×
×

Mahsulotning ko'rinishi saytdagi rasmdan farq qilishi mumkin.

PANTOKALSIN 0,5 tabletkalari N50

Kategoriya:
- Asab tizimi
Ishlab chiqarilish joyi:
- Rossiya
Faol modda:
Гопантеновая кислота
Qadoqda soni:
- 50
Ishlab chiqaruvchi:
- Валента Фармацевтика АО
ATX kodi:
- N06BX
Shifokor konsultatsiyasi:
Noaniqliq haqida habar berish

O'xshash dorilar

KAVINTON tabletkalari 5mg N50 Gedeon Richter PLC Vengriya
29 450 s`om dan
MEDIATORN inyeksiya uchun eritma 15mg/ml 1ml N10 Галичфарм, ПАО Ukraina
120 000 s`om dan
DOREPAM tabletkalari 10mg N28 Ali Raif Ilac San. A.S. Turkiya
60 700 s`om dan
Mahsulot haqida tafsilotlar
Saytda e'lon qilingan ma'lumotlar mutaxassislar uchun mo'ljallangan. O'zingizni-o'zingiz davolash bilan shug'ullanmang. Sog'lig'ingizga zarar bermaslik uchun mutaxassis bilan maslahatlashishga ishonch hosil qiling!
PANTOKALSIN 0,5 tabletkalari N50 qo'lanishi bo'yicha ko'rsatmalar

QO‘LLASH BO‘YICHA YO‘RIQNOMA

PANTOKALSIN®

PANTOCALCIN®

Preparatning savdo nomi: Pantokalsin®

Ta‘sir qiluvchi modda (XPN): gopanten kislotasi

Dori shakli: tabletkalar

Tarkibi

1 tabletka saqlaydi:

faol modda: kalsiy gopantenati (gopanten kislotasi yoki gopanten kislotasining kalsiyli tuzi) – 0,25 g (250 mg) yoki 0,5 g (500 mg);

yordamchi moddalar: 250 mg doza uchun: magniy gidroksikarbonati – 46,77 mg, kalsiy stearati – 3,1 mg, talk – 6,2 mg, kartoshka kraxmali – 3,93 mg.

500 mg doza uchun: magniy gidroksikarbonati – 93,54 mg, kalsiy stearati – 6,2 mg, talk – 12,4 mg, kartoshka kraxmali – 7,86 mg.

Ta‘rifi: oq rangli, yassisilindrik shaklli, 500 mg li doza uchun faska va riskali,
250 mg li doza uchun faska va xochsimon riskali tabletkalar.

Farmakoterapevtik guruhi: nootrop vosita.

ATS kodi: N06VX

 

Farmakologik xususiyatlari

Ta‘sir doirasi strukturasida gamma-aminomoy kislotasining borligi bilan bog‘liq. Ta‘sir mexanizmi pantokalsinni GAMKB-reseptor-kanal kompleksiga to‘g‘ridan-to‘g‘ri ta‘siri bilan bog‘liq. Neyrometabolik, neyroprotektor va neyrotrofik xususiyatlarga ega. Miyaning gipoksiyaga va zaharli moddalarning ta‘siriga chidamliligini oshiradi, neyronlarda anabolik jarayonlarni rag‘batlantiradi. Tirishishga qarshi ta‘sirga ega, xulqni tartibga solish bilan bir vaqtda motor qo‘zg‘aluvchanlikni kamaytiradi. Aqliy va jismoniy ish qobiliyatini oshiradi. Surunkali alkogolli zaharlanishda va keyingi etanolni bekor qilishda gamma-aminomoy kislotasining miqdorini me‘yorlashishiga yordam beradi. Analgeziyalovchi ta‘sir namoyon qiladi. Novokain va sulfanilamidlarni faolsizlantirish mexanizmlarida ishtirok etuvchi asetillanish reaksiyalarni ingibirlashga qodir, shu tufayli oxirgilarning ta‘sirini uzaytirishga erishiladi. Patologik oshgan qovuq refleksi va detruzor tonusini tormozlanishini chaqiradi.

 

Farmakokinetikasi

Me‘da–ichak yo‘llaridan tez so‘riladi. Qon plazmasida maksimal konsentrasiyaga yetish vaqti 1 soatni tashkil qiladi. Eng yuqori konsentrasiyalari jigar, buyraklar, me‘da devori, terida yaratiladi. Gematoensefalitik to‘sig‘i orqali o‘tadi. Metabolizmga uchramaydi. O‘zgarmagan holda 48 soat davomida (qabul qilingan dozaning 67,5% siydik bilan, 28,5% – ahlat bilan) chiqariladi.

