×
×

Mahsulotning ko'rinishi saytdagi rasmdan farq qilishi mumkin.

REVIANOKS kukuni 20mg N3

Kategoriya:
- Yallig'lanishga qarshi
Ishlab chiqarilish joyi:
- Индия
Faol modda:
Теноксикам
Qadoqda soni:
- 3
Ishlab chiqaruvchi:
- BELINDA LABORATORIES PVT. LTD.,
Vakil:
- VEGAPHARM
ATX kodi:
- M01AC02
Noaniqliq haqida habar berish

O'xshash dorilar

NUROFEN EKSPRESS kapsulalar 200mg N16 Патеон Софтджелс Б.В., Де Постохооонстраат 7 Niderlandlar
52 800 s`om dan
DIKLOFENAK suppozitorii 100mg N10 Фармаприм, ООО Moldova
6 700 s`om dan
DIKLOZID inyeksiya uchun eritma 3ml 25mg/ml N5 BKRS Pharma Pvt. Ltd. Hindiston
Sinepar Kid suspenziyasi 60ml (Sotish taqiqlangan) Marion Biotech Pvt. Ltd. Hindiston
22 000 s`om dan
Mahsulot haqida tafsilotlar
Saytda e'lon qilingan ma'lumotlar mutaxassislar uchun mo'ljallangan. O'zingizni-o'zingiz davolash bilan shug'ullanmang. Sog'lig'ingizga zarar bermaslik uchun mutaxassis bilan maslahatlashishga ishonch hosil qiling!
Inyektsiya uchun eritma tayyorlash uchun liofilizasiya qilingan kukun 3 ta flakon va in'ektsiya uchun steril suvli 3 ampula
tibbiyotda qo'llanilishiga doir yo'riqnomasi bilan birga karton qutida. 
Har bir kombipaket 3 ta flakon va 3 ta ampula quyidagilarni saqlaydi:
Har bir flakon quyidagini saqlaydi:
tenoksikam BP 20 mg (liofilizasiya qilingan).
Har bir ampula quyidagini saqlaydi:
in'ektsiya uchun steril suv BP 2 ml.
Tenoksikam nosteroid yallig'lanishga qarshi preparat bo'lib hisoblanadi, u yallig'lanishga qarshi va og'riqni qoldiruvchi
kuchli ta'sir ko'rsatadi, isitmani tushirish ta'siri kamroq ifodalangan, shuningdek trombositlar agregasiyasini
ogohlantiradi. Ta'sir mexanizmi asosida tsiklooksigenaza-1 va tsiklooksigenaza-2 izofermentlarining faolligini
susayishi yotadi, buning natijasida yallig'lanish o'chog'ida, shuningdek organizmning boshqa to'qimalarida
prostaglandinlar sintezi pasayadi. Bundan tashqari, tenoksikam yallig'lanish o'chog'ida leykositlar to'planishini
kamaytiradi.
Yallig'lanishga qarshi ta'siri davolashning birinchi haftasi oxirida rivojlanadi
Absorbtsiyasi tez va to'liq yuz beradi. Biokirishaolishi – 100%. Eng yuqori kontsentrasiyasiga 2 soat o'tgach erishiladi.
Ta'sirning uzoq davom etishi va yarim chiqarilish davri uzoq – 72 soat davom etishi tenoksikamning farqlovchi o'ziga xos
xususiyati hisoblanadi. Preparat plazma oqsillari bilan 99% ga bog'lanadi. Tenoksikam sinovial suyuqlikka yaxshi
singib o'tadi. Gistogematik to'siqlar orqali engil singib o'tadi. 5-gidroksitenoksikamni hosil qilgan holda gidroksi
guruhini qo'shilish yo'li bilan jigarda metabolizmga uchraydi. 1/3 qismi safro bilan, 2/3 qismi siydik bilan nofaol
metabolitlari ko'rinishida chiqariladi.
 Ovqat hazm qilish tizimi tomonidan: dispepsiya (ko'ngil aynashi, qusish, jig'ildon qaynashi, diareya, meteorizm),
NYAQP-gastropatiya, qorinda og'riq, stomatit, ishtahaning pasayishi, jigar funktsiyasini buzilishi. Katta dozalarda
uzoq vaqt qo'llanilganda – miy shilliq qavatining yaralanishi, qon ketishi (me'da-ichakda, milkdan, bachadondan,
gemorroidal), ichak devorlarining teshilishi.
Yurak qon-tomir tizimi tomonidan: taxikardiya, arterial bosimni oshishi.
Nerv tizimi tomonidan: bosh og'rig'i, bosh aylanishi, uyquchanlik, depressiya, qo'zg'aluvchanlik, eshitishni pasayishi,
quloqlarda shovqin, ko'zlarning achishishi, ko'rishning buzilishi.
