×
×

Mahsulotning ko'rinishi saytdagi rasmdan farq qilishi mumkin.

OMARON tabletkalari N30

Kategoriya:
- Asab tizimi
Ishlab chiqarilish joyi:
- Rossiya
Faol modda:
Циннаризин, Пирацетам
Qadoqda soni:
- 30
Ishlab chiqaruvchi:
- Нижфарм, АО
ATX kodi:
- N06BX
Shifokor konsultatsiyasi:
Noaniqliq haqida habar berish

O'xshash dorilar

LIRA inyeksiya uchun eritma 1000mg/4ml N5 Фармак, ПАО Ukraina
95 000 s`om dan
MEDOLAPRAM tabletkalari 10mg N28 World Medicine Ilaс San. Ve Tic. A.S. Turkiya
100 000 s`om dan
IPIGRIKS eritma 1ml 5mg/ml N10 Гриндекс, АО Latviya
160 000 s`om dan
AMITRIPTILIN tabletkalari 10mg N50 Darou Pakhsh Pharmaceutical Mfg. Co. Eron
13 500 s`om dan
Mahsulot haqida tafsilotlar
Saytda e'lon qilingan ma'lumotlar mutaxassislar uchun mo'ljallangan. O'zingizni-o'zingiz davolash bilan shug'ullanmang. Sog'lig'ingizga zarar bermaslik uchun mutaxassis bilan maslahatlashishga ishonch hosil qiling!
OMARON tabletkalari N30 qo'lanishi bo'yicha ko'rsatmalar

OMARON®

dori preparatini tibbiyotda qo‘llash bo‘yicha

YO‘RIQNOMA

Preparatning savdo nomi: Omaron®

Xalqaro patentlanmagan yoki guruhlash nomi:

Pirasetam+Sinnarizin&

Dori shakli: tabletkalar

Bir tabletkani tarkibi

faol moddalar: pirasetam – 400 mg; sinnarizin – 25 mg;

yordamchi moddalar: laktoza monogidrati 23,5 mg, magniy  gidroksikarbonat pentagidrati – 46,8 mg, povidon (kollidon 30) 3,9 mg, kolloid kremniy dioksidi (aerosil A-380)       5,2 mg, kalsiy stearat monogidrati 5,2 mg, krospovidon (kollidon SL-M) 10,4 mg.

Ta‘rifi:

Oq rangli, yassisilindrik shaklli, faskali tabletkalar. Yuzasining marmarligiga yo‘l qo‘yiladi.

Farmakoterapevtik guruxi: Nootrop vositalar

ATX kodi: N06BX.

 

Farmakologik ta‘siri

Farmakodinamikasi

Yaqqol antigipoksik, nootrop va tomirlarni kengaytiruvchi samaraga ega majmuaviy dori vositasi.

Pirasetam bosh miyada energetik va oqsil almashinuvini bevosita kuchaytirishi, hujayralar tomonidan glyukozani utilizasiyasini kuchaytirishi va ularning gipoksiyaga chidamligini oshirishi orqali metabolik jarayonlarni faollashtiradi; markaziy nerv tizimida neyronlararo o‘tkazuvchanlikni yaxshilaydi, ishemiya sohasida regional qon oqimini yaxshilaydi.

Sinnarizin – “sekin” kalsiy kanallarining selektiv blokatori, hujayralarga kalsiy ionlarining kirishini pasaytiradi va uning plazmolemma deposidagi miqdorini kamaytiradi, arteriolalarning silliq mushaklarining tonusini pasaytiradi, ularning tomirlarini toraytiruvchi biogen moddalarga (adrenalin, noradrenalin, dofamin, angiotenzin II, vazopressin, serotonin) reaksiyasini kamaytiradi. Arterial qon bosimiga ta‘sir ko‘rsatmasdan, qon tomirlarni kengaytiruvchi samaraga ega (ayniqsa, bosh miya qon tomirlariga nisbatan, pirasetamning antigipoksik ta‘sirini kuchaytirib). O‘rtacha antigistamin faollik ko‘rsatadi, vestibulyar apparatining qo‘zg‘alishini kamaytiradi, simpatik nerv tizimining tonusini pasaytiradi. Eritrositlar membranasining elastikligini, ularning deformasiyalanish qobiliyatini oshiradi, qonning yopishqoqligini pasaytiradi.

Farmakokinetikasi

So‘rilishi. Ichga qabul qilinganidan keyin pirasetam va sinnarizin me‘da-ichak yo‘llaridan tez va deyarli to‘liq so‘riladi. Pirasetamning biokiraolishligi taxminan 100% ni tashkil qiladi. Pirasetamning maksimal konsentrasiyasiga (Cmax) qabul qilinganidan keyin 0,5-1 soat o‘tgach erishiladi. Sinnarizinning plazmadagi maksimal konsentrasiyasiga 1-3 soatdan keyin erishiladi. Sinnarizinning biokiraolishligi  nordon muhitda oshadi.

