×
×

Mahsulotning ko'rinishi saytdagi rasmdan farq qilishi mumkin.

REPARIL gel 40g

Kategoriya:
- Qo'shma va mushak og'rig'i
Ishlab chiqarilish joyi:
- Germaniya
Ishlab chiqaruvchi:
- Madaus GmbH
ATX kodi:
- M02AC
Noaniqliq haqida habar berish

O'xshash dorilar

VOLTAREN EMUL gel 20g 1% ГСК Консьюмер Хелскер С.А. Shveytsariya
30 000 s`om dan
TERAFLEKS kapsulalar N120 Bayer Consumer Care AG Germaniya
362 900 s`om dan
PENTALGIN tabletkalari N24 ОАО «Фармстандарт-Лексредства» Rossiya
30 000 s`om dan
INFORIN AKTIV gel 40g 50mg/g+30mg/g Balkanpharma-Razgrad AD Bolgariya
90 000 s`om dan
Mahsulot haqida tafsilotlar
Saytda e'lon qilingan ma'lumotlar mutaxassislar uchun mo'ljallangan. O'zingizni-o'zingiz davolash bilan shug'ullanmang. Sog'lig'ingizga zarar bermaslik uchun mutaxassis bilan maslahatlashishga ishonch hosil qiling!
REPARIL gel 40g qo'lanishi bo'yicha ko'rsatmalar

Reparil®-gel N

preparatini tibbiyotda qo‘llash bo‘yicha

YO‘RIQNOMA

 

Preparatning savdo nomi:

Reparil®-gel N (Reparil®-Gel N)

Chiqarilish shakli:

Sirtga qo‘llash uchun gel

Ta‘rifi

Lavanda hamda izopropil spirti hidli, tiniq, rangsiz yoki sarg‘ish rangli gel.

 

Tarkibi (1,0 g gelga):

Faol moddalar: 0,01 g essin, 0,05 g dietilamin salisilati;

Yordamchi moddalar: lavanda moyi, neroliy moyi, karbomerlar, makrogol-6 gliserol kaprilokaprat, dinatriy edetati, trometamol, izopropil spirti, tozalangan suv.

 

Farmakoterapevtik guruhi

Bo‘g‘imlar va mushaklardagi og‘riqlarda sirtga qo‘llash uchun vosita.

ATX kodi: M02AS

Qo‘llanilishi:

To‘mtoq zarbalar (ya‘ni lat yeyishlar, paylarni cho‘zilishi) oqibatida o‘tkir jarohatlarning yengil asoratlarini tutib turuvchi simptomatik davolashda mahalliy qo‘llash uchun mo‘ljallangan.

Agar kasallikning simptomlari ikki kundan ortiq davom etsa yoki pasientning ahvoli yomonlashsa shifokor bilan maslahatlashish kerak.

Qo‘llash mumkin bo‘lmagan holatlar:

Dietilamin salisilat va/yoki essin – faol ingredientlarga, shuningdek preparatning tarkibidagi boshqa ingredientlarga yoki boshqa og‘riq qoldiruvchi va revmatizmga qarshi dori vositalar (nosteroid yallig‘lanishga qarshi vositalar) ga ma‘lum o‘ta yuqori sezuvchanlik reaksiyasi bo‘lganida preparatni qo‘llash mumkin emas.

Ochiq jarohatlarga, terining yallig‘lanish yoki infeksion kasalliklarida, ekzemalarda nur bilan davolangan terining sohalariga, shuningdek shilliq qavatlarga preparatni qo‘llash mumkin emas.

15 yoshdan kichik bolalarga qo‘llash mumkin emas.

Boshqa dori vositalari bilan o‘zaro ta‘siri va o‘zaro ta‘sirlarning boshqa turlari:

Reparil®-gel N preparati boshqa vositalar bilan muvofiq ravishda qo‘llanganida o‘zaro ta‘sirning biror bir holatlari yuzasidan xabar olinmagan. Shunday bo‘lsa ham, davolovchi shifokor yondosh dori vositalari yoki ilgari qabul qilgan dori vositalari xaqida xabardor bo‘lishi kerak.

