×
×
  • SIBAZON tabletkalari 5mg N10

Mahsulotning ko'rinishi saytdagi rasmdan farq qilishi mumkin.

SIBAZON tabletkalari 5mg N10

Kategoriya:
- Uyqu dorisi va sedativlar
Ishlab chiqarilish joyi:
- Rossiya
Qadoqda soni:
- 10
Ishlab chiqaruvchi:
- Московский эндокринный завод, ФГУП
ATX kodi:
- N05BA01
Noaniqliq haqida habar berish

O'xshash dorilar

RESPONGIL tabletkalari 2mg N20 РЕПЛЕК ФАРМ Лтд. Makedoniya
76 000 s`om dan
BETAMAKS tabletkalari 50mg N30 Гриндекс, АО Latviya
TENOTEN tabletkalari N40 ООО «НПФ «МАТЕРИА МЕДИКА ХОЛДИНГ» Rossiya
36 000 s`om dan
SIMPATIL tabletkalari N40 Innothera Chouzy Frantsiya
116 300 s`om dan
Mahsulot haqida tafsilotlar
Saytda e'lon qilingan ma'lumotlar mutaxassislar uchun mo'ljallangan. O'zingizni-o'zingiz davolash bilan shug'ullanmang. Sog'lig'ingizga zarar bermaslik uchun mutaxassis bilan maslahatlashishga ishonch hosil qiling!
SIBAZON tabletkalari 5mg N10 qo'lanishi bo'yicha ko'rsatmalar

QO‘LLASH BO‘YICHA YO‘RIQNOMA

SIBAZON

SIBAZONUM

 

Preparatning savdo nomi: Sibazon

Ta‘sir etuvchi modda (XPN): diazepam

Dori shakli: tabletkalar

Bir tabletkaning tarkibi

Faol modda:

diazepam (sibazon)                                      – 5,0 mg

Yordamchi moddalar:

laktoza monogidrati                                   – 34,5 mg,

kartoshka kraxmali                                     – 8,5 mg,

povidon (tibbiy quyimolekulyar              – 1,5 mg

polivinilpirrolidon)

kalsiy stearati monogidrati                   – 0,5 mg.

Ta‘rifi: oq yoki kuchsiz sarg‘ish tusli oq rangli, ikki yoqlama qavariq tabletkalar.

Farmakoterapaevtik guruhi: Anksiolitik vosita (trankvilizator). «Perechen narkoticheskix sredstv, psixotropnыx veщestv i ix prekursorov, podlejaщix kontrolyu v Rossiyskoy Federasii»ning III ro‘yxatiga kiritilgan psixotrop modda.

ATX kodi: N05VA01.

Farmakologik xususiyatlari

Diazepam – benzodiazepinning hosilasi bo‘lib, sedativ-uxlatuvchi, tirishishga qarshi va markaziy miorelaksasiyalovchi ta‘sirlar ko‘rsatadi.

Diazepamning ta‘sir mexanizmi nerv impulslarini o‘tkazilishiga GAMK ning (gamma-aminomoy kislotasi – markaziy nerv tizimining barcha bo‘limlaridagi pre- va postsinaptik tormozlanish mediatori) ingibisiya qiluvchi ta‘sirini kuchayishiga olib keluvchi supramolekulyar GAMK –benzodiazepin-xlorionofor reseptor majmuasi benzodiazepinli reseptorlarni rag‘batlantirilishi bilan bog‘liq. Miya o‘zanining yuqoriga intiluvchi faollashtiruvchi retikulyar formasiyasining postsinaptik GAMK-reseptorlarining allosterik markazida joylashgan benzodiazepin reseptorlarini va orqa miyaning yon shoxlarining kiritma neyronlarini rag‘batlantiradi, bosh miyaning po‘stloq osti tuzilmalarining (limbik tizimi, talamus, gipotalamus) qo‘zg‘aluvchanligini kamaytiradi, polisinaptik spinal reflekslarni tormozlaydi.

Anksiolitik ta‘siri limbik tizimining bodomsimon majmuasiga ta‘siri bilan bog‘liq va emosional kuchlanishni kamayishi, xavotirlik, qo‘rquv, bezovtalikni susayishi bilan nomoyon bo‘ladi.

