×
×
  • ROTAVIT KALSIUM FORTE granuli 3,6g N30

Mahsulotning ko'rinishi saytdagi rasmdan farq qilishi mumkin.

ROTAVIT KALSIUM FORTE granuli 3,6g N30

Kategoriya:
- Hazm qilish va moddalar almashinuvi tizimi
Ishlab chiqarilish joyi:
- Ruminiya
Qadoqda soni:
- 30
Ishlab chiqaruvchi:
- Rotapharm Limited, Великобритания произведено: S.C. Slavia Pharm S.R.L.
ATX kodi:
- A12AХ
Shifokor konsultatsiyasi:
Noaniqliq haqida habar berish

O'xshash dorilar

LASIDOFORTE kapsulalar N10 World Medicine Europe, Болгария произведено: Adipharm LTD Bolgariya
35 000 s`om dan
LAKTOFILTRUM tabletkalari N60 АВВА РУС АО Rossiya
72 000 s`om dan
LINEKS FORTE kapsulalar N14 Лек д.д Sloveniya
62 000 s`om dan
Mahsulot haqida tafsilotlar
Saytda e'lon qilingan ma'lumotlar mutaxassislar uchun mo'ljallangan. O'zingizni-o'zingiz davolash bilan shug'ullanmang. Sog'lig'ingizga zarar bermaslik uchun mutaxassis bilan maslahatlashishga ishonch hosil qiling!
ROTAVIT KALSIUM FORTE granuli 3,6g N30 qo'lanishi bo'yicha ko'rsatmalar

QO‘LLASH BO‘YICHA YO‘RIQNOMA

ROTAVIT ROYAL

ROTAVIT ROYAL

Preparatning savdo nomi: Rotavit Royal

Ta‘sir etuvchi moddalar (XPN): majmuaviy preparat

Dori shakli: yumshoq jelatin kapsulalar.

Tarkibi

Bir kapsula quyidagilarni saqlaydi:

faol moddalar:

liofilizatlangan asalari suti                                       33,3 mg

dimetilaminoetanol bitartrati                                     25 mg

Vitaminlar

A vitamini (retinol palmitati shaklida)                   2000 XB

V1 vitamini (tiamin mononitrati shaklida)                15 mg

V2 vitamini (riboflavin)                                                4 mg

V5 vitamini (kalsiy pantotenati shaklida)                4 mg

V6 vitamini (piridoksin gidroxloridi shaklida)      1 mg

V9 vitamini (folat kislotasi)                                        25 mkg

V10 vitamini (paraaminobenzoy kislotasi)                   50 mg

V12 vitamini (sianokobalamin)                                      5 mkg

D3 vitamini (xolekalsiferol)                                      200 XB

Ye vitamini (a-tokoferol asetati shaklida)                  30 XB

RR vitamini (nikotinamid)                                             15 mg

N vitamini (biotin)                                                         3 mkg

Makro- va mikroelementlar

temir (temir fumarati shaklida)                                     10 mg

kalsiy (kalsiy gidrofosfati shaklida)                     90 mg

fosfor (kalsiy gidrofosfati shaklida)                      70 mg

mis (mis sulfati shaklida)                                             1 mg

kaliy (kaliy sulfati shaklida)                                      2 mg

marganes (marganes sulfati shaklida)                          1 mg

rux (rux sulfati shaklida)                                              1 mg

O‘simlik komponentlari

konsentrasiyalangan jenshen ekstrakti                      40 mg

changlar                                                                                 50 mg

soya lesitini 45%                                                               32 mg

Aminokislota

L-lizin gidroxloridi                                                       5 mg

yordamchi moddalar: kalsiy L-askorbati, bug‘doy kurtaklari moyi, soya, gidrogenlangan soya moyi, qisman gidrogenlangan o‘simlik moyi, asalari mumi.

kapsula qobig‘ining tarkibi: jelatin, gliserin, tozalangan suv, anidrisorb, natriy etilgidroksibenzoati, natriy propilgidroksibenzoati, temir (II, III) oksidi, temir (III) oksidi, temir (II) oksidi, titan dioksidi, qizil koshinel 62,5%, etilvanilin.

Ta‘rifi: sarg‘ish-jigarrang rangli bir xil suyuq massa saqlovchi uzunchoq sariq/to‘q-jigarrang rangli kapsulalar.