Ehtiyotkorlik choralari va maxsus ko‘rsatmalar:

Anamnezida o‘ta yuqori sezuvchanlik reaksiyalariga sabab bo‘ladigan kasalliklar (astma, pichan isitmasi, burun poliplari, o‘pkani surunkali obstruktiv kasalligi, nafas yo‘llarining infeksiyalari (ayniqsa pichan isitmasi simptomlari bilan birga)) bo‘lgan pasientlarga; nosteroid yallig‘lanish qarshi vositalarga yuqori sezuvchanligi, masalan “aspirin astmasi” bo‘lgan pasientlarga, anamnezida NYAQV yoki boshqa dori vositalar qo‘llanganida Kvinke shishi, eshakemi bo‘lgan pasientlarga preparatni ehtiyotkorlik bilan qo‘llash kerak. Bu pasientlarga Reparil®-gel N preparatini faqat shifokorning tavsiyasi bo‘yicha va nazorati ostida qo‘llash mumkin.

Yuqorida keltirilgan ehtiyotkorlik choralari boshqa moddalarga allergik reaksiyalari, masalan teri reaksiyalari, qichishishi yoki eshakemi bo‘lgan pasientlarga ham taalluqlidir.

Bo‘g‘imlarni yondosh kuchli qizarishi, shishi yoki gipertermiyasi bo‘lgan o‘tkir holatlarda yoki pasientning ahvoli yomonlashganida shifokor bilan maslahatlashish kerak.

Bolalar preparat surtilgan terining sohalariga qo‘llari bilan tegmasliklari kerakligini e‘tiborga olib kerak.

Reparil®-gel N preparatini ko‘zlar bilan kontaktda bo‘lishga yo‘l qo‘ymaslik kerak.

Jigar faoliyatini buzilishi bo‘lgan pasientlarga qo‘llanishi

Jigar faoliyatini buzilishi bo‘lgan pasientlarni davolashda preparatning dozasini pasaytirish talab etilmaydi.

Buyrak faoliyatini buzilishi bo‘lgan pasientlarga qo‘llanishi

Buyrak faoliyatini buzilishi bo‘lgan pasientlarni davolashda preparatning dozasini pasaytirish talab etilmaydi.

Homiladorlik va laktasiya

Homiladorlik davrida Reparil®-gel N preparatini qo‘llash bo‘yicha ma‘lumotlar yo‘q. Hayvonlarda Reparil®-gel N preparatining ingradientlarini reproduktiv toksikligini o‘rganish bo‘yicha muvofiq eksperimental tadqiqotlar o‘tkazilmagan. Demak, homiladorlik davrida Reparil®-gel N preparatini qo‘llash tavsiya etilmaydi, xususan preparatni terining katta sohalariga surtishdan saqlanish kerak.

Reparil®-gel N preparatining ingredientlari odamning ko‘krak sutiga o‘tishi noma‘lum. Preparatning ingedientlarini ko‘krak sutiga o‘tishini o‘rganish uchun hayvonlar yordamida eksperimental tadqiqotlar yo‘q. Demak, emizish davrida Reparil®-gel N preparatini qo‘llash tavsiya etilmaydi. Xususan, preparatni ko‘krak sohasiga surtishdan saqlanish kerak.

Preparatni bolalarda qo‘llanishi

15 yoshdan kichik bo‘lgan bolalar o‘smirlarga Reparil®-gel N preparatini qo‘llash mumkin emas.

Geriatriya amaliyotida qo‘llanishi

Preparatning dozasini maxsus ravishda boshqarish zarurati yo‘q. Potensial nojo‘ya samaralar rivojlanishi mumkinligi tufayli, keksa yoshdagi pasientlarning holatini e‘tiborga olish kerak.

Avtotransport yoki boshqa mexanizmlarni boshqarish qobiliyatiga ta‘siri

Reparil®-gel N preparatini bir marta yoki qisqa muddat qo‘llash alohida ehtiyotkorlik choralariga rioya qilishni talab etmaydi.

Qo‘llash usuli va dozalari:

Faqat mahalliy qo‘llash uchun mo‘ljallangan! Ichga qabul qilmang!

Agar shifokor tomonidan boshqa qo‘llash usuli buyurilmagan bo‘lsa, kattalar va 15 yoshdan oshgan bolalarga gelning yupqa qatlamini terining shikastlangan sohalariga sutkada bir martadan uch martagacha butun yuzasi bo‘ylab bir xil taqsimlab surtish kerak. Gelni yengil massaj harakatlari bilan surtish mumkin.

Bog‘lov qo‘yishdan oldin Reparil®-gel N preparatini teri yuzasida qurishi uchun bir necha minut kutish kerak. Bosuvchi bog‘lov qo‘yish tavsiya etilmaydi.

