×
×
  • RAZOL 20 liofilizat 20mg N1

Mahsulotning ko'rinishi saytdagi rasmdan farq qilishi mumkin.

RAZOL 20 liofilizat 20mg N1

Kategoriya:
- Kislotalikning buzilishi
Ishlab chiqarilish joyi:
- Hindiston
Qadoqda soni:
- 1
Ishlab chiqaruvchi:
- Rowtech Limited, Великобритания произведено: Scan Biotech Limited
ATX kodi:
- A02BC04
Noaniqliq haqida habar berish

O'xshash dorilar

RENNI jevatelnie tabletkalari so vkusom apelsina N24 Bayer Consumer Care AG Germaniya
39 000 s`om dan
KYUSID BEBI suspenziya 30ml Avison Pharmaceuticals Pvt. Ltd., Индия произведено: Coral Laboratories Limited Hindiston
52 000 s`om dan
MAALOKS tabletkalari N20 Sanofi Aventis S.p.A. Italiya
64 900 s`om dan
OMEZ kapsulalar 20mg N30 Dr.Reddy’s Laboratories Ltd. Hindiston
30 000 s`om dan
Mahsulot haqida tafsilotlar
Saytda e'lon qilingan ma'lumotlar mutaxassislar uchun mo'ljallangan. O'zingizni-o'zingiz davolash bilan shug'ullanmang. Sog'lig'ingizga zarar bermaslik uchun mutaxassis bilan maslahatlashishga ishonch hosil qiling!
RAZOL 20 liofilizat 20mg N1 qo'lanishi bo'yicha ko'rsatmalar

QO‘LLASH BO‘YICHA YO‘RIQNOMA

RAZOL-20

RAZOL-20

Preparatning savdo nomi: Razol-20

Ta‘sir etuvchi modda (XPN): rabeprazol natriy

Dori shakli: vena ichiga yuborish uchun eritma tayyorlash uchun liofilizat

Tarkibi:

1 flakon quyidagilarni saqlaydi:

faol modda: rabeprazol natriy – 20 mg;

yordamchi moddalar: mannitol (Ye 421), natriy gidroksidi.

Ta‘rifi: oq yoki deyarli oq rangli liofilizasiya qilingan kukun.

Farmakoterapevtik guruhi: Me‘da va o‘n ikki barmoqli ichak yarasiga qarshi vositalar. Me‘da shirasining sekresiyasini susaytiruvchi vositalar. N+-K+-ATF-aza ingibitorlari.

ATX kodi: A02VS04

Farmakologik xususiyatlari

Farmakodinamikasi

Rabeprazol – proton nasosi nigibitori, almashingan benzimidazolning hosilasi. Me‘daning parietal hujayralarida N+-K+-ATF-aza fermentining faolligini susayishi xlorid kislotasining hosil bo‘lishini yakuniy bosqichini ingibirlanishiga olib keladi. Bu ta‘siri dozasiga bog‘liq va ta‘sir qiluvchi omildan qat‘iy nazar xlorid kislotani ham bazal, ham rag‘batlantirilgan sekresiyasini susayishiga olib keladi. Rabeprazol kovalent bog‘i yordamida parietal hujayralarning proton pompalari bilan bog‘lanadi, bu kislota sekresiyasini qaytmas pasayishi bilan kechadi. Kislota faqat yangi hosil bo‘lgan proton pompalari tomonidan ajralib chiqishi mumkin. Shunday qilib, qon plazmasida rabeprazolning kinetikasi uning antisekretor ta‘sir qilishi uchun hal qiluvchi ahamiyatga ega emas: rabeprazolni biologik faollashish davri qon plazmasidan yarim chiqarilish davridan ahamiyatli darajada yuqori. Rabeprazolni yarim chiqarilish davri emas, balki proton pompaning faoliyatini yarim davri (20-24 soat) katta klinik ahamiyatga ega. Sekresiyani maksimal pasayish darajasiga rabeprazol parietal hujayraga faollashgan vaqtda yetganida erishish mumkin. Bunga rabeprazolni vena ichiga infuziya qilish bilan erishish mumkin. Buning oqibatida sirkad ritmlari (asetilxolin) ta‘sirida yoki ovqatdan so‘ng (gistamin va gastrin) faollashgan proton pompasi rabeprazolning molekulasi bilan darhol bog‘lanadi. Preparatni faol moddasi – rabeprazol me‘daning parietal hujayralarini nordon muhitida tez to‘planadi, u yerda unga sulfonamid guruhini birikishi tufayli faol shakliga aylanadi. Proton pompasining sisteinlari bilan o‘zaro ta‘sirlashadi. Antisekretor samarasi bir soat davomida namoyon bo‘ladi, me‘daning rN muhitini maksimal kamayishi birinchi dozasini qo‘llagandan so‘ng 2-4 soatdan keyin qayd qilinadi. Birinchi sutkada kislotalikni o‘rtacha sutkalik ko‘rsatkichini 61% ga kamaytiradi. 24 soat davomida o‘rtacha rN qiymati 3,4 ni tashkil qiladi; rN 3 dan yuqori darajada saqlanib turadigan vaqt esa – 55,8 soat. Bazal va rag‘batlantirilgan sekresiyani susayishi davomiyligiga 48 soatga yetadi, turg‘un

