×
×

Mahsulotning ko'rinishi saytdagi rasmdan farq qilishi mumkin.

TIREGIS tabletkalari 40mg N28

Kategoriya:
- Yurak-qon tomir
Ishlab chiqarilish joyi:
- Vengriya
Faol modda:
Телмисартан
Qadoqda soni:
- 28
Ishlab chiqaruvchi:
- Egis Pharmaceuticals Private Limited Company
ATX kodi:
- C09CA07
Noaniqliq haqida habar berish

O'xshash dorilar

KARDIOMAGNIL tabletkalari 150 mg+30,39 mg N100 Takeda Osteurope Holding GmbH Daniya
53 800 s`om dan
TELSARTAN H tabletkalari 80mg+12,5mg N28 Dr.Reddy’s Laboratories Ltd. Hindiston
64 000 s`om dan
NEBIVORLD tabletkalari 5mg N28 World Medicine Ilaс San. Ve Tic. A.S. Turkiya
53 000 s`om dan
FLEBODIA 600 tabletkalari 600mg N60 Innothera Chouzy Frantsiya
319 300 s`om dan
Mahsulot haqida tafsilotlar
Saytda e'lon qilingan ma'lumotlar mutaxassislar uchun mo'ljallangan. O'zingizni-o'zingiz davolash bilan shug'ullanmang. Sog'lig'ingizga zarar bermaslik uchun mutaxassis bilan maslahatlashishga ishonch hosil qiling!
TIREGIS tabletkalari 40mg N28 qo'lanishi bo'yicha ko'rsatmalar

ILOVA-VARAQA: PASIENTLAR UCHUN MA‘LUMOT

TIREGIS® qobiq bilan qoplangan tabletkalar 20 mg

TIREGIS® qobiq bilan qoplangan tabletkalar 40 mg

TIREGIS® qobiq bilan qoplangan tabletkalar 80 mg

telmisartan

 

Ushbu dori vositasini qabul qilishdan oldin ilova-varaqani diqqat bilan to‘liq o‘qib chiqing.

  • Ushbu ilova-varaqani saqlab qo‘ying: uni yana o‘qib chiqishingizga to‘g‘ri kelishi mumkin.
  • Agar sizda qo‘shimcha savollar tug‘ilsa, shifokoringizga yoki farmasevtga murojaat qiling.
  • Bu dori vositasi shaxsan sizga buyurilgan. Uni boshqa shaxslarga berib yuborish mumkin emas. Agar ularning simptomlari Siznikiga o‘xshash bo‘lsa ham, bu ularga zarar keltirishi mumkin.
  • Agar sizda jiddiy nojo‘ya samaralar rivojlansa yoki agar Siz ushbu ilova-varaqada keltirilmagan nojo‘ya samaralarni aniqlasangiz, bu haqida shifokoringizga yoki farmasevtga xabar bering.

Ushbu ilova-varaqada saqlangan ma‘lumot:

  1. Tiregis® o‘zi nima va u nima uchun qo‘llanadi
  2. Tiregis® preparatini qabul qilishdan oldin
  3. Tiregis®ni qanday qabul qilish kerak
  4. Bo‘lishi mumkin bo‘lgan nojo‘ya samaralari
  5. Tiregis®ni qanday saqlash kerak
  6. Qo‘shimcha ma‘lumotlar

  1. TIREGIS® O‘ZI NIMA VA U NIMA UCHUN QO‘LLANADI

Tiregis angiotenzin II reseptorlarining antagonistlari sifatida ma‘lum bo‘lgan dori vositalar sinfiga kiradi. Angiotenzin II – bu organizmda hosil bo‘ladigan va qon tomirlarini torayishini chaqirib, arterial bosimni oshiradigan moddadir. Tiregis® angiotenzin II ni bloklaydi, bu qon tomirlarni bo‘shashishiga va arterial bosimni pasayishiga olib keladi.

Tiregis® essensial (ya‘ni, boshqa holat bilan chaqirilmagan) arterial gipertenziya (yuqori bosim) ni davolash uchun ishlatiladi.

