×
×
  • RINGER LAKTAT infuziya uchun eritma 250ml

Mahsulotning ko'rinishi saytdagi rasmdan farq qilishi mumkin.

RINGER LAKTAT infuziya uchun eritma 250ml

Kategoriya:
- Qon va qon aylanishi
Ishlab chiqarilish joyi:
- O'zbekiston
Ishlab chiqaruvchi:
- Dentafill Plyus, ООО
ATX kodi:
- B05BB
Noaniqliq haqida habar berish
Toshkentning 88 ta dorixonasida topildi

ico 7 000 s`om dan

Bron qilish

O'xshash dorilar

Mahsulot haqida tafsilotlar
Saytda e'lon qilingan ma'lumotlar mutaxassislar uchun mo'ljallangan. O'zingizni-o'zingiz davolash bilan shug'ullanmang. Sog'lig'ingizga zarar bermaslik uchun mutaxassis bilan maslahatlashishga ishonch hosil qiling!
RINGER LAKTAT infuziya uchun eritma 250ml qo'lanishi bo'yicha ko'rsatmalar

QO‘LLASH BO‘YICHA YO‘RIQNOMA

RINGER

RINGER

 

Preparatning savdo nomi: Ringer

Ta‘sir etuvchi moddalari (XPN): natriy xloridi, kaliy xloridi, kalsiy xloridi digidrati.

Dori shakli: infuziya uchun eritma.

Tarkibi:

1 ml eritmada quyidagilar saqlanadi:

faol moddalar: natriy xloridi – 8,6 mg, kalsiy xloridi digidrati – 0,33 mg, kaliy xloridi – 0,3 g;

yordamchi modda: in‘eksiya uchun suv – 1 ml gacha.

Ta‘rifi: tiniq, rangsiz eritma.

Farmakoterapevtik guruhi: Tuzli eritmalar.

ATX kodi: V05VV

 

Farmakologik xususiyatlari

Ringer eritmasi yo‘qotilgan ekstrasellyular suyuqlikning va asosiy elektrolitlar (natriy, kaliy, kalsiy) va xloridlarning o‘rnini to‘ldiradi.

Regidratasiyalovchi va dezintoksikasiyalovchi ta‘sir ko‘rsatadi.

 

Farmakokinetikasi

Aylanayotgan qon hajmini to‘ldiruvchi vosita sifatida qo‘llanganida, qon tomir xavzasidan tashqaridagi bo‘shliqqa tez chiqishi sababli, samarasi faqat 30-40 minut davomida saqlanadi (shuning uchun eritma aylanayotgan qon hajmini faqat qisqa muddatli to‘ldirish uchun yaroqlidir). Siydik bilan chiqariladi.

 

Qo‘llanilishi

Eritrositlar o‘rnini to‘ldirishning zarurati bo‘lmagan hollarda plazma o‘rnini bosuvchi vosita sifatida: shok, kollaps, kuyish, davomli qayt qilish va diareyada qo‘llanadi. Preparat turli genezli degidratasiyada, giponatriemiyada, gipovolemik shokda (yordamchi davolash sifatida), suyuqlikni yo‘qotilishi bilan bog‘lik bo‘lgan metabolik alkalozda qo‘llanadi.

 

Qo‘llash usuli va dozalari

Eritma faqat vena ichiga (v/i) yuborish uchun mo‘ljallangan.

Doza pasientning yoshiga, tana vazniga, klinik holatiga va laborator ko‘rsatkichlariga qarab, shifokor tomonidan buyuriladi. V/i tomchilab sutkada 500 ml dan 1000 ml gacha yuboriladi, yuborishning o‘rtacha tezligi tana vazniga – 3,0 ml/kg yoki minutiga 70 tomchini yoki soatiga 250 ml ni tashkil qiladi.

Eritmani buyurish, har bir pasient uchun suyuqlikni tutib turuvchi yoki ehtiyojini o‘rnini bosuvchi hajmini nazarda tutilgani hisobiga asoslangan bo‘lishi kerak.

Umumiy sutkalik doza tana vaznining 2-6% ni tashkil qiladi.

