×
×

Mahsulotning ko'rinishi saytdagi rasmdan farq qilishi mumkin.

OVUMIKS suppozitorii N6

Kategoriya:
- Ginekologik dorilar
Ishlab chiqarilish joyi:
- Argentina
Faol modda:
овумикс
Qadoqda soni:
- 6
Ishlab chiqaruvchi:
- Laboratoria Elea S.A.C.I.F.y A.
ATX kodi:
- G01AX
Noaniqliq haqida habar berish
Toshkentning 76 ta dorixonasida topildi

ico 134 000 s`om dan

Dorixonalardan izlash

ico 164 000 s`om dan + yetkazish

Buyurtma berish

ico 128 000 s`om dan

Bron qilish

O'xshash dorilar

MIKONAZOL suppozitorii 100mg N7 Farmaprim S.R.L Moldova
26 000 s`om dan
KLOTRIMAZOL suppozitorii 100mg N6 ФАРМАПРИМ, ООО Moldova
5 600 s`om dan
NISTATIN suppozitorii 500000ed N10 Биосинтез, ПАО Rossiya
8 000 s`om dan
KANDIVAG tabletkalari N8 Xeylvud Laboratories Pvt. Ltd. Hindiston
69 000 s`om dan
Mahsulot haqida tafsilotlar
Saytda e'lon qilingan ma'lumotlar mutaxassislar uchun mo'ljallangan. O'zingizni-o'zingiz davolash bilan shug'ullanmang. Sog'lig'ingizga zarar bermaslik uchun mutaxassis bilan maslahatlashishga ishonch hosil qiling!
OVUMIKS suppozitorii N6 qo'lanishi bo'yicha ko'rsatmalar

QO‘LLASH BO‘YICHA YO‘RIQNOMA

OVUMIKS®

OVUMIX®

Preparatning savdo nomi: Ovumiks

Dori shakli: vaginal suppozitoriylar.

Tarkibi:

Bir vaginal suppozitoriy quyidagilarni saqlaydi:

faol moddalar:

Metronidazol                      – 300 mg

Mikonazol nitrati             – 100 mg

Neomisin sulfati            – 48.8 mg

Polimiksin sulfati        – 4.4 mg

Gotu Kola (Centella asiática) – 15 mg

yordamchi moddalarvitepsol N15.

Farmakoterapevtik guruhi: Ginekologik kasalliklarni davolash uchun antiseptik va mikroblarga qarshi preparatlar; Boshqa antiseptiklar va mikroblarga qarshi preparatlar.

Kod ATX: G01AX

 

Farmakologik xususiyatlar

Ovumiks – ginekologiya qo‘llanadigan majmuaviy preparat bo‘lib, tarkibidagi Gotu Kola va boshqa faol komponentlar mavjudligi tufayli, qin shilliq qavatiga keng infeksiyaga qarshi, shuningdek trofik va regenerativ ta‘sir ko‘rsatadi. Metronidazol anaerob va sodda hayvonlarga nisbatan bakterisid ta‘sir ko‘rsatadi (shu jumladan trixomonadalar, lyambliyalar, amebalar).

Mikonazol keng ta‘sir doirasiga ega zamburug‘larga qarshi vosita hisoblanadi va kandida infeksiyasiga nisbatan samaralidir. Neomisin va polimiksin grammusbat grammanfiy qo‘zg‘atuvchilarga nisbatan keng antibakterial ta‘sir dorasiga ega, spesifik bo‘lmagan vaginit fonida superinfeksiya paydo bo‘lishiga to‘sqinlik qiladi. Osiyo Sentella ekstrakti (Gotu Kola) granulyasiya jarayonini rag‘batlantiradi va qin shilliq qavatining epitelizasiyasiga yordam beradi.

Farmakokinetikasi

Intravaginal yuborilgan dozaning taxminan 20% qon tizimiga o‘tadi.

Qon plazmasida 6-14 soatda aniqlanadi.

Metronidazolni 20% kami oqsillar bilan bog‘lanadi.

Metronidazol va uning metabolitlari asosan buyrak orqali – 60-80% chiqariladi. Ahlat bilan 6-15% chiqariladi.

 

Qo‘llanilishi

Qin shilliq qavatining shikastlanishi bilan birga kechuvchi spesifik va spesifik bo‘lmagan vulvovaginitlarni maxalliy davolash; vulvit, vaginit, bakterial vaginoz yoki irritativ servikovaginit, vulvovaginal kandidoz, vaginal trixomoniaz, turli etiologiyali oqchillarda qo‘llanadi.