Yuqori arterial bosim davolanmasa, ba‘zi a‘zolarda qon-tomirlarini shikastlashi mumkin, bu ba‘zida miokard infarkti, yurak va buyrak yetishmovchiligi, insult yoki ko‘rlikka olib kelishi mumkin. A‘zolarni shikastlanishi rivojlanmagunicha, yuqori arterial bosim odatda simptomlarni chaqirmaydi. Arterial bosim me‘yoriy chegaralarda turganligiga ishonch hosil qilish uchun arterial bosimni muntazam ravishda o‘lchab turish muhimdir.

Tiregis® yurak yoki oyoqlarga qonni oqib kelishi pasayish yoki tiqilib qolish havfi bo‘lgan guruhdagi pasientlarda, insult o‘tkazgan yoki qandli diabet bilan xastalangan qon tomir kasalliklari havfi yuqori bo‘lgan pasientlarda yurak qon-tomir kasalliklari (ya‘ni, infarkt yoki insult) ning chastotasini kamaytirish uchun ham ishlatiladi.

  1. TIREGIS® PREPARATINI QABUL QILISHDAN OLDIN

Tiregis® preparatini qabul qilmang:

  • agar sizda telmisartanga yoki Tiregis®ning tarkibidagi boshqa komponentlarga allergiya (yuqori sezuvchanlik) bo‘lsa (“Qo‘shimcha ma‘lumotlar”  bo‘limidagi   yordamchi

moddalar ro‘yxatiga qarang.

  • agar siz homilador bo‘lsangiz va homiladorlik muddati 3 oydan ortiq bo‘lsa. Shuningdek homiladorlikni boshlanishida Tiregis® qabul qilishdan saqlanish kerak – “Homiladorlik” bo‘limiga qarang.
  • agar sizda xolestaz yoki o‘t yo‘llarining obstruksiyasi kabi og‘ir darajadagi jigar kasalliklari (jigar va o‘t pufagidan safro ajralishida muammolar) bo‘lsa qo‘llash mumkin emas.

Agar yuqoridagilardan birontasi sizga ham taalluqli bo‘lsa, Tiregis®ni qabul qilishdan oldin bu haqida shifokorga yoki farmasevtga murojaat qiling.

Tiregis® preparatini juda ehtiyotkorlik bilan qabul qiling

Agar sizda quyidagi kasalliklar va holatlar bo‘lsa yoki ilgari bo‘lgan bo‘lsa, shifokoringizga xabar bering:

  • Buyrak kasalliklari yoki buyrak transplantasiyasi;
  • Buyrak arteriyalari stenozi (buyraklarga qon olib keluvchi bir yoki har ikkala qon-tomirni torayishi);
  • Jigar kasalliklari;
  • Yurak kasalliklari;
  • Aldosteronning darajasini yuqori bo‘lishi (organizmda suv va tuzlarni tutilib qolishi, shuningdek qonda turli mineral moddalarning muvozanatini buzilishi);
  • Suvsizlanish holida (organizmdan haddan tashqari ko‘p miqdorda suvni yo‘qolishi) yoki diuretiklar (siydik haydovchilar) bilan davolash, tuzning miqdori kam parhez, diareya va qusish oqibatida tuz yetishmovchiligida rivojlanishi mumkin bo‘lgan past arterial bosim (gipotenziya);
  • Qonda kaliyning darajasini oshishi;
  • Qandli diabet.

Agar siz homilador bo‘lsangiz yoki homiladorlikni rejalashtirayotgan bo‘lsangiz, bu xaqida shifokorga aytish kerak. Tiregis® homiladorlikning ilk muddatlarida tavsiya etilmaydi va uni homiladorlikning muddati 3 oylikdan ortganida qabul qilish mumkin emas, chunki bu vaqtda preparatni qo‘llash bolangizga jiddiy zarar yetkazishi mumkin (“Homiladorlik” bo‘limiga qarang).

Jarrohlik aralashuvi hollarida yoki anesteziya o‘tkazishda, Tiregis®ni qabul qilayotganingiz xaqida shifokorga xabar berish kerak.

Bolalar va 18 yoshgacha o‘smirlarda Tiregis®ni qo‘llash tavsiya etilmaydi.