Taqsimlanishi. Pirasetam qon plazmasi oqsillari bilan bog‘lanmaydi. Taqsimlanish hajmi taxminan 0,6 l/kg ni tashkil qiladi. Gematoensefalik va yo‘ldosh to‘siq orqali, barcha a‘zolar va to‘qimalarga, shuningdek gemodializda ishlatiluvchi filtrlovchi membranalardan ham o‘tadi. Hayvonlardagi tadqiqotlarda pirasetamning bosh miya po‘stlog‘ining to‘qimalarida, asosan peshona, tepa va ensa bo‘laklarida, miyacha va bazal gangliyalarda tanlab to‘planishi aniqlangan.

Sinnarizin. Plazma oqsillari bilan bog‘lanishi 91% ni tashkil qiladi. Ichga qabul qilinganidan keyin 1-4 soat o‘tgach jigar, buyrak, yurak, o‘pka, taloq va miyada aniqlanadi.

Metabolizmi. Pirasetam deyarli organizmda metabolizmga uchramaydi.

Sinnarizin dealkillanish yo‘li bilan faol va to‘liq metabolizmga uchraydi; metabolizm jarayoni ichga qabul qilinganidan keyin 30 minut o‘tgach boshlanadi.

Chiqarilishi. Pirasetam. Ichga qabul qilingan dozaning 95 % dan ko‘prog‘i o‘zgarmagan holda buyraklar filtrasiyasi orqali 30 soat davomida chiqariladi. Sog‘lom ko‘ngillilarda pirasetamning buyrak klirensi minutiga 86 ml ni tashkil qiladi. Yarim chiqarilish davri (T1/2) – qon plazmasidan 4-5 soat va orqa miya suyuqligidan 8,5 soat. Buyrak yetishmovchiligi bo‘lgan pasientlarda T1/2 uzayadi. Jigar yetishmovchiligi bo‘lgan pasientlarda pirasetamning farmakokinetikasi o‘zgarmaydi.

Sinnarizin organizmdan metabolitlari ko‘rinishida chiqariladi (1/3 – buyraklar, 2/3 – ichaklar orqali), T1/2 – taxminan 4 soat.

 

Qo‘llanilishi

Intellektual-mnestik faoliyatlarning pasayishi bilan birga kechuvchi markaziy nerv tizimining kasalliklari.

Majmuaviy davolash tarkibida: bosh miya qon aylanishini yetishmovchiligi (bosh miya qon tomirlarining aterosklerozi, ishemik va gemorragik insultning tiklanish davri); intoksikasiya yoki jarohatlardan keyingi ensefalopatiya; depressiya; asteniya va adinamiya belgilarining ustunligi bilan ifodalangan psixoorganik sindrom; vestibulyar buzilishlar; Mener sindromi; bolalardagi intelektual rivojlanishning orqada qolishi, migrenni oldini olish; kattalar va bolalarda kinetozlarni oldini olishda qo‘llanadi.

 

Qo‘llash mumkin bo‘lmagan holatlar

Preparatning asosiy va/yoki yordamchi komponentlariga o‘ta yuqori sezuvchanlik; og‘ir jigar yetishmoyachiligi; og‘ir buyrak yetishmovchiligi (kreatinin klirensi minutiga 20 ml dan kam); gemorragik insult; parkinsonizm (shu jumladan Parkinson kasalligi); psixomotor qo‘zg‘alish; Gentington kasalligi; homiladorlik; emizish davri; 5 yoshgacha bo‘lgan bolalar; laktozani o‘zlashtiraolmaslik, laktazaning yetishmovchiligi, glyukoza-galaktozaning kam so‘rilishi sindromida (preparat laktoza saqlaydi) qo‘llash mumkin emas.

Ehtiyotkorlik bilan

Jigar va/yoki buyrak kasalliklari, surunkali buyrak yetishmovchiligi (kreatinin klirensi minutiga 20-80 ml); yuqori ko‘z ichki bosimi; porfiriya; gemostazning buzilishi; katta jarrohlik aralashuvlar; og‘ir qon ketishlari; gipertireoz; tutqanoq; bosh miya qon tomirlarining yaqqol aterosklerozi; nevrotik reaksiyalarga moyillikda ehtiyotkorlik bilan qo‘llash kerak.

 

Qo‘llash usuli va dozalari:

Ichga, ovqat vaqtida yoki ovqatdan keyin.

Kattalarga: kasallikning og‘irligiga qarab 1-2 tabletkadan kuniga 3 marta 1-3 oy davomida. Yiliga 2-3 marta davolash kursini qayta o‘tkazish mumkin.

