×
×
  • SONANORMA tabletkalari 25mg N25

Mahsulotning ko'rinishi saytdagi rasmdan farq qilishi mumkin.

SONANORMA tabletkalari 25mg N25

Kategoriya:
- Uyqu dorisi va sedativlar
Ishlab chiqarilish joyi:
- Hindiston
Qadoqda soni:
- 25
Ishlab chiqaruvchi:
- Karan Healthcare (P) Ltd, Индия произведено: Banson Pharmaceuticals Pvt. Ltd
ATX kodi:
- N05BB01
Noaniqliq haqida habar berish
Toshkentning 30 ta dorixonasida topildi

ico 48 200 s`om dan

Dorixonalardan izlash

ico 58 000 s`om dan

Bron qilish

O'xshash dorilar

BIOPASSIT sirop 100ml BioMedicare Pvt. Ltd., Индия произведено: Multani Pharmaceuticals Ltd Hindiston
50 400 s`om dan
VALERIANI EKSTRAKT tabletkalari 20mg N50 Дальхимфарм, ОАО Rossiya
4 200 s`om dan
GALOPERIDOL tabletkalari 5mg N50 Rusan Pharma Ltd Hindiston
Mahsulot haqida tafsilotlar
Saytda e'lon qilingan ma'lumotlar mutaxassislar uchun mo'ljallangan. O'zingizni-o'zingiz davolash bilan shug'ullanmang. Sog'lig'ingizga zarar bermaslik uchun mutaxassis bilan maslahatlashishga ishonch hosil qiling!
SONANORMA tabletkalari 25mg N25 qo'lanishi bo'yicha ko'rsatmalar

QO‘LLASH BO‘YICHA YO‘RIQNOMA

SONANORMAtm

SONANORMAtm

 

Preparatning savdo nomi: Sonanormatm

Ta‘sir etuvchi modda (XPN): gidroksizin gidroxloridi

Dori shakli: qobiq bilan qoplangan tabletkalar

Tarkibi:

Har bir tabletka quyidagilarni saqlaydi:

faol modda: 25 mg yoki 12,5 mg gidroksizin gidroxloridi;

yordamchi moddalar: laktoza monogidrati, mikrokristall sellyuloza, magniy stearati, kremniy dioksidi, kraxmal, talk, natriy metil paraben, natriy propil paraben, tozalangan suv.

Ta‘rifi: uzunchoq, ikki yoqlama qavariq, oq rangli qobiq bilan qoplangan tabletkalar.

Farmakoterapevtik guruhi: anksiolitik vosita.

ATX kodi: N05BB01

 

Farmakologik xususiyatlari

Gidroksizin gidroxloridi – difenilmetan (piperazin) hosilasidir. Anksiolitik, antigistamin (N1-gistamin reseptorlari blokatori), qichishishga qarshi vosita.

Sonanorma preparatining anksiolitik faolligi ehtimol, subkortikal strukturalarga ta‘siri bilan bog‘liq.

Sonanorma eshakemi, ekzema va dermatiti bo‘lgan bemorlarda qichishini ahamiyatli darajada kamaytiradi. Sonanorma uchun yaqqol sedativ, qusishga qarshi, o‘rtacha m-xolinobloklovchi (spazmolitik, bronxlarni kengaytiruvchi) va markaziy miorelaksasiya qiluvchi ta‘sir ham xarakterli. Sedativ samarasi preparatning suyuq shakli qabul qilinganidan keyin 5-10 minut va tabletka qabul qilinganidan 30-45 minut o‘tgach namoyon bo‘ladi.

Antigistamin samarasi ichga qabul qilinganidan keyin taxminan 1 soat o‘tgach namoyon bo‘ladi.

Uzoq muddat qabul qilinganida bekor qilish sindromi va kognitiv faoliyatni yomonlashishi aniqlanmagan. Mutagen va konserogen ta‘siri aniqlanmagan.

Farmakokinetikasi

Gidroksizin me‘da-ichak yo‘llaridan tez so‘riladi, plazmadagi cho‘qqi konsentrasiyasiga peroral qo‘llanilganidan keyin 2 soat o‘tgach erishiladi. To‘qimalarda plazmaga nisbatan ko‘proq to‘planadi. Taqsimlanish koeffisenti kattalarda 13-19 l/kg va bolalarda
16-18 l/kg ni tashkil etadi.

Gidroksizin gematoensefalik va yo‘ldosh to‘siqlaridan o‘tadi.

Jigarda metabolizmga uchraydi. Asosiy metaboliti (45%) setirizin yaqqol N1-blokatori hisoblanadi. Preparatning faqatgina 0,8% o‘zgarmagan ko‘rinishda buyrak orqali chiqariladi.