Sedativ samarasi bosh miya o‘zanining retikulyar formasiyasiga va talamusning nospesifik yadrolariga ta‘siri bilan bog‘liq va nevrotik kelib chiqishga ega bo‘lgan simptomatikani (xavotirlik, qo‘rquv) kamayishi bilan namoyon bo‘ladi.

Uxlatuvchi ta‘sirining asosiy mexanizmi bosh miya o‘zanining retikulyar formasiyasining hujayralarini susayishidan iborat.

Tirishishga qarshi ta‘siri presinaptik tormozlanishni kuchayishi yo‘li bilan amalga oshiriladi.Tutqanoq faolligining tarqalishi bostiriladi, lekin patologik o‘choqning qo‘zg‘algan holati yo‘qotilmaydi.

Markaziy miorelaksasiyalovchi ta‘siri polisinaptik spinal afferent tormozlovchi yo‘llarning (kamroq darajada monosinaptik) tormozlanishi bilan bog‘liq. Harakatlantiruvchi nervlari va mushaklarning faoliyati to‘g‘ridan-to‘g‘ri tormozlanishi xam mumkin.

O‘rtacha spazmolitik faollikka ega bo‘lib, arterial bosimni pasayishini va koronar tomirlarni kengayishini chaqirishi mumkin. Og‘riq sezuvchanligining bo‘sag‘asini oshiradi. Simpatoadrenal va parasimpatik (shu jumladan vestibulyar) paroksizmlarni susaytiradi. Me‘da shirasining tungi sekresiyasini pasaytiradi.

Preparatning ta‘siri davolashning 2-7 kunlarida kuzatiladi.

Psixotrop genezli produktiv simptomatikaga (o‘tkir alahsirash, gallyusinator, affektiv buzilishlar) deyarli ta‘sir qilmaydi, kamdan-kam affektiv kuchlanishni, alahsirashli buzilishlarni kamayishi kuzatiladi.

Surunkali alkogolizmdagi abstinent sindromida ajitasiya, tremor, negativizm, shuningdek alkogolli deliriy va gallyusinasiyalarni susayishini chaqiradi.

Kardialgiya, aritmiyalari va parasteziyalari bo‘lgan bemorlarda terapevtik samarasi 1 haftaning oxirida kuzatiladi.

Farmakokinetikasi

So‘rilishi yuqori. Ichga qabul qilinganidan keyin taxminan 75% so‘riladi. Klinik samarasi preparat qabul qilinganidan keyin yarim soat o‘tgach namoyon bo‘ladi, plazmadagi maksimal konsentrasiyasiga (Cmax) esa 2 s o‘tgach erishiladi, muvozanat konsentrasiyasiga  (Css) doimiy qabul qilishda 1-2 xafta o‘tgach erishiladi. Diazepam uzoq vaqt taxminan 12 soat davomida ta‘sir qiladi. Biokiraolishligi – 90%. Qon plazmasi oqsillari bilan bog‘lanishi 94-99% ni tashkil qiladi, bunda odatda erkaklarda, ayollardagiga qaraganda yuqori bo‘ladi.

Diazepam va uning metabolitlari gematoensefalik va yo‘ldosh to‘siqlari orqali o‘tadi, ko‘krak sutida plazmadigi konsentrasiyasining 1/10 qismga to‘g‘ri keluvchi konsentrasiyalarda aniqlanadi. Plazma oqsillari bilan bog‘lanishi – 98%.

Jigarda CYP2C19, CYP3A4, CYP3A5 va CYP3A7 izofermentlarning ishtirokida metabolizmga uchraydi. 98-99% farmakologik yuqori faol (desmetildiazepam) va kamroq faol (temazepam va oksazepam) hosilalarigacha metabolizmga uchraydi.

Buyrak orqali – 70% (glyukuronidlar ko‘rinishida), o‘zgarmagan holda -1-2% va 10% dan kamrog‘i- ahlat massalari bilan chiqariladi. Chiqarilishi ikki fazali xarakterga ega: dastlabki tez va faol taqsimlanish (T1/2 – 3 soat) fazasidan keyin davomli fazasi              (T1/2 – 20-70 soat). Desmetildiazepamning yarim chiqarilish davri (T1/2) – 30-100 soat, temazepamni – 9,5-12,4 soat va oksazepamni – 5-15 soat.