Qo‘llanilishi

  • bosh miyaning organik shikastlanishlaridagi va nevrotik buzilishlardagi kognitiv buzilishlar;
  • bosh miya qon tomirlarining aterosklerotik o‘zgarishlari chaqirgan serebrovaskulyar yetishmovchilikni majmuaviy davolash tarkibida; senil demensiyada (boshlang‘ich shaklida), yetuk yoshli va keksa shaxslardagi miyani rezidual organik shikastlanishlarida;
  • shizofreniya bo‘lgan bemorlardagi serebral organik yetishmovchilik (neyroleptiklar, antidepressantlar bilan majmuada);
  • nerv tizimining nasliy kasalliklari bo‘lgan bemorlardagi ekstrapiramid giperkinezlarda (Gentington xoreyasi, gepatoserebral distrofiya, Parkinson kasalligi va boshqalar);
  • o‘tkazilgan neyroinfeksiyalar va bosh miya jarohatlarining oqibatlari (majmuaviy davolash tarkibida);
  • neyroleptiklarning nojo‘ya ta‘sirini to‘g‘rilash uchun va oldini olish maqsadida bir vaqtda «to‘sish terapiyasi» sifatida; ekstrapiramid neyroleptik sindromi (giperkinetik va akinetik);
  • ruxiy jarayonlarni sekinlashishi bilan kechuvchi tutqanoq (tirishishga qarshi preparatlar bilan majmuada);
  • psixoemosional zo‘riqishlar, aqliy va jismoniy ish qobiliyatini pasayishi; diqqatni jamlashni va eslab qolishni yaxshilash uchun;
  • siyishni buzilishlari: enurez, siydikni kunduzgi tutib turaolmaslik, pollakiuriya, imperativ qistashlar;
  • bolalarga aqliy qoloqlikda (ruxiy, nutq, motor rivojlanishni yoki ularning yig‘indisini kechikishi); bolalar serebral falajida; duduqlanishda (asosan klonik shaklida); tutqanoqda (tirishishga qarshi preparatlar bilan majmuaviy davolash tarkibida, ayniqsa ko‘p shaklli xurujlarda va kichik tutqanoq xurujlarida).

Qo‘llash usuli va dozalari

Ichga, ovqatlangandan keyin  15-30 minut o‘tgach buyuriladi.

Kattalar uchun bir martalik doza 0,5-1 g, bolalar uchun – 0,25-0,5 g; kattalar uchun sutkalik doza – 1,5-3 g, bolalar uchun – 0,75-3 g. Davolash kursining davomiyligi 1 oydan 4 oygacha, ba‘zi hollarda – 6 oygacha. 3-6 oydan so‘ng takroriy davolash kursi o‘tkazilishi mumkin.

Bolalarga aqliy qoloqlikda: 0,5 g dan kuniga 4-6 marta, har kuni 3 oy davomida; nutqning rivojlanishini kechikishida – 0,5 g dan kuniga 3-4 marta, 2-3 oy davomida.

Neyroleptik sindromida (neyroleptik vositalarning nojo‘ya ta‘sirlarini korrektori sifatida): kattalarga 0,5-1 g dan kuniga 3 marta, bolalarga – 0,25-0,5 g kuniga 3-4 marta. Davolash kursining davomiyligi – 1-3 oy.

Tutqanoqda: bolalarga 0,25-0,5 g dan kuniga 3-4 marta har kuni, kattalarga 0,5 -1 g dan kuniga 3-4 marta har kuni, uzoq vaqt davomida (6 oygacha).

Giperkinezlarda (pir-pir uchishlarda): bolalarga 0,25-0,5 g dan kuniga 3-6 marta har kuni 1-4 oy davomida, kattalarga – 1,5-3 g dan har kuni 1-5 oy davomida.

Siyishni buzilishlarida: kattalarga 0,5-1 g dan kuniga 2-3 marta (sutkalik doza 2-3 g), bolalarga – 0,25-0,5 g dan (sutkalik doza 25-50 mg/kg). Davolash kursining davomiyligi – 2 haftadan to 3 oygacha (buzilishlarning yaqqolligi va terapevtik samaraga bog‘liq).

Neyroinfeksiyalar va bosh suyagi – miya jarohatlarining asoratlarida: 0,25 g dan kuniga 3-4 marta.

Kuchli zo‘riqishlar va astenik holatlarda ish qobiliyatini tiklash uchun: 0,25 g dan kuniga 3 marta.

Ushbu dori shakli 3 yoshgacha bo‘lgan bolalar uchun tavsiya etilmagan.

Nojo‘ya ta‘sirlari

Allergik reaksiyalar bo‘lishi mumkin: rinit, kon‘yunktivit, teri toshmalari.

Qo‘llash mumkin bo‘lmagan holatlar

O‘ta yuqori sezuvchanlik; o‘tkir buyrak yetishmovchiligi; homiladorlik (1 uch oyligi).