Yarim chiqarilish davri yoshga bog‘liq va bolalarda 7 soatni, kattalarda 20 soatni va keksalarda 29 soatni tashkil etadi.

Jigar kasalliklari bo‘lgan bemorlarda T1/2 37 soatgacha uzayishi, antigistamin samarasi esa 96 soatgacha davom etishi mumkin.

Qo‘llanilishi

  • nevrozlar va nevrotik holatlar: havotirlikni (tarqalgan havotirlik va adaptasiyani buzilishi), psixomotor qo‘zg‘alish, ichki taranglik, ta‘sirchanlik, bezovtalikni bartaraf etish;
  • yuqori qo‘zg‘aluvchanlik bilan kechuvchi markaziy nerv tizimining organik shikastlanishi;
  • qo‘zg‘alish bilan kechuvchi surunkali alkogolizm, abstinent alkogol sindromi;
  • premedikasiya va operasiyadan keyingi davr (qusishni oldini olish va bataraf etish uchun sedativ vosita sifatida; majmuaviy davolash tarkibida);
  • qichishishni simptomatik davolashda qo‘llanadi.

Qo‘llash usuli va dozalari

Kattalar: Kattalarga xavotirlikni simptomatik davolash uchun – 25-100 mg dan kun davomida bir necha qabul qilishda yoki kechqurun (sutkada 1-4 marta). Standart dozasi – kuniga 50 mg (12,5 mg ertalab, 12,5 mg kunduzi va 25 mg kechqurun). Jiddiy holatlarda (psixiatriyada) doza sutkada 300 mg gacha oshirilishi mumkin. Odatdagi davolash kursi davomiyligi – 4 xaftani tashkil etadi.

Qichishishni simptomatik davolash uchun: boshlang‘ich doza 25 mg, zarurati bo‘lganida 4 marta (25 mg dan kuniga 4 marta) oshirilishi mumkin.

Maksimal bir martalik doza 200 mg, sutkalik doza – 300 mg ni tashkil etadi.

Bolalar: Bolalarga yoshga va tana vazniga qarab belgilanadi.

Qichishishni simptomatik davolash uchun 12 oylikdan 6 yoshgacha bo‘lgan bolalarga kuniga
1 dan 2,5 mg/kg, bir necha qabulda buyuriladi.

6 yosh va undan katta bolalarga – kuniga 1-2 mg/kg, bir necha qabulda buyuriladi.

Nojo‘ya ta‘sirlari

Nojo‘ya ta‘sirlari asosan markaziy nerv tizimini susaytirishi yoki markaziy nerv tizimini paradoksal rag‘batlantirilishi, antixolinergik faolligi yoki o‘ta yuqori sezuvchanlik reaksiyasi bilan bog‘liq. Kuchsiz namoyon bo‘lgan, o‘tuvchan va odatda, davolash boshlanganidan keyin yoki doza kamaytirilganidan keyin bir necha kun o‘tgach o‘tib ketadi.

Antixolinergik samaralar: og‘izni qurishi, siydikni tutilishi, qabziyat, akkomodasiyani buzilishi kam hollarda kuzatiladi va asosan keksa bemorlarda kuzatiladi.

Uyquchanlik, umumiy holsizlik, ayniqsa preparat bilan davolashning boshida bo‘lishi mumkin (agar ushbu samara davolash boshlangidan keyin bir necha kun o‘tgach o‘tib ketmasa, preparatning dozasini kamaytirish kerak). Shuningdek, bosh og‘rig‘i, bosh aylanishi, ko‘p terlash, arterial gipotenziya, taxikardiya, allergik reaksiyalar, ko‘ngil aynishi, isitma, jigar funksional sinamalarini o‘zgarishi, bronxospazm ham kuzatilgan.

Tavsiya etilgan dozalarda nafasni klinik ahamiyatga ega susayishi aniqlanmagan.

Qo‘llash mumkin bo‘lmagan holatlar

  • gidroksizinga va preparatning har qanday komponentlaridan biriga, siterizinga, aminofillinga yoki etilendiaminga o‘ta yuqori sezuvchanlik;
  • porfiriya;
  • prostata bezining xavfsiz giperplaziyasi;
  • yopiq burchakli glaukoma;
  • homiladorlik, tug‘ruq faoliyati davri, emizish davrida qo‘llash mumkin emas.

