×
×

Mahsulotning ko'rinishi saytdagi rasmdan farq qilishi mumkin.

VITAMIN V6 (PIRIDOKSIN GIDROXLORID) inyeksiya uchun eritma 1ml 5% N10

Kategoriya:
- Vitaminlar
Ishlab chiqarilish joyi:
- O'zbekiston
Farmakoterapevtik guruh:
- Vitamin
Faol modda:
пиридоксина гидрохлорид (витамин В6)
Qadoqda soni:
- 10
Ishlab chiqaruvchi:
ATX kodi:
- A11HA02
Noaniqliq haqida habar berish

O'xshash dorilar

MAGNE V6 tabletkalari 5mg N50 Sanofi Aventis France, Франция произведено: Sanofi Winthrop Industrie Frantsiya
36 000 s`om dan
SUPRADIN KIDS VOLSHEBNIYe draje N60 Bayer Consumer Care AG Germaniya
100 000 s`om dan
45 000 s`om dan
SERTOGAMMA eritma 2 ml N5 Dr Sertus ilaç sanayi ve ticaret limited şirketi Turkiya
60 000 s`om dan
Yaroqlilik muddati (oy) 24
Mahsulot haqida tafsilotlar
Saytda e'lon qilingan ma'lumotlar mutaxassislar uchun mo'ljallangan. O'zingizni-o'zingiz davolash bilan shug'ullanmang. Sog'lig'ingizga zarar bermaslik uchun mutaxassis bilan maslahatlashishga ishonch hosil qiling!
Tarkibi:

faol modda: piridoksin gidroxlorid – 25,0 yoki 50,0 mg;

yordamchi moddalar: Trilon B – 0,1 g; in’eksiya uchun suv 1 ml gacha.

Chiqarilish shakli

1,0 ml.dan shishadan yoki polietilendan ampulalar.