antisekretor samara 3 kun davomida davolashdan keyin rivojlanadi. Bekor qilish rikoshet fenomeni bilan kechmaydi, sekretor faolligini tiklanishi yangi ferment molekulalarini sintezlangan sari 2-3 kun davomida yuz beradi.

Preparatni sutkada 20 mg dozada 2 hafta davomida qo‘llash qalqonsimon bez faoliyatiga, karbonsuvlar metabolizmiga, qondagi paratgormon, kortizol, estrogen, testosteron, prolaktin, xolesistokinin, sekretin, glyukagon, FSG, LG, STG, renin, aldosteronning konsentrasiyasiga ta‘sir qilmaydi.

Farmakokinetikasi

Vena ichiga yuborilganidan so‘ng rabeprazolning ta‘siri 1 soat davomida rivojlanadi va 2-4 soatdan keyin maksimumga yetadi. Vena ichiga 20 mg dozada yuborilganida o‘rtacha klirensi 283±98 ml/min ni tashkil qiladi. Vena ichiga 20 mg dozada yuborilganida mutloq biokiraolishligi taxminan 100% ni tashkil qiladi, ya‘ni rabeprazolning barcha molekulalari parietal hujayralarga yetib boradi. Rabeprazolning biokiraolishligi ko‘p marta yuborilganida o‘zgarmaydi. Plazma oqsillari bilan bog‘lanishi 97% ni tashkil qiladi. Vena ichiga yuborilgan 20 mg dozani yarim chiqarilish davri – 1,02±0,63 soatni tashkil qiladi. Rabeprazol ko‘p marta yuborilganida to‘g‘ri chiziqli farmakokinetika kuzatilgan, ya‘ni rabeprazolni yarim chiqarilish davri, klirensi va taqsimlanish hajmi dozasiga bog‘liq emas. Preparat bekor qilinganidan so‘ng sekretor faollik 2-3 kundan keyin so‘ng tiklanadi. Jigarda metabolizmga uchraydi. Rabeprazol natriy asosiy metabolitlari – tioefir va ko‘mir kislotalarini hosil qilib biotransformasiyaga uchraydi. Boshqa metabolitlari – silfon, dimetiltioefir va merkaptopurin kislotasining kon‘yugati past konsentrasiyalarda bo‘ladi.

Yarim chiqarilish davri taxminan 1 soatni tashkil qiladi. Yuborilgan dozaning taxminan 90% asosan ikkita metabolit: merkaptopurin va karbon kislotalari kon‘yugatlari holida siydik bilan chiqariladi. Metabolitlarning katta bo‘lmagan qismi axlat bilan chiqariladi. Keksa yoshdagi pasientlarda rabeprazolni chiqarilishi biroz sekinlashadi. Rabeprazolni kumulyasiyasi kuzatilmaydi.

