×
×

Mahsulotning ko'rinishi saytdagi rasmdan farq qilishi mumkin.

RIBOKSIN inyeksiya uchun eritma 5ml 2% N5

Kategoriya:
- Yurak-qon tomir
Ishlab chiqarilish joyi:
- O'zbekiston
Farmakoterapevtik guruh:
- Metabolik jarayonlarni muofiqlashtirish uchun vosita.
Qadoqda soni:
- 5
Ishlab chiqaruvchi:
- Jurabek Laboratories СП ООО
ATX kodi:
- C01EB
Noaniqliq haqida habar berish
Toshkentning 38 ta dorixonasida topildi

ico 5 000 s`om dan + yetkazish

Buyurtma berish

O'xshash dorilar

KARDIOMAGNIL tabletkalari 150 mg+30,39 mg N100 Takeda Osteurope Holding GmbH Daniya
53 800 s`om dan
KARDIONAT kapsulalar 250mg N40 Нижфарм-Stada CIS Rossiya Federatsiyasi
NIKOTINOVAYA KISLOTA eritma 1ml 1% N10 УЗХИМФАРМ, АО O'zbekiston
1 900 s`om dan
BELANDJ tabletkalari 10mg N30 Belinda Laboratories LLP, Великобритания произведено: Replek Farm Ltd Makedoniya
Yaroqlilik muddati (oy) 36
Mahsulot haqida tafsilotlar
Saytda e'lon qilingan ma'lumotlar mutaxassislar uchun mo'ljallangan. O'zingizni-o'zingiz davolash bilan shug'ullanmang. Sog'lig'ingizga zarar bermaslik uchun mutaxassis bilan maslahatlashishga ishonch hosil qiling!
Tarkibi:

faol modda:riboksinni (inozinni) suvsizga qayta hisoblaganda -20,0mg;

yordamchi moddalar: geksametilentetramin, 1M natriy gidroksidi eritmasi, in'ektsiya uchun suv 1ml gacha. 

Сhiqarilish shakli 

2% in'ektsiya uchun eritma 5 ml va 10 ml ampulalarda.


In'ektsiya uchun eritma 
Riboksin metabolik jarayonlarni rag'batlatiruvchi anabolik moddalar guruhi dori vositalariga kiradi. Purin(nukleozid) hosilasi, adenozintrifosfatning (ATF) o'tmishdoshidir. Miokardda almashinuv jarayonlariga ijobiy ta'sir ko'rsatadi - Krebs tsiklining qator fermentlari faolligini oshiradi va energetik balansni yaxshilaydi, yurak qisqarishlarining kuchini oshiradi va diastolada miokardni to'liq bo'shashshiga yordam beradi (qo'zg'alish vaqtida tsitoplazmaga tushgan kal'tsiy ionlarini bog'laydi), to'qimalarning qon bilan ta'minlanishini yaxshilaydi, shu jumladan koronar qon aylanishini, trombotsitlar agregatsiyasini pasaytiradi, to'qimalarning regeneratsiyasini faollashtiradi (ayiqsa miokard va me'da – ichak yo'llarining shilliq qavatlarini). Jarroxlik vaqtida ishemiyaga uchragan buyraklarning farmakologik himoyasini oshiradi. Adenil nukleotidlarining sintezi substratli stimullaydi.

Vena ichiga yuborilgandan so'ng organizm to'qimalarida taqsimlanadi. Jigarda glyukuron kislota xosil qilish bilan va keyinchalik uni oksidlanishi bilan almashinadi. Oz miqdorda siydik bilan chiqariladi. 

Allergik reaktsiyalar: teri qichishishi, teri giperimiyasi (preparatni bekor qilish kerak). Kam hollarda: qonda siydik kislotasining kontsentratsiyasi oshishi, podagra zo'rayishi (uzoq vaqt qo'llanganida).

Retsept bo'yicha.

Terini qichishishi, qizarishi paydo bo'lganida preparatni bekor qilish kerak.

Buyrak yetishmovchiligi bo'lgan bemorlarga extiyotkorlik bilan buyuriladi.
 
