×
×

Mahsulotning ko'rinishi saytdagi rasmdan farq qilishi mumkin.

RINALER burun spreyi 18g N1

Kategoriya:
- Nazal vositalar
Ishlab chiqarilish joyi:
- Турция
Faol modda:
Мометазона фуроат
Qadoqda soni:
- 1
Ishlab chiqaruvchi:
- Santa Farma Ilac Sanayii A.S.,
Vakil:
- VEGAPHARM
ATX kodi:
- R01AD09
Shifokor konsultatsiyasi:
Noaniqliq haqida habar berish

O'xshash dorilar

OTRIVIN sprey 10ml 0,1% ГСК Консьюмер Хелскер С.А. Shveytsariya
34 700 s`om dan
FARMAZOLIN tomchilar 10ml 0,1% Фармак, ПАО Ukraina
12 000 s`om dan
Mahsulot haqida tafsilotlar
Saytda e'lon qilingan ma'lumotlar mutaxassislar uchun mo'ljallangan. O'zingizni-o'zingiz davolash bilan shug'ullanmang. Sog'lig'ingizga zarar bermaslik uchun mutaxassis bilan maslahatlashishga ishonch hosil qiling!
18 g preparatdan purkagichli va polipropilendan himoyalovchi oq qalpoqcha bilan yuqori zichlikdagi polietilendan oq rangdagi flakonda. 

1 flakondan karton qutiga davlat va rus tillardagi tibbiyotda qo'llanilishiga doir yo'riqnoma bilan birgalikda joylashtiriladi.

1 g sprey quyidagilarni saqlaydi: 

faol modda: mometazon furoati monogidrati 0,5175 mg (0,5000 mg mometazon furoatiga ekvivalent);

yordamchi moddalar: dispergirlanuvchi tsellyuloza, gliserol, limon kislotasi monogidrati, natriy tsitrat digidrati, polisorbat 80, benzalkoniy xloridi (100%), feniletil spirt, deionizasiyalangan suv.

Mometazon furoati tizimli samaralar yuz bermaydigan dozalarda yaqqol yallig'lanishga qarshi ta'sirga ega bo'lgan mahalliy qo'llash uchun glyukokortikosteroid hisoblanadi. 

Mometazon furoatining yallig'lanishga va allergiyaga qarshi ta'sirining asosiy mexanizmi allergik reaktsiyalarning mediatorlarini ajralib chiqishini susaytirish xususiyatiga bog'liq. Mometazon furoati allergik kasalliklari bo'lgan bemorlarning leykositlaridan leykotrientlarning ajralib chiqishini sezilarli kamaytiradi.

Mometazon furoati hujayralar kulturasida IL-1, IL-5, IL-6 va TNFα ning sintezi va ajralib chiqishini yuqori samaradorligini namoyish qilgan; mometazon furoati, shu bilan birga, leykotrien mahsulining faol ingibitori hisoblanadi. Bundan tashqari, modda Th2 tsitokinlar, odam CD4+ T-hujayralaridan IL-4 va IL-5 ni ajralib chiqishining kuchli ingibitori ham hisoblanadi.

Mavsumiy allergik riniti bo'lgan pasientlarda Rinalerning klinik samarasi birinchi dozani qo'llashdan keyin 12 soat o'tib vujudga keladi.

Internazal qo'llashda mometazon furoatining tizimli bioerishimligi <1% ni tashkil qiladi (aniqlash usulining sezuvchanligida 0.25 PG/ml). Mometazon furoatining suspenziyasi miyda yomon so'riladi, va nazal purkashdan keyin miy ga o'tishi mumkin bo'lgan ahamiyatsiz miqdori, siydik yoki safro bilan ekskresiyagacha faol birlamchi metabolizmga uchraydi.

Juda tez-tez (≥1/10) 

- burundan qon ketish (burun polipozida sutkad 2 marta preparatni qo'llashda).

Tez-tez (≥1/100dan <1/10gacha)

- faringit;

- yuqori nafas yo'llari infektsiyalari;

- bosh og'rig'i;

- burundan qon ketishi;

- burundagi achishish;

- burunning shilliq qavatini qo'zg'alishi va yaralar;

- tomoqning qichishishi (burun polipozida sutkad 2 marta preparatni qo'llashda).

