×
×
  • Rinza Lorsept

Mahsulotning ko'rinishi saytdagi rasmdan farq qilishi mumkin.

Rinza Lorsept

Kategoriya:
- Nafas olish tizimi
Faol modda:
Амилметакрезол, дихлоробензиловый спирт
ATX kodi:
- N02BE51
Shifokor konsultatsiyasi:
Noaniqliq haqida habar berish

O'xshash dorilar

PEFSAL aerozol 250mkg 25/250 mkg/doza 120 doz World Medicine Ilaс San. Ve Tic. A.S. Turkiya
189 000 s`om dan
EYRTEK aerozol 25mkg+125mkg N120 Glenmark Pharmaceuticals Ltd Hindiston
VENTAKORT aerozol 100mkg World Medicine Ilaс San. Ve Tic. A.S. Turkiya
37 000 s`om dan
AMMIAK eritma 20ml 10% Radiks, ЧНПП O'zbekiston
3 300 s`om dan
Mahsulot haqida tafsilotlar
Saytda e'lon qilingan ma'lumotlar mutaxassislar uchun mo'ljallangan. O'zingizni-o'zingiz davolash bilan shug'ullanmang. Sog'lig'ingizga zarar bermaslik uchun mutaxassis bilan maslahatlashishga ishonch hosil qiling!
Rinza Lorsept qo'lanishi bo'yicha ko'rsatmalar

QO‘LLASH BO‘YICHA YO‘RIQNOMA

RINZA®

RINZA®

 

Preparatning savdo nomi:  Rinza®

Ta‘sir etuvchi moddalar (XPN): kofein+parasetamol+fenilefrin+xlorfenamin

Dori shakli: tabletkalar

Tarkibi:

1 tabletka quyidagilarni saqlaydi:

faol moddalar:

kofein                                                                      30 mg

parasetamol                                                             500 mg

fenilefrin gidroxloridi                                   10 mg

xlorfenamin maleati                                            2 mg

yordamchi moddalar:

kolloid kremniy dioksidi                                               7,0 mg

makkajo‘xori kraxmali                                          62,5 mg

makkajo‘xori kraxmali (20% li pasta uchun)       20,0 mg

Povidon (K30)                                                         4,0 mg

natriy metilparagidroksibenzoati                    1,0 mg

magniy stearati                                                      6,0 mg

talk                                                                         7,0 mg

karboksimetilkraxmal natriy (A turi)              10,0 mg

punsoviy [Ponso 4R] bo‘yovchisi                            0,5 mg

Ta‘rifi: dumaloq, yassi, to‘q-pushti va oq dog‘lari bo‘lgan pushti rangli, chetlari kesilgan va bir tomonida bo‘lish uchun riskasi bo‘lgan tabletkalar.

Farmakoterapevtik guruhi: o‘tkir resperator kasallik simptomlarini bartaraf qilish uchun vosita.

ATX kodi: N02BE

 

Farmakologik xususiyatlari

Majmuaviy preparat.

Parasetamol – isitmani tushiruvchi va analgeziyalovchi ta‘sir ko‘rsatadi: shamollash kasalliklarida kuzatiladigan og‘riq sindromini – tomoq og‘rig‘i, bosh og‘rig‘i, mushak va bo‘g‘im og‘rig‘ini kamaytiradi, yuqori haroratni pasaytiradi.

Fenilefrin – tomirlarni toraytiruvchi ta‘sir ko‘rsatadi – nafas yo‘llarining yuqori bo‘limlari va qo‘shimcha bo‘shliqlarning shilliq qavatlarini shishi va giperemiyasini kamaytiradi.

Xlorfenamin – antiallergik ta‘sir ko‘rsatadi: ko‘z, burun va tomoqni qichishishini, burun bo‘shlig‘i, buruntomoq va burunning qo‘shimcha bo‘shliqlari shilliq qavatlarining shishi va giperemiyasini yo‘qotadi, ekssudativ ko‘rinishlarni kamaytiradi.

Kofein – markaziy nerv tizimiga rag‘batlantiruvchi ta‘sirga ega, bu charchoqlik va uyquchanlikni kamayishiga, aqliy va jismoniy ish qobilyatini oshishiga olib keladi.

 

Qo‘llanilishi

«Shamollash kasalliklari» O‘RVK, shu jumladan grippni simptomatik davolash (isitma sindromi, og‘riq sindromi, rinoreya) da qo‘llaniladi.

Qo‘llash usuli va dozalari

Ichga. 15 yoshdan oshgan bolalar va kattalarga – 1 tabletkadan kuniga 3-4 marta. Maksimal sutkalik doza – 4 tabletka. Davolash kursi 5 kundan ko‘p emas.

