×
×
  • OMNOPON inyeksiya uchun eritma 1ml 1,144+11,5+5,4+0,72+0,1 mg/ml N5

Mahsulotning ko'rinishi saytdagi rasmdan farq qilishi mumkin.

OMNOPON inyeksiya uchun eritma 1ml 1,144+11,5+5,4+0,72+0,1 mg/ml N5

Kategoriya:
- Og'riq qoldiruvchi
Ishlab chiqarilish joyi:
- Rossiya
Qadoqda soni:
- 5
Ishlab chiqaruvchi:
- Московский эндокринный завод, ФГУП
ATX kodi:
- N02AA51
Noaniqliq haqida habar berish

O'xshash dorilar

24 000 s`om dan
PENTALGIN tabletkalari N24 ОАО «Фармстандарт-Лексредства» Rossiya
30 000 s`om dan
GRIPPOFLYU poroshok so vkusom malini 13,0g N10 Марбиофарм, ОАО Rossiya Federatsiyasi
SITRAMON BORIMED tabletkalari N6 Борисовский Завод МП ОАО Belarusiya
1 300 s`om dan
Mahsulot haqida tafsilotlar
Saytda e'lon qilingan ma'lumotlar mutaxassislar uchun mo'ljallangan. O'zingizni-o'zingiz davolash bilan shug'ullanmang. Sog'lig'ingizga zarar bermaslik uchun mutaxassis bilan maslahatlashishga ishonch hosil qiling!
OMNOPON inyeksiya uchun eritma 1ml 1,144+11,5+5,4+0,72+0,1 mg/ml N5 qo'lanishi bo'yicha ko'rsatmalar

QO‘LLASH BO‘YICHA YO‘RIQNOMA

OMNOPON

OMNOPONUM

 

Ushbu dori vositasini qabul qilishni/ishlatishni boshlashdan oldin bu yo‘riqnomini diqqat bilan o‘qib chiqing.

  • Yo‘riqnomani saqlab qo‘ying, u yana kerak bo‘lib qolishi mumkin.
  • Agar Sizda savollar paydo bo‘lsa shifokorga murojaat qiling.
  • Bu dori shaxsan Sizga buyurilgan, uni boshqa shaxslarga berish mumkin emas, chunki u xatto Sizdagaga o‘xshash simptomlar bo‘lsa ham, ularga zarar yetkazishi mumkin.

Preparatning savdo nomi: Omnopon

Ta‘sir qiluvchi moddalar (XPN): kodein+morfin+nomkapin+papaverin+tebain&.

Dori shakli: teri ostiga yuborish uchun eritma.

Tarkibi:

1 ml eritma quyidagilarni saqlaydi:

faol moddalar: kodein monogidrati – 0,72 mg yoki 1,44 mg, morfin gidroxloridi trigidrati (morfin gidroxloriliga qayta hisoblaganda) – 5,75 mg yoki 11,5 mg, noskapin – 2,7 mg yoki 5,4 mg, papaverin gidroxloridi – 0,36 mg yoki 0,72 mg, tebain – 0,05 mg yoki  0,1 mg.

yordamchi moddalar: dinatriy edetati (etilendiamintetrasirka kislotasining dinatriyli tuzi) -0,5 mg, gliserol (distillangan gliserin) – 60 mg, xlorid kislotasi
1 M – rN 2,5-3,5 gacha, in‘eksiya uchun suv – 1 ml gacha.

Ta‘rifi: tiniq rangsiz yoki och-sariq suyuqlik.

Farmakoterapevtik guruhi: og‘riqni qoldiruvchi narkotik vosita.

ATX kodi: N02AA51.

«Rossiya Federasiyasida nazorat qilinadigan narkotik vositalar, psixotrop moddalar va ularning prekursorlarining ro‘yxati» Ro‘yxati II ga kiradi.