Qon yaratilish a'zolari tomonidan: agranulositoz, leykopeniya, kam hollarda – anemiya, trombositopeniya.
Allergik reaktsiyalar: teri toshmasi, qichishish, eshakemi, angionevrotik shish, xavfli ekssudativ eritema (Stivensdjonson sindromi), toksik epidermal nekroliz (Layell sindromi).
Laborator ko'rsatkichlari: giperkreatininemiya, giperbilirubinemiya, mochevina azoti kontsentrasiyasining va
"jigar" transaminazalarining oshishi, qon ketishi vaqtini uzayishi.
Boshqalar: bronxospazm, buyrak funktsiyasini buzilishi, ko'p terlash, shish sindromi (shu jumladan periorbital
shishlar).
Davolash vaqtida periferik qon ko'rsatkichlarini va jigar hamda buyraklarning funktsiyasi holatini, protrombin
indeksini (bevosita antikoagulyantlar fonida), qonda glyukoza kontsentrasiyasini (peroral gipoglikemik dori
vositalari fonida) nazorat qilish zarur. 17-ketosteroidlarni aniqlash zarurati bo'lganida preparat qo'llanilishini
tadqiqotdan 48 soat oldin bekor qilinishi lozim.
Jarrohlik aralashuviga qadar bir necha kun oldin preparat qo'llanilishi bekor qilinadi.
Arterial gipertenziyali va surunkali yurak etishmovchiligi bo'lgan bemorlarga diuretiklar bilan buyurilganida
organizmda Na+ va suv ushlanib qolishi mumkinligini hisobga olish zarur. Miy tomonidan nomaqbul holatlar
rivojlanishi xavfini pasaytirish uchun eng kam bo'lgan qisqa davolash kursi bilan eng kam samarali dozadan
foydalanish lozim.
Tayanch-harakatlanish apparatining og'riq sindromi bilan kechadigan yallig'lanish va degenerativ kasalliklari:
- podagrada bo'g'im sindromi, revmatoid artrit, osteoartroz, ankillovchi spondilit, osteoxondroz;
- tendinit, bursit, miozit;
- umurtqada og'riq, nevralgiya, mialgiya, shikastlanishlarda qo'llaniladi
tenoksikamga yoki boshqa NYAQP larga yuqori sezuvchanlikda;
- Miy ning eroziv-yarali shikastlanishida;
- me'da-ichakdan qon ketishlarda;
- homiladorlik va laktasiya davrida;
- bolalarda;
- "aspirinli triada" da;
- jigar va buyraklar funktsiyasini yaqqol ifodalangan buzilishlarida;
- buyrak etishmovchiligida;
- qon kasalliklarida qo'llash mumkin emas.
Tenoksikam albumin bilan yuqori darajada bog'lanish xususiyatiga ega va barcha NYAQP lar kabi varfarin va boshqa
antikoagulyantlarning antikoagulyant ta'sirini kuchaytirishi mumkin. Antikoagulyantlar va ichga qabul qilinadigan
gipoglikemik preparatlar bilan birgalikda qo'llanilganida, ayniqsa tenoksikamni qo'llashning boshlang'ich
bosqichlarida qon ko'rsatkichlarini nazorat qilish tavsiya etiladi.
Digoksin bilan ehtimol qilingan o'zaro ta'siri qayd etilmagan.
Boshqa NYAQP lar qo'llanilgandagi kabi preparatni nefrotoksiklik rivojlanishi xavfi ortishi munosabati bilan
Tsiklosporin bilan bir vaqtda ehtiyotkorlik bilan qo'llash tavsiya etiladi.
Xinolonlar bilan birgalikda qo'llanilganda tirishishlar rivojlanishi xavfini oshirishi mumkin.
Salisilatlar tenoksikamni albumin bilan bog'dan siqib chiqarishi va muvofiq ravishda preparat klirensi va Vd ni
oshirishi mumkin. Salisilatlarni yoki ikki va undan ortiq NYAQP larni bir vaqtda qo'llaganda (miy tomonidan
asoratlar xavfini ortishini) oldini olish zarur.
NYAQP lar litiyning chiqarilishini pasayishi haqidagi ma'lumotlar mavjud. Shu munosabat bilan litiy bilan
davolanayotgan pasientlar qonda litiy kontsentrasiyasini tez-tez nazorat qilishlari kerak.