Nojo‘ya ta‘sirlari

Allergik reaksiyalar: teri toshmasi, qichishish, eshakemi, angionevrotik shish.

Nerv tizimi tomonidan: bosh aylanishi, uyquga ketishini buzilishi, yuqori qo‘zg‘aluvchanlik.

Yurak-qon tomir tizimi tomonidan: arterial bosimni oshishi, taxikardiya.

Me‘da-ichak tizimi tomonidan: ko‘ngil aynishi, qusish, epigastral soxada og‘riq, og‘iz bo‘shlig‘ida shilliq qavatning qurishi, gepatotoksik ta‘sir.

Sezgi a‘zolari tomonidan: midriaz, parez, akkomodasiya, ko‘z ichki bosimini oshishi.

Qon yaratish a‘zolari tomonidan: anemiya, trombositopeniya, agranulositoz, gemolitik anemiya, aplastik anemiya, metgemoglobinemiya, pansitopeniya.

Siydik-chiqarish tizimi tomonidan: siydikni tutilishi, nefrotoksiklik (buyrak sanchiqlari, glyukozuriya, interstisial nefrit, papillyar nekroz).

Boshqalar: bronxospazm.

Jiddiy teri reaksiyalari:

Juda kam:

  • o‘tkir tarqalgan ekzantematoz pustulez (O‘GEP). O‘tkir yiringli toshmalar rivojlanish xolatlari. Achishish va qichishish bilan kechuvchi isitma va diffuz eritema bilan xarakterlanadi.
  • Stivens-Djonson sindromi (SDS) (xavfli ekssudativ eritema). Og‘iz bo‘shlig‘i, tomoq, ko‘z, jinsiy a‘zolar shilliq qavati, teri va shilliq qavatlarning boshqa sohalarida pufakchalar paydo bo‘ladigan ko‘p shaklli eritemaning og‘ir turi.
  • Toksik epidermal nekroliz (TEN, Layell sindromi). Sindrom kreatinositlarning dermoepidermal birikmalar joylarida terining katta soxalari ko‘chishiga olib keluvchi keng qo‘llamli apoptozi oqibatidir. Zararlangan teri qaynoq suvda kuygan teri ko‘rinishiga ega.
  • Agar Siz yuqorida ta‘riflangan nojo‘ya ta‘sirlardan birortasini aniqlagan bo‘lsangiz preparatni qabul qilishni to‘xtatishingiz va darxol shifokorga murojaat qilishingiz lozim!

 

Qo‘llash mumkin bo‘lmagan holatlar

Koronar arteriyalarining yaqqol aterosklerozi; arterial gipertenziya; qandli diabet, parasetamolga va preparatning tarkibiga kiruvchi boshqa komponentlarga yuqori sezuvchanlik; Rinza® ning tarkibiga kiruvchi moddalarni saqlovchi boshqa preparatlarni qabul qilish; trisiklik antidepressantlar, monoaminooksidaza (MAO) ingibitorlari, beta-adrenoblokatorlarni bir vaqtda qabul qilish; homiladorlik, laktasiya davri; bolalar yoshi (15 yoshgacha); alkogolizm.

Extiyotkorlik bilan:

Arterial gipertirezda, feoxromositomada, bronxial astmada, o‘pkaning surunkali obstruktiv kasalliklarida, emfizemada, surunkali bronxitda, glyukoza-6-fosfatdegidrogenaza tanqisligida, qon kasalliklarida, tug‘ma giperbilirubinemiyada (Jilber, Dubin-Djonson va Rotor sindromlari), jigar va/yoki buyrak yetishmovchiligida, glaukomaning yopiqburchakli shaklida, prostata bezining giperplaziyasida preparatni shifokor bilan maslahatlashgandan keyin extiyotkorlik bilan qo‘llaniladi.

Homiladorlikda va emizish davrida qo‘llanilishi

Klinik ma‘lumotlarga ko‘ra, preparatni homiladorlik va emizikli davrida qo‘llanilish xavfi aniqlanmagan, shuning uchun preparatni ushbu toifadagi pasientlarda qo‘llash mumkin emas.

Dorilarning o‘zaro ta‘siri

Monoaminooksidaza (MAO) ingibitorlarining, sedativ preparatlarning, etanolning samaralarini kuchaytiradi.

Preparatni digoksin yoki boshqa yurak glikozidlari bilan birgalikda qo‘llanilganda aritmiya va infarkt miokardi xavfini rivojlanishini oshirishi mumkin.