T1/2 yangi tug‘ilgan chaqaloqlarda (30 soatgacha), keksa va qari yoshli pasientlarda                    (100 soatgacha) va jigar-buyrak yetishmovchiligi bo‘lgan bemorlarda (4 sutkagacha) uzayishi mumkin.

Takroran qo‘llanganda diazepam va uning faol metabolitlarining to‘planishi axamiyatli. T1/2 davomli bo‘lgan benzodiazepinlarga kiradi, davolash to‘xtatilganidan keyin chiqarilishi – sekin, chunki metabolitlari qonda bir necha kunlar yoki hatto haftalar davomida saqlanadi.

Qo‘llanilishi

Quyidagilar sifatida buyuriladi:

  • psixomotor qo‘zg‘alishda sedativ vosita sifatida, dermatologiya amaliyotida qichima dermatozlarda;
  • o‘tkir xavotirli-fobik va xavotirli-depressiv holatlarda, abstinensiya ko‘rinishlari bilan alkogolli psixozlarda;
  • neyrodegenerativ kasalliklardagi, shu jumladan umurtqa pog‘onasini shikastlanishlarida, lyumbago, bo‘yin radikulitidagi markaziy kelib chiqishga ega bo‘lgan mushak spazmlarida miorelaksasiyalovchi va tirishishga qarshi vosita sifatida.

Operativ aralashuvlarga va diagnostik muolajalarga tayyorlash.

Qo‘llash usuli va dozalari

Ichga buyuriladi. Doza bemorning holati, kasallikning klinik manzarasi, preparatga sezuvchanlikka qarab, shaxsiy ravishda hisoblanadi.

Kattalarga sutkada 5-15 mg dan odatda 2-3 qabulda buyuriladi. Stasionar sharoitlarida pasientlarga sutkalik terapevtik dozani 30 mg gacha, holat zo‘raygan holda, zarurati bo‘lganida, o‘zlashtirilishini hisobga olib, 60 mg gacha oshirish mumkin.

Nojo‘ya ta‘sirlari

Nojo‘ya samaralarini rivojlanish tez-tezligining tasnifi (JSST):

juda tez-tez >1/10

tez-tez >1/100 dan <1/10 gacha

tez-tez emas >1/1000 dan <1/100 gacha

kam >1/10000 dan <1/1000 gacha

Juda kam <1/10000 dan, shu jumladan alohida xabarlar.

Qon yaratish tizimi tomonidan:

– juda kam: neytropeniya (uzoq muddat qo‘llanganida qonning tarkibini vaqti-vaqti bilan nazorat qilish kerak), leykopeniya, agranulositoz, anemiya, trombositopeniya;

Nerv tizimi tomonidan:

– tez-tez: holsizlik, uyquchanlik, ataksiya,

– tez-tez emas: ongni chalkashishi, depressiya, dizartriya, bog‘lanmagan nutq, faollikni kamayishi, libidoni kamayishi, bosh og‘rig‘i, bosh aylanishi, tremor, xotirani buzilishi, uyqusizlik, gallyusinasiyalar, xavotirlik;

– kam: bosh og‘rig‘i, eyforiya, depressiya, tremor, kayfiyatsizlik, katalepsiya, ekstrapiramid reaksiyalar (tanani shu jumladan ko‘zlarni nazorat qilinmaydigan harakatlari), giporefleksiya;

– juda kam: paradoksal reaksiyalar (tajavvuzkor, psixomotor qo‘zg‘alish, suisidal moyillik, mushak spazmi, ta‘sirchanlik, o‘tkir qo‘zg‘alish);

Yurak-qon tomir tizimi tomonidan:

– tez-tez emas: yurak urishini his qilish, bradikardiya, hushdan ketish, yurak-tomir kollapsi;

Sezgi a‘zolari tomonidan:

– tez-tez emas: ko‘rishning noaniqligi, diplopiya, nistagm;

Ovqat hazm qilish tizimi tomonidan:

– tez-tez emas: qabziyat, ko‘ngil aynishi, qusish, og‘iz bo‘shlig‘i shilliq qavatining quruqligi yoki gipersalivasiya, jig‘ildon qaynashi, xiqichoq, gastralgiya, ishtaxani pasayishi;

– juda kam: sariqlik (uzoq muddat qo‘llanganida vaqti-vaqti bilan jigar faoliyatini nazorat qilish tavsiya etiladi), jigar faoliyatini buzilishi, «jigar» transaminazalarining va ishqoriy fosfotaza faolligini oshishi;