 

Farmakologik xususiyatlari

Omnopon og‘riq sezuvchanligining bo‘sag‘asini oshiradi, shartli reflekslarni tormozlaydi, eyforiya holatini chaqiradi va o‘rta darajada uxlatuvchi va markaziy yo‘talga qarshi ta‘sirga ega, adashgan nerv markazining tonusini oshiradi, ko‘zni xarakatlantiruvchi nerv markazining faollantirishi hisobiga ko‘z qorachig‘ini torayishini chaqiradi, ichak peristaltikasini susaytiradi, me‘da-ichak yo‘llari bezlarining sekretor faolligini tormozlaydi. Asosiy modda almashinuv va tana haroratini biroz pasaytiradi, antidiuretik gormonini chiqarilishini rag‘batlantiradi. Omnopon teri ostiga yuborilganida og‘riqni qoldiruvchi ta‘siri 10-15 minut o‘tgach rivojlanadi va 3-5 soat davomida saqlanadi.

Omnoponning asosiy farmakologik xususiyatlari unda morfinni saqlanishi bilan bog‘liq. Morfin – asosan myu-opioid reseptorlarning agonisti, endogen antinosiseptiv tizimini faollashtiradi va shunday qilib markaziy nerv tizimining turli darajalarida og‘riq impulslarining neyronlararo o‘tkazilishini buzadi, shuningdek miyaning oliy bo‘limlariga ta‘sir qilib, og‘riqning emosional ko‘rinishini ham o‘zgartiradi.

Morfin turli modallikdagi ta‘sirlovchi omillarda og‘riqni sezuvchanlik bo‘sag‘asini oshiradi, shartli reflekslarni susaytiradi, eyforiya va o‘rta darajada uxlatuvchi ta‘sirga ega, adashgan nerv markazining tonusini oshiradi. Qusish markazining ishga tushiruvchi sohasi xemoreseptorlarini rag‘batlantirishi va  ko‘ngil aynishi va qusishni chaqirishi mumkin, nafas va qusish markazlarini susaytiradi, ko‘zni harakatlantiruvchi markazni faollashtirishi hisobiga ko‘z qorachig‘ini toraytiradi, bronxlar va ichki a‘zolar (ichak, o‘t yo‘llari, qovuq) sfinkterlarining silliq mushaklarining tonusini oshiradi, miometriyning qisqaruvchanlik faolligini kuchaytiradi, ichak peristaltikasini susaytiradi, me‘da-ichak yo‘llari bezlarining sekretor faolligini tormozlayli. Asosiy almashinuv va tana haroratini biroz pasaytiradi, antidiuretik gormonini chiqarilishini rag‘batlantiradi. Periferik qon tomirlarini kengayishini va gistaminning ajralib chiqishini chaqiradi, bu arterial bosimni pasayishiga, terining qizarishiga, ter ajralishini kuchayishiga, ko‘zlarning oqsil qavatini qizarishiga olib kelishi mumkin. Umumiy anesteziya uchun, uyqu, sedativ vositalarning, markaziy ta‘sir qiluvchi komponenti bilan N1-gistamin reseptorlari blokatorlarining, anksiolitik, antipsixotik va antidepressiv preparatlarning markaziy nerv tizimiga ta‘sirini kuchaytiradi.

Papaverin – gipotenziv ta‘sir qiluvchi spazmolitik vosita, ichki a‘zolar va tomirlarning silliq mushaklarining tonusini pasaytiradi va bo‘shashtiradi. Papaverinni saqlashi hisobiga Omnopon morfinga qaraganda, kamroq darajada ichki a‘zolar mushaklarining spazmini chaqiradi.

Kodein opioid reseptorlarning agonistlari guruhiga mansub tabiiy narkotik analgetikdir. Og‘riqni qoldiruvchi ta‘siri antinosiseptiv tizimini rag‘batlantirilishi va og‘riqni emosional sezishning o‘zgarishiga olib keluvchi markaziy nerv tizimining turli bo‘limlari va periferik to‘qimalardagi opioid reseptorlarning qo‘zg‘alishi bilan bog‘liq.

