×
×

Mahsulotning ko'rinishi saytdagi rasmdan farq qilishi mumkin.

POLIJINAKS kapsulalar N12

Kategoriya:
- Ginekologik dorilar
Ishlab chiqarilish joyi:
- Shveytsariya / Frantsiya
Faol modda:
Нистатин, Полимиксин В, неомицин
Qadoqda soni:
- 12
Ishlab chiqaruvchi:
- Свисс Капс АГ./Иннотера Шузи
Vakil:
- Laboratoire Innotech International
ATX kodi:
- G01AА51
Shifokor konsultatsiyasi:
Noaniqliq haqida habar berish
O'zbekiston Respublikasi dorilar reestri ro'yxatidan o'tgan
Toshkentning 161 ta dorixonasida topildi

ico 110 000 s`om dan

Dorixonalardan izlash

ico 172 000 s`om dan + yetkazish

Buyurtma berish

ico 122 000 s`om dan

Bron qilish
Mahsulot haqida tafsilotlar
Saytda e'lon qilingan ma'lumotlar mutaxassislar uchun mo'ljallangan. O'zingizni-o'zingiz davolash bilan shug'ullanmang. Sog'lig'ingizga zarar bermaslik uchun mutaxassis bilan maslahatlashishga ishonch hosil qiling!
Bitta kapsula tarkibi:

Faol moddalar:

 neomitsin sulfati ……………… …  35 000 XB

 polimiksin V sulfati…………….   35 000 XB

 nistatin ………………………………..100 000 XB

Yordamchi moddalar: Tefoz 63®……………125,0 mg

Gidrogenlangan soya moyi……………………30,0 mg

Dimetikon 1000 dan…………………………..2500,0 mg gacha.

Ustki koplam tarkibi:

Jelatin………………………………………….381,2 mg

Glitserol………………………………………..191,5 mg

Dimetikon 1000 dan……………………………86,9 mg gacha.

Chiqarilish shakli va o’rami

Vaginal kapsulalar

6 qin kapsuladan PVX/PVDX alyumin blisterda.

1 yoki 2 blister qo’llash bo’yicha yo’riqnomasi bilan birga karton qutida.

Qin kapsulalari

Umumiylashgan preparat, tarkibiga kiruvchi barcha komponentlar bilan birgalikda ta’sirga kiradi.  Antibakterial, bakteritsid va zamburug’larga ta’sir kursatadi.Neomitsin sulfat va polimiksin V, Grammusbat va grammanfiy mikroorganizmlarga yukori ta’sir ko’rsatadi.Streptococcus spp. va anaerob bakteriyalarga  neomitsin i polimiksin ta’sirchanligi yuk.

Nistatin- Candida tarkibidagi zamburuglarga karshi fungitsid ta’sir kiladi. Kin shillik kavatining trofik xarakatini  tiklanishini yaxshilaydi.

Qin shilliq qavati  bo’ylab bir tekis taqsimlanib, maxalliy bakteritsid va fungitsid ta’sir ko’rsatadi. Qinning shilliq qavati yuzasidan amalda so’rilmaydi.


Allergik reaksiyalar, qichishish, achishish, kindagi bezovtalik. Allergik  kontakt ekzema. Uzok vakt davolanish mobaynida aminoglikozidlarning kushimcha ta’siri bulishi mumkin. 

Kullanmada kursatilgan barcha nojuya ta’sirlar ogirlashib borsa yoki kullanmada kursatilmagan nojuya ta’sirlarni sezsangiz darxol vrachga murojaat eting.



Retsept bo’yicha


Preparatni kullashdan oldin mazok olish va bakteriologik analiz topshirish zarur.

Preparatni qo’llash muddatlari unga kasallikni aloxida qo’zg’atuvchilarni chidamliligini shakllanishi va reinfekatsiya xavfini oldini olish maqsadida, cheklangan bo’lishi kerak.

Davolanish vaqtida lateksdan ishlangan qalpoqchalar va prezervativlarni ishlatish tavsiya qilinmaydi.

Xayz ko’rish vaqtida davolash kursini to’xtatmaslik kerak.

Dori vositasini transport vositalarini boshqarish qobiliyatiga ta’siri

Dori vositasini transport vositalarini yoki potensial xavfli mexanizmlarni boshqarish qobiliyatiga ta’sirikarshi ta’sir aniklanmagan.

Davolash.

Ta’sirchan mikroorganizmlar noodatiy bulmagan, zamburugli, aralash vaginitlar, vulvovaginitlar va servikovaginitlar ta’sirida infeksiyali kasalliklar.

