×
×
  • RENTILO 150 tabletkalari 150mg N100

Mahsulotning ko'rinishi saytdagi rasmdan farq qilishi mumkin.

RENTILO 150 tabletkalari 150mg N100

Kategoriya:
- Kislotalikning buzilishi
Ishlab chiqarilish joyi:
- Hindiston
Qadoqda soni:
- 100
Ishlab chiqaruvchi:
- Karan Healthcare (P) Ltd, Индия произведено: Banson Pharmaceuticals Pvt. Ltd
ATX kodi:
- A02BA02
Noaniqliq haqida habar berish

O'xshash dorilar

RENNI jevatelnie tabletkalari so vkusom apelsina N24 Bayer Consumer Care AG Germaniya
39 000 s`om dan
DE NOL tabletkalari 120mg N112 Astellas Pharma Europe B.V. Niderlandlar
268 800 s`om dan
POMPEZO kapsulalar 40mg N28 Dr Sertus Ilac Sanayi ve Ticaret Limited Sirketi, Турция произведено: World Medicine Ilac San. ve Tic. A.S. Turkiya
113 900 s`om dan
ZOLOPENT tabletkalari 40mg N30 Kusum Healthcare Pvt. Ltd. Hindiston
45 000 s`om dan
Mahsulot haqida tafsilotlar
Saytda e'lon qilingan ma'lumotlar mutaxassislar uchun mo'ljallangan. O'zingizni-o'zingiz davolash bilan shug'ullanmang. Sog'lig'ingizga zarar bermaslik uchun mutaxassis bilan maslahatlashishga ishonch hosil qiling!
RENTILO 150 tabletkalari 150mg N100 qo'lanishi bo'yicha ko'rsatmalar

QO‘LLASH BO‘YICHA YO‘RIQNOMA

RENTILO-150
RENTILO-150

Preparatning savdo nomi: Rentilo-150

Ta‘sir etuvchi modda (XPN): ranitidin

Dori shakli: tabletkalar

Tarkibi:

Har bir tabletka quyidagilarni saqlaydi:

faol modda: 150 mg ranitidin (gidroxlorid ko‘rinishida).

yordamchi moddalar: kraxmal, gidroksipropilmetilsellyuloza, magniy stearati, talk, kalsiy digidrofosfati, polivinilpirrolidon, polietilenglikol, titan dioksidi, etilsellyuloza, izopropil spirti.

Ta‘rifi: dumaloq, ikkiyoqlama qavariq, oqdan sarg‘ish-oq rangligacha bo‘lgan, qobiq bilan qoplangan tabletkalar.

Farmakoterapevtik guruhi: me‘da va o‘nikki barmoq ichak yarasiga qarshi vositalar, N2-gistamin reseptorlarining blokatori.

ATX kodi: A02VA02

 

Farmakologik xususiyatlari

Preparat me‘da shilliq qavati parietal hujayralarining N2-gistamin reseptorlarining antagonisti hisoblanadi. Xlorid kislotasining bazal va baroreseptorlarini, ovqat, gormonlar va biogen stimulyatorlar (gastrin, gistamin, pentagastrin) ta‘sirida ta‘sirlanishi chaqirgan rag‘batlantirilgan sekresiyasini kamaytiradi. Preparat me‘da shirasining hajmini va undagi xlorid kislotasining miqdorini kamaytiradi, me‘da ichidagisining rN ni oshiradi, bu pepsinning faolligini pasayishiga olib keladi. Og‘iz orqali terapevtik dozalarda qabul qilinganidan keyin prolaktinni darajasiga ta‘sir qilmaydi. Mikrosomal fermentlarni ingibisiya qiladi. Bir marta qabul qilinganidan keyin ta‘siri

12 soatgacha davom etadi.

 

Farmakokinetikasi

Me‘da-ichak yo‘llaridan tez so‘riladi. Ovqat qabul qilish so‘rilish darajasiga ta‘sir qilmaydi. Ichga qabul qilinganida ranitidinning biokiraolishligi tahminan 50% ni tashkil qiladi. Preparat bir marta qabul qilinganidan so‘ng 2-3 soatdan keyin plazmada maksimal konsentrasiyasiga (Smax) erishiladi. Qon oqsillari bilan bog‘lanishi 15% dan oshmaydi. Jigarda biroz metabolizmga uchrash natijasida va desmetilranitidin va S-oksiranitidin hosil bo‘ladi. Jigardan “birinchi o‘tish” samarasiga ega. Eliminasiya darajasi va tezligi jigarning holatiga kam darajada bog‘liq. Ichga qabul qilinganidan so‘ng yarim chiqarilish davri (T½) – 2,5 soat, kreatinin klirensi (KK) minutiga 20-30 ml bo‘lganida – 8-9 soatni tashkil qiladi. Asosan siydik bilan o‘zgarmagan holda, ozgina qismi – axlat bilan chiqariladi. Yo‘ldosh orqali o‘tadi. Gemotoensefalik to‘siq orqali yomon o‘tadi. Ko‘krak suti bilan chiqariladi (ayollarda emizish davrida ko‘krak sutidagi konsentrasiyasi plazmadagiga nisbatan yuqori).