Angiotenzin II-reseptorlarining barcha antagonistlari kabi, Tiregis®ni negroid irqiga mansub pasientlarda arterial bosimni pasaytirishida samarasi kamroq bo‘lishi mumkin.

Boshqa dorilarni qabul qilish

Agar siz qandaydir boshqa dori vositalarni, shu jumladan reseptsiz beriladigan dori vositalarni qabul qilayotgan yoki yaqin vaqtda qabul qilgan bo‘lsangiz, shifokoringizga xabar bering. Shifokoringiz ushbu dori vositalarning dozalarini o‘zgartirishi yoki boshqa ehtiyotkorlik choralarini ko‘rishi mumkin. Ba‘zi hollarda siz ayrim dori vositalarni qabul qilishni to‘xtatishingiz kerak bo‘ladi. Bu ayniqsa, Tiregis® bilan bir vaqtda qabul qilinadigan, quyida keltirilgan dori vositalariga taalluqli:

  • Ba‘zi emosional buzilishlarni davolash uchun ishlatiladigan litiy preparatlari;
  • Kaliy saqlovchi tuzlarni o‘rnini bosuvchilar, kaliyni tejovchi diuretiklar (ba‘zi siydik haydovchilar) kabi qonda kaliyning darajasini oshirishi mumkin bo‘lgan dori vositalar, AAF ingibitorlari, angiotenzin II-reseptorlarining antagonistlari, NYAQV (nosteroid yallig‘lanishga qarshi vositalar, masalan, aspirin yoki ibuprofen), geparin, immunodepressantlar (masalan, siklosporin yoki takrolimus) va trimetoprim antibiotik.
  • Diuretiklar (siydik haydovchilar), ayniqsa, Tiregis® bilan birga yuqori dozalarda qabul qilinganida, suvni haddan tashqari yo‘qolishiga va arterial bosimni pasayishiga (gipotenziya) olib kelishi mumkin.

Agar siz NYAQV (nosteroid yallig‘lanishga qarshi vositalar, masalan, aspirin yoki ibuprofen) yoki kortikosteroidlar qabul qilayotgan bo‘lsangiz, arterial bosimni pasaytirish uchun qo‘llanadigan boshqa dori vositalar kabi, Tiregis®ning ta‘siri ham pasayishi mumkin.

Tiregis® yuqori arterial bosimni pasaytirish uchun ishlatiladigan boshqa dori vositalarning ta‘sirini kuchaytirishi mumkin.

Tiregis®ni ovqat va ichimliklar bilan qabul qilish

Tiregisni Siz ovqatlanishdan qat‘iy nazar, qabul qilishingiz mumkin.

Homiladorlik va emizish davri

Homiladorlik

Siz homiladorligingiz (yoki homiladorlikni rejalashtirayotgan) xaqida shifokoringizga aytishingiz kerak. Shifokor sizga homilador bo‘lishdan oldin Tiregis® qabul qilishni to‘xtatishni tavsiya berishi va Tiregis®ning o‘rniga boshqa dori vositasini qabul qilishni maslahat berishi kutiladi. Homiladorlikning ilk muddatlarida Tiregis®ni qabul qilish tavsiya etilmaydi va homiladorlikning muddati 3 oylikdan oshgan bo‘lsa, uni qabul qilish mumkin emas, chunki homiladorlikning uchinchi oyidan so‘ng jiddiy zarar yetkazishi mumkin.

Emizish davri

Agar siz emizsangiz yoki emizishni boshlayotgan bo‘lsangiz, shifokoringizga xabar bering. Tiregis® emizikli ayollarga tavsiya etilmaydi va agar siz emizishni hohlayotgan bo‘lsangiz, ayniqsa, bolangiz yaqinda tug‘ilgan bo‘lsa yoki chala tug‘ilgan bo‘lsa, shifokoringiz sizga boshqa davolash usulini tavsiya etishi mumkin.

Avtotransportni haydash va mexanizmlarni boshqarish

Avtotransportni haydash yoki mexanizmlarni boshqarish qobiliyatiga Tiregis®ning samarasi haqida ma‘lumotlar yo‘q. Yuqori arterial bosimni davolash vaqtida ba‘zi odamlar bosh aylanishi yoki toliqishni his qiladilar. Agar sizda shunday his-tuyg‘ular kuzatilsa, avtotransportni haydash va mexanizmlarni boshqarish mumkin emas.