Antidepressantlar, parkinsonizmga qarshi vositalar, antipsixotik vositalar, fenotiazin xosilalari – siydikni tutilishi, og‘izni qurishi, qabziyatlarni rivojlanish xavfini oshiradi. Glyukokortikoidlar glaukomaning rivojlanishi xavfini oshiradi. Mikrosomal oksidlanish (simetidin) ingibitorlari gepatotoksik ta‘siri xavfini oshirishi mumkin. Metoklopramid va domperidon oshiradi, kolesteramin esa parasetamolni so‘rilish tezligini susaytiradi. Parasetamol urikozurik preparatlarning samaradorligini pasaytiradi. Etanol antigistamin dori vositalarining sedativ ta‘sirini kuchaytiradi. Barbituratlar, difenin, karbamazepin, rifampisin, izoniazid, zidovudin va boshqa jigar fermentining mikrosomal induktorlari bilan preparatni bir vaqtda buyurilsa, parasetamolni gepatotoksik ta‘sirining xavfi oshishi mumkin. Varfarinni uzoq vaqt davomida qabul qiladigan ko‘pchilik pasientlarda, juda kam xollarda parasetamol qabul qilganlarga qaraganda, MAO ga kam yoki umuman ta‘sir etmaydi. Biroq, parasetamol bilan davolanish va muntazam qabul qilinganda antikoagulyantlarni (varfarin va boshqa kumarin ishlab chiqaruvchilar) samarasini kuchaytiradi, u qon ketish xavfini oshirishi mumkin.

Kofeinni katta dozada bir marotaba qabul qilinganda buyrakda litiyni chiqarilishini oshishiga olib keladi. Kofeinni darxol qabul qilish to‘xtatilsa qon zardobida litiy konsentrasiyasini oshishi mumkin. Xlorfenamin monooksidaza (MAO) ingibitorlari, furazolidon bilan bir vaqtda gipertonik kriz, qo‘zg‘alish, gipepireksiyaga olib kelishi mumkin.

Fenilefrinni MAO ingibitorlari bilan bir vaqtda qabul qilinganda arterial bosimni oshishi mumkin. Fenilefrin beta-blokatorlar va antigipertenziv preparatlar samarasi ta‘sirini susaytiradi.

Trisiklik antidepressantlar fenilefrinning adrenomimetik ta‘sirini kuchaytiradi, galotanni bir vaqtda buyurish yurak qorinchalar aritmiyalarini rivojanish xavfini oshiradi. Guanedinning gipotenziv ta‘sirini pasaytiradi, u o‘z navbatida fnilefrinning alfa-adrenomimetik ta‘sirini kuchaytiradi.

Maxsus ko‘rsatmalar

Davolanish davrida alkogol, uyqu chaqiruvchi va anksiolitik (trankvilizatorlar) dori vositalarini qabul qilishdan saqlanish kerak. Boshqa parasetamol saqlovchi dori vositalari bilan birgalikda qabul qilmang.

Agar kasallik simptomlari og‘irlashsa yoki 5 kun davomida preparatni qabul qilingandan keyin ham o‘zgarmasa, uni qabul qilishni to‘xtatish zarur va shifokor bilan maslaxatlashish lozim.

Agar dori vositasi yaroqsiz xolga kelgan yoki yaroqlilik muddati o‘tgan bo‘lsa – uni oqava suvlarga yoki ko‘chaga tashlamang! Dori vositasini paketchaga joylang va axlat konteyneriga soling. Bu choralar atrof muxitni ximoya qilishga yordam beradi!

Avtomobilni va murakkab mexanizmlarni boshqarish qobiliyatiga ta‘siri

Davolanish davrida avtotransportni xaydash va diqqatni yuqori jamlashni va psixomotor reaksiyalar tezligini talab qiluvchi boshqa potensial xavfli faoliyat turlari bilan shug‘illanishdan saqlanish kerak.

Preparat bolalar ololmaydigan joyda saqlansin va yaroqlilik muddati o‘tgach qo‘llanilmasin.

 

 

Dozani oshirib yuborilishi

Dozani oshirib yuborilganda shifokorga darxol murojaat etilsin. Agar Sizda qandaydir asoratlar yoki simptomlar kuzatilgan bo‘lsa, tezda tibbiy yordam ko‘rsatilishi muxim axamiyatga egadir.