NYAQP lar natriyuretik diuretiklar ta'sirini buzgan holda organizmda natriy, kaliy va suyuqlik ushlanib qolishini
keltirib chiqarishi mumkin. Surunkali yurak etishmovchiligi va arterial giperteziyasi bo'lgan bemorlarda bunday
diuretiklar bilan birgalikda qo'llanilganida bu haqda yodda tutish zarur.
NYAQP larni metotreksat bilan birgalikda ehtiyotkorlik bilan qo'llash tavsiya etiladi, NYAQP lar metotreksatning
chiqarilishini kamaytiradi va uning toksikligini oshirishi mumkin.NYAQP lar mifepriston qo'llanilganidan keyin
8-12 soat davomida qo'llanilmasligi kerak, chunki uning ta'sirini kamaytirishi mumkin.
Kortikosteroidlar bilan birgalikda qo'llanilganida me'da-ichakda qon ketishlar rivojlanishining yuqori xavfini
hisobga olish zarur.
Preparat urikozurik dori vositalari samaradorligini pasaytiradi, antikoagulyantlar, fibrinolitiklar ta'sirini,
mineralokortikosteroidlar va GKS, estrogenlar nojo'ya ta'sirlarini kuchaytiradi; gipotenziv dori vositalari va
diuretiklar samaradorligini pasaytiradi.
Jigarda mikrosomal oksidlanish induktorlari (fenitoin, etanol, barbituratlar, rifampisin, fenilbutazon,
trisiklik antidepressantlar) gidrooksidlangan faol metabolitlarning ishlab chiqarilishini oshiradi.
Antiagregantlar va serotoninni qayta qamrab olish selektiv ingibitorlari bilan birgalikda qo'llanilishi me'daichakda qon ketishlar rivojlanishi xavfini oshiradi.
Yurak glikozidlari NYAQP bilan birga qabul qilinganida yurak etishmovchiligini kuchaytirishi, SKF ni pasaytirishi
va plazmada yurak glikozidlari darajasini oshirishi mumkin.
Tenoksikamni tsimetidin bilan qo'llanilganida o'zaro ta'sir aniqlanmagan.
Tenoksikam va penisillamin yoki parenteral oltin bilan davolashda klinik ahamiyatga ega o'zaro ta'siri aniqlanmagan.
NYAQP takrolimus bilan birgalikda qo'llanilganida nefrotoksikligi xavfi oshadi.
NYAQP zidovudin bilan qo'llanilganida gematologik toksikligi xavfi oshadi.
Quruq, yorug'likdan himoya qilingan joyda, 25°С dan yuqori bo'lmagan haroratda saqlansin. Bolalar ololmaydigan joyda
saqlansin.
Yaroqlilik muddati
2 yil-in'ektsiya uchun eritmani tayyorlash uchun liofilizasiya qilingan kukun.
3 yil-in'ektsiya uchun steril suv.
Yaroqlilik muddati o'tgach qo'llanilmasin.
Mushak ichiga va vena ichiga yuborish uchun.
Revianoks preparati in'ektsiyalari quyidagi hollarda buyuriladi:
Qisqa muddatli davolanishda – bir kunda 20 mg.
Uzoq muddat qo'llanilganida – bir kunda 10 mg.
Podagrik artritda 1-2 kunlari bir kunda 40 mg, keyingi 3-5 kunlari bir kunda 20 mg buyuriladi. Buyurilgan dozani
bitta qabul qilishda qo'llash lozim. Davolashni davom ettirishga zarurat bo'lganida tenoksikamning peroral dori
shakllariga o'tiladi.
In'ektsiya uchun eritma foydalanishdan bevosita oldin flakon ichidagi kukunni ilova qilingan erituvchi bilan eritish
yo'li orqali tayyorlanadi. Eritma tayyorlanganidan keyin igna almashtiriladi.
Mushak ichiga in'ektsiyalar chuqur qilinadi.
Vena ichiga yuborish davomiyligi 15 sekunddan kam bo'lmasligi kerak.
Simptomlar (bir marta yuborilganida): qorinda og'riq, ko'ngil aynashi, qusish, me'da-ichak yo'llarining eroziv-yarali
shikastlanishi, buyrak va jigar funktsiyasini buzilishi, metabolik asidoz.
Davolash: simptomatik (organizmning hayot uchun muhim funktsiyalarini tutib turish). Gemodializ – kam samarali.
Homiladorlik va laktasiya davrida preparatni qo'llash mumkin emas