Tebain preparatning tarkibi bo‘yicha eng kam qismini tashkil qiladi. Kimyoviy tuzilishi bo‘yicha tebain morfin va kodeinga o‘xshash. Tebain markaziy nerv tizimidagi opioid reseptorlarga ta‘sir qilib, analgetik samara ko‘rsatadi. O‘zining farmakologik xususiyatlari bo‘yicha tebain morfin va kodeindan farq qiladi, bu markaziy nerv tizimiga susaytiruvchi ta‘sir emas, balki qo‘zg‘atuvchi ta‘sir ko‘rsatadi.

Tebain kichik dozalarda kuchsiz uxlatuvchi ta‘sir ko‘rsatadi. Kodein va morfinning samarasini potensiyalaydi.

Noskapin – uyquli ko‘knori alkoloidi, benzilizoxinolin hosilasi; asosan σ-opioid reseptorlarining agonisti bo‘lib deyarli og‘riqni qoldiruvchi xususiyatlarga ega emas, yo‘talga qarshi ta‘sir ko‘rsatadi. Noskapin silliq mushaklarga nisbatan spazmolitik samara ko‘rsatadi. Papaverinning spazmolitik faolligiga potensiyalovchi samara ko‘rsatadi.

Farmakokinetikasi

Morfinning taqsimlanish hajmi 4 l/kg ni tashkil qiladi. Qon plazmasi oqsillari bilan morfinning 30-35% bog‘lanadi.

Morfin organizmdan glyukuronidli metabolitlari ko‘rinishida (80% gacha) yoki o‘zgarmagan holda asosan buyraklar orqali chiqariladi; ko‘p bo‘lmagan qismi safroga chiqariladi va ahlat bilan chiqariladi. Preparat yo‘ldosh to‘sig‘i orqali o‘tadi va ko‘krak sutida aniqlanadi.

Papaverin jigarda biotransformasiyaga uchraydi. Buyraklar orqali asosan metabolitlari ko‘rinishida chiqariladi. Plazmada oqsillar bilan bog‘lanadi.

Kodein jigarda biotransformasiyaga uchraydi, bunda 10% demetillanish yo‘li bilan morfinga o‘tadi. Buyraklar orqali 5-15% kodein ko‘rinishida va 10% morfin va uning metabolitlari ko‘rinishida chiqariladi. Plazma oqsillari bilan ahamiyatsiz darajada bog‘lanadi.

Tebain farmakologik xususiyatlari bo‘yicha kodeinga o‘xshash. Tebainning asosiy metaboliti – oripavin.

Noskapin organizmga yuborilganidan keyin tez qondan yo‘qoladi va to‘qimalarga o‘tadi. Organizmga tushganidan keyin birinchi olti soat davomida o‘zgarmagan holda siydik bilan chiqariladi, ko‘rsatilgan vaqtdan keyin esa noskapin organizmdan kon‘yugatlari ko‘rinishida chiqariladi. Parchalanish mahsulotlari uzoq vaqt (1 oygacha) siydikda aniqlanadi.

 

Qo‘llanilishi

Turli etiologiyali kuchli og‘riq (operasiyadan keyingi davr, jarohatlar, onkologik bemorlardagi og‘riqlar, miokard infarkti, buyrak, jigar, ichak sanchig‘i va boshqalar).

Og‘riqli diagnostik va terapevtik tadbirlarni o‘tkazishdagi og‘riqsizlantirishda qo‘llanadi.

Qo‘llash usuli va dozalari

Preparatning dozalari og‘riq sindromining yaqqolligi, bemorning yoshi va holatiga qarab shaxsiy ravishda tanlanadi.

  • Katta pasientlarga 0,72+5,75+2,7+0,36+0,05 mg/ml dozali 1 ml eritma teri ostiga yuboriladi. Buyurishning davriyligi 4-5 soat. Yuqori bir martalik doza – 3 ml eritma. Yuqori sutkalik doza – 10 ml.
  • Dozani oshirishning zarurati bo‘lganida 1,44+11,5+5,4+0,72+0,1 mg/ml dozali 1 ml eritma teri ostiga yuboriladi. Zarurati bo‘lganida preparat 4-5 soatdan keyin takror yuboriladi. Yuqori bir martalik doza 1,5 ml. Yuqori sutkalik doza – 5 ml.
  • 2 yoshdan oshgan bolalarga: 0,72+5,75+2,7+0,36+0,05 mg/ml dozali preparat umumiy holatni va og‘riqsizlantirishning kerakli darajasiga qarab, 0,1 ml dan (2-3 yoshli) 0,75 ml gacha (12-14 yoshli) dozada buyuriladi.