Teri qoplamalari tomonidan:

– tez-tez emas: eshakemi, teri toshmasi, qichishish;

Tayanch-harakat apparati tomonidan:

– tez-tez emas: mushak kuchsizligi;

Siydik chiqarish tizimi tomonidan:

– tez-tez emas: siydikni tutaolmaslik, siydikni tutilishi, buyraklarning faoliyatini buzilishi;

Reproduktiv tizimi tomonidan:

– tez-tez emas: hayz ko‘rish siklining buzilishi, libidoni oshishi yoki pasayishi;

Homilaga ta‘siri: teratogenlik (ayniqsa I uch oyligida), MNT susayishi, nafasni buzilishi va onalari preparat qo‘llagan yangi tug‘ilgan chaqaloqlarda so‘rish refleksining susayishi.

Diazepam bilan davolash vaqtida va keyin elektroensefalogrammada katta bo‘lmagan, klinik ahamiyatsiz o‘zgarishlar (hammadan ko‘proq, pastvoltajli tez faollik) bo‘lishi mumkin.

Benzodiazepindar uzoq muddat qo‘llanganida bu preparatlarning o‘zlashtirilishi o‘zgaradi; ruhiy va jismoniy qaramlik belgilari rivojlanishi mumkin. Yuqori dozalar ishlatilganida va preparatlar uzoq muddat qo‘llanganida qaramlikni rivojlanish xavfi yuqori.

Diazepamni qo‘llash keskin bekor qilinganida «bekor qilish» sindromi (tirishishlar, tremor, qorin va mushaklarda spazmlar, qusish, terchanlik) rivojlanadi. Hammadan ko‘proq bu simptomlar uzoq muddat yuqori dozalar qo‘llanganida rivojlanadi. Yengilroq simptomlari (disforiya, uyqusizlik), bir necha oylar davomida terapevtik dozalarda qo‘llangan benzodiazepinlar to‘satdan bekor qilinganidan keyin aniqlanadi.

Shunday qilib, preparat uzoq muddat qo‘llanganida uni to‘satdan bekor qilishdan saqlanish kerak, bunda sutkalik doza asta-sekin kamaytiriladi.

Og‘ir darajada nohush samaralar rivojlanganida davolashni to‘xtatish kerak.

Agar yo‘riqnomada ko‘rsatilgan xar qanday nojo‘ya samaralari yomonlashsa, yoki Siz yo‘riqnomada ko‘rsatilmagan xar qanday boshqa nojo‘ya samaralarini sezsangiz, bu haqida shifokorga xabar bering.

Qo‘llash mumkin bo‘lmagan holatlar

Diazepamga, preparatning boshqa komponentlariga va boshqa benzodiazepinlarga yuqori sezuvchanlik, koma, shok, hayotiy muhim faoliyatlarni susayishi bilan o‘tkir alkogolli intoksikasiya, markaziy nerv tizimiga susaytiruvchi ta‘sir ko‘rsatuvchi dori vositalari (shu jumladan narkotik analgetiklar va uyqu dori vositalari) bilan o‘tkir intoksikasiyalar, jigar va buyraklarning o‘tkir kasalliklari, og‘ir miasteniya, yopiq burchakli glaukoma (o‘tkir xurujga moyillik); markaziy kelib chiqishga ega bo‘lgan nafas va ongni buzilishi; og‘ir darajali O‘SOK (o‘pkalarning surunkali obstruktiv kasalligi) (nafas yetishmovchiligini kuchayishini xavfi), o‘tkir nafas yetishmovchiligi, og‘ir darajali nafas yetishmovchiligi, og‘ir darajali jigar yetishmovchiligi, gravis miasteniyasi, prostata bezining gipertrofiyasi, laktaza tanqisligi, laktozani o‘zlashtiraolmaslik, glyukoza-galaktozani malabsorbsiya (preparat laktoza saqlaydi),      6 yoshgacha bo‘lgan bolalar.