Homiladorlik va laktatsiya davrida qo'llanishi

Homiladorlik va emizish davrida preparatni qo'llash xavfsizligi bo'yicha ma'lumotlar yetarli bo'lmaganligi sababli Riboksinni foyda/xavf munosabatini xisobga olib tavsiya etiladi.

Avtomobilni va murakkab mexanizmlarni boshqarish qobiliyatiga ta'siri.

Ma'lumotlar yo'q.
O'tkazilgan miokard infarkti, yurak ishemk kasalligi, yurak grikozidlarini qabul qilish oqibatidagi yurak ritmining buzilishi, infektsion kasalliklar o'tkazgandan keyingi miokardiodistrofiyani kompleks davolashda ishlatiladi. Shuningdek, preparat jigar kasalliklari (gepatitlar, tsirroz, jigarning yog'li distrofiyasi), urokoproporfiriyani davolash uchun ham ko'rsatilgan. Undan tashqari, riboksin ajratilgan buyrakdagi jarrohlik operatsiyalarda, operatsiya qilinayotgan a'zoda qon aylanishi vaqtincha to'xtatilganda, farmakologik himoya vositasi sifatida ishlatiladi.

Preparat yuqori sezuvchanlikda, podagra, giperurikemiya, homiladorlik, emizish davri, 18 yoshgacha (samaradorligi va xavfsizligi aniqlanmagan) qo'llash mumkin emas.

Ehtiyotkorlik bilan buyrak yetishmovchiligida qo'llanilsin.

Preparatni boshqa dori vositalar bilan bitta shpritsda yoki bitta infuzion tizimda aralashtirish mumkin emas. Faqat tavsiya etilgan erituvchilar ishlatilsin.

Riboksin majmuaviy davolash tarkibida qo'llanganida aritmiyaga qarshi, antianginal va inotrop dori preparatlarining samarasini oshishiga yordam beradi. 

Riboksinni  boshqa guruh dori prepartlari bilan klinik sezilarli o'zaro ta'siri ta'riflanmagan.

Yorug'likdan himoyalangan joyda, 25 0 С dan yuqori bo'lmagan haroratda. Bolalar ololmaydigan joyda saqlansin.

Yaroqlilik muddati

3 yil.

Yaroqlilik muddati o'tgach qo'llanilmasin.

Eritma loyqalangan va cho'kma tushgan holatlarda qo'llanilmasin. 
Preparat venaga asta-sekin oqim bilan yoki tomchilab (minutiga 40-60 tomchidan) yuboriladi. Davolash kuniga bir marta 200 mg (10 ml 2 % eritma)dan yuborish bilan boshlanadi, so'ngra yaxshi o'zlashtirilganda, doza kuniga 1-2 marta 400 mg (20 ml 2% eritma)gacha oshiriladi. Davolashning davomiyligi 10-15 kun.

Yurak ritmining o'tkir buzilishlarida preparatni bir martalik 200-400 mg (10-20 ml 2 % eritma) dozada oqim bilan yuborish mumkin.

Ishemiyaga uchragan buyrakni farmakologik himoya qilish maqsadida riboksin 1,2 g (60 ml 2% eritma) bir martalik dozada buyrak arteriyasini siqilishidan 5-15 minut oldin venaga oqim bilan so'ngra qon aylanishi o'z holiga kelgan zahoti yana 0,8 g (40 ml 2% eritma) yuboriladi.
 
Vena ichiga tomchilab yuborish maqsadida 2% preparat eritmasini 5% li glyukoza eritmasi yoki natriy xloridning izotonik eritmasida (250 ml gacha) suyultiriladi. 
RIBOKSIN inyeksiya uchun eritma 5ml 2% N5 qo'lanishi bo'yicha ko'rsatmalar

QO‘LLASH BO‘YICHA YURIQNOMA

RIBOKSIN

(RIBOXIN)

 

Preparatning savdo nomi: Riboksin

Ta‘sir etuvchi modda (XPN): inosine

Dori shakli: in‘eksiya uchun eritma

Tarkibi:

faol modda: inosine;

1 ml eritma 20 mg inozin saqlaydi;

yordamchi moddalar: geksametilentetramin, in‘eksiya uchun suv

Ta‘rifi: tiniq, rangsiz suyuqlik.