5 yoshdan oshgan bolalarga: 1-2 tabletkadan kuniga 1-2 marta. 3 oydan ko‘p qo‘llanmasin.

Kinetozlarning oldini olish uchun: kattalarga – 1 tabletkadan, 5 yoshdan oshgan bolalarga- ½ tabletkadan sayohatni boshlashdan 30 minut oldin, har 6-8 soatda qayta qabul qilish bilan (zarurati bo‘lganida).

Buyrak funksiyasi buzilgan pasientlarga: surunkali buyrak yetishmovchiligida (kreatinin klirensi minutiga 20-80 ml) – 1 tabletkadan kuniga 2 marta.

 

Nojo‘ya ta‘sirlari

Markaziy va periferik nerv tizimi tomonidan: harakatchanlik, qo‘zg‘aluvchanlik, uyquchanlik, depressiya, asteniya, bosh og‘rig‘i. Yakka hollarda bosh aylanishi, ataksiya, tutqanoqning zo‘rayishi, ekstrapiramid buzilishlar, tremor, bezovtalik, diqqatni jamlash qobiliyatini pasayishi, uyqusizlik, qo‘zg‘alish, xavotirlik, gallyusinasiyalar, jinsiy moyillikni oshishi.

Yurak-qon tomir tizimi tomonidan: arterial bosimni pasayishi yoki oshishi.

Ovqat hazm qilish tizimi tomonidan: dispeptik ko‘rinishlar, og‘izni qurishi hissi; yakka hollarda – ko‘ngil aynishi, qusish, diareya, qorin og‘riqlari, xolestatik sariqlik.

Teri qoplamlari tomonidan: yakka hollarda dermatit, qichishish, teri toshmasi.

Moddalar almashuvi tomonidan: tana vaznini oshishi.

Allergik reaksiyalar: angionevrotik shish.

Boshqalar: ter ajralishini kuchayishi; yakka hollarda – yuguriksimon sindrom, qizil yassi temiratki.

 

Dozani oshirilib yuborilishi

Dozani oshirilib yuborilishining simptomlari, asosan, sinnarizinning                             m-xolinobloklovchi faollligi bilan bog‘liq bo‘lib, ongni buzilishi, qusish, ekstrapiramid simptomlar, arterial bosimni pasayishini o‘z ichiga oladi. Pirasetam    75 g dozada og‘iz orqali qabul qilinganidan keyin qonli bo‘lgan diareya va qorin og‘riqlari kuzatilgan.

Davolash: spesifik antidoti yo‘q. Doza oshirilib yuborilgan hollarda me‘dani yuvish va faollashtirilgan ko‘mirni qabul qilish kerak, simptomatik va tutib turuvchi davolash o‘tkaziladi. Pirasetam uchun gemodializning samarasi 50-60% ni tashkil qiladi.

 

Dorilarning o‘zaro ta‘siri

Markaziy nerv tizimining faoliyatini susaytiruvchi, shuningdek etanol, nootrop va antigipertenziv vositalar bilan birga qo‘llanganida sedativ ta‘siri kuchayadi.

Preparatning ta‘sirini vazodilyatatorlar kuchaytiradi.

Antipsixotik dori vositalari va trisiklik antidepressantlarning o‘zlashtirilishini yaxshilaydi.

Bir vaqtda qo‘llanganida pirasetam qalqonsimon bezi gormonlarining markaziy samaralarini kuchaytiradi (tremor, bezovtalik, qo‘zg‘aluvchanlik, uyquni buzilishi kuzatilishi mumkin); peroral antikoagulyantlarning ta‘sirini kuchaytirishi mumkin.

 

Maxsus ko‘rsatmalar

Uzoq vaqt qo‘llanganida jigar va buyrak funksiyasini nazorat qilish tavsiya etiladi (ayniqsa, surunkali buyrak yetishmovchiligi bo‘lgan pasientlarda).

Arterial gipotenziyasi bo‘lgan pasientlarning arterial bosimini davolash davrida ko‘proq pasaytirishi mumkin.

Davolanish davrida alkogol iste‘mol qilish tavsiya etilmaydi.

Doping sinamasi va teri allergik testlari natijalarini buzishi mumkin; tekshirishdan 4 kun oldin preparatni bekor qilish lozim.

Avtotransportni va mexanizmlarni boshqarish qobiliyatiga ta‘siri

Davolanish davrida avtotransportni haydash va diqqatni yuqori jamlashni va psixomotor reaksiyalarin tezligini talab qiluvchi boshqa potensial faoliyat turlari bilan shug‘ullanishda ehtiyotkorlikka rioya qilish kerak.

 

Chiqarilish shakli

Tabletkalar 400 mg+25 mg.