Parasetamol

7,5-10 g dan yuqori dozalarda: qabul qilingandan keyin birinchi 24 soat davomida – terini qoplamlarini oqarishi, ko‘ngil aynishi, qusish; abdominal og‘riq; protrombin vaqtini oshishi, glyukoza metabolizmini buzilishi simptomlari paydo bo‘ladi. Dozani oshirib yuborilganda 12-48 soat dan keyin jigar funksiyasini buzilishi simptomlari paydo bo‘lishi mumkin: “jigar” transaminazalari faolligini oshishi, gepatonekroz. Og‘ir xolatlarda – ensefalopatiya bilan kechuvchi jigar yetishmovchiligi, koma. Juda kam xollarda yashin tezligidagi jigar yetishmovchiligi va buyrak yetishmovchiligini asoratlari (tubulyar nekroz) rivojlanishi mumkin.

Kofein

Yuqori dozani oshirib yuborilishi simptomlari: abdominal og‘riq, qusish, yuzga qon quyulishi, isitma, et uvishishi, qo‘zg‘aluvchanlik, uyqusizlik, ta‘sirchanlik, ishtaxani yo‘qolishi, charchoqlik, tremor, mushak tonusini oshishi, ongni o‘zgaruvchan xolati, bosinqirash, gallyusinasiya, gipotenziya bilan kechuvchi arterial bosimni oshishi, taxikardiya, taxipnoe, diurezni oshishi, gipokaliemiya, giponatriemiya, giperglikemiya, metabolik asidoz, tirishish, miokloniya va rabdomioliz, qorinchalar usti va qorincha aritmiyasi.

Surunkali kofein “kofeinizm” intoksikasiyasi simptomlari: ta‘sirchanlik, uyqusizlik, xavotirlik, emosiaonal labillik, qorinda surunkali og‘riq.

Xlorfenamin

Simptomlari: MNT ni susayishi, gipertermiya, antixolinergik sindromi (midriaz, yuzga qon quyilishi, isitma, og‘iz qurishi, siydik tutilishi, ichak parezi), taxikardiya, gipotenziya, gipertenziya, ko‘ngil aynashi, qusish, qo‘zg‘aluvchanlik, orientasiyani buzilish, gallyusinasiya, psixoz, tirishish, aritmiya. Kam xollarda pasientlarda ajitasiya, tirishish yoki komadagi pasientlarda rabdomioliz va buyrak yetishmovchiligi rivojlanishi mumkin.

Fenilefrin

Simptomlar: ko‘ngil aynishi, qusish, ta‘sirchanlik, qo‘zg‘aluvchanlik, uyqusizlik, psixoz, tirishish, yurak urib ketishi, taxikardiya, arterial bosimni oshishi, reflektor bradikardiya.

Davolash: me‘dani yuvish, dozani oshirib yuborilganda dastlabki 6 soatdan keyin faollashtirilgan ko‘mini buyuriladi, dozani oshirib yuborilganda SH-guruhi donatorlari glutation–metionin sintezi o‘tmishdoshini 8-9 soatdan so‘ng va asetilsisteinni 12 soatdan so‘ng yuborish kerak. Qo‘shimcha davolash choralarini o‘tkazish, keyinchalik metionin va asetilsistein (yuborish) zarurati parasetamolning qondagi konsentrasiyasi, shuningdek u qabul qilingandan keyin o‘tgach vaqtga qarab aniqlanadi. Simptomatik davolash.

Chiqarilish shakli

10 tabletkadan AL/AL blisterda yoki AL/PVX blisterda. 1 yoki 2 blister (10 yoki 20 tabletka) qo‘llash bo‘yicha yo‘riqnomasi bilan birga karton qutiga joylangan.

 

Saqlash sharoiti

Quruq, yorug‘likdan himoyalangan joyda, 25°S dan yuqori bo‘lmagan haroratda saqlansin.

Yaroqlilik muddati

3 yil.

Dorixonalardan berish tartibi

Reseptsiz.

Ulashish:

Fikr qoldirish
Baho:
              
Matnni kiriting

Ismingiz
Fikr-mulohazangiz moderator tekshiruvidan so'ng nashr etiladi

Mahsulot bo'yicha savolingiz bormi?

Savol qoldirish

Mulohazalar

Rinza Lorsept dori vositasi O'zbekiston dori vositalari reestrida ro'yxatdan o'tganmi?
Ha, preparat O'zbekiston dori vositalari reestrida ro'yxatdan o'tgan.
Rinza Lorsept dori vositasi resept bo’yicha sotiladimi?
Rinza Lorsept dori vositasi resept bo'yicha sotilmaydi.