 

Qo‘llash davomiyligi

Davolovchi shifokor davolash davomiyligini belgilaydi. Odatda, preparatni 1-2 kun davomida qo‘llash yetarlidir. Reparil®-gel N preparati bilan uzoq muddat davolashdan kutiladigan terapevtik foyda yuzasidan dalillar mavjud emas.

Dozani oshirib yuborilishi:

Preparat teriga tavsiya etilgan dozadan yuqori dozalarda qo‘llanganida, gelni artib tashlash va terini suv bilan yuvish kerak. Agar Reparil®-gel N preparati ahamiyatli darajada yuqori hajmda surtilsa yoki bexosdan ichga qabul qilinsa, shifokorga xabar berish kerak.

Nojo‘ya ta‘siri

Nojo‘ya samaralarning tasnifi ularni rivojlanish tezligi bo‘yicha quyidagi ma‘lumotlar asosida keltirilgan:

Juda tez-tez:                      (≥ 1/10);

Tez-tez:                                 (≥ 1/100 – < 1/10);

Tez-tez emas:                        (≥ 1/1 000 – < 1/100);

Kam hollarda:                      (≥ 1/10 000 – < 1/1 000);

Juda kam hollarda:             (< 1/10 000);

Uchrash tezligi noma‘lum: mavjud bo‘lgan ma‘lumotlar asosida uchrash tezligini aniqlash mumkin emas.

Immun tizimi tomonidan buzilishlar:

Kam hollarda: yuqori sezuvchanlik

Me‘da-ichak yo‘llari tomonidan buzilishlar:

Juda kam hollarda: me‘da-ichak yo‘llari kasalliklari

Respirator trakt, ko‘krak qafasi va ko‘ks oralig‘i a‘zolari tomonidan buzilishlar:

Juda kam hollarda: astma

Teri va teri osti to‘qimalari kasalliklari:

Tez-tez: terini qurishi, ekzantema, shuningdek pustulalar va chandiqlarni hosil bo‘lishi bilan kechadigan ekzantema, ekzema, eritema, dermatit (shu jumladan kontakt dermatit), qichishish.

Tez-tez emas: qatqaloqlarni hosil bo‘lishi, shish.

Juda kam hollarda: yorug‘likka sezuvchanlik, gel surtilgan sohada terini qizarishi va qipiqlanishi, shuningdek terini qurishi bilan birga yuqori sezuvchanlik reaksiyasi.

Ma‘lum a‘zolar tizimiga, yoki hatto butun organizmga ta‘sir qiladigan tizimli nojo‘ya samaralarni paydo bo‘lishini istisno qilish mumkin emas, chunki bunday holat Reparil®-gel N preparatini terining katta sohalariga va uzoq vaqt davomida qo‘llash oqibatida tarkibida salisilatlar saqlovchi dori vositalarni tizimli ravishda qo‘llangandan so‘ng bo‘lishi mumkin.

Saqlash sharoiti

5oS dan 30°S gacha bo‘lgan haroratda saqlansin.

Bolalar ololmaydigan joyda saqlansin.

Yaroqlilik muddati

5 yil.

Yaroqlilik muddati o‘tgach qo‘llanilmasin.

 

Dorixonalardan berish tartibi

Reseptsiz.

Ulashish:

Fikr qoldirish
Baho:
              
Matnni kiriting

Ismingiz
Fikr-mulohazangiz moderator tekshiruvidan so'ng nashr etiladi

Mahsulot bo'yicha savolingiz bormi?

Savol qoldirish

Mulohazalar

REPARIL gel 40g dori vositasi O'zbekiston dori vositalari reestrida ro'yxatdan o'tganmi?
Ha, preparat O'zbekiston dori vositalari reestrida ro'yxatdan o'tgan.
REPARIL gel 40g dori vositasi ishlab chiqaruvchisi kim va u qaysi davlatda ishlab chiqarilgan?
REPARIL gel 40g dori vositasi Madaus GmbH tomonidan Germaniya mamlakatida ishlab chiqarilgan.
REPARIL gel 40g dori vositasi resept bo’yicha sotiladimi?
REPARIL gel 40g dori vositasi resept bo'yicha sotilmaydi.

  • A
  • B
  • D
  • E
  • F
  • G
  • H
  • I
  • J
  • K
  • L
  • M
  • N
  • O
  • P
  • Q
  • R
  • S
  • T
  • U
  • V
  • X
  • Y
  • Z
  • Ch
  • Sh
  • 0-9