Farmakoterapevtik guruhi: metabolik jarayonlarni muvofiqlashtiruvchi vosita.

ATX kodi: A11AA

Farmakologik hususiyatlari

Rotavit Royal normal modda almashinuvi, organizmning o‘sishi va rivojlanishi, kasalliklardan va tashqi muhitning zararli omillaridan himoya qilish, barcha hayotiy muhim faoliyatlarni ishonchli ta‘minlash uchun zarur bo‘lgan vitaminlar va mineral moddalarning majmuasidir, shuningdek turli kasalliklarga nisbatan organizmning qarshiligini oshiradi.

Vitaminlar biokimyoviy va fiziologik jarayonlarning katalizatorlari va boshqaruvchilari sifatida moddalar almashinuvida ishtirok etadi.

Mineral moddalar odam organizmidagi almashinuv jarayonlari uchun hayotiy zarur elementlar hisoblanadi. Organizmning xujayra va to‘qimalarini tuzilishida, ferment tizimlarini faoliyatida ishtirok etadi.

Liofilizatlangan asalari suti – tarkibida aminokislotalar, V guruh vitaminlarining majmuasi, shu jumladan pantotenat, folat kislotasini saqlovchi, modda almashinuvini kuchaytiruvchi va kuchli qon yaratuvchi ta‘sirga ega bo‘lgan, organizm tomonidan oson o‘zlashtiriladigan tabiiy asalari mahsulotidir.

Dimetilaminoetanol bitartrati asetilxolinni ishlab chiqarilishini kuchaytiradi, o‘rganish qobiliyatini oshiradi, xotirani yaxshilaydi (yoki keksa odamlarda uni yo‘qotilishini kamaytiradi). Antioksidant ta‘sirga ega.

A vitamini oksidlanish-qaytarilish jarayonlarida, oqsillar sintezini boshqarishda qatnashadi, normal moddalar almashinuviga, xujayra va subxujayra membranalarini faoliyatiga yordam beradi; yangi xujayralarni o‘sishi uchun zarur, qarish jarayonini sekinlashtiradi.

V1 vitamini organizmni o‘sishi va rivojlanishini ta‘minlovchi xujayraning energetik manbai bo‘lib, aqliy va jismoniy ish qobiliyatni oshiradi, detoksikasion ta‘sir ko‘rsatadi, shuningdek nerv to‘qimasining metabolizmini yaxshilaydi. Tiamin, ayniqsa nerv va mushak to‘qimalarida uglevodlar va energiya almashinuvida muhim rol o‘ynaydigan qator fermentlarning kofermentlarini hosil qilishda qatnashadi. Tiaminni yetishmovchiligi beri-beri (spesifik polinevrit) va Vernike (polinevrotik psixoz) sindromlarini rivojlanishiga olib keladi.

V2 vitamini hujayralarni nafas olishi va ko‘rish jarayonlarini muhim katalizatori hisoblanadi. Riboflavin, oksidlanish-qaytarilish jarayonlarini boshqarib, oqsil, yog‘ va uglevodlarlar almashinuvida ishtirok etadi, DNKni shakllanishida muhim rol o‘ynaydi, gemoglobinni sintezida qatnashadi, to‘qimalarni (shu jumladan, teri xujayralari) regenerasiyasi jarayonlariga, xujayralarda trofik buzilishlarni to‘g‘rilanishiga yordam beradi.

V5 vitamini A kofermentining (fermentlarning faolligini namoyon bo‘lishi uchun zarur bo‘lgan nooqsil tabiatga ega organik birikma) tarkibiga kiradi. Asetillanish va oksidlanish jarayonlarida muhim rol o‘ynaydi. Uglevodlar va yog‘lar almashinuvida hamda asetilxolin sintezida qatnashadi.

V6 vitamini aqliy va jismoniy ish qobiliyatini oshiradi, qonda glyukozaning darajasini boshqaradi, qalqonsimon bezi, buyrak usti bezlari va jinsiy bezlarning faoliyatini normallashtiradi, miya to‘qimalarida moddalar almashinuvini yaxshilaydi, nerv tizimini mustahkamlaydi, antidepressant hisoblanadi.