In’eksiya uchun eritma.
faol modda: piridoksin gidroxlorid – 25,0 yoki 50,0 mg; yordamchi moddalar: Trilon B – 0,1 g; in’eksiya uchun suv 1 ml gacha.
Piridoksin gidroxloridi suvda eruvchan vitaminlar guruhiga mansub (V6 vitamini). V6 vitamini tanqisligini to‘ldiradi, aminokislotalar va neyromediatorlarning almashuviga boshqaruvchi ta’sir ko‘rsatadi. V6 vitamini markaziy va periferik nerv tizimini normal faoliyat ko‘rsatishiga zarur. Piridoksin transamnazalar va dekarboksilazalar fermentlar tarkibiga kiradi, aminokislotalar va neyromediatorlarning almashuvini ta’minlaydi. Mushaklarda (shu jumladan miokardda) piridoksin glikogenni parchalanish jarayonlarni faollashtiradi va gipoksiya sharoitlarida mushaklarni energetik almashinuvini muvofiqlashtiradi. Triptofandan nikotin kislotasini (RR vitamini) sintezini ta’minlaydi. Glutamin kislotasi, metionin, sisteinning almashinuvini boshqaradi. Nerv tizimida piridoksin neyromediatorlar: noradrenalin, dofamin, glitsin, GAMK va serotonin sintezida ishtirok qiladi. Bunda u ko‘rsatilgan tormozlovchi mediatorlarni – GAMK, glitsin, va shuningdek serotoninni muvozanatini ustunlik tomoniga o‘zgartiladi. Shunday qilib piridoksin markaziy nerv tizimining qo‘zg‘aluvchanlikni boshqarishida ishtiroq etadi. Piridoksin antinotsitseptiv tizimini faollashtiradi va og‘rig‘ qoldiruvchi vositalar ta’sirini kuchaytiradi. Lipid almashuvini normallashtirishiga yordam beradi. Gemoglobinda gem sintezini rag‘batlantiradi, ko‘mikning temir-bog‘lovchi oqsilni (siderofilin) sintezini oshiradi, V12 vitamini va folat kislotasining almashuvini boshqaradi. Trombotsitlar va fibrinogen yuzasida lizin qoldiqlari bilan bog‘lanib qon ivishini va trombotsitlar agregatsiyasini sekinlashini chaqiradi, qon oquvchaniligini va to‘qimalar qon bilan ta’minlanishini yahshilaydi. Xujayra yadrosi bilan gormon-retseptor kompleksni o‘zaro ta’sirini o‘zgartirib piridoksin steroid gormonlar: estrogenlar, androgenlar, gestagenlar, kortikosteroid gormonlarning ta’sirini o‘zgartiradi. Piridoksinning izolyatsiyalangan tanqisligi asosan maxsus sun’iy ovqatlantirishda bo‘lgan bolalarda (diareya, tirishishlar, anemiya bilan namoyon bo‘ladi, periferik nevropatiya rivojlanishi mumkin) juda kam hollarda uchraydi.
Parenteral yo‘li bilan yuborilganda piridoksin albuminlar va eritrotsitlarni gemoglobinlari bilan bog‘langan holda tashiladi. Hamma to‘qimalarga yaxshi o‘tadi. Asosan jigarda, kamroq darajada mushaklarda va markaziy nerv tizimida to‘planadi. Yo‘ldosh orqali o‘tadi, ko‘krak suti bilan ajraladi. Piridoksin jigarda o‘zaro bir biriga o‘tish qobiliyatiga ega: piridoksin, piridoksal va piridoksamin 3 vitamer hosil qilgan holda metabolizmga uchraydi. Piridoksalfosfat qon plazma oqsillari bilan 90% bog‘lanadi. Yarim chiqarish davri – 25-33 kun. Buyraklar orqali nofaol piridoksin kislotasi ko‘rinishida chiqariladi.
Yurak-qon tomir tizimi tomonidan: taxikardiya, yurak sohasidagi og‘riq. Nerv tizimi tomonidan: bosh og‘rig‘i, bosh aylanishi, holsizlik, uyquchanlik, koordinatsiyani buzilishi, paresteziya, qo‘l-oyoqlar uvushib qolishi, qo‘l-oyoqlarda siqilish hissi – “paypoq va qo‘lqop” simptomi, hushidan ketish va vena ichiga tez yuborilganda tirishishlar rivojlanishi. Nafas tizimi tomonidan: nafas olish qiyinlashishi. Ovqat hazm qilish tizimi tomonidan: ko‘ngil aynishi, gastralgiya, jig‘iodon qaynashi, me’da sekretsiyasi oshishi. Moddalar almashinuvi va metabolizm tomonidan: folat kislotasi darajasi pasayishi, laktatsiyani kamayishi. Immun tizimi, teri va teri osti kletchatkasi tomonidan: o‘ta yuqori sezuvchanlik reaksiyalari, shu jumladan anafilaktik shok, eshakemi, toshma, qichishish, teri giperemiyasi, isitma, dermatit, angionevrotik shish, fotosensibilizatsiya. Yuborish joyidagi buzilishlar: giperemiya, qichishish, achitish.