 

Qo‘llanilishi

Nosteroid yallig‘lanishga qarshi vositalarni (NYAQV) qabul qilish bilan bog‘liq bo‘lgan, me‘da va o‘nikki barmoq ichak yara kasalligining zo‘rayishi, reflyuks-ezofagit, Zollinger-Ellison sindromi, me‘da-ichak yo‘llarining operasiyadan keyingi “stress” yaralarini davolash, shuningdek me‘da-ichak yo‘llarining yuqori bo‘limlaridan qon ketishlarini qaytallanishini va umumiy anesteziya ostidagi operasiyalarda me‘da shirasining aspirasiyasini (Mendelson sindromi) oldini olishda qo‘llanadi.

 

Qo‘llash usuli va dozalari

Ovqat qabul qilishdan qat‘iy nazar, chaynamasdan, ozgina miqdordagi suyuqlik bilan qabul qilinadi. Kattalar va 12 yoshdan oshgan bolalarga:

Me‘da va o‘nikki barmoq ichak yara kasalligi. Zo‘rayishlarni davolash uchun 150 mg dan sutkada 2 marta (ertalab va kechqurun) yoki kechga 300 mg dan buyuriladi. Zarurati bo‘lganida – 300 mg dan sutkada 2 marta buyuriladi. Davolash kursining davomiyligi – 4-8 haftani tashkil qiladi. Zo‘rayishlarini oldini olish uchun kechasiga 150 mg buyuriladi. NYAQV qabul qilish bilan bog‘liq bo‘lgan me‘da va o‘nikki barmoq ichak yarasida va ularni oldini olish uchun 150 mg dan sutkada 2 marta yoki 300 mg kechasiga 8-12 hafta davomida buyuriladi. Operasiyadan keyingi “stressli” yaralarda 150 mg dan sutkada 2 marta 4 – 8 hafta davomida, reflyuks – ezofagitda, eroziv ezofagitda 150 mg dan sutkada 2 marta yoki 300 mg dan kechasiga buyuriladi. Zarurati bo‘lgan holda dozani 150 mg gacha sutkada 4 martaga oshirish mumkin.

Davolash kursi 8-12 hafta. Zollinger-Ellison sindromida boshlang‘ich doza 150 mg dan sutkada 3 martani tashkil qiladi, zarurati bo‘lganida dozani oshirish mumkin.

Qaytalanuvchi qon ketishlarni oldini olish uchun 150 mg dan sutkada 2 marta buyuriladi, Mendelson sindromini rivojlanishni oldini olish uchun 150 mg dan narkoz berishdan 2 soat oldin, shuningdek operasiyadan oldingi kuni kechqurun buyuriladi.

Jigar faoliyatini yondosh buzilishlari bo‘lganida dozani pasaytirish talab qilinishi mumkin. Buyrak yetishmovchiligi bo‘lgan bemorlarda KK minutiga 50 ml dan kam bo‘lganida tavsiya qilinadigan doza sutkada 150 mg ni tashkil qiladi. Gemodializda bo‘lgan bemorlarga navbatdagi doza gemodializ tugagan zahoti buyuriladi.

Nojo‘ya ta‘sirlari

Ovqat hazm-qilish tizimi tomonidan: ko‘ngil aynishi, og‘izni qurishi, qabziyat, qusish, diareya, abdominal og‘riqlar, kam hollarda – gepatosellyular, xolestatik yoki aralash gepatit, o‘tkir pankreatit.

Qon yaratish tizimi tomonidan: leykopeniya, trombositopeniya, agranulositoz, pansitopeniya, suyak ko‘migining gipo- va aplaziyasi, immun gemolitik anemiya.

Yurak-qon tomir tizimi tomonidan: arterial bosimni pasayishi, bradikardiya, aritmiya, atrioventrikulyar blokada.

Nerv tizimi tomonidan: yuqori charchoqlik, uyquchanlik, bosh og‘rig‘i, bosh aylanishi, kam hollarda – ongni chalkashishi, quloqlarda shovqin, asabiylik, gallyusinasiyalar (asosan keksa pasientlar va og‘ir bemorlarda), ihtiyorsiz harakatlar.

Sezgi a‘zolari tomonidan: ko‘rishni noaniqligi, akkomodasiyani nimfalaji (porez).

