×
×

Mahsulotning ko'rinishi saytdagi rasmdan farq qilishi mumkin.

POLIJINAKS VIRGO kapsulalar N6

Kategoriya:
- Ginekologik dorilar
Ishlab chiqarilish joyi:
- Frantsiya
Farmakoterapevtik guruh:
- Ginekologik kasalliklarni davolash uchun boshqa antiseptiklar va mikroblarga qarshi preparatlar
Faol modda:
Нистатин, Полимиксин В, неомицин
Qadoqda soni:
- 6
Ishlab chiqaruvchi:
- Innothera Chouzy
Vakil:
- Laboratoire Innotech International
ATX kodi:
- G01AX
Noaniqliq haqida habar berish
Toshkentning 68 ta dorixonasida topildi

ico 85 000 s`om dan

Dorixonalardan izlash

ico 84 500 s`om dan

Bron qilish
Mahsulot haqida tafsilotlar
Saytda e'lon qilingan ma'lumotlar mutaxassislar uchun mo'ljallangan. O'zingizni-o'zingiz davolash bilan shug'ullanmang. Sog'lig'ingizga zarar bermaslik uchun mutaxassis bilan maslahatlashishga ishonch hosil qiling!
Tarkibi:

1 kapsula quyidagilarni saqlaydi:

Faol moddalar: 

Neomitsin sulfati                               35 000 XB

Polimiksin V sulfati   3                       35 000 XB

Nistatin                                              100 000 XB

Yordamchi moddalar: gidrogenlangan soya moyi, dimetikon 1000, tefoz 63®: palmitin kislotasi efirlari va stearin kislotasi efirlari.

Kapsula qobig’ining tarkibi: jelatin, glitserol, dimetikon 1000, tozalangan suv.

Chiqarilish shakli

Intravaginal yuborish uchun emulsiya, kapsulalarda. 3 kapsula PVX/alyumin blisterda. 1 yoki 2 blister tibbiyotda qo’llanilishiga doir yo’riqnomasi bilan birga karton qutida.

Intravaginal yuborish uchun emulsiya kapsulalarda
Grammusbat (Staphylococus aureus, korinebakteriyalar va boshqalar) va grammanfiy mikroorganizmlarga (Enterococus faecium, Enterobacter aerogenes, Escherichia coli, Haemophilus influenzae, Proteus vulgaris, Klebsiella pneumoniae, Mycobacterium tuberculosis, Pseudomonas aeruginosa, Ureaplasma urealyticum) bakteritsid ta’sir ko’rsatadi.

Patogen zamburug’larga, ayniqsa achitqisimon — Candida albicans, Cryptococcus, Hystoplasma turi zamburug’lariga fungitsid ta’sirga ega. Qin shilliq qavatining trofik jarayonlarini yaxshilaydi.


Qin shilliq qavatiga tekis taqsimlanib, mahalliy bakteritsid va fungitsid ta’sir ko’rsatadi. Qin shilliq qavati yuzasidan deyarli so’rilmaydi.
Preparatning komponentlariga allergik reaktsiya. Uzoq vaqt qo’llanilganida, buyrak yetishmovchiligida aminoglikozidlarning tizimli nojo’ya ta’sirlarni namoyon bo’lishi kuchayib boradi.


Retsept bo’yicha.
Preparat qiz bolalar va o’smir qizlarda qo’llash uchun maxsus ishlab chiqarilgan. Reinfeksiya xavfi va kasalliklarning ayrim qo’zg’atuvchilarini unga chidamliligini shakllanishini oldini olish maqsadida, preparatni qo’llash muddati chegaralangan bo’lishi kerak.

Buyrak yetishmovchiligi hollarida maslahat olish uchun shifokorga murojaat qiling. Davolash vaqtida qin ichiga tamponlarni qo’llashdan saqlanish kerak. Hayz ko’rish vaqtida davolashni to’xtatmaslik kerak.

Davolash.

— nospetsifik, zamburug’li, aralash vaginitlar, vulvovginitlar va tservikovaginitlarda qo’llaniladi.

Oldini olish uchun.

— jinsiy a’zolar sohasidagi jarrohlik aralashuvi oldidan;

— bachadon ichki diagnostika muolajasi oldidan qo’llaniladi.

Preparatning har qanday komponentiga allergik reaksiyada qo’llash mumkin emas.

Spermitsidlar bilan birga qo’llash tavsiya etilmaydi, chunki preparatning faolligi pasayishi mumkin.


15ºC dan 25ºC gacha bo’lgan haroratda, bolalar ololmaydigan joyda saqlansin.  

YAroqlilik muddati

2 yil.

O’ramida ko’satilgan yaroqlilik muddati o’tgach qo’llanilmasin.