Retsept bo‘yicha.
Piridoksin buyurilganda me’da va o‘n ikki barmoq ichak yara kasalligi (me’da shirasi kislotlik darajasini oshish ehtimoli tufayli), yurak ishemik kasalligi bo‘lgan patsiyentlarga ehtiyotkorlikka rioya qilish zarur, chunki preparatni qabuli bu kasalliklarni kechishini yomonlanishini chaqirishi mumkin. Piridoksin markaziy nerv tizimida dofaminni sintezini kuchaytiradi (u prolaktostatinni rolini bajaradi) va emizikli onalarda laktatsiyani to‘xtatishi mumkin. Jigarni og‘ir shikastlanishlarida piridoksin yuqori dozalarda uning funksiyasini yomonlashishini chaqirishi mumkin. Pediatriyada qo‘llanishi Pediatrik amaliyotida preparat yangi tug‘ilgan chaqaloqlarda tug‘ma piridoksin bilan bog‘liq tirishish sindromini majmuaviy davolashida qo‘llanadi Homiladorlik va emizish davrida qo‘llanishi Piridoksin yo‘ldosh orqali o‘tadi va ko‘krak suti bilan chiqariladi. Preparat homiladorlik davrida faqat homiladorlarni toksikozida buyuriladi. Homiladorlik davrida piridoksinga fiziologik ehtiyojini normasini oshirish tavsiya qilinmaydi (2-2.3 ml/sut). Homiladorlik vaqtida yuqori dozalarda qo‘llanishi yangi tug‘ilgan chaqaloqlarda qaramlik sindromini rivojlanishiga olib kelishi mumkin Emizish davrida preparat qo‘llanganda laktatsiya kamayishi mumkin, shuning uchun bu davrda preparatni fakat hayotiy ko‘rsatmalar bo‘yicha qo‘llanadi. Dori vositasini avtotransportni va potensial xavfli mexanizmlarni boshqarish qobiliyatiga ta’sir ko‘rsatish xususiyatlari Piridoksinni qo‘llanishi avtotransport vositalar yoki boshqa operator faoliyatini boshqarish patsiyentning qobiliyatiga ta’sir qilmaydi.
V6 vitamini gipovitaminozi va avitaminozi; • Nevrologiyada: parkinsonizm, markaziy va periferik kelib chiqishi falaji, Littl kasalligi, Mener kasalligi va sindromi, havo va dengiz kasalliklari, radikulit, nevralgiya, nevritlar, kichik xoreya, involyutsion yoshidagi depressiyalar; • Dermatologiyada: dermatitlar (shu jumladan atopik va seboreyli), o‘rab oluvchi temiratki, neyrodermit, psoriaz. Ekssudativ diatez; • Gematologiyada: anemiyalar (piridoksinga bog‘liq, gipoxrom, mikrotsitar, sideroblast), turli etiologiyali leykopeniyalar; - o‘tkir va surunkali gepatitlar, homiladorlar toksikozi, alkogolizm, etanol va tuberkulyozga qarshi dori vositalari qabul qilish fonidagi jigar shikastlanishi; - diuretiklarni ta’sirini kuchaytirish uchun; - yangi tug‘ilgan chaqaloqlarni tug‘ma piridoksinga bog‘liq tirishish sindromida majmuaviy davolash tarkibida qo‘llaniladi.
• Preparatga individual yuqori sezuvchanlik; • me’da va o‘n ikki barmoq ichak yara kasalligi zo‘rayish davrida (me’da shirasi kislota darajasi oshishi ehtimoli tufayli); • og‘ir jigar yetishmovchiligida qo‘llash mumkin emas. Ehtiyotkorlik bilan • me’da va o‘n ikki barmoq ichak yara kasalligi remissiya davrida; • yurak ishemik kasalligi.