V9 vitamini to‘qimalarni o‘sishi, rivojlanishi va proliferasiyasi jarayonlarini normal kechishi uchun, xususan, qon yaratilishi va embriogenoz uchun, zarurdir, aqliy va jismoniy ish qobiliyatini oshiradi, me‘dada xlorid kislotasini ishlab chiqarilishini rag‘batlantiradi.

V10 vitamini ichak florasini faollashtiradi, bu folat kislotasini ishlab chiqarilishiga olib keladi, u esa o‘z navbatida katta miqdorda pantoten kislotasini ishlab chiqaradi. Oqsilni o‘zlashtirilish jarayonida, shuningdek xujayralarni kislorod bilan ta‘minlovchi qizil qon tanachalarini ishlab chiqarilishida qatnashadi.

V12 vitamini immunomodulyasiya qiluvchi, allergiyaga qarshi, antiaterosklerotik ta‘sirlarga ega, arterial bosimni normallashtiradi, nerv to‘qimasining strukturasini tiklaydi, reproduktiv faoliyatni yaxshilaydi, ishtahani oshiradi. V12 vitamini turli aminokislotalarni sintezida qatnashadi, jigar, nerv tizimini faoliyatiga ijobiy ta‘sir ko‘rsatadi, qon ivish jarayonlarini, uglevodlar va lipidlar almashinuvini faollashtiradi.

D3 vitamini ingichka ichakda kalsiyni so‘rilishini oshiradi, kalsiyni bog‘lovchi oqsillar sintezini rag‘batlantirib, buyrak naychalarida kalsiyni reabsorbsiyasini oshiradi. D3 vitamini I tur kollagen va matrisa oqsillari sintezini oshirish yo‘li bilan osteoblastlarning sintezini faollashtirish orqali, suyak to‘qimasini qayta shakllantirish jarayonlarini faollashtiradi. Qalqonsimon bezi, qalqonsimon bezi oldi bezlari, jinsiy bezlarning funksional holatiga ta‘sir etib, skelet suyaklarining kalsifikasiyasini ta‘minlaydi.

Ye vitamini antioksidant modda bo‘lib, xujayralarni shikastlanish va qarishdan himoya qiladi, erkin radikallarni hosil bo‘lishiga to‘sqinlik qiladi, mushak faoliyati va jinsiy bezlarning faoliyatini rag‘batlantiradi, xujayralararo moddani, biriktiruvchi to‘qimaning tolalarini, qon-tomirlarning, ovqat hazm qilish yo‘llarining silliq mushaklarini shakllanishida qatnashadi.

RR vitamini hujayralarning nafas olishida va oqsillar almashinuvida qatnashadigan, yuqori nerv faoliyati va ovqat hazm qilish a‘zolari faoliyatini boshqaradigan fermentlarning tarkibiga kiradi.

N vitamini aminokislotalar va yog‘ kislotalari almashinuvini boshqaruvchi fermentlarning tarkibiga kiradi.

Temir – eritropoezni rag‘batlantiruvchi mikroelement. Gemoglobin, mioglobin va turli fermentlarning tarkibiga kiradi; kislorodni qaytar bog‘laydi va qator oksidlanish-qaytarilish reaksiyalarida qatnashadi; qon yaratilish jarayonlarida muhim rol o‘ynaydi. Temir tuzlar ko‘rinishida qo‘llanganida organizmda uning tanqisligini tez to‘ldirilishi kuzatiladi.

Kalsiy organizmning normal hayot faoliyatini ta‘minlash uchun almashtirib bo‘lmaydigan ozuqa makroelementdir. Kalsiy (fosfor bilan birga) suyak to‘qimasining asosini tashkil qiladi, qator muhim fermentlarning faoliyatini faollashtiradi, organizmda ionlar muvozanatini tutib turishda qatnashadi, nerv-mushak va yurak qon-tomir tizimlarida ro‘y beradigan jarayonlarga ta‘sir qiladi.

Fosfor – oqsillar, nuklein kislotalari va suyak to‘qimasiga kiruvchi muhim elementdir. Fosfor birikmalari energiya almashinuvida ishtirok etadi (adenozintrifosfat kislotasi va kreatin fosfat energiya akkumulyatorlari hisoblanadi), mushak va aqliy faoliyat, organizmning hayot faoliyati ularning aylanishlari bilan bog‘liq. Fosfor yurak va buyraklarning faoliyatiga ta‘sir etmaydi.