 

Nojo‘ya ta‘sirlari

Eyforiya, siydik chiqarilishini buzilishlari, allergik reaksiyalar, depressiya, gallyusinasiyalar, ko‘ngil aynishi, kamroq qusish, bosh aylanishi, mushak kuchsizligi, qabziyatlar. Shuningdek uyquchanlik yoki qo‘zg‘alish, bosh miya ichki bosiming oshishi hisobiga bosh miya kasalliklarini zo‘rayishi, o‘t-safroo chiqarish yo‘llari va qovuq sfinkterining spazmi, nafasni o‘rtacha susayishi. Ichakka nojo‘ya ta‘sirini kamaytirish uchun surgi vositalarini buyurish kerak.

Umumiy anesteziya uchun, uyqu, sedativ vositalarning, markaziy ta‘sir komponenti bilan N1-gistamin reseptorlarining blokatorlari, antidepressantlar, anksiolitik va antipsixotik preparatlarning markaziy nerv tizimiga susaytiruvchi ta‘sirini kuchaytiradi.

O‘rganib qolish va doriga (opioidli) qaramlik (jismoniy va ruhiy) chaqiradi. Periferik qon tomirlari kengayishini va gistaminni ajralib chiqishini chaqiradi, bu bronxospazmga, arterial bosimni pasayishiga, terining qizarishiga, ter ajralishini kuchayishiga, ko‘zlarning oqsil qavatini qizarishiga olib keladi.

Omnopon 1-2 hafta (ba‘zida 2-3 kun) davomida takroriy qo‘llanganida, o‘rganib qolish (og‘riqni qoldiruvchi ta‘sirining susayishi) va opioidli doriga qaramlik rivojlanishi mumkin. Preparatni qo‘llash to‘xtatilganidan keyin 1-2 kun o‘tgach «bekor qilish» sindromining belgilari (midriaz, esnash, mushak qisqarishlari, bosh og‘rig‘i, terchanlik, qusish, diareya, taxikardiya, gipertermiya, arterial bosimni oshishi va boshqa vegetativ simptomlar) paydo bo‘lishi mumkin, bu ixtisoslashtirilgan bo‘lim sharoitida davolashni talab qiladi.

Agar yo‘riqnomada ko‘rsatilgan har qanday nojo‘ya samaralari chuqurlashsa, yoki Siz yo‘riqnomada ko‘rsatilmagan har qanday boshqa nojo‘ya samralarini sezsangiz, bu haqida shifokorga xabar bering.

Qo‘llash mumkin bo‘lmagan holatlar

Preparatning komponentlariga yuqori sezuvchanlik. Nafasni susayishi yoki markaziy nerv tizimining yaqqol susayishi bilan kechuvchi holatlar. Tirishishli holatlar. Yuqori bosh miya bosimi. Bosh miya jarohati. O‘tkir alkogolli holatlar, shu jumladan alkogolli psixoz.

Bronxial astma. O‘pka-yurak yetishmovchiligi. Yurak ritmini buzilishi.

Tashxis aniqlangunigacha qorin bo‘shlig‘i a‘zolarining o‘tkir xirurgik kasalliklari.

O‘t yo‘llaridagi xirurgik aralashuvlardan keyingi holatlar.

Falajli ileus.

Monoaminooksidaza ingibitorlari bilan birga qabul qilish va ular bekor qilinganidan keyin 14 kun davomida.

2 yoshgacha bo‘lgan bolalar.

Agar Sizda sanab o‘tilgan kasalliklardan biri bo‘lsa, preparatni qabul qilish oldidan shifokor bilan maslahatlashing.