Dorilarning o‘zaro ta‘siri

Gidroksizin R450 2D6 ning ingibitori hisoblanadi va yuqori dozalarda CYP2D6 bilan o‘zaro ta‘sirlashishi mumkin. Jigar fermentlarining ingibitorlari qonda gidroksizinning konsentrasiyasini potensial oshirish qobiliyatiga ega.

Gidroksizin alkogol, narkotik analgetiklar, trankvilizatorlar, anksiolitiklar, barbituratlar, uxlatuvchi vositalarning samarasini kuchaytiradi.

MAO ingibitorlari bilan birga buyurishdan saqlanish kerak.

Epinefrinning (adrenalin) pressor samarasini rivojlanishiga, fenitoinning tirishishga qarshi faolligiga, betagistin va antixolinesteraz preparatlarning ta‘siriga to‘sqinlik qiladi. Atropin, belladonna alkaloidlari, digitalis, gipotenziv vositalar, N2-antigistamin vositalarning samarasini o‘zgartirmaydi.

Teofillinning nojo‘ya samaralarini (me‘da-ichak yo‘llari tomonidan) susaytiradi.

Maxsus ko‘rsatmalar

Siyishni qiyinlashishi, qabziyat, miasteniya gravis, demensiya, buyrak va/yoki jigar yetishmovchiligi bo‘lgan pasientlarga buyurilganida ehtiyotkorlikka rioya qilish kerak.

Aritmiyaga moyilligi bo‘lgan yoki aritmiyaga qarshi davolanayotgan pasientlarda, shuningdek tirishish reaksiyalariga moyilligi bo‘lgan pasientlarda ehtiyotkorlik bilan qo‘llash kerak.

Markaziy nerv tizimini susaytiruvchi yoki xolinoblokatorlar bilan bir vaqtda davolanganda dozaga tuzatish kiritish lozim.

Jigar disfunksiyasi bo‘lgan bemorlarda yoki o‘rtacha yaqqollikdagi yoki jigar faoliyatining og‘ir shakli bo‘lgan pasientlarda doza kamaytirilishi kerak.

Keksa bemorlarda doza kamaytirilishi kerak (davolashni terapevtik dozaning yarmidan boshlanadi).

Uyquchanlik va holsizlik kabi nojo‘ya samaralari davolashning bir necha kunidan keyin o‘tib ketmasa, dozani kamaytirish kerak.

MAO ingibitorlari bilan birga buyurishdan saqlanish kerak.

Davolash vaqtida alkogolni qabul qilishdan saqlanish kerak.

Allergologik testlarni o‘tkazish zarurati bo‘lganida tekshirishdan 5 kun oldin gidroksizinni qabul qilish to‘xtatilishi kerak.

In‘eksion shakllari faqat mushak ichiga yuborish uchun mo‘ljallangan. Mushak ichiga yuborilganda igna biron-bir qon tomirga tushmaganligiga ishonch hosil qilish kerak; preparat teri ostiga tushganida to‘qimalar shikastlanishi, vena ichiga yuborilganda – gemoliz bo‘lishi mumkin.

Homiladorlik va emizish davrida qo‘llanishi:

Sonanormani homiladorlikda qo‘llash mumkin emas. Davolash vaqtida emizishni to‘xtatish kerak. Gidroksizin tug‘ruq faoliyati davrida buyurilganida yangi tug‘ilgan chaqaloqlarda arterial gipotoniya, harakat faolligi buzilishi va klonik tirishishlar, siyishni tutilishi va gipoksiya belgilari, markaziy nerv tizimi depressiyasi aniqlangan.

Mashinani haydash va texnika bilan ishlash qobiliyatiga ta‘siri:

Sonanorma sedativ samara chaqiradi. Faoliyati diqqatni yuqori jamlash va psixomotor reaksiyalarning tezligi bilan bog‘liq pasientlarda ehtiyotkorlik bilan qo‘llash lozim.

Preparat bolalar ololmaydigan joyda saqlansin va yaroqlilik muddati o‘tgach ishlatilmasin.

 

Dozani oshirib yuborilishi

Preparatning dozasi oshirib yuborilganda metabolizmning odatdagi yo‘llari katta yuklama bilan ishlashi va biotransformasiyasi boshqa yo‘l bilan amalga oshirilishi mumkin.

Simptomlari: gipersedasiya, beixtiyor harakat faolligi, tremor, tirishishlar, gallyusinasiyalar, ongni chalkashishi, kardioaritmiya, arterial gipotoniya, ko‘ngil aynishi, qusish.