Noma'lum

- yuqori sezuvchanlik, shu jumladan anafilaktik reaktsiyalar, angionevrotik shish, bronxospazm va nafas siqishi;

- glaukoma, ko'z ichi bosimining ko'tarilishi, katarakta, ko'rishning noaniqligi;

- burun to'sig'ining teshilishi;

- ta'm va hid bilishning buzilishi.

Bolalar

Nafas olish tizimi, ko'krak qafasi a'zolari tomonidan buzilishlar va ko'ks oralig'i a'zolari tomonidan: burundan qon ketishlar (6%), burun shilliq qavatining qo'zg'alishi (2%), aksirish (2%). 

Nerv tizimi tomonidan: bosh og'rig'i (3%).

Bolalarda ko'rsatib o'tilgan nojo'ya ta'sirlarning paydo bo'lish tez-tezligi plasebo qo'llashda ularning vujudga kelish tez-tezligi bilan qiyoslanuvchi bo'lgan.

Taxmin qilinadigan nojo'ya reaktsiyalar haqidagi ma'lumotlarni xabar qilish 

Dori vositasini ro'yxatdan o'tkazgandan keyin nojo'ya ta'sirlar haqidagi ma'lumotlarni xabar berish preparatni qo'llashning foydasi va xavfi nisbatini monitoringi uchun muhim ahamiyatga ega. Barcha tibbiyot xodimlari va pasientlarga har qanday nojo'ya reaktsiyalar haqidagi ma'lumotlarni mazkur tibbiy qo'llashga doir Yo'riqnomaning oxirisida ko'rsatilgan manzil va telefon raqamlari bo'yicha xabar qilish kerak.

Rinalerni respirator yo'llarning faol yoki latent infektsiyasi, davolanmagan zamburug'li, bakterial infektsiya, yoki tizimli virus infektsiya, yoki ko'zlarni shikastlash bilan oddiy gerpes infektsiyasi bo'lgan pasientlarda ehtiyotkorlik bilan qo'llash yoki umumun qo'llamaslik kerak.

Kortikosteroidlarni qo'llaydigan pasientlar, pasaygan immun reaktivlikka potentsial ega bo'lishi mumkin va ba'zi infektsion kasalliklar (masalan, suvchechak, qizamiq) bilan kasallanganlar bilan aloqa qilish holatida yuqtirish xavfi yuqoriligi haqida, hamda agar bunday aloqa sodir bo'lgan bo'lsa, shifokor bilan maslahatlashish haqida ogohlantirilgan bo'lishlari kerak.

Mometazon furoati bilan 12-oylik davolashdan keyin burunning shilliq qavatini atrofiyasi belgilari rivojlanmagan; bundan tashqari mometazon furoati burunning shilliq qavatini gistologik suratini me'yorlashishiga yordam bergan. Har qanday boshqa uzoq muddatli davolashda, bir necha oy va undan ko'p Rinaler dori vositasini qo'llab kelayotgan pasientlar, burunning shilliq qavatini ehtimolli o'zgarishlarini aniqlash predmetiga ko'rikdan davriy o'tishlari kerak. Burun yoki tomoqning lokal zamburug'li infektsiyasi rivojlanishi holatida Rinaler dori vositasi bilan davolashni to'xtatish yoki maxsus davolashni o'tkazilishi zarur. Uzoq vaqt davomida saqlanib qoladigan burun va tomoqning shilliq qavatining qo'zg'alishi, shu bilan birga Rinaler bilan davolashning to'xtatilishiga ko'rsatma bo'lishi mumkin.

Burun to'sig'ining teshilishi holatida preparat tavsiya etilmagan.  

Preparat benzalkoniy xloridini saqlaydi, u burunning shilliq qavatini qo'zg'alishini chaqirishi mumkin.