Ehtiyotkorlik bilan:

Keksa yoshli bemorlar, umumiy holdan toyish, buyrak usti bezi yetishmovchiligi; anamnezida opioidlarga qaramlikka ko‘rsatmalar bo‘lganida. Alkogolizm, suisidao moyillik, emosional beqarorlik, tutqanoq sindromi, o‘pkaning surunkali obstruktiv kasalliklari, gipotireoz, me‘da-ichak yo‘llari, siydik chiqarish tizimidagi xirurgik aralashuvlar, jigar yoki buyrak yetishmovchiligi, o‘t tosh kasalligi, ichakning og‘ir darajada yallig‘lanishli kasalliklari, siydik chiqarish yo‘lining strikturalari, prostata bezining giperplaziyasi.

Agar Sizda sanab o‘tilgan kasalliklardan biri bo‘lsa, preparatni qabul qilish oldidan shifokor bilan maslahatlashing.

Dorilarning o‘zaro ta‘siri

Markaziy nerv tizimini haddan ziyod susayishi va nafas markazining faolligini bostirilishidan saqlanish uchun, umumiy anesteziya uchun vositalar,  uyqu preparatlari, anksiolitiklar sedativ, antidepressantlar va antipsixotik preparatlarning ta‘siri fonida Omnoponni sinchkov kuzatuv ostida va kamaytirilgan dozalarda qo‘llash kerak.

Og‘riqni qoldirilishini susayishini xavfi va «bekor qilish» sindromini qo‘zg‘atishi mumkinligi tufayli, Omnoponni opioid reseptorlarning qisman agonistlari (buprenorfin, tramadol) va agonistlari-antagonistlari (nalbufen, butorfanol) guruhi narkotik analgetiklar bilan birga qo‘llash mumkin emas.

Opioid analgetiklarning (trimeperidin, fentanil) og‘riqni qoldiruvchi ta‘siri va nohush samaralari terapevtik dozalar diapazonida Omnoponning samaralari bilan qo‘shilib kuchayadi.

 

Maxsus ko‘rsatmalar

Davolanish davrida diqqatni yuqori jamlashni va psixomotor reaksiyalar tezligini talab qiluvchi potensial xavfli faoliyat turlari bilan shug‘ullanishdan saqlanish kerak.

Homiladorlik va emizish davrida qo‘llanishi

Homiladorlik, tug‘ruq va emizish davrida Omnoponni faqat hayotiy ko‘rsatmalar bo‘yicha qo‘llash mumkin (homila va yangi tug‘ilgan chaqaloqda doriga qaramlik rivojlanishi mumkin).

Preparat bolalar ololmaydigan joyda saqlansin va yaroqlilik muddati o‘tgach qo‘llanilmasin.

Dozani oshirib yuborilishi

Simptomlari: stuporoz yoki komatoz holat, gipotermiya, arterial bosimni pasayishi, nafasni susayishi kuzatiladi. Xarakterli belgisi qorachiqlarining yaqqol torayishi (ahamiyatli darajada gipoksiyada qorachiqlar kengaygan bo‘lishi mumkin).

Davolash: avdekvat o‘pka ventilyasiyasini tutib turish, simptomatik davolash. Vena ichiga spesifik opioid antagonisti naloksonni 0,4-2 mg dozada yuborish, nafasni tez tiklaydi. Samara bo‘lmaganida 2-3 minut o‘tgach naloksonni yuborish takrorlanadi. Bolalar uchun naloksonning boshlang‘ich dozasi – 0,01 mg/kg. Naloksonning ta‘siri qisqa muddatli ekanligini hisobga olish kerak. Shuningdek opioidlarga qaramligi bo‘lgan bemorlarga nalokson yuborilganida «bekor qilish» sindromining rivojlanishi mumkinligini hisobga olish kerak – bunday xollarda antagonistning dozasini asta-sekin oshirish kerak.

Chiqarilish shakli

Teri ostiga yuborish uchun 0,72+5,75+2,7+0,36+0,05 mg/ml va 1,44+11,5 5,4+0,72+0,1 mg/ml eritma ampulalarda 1 ml dan. 5 ampula kontur uyali o‘ramda. 1 yoki 2 kontur uyali o‘ramlar tibbiyotda qo‘llash bo‘yicha yo‘riqnomasi bilan karton qutida. 20, 50 yoki 100 kontur uyali o‘ramlar teng miqdordagi qo‘llash bo‘yicha yo‘riqnomalari bilan karton qutida yoki gofrirlangan karton yashikda (stasionarlar uchun).