Tiregis®ning ba‘zi komponentlari xaqida muhim ma‘lumot

Tiregis® laktoza saqlaydi. Agar shifokoringiz sizda ba‘zi qandlarni o‘zlashtiraolmaslik borligini aytgan bo‘lsa, bu dori vositasini qabul qilishdan oldin shifokor bilan maslahatlashing.

  1. TIREGIS®NI QANDAY QABUL QILISH KERAK

Tiregis® preparatini shifokoringiz qanday tavsiya qilgan bo‘lsa, doimo shunday qabul qiling. Agar Siz nimagadir ishonchingiz komil bo‘lmasa, shifokoringiz yoki farmasevt bilan maslahatlashing.

Tiregis®ning odatdagi dozasi kuniga bir tabletkani tashkil etadi. Tabletkani kunning aynan bir vaqtida qabul qilishga harakat qiling.

Tiregis®ni ovqatlanishdan qat‘iy nazar qabul qilishingiz mumkin. Tabletkalar ko‘p bo‘lmagan miqdordagi suv yoki boshqa alkogolsiz ichimlik bilan qabul qilinadi.

Agar shifokoringiz o‘zgacha tavsiya etmagan bo‘lsa, Tiregis®ni har kuni qabul qilish muhimdir.

Agar sizga, Tiregis® haddan tashqari kuchli yoki yetarli bo‘lmagan ta‘sir ko‘rsatayotgandek tuyulsa, shifokoringiz yoki farmasevt bilan maslahatlashing.

Arterial gipertenziyani davolashda ko‘pchilik pasientlar uchun Tiregis®ning odatdagi dozasi kuniga 1 marta 40 mg li tabletkani tashkil etadi, bu arterial bosimni 24 soat davomida nazorat qilish imkonini beradi. Biroq ba‘zida shifokoringiz sizga pastroq           (20 mg) yoki yuqoriroq (80 mg) dozalarni maslahat berishi mumkin.

Shuningdek Tiregis®ni, masalan, gidroxlortiazid kabi diuretiklar (siydik haydovchilar) bilan, bunda Tiregis® bilan birga qabul qilinganida arterial bosimni qo‘shimcha pasayishi kerak bo‘lgan pasientlarda birga qo‘llash mumkin.

Yurak-qon tomir buzilishlarini kamaytirish uchun Tiregis®ning odatdagi dozasi kuniga bir marta bitta 80 mg li bir tabletkani tashkil etadi. Tiregis®ni 80 mg dozada profilaktika maqsadida qabul qilishni boshlashda arterial bosimni tez-tez o‘lchab turish kerak.

Agar sizda jigar faoliyati buzilgan bo‘lsa, preparatning odatdagi dozasi sutkada bir marta 40 mg dan oshmasligi kerak.

Agar siz Tiregis®ni tavsiya etilgandan ko‘proq miqdorda qabul qilgan bo‘lsangiz

Agar siz bexosdan haddan tashqari ko‘p tabletka qabul qilgan bo‘lsangiz, darhol shifokoringizga, farmasevtga yoki yaqin atrofdagi shoshilinch yordam bo‘limiga murojaat qiling.

Agar siz Tiregis® qabul qilishni unutgan bo‘lsangiz

Agar siz bir dozani tabletka qabul qilishni unutgan bo‘lsangiz, tashvishlanmang. Yodingizga tushgan zahoti uni qabul qiling va preparatni odatdagidek qabul qilishni davom ettiring. Agar siz tabletkani kerakli kunda qabul qilmagan bo‘lsangiz, unda odatdagi dozada keyingi kuni qabul qiling. O‘tkazib yuborilgan dozani o‘rnini qoplash uchun dozani ikki marta oshirmang.

Agar sizda ushbu preparatni qo‘llash yuzasidan yana qandaydir savollar bo‘lsa, shifokoringizga yoki farmasevtga murojaat qiling.