Parenteral preparatlarni ishlatishdan avval zarrachalar borligini tekshirish va rangini o‘zgarishishini vizual tekshirish lozim.

Nojo‘ya ta‘sirlari

Suyuqlikning katta hajmi yuborilganda asidoz rivojlanishi mumkin.

Noadekvat yuqori dozada suv-elektrolit balansi buzilishi, shu jumladan gipovolemiya, gipernatriemiya, giperkaliemiya, giperkalsiemiya, giperxloremiya bo‘lishi mumkin.

Qo‘llash mumkin bo‘lmagan holatlar

  • preparatning komponentlariga o‘ta yuqori sezuvchanlik;
  • dekompensasiyalangan yurak yetishmovchiligi;
  • giperkaliemiya;
  • oliguriya va anuriya;
  • o‘tkir buyrak yetishmovchiligi;
  • o‘pka shishi;
  • miya shishi;
  • giperkoagulyasiya;
  • gipergidratasiya;
  • tromboflebit;
  • metabolik asidoz;
  • giperkalsiemiya;
  • yondosh davolash.

 

Dorilarning o‘zaro ta‘siri

Quyidagi dori vositalari bilan bir vaqtda qo‘llanganida organizmda natriyni tutilishi oshishi mumkin: nosteroid yallig‘lanishga qarshi preparatlar, androgenlar, anabolik gormonlar, estrogenlar, kortikotropin, mineralokortikoidlar, vazodilatatorlar yoki ganglioblokatorlar.

Kaliyni tejovchi diuretiklar, AAF ingibitorlari va kaliy preparatlari bilan qabul qilinganida giperkaliemiyani rivojlanish xavfi kuchayadi.

Yurak glikozidlari bilan majmuada qo‘llanganda, ularning zaharli samaralarining ehtimoli oshadi.

Maxsus ko‘rsatmalar

Katta hajmda tez yuborilgan hollarda kislota-ishqor muvozanatini va elektrolitlarning darajasini nazorat qilish kerak. Qon rN ning o‘zgarishi kislotali bo‘lishi K+ – ionlarini qayta taqsimlanishiga olib keladi (rN ni pasayishi zardobda K+ – ionlarining miqdorini oshishiga olib keladi).

Uzoq muddat qo‘llanganida plazmadagi elektrolitlarning konsentrasiyasini va sutkalik diurezni nazorat qilish kerak.

Xlor ionlarining darajasini yuqoriligi tufayli, preparatni uzoq muddat qo‘llash tavsiya qilinmaydi.

Homiladorlik davrida ona uchun kutiladigan foyda, homila uchun bo‘lgan xavfdan ustun bo‘lgan hollarda qo‘llangadi.

Preparat bolalar ololmaydigan joyda saqlansin va o‘ramida ko‘rsatilgan yaroqlilik muddati o‘tganidan keyin ishlatilmasin.

Dozani oshirib yuborilishi

Doza sezilarli oshirib yuborilganida, asidoz va gipergidratasiya ko‘rinishlari kuzatilishi mumkin. Bunday hollarda preparatni yuborishni darhol to‘xtatish kerak. Simptomatik davolash o‘tkaziladi.

Chiqarilish shakli

Infuziya uchun eritma 100 ml, 200 ml, 250 ml, 400 ml va 500 ml dan butilkada (flakonlarda).

Saqlash sharoiti

Quruq. yorug‘likdan himoyalangan joyda, 250S dan yuqori bo‘lmagan haroratda saqlansin.

 

Yaroqlilik muddati

2 yil.

Dorixonalardan berish tartibi

Resept bo‘yicha.

Ulashish:

Fikr qoldirish
Baho:
              
Matnni kiriting

Ismingiz
Fikr-mulohazangiz moderator tekshiruvidan so'ng nashr etiladi

Mahsulot bo'yicha savolingiz bormi?

