Pertussinning aptekalardagi narxlari
PERTUSSIN sirop 40ml N1
|
|
5 ta dorixonada bor
|
3 600 so'mdan
Dorixonadan topish
|
3 600 so'mdan
Bron qilish
|
PERTUSSIN sirop 100ml N1
|
|
52 ta dorixonada bor
|
2 800 so'mdan
Dorixonadan topish
|
2 800 so'mdan
Bron qilish
|
PERTUSSIN sirop 90ml N1
|
|
3 ta dorixonada bor
|
4 400 so'mdan
Dorixonadan topish
|
|
PERTUSSIN sirop 50ml N1
|
|
19 ta dorixonada bor
|
2 400 so'mdan
Dorixonadan topish
|
Yetkazib berish xizmati haqida ma'lumot:
Yetkazib berish xizmatlarini taklif qiluvchi dorixonalar katalogda "yetkazib berish" belgisi bilan ajratilgan.
Shu tarzda belgilangan dorixona bilan telefon orqali aloqaga chiqing va buyurtmaning narxi va yetkazib berish muddatini aniqlashtirib oling.
Odatda, dorixona buyurtmani 1 soat ichida yuboradi.
Pertussin ko'rsatmalar
Umumiy ma'lumot
QO‘LLASH BO‘YICHA YO‘RIQNOMA
Preparatning savdo nomi: Pertussin
Ta‘sir etuvchi moddalar (XPN): Timyan, kaliy bromidi.
Dori shakli: Sirop
Tarkibi:
Tog‘rayxonning suyuq ekstrakti yoki bog‘ gulrayxonining suyuq ekstrakti – 120 g;
kaliy bromidi – 10 g;
shakar siropi- 820 g;
etil spirti 80%- 50 g.
Farmakoterapevtik guruhi: Balg‘am ko‘chiruvchi vosita.
Farmakologik xususiyatlari
Tog‘rayhonning preparatlari yaqqol balg‘am ko‘chiruvchi ta‘sir ko‘rsatadi, yuqori nafas yo‘llarining shilliq qavatlaridan ajralib chiqadigan sekret miqdorini oshiradi, balg‘amni suyuqlashishiga va uni chiqarib tashlanishini tezlashishiga yordam beradi. Kaliy bromidi markaziy nerv tizimini qo‘zg‘aluvchanligini pasaytiradi.
Qo‘llanilishi
Preparat o‘tkir respirator kasalliklarda, traxeit, bronxit, hamda bolalarda ko‘kyo‘talda buyuriladi.
Qo‘llash usuli va dozalari
Kattalarga 1 osh qoshiqdan kuniga 3 marta ichga; bolalarga yoshiga qarab, 1/2 choy qoshiqdan to 1 desert qoshiqqacha kuniga 3 marta buyuriladi.
Nojo‘ya ta‘sirlari
Allergik reaksiyalar, jig‘ildon qaynashi, ko‘ngil aynishi, qusish bo‘lishi mumkin.
Qo‘llash mumkin bo‘lmagan holatlar
- preparat komponentlariga yuqori sezuvchanlik;
- homiladorlik, laktasiya davri.
- yurak faoliyati dekompensasiyasi.
Dorilarning o‘zaro ta‘siri
Hozirgi vaqtgacha boshqa dori vositalari bilan o‘zaro ta‘siri xaqida ma‘lumotlar yo‘q.
Maxsus ko‘rsatmalar
Preparat bolalar olaolmaydigan joyda saqlansin va yaroqlilik muddati o‘tgach qo‘llanilmasin.
Dozani oshirib yuborilishi
Preparatni dozasini oshirib yuborish hollarida – ko‘ngil aynishi.
Chiqarilish shakli
Sirop 40, 50, 90 va 100 ml da flakonlarda.
Saqlash sharoiti
Yorug‘likdan himoyalangan joyda, 25oS dan yuqori bo‘lmagan haroratda.
Yaroqlilik muddati
4 yil.
Dorixonalardan berish tartibi
Reseptsiz.
Chiqarish shakllari