Profilaktika

-jinsiy a’zolar soxasidagi jarroxlik aralashuvlaridan natijasida infekiya asoratlarini oldini olish maksadida

-bachadon bo’yni diatermokoagulyatsiyasi oldidan va keyin

-bachadon  ichi tashxis muolajaalari oldidan

— tug’ishdan oldin.

— preparatning xar qanday komponentiga sezuvchanlik.

— xomiladorlikni birinchi uch oyligida.

Spermatsidlar bilan birga qo’llash tavsiya qilinmaydi, chunki preparatning faolligini pasayishi mumkin.



25C dan yuqori bo’lmagan xaroratda saqlansin.

Bolalar olaolmaydigan joyda saqlansin!

Yaroqlilik muddati

2  yil.

Preparat o’ramida ko’rsatilgan yaroqlilik muddati o’tgach ishlatilmasin.

Och-sariqdan to ok-sargish ranggacha bo’lgan oval shakldagi, ichida nim suyuk, bir xildagi modda saklovchi, yumshoq kapsulalar. Kapsula ichidagi suyuklik sarik rangdan to  jigarranggacha bulgan rangga ega bulishi mumkin.
Qinga qullash uchun.

Bir kapsula orkaga yotgan xolda qinga chuqur qilib uyqudan oldin qo’yiladi.

Davolash kursi 12 kun. Oldini olish kursi 6 kun.

Bir yoki bir necha dozalarni qabul qilish o’tkazib yuborilgan xolda qabul qilishni odatdagi dozalarda tiklang.


Homiladorlikni II-III oyligida foyda yoki zararni vrach maslaxatiga binoan amalga oshiriladi, kachonki bola uchun xavfdan kutilayotgan natija ona uchun foydali bulsa.   

Preparatni laktatsiya davri uchun karshi kursatmalar mavjud bulgaligi sabali ,zarur xollarda xam ba davrda kullash tavsiya etilmaydi, emizishni tuxtatish shart.

POLIJINAKS kapsulalar N12 qo'lanishi bo'yicha ko'rsatmalar

QO‘LLASH BO‘YICHA YO‘RIQNOMA

POLIJINAKS® VIRGO

POLYGYNAX VIRGO

 

Preparatning savdo nomi: Polijinaks® Virgo

Dori shakli: qin ichiga yuborish uchun emulsiya kapsulalarda.

Tarkibi:

1 kapsula quyidagilarni saqlaydi:

faol moddalar:

neomisin sulfati                         35000 XB,

polimiksin V sulfati                 35000 XB,

nistatin                                           100000 XB;

yordamchi moddalar: gidrogenlangan soya moyi, dimetikon 1000, tefoz 63®: palmitin kislotasi efirlari va stearin kislotasi efirlari;

kapsula qobig‘ining tarkibi: jelatin, gliserol, dimetikon 1000, tozalangan suv.

Ta‘rifi: och-sariqdan och-jigarrang rangligacha bo‘lgan, oval shaklli o‘tkir uchli yumshoq kapsulalar.

Kapsula tarkibi: och-sariqdan och-jigarrang rangligacha bo‘lgan moyli emulsiya.

Farmakoterapevtik guruhi: majmuaviy antibiotik (antibiotiklar: aminoglikozid+ polien+siklik polipeptid).

ATX kodi: G01AX

 

Farmakologik xususiyatlari

Grammusbat (Staphylococus aureus, korinebakteriyalar va boshqalar) va grammanfiy mikroorganizmlarga (Enterococus faecium, Enterobacter aerogenes, Escherichia coli, Hemophilus influenzae, Proteus vulgaris, Klebsiella pneumoniae, Mycobacterium tuberculosis, Pseudomonas aeruginosa, Ureaplasma urealyticum) bakterisid ta‘sir ko‘rsatadi.

Patogen zamburug‘larga, ayniqsa achitqisimon – Candida albicans, Cryptococcus, Hystoplasma turi zamburug‘lariga fungisid ta‘sirga ega. Qin shilliq qavatining trofik jarayonlarini yaxshilaydi.

Farmakokinetikasi

Qin shilliq qavatiga tekis taqsimlanib, mahalliy bakterisid va fungisid ta‘sir ko‘rsatadi. Qin shilliq qavati yuzasidan deyarli so‘rilmaydi.

Qo‘llanilishi

Davolash uchun.

  • nospesifik, zamburug‘li, aralash vaginitlar, vulvovginitlar va servikovaginitlarda qo‘llanadi.

Oldini olish uchun.

  • jinsiy a‘zolar sohasidagi jarrohlik aralashuvi oldidan;
  • bachadon ichki diagnostika muolajasi oldidan qo‘llanadi.