Ehtiyotkorlik bilan

Anamnezdagi tutqanoq va tutqanoq xurujlari (diazepam bilan davolashni boshlash yoki uni keskin bekor qilish xurujlarning rivojlanishi va tutqanoq statusini tezlashtirishi mumkin), og‘ir darajali depressiya (suisidal urinishlar aniqlanishi mumkin); jigar va/yoki buyrak yetishmovchiligi, serebral va spinal ataksiyalar, giperkinezlar, anamnezdagi doriga qaramlik, psixofaol moddalar shu jumladan dori vositalari) bilan suiiste‘mol qilishga moyillik, bosh miyaning organik kasalliklari, psixoz (paradoksal reaksiyalar bo‘lishi mumkin), gipoproteinemiya, tungi apnoe (aniqlangan yoki gumon qilingan), keksalik yoshi.

Dorilarning o‘zaro ta‘siri

Etanol, sedativ va antipsixotik dori vositalarining (neyroleptiklar), antidepressantlar, narkotik analgetiklar, umumiy anesteziya uchun vositalar,  miorelaksantlarning markaziy nerv tizimiga susaytiruvchi ta‘sirini kuchaytiradi.

Jigarning mikrosomal fermentlarining ingibitorlari (shu jumladan simetidin, peroral kontraseptivlar, eritromisin, disulfiram, fluoksetin, izoniazid, ketokonazol, metoprolol, proprenolol, propoksifen, valproat kislotasi) T1/2 ni uzaytiradi va ta‘sirini kuchaytiradi.

Jigarning mikrosomal fermentlarining induktorlari (rifampisin, karbamazepin, kofein) samaradorligini kamaytiradi.

Antasid dori vositalari diazepamning me‘da-ichak yo‘llaridan so‘rilish tezligini, biroq uning to‘liqligini emas, kamaytiradi

Gipotenziv dori vositalari arterial bosimning pasayishini yaqqolligini kuchaytirishi mumkin.

Klozapinni bir vaqtda qo‘llash fonida nafas susayishini kuchayishi mumkin.

Past qutbli yurak glikozidlari (digitoksin) bilan bir vaqtda qo‘llanganida, qon zardobida yurak glikozidlarining konsentrasiyasini oshishi va glikozidli intoksikasiya rivojlanishi mumkin (plazma oqsillari bilan bog‘lanishga raqobat natijasida).

Parkinsonizmi bo‘lgan pasientlarda levodopaning samaradorligini pasaytiradi.

Omeprazol diazepamning chiqarilish vaqtini uzaytiradi.

Monoaminooksidaza ingibitorlari, analeptiklar, psixostimulyatorlar – faolligini kamaytiradi.

Umumiy anesteziyaga kiritish uchun talab qilinadigan diazepam bilan premedikasiya, fentanilning dozasini pasaytirish, va induksion dozalar yordamida ongni «ketkazish» uchun kerak bo‘lgan vaqtni kamaytirish imkoniyatini beradi.

Zidovudinning toksikligini oshirishi mumkin.

Rifampisin diazepamni chiqarilishini kuchaytirishi va plazmada uning konsentrasiyasini pasaytirishi mumkin. Teofillin (past dozalarda qo‘llanuvchi) sedativ ta‘sirini kamaytirishi yoki hatto buzishi mumkin.

Maxsus ko‘rsatmalar

Doriga qaramlikni shakllanishini xavfi yuqori dozalar (sutkada 60 mg dan ko‘proq) qo‘llanganida, davolashni ahamiyatli davomiyligida, ilgari alkogol yoki dori vositalarini suiste‘mol qilgan pasientlarda oshadi. Maxsus ko‘rsatmasiz uzoq muddat qo‘llash mumkin emas.

Xavotirli depressiya bilan qo‘shilganida benzodiazepinlar bilan monoterapiyani o‘tkazish tavsiya qilinmaydi (suisidal urinishlar bo‘lishi mumkin). Bemorlarda yuqori tajavvuzkorlik, o‘tkir qo‘zg‘alish holatlari, xavotirlik, qo‘rquv xissi, o‘z-o‘zini o‘ldirish fikrlari, gallyusinasiyalar, mushak tirishishlarini kuchayishi, uyquga ketishni qiyinligi, yuzaki uyqu kabi paradoksal reaksiyalar paydo bo‘lgani pasientlarda, diazepamni bekor qilish kerak. Shaxsiyat va hatti-harakat buzilishlari bo‘lgan pasientlarga ehtiyotkorlik bilan buyurish kerak. Paradoksal reaksiyalar ko‘proq bolalarda va keksa yoshli bemorlarda kuzatiladi.

