×
×

Mahsulotning ko'rinishi saytdagi rasmdan farq qilishi mumkin.

PANZOL poroshok 40mg N1

Kategoriya:
- Kislotalikning buzilishi
Ishlab chiqarilish joyi:
- Hindiston
Faol modda:
Пантопразол
Qadoqda soni:
- 1
Ishlab chiqaruvchi:
- East African (India) Overseas 1, Pharmacity, Selaqui, Dehradun
Vakil:
- LIFE PHARMA SYSTEMS
ATX kodi:
- A02BC02
Noaniqliq haqida habar berish
O'zbekiston Respublikasi dorilar reestri ro'yxatidan o'tgan

O'xshash dorilar

RENNI jevatelnie tabletkalari so vkusom apelsina N24 Bayer Consumer Care AG Germaniya
39 000 s`om dan
OMID 20 kapsulalar 20mg N30 LLC Midway Pharmaceuticals Pvt. Ltd, Индия произведено: Maxtar Bio-Genics Hindiston
OMEPRAZOL kapsulalar 20mg N30 Борисовский Завод МП ОАО Belarusiya
6 800 s`om dan
OMEPRAZOL kapsulalar 20mg N30 Синтез АКОМПиИ,ОАО ("Синтез" ОАО) Rossiya
6 800 s`om dan
Mahsulot haqida tafsilotlar
Saytda e'lon qilingan ma'lumotlar mutaxassislar uchun mo'ljallangan. O'zingizni-o'zingiz davolash bilan shug'ullanmang. Sog'lig'ingizga zarar bermaslik uchun mutaxassis bilan maslahatlashishga ishonch hosil qiling!
PANZOL poroshok 40mg N1 qo'lanishi bo'yicha ko'rsatmalar

QO‘LLASH BO‘YICHA YO‘RIQNOMA

PANZOL

PANZOL

Preparatning savdo nomi: Panzol

Ta‘sir etuvchi modda (XPN): pantoprazol

Dori shakli: vena ichiga yuborish uchun eritma tayyorlash uchun liofilizasiya qilingan kukun.

Tarkibi:

1 flakonda quyidagilar saqlanadi:

faol modda: pantoprazol natriy seskvigidrati 40 mg pantoprazolga ekvivalent,

yordamchi moddalar: 0,9% li natriy xloridi eritmasi

Ta‘rifi: flakonning ichidagisi: deyarli oq rangli liofilizasiya qilingan kukun.

Farmakoterapevtik guruhi: Me‘da-ichak yarasiga qarshi vosita. Proton pompa ingibitorlari.

ATX kodi: A02VS02

Farmakologik hususiyatlari

Pantoprazol – parietal hujayralarning proton nasoslarini maxsus blokadasi orqali me‘dada xlorid kislotasini sekresiyasini ingibisiya qiladigan almashingan benzimidazoldir. Parietal hujayralarning kislotali muhitida faol shakliga aylanadi, u yerda N+K+-ATFazani ingibisiya qiladi, ya‘ni me‘dada xlorid kislotani ishlab chiqarilishini yakuniy bosqichini bloklaydi. Ingibisiya preparatning dozasiga bog‘liq va xlorid kislotani ham bazal, ham rag‘batlantirilgan sekresiyasini susaytiradi. Ko‘pchilik pasientlarda kasallikning simptomlari 2 hafta davomida yo‘qoladi. Pantoprazol me‘daning kislotaliligini pasaytiradi va shu orqali kislotalini kamayishiga proporsional ravishda gastrinni  sekresiyasini oshiradi. Gastrinni sekresiyasini oshishi qaytuvchan hisoblanadi. Pantoprazol fermentni hujayra reseptoriga nisbatan distal bog‘laganligi sababli, u boshqa moddalar (asetilxolin, gistamin, gastrin) tomonidan rag‘batlantirishidan qat‘iy nazar xlorid kislota sekresiyasini ingibisiya qilishi mumkin. Peroral va vena ichiga yuborilganda kuzatiladigan samarasi bir xildir.