10 tabletkadan polivinilxlorid plyonka va bosma laklangan alyumin folga kontur uyali o‘ramda.

3, 6 yoki 9 kontur uyali o‘ramlar preparatni tibbiyotda qo‘llash bo‘yicha yo‘riqnomasi bilan birga karton qutiga joylanadi.

 

Saqlash sharoiti

Quruq, yorug‘likdan himoyalangan joyda, 25°S dan yuqori bo‘lmagan haroratda.

Bolalar ololmaydigan joyda saqlansin.

Yaroqlilik muddati

3 yil. O‘ramida ko‘rsatilgan yaroqlilik muddati tugaganidan keyin ishlatilmasin.

 

Dorixonalardan berish tartibi

Resept bo‘yicha.

Ulashish:

Fikr qoldirish
Baho:
              
Matnni kiriting

Ismingiz
Fikr-mulohazangiz moderator tekshiruvidan so'ng nashr etiladi

Mahsulot bo'yicha savolingiz bormi?

Savol qoldirish

Mulohazalar

OMARON tabletkalari N30 dori vositasi O'zbekiston dori vositalari reestrida ro'yxatdan o'tganmi?
Ha, preparat O'zbekiston dori vositalari reestrida ro'yxatdan o'tgan.
OMARON tabletkalari N30 dori vositasi ishlab chiqaruvchisi kim va u qaysi davlatda ishlab chiqarilgan?
OMARON tabletkalari N30 dori vositasi Нижфарм, АО tomonidan Rossiya mamlakatida ishlab chiqarilgan.
OMARON tabletkalari N30 dori vositasi resept bo’yicha sotiladimi?
OMARON tabletkalari N30 dori vositasi resept bo'yicha sotilmaydi.

Analoglar
NOOTROSIN kapsulalar 400mg/25mg N10
  • Ishlab chiqarilish joyi: O'zbekiston
  • Faol modda: Циннаризин, Пирацетам ko'proq ko'rsatish
  • Ishlab chiqaruvchi: Radiks, ЧНПП
FEZAM kapsulalar 400/25 mg N60
  • Ishlab chiqarilish joyi: Bolgariya
  • Faol modda: Циннаризин, Пирацетам ko'proq ko'rsatish
  • Ishlab chiqaruvchi: Balkanpharma-Dupnitsa AD
Narh: 105 000 so'mdan Batafsil
Ishlab chiqaruvchining dorilari
VITAPROST PLYUS suppozitorii 400mg N10
SINTOMISIN suppozitorii 250mg N10
Narh: 7 800 so'mdan Batafsil
METILURASIL maz 25g 10%
Narh: 6 500 so'mdan Batafsil
GLISERIN suppozitorii 2,11g N10
Narh: 6 700 so'mdan Batafsil
GIOKSIZON maz 10g
Narh: 3 900 so'mdan Batafsil
GIDROKORTIZON maz 10g 1%
Narh: 7 000 so'mdan Batafsil
BENZILBENZOAT maz 25g 20%
Narh: 5 000 so'mdan Batafsil
XONDROKSID gel 30g 5%
Narh: 71 000 so'mdan Batafsil
XONDROKSID maz 30g 5%
Narh: 63 000 so'mdan Batafsil
LEVOMEKOL maz 40g
Narh: 11 900 so'mdan Batafsil
STREPTOSID RASTVORIMIY liniment 30g 5%
Narh: 13 000 so'mdan Batafsil
VITAPROST tabletkalari 20mg N20
Narh: 180 000 so'mdan Batafsil
Narh: 184 900 so'mdan Batafsil
VITAPROST FORTE suppozitorii N10
Narh: 209 400 so'mdan Batafsil
GEKSIKON suppozitorii 16mg N10
Narh: 71 500 so'mdan Batafsil
DEPANTOL suppozitorii N10
Narh: 50 000 so'mdan Batafsil
OKSOLIN maz 10g 0,25%
Narh: 5 000 so'mdan Batafsil
Narh: 45 000 so'mdan Batafsil
PROKTOZAN maz 20g
DIKLOVIT suppozitorii 50mg №10
Narh: 22 800 so'mdan Batafsil
FUNGOTERBINNEO gel 15g
TERAFLEKS XONDRO krem 100,0g 1%+5%
TERAFLEKS XONDRO FORTE krem 30g N1
Narh: 48 000 so'mdan Batafsil
Bisakodil nijfarm 0,01 suppozitorii N10
FEMILEKS suppozitorii 0,1g N5
  • A
  • B
  • D
  • E
  • F
  • G
  • H
  • I
  • J
  • K
  • L
  • M
  • N
  • O
  • P
  • Q
  • R
  • S
  • T
  • U
  • V
  • X
  • Y
  • Z
  • Ch
  • Sh
  • 0-9