Davolash: qusishni chaqirish (spontan qusish bo‘lmaganida), me‘dani yuvish, umumiy tutib turuvchi choralar, shu jumladan organizmning hayot uchun muhim faoliyatlarini nazorat qilish. Arterial gipotenziyada – n

orepinefrin yoki metaraminol (ammo epinefrinni emas) yuboriladi. Kislorod, nalokson, glyukoza, tiamin buyuriladi. Sinusli aritmiyada fizostigminni buyurish mumkin emas.

Spesifik antidoti mavjud emas. Gemodializ yoki gemoperfuziyani qo‘llash maqsadga muvofiq emas.

Chiqarilish shakli

Qobiq bilan qoplangan tabletkalar, 25 tabletkalar blisterda, blister qo‘llash bo‘yicha yo‘riqnoma bilan karton qutida.

Saqlash sharoiti

Quruq, yorug‘likdan himoyalangan joyda, 25oS dan yuqori bo‘lmagan haroratda, zich yopilgan o‘ramda saqlansin.

Yaroqlilik muddati

2 yil.

Dorixonalardan berish tartibi

Resept bo‘yicha.

Ulashish:

Fikr qoldirish
Baho:
              
Matnni kiriting

Ismingiz
Fikr-mulohazangiz moderator tekshiruvidan so'ng nashr etiladi

Mahsulot bo'yicha savolingiz bormi?

Savol qoldirish

Mulohazalar

SONANORMA tabletkalari 25mg N25 dori vositasi O'zbekiston dori vositalari reestrida ro'yxatdan o'tganmi?
Ha, preparat O'zbekiston dori vositalari reestrida ro'yxatdan o'tgan.
SONANORMA tabletkalari 25mg N25 dori vositasi ishlab chiqaruvchisi kim va u qaysi davlatda ishlab chiqarilgan?
SONANORMA tabletkalari 25mg N25 dori vositasi Karan Healthcare (P) Ltd, Индия произведено: Banson Pharmaceuticals Pvt. Ltd tomonidan Hindiston mamlakatida ishlab chiqarilgan.
SONANORMA tabletkalari 25mg N25 dori vositasi resept bo’yicha sotiladimi?
SONANORMA tabletkalari 25mg N25 dori vositasi resept bo'yicha sotiladigan dori

Ishlab chiqaruvchining dorilari
SIFLET 250 tabletkalari 250mg N100
  • Ishlab chiqarilish joyi: Hindiston
  • Faol modda: Siprofloksasin ko'proq ko'rsatish
  • Ishlab chiqaruvchi: Karan Healthcare (P) Ltd, Индия произведено: Banson Pharmaceuticals Pvt. Ltd
SIFLET 250 tabletkalari 250mg N10
  • Ishlab chiqarilish joyi: Hindiston
  • Faol modda: Siprofloksasin ko'proq ko'rsatish
  • Ishlab chiqaruvchi: Karan Healthcare (P) Ltd, Индия произведено: Banson Pharmaceuticals Pvt. Ltd
KARENZIM 10000 kapsulalar 150mg N30
  • Ishlab chiqarilish joyi: Hindiston
  • Faol modda: Pankreatin ko'proq ko'rsatish
  • Ishlab chiqaruvchi: Karan Healthcare (P) Ltd, Индия произведено: Banson Pharmaceuticals Pvt. Ltd
Narh: 53 100 so'mdan Batafsil
SONANORMA tabletkalari 12,5mg N25
  • Ishlab chiqarilish joyi: Hindiston
  • Ishlab chiqaruvchi: Karan Healthcare (P) Ltd, Индия произведено: Banson Pharmaceuticals Pvt. Ltd
Narh: 33 300 so'mdan Batafsil
KOMEZO 20 kapsulalar 20mg N30
  • Ishlab chiqarilish joyi: Hindiston
  • Ishlab chiqaruvchi: Karan Healthcare (P) Ltd, Индия произведено: Banson Pharmaceuticals Pvt. Ltd
Narh: 15 000 so'mdan Batafsil
RENTILO 150 tabletkalari 150mg N100
  • Ishlab chiqarilish joyi: Hindiston
  • Ishlab chiqaruvchi: Karan Healthcare (P) Ltd, Индия произведено: Banson Pharmaceuticals Pvt. Ltd
KOMEZO 20 kapsulalar 20mg N150
  • Ishlab chiqarilish joyi: Hindiston
  • Ishlab chiqaruvchi: Karan Healthcare (P) Ltd, Индия произведено: Banson Pharmaceuticals Pvt. Ltd
  • A
  • B
  • D
  • E
  • F
  • G
  • H
  • I
  • J
  • K
  • L
  • M
  • N
  • O
  • P
  • Q
  • R
  • S
  • T
  • U
  • V
  • X
  • Y
  • Z
  • Ch
  • Sh
  • 0-9