Buyrak yetishmovchiligini turg‘un, terminal bosqichida bo‘lgan, gemodializdagi oladigan (kreatinin klirensi 1,73 m2 tana yuzasiga 5 ml/min dan kam) pasientlarda rabeprazol natriyning farmakokinetik parametrlari ahamiyatsiz o‘zgaradi.

Qo‘llanilishi

Rabeprazol eritma ko‘rinishida preparatni peroral shakllarini buyurish mumkin bo‘lmagan hollarda buyuriladi, xususan:

  • me‘da va o‘n ikki barmoqli ichakning peptik yarasini qon ketishi va og‘ir eroziyalar bilan zo‘rayishi;
  • eroziyali va yarali gastroezofageal reflyuks kasalligini qisqa muddatli davolash;
  • me‘daning nordon ichidagisi bilan aspirasiyani oldini olish;
  • Zollinger-Ellison sindromi;
  • me‘da va o‘n ikki barmoq ichak shilliq qavatining stress keltirib chiqargan, kritik vaziyatlardagi, kuyishlardagi buzilishlari;
  • antibakterial vositalar bilan majmuada – me‘daning yara kasalligi yoki surunkali gastriti bo‘lgan pasientlarda Helicobacter pylori eradikasiyasi;
  • Helicobacter pylori bilan bog‘liq me‘da-ichak yara kasalligi bo‘lgan pasientlarda me‘da-ichak yarasining qaytalanishi oldini olish va davolash.

Qo‘llash usuli va dozalari

Vena ichiga buyurish faqat og‘iz orqali qabul qilish mumkin bo‘lmagan hollarda tavsiya qilinadi. Rabeprazolni peroral shakllarini buyurish mumkin bo‘lishi bilan vena ichiga yuborishni to‘xtatish kerak.

Rabeprazolni tavsiya qilingan dozasi 20 mg ni tashkil qiladi, sutkada 1 marta yuboriladi.

Tayyorlangan eritmani faqat vena ichiga yuborish kerak.

In‘eksiya holida yuborish uchun flakonni ichidagisi 5 ml in‘eksiya uchun steril suvda eritiladi va 5-15 minut davomida sekin yuboriladi.

Infuziya holida yuborish uchun flakonni ichidagisi oldin 5 ml in‘eksiya uchun steril suvda eritiladi, 100 ml hajmdagi infuzion eritmaga (0,9% li natriy xlorid eritmasi) qo‘shiladi va 15-30 minut davomida yuboriladi. Tayyorlangan eritma tayyorlangandan so‘ng 4 soat davomida ishlatilishi kerak.

Qo‘llashdan oldin eritmani cho‘kindilar borligiga, ranggini o‘zgarishiga yoki har qanday boshqa o‘zgarishlarga tekshirish kerak. Eritma tiniq va rangsiz bo‘lishi, ko‘rinadigan zarralar bo‘lmasligi kerak. Ishlatilmagan eritmani utilizasiya qilish kerak.

Preparatni mushak ichiga yuborish mumkin emas!

Barqarorligi

Rabeprazol 5 ml in‘eksiya uchun steril suvda eritilganidan so‘ng xona haroratida saqlanganida 4 soat davomida va sovutgichda saqlanganida taxminan 24 soat davomida ishlatilishi kerak. Boshqa parenteral preparatlar kabi eritilgan eritmani cho‘kindilar borligini, xiraligini yoki oqib chiqmaganligi baholanadi. Preparatni ishlatilmagan qismi yo‘qotilishi kerak.

Flakon ichidagisining rangi o‘zgarganida – preparat ishlatilmasin, uni yo‘qotish kerak.