Nazal kortikosteroidlarning tizimli samaralari vujudga kelishi mumkin, binobarin uzoq muddat qo'llash uchun mo'ljallangan yuqori dozalarni qo'llashda. Ushbu belgilar peroral kortikosteroidlarni qo'llashga qaraganda sezilarli kam holatlarda vujudga keladi, ular turli pasientlarda va turli kortikosteroidlarni qabul qilishda turli bo'lishi mumkin. Kortikosteroidlarning tizimli ta'siri Kushing sindromi, kishingsifat simptomlar, buyrak usti bezi faoliyatining susayishi, bolalarda va o'smirlarda o'sishning tutilishi, katarakta, glaukoma va kam hollarda, ruhiy yoki hulq o'zgarishlari, jumladan psixomotor yuqori reaktivlik, uyquning buzilishi, havotirlik, depressiya yoki agressiya (ayniqsa bolalarda) kabi namoyon bo'lishi mumkin. 

Intranazal kortikosteroidlarni qo'llashdan keyin ko'z ichi bosimning ko'tarilishi haqida alohida xabarlar mavjud bo'lgan.

Tizimli va mahalliy ta'sir kortikosteroidlarining qo'llanilishida (jumladan intranazal, ingalyasion va ko'z ichiga yuborilishida) ko'rish qobiliyatining buzilishi vujudga kelishi mumkin. Agar ko'rishning noaniqligi yoki ko'rish qobiliyati tomonidan boshqa buzilishilar kabi shunday simptomlar vujudga kelsa, pasientlar ko'rish qobiliyatini buzilishining ehtimolli sabablarini aniqlash uchun oftalmologda tekshiruvdan o'tishi kerak, ular o'z ichiga kataraktani, glaukomani yoki Markaziy seroz xorioretinopatiyasi kabi noyob kasalliklar kabilarni kiritishi mumkin, bu haqda tizimli va mahalliy kortikosteroidlarni qo'llashdan keyin xabar berilgan.

Tizimli ta'sir kortikosteroidlari bilan uzoq muddatli davolashdan keyin Rinaler dori vositasi bilan davolashdan o'tayotgan pasientlar ustidan nazorat shifokor tomonidan sinchkovlik bilan olib borilishi zarur.

Bunday pasientlarda tizimli ta'sir kortikosteroidlarini qabul qilinishini bekor qilish bir necha oy davomida buyrak usti bezlarining po'stlog'i faoliyatining etishmovchiligiga olib kelishi mumkin, bu tizimli kortikosteroidlar bilan davolashni tiklanishini va boshqa muvofiq davolashni qo'llanilishini talab etishi mumkin. Tizimli ta'sir kortikosteroidlari bilan davolashdan Rinaler preparati bilan davolashga o'tish vaqtida ba'zi pasientlarda, burun simptomlarining engillashishi bilan bir qatorda, kortikosteroidlarni bekor qilish simptomlari vujudga kelishi mumkin (masalan, bo'g'imlarda va/yoki mushaklardagi og'riq, charchoqlik hissi va depressiya). Davolashning almashtirilishi shu bilan birga oldin rivojlangan va tizimli ta'sir kortikosteroidli davolash bilan niqoblangan allergik kasalliklarni (allergik kon'yuktivit, ekzema va hokazolar kabi) aniqlashi ham mumkin.

Tavsiya etilgan dozalardan yuqori dozalarda davolash buyrak usti bezlarining faoliyatini klinik yaqqol ko'rinadigan susayishiga olib kelishi mumkin. Ancha yuqori dozalarni qo'llash uchun ko'rsatmalarning mavjudligida, ayniqsa stress davrida yoki rejadagi xirurgik aralashuvda, boshqa tizimli kortikosteroidlar bilan majmua ehtimolini ko'rib chiqilishi kerak. 

Bir tomonlama poliplarni, kistoz fibroz bilan bog'liq bo'lgan poliplarni, yoki burun bo'shlig'ini to'liq to'ldiradigan poliplarni davolashda mometazon furoatining xavfsizligi va samaradorligi etarlicha o'rganilmagan.

Noodatiy yoki o'zgargan tashqi ko'rinishga ega bo'lgan bir tomonlama poliplarning mavjudligida, ayniqsa yaralar yoki qon ketishlar mavjudligida, tekshirishning qo'shimcha usullarini o'tkazish kerak.

Kichik yoshdagi bolalarni preparatni qo'llanilishi kattalar nazorati ostida o'tkazilishi kerak.