Nomutanosiblik Piridoksin V1 vitamini eritmasi (tiamin), va V12 vitamini (sianokobalamin) eritmasi, ishqoriy eritmalari, temir tuzlari va oksidlovchi moddalar eritmalari bilan farmatsevtik nomutanosiblik. Piridoksin gidroxlorid eritmasi farmatsevtik nomutanosiblik tufayli V1 va V12 vitaminlar bilan bitta shpritsda yuborish mumkin emas. Tiamin in’eksiyasidan so‘ng eng kamida 12 soatdan keyin yuborish lozim. Adrenomimetiklar, natriy tuzli ampitsillin, amfoteritsin V, askorbin kislotasi, fitomenadion, dipiridamol, oksiferiskorbon natriy, fenotiazin hosilalari (xlorpromazin), furosemid, etamzilat, eufillin kabi dori vositalari bilan bitta infuzion tizimida yoki bitta shpritsda aralashtirish tavsiya etilmaydi. Izoniazid, gidralazin, sikloserin va D-penitsillaminning neyrotoksik ta’sirini kamaytiradi. Piridoksin toksik ko‘rinishlarni, shu jumladan izoniazid va boshqa tuberkulyozga qarshi prepartlar qo‘llanganda kuzatiladigan jigarni shikastlanishini oldini oladi yoki kamaytiradi. Piridoksin diuretiklarni samarasini kuchaytiradi. Penitsillin, sikloserin, etionamid, immunosupressorlar, izoniazid, gormonal kontratseptivlar, gidralazin sulfat piridoksinning samarasini kamaytiradi. Piridoksin surunkali yurak yetishmovchiligi bo‘lgan bemorlarda yurak glikozidlarni ta’sirini kuchaytiradi (piridoksin miokardda qisqaruvchi oksillarni sintezini oshishiga yordam beradi). Glutamin kislotasi va shuningdek kaliy va magniy asparginat bilan birga qo‘llanganda gipoksiyaga turg‘unligini oshiradi. Piridoksin me’da-ichak yo‘li va jigarda metabolizm jarayonlarini tezlashtirib levodopaning parkinsonizmga karshi faolligini kamaytiradi, bu markaziy nerv tizimiga levodopani o‘tishiga to‘sqinlik qiladi. Lekin piridoksin levodopa+karbidopa majmuasini samaradorligini kamaytirmaydi. Temirni va uning tiklangan shaklidagi to‘planishiga yordam beradi. Bevosita antikoagulyantlarni (fenindion, varfarin, neodikumarin) va geparinni samaralarini kuchaytiradi. Kortikosteroidlar organizmda V6 vitaminini miqdorini kamaytiradi. Metamizol, atsetilsalitsil kislotasi, tramadol va nefopamning og‘rik qoldiruvchi ta’sirini kuchaytiradi. Piridoksin rezorbtiv ta’siriga ega levomitsetin preparatlari (sintomitsin, xloramfenikol) uzoq qo‘llanganda rivojlanadigan oftalmologik asoratlarni rivojlanishini oldini oladi. Piridoksin antixolinergik faolligi bilan bog‘lik tritsiklik antidepressantlarni nojo‘a samarasini bartaraf kiladi. Piridoksin uxlatuvchi va sedativ vositalarni uxlatuvchi samarasini kamaytiradi. Piridoksin fenitoinni ta’sirini kamaytiradi.
2 yil. Yaroqlilik muddati tugagandan so‘ng ishlatilmasin. Saqlash sharoiti Quruq, yorug‘likdan himoyalangan va bolalar ololmaydigan joyda 25°C dan yuqori bo‘lmagan haroratda saqlansin. Muzlatilmasin!
Tiniq, rangsiz yoki biroz sarg‘ish suyuqlik.
Piridoksin vena ichiga, mushak ichiga yoki teri ostiga buyuriladi (agar ichga qabul qilish imkoni bo‘lmasa). Davolash kursi individual ravishda buyuriladi va kasallikni og‘irligiga va turiga qarab belgilanadi. Eritma bevosita qo‘llashdan oldin tayyorlanadi – preparatning bir martali dozasi 1-2 ml in’eksiya uchun suvda yoki 0,9% li natriy xlorid eritmasida suyultiradi. V6 gipovitaminoz: preparat 1-2 marta qabul qilish uchun 50-100 mg (1-2 ml) sutkalik dozada buyurish lozim. Davolash kursi – 3-4 hafta. Sideroblast anemiya: preparat mushak ichiga haftasiga 2 marta 100 mg (2 ml) sutkalik dozada buyurish lozim. Bir vaqtning o‘zida folat kislotasi, riboflavin, V12 vitaminini buyurish maqsadga muvofiq. Parkinsonizm. Mushak ichiga 100 mg (1-2 ml) sutkalik dozada buyurish lozim. davolash kursi – 20-25 in’eksiya; 2-3 oydan keyin qayta davolashni o‘tqazish kerak. Boshqa sxema bo‘yicha davolashni 50-100 