Qo‘llash usuli va dozalari

Davolash jinsiy a‘zolar tozalangandan keyin, kuniga 1-2 vaginal suppozitoriydan boshlanadi, suppozitoriy yotgan xolatda qinga chuqur kiritiladi. Belgilari kamaygandan keyin davolash belgilar to‘liq yo‘qolgunigacha, kunning ikkinchi yarmida bevosita uyqudan oldin kiritiladigan kuniga 1 suppozitoriydan davom ettiriladi. Suppozitoriylarni qinga chuqur kiritish kerak.

5-10 kun davomida ishlatilsin.

 

Nojo‘ya ta‘sirlari

Nojo‘ya reaksiyalar kam hollarda kuzatiladi: achishish yoki ta‘sirlanish xissi, qichishish.

Suppozitoriylarda saqlanuvchi dori vositalari (shu jumladan vaginal), tizimli qon oqimiga tushishi tufayli, ular qo‘llanganda buyurilgan dozalarga qat‘iy rioya qilish kerak. Ayniqsa buni buyrak yetishmovchiligi bo‘lgan bemorlarda xisobga olishi muhim.

 

Qo‘llash mumkin bo‘lmagan xolatlar

  • preparatning xar qanday komponentlariga yoki imidazol hosilalariga yuqori sezuvchanlik;
  • homiladorlikning birinchi uch oyligi;
  • laktasiya davri;
  • gematologik kasalliklarni mavjudligi;
  • markaziy nerv tizimining o‘tkir kasalliklarida qo‘llash mumkin emas.

 

Dorilarning o‘zaro ta‘siri

Ishqoriy eritmalar bilan purkalashda qo‘llanmasin. Protrombin vaqtini va qon ketishni oshiruvchi oral atikoagulyantlar (varfarin, dikumarin va boshqalar kabi) bilan bir vaqtda buyurish mumkin emas Preparat bilan davolash vaqtida alkogol iste‘mol qilish mumkin emas, chunki bu qusish, ko‘p terlash va gipotoniyani chaqirishi mumkin.

 

Maxsus ko‘rsatmalar

Ovumiks o‘tkir jigar yetishmovchiligi bulgan pasientlarga ehtiyotkorlik bilan buyuriladi. Preparatni jinsiy aloqadan oldin qo‘llash mumkin emas.

Vaginal suppozitoriylarni qo‘llash urug‘lantirishda qiyinchiliklar chaqirishi mumkin. Preparat jinsiy yo‘l bilan o‘tadigan kasalliklardan himoya qilmaydi. Vaginal suppozitoriylar tarkibiga kiruvchi ingredientlar lateks prezervativlar va diafragmalarni lateksini shikastlashi mumkin.

Avtomobilni xaydash va mexanizmlarni boshqarish qobiliyatiga ta‘siri

Preparat avtomobilni boshqarish va mexanizmlarni ishlatish qobiliyatiga ta‘sir qilmaydi.

Preparat bolalar ololmaydigan joyda saqlansin va yaroqlilik muddati o‘tgach qo‘llanilmasin.

Dozani oshirib yuborilishi

Preparat to‘g‘ri buyurilganida dozani oshirib yuborilish xavfi yo‘q.

Chiqarilish shakli

6 vaginal suppozitoriydan o‘ramda.

Saqlash sharoiti

30° S dan yuqori bo‘lmagan haroratda saqlansin.

 

 

Yaroqlilik muddati

3 yil.

 

Dorixonalardan berish tartibi

Resept bo‘yicha

 

Ulashish:

Fikr qoldirish
Baho:
              
Matnni kiriting

Ismingiz
Fikr-mulohazangiz moderator tekshiruvidan so'ng nashr etiladi

Mahsulot bo'yicha savolingiz bormi?

Savol qoldirish

Mulohazalar

OVUMIKS suppozitorii N6 dori vositasi O'zbekiston dori vositalari reestrida ro'yxatdan o'tganmi?
Ha, preparat O'zbekiston dori vositalari reestrida ro'yxatdan o'tgan.
OVUMIKS suppozitorii N6 dori vositasi ishlab chiqaruvchisi kim va u qaysi davlatda ishlab chiqarilgan?
OVUMIKS suppozitorii N6 dori vositasi Laboratoria Elea S.A.C.I.F.y A. tomonidan Argentina mamlakatida ishlab chiqarilgan.
OVUMIKS suppozitorii N6 dori vositasi resept bo’yicha sotiladimi?
OVUMIKS suppozitorii N6 dori vositasi resept bo'yicha sotiladigan dori

  • A
  • B
  • D
  • E
  • F
  • G
  • H
  • I
  • J
  • K
  • L
  • M
  • N
  • O
  • P
  • Q
  • R
  • S
  • T
  • U
  • V
  • X
  • Y
  • Z
  • Ch
  • Sh
  • 0-9