Pantoprazol qo‘llanganida gastrinning darajasi och qoringa oshadi. Preparat qisqa muddat qo‘llanganida gastrinning darajasi ko‘pchilik hollarda ikki marta oshadi. Biroq, uni haddan tashqari oshishi yakka hollardagina kuzatiladi. Buning oqibatida, ko‘p bo‘lmagan hollarda uzoq muddat qo‘llanganida me‘dada enteroxromafinsimon (ECL-hujayra) hujayralarning miqdorini yengil va o‘rtacha darajada oshishi kuzatiladi. Biroq, ayni vaqtda o‘tkazilgan tadqiqotlarga muvofiq hayvonlarda va odamlarda o‘tkazilgan eksperimentlarda aniqlangan, neyroendokrin o‘smalar (atipik giperplaziya) yoki me‘daning neyroendokrin o‘smalarini o‘tmishdosh hujayralarini hosil bo‘lishi kuzatilmagan.

Hayvonlarda o‘tkazilgan tadqiqotlarning natijalaridan kelib chiqib, pantoprazol bilan uzoq muddat (bir yildan ortiq) davolanish qalqonsimon bezning endokrin ko‘rsatkichlariga ta‘sir qilishini istisno qilish mumkin emas.

Farmakokinetikasi

Pantoprazol organizmda to‘planmaydi va preparat bir marta qo‘llanganda ham, ko‘p marta qo‘llanganda ham uning farmakokinetikasi bir xil bo‘ladi. 10 mg dan 80 mg gacha bo‘lgan dozalar diapazonida vena ichiga yuborilganidan so‘ng Cmax va AUC lar dozalari yuborilishiga proporsional ravishda oshib boradi. 40 mg pantoprazol vena ichiga doimiy tezlik bilan kamida 15 minut davomida yuborilganidan so‘ng maksimal konsentrasiyasi 5,52 mkg/ml, AUC – 5,4 mkg × soat/ml ni tashkil etadi.

Pantoprazolni plazma oqsillari bilan bog‘lanishi 98% ni tashkil etadi, taqsimlanish hajmi 11,0 dan 23,6 l gacha bo‘lgan chegaralarda o‘zgarib turadi, klirensi – 0,1 l/soat/kg ni tashkil etadi.

Pantoprazol jigarda sitoxrom R-450 fermentlar tizimi ishtirokida metabolizmga uchraydi, asosiy metaboliti bo‘lib, sulfat bilan kon‘yugasiya bo‘ladigan desmetilpantoprazol hisoblanadi. Buyraklar orqali metabolitlar holida taxminan 71% ekskresiya bo‘ladi, yuborilgan dozaning 18% – biliar ekskresiya yo‘li bilan chiqariladi. Pantoprazolning T1/2 – 1 soat, metabolitiniki – taxminan 1,5 soatni tashkil etadi.

Ayrim hollarda preparatning farmakokinetikasi

18 yoshgacha bo‘lgan shaxslarda pantoprazolning farmakokinetikasi o‘rganilmagan.

Keksa yoshdagi odamlarda preparatning maksimal konsentrasiyasi va AUC ko‘rsatkichini biroz oshishi klinik jihatdan ahamiyatli hisoblanmaydi va dozasiga tuzatish kiritish talab etilmaydi.

Pantoprazol buyrak yetishmovchiligi pasientlarga (shu jumladan, gemodializdagi pasientlarga) qo‘llanganida uning dozasini kamaytirish talab etilmaydi.

Jigar yetishmovchiligi bo‘lgan pasientlarga pantoprazol vena ichiga yuborish uchun eritma qo‘llanganida T1/2 qiymati 7-9 soatgacha uzayadi, AUC ko‘rsatkichi 5-7 marta oshadi, maksimal konsentrasiyasi 1,5 marta oshadi. Preparatni kuniga 40 mg dan ortiq dozalarda qo‘llash bunday pasientlarda o‘rganilmagan.