Glaukomaning o‘tkir huruji diazepamni buyurishga qarshi ko‘rsatma bo‘lib hisoblanadi.

Diazepam amneziya chaqirishi mumkin. Amneziyaning davomiyligi dozaga bog‘liq bo‘ladi.

Davolash jarayonida bemorlarga etanolni iste‘mol qilish qat‘iy man qilinadi. Chekish preparatning ta‘sirini susaytiradi.

Buyrak/jigar yetishmovchiligida va uzoq muddatli davolashda periferik qon manzarasini va «jigar» fermentlarining faolligini nazorat qilish kerak.

«Bekor qilish» sindromini (tirishishlar, tremor, qorin va mushaklarda spazmlar, qusish, terchanlik) paydo bo‘lishini xavfi tufayli, davolashni keskin bekor qilish mumkin emas, lekin diazepamning T1/2 sekinligi tufayli, uning ko‘rinishlarini yaqqolligiga boshqa diazepamlardagiga qaraganda kuchsizroq.

Tutqanoqli yoki anamnezida tutqanoq hurujlari bo‘lgan bemorlarda diazepam bilan davolashni boshlash yoki uni keskin bekor qilish, hurujlarni yoki tutqanoq statusini rivojlanishini tezlashtirishi mumkin.

Diazepamning ahamiyatli dozasi ishlatilganida o‘rtacha arterial gipotenziya rivojlanadi. Yurak faoliyatini chuqur buzilishlari bo‘lgan pasientlarda, ayniqsa yaqqol gipovolemiya fonida, ahamiyatli arterial gipotenziya rivojlanishi mumkin.

Bolalar, ayniqsa kichik yoshda, benzodiazepinlarning markaziy nerv tizimiga susaytiruvchi ta‘siriga juda sezuvchan bo‘ladilar.

Davolanish davrida avtotransportni boshqarishda va diqqatni yuqori jamlashni va psixomotor reaksiyalar tezligini talab qiluvchi potensial xavfli faoliyat turlari bilan shug‘ullanishda ehtiyotkorlikka rioya qilish  kerak.

Homiladorlik va emizish davrida qo‘llanishi

Homiladorlik davrida dorini faqat, agar onada ishlatishga mutloq ko‘rsatmalar bo‘lsa, xavfsizroq, muqobil vositani qo‘llashni iloji yoki qo‘llash mumkin bo‘lmagan holda qo‘llashga yo‘l qo‘yiladi.

Homilaga toksik ta‘sir ko‘rsatadi va homiladorlikning I uch oyligida qo‘llanganida tug‘ma nuqsonlarni rivojlanish xavfini oshiradi. Homiladorlikning kechroq muddatlarida terapevtik dozalarini qabul qilish jismoniy qaramlikka olib kelishi mumkin – yangi tug‘ilgan chaqaloqlarda «bekor qilish» sindromi bo‘lishi mumkin.

Sibazonni 30 mg dan ko‘proq dozalarda tug‘ruqqacha 15 soat davomida yoki tug‘ruq vaqtida qo‘llash, yangi tug‘ilgan chaqaloqda nafas susayishini (hatto apnoegacha), mushak tonusini pasayishini, arterial bosimni pasayishini, gipotermiyani, so‘rishni kuchsizligini (bo‘shashgan bola sindromi) chaqirishi mumkin.

Laktasiya davrida preparatni qo‘llash mumkin emas.

Preparat bolalar ololmaydigan joyda saqlansin va yaroqlilik muddati o‘tganidan so‘ng ishlatilmasin.

Dozani oshirib yuborilishi

Simptomlari: uyquchanlik, ongni chalkashishi, paradoksal qo‘zg‘alish, reflekslarning pasayishi, arefleksiya, garanglik, og‘riqli ta‘sirlashlarga reaksiyani pasayishi, chuqur uyqu, dizartriya, ataksiya, ko‘rishni buzilishi (nistagm), tremor, bradikardiya, hansirash yoki nafasni qiyinlashishi, apnoe, yaqqol holsizlik, arterial bosimni pasayishi, kollaps, yurak va nafas faoliyatini susayishi, koma.

Davolash: me‘dani yuvish, jadallashtirilgan diurez, faollashtirilgan ko‘mirni qabul qilish. Simptomatik davolash (nafas va arterial bosimni tutib turish), o‘pkalarning sun‘iy ventilyasiyasi. Spesifik antidoti sifatida flumazenil ishlatiladi (stasionar sharoitda). Gemodializ kam samarali.