Och-sariqdan och jigarrang ranggacha bo’lgan, oval shaklli o’tkir uchli yumshoq kapsulalar. Kapsula tarkibi: och-sariqdan och jigarrang ranggacha bo’lgan moyli emulsiya.
Qin ichiga yuborish uchun buyuriladi. Bir kapsuladan kechki hojatdan keyin, uyqu oldidan buyuriladi. Kapsulaning o’tkir uchi kesiladi va uni sekin siqib kapusulaning ichidagisini qinga yuboriladi. Dori preparati qinga yuborilganidan keyin, kapsulani chiqindilarga qo’shib tashlab yuboriladi. Davolash kursi 6 kunni tashkil etadi. Oldini olish maqsadida preparat 6 kun davomida qo’llaniladi. 

Preparatni qabul qilish o’tkazib yuborilganida, davolashni odatdagi dozada qaytadan boshlash kerak.

Tavsiya etilgan dozalarda qo’llanganda, dozani oshirib yuborishining ehtimoli kam.

Homiladorlik vaqtida shifokor maslahatisiz qo’llash tavsiya etilmaydi. Agar davolanish vaqtida Siz homilador ekanligingizni sezsangiz, shifokorga murojaat qiling, chunki faqat u davolashni davom ettirish kerakligi haqida qaror qabul qilishi mumkin. Emizish davrida preparatni qo’llashdan saqlanish kerak.
POLIJINAKS VIRGO kapsulalar N6 qo'lanishi bo'yicha ko'rsatmalar

QO‘LLASH BO‘YICHA YO‘RIQNOMA

POLIJINAKS® VIRGO

POLYGYNAX VIRGO

 

Preparatning savdo nomi: Polijinaks® Virgo

Dori shakli: qin ichiga yuborish uchun emulsiya kapsulalarda.

Tarkibi:

1 kapsula quyidagilarni saqlaydi:

faol moddalar:

neomisin sulfati                         35000 XB,

polimiksin V sulfati                 35000 XB,

nistatin                                           100000 XB;

yordamchi moddalar: gidrogenlangan soya moyi, dimetikon 1000, tefoz 63®: palmitin kislotasi efirlari va stearin kislotasi efirlari;

kapsula qobig‘ining tarkibi: jelatin, gliserol, dimetikon 1000, tozalangan suv.

Ta‘rifi: och-sariqdan och-jigarrang rangligacha bo‘lgan, oval shaklli o‘tkir uchli yumshoq kapsulalar.

Kapsula tarkibi: och-sariqdan och-jigarrang rangligacha bo‘lgan moyli emulsiya.

Farmakoterapevtik guruhi: majmuaviy antibiotik (antibiotiklar: aminoglikozid+ polien+siklik polipeptid).

ATX kodi: G01AX

 

Farmakologik xususiyatlari

Grammusbat (Staphylococus aureus, korinebakteriyalar va boshqalar) va grammanfiy mikroorganizmlarga (Enterococus faecium, Enterobacter aerogenes, Escherichia coli, Hemophilus influenzae, Proteus vulgaris, Klebsiella pneumoniae, Mycobacterium tuberculosis, Pseudomonas aeruginosa, Ureaplasma urealyticum) bakterisid ta‘sir ko‘rsatadi.

Patogen zamburug‘larga, ayniqsa achitqisimon – Candida albicans, Cryptococcus, Hystoplasma turi zamburug‘lariga fungisid ta‘sirga ega. Qin shilliq qavatining trofik jarayonlarini yaxshilaydi.

Farmakokinetikasi

Qin shilliq qavatiga tekis taqsimlanib, mahalliy bakterisid va fungisid ta‘sir ko‘rsatadi. Qin shilliq qavati yuzasidan deyarli so‘rilmaydi.

Qo‘llanilishi

Davolash uchun.

  • nospesifik, zamburug‘li, aralash vaginitlar, vulvovginitlar va servikovaginitlarda qo‘llanadi.

Oldini olish uchun.

  • jinsiy a‘zolar sohasidagi jarrohlik aralashuvi oldidan;
  • bachadon ichki diagnostika muolajasi oldidan qo‘llanadi.

Qo‘llash usuli va dozalari

Qin ichiga yuborish uchun buyuriladi. Bir kapsuladan kechki hojatdan keyin, uyqu oldidan buyuriladi. Kapsulaning o‘tkir uchi kesiladi va uni sekin siqib kapusulaning ichidagisini qinga yuboriladi. Dori preparati qinga yuborilganidan keyin, kapsulani chiqindilarga qo‘shib tashlab yuboriladi. Davolash kursi 6 kunni tashkil qiladi. Oldini olish maqsadida preparat 6 kun davomida qo‘llaniladi. Preparatni qabul qilish o‘tkazib yuborilganida, davolashni odatdagi dozada qaytadan boshlash kerak.

 

Nojo‘ya ta‘sirlari

Preparatning komponentlariga allergik reaksiya. Uzoq vaqt qo‘llanilganida, buyrak yetishmovchiligida aminoglikozidlarning tizimli nojo‘ya ta‘sirlarni namoyon bo‘lishi kuchayib boradi.