Farmakoterapevtik guruxi:

Kordiologik vosita. ATX kodi: S01YeV.

 

Farmakologik xususiyatlari

Farmakodinamikasi.

 Riboksin – anabolik  preparat bo‘lib, gipoksiyaga qashi va aritmiyata qarshi t‘sirga ega. U ATF ning o‘tmishdoshi hisoblanadi, glyukoza almashinuvida bevosita ishtirok etadi va gipoksiya sharoitida hamda ATF yo‘qligida metabolizmni faollashuviga yordam beradi. Preparat to‘qimalar nafasning me‘yoriy jarayonini ta‘minlash uchun pirouzum kislotasi metabolizimini faollashtiradi va ksantindegidrogenazaning faollashuviga yordam beradi. Riboksin miokarddagi moddalar almashinuviga ijobiy ta‘sir ko‘rsatadi, xususan xujayralarning energetik muvozanatini oshiradi, nukletidlar sintezini rag‘batlantiradi, Krebs siklining qator fermentlari faolligini oshiradi. Preparat miokardning qisqaruvchanlik faolligini me‘yorlashtiradi va qo‘zg‘alish vaqtida xujayraga kirgan kalsiy ionlarini bog‘lash qobiliyatiga ega ekanligi xisobiga diastolada miokardning to‘liq bo‘shashishiga yordam beradi, to‘qimalar (ayniqsa, miokard va ovqat xazm qilish yo‘lining) regenerasiyasini faollashtiradi.

Farmakokinetikasi.

  Vena ichiga yuborilganda riboksin to‘qimalarda tez taqsimlanadi. Jigarda metabolizmga uchraydi, va shu yerda organizmning biokimyoviy reaksiyalarida to‘liq utilizasiya qilinadi. Sezilarsiz miqdorda asosan siydik bilan chiqariladi.

Qo‘llanilishi

Yurakning ishemik kasalligi (miokard infarktidan keyingi xolat, stenokardiya), yurak glikozidlarini qo‘llash chaqirgan yurak ritmini buzilishi, turli genezga ega kardiomiopatiyalar, miokardiodistrofiyalar (og‘ir jismoniy yuklamalar fonidagi, infeksion va endokrin genezli), miokarditlar; jigar kasalliklarini (gepatitlar, jigar sirrozi, jigarning yog‘li distrofiyasi), majmuaviy davolash, nurlanish oqibatidagi leykopeniyaning profilaktikasi, ko‘rish faoliyatlarini yaxshilash uchun me‘yorlashtirilgan ko‘z ichki bosimli ochiq burchakli glaukomada qo‘llanadi.

Qo‘llash usuli va dozalari

Kattalarga vena ichiga oz oqim bilan yoki tomchilab (sekin) minutiga 40-60 tomchi tezlikda yuboriladi. Vena ichiga tomchilab yuborilganda preparatni glyukozaning 5% li eritmasida yoki natriy xloridining 0,9% eritmasida (250 ml gacha) suyultiriladi. Davolashni avvalida 200 mg (10 ml 2% eritma) kuniga 1 marta, keyinchalik yaxshi o‘zlashtirilganida – 400 mg (20 ml 2% li eritma) gacha kuniga 1-2 marta. Davolash kursi shaxsiy ravishda belgilanadi (o‘rtacha 10-15 kun)

Yurak ritmini o‘tkir buzilishlarida 200-400 mg (10-20 ml 2% eritma) bir martalik dozada oqim bilan yuborish mumkin.

Nojo‘ya ta‘sirlari

Immun tizimi, teri va teri osti klechatkasi tomonidan: allergik/anafilaktik reaksiyalar, qichishish, teri giperemiyasi, toshma, eshakemi, anafilaktik shok.

Yurak-qon tomir tizimi tomonidan: bosh og‘rig‘i bilan kechuvchi terlash, qayd qilish, ko‘ngil aynish xissi,arterial gipotenziya, taxikardiya.

