×
×

Mahsulotning ko'rinishi saytdagi rasmdan farq qilishi mumkin.

PERTUSSIN Ch 100,0 sirop

Kategoriya:
- Shamollash va gripp
Ishlab chiqarilish joyi:
- Rossiya
Faol modda:
Калия бромид
Ishlab chiqaruvchi:
- Ярославская фармацевтическая фабрика, ЗАО
ATX kodi:
- R05CA Отхаркивающие препараты
Shifokor konsultatsiyasi:
Noaniqliq haqida habar berish

O'xshash dorilar

TERAFLYU poroshok so vkusom limona N10 Новартис Консьюмер Хелс СА Shveytsariya
80 000 s`om dan
DOKTOR MOM pastilkalar so vkusom limona N20 Unique Pharmaceutical Lab. Hindiston
27 600 s`om dan
58 000 s`om dan
Mahsulot haqida tafsilotlar
Saytda e'lon qilingan ma'lumotlar mutaxassislar uchun mo'ljallangan. O'zingizni-o'zingiz davolash bilan shug'ullanmang. Sog'lig'ingizga zarar bermaslik uchun mutaxassis bilan maslahatlashishga ishonch hosil qiling!
PERTUSSIN Ch 100,0 sirop qo'lanishi bo'yicha ko'rsatmalar

QO‘LLASH BO‘YICHA YO‘RIQNOMA

PERTUSSIN
PERTUSSINUM

Preparatning savdo nomi: Pertussin

Ta‘sir etuvchi moddalar (XPN): Timyan, kaliy bromidi.

Dori shakli: Sirop

Tarkibi:

Tog‘rayxonning suyuq ekstrakti yoki bog‘ gulrayxonining suyuq ekstrakti – 120 g;

kaliy bromidi – 10 g;

shakar siropi- 820 g;

etil spirti 80%- 50 g.

Farmakoterapevtik guruhi:  Balg‘am ko‘chiruvchi vosita.

 

Farmakologik xususiyatlari

Tog‘rayhonning preparatlari yaqqol balg‘am ko‘chiruvchi ta‘sir ko‘rsatadi, yuqori nafas yo‘llarining shilliq qavatlaridan ajralib chiqadigan sekret miqdorini oshiradi, balg‘amni suyuqlashishiga va uni chiqarib tashlanishini tezlashishiga yordam beradi. Kaliy bromidi markaziy nerv tizimini qo‘zg‘aluvchanligini pasaytiradi.

Qo‘llanilishi

Preparat o‘tkir respirator kasalliklarda, traxeit, bronxit, hamda bolalarda ko‘kyo‘talda buyuriladi.

Qo‘llash usuli va dozalari

Kattalarga 1 osh qoshiqdan kuniga 3 marta ichga; bolalarga yoshiga qarab, 1/2 choy qoshiqdan to 1 desert qoshiqqacha kuniga 3 marta buyuriladi.

Nojo‘ya ta‘sirlari

Allergik reaksiyalar, jig‘ildon qaynashi, ko‘ngil aynishi, qusish bo‘lishi mumkin.

 

Qo‘llash mumkin bo‘lmagan holatlar

  • preparat komponentlariga yuqori sezuvchanlik;
  • homiladorlik, laktasiya davri.
  • yurak faoliyati dekompensasiyasi.

Dorilarning o‘zaro ta‘siri

Hozirgi vaqtgacha boshqa dori vositalari bilan o‘zaro ta‘siri xaqida ma‘lumotlar yo‘q.

 

Maxsus ko‘rsatmalar

Preparat bolalar olaolmaydigan joyda saqlansin va yaroqlilik muddati o‘tgach qo‘llanilmasin.

Dozani oshirib yuborilishi

Preparatni dozasini oshirib yuborish hollarida – ko‘ngil aynishi.

Chiqarilish shakli

Sirop 40, 50, 90 va 100 ml da flakonlarda.

Saqlash sharoiti

Yorug‘likdan himoyalangan joyda, 25oS dan yuqori bo‘lmagan haroratda.

Yaroqlilik muddati

4 yil.

 

Dorixonalardan berish tartibi

Reseptsiz.

Ulashish:

Fikr qoldirish
Baho:
              
Matnni kiriting

Ismingiz
Fikr-mulohazangiz moderator tekshiruvidan so'ng nashr etiladi

Mahsulot bo'yicha savolingiz bormi?

Savol qoldirish

Mulohazalar

PERTUSSIN Ch 100,0 sirop dori vositasi O'zbekiston dori vositalari reestrida ro'yxatdan o'tganmi?
Ha, preparat O'zbekiston dori vositalari reestrida ro'yxatdan o'tgan.
PERTUSSIN Ch 100,0 sirop dori vositasi ishlab chiqaruvchisi kim va u qaysi davlatda ishlab chiqarilgan?
PERTUSSIN Ch 100,0 sirop dori vositasi Ярославская фармацевтическая фабрика, ЗАО tomonidan Rossiya mamlakatida ishlab chiqarilgan.
PERTUSSIN Ch 100,0 sirop dori vositasi resept bo’yicha sotiladimi?
PERTUSSIN Ch 100,0 sirop dori vositasi resept bo'yicha sotilmaydi.

Другие формы препарата
PERTUSSIN suyuqlik 50ml
  • Ishlab chiqarilish joyi: O'zbekiston
  • Ishlab chiqaruvchi: Radiks, ЧНПП
PERTUSSIN suyuqlik 40ml
  • Ishlab chiqarilish joyi: O'zbekiston
  • Ishlab chiqaruvchi: Radiks, ЧНПП
PERTUSSIN suyuqlik 50ml
  • Ishlab chiqarilish joyi: O'zbekiston
  • Ishlab chiqaruvchi: Ziyo Nur Farm ЧП
PERTUSSIN suyuqlik 40ml
  • Ishlab chiqarilish joyi: O'zbekiston
  • Ishlab chiqaruvchi: Ziyo Nur Farm ЧП
PERTUSSIN eritma
  • Ishlab chiqarilish joyi: O'zbekiston
  • Ishlab chiqaruvchi: Torimed Pharm, OOO
  • A
  • B
  • D
  • E
  • F
  • G
  • H
  • I
  • J
  • K
  • L
  • M
  • N
  • O
  • P
  • Q
  • R
  • S
  • T
  • U
  • V
  • X
  • Y
  • Z
  • Ch
  • Sh
  • 0-9