Agar siz Tiregis® qabul qilishni to‘xtatishni hohlasangiz

Shifokoringiz bilan maslahatlashmasdan, Tiregis®ni qabul qilishni to‘xtatmang.

Arterial bosimni pasaytiruvchi dori vositalarini butun hayot davomida qabul qilish kerak bo‘lishi mumkin. Agar siz Tiregis®ni qabul qilishni to‘xtatsangiz, qon bosimingiz bir necha kun davomida davolangungacha bo‘lgan ko‘rsatkichiga qaytadi.

Agar sizda ushbu dori vositasini qo‘llash yuzasidan qandaydir savollar bo‘lsa, shifokoringizga yoki farmasevtga murojaat qiling.

  1. MUMKIN BO‘LGAN NOJO‘YA SAMARALARI

Barcha dori vositalari kabi, Tiregis® ham nojo‘ya samaralarni chaqirishi mumkin, biroq ular hamma pasientda ham rivojlanmaydi.

Bu nojo‘ya samaralarning tez-tezligi quyidagicha aniqlanadi:

  • Juda tez-tez: 10 pasientdan 1 nafaridan ko‘pida rivojlanadi;
  • Tez-tez: 100 pasientdan 1-10 nafarida rivojlanadi;
  • Tez-tez emas: 1000 pasientdan 1-10 nafarida rivojlanadi;
  • Kam hollarda: 10000 pasientdan 1-10 nafarida rivojlanadi;
  • Juda kam hollarda: 10000 pasientdan 1 nafaridan kamida rivojlanadi;
  • Noma‘lum: mavjud bo‘lgan ma‘lumotlar asosida tez-tezligini baholash mumkin emas.

Ba‘zi nojo‘ya samaralari jiddiy bo‘lishi va shoshilinch ravishdagi tibbiy aralashuvni talab qilishi mumkin:

Agar siz quyidagi simptomlardan birini his qilayotgan bo‘lsangiz, darhol shifokorga murojaat qiling: sepsis* (ko‘proq “qonni zaharlanishi” deb nomlanadi – o‘limga olib kelishi mumkin bo‘lgan, og‘ir darajadagi tarqoq yallig‘lanishga javob reaksiyasi), teri va shilliq qavatlarni tez rivojlanadigan shishi (Kvinke shishi). Bu nojo‘ya samaralar kam kuzatiladi, biroq haddan tashqari jiddiy bo‘ladi. Pasient preparatni qabul qilishni to‘xtatishi va darhol shifokorga murojaat qilishi kerak. Davolash o‘tkazilmasa, bu holat o‘limga olib kelishi mumkin.

Tez-tez kuzatiladigan nojo‘ya samaralar quyidagilarni o‘z ichiga olishi mumkin:

Yurak-qon tomir kasalliklarini oldini olish uchun davolanayotgan pasientlarda arterial bosimni past bo‘lishi (gipotenziya) kuzatiladi.

Tez-tez kuzatilmaydigan nojo‘ya samaralar quyidagilarni o‘z ichiga olishi mumkin:

Yuqori nafas yo‘llarining infeksiyalari (masalan, tomoqda og‘riq, burun yon bo‘shliqlarini yallig‘lanishi, shamollash). Siydik yo‘llarining infeksiyalari, eritrositlar sonini kamayishi (anemiya), kaliyning darajasini oshishi, kayfiyatni tushib ketishi (depressiya), xushdan ketish, uyquga ketishni qiyinlashishi, jismlarni atrofda aylanayotganini his etish (tizimli bosh aylanishi), yurak urishini sekinlashishi (bradikardiya), arterial bosimni past bo‘lishi (gipotenziya) – yuqori arterial bosim bo‘yicha davolanganda, o‘rindan turganda bosh aylanishi (ortostatik gipotenziya), hansirash, qorinda og‘riq, diareya, qorinda diskomfort, qorinni dam bo‘lishi, qusish, kuchli terlash, terini qichishishi, dorilarning ta‘siri oqibatidagi toshma, mushaklarda og‘riq (mialgiya), mushaklar spazmi, buyrak faoliyatini buzilishi, shu jumladan o‘tkir buyrak yetishmovchiligi, ko‘krak qafasida og‘riq. Holsizlik hissi va qonda kreatinin darajasini oshishi.