Modda almashinuvi, metobalizm tomonidan: giperurikemiya, zo‘raygan podagra ( yuqori miqdorda uzoq vaqt qo‘llanilganda)

Umumiy buzulishlar:  umumiy xolsizlik, yuborilgan joylarda o‘zgarishlar ( qichishish, giperemiya).

Qo‘llash mumkin bo‘lmagan holatlar

-Inozin yoki preparatning boshqa yordamchi moddalarga yuqori sezuvchanlik;

-giperurikemiya;

– buyrak yetishmovchiligi;

-podagra.

Dorilarning o‘zaro ta‘siri

 Boshqa dori vositalari bilan birgalikda qo‘llanilganda:

geparin bilan: geparinning samaraliyligi oshib, ta‘sir davomiyligi uzayadi;

yurak glikozidlari bilan: aritmiyan yuzaga kelishini oldini oladi, inotrop ta‘sirni ijobiy kuchaytiradi.

β-adrenoblokatorlar bilan bir vaqtda qo‘llanilganda riboksinning samarasi kamaymaydi.

Nitroglisirin, nifedipin, furosemid, spirinolakton bilan bir vaqtda qo‘llash mumkin.

Bir idishda alkaloidlar, kislotalar, spirtlar, og‘ir metall tuzlari, tanin, V6 vitamini (piridoksin gidroxloridi)  bilan nomutanosib.

 

Maxsus ko‘rsatmalar

Terida giperemiya va qichish paydo bo‘lsa preparat bilan davolashni bekor qilish kerak. Davolash vaqtida muntazam ravishda qondagi siydik kislotasi miqdorini nazorat qilish lozim. Buyrak yetishmovchiligi preparatni qo‘llashda cheklanish hisoblanadi. Buyrak yetishmovchiligida preparatni buyurish shifokorning fikriga ko‘ra, kutilayotgan ijobiy samara qo‘llashdagi mumkin bo‘lgan xavfdan ustun bo‘lgandagina maqsadga muvofiq.

 

Homiladorlik va emizish davrida qo‘llanishi.

 Ushbu guruh pasientlari uchun qo‘llashning samaradorligi va xavfsizligining tadqiqotlari o‘tkazilmaganligi tufayli, xomiladorlik va emizish davrida  qo‘llash mumkin emas.

Bolalar.

 Qo‘llashning xavfsizligi bo‘yicha ma‘lumotlarning yo‘qligi tufayli bolalarda qo‘llash mumkin emas.

Avtotransportni boshqarish yoki boshqa mexanizmlar bilan ishlashda reaksiya tezligiga ta‘sir qilish qobiliyati.

 Avtotransportni boshqarishda yoki murakkab mexanizmlar bilan ishlashda preparat salbiy ta‘sir ko‘rsatmaydi.

Dozani oshirib yuborilishi

 Nojo‘ya ta‘sirlarning kuchayish extimoli bor.

Davolash. Preparatni qo‘llash bekor qilinadi, majmuaviy davolanadi

 

Nomutanosiblik

Preparatni bir shprisda yoki bir infuzion sistemada boshqa dori vositalari bilan aralashtirish mumkin emas.

Faqat tavsiya qilingan erituvchilarni ishlatish kerak ( “Qo‘llash usuli va dozalari” bo‘limga qarang).

Chiqarilish shakli

5 ml dan yoki 10 ml dan ampulalarda;  5 ml yoki 10 ml xajimli  5 ampula kontur uyali o‘ramda; 2 kontur uyali o‘ramdan qutida.

 

Saqlash sharoiti

25oS dan yuqori bo‘lmagan haroratda, original o‘ramida saqlansin. Bolalar ololmaydigan joyda saqlansin.

Yaroqlilik muddati

4 yil.

              Dorixonalardan berish tartibi

              Resept bo‘yicha.

Ulashish:

Fikr qoldirish
Baho:
              
Matnni kiriting

Ismingiz
Fikr-mulohazangiz moderator tekshiruvidan so'ng nashr etiladi

Mahsulot bo'yicha savolingiz bormi?