Tutqanog‘i bo‘lgan, benzodiazepinlar bilan davolangan bemorlarga benzodiazepinlarning antagonisti flumanezil ko‘rsatilmagan. Bunday bemorlarda benzodiazepinlarga nisbatan antagonistik ta‘siri tutqanoq xurujlarining rivojlanishini qo‘zg‘atishi mumkin.

Chiqarilish shakli

Tabletkalar 5 mg. 10 tabletkadan kontur uyali o‘ramda. 1, 2 yoki 5 kontur uyali o‘ram tibbiyotda qo‘llash bo‘yicha yo‘riqnomasi bilan karton qutida. 100, 200, 400 kontur uyali o‘ramlar muvofiq 5, 10, 20 qo‘llash bo‘yicha yo‘riqnomalari bilan karton qutida yoki gofrirlangan karton qutida (stasionarlar uchun).

Saqlash sharoiti

«Perechen narkoticheskix sredstv, psixotropnыx veщestv i ix prekursorov, podlejaщix kontrolyu v Rossiyskoy Federasii»ning III ro‘yxatiga kiritilgan psixotrop moddalarni saqlash qoidalariga muvofiq.

Yorug‘likdan himoyalangan joyda 25ºS dan yuqorii bo‘lmagan haroratda saqlansin.

Yaroqlilik muddati

3 yil.

Dorixonalardan berish tartibi

Resept bo‘yicha beriladi.

Ulashish:

Fikr qoldirish
Baho:
              
Matnni kiriting

Ismingiz
Fikr-mulohazangiz moderator tekshiruvidan so'ng nashr etiladi

Mahsulot bo'yicha savolingiz bormi?

Savol qoldirish

Mulohazalar

SIBAZON tabletkalari 5mg N10 dori vositasi O'zbekiston dori vositalari reestrida ro'yxatdan o'tganmi?
Ha, preparat O'zbekiston dori vositalari reestrida ro'yxatdan o'tgan.
SIBAZON tabletkalari 5mg N10 dori vositasi ishlab chiqaruvchisi kim va u qaysi davlatda ishlab chiqarilgan?
SIBAZON tabletkalari 5mg N10 dori vositasi Московский эндокринный завод, ФГУП tomonidan Rossiya mamlakatida ishlab chiqarilgan.
SIBAZON tabletkalari 5mg N10 dori vositasi resept bo’yicha sotiladimi?
SIBAZON tabletkalari 5mg N10 dori vositasi resept bo'yicha sotiladigan dori