Nojo‘ya reaksiyalar

Me‘da-ichak tizimi a‘zolari tomonidan: diareya, ko‘ngil aynishi; tez-tez emas – qusish, qorin og‘rig‘i, meteorizm, qabziyat; kam hollarda – og‘iz qurishi, kekirish, dispepsiya ko‘rinishlari; yakka hollarda – ta‘m bilish hissini buzilishi, anoreksiya, stomatit, gastrit, jigar transaminazalari faolligini oshishi;

Markaziy nerv tizimi va sezgi a‘zolari tomonidan: bosh og‘rig‘i; tez-tez emas – bosh aylanishi, asteniya, uyqusizlik; juda kam hollarda – asabiylik, uyquchanlik; alohida hollarda – depressiya, ko‘rish va ta‘m bilishni buzilishi;

Tayanch-harakat apparati tomonidan: kam hollarda – mialgiya; juda kam hollarda – artralgiya, boldir mushaklarini tirishishi;

Respirator tizim tomonidan: kam hollarda – yallig‘lanish yoki yuqori nafas yo‘llari infeksiyalari, kuchli yo‘tal, rinit, faringit; juda kam hollarda – sinusit, bronxit;

Allergik reaksiyalar: kam hollarda – teri toshmalari, terini qichishishi;

Boshqalar: kam hollarda – belda, ko‘krakda, qo‘l-oyoqlarda og‘riq, shishlar, siydik chiqarish yo‘llari infeksiyalari, istma, et uvishishi, grippsimon sindrom; yakka hollarda – ko‘p ter ajralishi, tana vaznini oshishi, leykositoz, trombositopeniya, neytropeniya.

Qo‘llash mumkin bo‘lmagan holatlar

Preparat rabeprazol natriy, almashingan benzimidazol yoki bu preparatning har qanday boshqa ingradientiga o‘ta yuqori sezuvchanligi bo‘lgan pasientlarda qo‘llash mumkin emas. Preparatni shuningdek homiladorlarga va emiziklik ayollarda qo‘llash mumkin emas.

Dorilarning o‘zaro ta‘siri

Proton pompaning boshqa ingibitorlari (PPI) kabi, rabeprazol natriy ham jigarning sitoxrom R450 (SYP450) tizimiga kiruvchi fermentlar tomonidan metabolizmga uchraydi. Rabeprazol natriy amoksisillin va varfarin, fenitoin, teofillin va diazepam kabi SYP450 fermentlar tizimi tomonidan metabolizmga uchraydigan boshqa dori vositalari bilan klinik jihatdan ahamiyatli o‘zaro ta‘sirga uchramaydi.

Rabeprazol natriy xlorid kislotasini ishlab chiqarilishini kuchli va davomli pasayishini chaqiradi. Shunday qilib, rabeprazol natriy so‘rilishi me‘da shirasini rN ko‘rsatkichiga bog‘liq bo‘lgan preparatlar bilan o‘zaro ta‘sir qilishi mumkin: plazmada ketokonazolning konsentrasiyasini 33% ga pasayishi va digoksinni minimal konsentrasiyasini 22% ga oshishi. Shunday qilib, rabeprazol bilan bir vaqtda yuqorida ko‘rsatilgan preparatlarni qabul qilayotgan ayrim pasientlar preparatning dozasini to‘g‘rilash zaruriyatini aniqlash uchun kuzatuvda bo‘lishlari kerak.

Plazmada rabeprazol va klaritromisinning faol metabolitini konsentrasiyasi bir vaqtda qo‘llanganida mos ravishda 24% va 50% ga oshadi. Bu Helicobacter pylori eradikasiyasida o‘zaro ta‘sirning ijobiy natijasi sifatida qaraladi.

Klinik tadqiqotlarda pasientlar rabeprazol bilan bir vaqtda zaruratga qarab antasid vositalar qabul qilganlar; maxsus tadqiqotlarda rabeprazolni suyuqlik holida qabul qilingan antasidlar bilan o‘zaro ta‘siri aniqlanmagan. Bundan tashqari, rabeprazolni ovqat bilan klinik jihatdan ahamiyatli o‘zaro ta‘siri aniqlanmagan. In vitro sharoitda odam jigarining mikrosomalarida o‘tkazilgan tadqiqotlarlar rabeprazol natriyni SYP450 (SYP2S9 va SYP3A) izofermentlar tizimi tomonidan metabolizmga uchrashini ko‘rsatdi. Bu tadqiqotlar rabeprazolni dorilar bilan o‘zaro ta‘sir qilish hususiyati past deb hisoblash mumkinligini ko‘rsatdi; bunda uni siklosporinning metabolizmiga ta‘siri proton pompaning boshqa ingibitorlari bilan o‘xshash.