mg (1-2 ml) sutkalik dozada boshlash lozim, keyinchalik har kuni dozani 50 mg (1 ml) ga oshirish lozim va 12-15 kun davomida bir martalik in’eksiya ko‘rinishida sutkalik dozani 300-400 mg (6-8 ml) gacha oshirish lozim. Involyutsion yosh depressiyalari. Mushak ichiga 200 mg (4 ml) sutkalik dozada buyuriladi, davolash kursi – 20-25 in’eksiyalari. Izoniazid guruhi preparatlarini toksik samaralarni oldini olish. Oldin olish uchun izoniazid bilan butun davolash kursi davomida 5-10 mg (0,1-0,2 ml) sutkalik dozada buyuriladi. Izoniazid guruhi preparatlarini dozani oshirib yuborilishi. Dozani oshirib yuborilishgan preparatning har bir 1 g ga vena ichiga 0,5 g/min tezlikda 1 g (20 ml) piridoksin yuboriladi. Izoniazidni dozasi oshirib yuborilganda vena ichiga 10 g ko‘proq piridoksin 4 mg (80 ml) dozada, keyinchalik piridoksin mushak ichiga – har 30 minutda 1 g (20 ml)dan yuboriladi. Umumiy sutkalik doza – 70-350 mg/kg. Homiladorlar toksikozi. Mushak ichiga 50 mg (1 ml) sutkalik dozada buyuriladi, davolash kursi – 10-20 in’eksiya. Piridoksinga bog‘liq anemiya (makrotsitar, qon plazmasida temir darajasi oshishi bilan gipoxrom anemiya). Preparat 50-200 mg (1-4 ml) sutkalik dozada 1-2 oy davomida buyuriladi. Samara bermagan taqdirda boshqa turdagi davolashga o‘tiladi. Piridoksinga bog‘liq sindrom, shu jumladan piridoksinga bog‘liq tirishishlar. Vena ichiga (50 mg/min tezligida yuborish) yoki mushak ichiga sutkasiga 50-500 mg (1-10 ml) dozada buyuriladi. Davolash kursi – 3-4 hafta. Boshqa ko‘rsatmalar. Odatda 1-2 marta qabul qilish uchun 50-100 mg (1-2 ml) sutkalik dozada buyuriladi. Bolalarga. Preparat mushak ichiga va vena ichiga yuboriladi. V6 gipovitaminozida preparatning dozasini shifokor tomonidan individual ravishda sutkada 1-2 mg/kg tana vazni hisobidan buyuriladi, davolash kursi – 2 hafta. Piridoksinga bog‘liq tirishishlarda preparat vena ichiga oqim bilan 25 mg/min tezlikda yoki mushak ichiga sutkalik dozada 50-100 mg (1-2 ml) yuborilad; bolalar uchun maksimal dozalar belgilanmagan. Izoniazid guruhi preparatlar dozani oshirib yuborilishida har 1 g dozani oshirib yuborilgan preparatga piridoksin vena ichiga 1 g (20 ml) yuborish kerak. Agar izoniazid dozasi noma’lum, piridoksin 70 mg/kg tana vazni hisobidan yuboriladi, maksimal doza – 5 g (100 ml).
Simptomlari: dozani oshirib yuborilishi piridoksin yuqori dozalarda yuborilganda (200-2000 mg/sut va ortiqroq). Nojo‘ya samaralar kuchayishim, periferik nevropatiya rivojlanishim bilan namoyon bo‘ladi. Periferik nevropatiya simptomlari: giperparesteziya, paresteziya, mushak kuchsizligi. Sensor neyropatiyalar, kuchayib yurishni buzilishi bilan sensor neyropatiyalar, qo‘l-oyoqlarda uvishish va sanchish his qilish, qisman soch to‘kilishi, organizmning infeksiyalarga qarshilik ko‘rsatish darajasi pasayishi, qon ivishiga qarshi tizim faolligi pasayishi paydo bo‘lishi mumkin. Katta dozalarda uzoq vaqt qo‘llanganda V6 gipervitaminoz rivojlanib, u mushak to‘qimasi va ichki a’zolarda oqsil tarkibining keskin pasayishi bilan tavsiflanadi. V6 gipervitaminozning erta bosqichlarida terida toshma, bosh aylanishi, tirishishlar paydo bo‘lishi mumkin. Preparat qo‘llanishi bekor qilingandan keyin ushbu simptomlar yo‘qoladi. Davolash: simptomatik davolash (neyromushak o‘tqazishni yahshilash uchun neostigmin yoki galantamin kichik dozalarni yuborish). Maxsus antidoti yo‘q.
Piridoksin yo‘ldosh orqali o‘tadi va ko‘krak suti bilan chiqariladi.