Tayanch-harakat apparati tomonidan: artralgiya, mialgiya,

Endokrin tizimi tomonidan: giperprolaktinemiya, ginekomastiya, amenoreya, libidoni pasayishi, impotensiya.

Allergik reaksiyalar: eshakemi, teri toshmasi, antigionevrotik shish, anafilaktik shok, bronxospazm, ko‘pshaklli eritema.

Boshqalar: alopesiya, giperkreatininemiya.

Qo‘llash mumkin bo‘lmagan holatlar

Ranitidin yoki preparatning boshqa komponentlariga yuqori sezuvchanlik, homiladorlik, laktasiya, 12 yoshgacha bo‘lgan bolalarda qo‘llash mumkin emas.

Buyrak va/yoki jigar yetishmovchiligida, anamnezdagi portotizim patologiyasi bilan bo‘lgan ensefalopatiyali jigar sirrozi, o‘tkir porfiriyalarda (shu jumladan anamnezdagi) ehtiyotkorlik bilan qo‘llanadi.

Dorilarning o‘zaro ta‘siri

Chekish ranitidinning samarasini pasaytiradi. Preparat metoprololning qon zardobidagi “konsentrasiya-vaqt” egri chizig‘i osti maydoni (AUS) va konsentrasiyasini oshiradi (muvofiq ravishda 80% va 50%), bunda metopropolning T1/2 4,4 soatdan 6,5 soatgacha oshadi. Me‘da ichidagisining rN oshishi oqibatida bir vaqtda qabul qilingan itrakonazol va ketokonazolni so‘rilishi kamayishi mumkin. Jigarda fenazon, aminofenazon, diazepam, geksobarbital, propranolol, lidokain, fenitoin, teofillin, aminofillin, bilvosita antikoagulyantlar, glipizid, buformin, metronidazol, kalsiy antagonistlarining metabolizmini susaytiradi. Suyak ko‘migini susaytiruvchi dori vositalari neytropeniya xavfini oshiradi. Antasidlar, sukralfaltni yuqori dozalarda bir vaqtda qo‘llash ranitidinning so‘rilishini sekinlashtirishi mumkin.

Maxsus ko‘rsatmalar

Ranitidin bilan davolash, me‘da karsinomasi bilan bog‘liq bo‘lgan simptomlarni niqoblashi mumkin, shuning uchun davolashdan oldin yara rakini bor-yo‘qligini tekshirish kerak. Ranitidinni barcha N2-gistamin blokatorlari kabi keskin bekor qilish maqsadga muofiq emas (“rikoshet” sindromi yuz berishi mumkin). Kuchsizlangan bemorlarni uzoq muddatli davolashda stress sharoitlarda me‘daning bakterial zararlanishi, keyinchalik infeksiyani tarqalishi bilan kechishi mumkin. Ranitidinning xavfsizligi va samaradorligi 12 yoshdan kichik bolalarda aniqlanmagan. Ranitidinni o‘tkir porfiriya hurujlarini chaqirishi mumkinligi to‘g‘risida ma‘lumotlar bor. Preparatni itrakanozol yoki ketokonazol, antasidlar, sukralfatni qabul qilgandan so‘ng 2 soatdan keyin qabul qilish kerak. Glutamattranspeptidezaning faolligini oshirishi mumkin. Siydikda oqsil sinamasini o‘tkazishda soxtamusbat reaksiya bo‘lishiga sabab bo‘lishi mumkin. Preparat pentagistrin va gistaminning me‘dani kislota hosil kilish faoliyatiga to‘sqinlik qilishi mumkin, shuning uchun testdan oldingi 24 soat davomida preparatni qo‘llash tavsiya qilinmaydi. Ranitidin gistaminga bo‘lgan teri reaksiyalarini bostirishi va demak, soxtamusbat natijalarga olib kelishi mumkin (terining darhol tur allergik reaksiyalarini aniqlash uchun teri tashxisiy sinamalari oldidan preparat qo‘llashni to‘xtatish tavsiya qilinadi). Preparatni qabul qilish vaqtida me‘daning shilliq qavatining ta‘sirlanishini chaqirishi mumkin bo‘lgan ovqat mahsulotlari, ichimliklar va boshqa dori vositalarni iste‘mol qilishdan saqlanish kerak. Davolash davrida yuqori diqqat va tezkor psixomotor reaksiyalarni talab qiluvchi potensial xavfli faoliyat turlari bilan shug‘ullanishdan saqlanish lozim.

Preparat bolalar ololmaydigan joyda saqlansin va yaroqlilik muddati o‘tgach qo‘llanilmasin.