Fikr qoldirish
Baho:
              
Matnni kiriting

Ismingiz
Fikr-mulohazangiz moderator tekshiruvidan so'ng nashr etiladi

Mahsulot bo'yicha savolingiz bormi?

Savol qoldirish

Mulohazalar

REVIANOKS kukuni 20mg N3 dori vositasi O'zbekiston dori vositalari reestrida ro'yxatdan o'tganmi?
Ha, preparat O'zbekiston dori vositalari reestrida ro'yxatdan o'tgan.
REVIANOKS kukuni 20mg N3 dori vositasi ishlab chiqaruvchisi kim va u qaysi davlatda ishlab chiqarilgan?
REVIANOKS kukuni 20mg N3 dori vositasi BELINDA LABORATORIES PVT. LTD., tomonidan Индия mamlakatida ishlab chiqarilgan.
REVIANOKS kukuni 20mg N3 dori vositasi resept bo’yicha sotiladimi?
REVIANOKS kukuni 20mg N3 dori vositasi resept bo'yicha sotilmaydi.

Analoglar
TENOVIKS eritma 20mg N3
Narh: 90 700 so'mdan Batafsil
Aviten kukuni 20mg N1
  • Ishlab chiqarilish joyi: Hindiston
  • Faol modda: Теноксикам ko'proq ko'rsatish
  • Ishlab chiqaruvchi: Avantika Medex Pvt. Ltd, Индия произведено: Montage Laboratories Pvt. Ltd
  • Vakil: MChJ Konark Pharm MChJ
TEKSIVEL poroshok 20mg N1
Narh: 48 799 so'mdan Batafsil
OKSITEN tabletkalari 20mg N10
  • Ishlab chiqarilish joyi: Gretsiya
  • Faol modda: Теноксикам ko'proq ko'rsatish
  • Ishlab chiqaruvchi: Grand Medical Group AG, Швейцария произведено: Anfarm Hellas S.A.
Narh: 41 400 so'mdan Batafsil
OKSITEN poroshok 20mg N1
  • Ishlab chiqarilish joyi: Gretsiya
  • Faol modda: Теноксикам ko'proq ko'rsatish
  • Ishlab chiqaruvchi: Grand Medical Group AG, Швейцария произведено: Anfarm Hellas S.A.
  • Vakil: Grand Medical Group AG
ARTOKSAN kapsulalar 20mg N10
  • Ishlab chiqarilish joyi: Misr
  • Faol modda: Теноксикам ko'proq ko'rsatish
  • Ishlab chiqaruvchi: Rotapharm Limited, Великобритания произведено: Global Napi Pharmaceuticals
Narh: 52 800 so'mdan Batafsil
TENIKAM LIOFILIZIROVANNIY poroshok 20mg
  • Ishlab chiqarilish joyi: Gruziya
  • Faol modda: Теноксикам ko'proq ko'rsatish
  • Ishlab chiqaruvchi: GM Pharmaceuticals Ltd.
  • Vakil: GMP
Narh: 48 000 so'mdan Batafsil
ARTOKSAN tabletkalari 20mg N10
  • Ishlab chiqarilish joyi: Turkiya
  • Faol modda: Теноксикам ko'proq ko'rsatish
  • Ishlab chiqaruvchi: Rotapharm Ilaclari Limited Sirketi, Турция произведено: World Medicine Ilaс San. Ve Tic. A.S.
Narh: 52 800 so'mdan Batafsil
TEKSIVEL tabletkalari 20mg N20
  • Ishlab chiqarilish joyi: Ruminiya
  • Faol modda: Теноксикам ko'proq ko'rsatish
  • Ishlab chiqaruvchi: Arena Group S.A.
ARTOKSAN suppozitorii 20mg N5
  • Ishlab chiqarilish joyi: Misr
  • Faol modda: Теноксикам ko'proq ko'rsatish
  • Ishlab chiqaruvchi: Rotapharm, Великобритания произведено: Глобал Напи Фармасьютикалз
  • Vakil: Rotapharm
Narh: 46 300 so'mdan Batafsil
ARTOKSAN poroshok 20mg N3
  • Ishlab chiqarilish joyi: Misr
  • Faol modda: Теноксикам ko'proq ko'rsatish
  • Ishlab chiqaruvchi: Rotapharm Limited, Великобритания произведено: E.I.P.I.Co.
Narh: 120 900 so'mdan Batafsil
ARTOKSAN gel 45g 1%
  • Ishlab chiqarilish joyi: Turkiya
  • Faol modda: Теноксикам ko'proq ko'rsatish
  • Ishlab chiqaruvchi: Rotapharm Ilaclari Limited Sirketi
  • Vakil: Rotapharm
Narh: 45 000 so'mdan Batafsil
  • A
  • B
  • D
  • E
  • F
  • G
  • H
  • I
  • J
  • K
  • L
  • M
  • N
  • O
  • P
  • Q
  • R
  • S
  • T
  • U
  • V
  • X
  • Y
  • Z
  • Ch
  • Sh
  • 0-9