Qo‘llanilishi

  • gastroezofageal reflyuks kasalligi (GERK), eroziv reflyuks-ezofagitni davolash;
  • Zollinger-Ellison sindromi va boshqa patologik gipersekretor holatlarni davolash uchun qo‘llanadi.

Qo‘llash usuli va dozalari

Pantoprazol preparatini qabul qilish imkoni bo‘lmagan hollardagina Panzol preparatini vena ichiga yuborish kerak.

Gastroezofageal reflyuks kasalligi (GERK), eroziv reflyuks-ezofagitni davolash

Tavsiya etilgan dozasi 40 mg sutkada bir marta 7-10 kun davomida qo‘llanadi.

15 minutlik infuziya

Liofilizasiyalangan kukun bo‘lgan flakonga 10 ml natriy xloridining fiziologik eritmasi qo‘shiladi (birlamchi eritma). Pantoprazolning birlamchi eritmasi natriy xloridining fiziologik eritmasi yoki 5% li glyukoza eritmasi yoki Ringer laktat eritmasining 100 ml da yakuniy konsentrasiyasi 0,4 mg/ml bo‘lgunicha suyultiriladi. Eritma bevosita tayyor bo‘lgandan so‘ng ishlatiladi.

Tayyor bo‘lgan eritma vena ichiga 15 minut davomida minutiga taxminan 7 ml tezlik bilan yuboriladi.

2 minutlik infuziya

Liofilizasiyalangan kukun bo‘lgan flakonga 10 ml natriy xloridining fiziologik eritmasi, yakuniy konsentrasiyasi 4,0 mg/ml bo‘lgunigacha, qo‘shiladi. Eritma bevosita tayyorlangandan so‘ng ishlatiladi.

Tayyor bo‘lgan eritma vena ichiga 2 minut davomida yuboriladi.

Zollinger-Ellison sindromi va boshqa patologik gipersekretor holatlar

Tavsiya etilgan dozasi 80 mg ni tashkil etadi, sutkada ikki marta yuboriladi. Preparatning dozasi pasientning shaxsiy hususiyatlariga qarab o‘zgarishi mumkin.

15 minutlik infuziya

Liofilizasiyalangan kukun bo‘lgan ikkita flakonga 10 ml dan natriy xloridining fiziologik eritmasi qo‘shiladi (birlamchi eritma). Har ikkala flakondagi birlamchi eritmalar qo‘shiladi va 80 ml natriy xloridining fiziologik eritmasi yoki 5% li glyukoza eritmasi yoki Ringer laktat eritmasida yakuniy konsentrasiyasi 0,8 mg/ml bo‘lgunicha suyultiriladi. Eritma bevosita tayyorlangandan so‘ng ishlatiladi.

Tayyor bo‘lgan eritma vena ichiga 15 minut davomida minutiga taxminan 7 ml tezlik bilan yuboriladi.

2 minutlik infuziya

Liofilizasiyalangan kukun bo‘lgan ikkita flakonga 10 ml dan natriy xloridining fiziologik eritmasi, yakuniy konsentrasiyasi 4,0 mg/ml bo‘lgunigacha qo‘shiladi. Eritma bevosita tayyorlangandan so‘ng ishlatiladi.

Har ikkala flakondagi eritmalar qo‘shiladi va vena ichiga 2 minut davomida yuboriladi.

Nojo‘ya ta‘sirlari

Pantoprazol vena ichiga ko‘rsatmalarga muvofiq va tavsiya etilgan dozalarda yuborilganida nojo‘ya ko‘rinishlar juda kam rivojlanadi.

Eng ko‘p kuzatiladigan (> 1% pasientlarda) nojo‘ya samaralar quyidagilar hisoblanadi:

Umumiy: qorinda og‘riq, bosh og‘rig‘i, yuborilgan joydagi reaksiyalar (shu jumladan tromboflebitlar);

Ovqat hazm qilish tizimi tomonidan: qabziyat, dispepsiya, ko‘ngil aynishi, diareya;

Markaziy nerv tizimi tomonidan: uyqusizlik, bosh aylanishi;

Nafas tizimi tomonidan: rinitlar.