Dorilarning o‘zaro ta‘siri

Barbituratlarning ta‘sirini uzaytiradi; markaziy nerv tizimini rag‘batlantiruvchi, tirishishga qarshi dori vositalarining samarasini, mahalliy anestetiklarning (prokainning) ta‘sirini kuchaytiradi. Fenobarbital, karbamazepin, antipsixotik vositalarning (neyroleptiklar) nojo‘ya ta‘sirlarini oldini oladi.

Glisin, ksidifon bilan birga qo‘llanganda gopanten kislotasining ta‘siri kuchayadi.

Maxsus ko‘rsatmalar

Preparat bolalar olaolmaydigan joyda saqlansin va yaroqlilik muddati o‘tgach qo‘llanilmasin.

Chiqarilish shakli

Tabletkalar 250 mg yoki 500 mg dan. 10 tabletkadan polivinilxlorid plyonka va laklangan bosma alyumin folga kontur uyali o‘ramda.

5 kontur o‘ram qo‘llash bo‘yicha yo‘riqnomasi bilan birga karton qutiga joylanadi.

 

Saqlash sharoiti

Yorug‘likdan himoyalangan joyda, 25oS dan yuqori bo‘lmagan haroratda.

Yaroqlilik muddati

4 yil.

Dorixonalardan berish tartibi

Resept bo‘yicha.

Ulashish:

Fikr qoldirish
Baho:
              
Matnni kiriting

Ismingiz
Fikr-mulohazangiz moderator tekshiruvidan so'ng nashr etiladi

Mahsulot bo'yicha savolingiz bormi?

Savol qoldirish

Mulohazalar

PANTOKALSIN 0,5 tabletkalari N50 dori vositasi O'zbekiston dori vositalari reestrida ro'yxatdan o'tganmi?
Ha, preparat O'zbekiston dori vositalari reestrida ro'yxatdan o'tgan.
PANTOKALSIN 0,5 tabletkalari N50 dori vositasi ishlab chiqaruvchisi kim va u qaysi davlatda ishlab chiqarilgan?
PANTOKALSIN 0,5 tabletkalari N50 dori vositasi Валента Фармацевтика АО tomonidan Rossiya mamlakatida ishlab chiqarilgan.
PANTOKALSIN 0,5 tabletkalari N50 dori vositasi resept bo’yicha sotiladimi?
PANTOKALSIN 0,5 tabletkalari N50 dori vositasi resept bo'yicha sotilmaydi.

Analoglar
PANTOGAM tabletkalari 500mg N50
  • Ishlab chiqarilish joyi: Rossiya
  • Faol modda: Гопантеновая кислота ko'proq ko'rsatish
  • Ishlab chiqaruvchi: Пик фарма,ООО произведено Пик фарма ЛЕК,ООО
Narh: 145 000 so'mdan Batafsil
PANTOGAM tabletkalari 250mg N50
  • Ishlab chiqarilish joyi: Rossiya
  • Faol modda: Гопантеновая кислота ko'proq ko'rsatish
  • Ishlab chiqaruvchi: Пик фарма,ООО произведено Пик фарма ЛЕК,ООО
Narh: 112 000 so'mdan Batafsil
PANTOKALSIN tabletkalari 250mg N50
  • Ishlab chiqarilish joyi: Rossiya Federatsiyasi
  • Faol modda: Гопантеновая кислота ko'proq ko'rsatish
  • Ishlab chiqaruvchi: Валента фарм АО
Narh: 82 900 so'mdan Batafsil
PANTOKALSIN 0,25 tabletkalari N50
  • Ishlab chiqarilish joyi: Rossiya
  • Faol modda: Гопантеновая кислота ko'proq ko'rsatish
  • Ishlab chiqaruvchi: Валента Фармацевтика АО
GOPANTAM 0,25 tabletkalari N50
  • Ishlab chiqarilish joyi: Rossiya
  • Faol modda: Гопантеновая кислота ko'proq ko'rsatish
  • Ishlab chiqaruvchi: Алтайвитамины, ЗАО
Ishlab chiqaruvchining dorilari
PANTOKALSIN 0,25 tabletkalari N50
  • Ishlab chiqarilish joyi: Rossiya
  • Faol modda: Гопантеновая кислота ko'proq ko'rsatish
  • Ishlab chiqaruvchi: Валента Фармацевтика АО
TERALIDJEN VALENTA tabletkalari 5 mg N25
TERALIDJEN VALENTA tabletkalari 5 mg N50
Narh: 132 000 so'mdan Batafsil
TERALIDJEN VALENTA tabletkalari 5 mg N100
Narh: 250 000 so'mdan Batafsil
  • A
  • B
  • D
  • E
  • F
  • G
  • H
  • I
  • J
  • K
  • L
  • M
  • N
  • O
  • P
  • Q
  • R
  • S
  • T
  • U
  • V
  • X
  • Y
  • Z
  • Ch
  • Sh
  • 0-9