Mis organizmda anabolik jarayonlarga yordam beradi, ayrim fermentlar (sitoxromoksidaza, tirozinaza va boshqalar) ning faoliyatida, teri, sochlar va ko‘zlarning pigmentini, gemoglobinni sintezida qatnashadi, ichki sekresiya bezlarining faoliyatiga ta‘sir qiladi.

Kaliy qonning kislota-ishqor muvozanatini boshqaradi. Nerv impulslarini o‘tkazilishida qatnashadi, qator fermentlarning ishini, yurak mushagining ishini faollashtiradi, teri va buyraklarning ishiga ijobiy ta‘sir ko‘rsatadi. Kaliy ortiqcha natriyning noxush ta‘sirlariga qarshi himoya ta‘siriga ega, qon bosimini normallashtiradi.

Marganes yog‘larning normal metabolizmi uchun, suyak va biriktiruvchi to‘qimani tuzilishi uchun, xolesterin va nukleotidlar (DNK) sintezi uchun zarurdir.

Rux odam organizmida 80 dan ortiq fermentlarning tarkibiy qismi bo‘lib xizmat qiladi, u eritrositlar va qonning boshqa shaklli elementlarini hosil bo‘lishi uchun zarur. Ko‘rish jarayonining fotokimyoviy reaksiyalarida, ichki sekresiya bezlarining faoliyatida qatnashadi.

Jenshenning konsentrasiyalangan ekstrakti – markaziy nerv tizimiga rag‘batlantiruvchi ta‘sirga ega bo‘lgan tabiiy komponentdir.

Gul changi – oqsillar, almashtirib bo‘lmaydigan erkin aminokislotalarning to‘liq to‘plami, vitaminlar, shuningdek turli gormonsimon moddalarni saqlovchi tabiiy konsentratdir.

45% soya lesitini – organizm uchun o‘ta muhim fosfolipidli majmuadir. Oksidlanish jarayonlarini tezlashtiradi, yog‘larning normal almashinuvini ta‘minlaydi, miya va yurak qon-tomir tizimining ishini yaxshilaydi, zaharli moddalarning ta‘siriga organizmning qarshiligini oshiradi, safro ajralishini va eritrositlar hamda gemoglobin hosil bo‘lishini rag‘batlantiradi.

L-lizin gidroxloridi – to‘qimalarning o‘sishi, tiklanishi, antitelolar, gormonlar va fermentlarni ishlab chiqarilishi uchun zarur bo‘lgan aminokislotadir.

Qo‘llanilishi

  • gipovitaminozni, minerallar yetishmovchiligini oldini olish va davolash;
  • almashinuv jarayonlarini me‘yorlashtirish;
  • o‘tkazilgan kasalliklardan keyingi, shu jumladan operasiyadan keyingi sog‘ayish davri;
  • yuqori jismoniy va aqliy ish faoliyati;
  • stress oqibatlarini oldini olish;
  • astenik holatlar fonida erkaklarda potensiyani pasayishida qo‘llanadi.

Qo‘llash usuli va dozalari

Rotavit Royal ichga, kuniga yoki kunora 1 kapsuladan 2-3 hafta davomida, ovqat vaqtida yoki ovqatdan keyin darhol qabul qilinadi.

Nojo‘ya ta‘sirlari

Preparatning komponentlariga allergik reaksiyalar, uyquni buzilishi bo‘lishi mumkin.

Qo‘llash mumkin bo‘lmagan qolatlar

  • preparatning komponentlariga yuqori sezuvchanlik;
  • gipervitaminoz;
  • tirishish holatlari;
  • yuqori qo‘zg‘aluvchanlik;
  • organizmda temirni ortiqcha to‘planishi;
  • homiladorlik va laktasiya davri;
  • 12 yoshgacha bo‘lgan bolalarda qo‘llash mumkin emas.

Dorilarning o‘zaro ta‘siri

Tarkibiga alyuminiy, kalsiy, magniy, shuningdek kolestiramin kiruvchi antasid preparatlar bilan bir vaqtda qo‘llanganida, Rotavit Royal preparatining tarkibiga kiruvchi temirni so‘rilishini kamayishi ro‘y beradi.