Nazal kortikosteroidlar bilan uzoq muddatli davolashni olayotgan bolalarni bo'yini muntazam o'lchash tavsiya etiladi. O'sishning sekinlashishi aniqlanishi holatida simptomlarni samarali nazorati qo'llab turilgan eng past dozagacha nazal kortikosteroidlarning dozasini ehtimolli pasaytirilishini ko'rib chiqish zarur. Bundan tashqari, pasientni pediatr ko'rigidan o'tishga yuborish kerak. 

Rinaler preparati bilan davolash ko'pchilik pasientlarda nazal kasalliklarning nazoratini ta'minlaydi, biroq, kasallikning oftalmologik simptomlarini engillashtirish uchun qo'shimcha davolashning ehtimolini ko'rib chiqish kerak.

Yordamchi moddalar

1 g Rinaler preparati 0.2 mgga ekvivalent benzalkoniy xloridini saqlaydi. Bu miqdor bronxospazmni chaqirmaydi.

- kattalarda va 3 yoshdan katta bolalarda mavsumiy yoki yillik allergik rinitni davolash;

- o'tkir sinusit yoki kattalarda (jumladan keksa yoshdagilarda) va 12 yoshdan keyin o'smirlarda surunkali sinusitning zo'riqishi - antibiotiklar bilan davolashda yordamchi davolash vositasi sifatida;

- 12 yoshdan pasientlarda og'ir bakterial infektsiyaning ko'rinishlarisiz engil va o'rtacha yaqqol ko'rinuvchan simptomlar bilan o'tkir rinosinusit;

- kattalarda va 12 yoshdan o'smirlarda o'rtacha og'irlikdagi va og'ir o'tadigan mavsumiy allergik rinitni oldini olish davolanishida (changlanish mavsumining taxmin qilinuvchi boshlanishigacha 2-4 hafta oldin qo'llash tavsiya etiladi);

- 18 yoshdan pasientlarda nazal polip va u bilan bog'liq simptomlarni, jumladan burun bitishi va hid bilishning yo'qolishini davolashda qo'llaniladi.

- faol modda, yordamchi komponentlarga yuqori sezuvchanlik;

- burunning shilliq qavati bilan bog'liq bo'lgan davolanmagan lokalizasiya qilingan infekiyalarning mavjudligi;

- burun bo'shlig'ida yaqinda o'tkazilgan xirurgik operasiya yoki jarohat (kortikosteroidlar jarohat bitishini sekinlashtiradi); 

- bolalar yoshi (mavsumiy va yillik allergik rinitlarda - 3 yoshgacha, o'tkir sinusit yoki surunkali sinusitning hurujida - 12 yoshgacha, polipozda - 18 yoshgacha) - muvofiq ma'lumotlar mavjud emasligi munosabatida.

Ehtiyotkorlik bilan: respirator yo'lning sil infektsiyasi (faol yoki latent); davolanmagan zamburug'li, bakterial, tizimli virus infektsiyasi yoki ko'zlarni shikastlash bilan Herpes simplex tomonidan chaqirilgan infektsiyalar (istisno tariqasida shifokor ko'rsatmasi bo'yicha sanab o'tilgan infektsiyalarda preparatni buyurish ehtimoli); burun bo'shlig'ining shilliq qavatini jarayonga jalb qilish bilan davolanmagan mahalliy infektsiyaning mavjudligi.

Mometazon furoati bilan loratadinni bir vaqtda qo'llanilganda loratadinning yoki uning asosiy metabolitining qon plazmasida kontsentrasiyasiga ta'sir qayd qilinmagan, qon plazmasida mometazon furoati esa 50 PG/ml aniqlash usuli sezuvchanligida aniqlanmagan. Majmualangan davolashni pasientlar yaxshi o'tkazishgan.

Mometazon furoatining CYP3A4 kuchli ingibitorlari, jumladan kobitsistat saqlovchi preparatlar bilan bir vaqtda qo'llanilishi kortikosteroidlar ekspozisiyasining ko'tarilishiga va, oqibatda, kortikosteroidlarning tizimli nojo'ya samaralari xavfini potentsial oshishiga olib kelishi mumkin. Preparatlarni bir vaqtda qo'llanilishi ustunligi va kortikosteroidlarning tizimli nojo'ya samaralarining rivojlanishini potentsial xavfi haqidagi masalani ko'rib chiqilishi kerak.