Dozani oshirib yuborilishi

Simptomlari: bir vaqtda ichga 18 g gacha ranitidin qabul qilinganida ta‘riflangan nojo‘ya ta‘sirlarini kuchayishi aniqlangan.

Davolash: simptomatik, me‘dani yuvish ko‘rsatilgan. Tirishishlar rivojlanganida vena ichiga (v/i) diazepam yuboriladi. Bradikardiya yoki qorinchalar aritmiyasi rivojlanganida atropin va lidokainni qo‘llash ko‘rsatilgan.

Chiqarilish shakli

Qobiq bilan qoplangan tabletkalar. 10 tabletkadan blisterlarda. 10 blisterdan qo‘llash bo‘yicha yo‘riqnomasi bilan birga karton qutida.

Saqlash sharoiti

Namlikdan va yorug‘likdan himoyalangan joyda, 15 dan 25°S gacha bo‘lgan haroratda saqlansin.

Yaroqlilik muddati

2 yil.

Dorixonalardan berish tartibi

Resept bo‘yicha beriladi.

Ulashish:

Fikr qoldirish
Baho:
              
Matnni kiriting

Ismingiz
Fikr-mulohazangiz moderator tekshiruvidan so'ng nashr etiladi

Mahsulot bo'yicha savolingiz bormi?

Savol qoldirish

Mulohazalar

RENTILO 150 tabletkalari 150mg N100 dori vositasi O'zbekiston dori vositalari reestrida ro'yxatdan o'tganmi?
Ha, preparat O'zbekiston dori vositalari reestrida ro'yxatdan o'tgan.
RENTILO 150 tabletkalari 150mg N100 dori vositasi ishlab chiqaruvchisi kim va u qaysi davlatda ishlab chiqarilgan?
RENTILO 150 tabletkalari 150mg N100 dori vositasi Karan Healthcare (P) Ltd, Индия произведено: Banson Pharmaceuticals Pvt. Ltd tomonidan Hindiston mamlakatida ishlab chiqarilgan.
RENTILO 150 tabletkalari 150mg N100 dori vositasi resept bo’yicha sotiladimi?
RENTILO 150 tabletkalari 150mg N100 dori vositasi resept bo'yicha sotiladigan dori

Ishlab chiqaruvchining dorilari
SIFLET 250 tabletkalari 250mg N100
  • Ishlab chiqarilish joyi: Hindiston
  • Faol modda: Siprofloksasin ko'proq ko'rsatish
  • Ishlab chiqaruvchi: Karan Healthcare (P) Ltd, Индия произведено: Banson Pharmaceuticals Pvt. Ltd
SIFLET 250 tabletkalari 250mg N10
  • Ishlab chiqarilish joyi: Hindiston
  • Faol modda: Siprofloksasin ko'proq ko'rsatish
  • Ishlab chiqaruvchi: Karan Healthcare (P) Ltd, Индия произведено: Banson Pharmaceuticals Pvt. Ltd
KARENZIM 10000 kapsulalar 150mg N30
  • Ishlab chiqarilish joyi: Hindiston
  • Faol modda: Pankreatin ko'proq ko'rsatish
  • Ishlab chiqaruvchi: Karan Healthcare (P) Ltd, Индия произведено: Banson Pharmaceuticals Pvt. Ltd
Narh: 53 100 so'mdan Batafsil
SONANORMA tabletkalari 25mg N25
  • Ishlab chiqarilish joyi: Hindiston
  • Ishlab chiqaruvchi: Karan Healthcare (P) Ltd, Индия произведено: Banson Pharmaceuticals Pvt. Ltd
Narh: 48 200 so'mdan Batafsil
SONANORMA tabletkalari 12,5mg N25
  • Ishlab chiqarilish joyi: Hindiston
  • Ishlab chiqaruvchi: Karan Healthcare (P) Ltd, Индия произведено: Banson Pharmaceuticals Pvt. Ltd
Narh: 33 300 so'mdan Batafsil
KOMEZO 20 kapsulalar 20mg N30
  • Ishlab chiqarilish joyi: Hindiston
  • Ishlab chiqaruvchi: Karan Healthcare (P) Ltd, Индия произведено: Banson Pharmaceuticals Pvt. Ltd
Narh: 15 000 so'mdan Batafsil
KOMEZO 20 kapsulalar 20mg N150
  • Ishlab chiqarilish joyi: Hindiston
  • Ishlab chiqaruvchi: Karan Healthcare (P) Ltd, Индия произведено: Banson Pharmaceuticals Pvt. Ltd
  • A
  • B
  • D
  • E
  • F
  • G
  • H
  • I
  • J
  • K
  • L
  • M
  • N
  • O
  • P
  • Q
  • R
  • S
  • T
  • U
  • V
  • X
  • Y
  • Z
  • Ch
  • Sh
  • 0-9