Kam kuzatiladigan nojo‘ya samaralar quyidagilarni o‘z ichiga olishi mumkin:

Sepsis* (ko‘proq “qonni zaharlanishi” deb nomlanadi – o‘limga olib kelishi mumkin bo‘lgan, og‘ir darajadagi tarqoq yallig‘lanishga javob reaksiyasi), leykositlarning ba‘zi turlari sonini oshishi (eozonofiliya), trombositlar darajasini pasayishi (trombositopeniya), og‘ir darajadagi allergik reaksiya (anafilaktik reaksiya), allergik reaksiyalar (masalan, teri toshmasi, terini qichishishi, nafasni qiyinlashishi, xushtaksimon xirillashlar, yuzni shishi yoki arterial bosimni pasayishi), qonda qand darajasini pasayishi (qandli diabeti bo‘lgan pasientlarda), havotirlik hissi, ko‘rishni buzilishi, yurakni tez-tez urishi (taxikardiya), ovqatni hazm bo‘lmasligi, og‘izni qurishi, jigar faoliyatini buzilishi**, dorilarning ta‘siri oqibatidagi og‘ir darajadagi toshmalar, qavariq (eshakemi), terini qizarishi, teri va shilliq qavatlarni tez rivojlanadigan shishi (Kvinke shishi) – bu o‘limga olib kelishi mumkin, ekzema (teri kasalligi), bo‘g‘imlarda og‘riq (artralgiya), qo‘l-oyoqlarda og‘riq, paylar sohasida og‘riq, grippsimon kasallik, siydik kislotasi, jigar fermentlari yoki kreatinfosfokinazaning darajasini oshishi, gemoglobin (qondagi oqsillar) darajasini pasayishi.

*20000 dan ortiq pasientlar ishtirokidagi uzoq muddatli tadqiqotlarda, sepsis rivojlangan pasientlarning soni telmisartan olgan guruhda yuqori bo‘lgan. Bu kutilmagan yoki hozirgi vaqtgacha noma‘lum bo‘lgan ta‘sir mexanizmi bilan bog‘liq bo‘lishi mumkin.

**Telmisartanni qayd etilgandan keyingi qo‘llash tajribasidan kelib chiqib, jigar faoliyatini buzilishini ko‘pchilik hollari, ushbu nojo‘ya samarani rivojlanish ehtimoli yuqori bo‘lgan yapon millatiga mansub pasientlarda kuzatilgan.

Agar sizda jiddiy nojo‘ya samaralar rivojlansa yoki agar ushbu ilova-varaqada ko‘rsatilmagan nojo‘ya samaralar kuzatilsa, bu xaqida shifokoringizga yoki farmasevtga xabar bering.

  1. TIREGIS® QANDAY SAQLANADI

Bolalar olaolmaydigan joyda saqlansin.

Tiregis® o‘ramida ko‘rsatilgan yaroqlilik muddati tugaganidan so‘ng ishlatilmasin. Yaroqlilik muddati tugaydigan sana – ko‘rsatilgan oyning oxirgi kunidir.

25oS dan yuqori bo‘lmagan haroratda saqlansin.

Dori vositalarini maishiy chiqindilarga yoki oqar suvlarga tashlash mumkin emas. Agar endi kerak bo‘lmagan preparatni chiqindilarga tashlab yuborish kerak bo‘lsa, farmasevt bilan maslahatlashing. Bu choralar atrof-muhitni ifloslanishini oldini olishga yordam berishi mumkin.

  1. QO‘SHIMCHA MA‘LUMOT

Tiregis®ning tarkibi:

  • Ta‘sir etuvchi modda: telmisartan, har bir tabletka 20, 40 yoki 80 mg telmisartan saqlaydi.
  • Yordamchi moddalar: Boshqa komponentlar: natriy gidroksidi, povidon (K-25), meglumin, laktoza monogidrati, krospovidon, temir (III) oksidi (Ye172), magniy stearati.

Qobig‘ining tarkibi: gipromelloza, titan dioksidi (Ye171), makrogol-400, talk, temir (III) oksidi (Ye172).