Analoglar
STREPSILS DLYA DETEY BEZ SAXARA tabletkalari so vkusom klubniki N16
Narh: 65 000 so'mdan Batafsil
SUPRIMA LOR tabletkalari so vkusom apelsina N16
  • Ishlab chiqarilish joyi: Hindiston
  • Faol modda: Амилметакрезол, дихлоробензиловый спирт ko'proq ko'rsatish
  • Ishlab chiqaruvchi: Shreya Life Sciences PVT. LTD.
  • Vakil: Shreya Life Sciences
Narh: 16 000 so'mdan Batafsil
SUPRIMA LOR tabletkalari so vkusom limona N16
  • Ishlab chiqarilish joyi: Hindiston
  • Faol modda: Амилметакрезол, дихлоробензиловый спирт ko'proq ko'rsatish
  • Ishlab chiqaruvchi: Shreya Life Sciences PVT. LTD.
Narh: 16 000 so'mdan Batafsil
STREPSILS S VITAMINOM S tabletkalari so vkusom apelsina N24
  • Ishlab chiqarilish joyi: Buyuk Britaniya
  • Faol modda: Амилметакрезол, дихлоробензиловый спирт ko'proq ko'rsatish
  • Ishlab chiqaruvchi: Рекитт Бенкизер Хелскэр Интернешнл Лтд
  • Vakil: Reckitt Benckiser Healthcare
Narh: 30 500 so'mdan Batafsil
GEKSORAL TABS KLASSIK tabletkalari so vkusom apelsina N16
GEKSORAL TABS KLASSIK tabletkalari so vkusom limona N16
GEKSORAL TABS KLASSIK tabletkalari so vkusom chernosmorodini N16
SUPRIMA LOR tabletkalari so vkusom malini N16
  • Ishlab chiqarilish joyi: Hindiston
  • Faol modda: Амилметакрезол, дихлоробензиловый спирт ko'proq ko'rsatish
  • Ishlab chiqaruvchi: Shreya Life Sciences PVT. LTD.
Narh: 16 000 so'mdan Batafsil
STREPSILS tabletkalari so vkusom meda i limona N36
  • Ishlab chiqarilish joyi: Buyuk Britaniya
  • Faol modda: Амилметакрезол, дихлоробензиловый спирт ko'proq ko'rsatish
  • Ishlab chiqaruvchi: Рекитт Бенкизер Хелскэр Интернешнл Лтд
  • Vakil: Reckitt Benckiser Healthcare
Narh: 48 000 so'mdan Batafsil
GEKSORAL tabletkalari so vkusom meda i limona N16
  • Ishlab chiqarilish joyi: Hindiston
  • Faol modda: Амилметакрезол, дихлоробензиловый спирт ko'proq ko'rsatish
  • Ishlab chiqaruvchi: Юник Фармасьютикалс Лабораториез (Отдельные фирмы ДжБКемикалс энд Фармасьютикалс Лтд)
GEKSORAL tabletkalari so vkusom chernosmorodini N16
  • Ishlab chiqarilish joyi: Hindiston
  • Faol modda: Амилметакрезол, дихлоробензиловый спирт ko'proq ko'rsatish
  • Ishlab chiqaruvchi: Юник Фармасьютикалс Лабораториез (Отдельные фирмы ДжБКемикалс энд Фармасьютикалс Лтд)
GEKSORAL tabletkalari so vkusom apelsina N16
  • Ishlab chiqarilish joyi: Hindiston
  • Faol modda: Амилметакрезол, дихлоробензиловый спирт ko'proq ko'rsatish
  • Ishlab chiqaruvchi: Юник Фармасьютикалс Лабораториез (Отдельные фирмы ДжБКемикалс энд Фармасьютикалс Лтд)
GEKSORAL tabletkalari so vkusom limona N16
  • Ishlab chiqarilish joyi: Hindiston
  • Faol modda: Амилметакрезол, дихлоробензиловый спирт ko'proq ko'rsatish
  • Ishlab chiqaruvchi: Юник Фармасьютикалс Лабораториез (Отдельные фирмы ДжБКемикалс энд Фармасьютикалс Лтд)
Другие формы препарата
RINZA tabletkalari N10
RINZA tabletkalari N4
RINZA tabletkalari N10
Rinza Lorsept
  • Faol modda: Амилметакрезол, дихлоробензиловый спирт ko'proq ko'rsatish
  • A
  • B
  • D
  • E
  • F
  • G
  • H
  • I
  • J
  • K
  • L
  • M
  • N
  • O
  • P
  • Q
  • R
  • S
  • T
  • U
  • V
  • X
  • Y
  • Z
  • Ch
  • Sh
  • 0-9