Savol qoldirish

Mulohazalar

RINGER LAKTAT infuziya uchun eritma 250ml dori vositasi O'zbekiston dori vositalari reestrida ro'yxatdan o'tganmi?
Ha, preparat O'zbekiston dori vositalari reestrida ro'yxatdan o'tgan.
RINGER LAKTAT infuziya uchun eritma 250ml dori vositasi ishlab chiqaruvchisi kim va u qaysi davlatda ishlab chiqarilgan?
RINGER LAKTAT infuziya uchun eritma 250ml dori vositasi Dentafill Plyus, ООО tomonidan O'zbekiston mamlakatida ishlab chiqarilgan.
RINGER LAKTAT infuziya uchun eritma 250ml dori vositasi resept bo’yicha sotiladimi?
RINGER LAKTAT infuziya uchun eritma 250ml dori vositasi resept bo'yicha sotiladigan dori

Ishlab chiqaruvchining dorilari
NISTATIN maz 15g 100000 YeD/1 g
Narh: 6 600 so'mdan Batafsil
NISTATIN maz 10g 100000 YeD/1 g
Narh: 6 000 so'mdan Batafsil
DIMEDROL inyeksiya uchun eritma 1ml 1% N10
Narh: 4 000 so'mdan Batafsil
PARASETAMOL sirop 90ml 2,4%
Narh: 1 800 so'mdan Batafsil
LEVOMISETIN ko'z tomchilari 10ml 0,25%
Narh: 5 000 so'mdan Batafsil
PARASETAMOL sirop 40ml 2,4%
Narh: 3 000 so'mdan Batafsil
Narh: 12 000 so'mdan Batafsil
TIMALOL ko'z tomchilari 5ml 0,25%
NIMESUL poroshok 100mg 100 mg/2 g N30
PARASETAMOL sirop 50ml 2,4%
NIKLOZAMID tabletkalari 0,25g N10
GASTROSIDIN DF tabletkalari 20mg N10
SULFASIL NATRIYA ko'z tomchilari 5ml 20%
Narh: 4 000 so'mdan Batafsil
IXTIOL suppozitorii 200mg N10
Narh: 6 700 so'mdan Batafsil
LORATADIN tabletkalari 0,01g N10
Narh: 4 000 so'mdan Batafsil
VALIDOL tabletkalari 0,06g N10
Narh: 2 000 so'mdan Batafsil
BENZILBENZOAT maz 20g 20%
RINGER LAKTAT infuziya uchun eritma 200ml
  • Ishlab chiqarilish joyi: O'zbekiston
  • Ishlab chiqaruvchi: Dentafill Plyus, ООО
Narh: 8 000 so'mdan Batafsil
PIRASETAM inyeksiya uchun eritma 5ml 20% N5
  • Ishlab chiqarilish joyi: O'zbekiston
  • Ishlab chiqaruvchi: Dentafill Plyus, ООО
Narh: 4 500 so'mdan Batafsil
PIRASETAM inyeksiya uchun eritma 5ml 20% N10
  • Ishlab chiqarilish joyi: O'zbekiston
  • Ishlab chiqaruvchi: Dentafill Plyus, ООО
Narh: 6 700 so'mdan Batafsil
NOVOKAIN inyeksiya uchun eritma 5ml 0,5% N5
  • Ishlab chiqarilish joyi: O'zbekiston
  • Ishlab chiqaruvchi: Dentafill Plyus, ООО
Narh: 4 000 so'mdan Batafsil
NATRIYA XLORID eritma 5ml 0,9% N10
  • Ishlab chiqarilish joyi: O'zbekiston
  • Ishlab chiqaruvchi: Dentafill Plyus, ООО
Narh: 2 200 so'mdan Batafsil
NATRIYA XLORID eritma 5ml 0,9% N5
  • Ishlab chiqarilish joyi: O'zbekiston
  • Ishlab chiqaruvchi: Dentafill Plyus, ООО
Narh: 4 000 so'mdan Batafsil
  • A
  • B
  • D
  • E
  • F
  • G
  • H
  • I
  • J
  • K
  • L
  • M
  • N
  • O
  • P
  • Q
  • R
  • S
  • T
  • U
  • V
  • X
  • Y
  • Z
  • Ch
  • Sh
  • 0-9