Allergik reaksiyalar: qichishish, teri reaksiyalari, anafilaktik shok juda kam hollarda kuzatilgan.

Qo‘llash mumkin bo‘lmagan holatlar

Preparatning komponentlariga ma‘lum yuqori sezuvchanlikda qo‘llash mumkin emas.

Jigar yetishmovchiligida preparatni ehtiyotkorlik bilan qo‘llash kerak. Og‘ir darajadagi jigar yetishmovchiligi bo‘lgan shaxslarda pantoprazolning kundalik dozasi 20 mg gacha kamaytirilishi kerak. Bunday pasientlarda Panzol bilan davolanish vaqtida jigar fermentlarining darajasini muntazam ravishda nazorat qilish kerak. Ular oshganida davolashni to‘xtatish kerak.

Preparat bilan davolanishdan oldin va keyin xavfli o‘sma borligini istisno qilish uchun endoskopik tekshiruv o‘tkazish tavsiya etilgan, chunki preparat bilan davolash kasallikning simptomlarini yashirishi va to‘g‘ri tashxis qo‘yishni kechiktirishi mumkin.

Dorilarning o‘zaro ta‘siri

Panzolni bir vaqtda qo‘llash, biokiraolishligi me‘daning rN muhitiga bog‘liq bo‘lgan preparatlar (shu jumladan temir tuzlari, ketokonazol, atazanavir, ritonavir) ning so‘rilishini pasaytirishi mumkin.

Preparatni digoksin, nifedipin, metoprolol, amoksisillin, klaritromisin, diklofenak, fenazon, naproksen, piroksikam, glibenklamid, levotiroksin, diazepam, karbamazepin va fenitoin, varfarin, siklosporin, takrolimus, antasidlar, peroral kontraseptiv vositalar, teofillin, kofein va etanol bilan ahamiyatli darajadagi o‘zaro ta‘siri aniqlanmagan.

Maxsus ko‘rsatmalar

Panzol buyrak yetishmovchiligi (shu jumladan gemodializdagi pasientlar) va keksa yoshdagi pasientlarga qo‘llanganida preparatning dozasiga tuzatish kiritish talab etilmaydi.

Homiladorlik va emizish davrida qo‘llanishi

Homiladorlikda Panzol preparatini qat‘iy ko‘rsatmalar, ona uchun kutilgan foyda homila uchun potensial havfdan ustun bo‘lgan holdagina qo‘llash mumkin. Pantoprazol ko‘krak suti bilan ajralib chiqadi, shuning uchun davolanish vaqtida emizishni to‘xtatish kerak.

 

Pediatriyada qo‘llanishi

Bolalarda Panzol preparatini qo‘llash samaradorligi va havfsizligi aniqlanmagan.

Avtotransportni haydash va mexanizmlarni boshqarish qobiliyatiga ta‘siri

Panzol transport vositalari va boshqa mexanizmlarni boshqarish qobiliyatiga ta‘sir qilmaydi.

Preparat bolalar ololmaydigan joyda saqlansin va yaroqlilik muddati tugaganidan so‘ng ishlatilmasin.

Dozani oshirib yuborilishi

Hozirgi vaqtgacha dozani oshirib yuborilish hollari kuzatilmagan. Preparatning dozasi intoksikasiya belgilari bilan birga oshirib yuborilganida umumiy dezintoksikasion choralar o‘tkaziladi. Pantoprazol organizmdan gemodializ yordamida chiqarilmaydi.

Chiqarilish shakli

Liofilizasiyalangan kukunli 1 flakon va erituvchili 1 ampula kontur uyali o‘ramda.

1 kontur uyali o‘ram qo‘llash bo‘yicha yo‘riqnomasi bilan birga karton qutiga joylangan.

Saqlash sharoiti

Quruq, yorug‘likdan himoyalangan joyda 25oS dan yuqori bo‘lmagan joyda saqlansin.