Qo‘llash usuli va dozalari

Qin ichiga yuborish uchun buyuriladi. Bir kapsuladan kechki hojatdan keyin, uyqu oldidan buyuriladi. Kapsulaning o‘tkir uchi kesiladi va uni sekin siqib kapusulaning ichidagisini qinga yuboriladi. Dori preparati qinga yuborilganidan keyin, kapsulani chiqindilarga qo‘shib tashlab yuboriladi. Davolash kursi 6 kunni tashkil qiladi. Oldini olish maqsadida preparat 6 kun davomida qo‘llaniladi. Preparatni qabul qilish o‘tkazib yuborilganida, davolashni odatdagi dozada qaytadan boshlash kerak.

 

Nojo‘ya ta‘sirlari

Preparatning komponentlariga allergik reaksiya. Uzoq vaqt qo‘llanilganida, buyrak yetishmovchiligida aminoglikozidlarning tizimli nojo‘ya ta‘sirlarni namoyon bo‘lishi kuchayib boradi.

Qo‘llash mumkin bo‘lmagan holatlar

Preparatning har qanday komponentiga allergik reaksiyada qo‘llash mumkin emas.

Dorilarning o‘zaro ta‘siri

Spermisidlar bilan birga qo‘llash tavsiya etilmaydi, chunki preparatning faolligi pasayishi mumkin.

Maxsus ko‘rsatmalar

Preparat qiz bolalar va o‘smir qizlarda qo‘llash uchun maxsus ishlab chiqarilgan. Reinfeksiya xavfi va kasalliklarning ayrim qo‘zg‘atuvchilarini unga chidamliligini shakllanishini oldini olish maqsadida, preparatni qo‘llash muddati chegaralangan bo‘lishi kerak. Buyrak yetishmovchiligi hollarida maslahat olish uchun shifokorga murojaat qiling. Davolash vaqtida qin ichiga tamponlarni qo‘llashdan saqlanish kerak. Hayz ko‘rish vaqtida davolashni to‘xtatmaslik kerak.

Homiladorlik va laktasiya davrida qo‘llanishi

Homiladorlik vaqtida shifokor maslahatisiz qo‘llash tavsiya etilmaydi. Agar davolanish vaqtida Siz homilador ekanligingizni sezsangiz, shifokorga murojaat qiling, chunki faqat u davolashni davom ettirish kerakligi haqida qaror qabul qilishi mumkin. Emizish davrida preparatni qo‘llashdan saqlanish kerak.

Preparat bolalar ololmaydigan joyda saqlansin va yaroqlilik muddati o‘tgach qo‘llanilmasin.

Dozani oshirib yuborilishi

Tavsiya etilgan dozalarda qo‘llanganda, dozani oshirib yuborishining ehtimoli kam.

Chiqarilish shakli

Qin ichiga yuborish uchun emulsiya, kapsulalarda. 3 kapsula PVX/alyumin blisterda. 1 yoki 2 blister qo‘llash bo‘yicha yo‘riqnomasi bilan birga karton qutida.

 

Saqlash sharoiti

15oS dan 25oS gacha bo‘lgan haroratda.

Yaroqlilik muddati

2 yil.

Dorixonalardan berish tartibi

Resept bo‘yicha.

Ulashish:

Fikr qoldirish
Baho:
              
Matnni kiriting

Ismingiz
Fikr-mulohazangiz moderator tekshiruvidan so'ng nashr etiladi

Mahsulot bo'yicha savolingiz bormi?

Savol qoldirish

Mulohazalar

POLIJINAKS kapsulalar N12 dori vositasi O'zbekiston dori vositalari reestrida ro'yxatdan o'tganmi?
Ha, preparat O'zbekiston dori vositalari reestrida ro'yxatdan o'tgan.
POLIJINAKS kapsulalar N12 dori vositasi ishlab chiqaruvchisi kim va u qaysi davlatda ishlab chiqarilgan?
POLIJINAKS kapsulalar N12 dori vositasi Свисс Капс АГ./Иннотера Шузи tomonidan Shveytsariya / Frantsiya mamlakatida ishlab chiqarilgan.
POLIJINAKS kapsulalar N12 dori vositasi resept bo’yicha sotiladimi?
POLIJINAKS kapsulalar N12 dori vositasi resept bo'yicha sotilmaydi.

Analoglar
POLIJINAKS VIRGO kapsulalar N6
Narh: 85 000 so'mdan Batafsil
POLIJINAKS kapsulalar N6
Narh: 85 000 so'mdan Batafsil
POLIJINAKS kapsulalar N12
Narh: 110 000 so'mdan Batafsil
  • A
  • B
  • D
  • E
  • F
  • G
  • H
  • I
  • J
  • K
  • L
  • M
  • N
  • O
  • P
  • Q
  • R
  • S
  • T
  • U
  • V
  • X
  • Y
  • Z
  • Ch
  • Sh
  • 0-9