Preparat tiazid diuretiklar bilan birga qo‘llanganida giperkalsiemiyani rivojlanish xavfi oshadi.

Rotavit Royal analeptiklarning (kofein, kamfora va boshq.) ta‘sirini kuchaytiradi va MNT faoliyatini susaytiruvchi vositalar, shu jumladan barbituratlar, trankvilizatorlar, tirishishga qarshi vositalarning antagonisti hisoblanadi.

Maxsus ko‘rsatmalar

Preparatni kunning ikkinchi yarmida qabul qilish tavsiya qilinmaydi.

Rotavit Royal preparatini qabul qilish vaqtida, dozani oshirib yuborilishini oldini olish maqsadida, boshqa polivitamin preparatlarni qo‘llash tavsiya etilmaydi.

Allergik reaksiyalar paydo bo‘lganida preparatni bekor qilish kerak.

Preparatni qandli diabeti bo‘lgan bemorlar ham qabul qilishlari mumkin.

Preparat bolalar ololmaydigan joyda saqlansin va yaroqlilik muddati tugaganidan so‘ng ishlatilmasin.

Dozani oshirib yuborilishi

Doza to‘satdan oshirib yuborilganida pasient shifokorga murojaat qilishi kerakligi to‘g‘risida xabardor qilingan bo‘lishi kerak.

Davolash: zarurati bo‘lganida simptomatik davolash o‘tkaziladi.

Chiqarilish shakli

Yumshoq jelatin kapsulalar. 10 kapsula blisterda. 2 blister qo‘llash bo‘yicha yo‘riqnomasi bilan birga karton o‘ramda.

Saqlash sharoiti

Quruq joyda, 250S dan yuqori bo‘lmagan haroratda saqlansin.

Yaroqlilik muddati

3 yil.

Dorixonalardan berish tartibi

Reseptsiz.

Ulashish:

Fikr qoldirish
Baho:
              
Matnni kiriting

Ismingiz
Fikr-mulohazangiz moderator tekshiruvidan so'ng nashr etiladi

Mahsulot bo'yicha savolingiz bormi?

Savol qoldirish

Mulohazalar

ROTAVIT KALSIUM FORTE granuli 3,6g N30 dori vositasi O'zbekiston dori vositalari reestrida ro'yxatdan o'tganmi?
Ha, preparat O'zbekiston dori vositalari reestrida ro'yxatdan o'tgan.
ROTAVIT KALSIUM FORTE granuli 3,6g N30 dori vositasi ishlab chiqaruvchisi kim va u qaysi davlatda ishlab chiqarilgan?
ROTAVIT KALSIUM FORTE granuli 3,6g N30 dori vositasi Rotapharm Limited, Великобритания произведено: S.C. Slavia Pharm S.R.L. tomonidan Ruminiya mamlakatida ishlab chiqarilgan.
ROTAVIT KALSIUM FORTE granuli 3,6g N30 dori vositasi resept bo’yicha sotiladimi?
ROTAVIT KALSIUM FORTE granuli 3,6g N30 dori vositasi resept bo'yicha sotilmaydi.

Ishlab chiqaruvchining dorilari
ROFLUZOL kapsulalar 150mg N1
  • Ishlab chiqarilish joyi: Ruminiya
  • Faol modda: Flukonazol ko'proq ko'rsatish
  • Ishlab chiqaruvchi: Rotapharm Limited, Великобритания произведено: S.C. Slavia Pharm S.R.L.
  • Vakil: Rotapharm
Narh: 20 000 so'mdan Batafsil
Другие формы препарата
ROTAVIT KALSIUM FORTE tabletkalari 1000 mg+880 me 1000 mg N20
ROTAVIT KALSIUM FORTE tabletkalari 1000 mg+880 me 1000 mg N10
ROTAVIT KARDIO tabletkalari N20
  • Ishlab chiqarilish joyi: Bolgariya
  • Ishlab chiqaruvchi: Rotapharm Limited, Великобритания произведено: Kendy Ltd
  • A
  • B
  • D
  • E
  • F
  • G
  • H
  • I
  • J
  • K
  • L
  • M
  • N
  • O
  • P
  • Q
  • R
  • S
  • T
  • U
  • V
  • X
  • Y
  • Z
  • Ch
  • Sh
  • 0-9