Tiregis® preparatini tashqi ko‘rinishi va o‘ramining ichidagisi

Bir tomonida “20” raqami gravirovkali va boshqa tomonida “T” harfi stilizasiya qilingan, qobiq bilan qoplangan sariq dumaloq tabletkalar.

Bir tomonida “40” raqami gravirovkali va boshqa tomonida “T” harfi stilizasiya qilingan, qobiq bilan qoplangan sariq oval tabletkalar.

Bir tomonida “80” raqami gravirovkali va boshqa tomonida “T” harfi stilizasiya qilingan, qobiq bilan qoplangan sariq oval tabletkalar.

7 yoki 14 plyonka qobiq bilan qoplangan tabletkadan majmuaviy alyumin folgali (sovuq-formavon alyumin folga va toblangan alyumin folga) blister o‘ramga joylangan.
4 (7 tabletkadan) yoki 2 (14 tabletkadan) blister pasientlar uchun ilova-varaqasi bilan birga karton qutiga joylangan.

Dorixonalardan berish tartibi

Shifokor resepti bo‘yicha beriladi

Ulashish:

Fikr qoldirish
Baho:
              
Matnni kiriting

Ismingiz
Fikr-mulohazangiz moderator tekshiruvidan so'ng nashr etiladi

Mahsulot bo'yicha savolingiz bormi?

Savol qoldirish

Mulohazalar

TIREGIS tabletkalari 40mg N28 dori vositasi O'zbekiston dori vositalari reestrida ro'yxatdan o'tganmi?
Ha, preparat O'zbekiston dori vositalari reestrida ro'yxatdan o'tgan.
TIREGIS tabletkalari 40mg N28 dori vositasi ishlab chiqaruvchisi kim va u qaysi davlatda ishlab chiqarilgan?
TIREGIS tabletkalari 40mg N28 dori vositasi Egis Pharmaceuticals Private Limited Company tomonidan Vengriya mamlakatida ishlab chiqarilgan.
TIREGIS tabletkalari 40mg N28 dori vositasi resept bo’yicha sotiladimi?
TIREGIS tabletkalari 40mg N28 dori vositasi resept bo'yicha sotiladigan dori

