Narh: 51 000 so'mdan Batafsil
OFLOD inyeksiya uchun eritma 100ml 200mg/100ml N1
  • Ishlab chiqarilish joyi: Hindiston
  • Faol modda: Офлоксацин ko'proq ko'rsatish
  • Ishlab chiqaruvchi: Ultra Laboratoires Pvt. Ltd.
  • A
  • B
  • D
  • E
  • F
  • G
  • H
  • I
  • J
  • K
  • L
  • M
  • N
  • O
  • P
  • Q
  • R
  • S
  • T
  • U
  • V
  • X
  • Y
  • Z
  • Ch
  • Sh
  • 0-9