Nomutanosibligi. Rabeprazolni faqat in‘eksiya uchun steril suvda yoki fiziologik eritmada (0,9% li natriy xlorid eritmasi) eritish mumkin. Rabeprazol bilan birga hech qanday boshqa eritmalarni ishlatish mumkin emas.

Maxsus ko‘rsatmalar

Rabeprazol bilan davolash vaqtida simptomatik yaxshilanish me‘dada havfli o‘sma borligida ham kuzatilishi mumkin, demak, rabeprazol bilan davolashni boshlashdan oldin bunday kasalliklarni istisno qilish kerak (rabeprazol bilan davolash fonida simptomatik yaxshilanish o‘z vaqtida tashxis qo‘yishni murakkablashtirishi mumkin). Jigar faoliyatini yengil va o‘rtacha darajada buzilishlar bo‘lgan pasientlarda o‘tkazilgan maxsus tadqiqotlarda rabeprazol qabul qilganda kuzatilgan nojo‘ya reaksiyalarning tez-tezligi jins va yosh mezonlari bo‘yicha tadqiqotga kiritilgan shaxslarga qaraganda ahamiyatli farqi aniqlanmagan. Jigar faoliyatini og‘ir buzilishlari bo‘lgan pasientlarni rabeprazol bilan davolashning erta bosqichlarda ehtiyotkorlikka rioya qilish tavsiya etiladi.

Homiladorlik va emizish davrida qo‘llanishi

Homiladorlik davrida preparat faqat agarda ona uchun kutilgan foyda homila uchun potensial havfdan yuqori bo‘lgan holda qo‘llanadi. Preparat bilan davolash vaqtida emizishni to‘xtatish kerak.

Bolalar

Preparatni bolalarda qo‘llash tavsiya qilinmaydi, chunki bu guruhda preparatni qo‘llash bo‘yicha yetarli tajriba mavjud emas.

Avtotransport va mexanizmlarni boshqarishda reaksiya tezligiga ta‘sir qilish qobiliyati

Ba‘zi pasientlarda bosh og‘rig‘i, uyquchanlik yoki bosh aylanishi, ko‘rishni buzilishi rivojlanishi mumkin, shuning uchun transport vositalarini boshqarish vaqtida yoki murakkab mexanizmlar bilan ishlashda ehtiyotkorlikka rioya qilish kerak .

Preparatni bolalar olaolmaydigan joyda saqlash va yaroqlilik muddati o‘tgach ishlatmaslik kerak.

Dozani oshirib yuborilishi

Preparatning dozasini oshirib yuborilishiga nisbatan ma‘lumotlar yo‘q, nojo‘ya reaksiyalarning yaqqolligi oshishi mumkin.

Davolash: preparatning dozasi oshirib yuborilganida simptomatik davolash o‘tkaziladi. Maxsus antidoti yo‘q. Rabeprazol plazma oqsillari bilan yaxshi bog‘lanadi, shuning uchun dializda yomon chiqariladi.

Chiqarilish shakli

Rabeprazol natriy 20 mg dan 10 ml sig‘imli I turdagi (USP) shisha flakonda.

1 yoki 10 qo‘llash bo‘yicha yo‘riqnomasi bilan birga karton qutida.

Saqlash sharoiti

Yorug‘likdan himoyalangan joyda, 250C dan yuqori bo‘lmagan haroratda saqlansin.

Yaroqlilik muddati

2 yil.

Dorixonalardan berish tartibi

Resept bo‘yicha.