Qo‘llash mumkin bo‘lmagan holatlar

Preparatning har qanday komponentiga allergik reaksiyada qo‘llash mumkin emas.

Dorilarning o‘zaro ta‘siri

Spermisidlar bilan birga qo‘llash tavsiya etilmaydi, chunki preparatning faolligi pasayishi mumkin.

Maxsus ko‘rsatmalar

Preparat qiz bolalar va o‘smir qizlarda qo‘llash uchun maxsus ishlab chiqarilgan. Reinfeksiya xavfi va kasalliklarning ayrim qo‘zg‘atuvchilarini unga chidamliligini shakllanishini oldini olish maqsadida, preparatni qo‘llash muddati chegaralangan bo‘lishi kerak. Buyrak yetishmovchiligi hollarida maslahat olish uchun shifokorga murojaat qiling. Davolash vaqtida qin ichiga tamponlarni qo‘llashdan saqlanish kerak. Hayz ko‘rish vaqtida davolashni to‘xtatmaslik kerak.

Homiladorlik va laktasiya davrida qo‘llanishi

Homiladorlik vaqtida shifokor maslahatisiz qo‘llash tavsiya etilmaydi. Agar davolanish vaqtida Siz homilador ekanligingizni sezsangiz, shifokorga murojaat qiling, chunki faqat u davolashni davom ettirish kerakligi haqida qaror qabul qilishi mumkin. Emizish davrida preparatni qo‘llashdan saqlanish kerak.

Preparat bolalar ololmaydigan joyda saqlansin va yaroqlilik muddati o‘tgach qo‘llanilmasin.

Dozani oshirib yuborilishi

Tavsiya etilgan dozalarda qo‘llanganda, dozani oshirib yuborishining ehtimoli kam.

Chiqarilish shakli

Qin ichiga yuborish uchun emulsiya, kapsulalarda. 3 kapsula PVX/alyumin blisterda. 1 yoki 2 blister qo‘llash bo‘yicha yo‘riqnomasi bilan birga karton qutida.

 

Saqlash sharoiti

15oS dan 25oS gacha bo‘lgan haroratda.

Yaroqlilik muddati

2 yil.

Dorixonalardan berish tartibi

Resept bo‘yicha.

Ulashish:

Fikr qoldirish
Baho:
              
Matnni kiriting

Ismingiz
Fikr-mulohazangiz moderator tekshiruvidan so'ng nashr etiladi

Mahsulot bo'yicha savolingiz bormi?

Savol qoldirish

Mulohazalar

POLIJINAKS VIRGO kapsulalar N6 dori vositasi O'zbekiston dori vositalari reestrida ro'yxatdan o'tganmi?
Ha, preparat O'zbekiston dori vositalari reestrida ro'yxatdan o'tgan.
POLIJINAKS VIRGO kapsulalar N6 dori vositasi ishlab chiqaruvchisi kim va u qaysi davlatda ishlab chiqarilgan?
POLIJINAKS VIRGO kapsulalar N6 dori vositasi Innothera Chouzy tomonidan Frantsiya mamlakatida ishlab chiqarilgan.
POLIJINAKS VIRGO kapsulalar N6 dori vositasi resept bo’yicha sotiladimi?
POLIJINAKS VIRGO kapsulalar N6 dori vositasi resept bo'yicha sotiladigan dori

Analoglar
POLIJINAKS kapsulalar N6
Narh: 85 000 so'mdan Batafsil
POLIJINAKS kapsulalar N12
Narh: 110 000 so'mdan Batafsil
Ishlab chiqaruvchining dorilari
IDEOS tabletkalari N30
Narh: 55 500 so'mdan Batafsil
Narh: 35 900 so'mdan Batafsil
Narh: 64 000 so'mdan Batafsil
FLEBODIA 600 tabletkalari 600mg N30
Narh: 187 000 so'mdan Batafsil
FLEBODIA 600 tabletkalari 600mg N15
Narh: 100 800 so'mdan Batafsil
FLEBODIA 600 tabletkalari 600mg N60
Narh: 332 304 so'mdan Batafsil
Narh: 47 000 so'mdan Batafsil
Narh: 36 900 so'mdan Batafsil
BAKTOKS kapsulalar 500mg N12
GELMINTOKS suspenziya 15ml 125mg/2,5ml
Narh: 43 500 so'mdan Batafsil
Narh: 47 400 so'mdan Batafsil
INOKLIM kapsulalar 382mg N30
BAKTOKS poroshok 6,6g 250mg/5ml
BAKTOKS poroshok 5,1g 125mg/5ml
  • A
  • B
  • D
  • E
  • F
  • G
  • H
  • I
  • J
  • K
  • L
  • M
  • N
  • O
  • P
  • Q
  • R
  • S
  • T
  • U
  • V
  • X
  • Y
  • Z
  • Ch
  • Sh
  • 0-9