Preparat homiladorlik davrida faqat homiladorlarni toksikozida buyuriladi.

Homiladorlik davrida piridoksinga fiziologik ehtiyojini normasini oshirish tavsiya qilinmaydi (2-2.3 ml/sut). Homiladorlik vaqtida yuqori dozalarda qo‘llanishi yangi tug‘ilgan chaqaloqlarda qaramlik sindromini rivojlanishiga olib kelishi mumkin

Emizish davrida preparat qo‘llanganda laktatsiya kamayishi mumkin, shuning uchun bu davrda preparatni fakat hayotiy ko‘rsatmalar bo‘yicha qo‘llanadi.

Fikr qoldirish
Baho:
              
Matnni kiriting

Ismingiz
Fikr-mulohazangiz moderator tekshiruvidan so'ng nashr etiladi

Mahsulot bo'yicha savolingiz bormi?

Savol qoldirish

Mulohazalar

VITAMIN V6 (PIRIDOKSIN GIDROXLORID) inyeksiya uchun eritma 1ml 5% N10 dori vositasi O'zbekiston dori vositalari reestrida ro'yxatdan o'tganmi?
Ha, preparat O'zbekiston dori vositalari reestrida ro'yxatdan o'tgan.
VITAMIN V6 (PIRIDOKSIN GIDROXLORID) inyeksiya uchun eritma 1ml 5% N10 dori vositasi ishlab chiqaruvchisi kim va u qaysi davlatda ishlab chiqarilgan?
VITAMIN V6 (PIRIDOKSIN GIDROXLORID) inyeksiya uchun eritma 1ml 5% N10 dori vositasi Jurabek Laboratories OT MChJ tomonidan O'zbekiston mamlakatida ishlab chiqarilgan.
VITAMIN V6 (PIRIDOKSIN GIDROXLORID) inyeksiya uchun eritma 1ml 5% N10 dori vositasi resept bo’yicha sotiladimi?
VITAMIN V6 (PIRIDOKSIN GIDROXLORID) inyeksiya uchun eritma 1ml 5% N10 dori vositasi resept bo'yicha sotiladigan dori

Analoglar
TRIGAMMA inyeksiya uchun eritma 2ml N5
  • Ishlab chiqarilish joyi: O'zbekiston
  • Faol modda: пиридоксина гидрохлорид (витамин В6) ko'proq ko'rsatish
  • Ishlab chiqaruvchi: Merrymed Farm, ООО, Узбекистан по заказу MaxMed Group Pharm, ООО
PIRIDOKSINA GIDROXLORID inyeksiya uchun eritma 1ml 5% N5
  • Ishlab chiqarilish joyi: O'zbekiston
  • Faol modda: пиридоксина гидрохлорид (витамин В6) ko'proq ko'rsatish
  • Ishlab chiqaruvchi: Radiks, ЧНПП
Narh: 2 500 so'mdan Batafsil
Ishlab chiqaruvchining dorilari
Narh: 10 400 so'mdan Batafsil
Narh: 3 000 so'mdan Batafsil
Narh: 4 500 so'mdan Batafsil
Narh: 5 000 so'mdan Batafsil
Narh: 6 851 so'mdan Batafsil
Narh: 7 490 so'mdan Batafsil
Narh: 4 500 so'mdan Batafsil
Narh: 3 400 so'mdan Batafsil
Narh: 5 000 so'mdan Batafsil
Narh: 6 800 so'mdan Batafsil
Narh: 5 301 so'mdan Batafsil
Narh: 7 800 so'mdan Batafsil
Narh: 1 100 so'mdan Batafsil
Narh: 15 000 so'mdan Batafsil
Narh: 11 000 so'mdan Batafsil
Narh: 24 500 so'mdan Batafsil
Narh: 11 000 so'mdan Batafsil
Narh: 15 000 so'mdan Batafsil
Narh: 3 400 so'mdan Batafsil
Narh: 3 800 so'mdan Batafsil
Narh: 4 000 so'mdan Batafsil
Narh: 7 800 so'mdan Batafsil
  • A
  • B
  • D
  • E
  • F
  • G
  • H
  • I
  • J
  • K
  • L
  • M
  • N
  • O
  • P
  • Q
  • R
  • S
  • T
  • U
  • V
  • X
  • Y
  • Z
  • Ch
  • Sh
  • 0-9