Ulashish:

Fikr qoldirish
Baho:
              
Matnni kiriting

Ismingiz
Fikr-mulohazangiz moderator tekshiruvidan so'ng nashr etiladi

Mahsulot bo'yicha savolingiz bormi?

Savol qoldirish

Mulohazalar

RAZOL 20 liofilizat 20mg N1 dori vositasi O'zbekiston dori vositalari reestrida ro'yxatdan o'tganmi?
Ha, preparat O'zbekiston dori vositalari reestrida ro'yxatdan o'tgan.
RAZOL 20 liofilizat 20mg N1 dori vositasi ishlab chiqaruvchisi kim va u qaysi davlatda ishlab chiqarilgan?
RAZOL 20 liofilizat 20mg N1 dori vositasi Rowtech Limited, Великобритания произведено: Scan Biotech Limited tomonidan Hindiston mamlakatida ishlab chiqarilgan.
RAZOL 20 liofilizat 20mg N1 dori vositasi resept bo’yicha sotiladimi?
RAZOL 20 liofilizat 20mg N1 dori vositasi resept bo'yicha sotiladigan dori

Ishlab chiqaruvchining dorilari
ROFLOKS tabletkalari 750mg N5
  • Ishlab chiqarilish joyi: Hindiston
  • Ishlab chiqaruvchi: Rowtech Limited, Великобритания произведено: Scan Biotech Limited
ROFLOKS tabletkalari 500mg N5
  • Ishlab chiqarilish joyi: Hindiston
  • Ishlab chiqaruvchi: Rowtech Limited, Великобритания произведено: Scan Biotech Limited
ROFLOKS tabletkalari 250mg N5
  • Ishlab chiqarilish joyi: Hindiston
  • Ishlab chiqaruvchi: Rowtech Limited, Великобритания произведено: Scan Biotech Limited
ROFLOKS infuziya uchun eritma 100ml 5mg/ml
  • Ishlab chiqarilish joyi: Hindiston
  • Ishlab chiqaruvchi: Rowtech Limited, Великобритания произведено: Scan Biotech Limited
ROFLOKS konsentrat 20ml 25mg/ml N5
  • Ishlab chiqarilish joyi: Hindiston
  • Ishlab chiqaruvchi: Rowtech Limited, Великобритания произведено: Scan Biotech Limited
ROFLOKS konsentrat 20ml 25mg/ml N10
  • Ishlab chiqarilish joyi: Hindiston
  • Ishlab chiqaruvchi: Rowtech Limited, Великобритания произведено: Scan Biotech Limited
ROFLOKS konsentrat 20ml 25mg/ml N1
  • Ishlab chiqarilish joyi: Hindiston
  • Ishlab chiqaruvchi: Rowtech Limited, Великобритания произведено: Scan Biotech Limited
ROULIN infuziya uchun eritma 300ml 2mg/ml N1
  • Ishlab chiqarilish joyi: Hindiston
  • Ishlab chiqaruvchi: Rowtech Limited, Великобритания произведено: Scan Biotech Limited
ROULIN infuziya uchun eritma 100ml 2mg/ml N1
  • Ishlab chiqarilish joyi: Hindiston
  • Ishlab chiqaruvchi: Rowtech Limited, Великобритания произведено: Scan Biotech Limited
RAZOL 20 liofilizat 20mg N10
  • Ishlab chiqarilish joyi: Hindiston
  • Ishlab chiqaruvchi: Rowtech Limited, Великобритания произведено: Scan Biotech Limited
ORZOL infuziya uchun eritma 100ml 500mg/100ml
  • Ishlab chiqarilish joyi: Hindiston
  • Ishlab chiqaruvchi: Rowtech Limited, Великобритания произведено: Scan Biotech Limited
  • A
  • B
  • D
  • E
  • F
  • G
  • H
  • I
  • J
  • K
  • L
  • M
  • N
  • O
  • P
  • Q
  • R
  • S
  • T
  • U
  • V
  • X
  • Y
  • Z
  • Ch
  • Sh
  • 0-9