 

Saqlash sharoiti

Ro‘yxat II. «Rossiya federasiyasida nazorat qilinadigan narkotik vositalar, psixotrop moddalar va ularning prekursorlarini ro‘yxati», ko‘rsatilgan faoliyat turiga lisenziya borligida maxsus jihozlangan xonalarda saqlanadi.

Yorug‘likdan himoyalangan joyda, 15ºS dan yuqori bo‘lmagan haroratda.

Yaroqlilik muddati

3 yil.

Dorixonalardan berish tartibi

Dorixonalardan resept bo‘yicha boshqa narkotik analgetiklarga bo‘lgan cheklovlar kabi beriladi.

 

Ulashish:

Fikr qoldirish
Baho:
              
Matnni kiriting

Ismingiz
Fikr-mulohazangiz moderator tekshiruvidan so'ng nashr etiladi

Mahsulot bo'yicha savolingiz bormi?

Savol qoldirish

Mulohazalar

OMNOPON inyeksiya uchun eritma 1ml 1,144+11,5+5,4+0,72+0,1 mg/ml N5 dori vositasi O'zbekiston dori vositalari reestrida ro'yxatdan o'tganmi?
Ha, preparat O'zbekiston dori vositalari reestrida ro'yxatdan o'tgan.
OMNOPON inyeksiya uchun eritma 1ml 1,144+11,5+5,4+0,72+0,1 mg/ml N5 dori vositasi ishlab chiqaruvchisi kim va u qaysi davlatda ishlab chiqarilgan?
OMNOPON inyeksiya uchun eritma 1ml 1,144+11,5+5,4+0,72+0,1 mg/ml N5 dori vositasi Московский эндокринный завод, ФГУП tomonidan Rossiya mamlakatida ishlab chiqarilgan.
OMNOPON inyeksiya uchun eritma 1ml 1,144+11,5+5,4+0,72+0,1 mg/ml N5 dori vositasi resept bo’yicha sotiladimi?
OMNOPON inyeksiya uchun eritma 1ml 1,144+11,5+5,4+0,72+0,1 mg/ml N5 dori vositasi resept bo'yicha sotiladigan dori