25°C dan yuqori bo'lmagan haroratda quruq, yorug'likdan himoyalangan joyda saqlansin. 

Muzlatilmasin.

Bolalar ololmaydigan joyda saqlansin.


Yaroqlilik muddati 2 yil.

Yaroqlilik muddati o'tgandan so'ng qo'llanilmasin.

oq rangli, siltashda bir tusdagi suvli suspenziya.

Mavsumiy yoki yillik allergik rinit

Kattalarga (jumladan keksa yoshdagi pasientlarga) va 12 yoshdan katta bolalarga preparatning tavsiya etiladigan dozasi sutkada 1 marta har bir burun yo'liga 2 purkashni (har biri 50 mkgdan) tashkil qiladi (umumiy sutkalik doza - 200 mkg).  Qo'llab turuvchi davolash uchun davolash samarasiga erishish bo'yicha sutkada 1 marta har bir burun yo'liga 1 purkashgacha dozani pasaytirish maqsadga muvofiq (umumiy sutkalik doza - 100 mkg). Agar kasallikning simptomlarini yaqqol ko'rinishlarini kamaytirish tavsiya etiladigan dozada preparatni qo'llash bilan erishish imkoni bo'lmasa, sutkalik dozani maksimalgacha oshirish mumkin: sutkada 1 marta har bir burun yo'liga 4 purkashdan (umumiy sutkalik doza - 400 mkg). Kasallik simptomlarining yaqqol ko'rinishini pasaytirgandan keyin dozani pasaytirish tavsiya etiladi.

3 yoshdan 11 yoshgacha bolalarga tavsiya etiladigan doza sutkada 1 marta har bir burun yo'liga 1 purkashni (50 mkg) tashkil qiladi (umumiy sutkalik doza - 100 mkg). 

Mavsumiy allergik riniti bo'lgan ba'zi pasientlarga klinik samaraning boshlanishi, davolash boshlangandan keyin birinchi 12 soat vaqtdayoq kuzatilishi mumkin, garchi to'liq ta'sirga faqat 48 soat o'tgandan so'ng erishish mumkin. Shuning uchun to'liq klinik samaraga erishish uchun dori vositasini muntazam qo'llash muhimdir.

Anamnezda o'rta va og'ir darajadagi mavsumiy allergik rinit simptomlari bo'lgan pasientlarga Rinaler preparati bilan davolashni kutilayotgan gullash mavsumi boshlanishigacha bir necha kun avval boshlash zarur.

Burun polipozi

Kattalarga (shu jumladan keksa yoshdagi pasientlarga) va 18 yoshdan katta bolalarga preparatning tavsiya etiladigan dozasi sutkada 1 marta har bir burun yo'liga 2 purkashni (50 mkgdan) tashkil qiladi (umumiy sutkalik doza - 200 mkg). Agar kasallik simptomlarining yaqqol ko'rinishlarini preparatni 5-6 hafta davomida tavsiya etilgan dozada qo'llash orqali pasaytirishga erishish imkoni bo'lmasa, sutkalik dozani sutkada 2 marta har bir burun yo'liga 2 purkashgacha oshirish mumkin (umumiy sutkalik doza - 400 mkg). Dozaga kasallik simptomlari samarali nazorat qilinadigan eng past dozagacha tuzatish kiritilishi kerak. Agar sutkada 2 marta qabul qilishda 5-6 hafta o'tib simptomlarning yaqqol ko'rinishi pasaymayotgan bo'lsa, davolashning muqobil variantlarini ko'rib chiqish kerak.