Analoglar
TELKOR tabletkalari 40 mg N30
TELMED N tabletkalari 40mg 40 mg+12,5 mg N10
TELMED 20 tabletkalari 20mg N10
TVARDOKS H80 tabletkalari 80 mg/12,5 mg N28 tabletkalari
  • Ishlab chiqarilish joyi: Hindiston
  • Faol modda: Телмисартан ko'proq ko'rsatish
  • Ishlab chiqaruvchi: VEGAPHARM LIFE SCIENCES PVT. LTD., Индия произведено: IND-SWIFT LTD
  • Vakil: VEGAPHARM
TIREGIS tabletkalari 80mg N28
  • Ishlab chiqarilish joyi: Vengriya
  • Faol modda: Телмисартан ko'proq ko'rsatish
  • Ishlab chiqaruvchi: Egis Pharmaceuticals Private Limited Company
TELMISTA tabletkalari 80mg N28
  • Ishlab chiqarilish joyi: Sloveniya
  • Faol modda: Телмисартан ko'proq ko'rsatish
  • Ishlab chiqaruvchi: Krka d.d.
Narh: 72 000 so'mdan Batafsil
TELMISTA tabletkalari 40mg N28
  • Ishlab chiqarilish joyi: Sloveniya
  • Faol modda: Телмисартан ko'proq ko'rsatish
  • Ishlab chiqaruvchi: Krka d.d.
Narh: 50 000 so'mdan Batafsil
TELMISTA ND 80 tabletkalari 80mg 80mg/25mg N28
  • Ishlab chiqarilish joyi: Sloveniya
  • Faol modda: Телмисартан ko'proq ko'rsatish
  • Ishlab chiqaruvchi: Krka d.d.
TELMISTA ND 80 tabletkalari 80mg 80mg/12,5mg N28
  • Ishlab chiqarilish joyi: Sloveniya
  • Faol modda: Телмисартан ko'proq ko'rsatish
  • Ishlab chiqaruvchi: Krka d.d.
TELMISTA ND 40 tabletkalari 40mg 40mg/12,5mg N28
  • Ishlab chiqarilish joyi: Sloveniya
  • Faol modda: Телмисартан ko'proq ko'rsatish
  • Ishlab chiqaruvchi: Krka d.d.
TIREGIS tabletkalari 20mg N28
  • Ishlab chiqarilish joyi: Vengriya
  • Faol modda: Телмисартан ko'proq ko'rsatish
  • Ishlab chiqaruvchi: Egis Pharmaceuticals Private Limited Company
TELMISTA tabletkalari 80mg N84
  • Ishlab chiqarilish joyi: Sloveniya
  • Faol modda: Телмисартан ko'proq ko'rsatish
  • Ishlab chiqaruvchi: КРКА, д.д., Ново место, АО
Ishlab chiqaruvchining dorilari
TIREGIS tabletkalari 80mg N28
  • Ishlab chiqarilish joyi: Vengriya
  • Faol modda: Телмисартан ko'proq ko'rsatish
  • Ishlab chiqaruvchi: Egis Pharmaceuticals Private Limited Company
LIDOKAIN aerozol 38g 10%
  • Ishlab chiqarilish joyi: Vengriya
  • Faol modda: Lidokain ko'proq ko'rsatish
  • Ishlab chiqaruvchi: Egis Pharmaceuticals Private Limited Company
Narh: 35 000 so'mdan Batafsil
BETADIN suppozitorii 200mg N14
Narh: 82 000 so'mdan Batafsil
LUSETAM tabletkalari 800mg N30
Narh: 125 000 so'mdan Batafsil
LUSETAM tabletkalari 1200mg N20
Narh: 108 000 so'mdan Batafsil
VELAKSIN kapsulalar 75mg N28
Narh: 189 300 so'mdan Batafsil
VELAKSIN kapsulalar 37,5mg N28
Narh: 86 500 so'mdan Batafsil
ALZEPIL tabletkalari 10mg N28
Narh: 349 000 so'mdan Batafsil
ALZEPIL tabletkalari 5mg N28
Narh: 194 900 so'mdan Batafsil
MILURIT tabletkalari 100mg N30
KARDILOPIN tabletkalari 5mg N30
Narh: 35 000 so'mdan Batafsil
KARDILOPIN tabletkalari 10mg N30
Narh: 66 000 so'mdan Batafsil
TIZERSIN inyeksiya uchun eritma 1ml 25mg/ml N10
BETADIN maz 20g 100mg/g
Narh: 50 000 so'mdan Batafsil
NITROMINT aerozol 10 g 0,4 mg 180 doz
KLOSTILBEGIT tabletkalari 50mg N10
  • Ishlab chiqarilish joyi: Vengriya
  • Faol modda: Klomifen ko'proq ko'rsatish
  • Ishlab chiqaruvchi: Egis Pharmaceuticals Private Limited Company
Narh: 122 000 so'mdan Batafsil
EROLIN tabletkalari 10mg N30
BETADIN suppozitorii 200mg N7
VELAKSIN kapsulalar 150mg N28
MILURIT tabletkalari 300mg N30
Narh: 4 650 so'mdan Batafsil
EROLIN tabletkalari 10mg N10
PERITOL tabletkalari 4mg N20
TIZERSIN tabletkalari 25mg N50
TIREGIS tabletkalari 20mg N28
  • Ishlab chiqarilish joyi: Vengriya
  • Faol modda: Телмисартан ko'proq ko'rsatish
  • Ishlab chiqaruvchi: Egis Pharmaceuticals Private Limited Company
GLEMPID tabletkalari 3mg N30
  • Ishlab chiqarilish joyi: Vengriya
  • Ishlab chiqaruvchi: Egis Pharmaceuticals Private Limited Company
  • A
  • B
  • D
  • E
  • F
  • G
  • H
  • I
  • J
  • K
  • L
  • M
  • N
  • O
  • P
  • Q
  • R
  • S
  • T
  • U
  • V
  • X
  • Y
  • Z
  • Ch
  • Sh
  • 0-9