Ishlab chiqaruvchining dorilari
GEPARIN inyeksiya uchun eritma 5ml 5000ME/ml N5
Narh: 24 000 so'mdan Batafsil
FENIBUT tabletkalari 250mg N20
Narh: 15 600 so'mdan Batafsil
FENTANIL inyeksiya uchun eritma 2 ml 50 mkg/ml N5
  • Ishlab chiqarilish joyi: Rossiya
  • Ishlab chiqaruvchi: Московский эндокринный завод, ФГУП
FENTANIL inyeksiya uchun eritma 1 ml 50 mkg/ml N5
  • Ishlab chiqarilish joyi: Rossiya
  • Ishlab chiqaruvchi: Московский эндокринный завод, ФГУП
NAFTIZIN burun uchun tomchilar 10ml 0,1%
  • Ishlab chiqarilish joyi: Rossiya
  • Faol modda: Nafazolin ko'proq ko'rsatish
  • Ishlab chiqaruvchi: Московский эндокринный завод, ФГУП
Narh: 10 000 so'mdan Batafsil
GONADOTROPIN XORIONICHESKIY liofilizat 1000me N5
Narh: 224 000 so'mdan Batafsil
GONADOTROPIN XORIONICHESKIY liofilizat 500me N5
Narh: 2 660 000 so'mdan Batafsil
ADRENALIN eritma 1ml 0,001/ml N5
  • Ishlab chiqarilish joyi: Rossiya
  • Faol modda: Epinefrin ko'proq ko'rsatish
  • Ishlab chiqaruvchi: Московский эндокринный завод, ФГУП
Narh: 15 000 so'mdan Batafsil
FENTANIL inyeksiya uchun eritma 2 ml 50 mkg/ml N10
  • Ishlab chiqarilish joyi: Rossiya
  • Ishlab chiqaruvchi: Московский эндокринный завод, ФГУП
FENOBARBITAL tabletkalari 100mg N6
  • Ishlab chiqarilish joyi: Rossiya
  • Ishlab chiqaruvchi: Московский эндокринный завод, ФГУП
FENOBARBITAL tabletkalari 100mg N12
  • Ishlab chiqarilish joyi: Rossiya
  • Ishlab chiqaruvchi: Московский эндокринный завод, ФГУП
FENOBARBITAL tabletkalari 100mg N10
  • Ishlab chiqarilish joyi: Rossiya
  • Ishlab chiqaruvchi: Московский эндокринный завод, ФГУП
TRAMADOL inyeksiya uchun eritma 2ml 50mg/ml N5
  • Ishlab chiqarilish joyi: Rossiya
  • Ishlab chiqaruvchi: Московский эндокринный завод, ФГУП
SIBAZON tabletkalari 5mg N50
  • Ishlab chiqarilish joyi: Rossiya
  • Ishlab chiqaruvchi: Московский эндокринный завод, ФГУП
SIBAZON tabletkalari 5mg N20
  • Ishlab chiqarilish joyi: Rossiya
  • Ishlab chiqaruvchi: Московский эндокринный завод, ФГУП
SIBAZON tabletkalari 5mg N10
  • Ishlab chiqarilish joyi: Rossiya
  • Ishlab chiqaruvchi: Московский эндокринный завод, ФГУП
PROMEDOL inyeksiya uchun eritma 1ml 20mg/ml N5
  • Ishlab chiqarilish joyi: Rossiya
  • Ishlab chiqaruvchi: Московский эндокринный завод, ФГУП
PROMEDOL inyeksiya uchun eritma 1ml 20mg/ml N10
  • Ishlab chiqarilish joyi: Rossiya
  • Ishlab chiqaruvchi: Московский эндокринный завод, ФГУП
PROMEDOL inyeksiya uchun eritma 1ml 10mg/ml N5
  • Ishlab chiqarilish joyi: Rossiya
  • Ishlab chiqaruvchi: Московский эндокринный завод, ФГУП
OMNOPON inyeksiya uchun eritma 1ml 1,144+11,5+5,4+0,72+0,1 mg/ml N10
  • Ishlab chiqarilish joyi: Rossiya
  • Ishlab chiqaruvchi: Московский эндокринный завод, ФГУП
OMNOPON inyeksiya uchun eritma 1ml 0,72+5,75+2,7+0,36+0,05 mg/ml N5
  • Ishlab chiqarilish joyi: Rossiya
  • Ishlab chiqaruvchi: Московский эндокринный завод, ФГУП
KETAMIN inyeksiya uchun eritma 2ml 50mg/ml N5
  • Ishlab chiqarilish joyi: Rossiya
  • Ishlab chiqaruvchi: Московский эндокринный завод, ФГУП
DROPERIDOL inyeksiya uchun eritma 2ml 2,5mg/ml N10
  • Ishlab chiqarilish joyi: Rossiya
  • Ishlab chiqaruvchi: Московский эндокринный завод, ФГУП
DROPERIDOL inyeksiya uchun eritma 5ml 2,5mg/ml N5
  • Ishlab chiqarilish joyi: Rossiya
  • Ishlab chiqaruvchi: Московский эндокринный завод, ФГУП
DROPERIDOL inyeksiya uchun eritma 2ml 2,5mg/ml N5
  • Ishlab chiqarilish joyi: Rossiya
  • Ishlab chiqaruvchi: Московский эндокринный завод, ФГУП
  • A
  • B
  • D
  • E
  • F
  • G
  • H
  • I
  • J
  • K
  • L
  • M
  • N
  • O
  • P
  • Q
  • R
  • S
  • T
  • U
  • V
  • X
  • Y
  • Z
  • Ch
  • Sh
  • 0-9