Qo'llash usuli

Preparatni birinchi marta qo'llanilishidan avval flakonni yaxshilab silkitish va dozalovchi uchlikni taxminan 10ta bosish kerak (bir tusdagi spreyni olgunga qadar), bunda har bir bosishda 50 mkg mometazonni (bir doza) saqlovchi taxminan 100 mg suspenziyaning otib chiqishini amalga oshiriluvchi preparatning uzatilishi o'rnatiladi.  Agar dozalovchi uchlikni 14 kun yoki undan ham ko'p vaqt ishlatilmagan bo'lsa, bir tusdagi spreyni olgunga qadar ikki marta bosish bilan dozalovchi uchlikni takroran tayyorlash zarur. Har bir qo'llashdan avval flakon yaxshilab silkitilsin. Yorliqda ko'rsatilgan dozalar miqdorini qo'llashdan keyin yoki birinchi qo'llashdan keyin 2 oy o'tib flakonni tashlab yuborish kerak.

Simptomlari: ingalyasiyalar yoki kortikosteroidlarning yuqori dozalarini ichga qabul qilinishi gipotalam-gipofizar-buyrak usti tizimining susayishiga olib kelishi mumkin. Mometazon furoatining past (≤0.1%) tizimli bioerishimligi natijasida Rinaler dori vositasining dozasini oshirib yuborish kam ehtimolli (aniqlash usulining sezuvchanligida 0.25 PG/ml), tavsiya etilgan dozada preparatni keyingi qo'llanilishi bilan pasient ustidan nazoratdan tashqari, hech qanday choralarni talab qilmaydi.  

Davolash: simptomatik davolash.

Homilador ayollar tomonidan qo'llash bo'yicha tadqiqotlar o'tkazilmagan. Biroq, intranazal qo'llash uchun boshqa kortikosteroidlar kabi, Rinaler homilador ayollarda, faqat agar uning qo'llanilishidan kutilayotgan foyda ona, homila yoki bola uchun potentsial xavfni oqlasa, qo'llaniladi. Onalari homiladorlik vaqtida kortikosteroidlarni qo'llagan go'daklarni ehtimolli buyrak usti bezlari gipofunktsiyasi predmetiga sinchkovlik bilan tekshirish kerak. Laktasiya davri Mometazon furoati ko'krak sutiga ajralib chiqishi noma'lum. Foyda va xavf nisbatini hisobga olib, ko'krak bilan oziqlantirishni to'xtatish yoki davolashni bekor qilish zarur.

Fikr qoldirish
Baho:
              
Matnni kiriting

Ismingiz
Fikr-mulohazangiz moderator tekshiruvidan so'ng nashr etiladi

Mahsulot bo'yicha savolingiz bormi?

Savol qoldirish

Mulohazalar

RINALER burun spreyi 18g N1 dori vositasi O'zbekiston dori vositalari reestrida ro'yxatdan o'tganmi?
Ha, preparat O'zbekiston dori vositalari reestrida ro'yxatdan o'tgan.
RINALER burun spreyi 18g N1 dori vositasi ishlab chiqaruvchisi kim va u qaysi davlatda ishlab chiqarilgan?
RINALER burun spreyi 18g N1 dori vositasi Santa Farma Ilac Sanayii A.S., tomonidan Турция mamlakatida ishlab chiqarilgan.
RINALER burun spreyi 18g N1 dori vositasi resept bo’yicha sotiladimi?
RINALER burun spreyi 18g N1 dori vositasi resept bo'yicha sotilmaydi.

Analoglar
NOZATON sprey 12ml 0,05%
  • Ishlab chiqarilish joyi: O'zbekiston
  • Faol modda: Мометазона фуроат ko'proq ko'rsatish
  • Ishlab chiqaruvchi: Aseptica, ООО
  • Vakil: Aseptica
Narh: 70 000 so'mdan Batafsil
VEGTAZON krem 15g N1
  • Ishlab chiqarilish joyi: Bolgariya
  • Faol modda: Мометазона фуроат ko'proq ko'rsatish
  • Ishlab chiqaruvchi: VEGAPHARM LLP, Великобритания произведено: Balkanpharma-Razgrad AD
  • Vakil: VEGAPHARM
Narh: 75 000 so'mdan Batafsil
  • A
  • B
  • D
  • E
  • F
  • G
  • H
  • I
  • J
  • K
  • L
  • M
  • N
  • O
  • P
  • Q
  • R
  • S
  • T
  • U
  • V
  • X
  • Y
  • Z
  • Ch
  • Sh
  • 0-9