Savol qoldirish

Mulohazalar

RIBOKSIN inyeksiya uchun eritma 5ml 2% N5 dori vositasi O'zbekiston dori vositalari reestrida ro'yxatdan o'tganmi?
Ha, preparat O'zbekiston dori vositalari reestrida ro'yxatdan o'tgan.
RIBOKSIN inyeksiya uchun eritma 5ml 2% N5 dori vositasi ishlab chiqaruvchisi kim va u qaysi davlatda ishlab chiqarilgan?
RIBOKSIN inyeksiya uchun eritma 5ml 2% N5 dori vositasi Jurabek Laboratories СП ООО tomonidan O'zbekiston mamlakatida ishlab chiqarilgan.
RIBOKSIN inyeksiya uchun eritma 5ml 2% N5 dori vositasi resept bo’yicha sotiladimi?
RIBOKSIN inyeksiya uchun eritma 5ml 2% N5 dori vositasi resept bo'yicha sotiladigan dori

Ishlab chiqaruvchining dorilari
Narh: 6 851 so'mdan Batafsil
Narh: 7 490 so'mdan Batafsil
Narh: 11 000 so'mdan Batafsil
Narh: 24 500 so'mdan Batafsil
Narh: 11 000 so'mdan Batafsil
Narh: 15 000 so'mdan Batafsil
Narh: 4 000 so'mdan Batafsil
Narh: 3 000 so'mdan Batafsil
Narh: 3 900 so'mdan Batafsil
Narh: 2 200 so'mdan Batafsil
NATRIYA XLORID inyeksiya uchun eritma 5ml 0,9% N5
Narh: 4 000 so'mdan Batafsil
KALSIYA XLORID inyeksiya uchun eritma 5ml 10% N5
Narh: 10 000 so'mdan Batafsil
Narh: 90 000 so'mdan Batafsil
Narh: 62 000 so'mdan Batafsil
RIBOKSIN inyeksiya uchun eritma 5ml 2% N10
Narh: 2 800 so'mdan Batafsil
Narh: 16 000 so'mdan Batafsil
Narh: 10 000 so'mdan Batafsil
Narh: 3 000 so'mdan Batafsil
Другие формы препарата
RIBOKSIN tabletkalari 200mg N10
  • Ishlab chiqarilish joyi: Belarusiya
  • Faol modda: Inozin ko'proq ko'rsatish
  • Ishlab chiqaruvchi: Борисовский завод медицинских препаратов, ОАО
RIBOKSIN DARNISA tabletkalari 200mg N50
  • Ishlab chiqarilish joyi: Ukraina
  • Ishlab chiqaruvchi: Дарница,Фарм.фирма, ЧАО
RIBOKSIN tabletkalari 200mg N50
  • Ishlab chiqarilish joyi: Belarusiya
  • Faol modda: Inozin ko'proq ko'rsatish
  • Ishlab chiqaruvchi: Борисовский завод медицинских препаратов, ОАО
RIBOKSIN tabletkalari 200mg N50
  • Ishlab chiqarilish joyi: Belarusiya
  • Faol modda: Inozin ko'proq ko'rsatish
  • Ishlab chiqaruvchi: Белмедпрепараты РУП
RIBOKSIN 0,2 tabletkalari N50
RIBOKSIN AVEKSIMA 0,2 tabletkalari N50
RIBOKSIN 0,2 tabletkalari N50
RIBOKSIN RG tabletkalari 200mg N50
  • Ishlab chiqarilish joyi: O'zbekiston
  • Ishlab chiqaruvchi: Remedy Group СП OOO
RIBOKSIN RG tabletkalari 200mg N10
  • Ishlab chiqarilish joyi: O'zbekiston
  • Ishlab chiqaruvchi: Remedy Group СП OOO
  • A
  • B
  • D
  • E
  • F
  • G
  • H
  • I
  • J
  • K
  • L
  • M
  • N
  • O
  • P
  • Q
  • R
  • S
  • T
  • U
  • V
  • X
  • Y
  • Z
  • Ch
  • Sh
  • 0-9