Yaroqlilik muddati

2 yil.

Dorixonalardan berish tartibi

Resept bo‘yicha.

Ulashish:

Fikr qoldirish
Baho:
              
Matnni kiriting

Ismingiz
Fikr-mulohazangiz moderator tekshiruvidan so'ng nashr etiladi

Mahsulot bo'yicha savolingiz bormi?

Savol qoldirish

Mulohazalar

PANZOL poroshok 40mg N1 dori vositasi O'zbekiston dori vositalari reestrida ro'yxatdan o'tganmi?
Ha, preparat O'zbekiston dori vositalari reestrida ro'yxatdan o'tgan.
PANZOL poroshok 40mg N1 dori vositasi ishlab chiqaruvchisi kim va u qaysi davlatda ishlab chiqarilgan?
PANZOL poroshok 40mg N1 dori vositasi East African (India) Overseas 1, Pharmacity, Selaqui, Dehradun tomonidan Hindiston mamlakatida ishlab chiqarilgan.
PANZOL poroshok 40mg N1 dori vositasi resept bo’yicha sotiladimi?
PANZOL poroshok 40mg N1 dori vositasi resept bo'yicha sotiladigan dori

Analoglar
ASPAN tabletkalari 40mg N28
  • Ishlab chiqarilish joyi: Turkiya
  • Faol modda: Пантопразол ko'proq ko'rsatish
  • Ishlab chiqaruvchi: Дрогсан Илачлары Сан. ве Тидж. А. Ш.
  • Vakil: Asfarma Savdo MChJ
Narh: 62 000 so'mdan Batafsil
PANTIPRO liofilizat 40 mg N1
ULSEPAN tabletkalari 40mg N14
  • Ishlab chiqarilish joyi: Turkiya
  • Faol modda: Пантопразол ko'proq ko'rsatish
  • Ishlab chiqaruvchi: World Medicine Ilaс San. Ve Tic. A.S.
Narh: 50 400 so'mdan Batafsil
KONTROLOK tabletkalari 40mg N14
Narh: 130 000 so'mdan Batafsil
PANTAP tabletkalari 40mg N28
  • Ishlab chiqarilish joyi: Turkiya
  • Faol modda: Пантопразол ko'proq ko'rsatish
  • Ishlab chiqaruvchi: Nobel Ilac Sanayii ve Ticaret A.S.
Narh: 34 000 so'mdan Batafsil
PANTAP tabletkalari 40mg N14
PANZAK poroshok 40mg N1
PANTAP tabletkalari 40mg N28
  • Ishlab chiqarilish joyi: O'zbekiston
  • Faol modda: Пантопразол ko'proq ko'rsatish
  • Ishlab chiqaruvchi: Nobel Pharmsanoat, ИП ООО
Narh: 34 000 so'mdan Batafsil
PANTAP tabletkalari 40mg N14
ULTERA tabletkalari 20mg N14
  • Ishlab chiqarilish joyi: Hindiston
  • Faol modda: Пантопразол ko'proq ko'rsatish
  • Ishlab chiqaruvchi: Emcure Pharmaceuticals Ltd.
PROTON P tabletkalari 40mg N50
  • Ishlab chiqarilish joyi: Bangladesh
  • Faol modda: Пантопразол ko'proq ko'rsatish
  • Ishlab chiqaruvchi: Aristopharma Ltd
PROTON P tabletkalari 20mg N50
  • Ishlab chiqarilish joyi: Bangladesh
  • Faol modda: Пантопразол ko'proq ko'rsatish
  • Ishlab chiqaruvchi: Aristopharma Ltd
PANTOSAN poroshok 40mg
  • Ishlab chiqarilish joyi: Hindiston
  • Faol modda: Пантопразол ko'proq ko'rsatish
  • Ishlab chiqaruvchi: SRS Pharmaceuticals Pvt. Ltd, Индия произведено: Immacule Lifesciences Pvt. Ltd