Ishlab chiqaruvchining dorilari
GEPARIN inyeksiya uchun eritma 5ml 5000ME/ml N5
Narh: 24 000 so'mdan Batafsil
FENIBUT tabletkalari 250mg N20
Narh: 15 600 so'mdan Batafsil
FENTANIL inyeksiya uchun eritma 2 ml 50 mkg/ml N5
  • Ishlab chiqarilish joyi: Rossiya
  • Ishlab chiqaruvchi: Московский эндокринный завод, ФГУП
FENTANIL inyeksiya uchun eritma 1 ml 50 mkg/ml N5
  • Ishlab chiqarilish joyi: Rossiya
  • Ishlab chiqaruvchi: Московский эндокринный завод, ФГУП
NAFTIZIN burun uchun tomchilar 10ml 0,1%
  • Ishlab chiqarilish joyi: Rossiya
  • Faol modda: Nafazolin ko'proq ko'rsatish
  • Ishlab chiqaruvchi: Московский эндокринный завод, ФГУП
Narh: 10 000 so'mdan Batafsil
GONADOTROPIN XORIONICHESKIY liofilizat 1000me N5
Narh: 224 000 so'mdan Batafsil
GONADOTROPIN XORIONICHESKIY liofilizat 500me N5
Narh: 2 660 000 so'mdan Batafsil
ADRENALIN eritma 1ml 0,001/ml N5
  • Ishlab chiqarilish joyi: Rossiya
  • Faol modda: Epinefrin ko'proq ko'rsatish
  • Ishlab chiqaruvchi: Московский эндокринный завод, ФГУП
Narh: 15 000 so'mdan Batafsil
FENTANIL inyeksiya uchun eritma 2 ml 50 mkg/ml N10
  • Ishlab chiqarilish joyi: Rossiya
  • Ishlab chiqaruvchi: Московский эндокринный завод, ФГУП
FENOBARBITAL tabletkalari 100mg N6
  • Ishlab chiqarilish joyi: Rossiya
  • Ishlab chiqaruvchi: Московский эндокринный завод, ФГУП
FENOBARBITAL tabletkalari 100mg N12
  • Ishlab chiqarilish joyi: Rossiya
  • Ishlab chiqaruvchi: Московский эндокринный завод, ФГУП
FENOBARBITAL tabletkalari 100mg N10
  • Ishlab chiqarilish joyi: Rossiya
  • Ishlab chiqaruvchi: Московский эндокринный завод, ФГУП
TRAMADOL inyeksiya uchun eritma 2ml 50mg/ml N5
  • Ishlab chiqarilish joyi: Rossiya
  • Ishlab chiqaruvchi: Московский эндокринный завод, ФГУП
SIBAZON tabletkalari 5mg N50
  • Ishlab chiqarilish joyi: Rossiya
  • Ishlab chiqaruvchi: Московский эндокринный завод, ФГУП
SIBAZON tabletkalari 5mg N20
  • Ishlab chiqarilish joyi: Rossiya
  • Ishlab chiqaruvchi: Московский эндокринный завод, ФГУП
PROMEDOL inyeksiya uchun eritma 1ml 20mg/ml N5
  • Ishlab chiqarilish joyi: Rossiya
  • Ishlab chiqaruvchi: Московский эндокринный завод, ФГУП
PROMEDOL inyeksiya uchun eritma 1ml 20mg/ml N10
  • Ishlab chiqarilish joyi: Rossiya
  • Ishlab chiqaruvchi: Московский эндокринный завод, ФГУП
PROMEDOL inyeksiya uchun eritma 1ml 10mg/ml N5
  • Ishlab chiqarilish joyi: Rossiya
  • Ishlab chiqaruvchi: Московский эндокринный завод, ФГУП
OMNOPON inyeksiya uchun eritma 1ml 1,144+11,5+5,4+0,72+0,1 mg/ml N5
  • Ishlab chiqarilish joyi: Rossiya
  • Ishlab chiqaruvchi: Московский эндокринный завод, ФГУП
OMNOPON inyeksiya uchun eritma 1ml 1,144+11,5+5,4+0,72+0,1 mg/ml N10
  • Ishlab chiqarilish joyi: Rossiya
  • Ishlab chiqaruvchi: Московский эндокринный завод, ФГУП
OMNOPON inyeksiya uchun eritma 1ml 0,72+5,75+2,7+0,36+0,05 mg/ml N5
  • Ishlab chiqarilish joyi: Rossiya
  • Ishlab chiqaruvchi: Московский эндокринный завод, ФГУП
KETAMIN inyeksiya uchun eritma 2ml 50mg/ml N5
  • Ishlab chiqarilish joyi: Rossiya
  • Ishlab chiqaruvchi: Московский эндокринный завод, ФГУП
DROPERIDOL inyeksiya uchun eritma 2ml 2,5mg/ml N10
  • Ishlab chiqarilish joyi: Rossiya
  • Ishlab chiqaruvchi: Московский эндокринный завод, ФГУП
DROPERIDOL inyeksiya uchun eritma 5ml 2,5mg/ml N5
  • Ishlab chiqarilish joyi: Rossiya
  • Ishlab chiqaruvchi: Московский эндокринный завод, ФГУП
DROPERIDOL inyeksiya uchun eritma 2ml 2,5mg/ml N5
  • Ishlab chiqarilish joyi: Rossiya
  • Ishlab chiqaruvchi: Московский эндокринный завод, ФГУП
Другие формы препарата
SIBAZON inyeksiya uchun eritma 2ml 5mg/ml N10
  • Ishlab chiqarilish joyi: Ukraina
  • Ishlab chiqaruvchi: Здоровье народу, Харьковское ФП, ООО
  • A
  • B
  • D
  • E
  • F
  • G
  • H
  • I
  • J
  • K
  • L
  • M
  • N
  • O
  • P
  • Q
  • R
  • S
  • T
  • U
  • V
  • X
  • Y
  • Z
  • Ch
  • Sh
  • 0-9