ULSEPAN poroshok 40mg N1
  • Ishlab chiqarilish joyi: Turkiya
  • Faol modda: Пантопразол ko'proq ko'rsatish
  • Ishlab chiqaruvchi: World Medicine Ilac San. ve Tic. A.S., Турция произведено: Mefar Ilac Sanayi A.S.
ZOLOPENT tabletkalari 40mg N30
  • Ishlab chiqarilish joyi: Hindiston
  • Faol modda: Пантопразол ko'proq ko'rsatish
  • Ishlab chiqaruvchi: Kusum Healthcare Pvt. Ltd.
  • Vakil: Kusum
Narh: 45 000 so'mdan Batafsil
PENTAZA tabletkalari 40mg N30
Narh: 44 800 so'mdan Batafsil
ULSEPAN tabletkalari 40mg N28
  • Ishlab chiqarilish joyi: Turkiya
  • Faol modda: Пантопразол ko'proq ko'rsatish
  • Ishlab chiqaruvchi: World Medicine Ilaс San. Ve Tic. A.S.
NOLPAZA poroshok 40mg N1
  • Ishlab chiqarilish joyi: Sloveniya
  • Faol modda: Пантопразол ko'proq ko'rsatish
  • Ishlab chiqaruvchi: KRKA d.d.
Narh: 54 000 so'mdan Batafsil
KONTROLOK poroshok 40mg N1
NOLPAZA tabletkalari 40mg N28
  • Ishlab chiqarilish joyi: Sloveniya
  • Faol modda: Пантопразол ko'proq ko'rsatish
  • Ishlab chiqaruvchi: КРКА, д.д., Ново место, АО
Narh: 44 800 so'mdan Batafsil
NOLPAZA tabletkalari 20mg N28
  • Ishlab chiqarilish joyi: Sloveniya
  • Faol modda: Пантопразол ko'proq ko'rsatish
  • Ishlab chiqaruvchi: КРКА, д.д., Ново место, АО
Narh: 33 600 so'mdan Batafsil
PANUM tabletkalari 40mg N20
  • Ishlab chiqarilish joyi: Hindiston
  • Faol modda: Пантопразол ko'proq ko'rsatish
  • Ishlab chiqaruvchi: Юник Фармасьютикалс Лабораториез (Отдельные фирмы ДжБКемикалс энд Фармасьютикалс Лтд)
PANUM tabletkalari 40mg N10
  • Ishlab chiqarilish joyi: Hindiston
  • Faol modda: Пантопразол ko'proq ko'rsatish
  • Ishlab chiqaruvchi: Юник Фармасьютикалс Лабораториез (Отдельные фирмы ДжБКемикалс энд Фармасьютикалс Лтд)
PANTAZ tabletkalari 40mg N100
  • Ishlab chiqarilish joyi: Hindiston
  • Faol modda: Пантопразол ko'proq ko'rsatish
  • Ishlab chiqaruvchi: Medley Pharmaceuticals Limited
PANTAZ tabletkalari 40mg N30
  • Ishlab chiqarilish joyi: Hindiston
  • Faol modda: Пантопразол ko'proq ko'rsatish
  • Ishlab chiqaruvchi: Medley Pharmaceuticals Limited
PANTAZ tabletkalari 40mg N10
  • Ishlab chiqarilish joyi: Hindiston
  • Faol modda: Пантопразол ko'proq ko'rsatish
  • Ishlab chiqaruvchi: Medley Pharmaceuticals Limited
Ishlab chiqaruvchining dorilari
FERROLIF suspenziya 30ml
PANZOL DSR kapsulalar 30mg 40 mg+30 mg N10
Другие формы препарата
PANZOL DSR kapsulalar 30mg 40 mg+30 mg N10
  • A
  • B
  • D
  • E
  • F
  • G
  • H
  • I
  • J
  • K
  • L
  • M
  • N
  • O
  • P
  • Q
  • R
  • S
  • T
  • U
  • V
  • X
  • Y
  • Z
  • Ch
  • Sh
  • 0-9