×
×

Mahsulotning ko'rinishi saytdagi rasmdan farq qilishi mumkin.

SINGLON tabletkalari 5mg N28

Kategoriya:
- Dori vositalari
Ishlab chiqarilish joyi:
- Polsha
Faol modda:
Монтелукаст
Qadoqda soni:
- 28
Ishlab chiqaruvchi:
- Гедеон Рихтер, ОАО, Венгрия произведено: Гедеон Рихтер Польша, ООО
ATX kodi:
- R03DC03
Noaniqliq haqida habar berish
Toshkentning 262 ta dorixonasida topildi

ico 106 400 s`om dan

Dorixonalardan izlash

ico 143 000 s`om dan + yetkazish

Buyurtma berish

ico 122 100 s`om dan

Bron qilish

O'xshash dorilar

ALFAVIT DLYA MUJCHIN tabletkalari 550mg N60 ООО ВНЕШТОРГ ФАРМА, Россия Rossiya
30 000 s`om dan
ASTANOL tabletkalari 10mg N10 Remedy Group СП OOO O'zbekiston
LYUKODERMIN maz 30g 0,75% Lahore Chemical & Pharmaceutical Works (Pvt) Ltd Pokiston
Mahsulot haqida tafsilotlar
Saytda e'lon qilingan ma'lumotlar mutaxassislar uchun mo'ljallangan. O'zingizni-o'zingiz davolash bilan shug'ullanmang. Sog'lig'ingizga zarar bermaslik uchun mutaxassis bilan maslahatlashishga ishonch hosil qiling!
SINGLON tabletkalari 5mg N28 qo'lanishi bo'yicha ko'rsatmalar

QO‘LLASH BO‘YICHA YO‘RIQNOMA

SINGLON®

                                                                                                     SINGLON

 

Preparatning savdo nomi: Singlon®

Ta‘sir etuvchi modda (XPN): montelukast (montelukast)

Dori shakli: chaynaladigan tabletkalar

Tarkibi:

Har bir chaynaladigan 4 mg tabletka quyidagilarni saqlaydi:

faol modda: montelukast – 4 mg (4,16 mg natriy montelukast ko‘rinishida)

yordamchi moddalar: mannit, mikrokristall sellyuloza 101, gidroksipropilsellyuloza, natriy kroskarmelloza, olcha aromatizatori, aspartam kukuni, temir II oksidi (Ye172), magniy stearati.

Har bir chaynaladigan 5 mg tabletka quyidagilarni saqlaydi:

faol modda: montelukast – 5 mg (5,20 mg natriy montelukast ko‘rinishida)

yordamchi moddalar: mannit, mikrokristall sellyuloza 101, gidroksipropilsellyuloza, natriy kroskarmelloza, olcha aromatizatori, aspartam kukuni, temir II oksidi (Ye172), magniy stearati.

Ta‘rifi:

Chaynaladigan 4 mg tabletkalar

Deyarli oval shaklli, ikki tomonlama qavariq, och-sariq rangli, uzunligi 11 mm, eni 8 mm chaynaladigan tabletkalar. Bir tomonida – R «13» gravirovkasi mavjud.

Chaynaladigan 5 mg tabletkalar

Dumaloq shaklli, ikki tomonlama qavariq, och-sariq rangli, diametri 10 mm chaynaladigan tabletkalar. Bir tomonida – R «14» gravirovkasi mavjud.

Farmakoterapevtik guruhi: nafas yo‘llarining obstruktiv kasalliklarini davolash uchun vosita. Leykotrien reseptorlar antagonisti.

ATX kodi: R03DC03

 

Farmakologik xususiyatlari

Farmakodinamikasi

Ta‘sir mexanizmi

Sisteinil leykotrienlar (LTC4, LTD4, LTE4)  turli xujayralardan, shu jumladan semiz xujayralar va eozinofillardan ajralib chiquvchi yallig‘lanishning kuchli eykozanoidlaridir. Bu muhim pro-astmatik mediatorlar organizmning nafas yo‘llarida joylashgan sistenil-leykotrien reseptorlari (CysLT) bilan bog‘lanadi va ularning reaktivligiga, shu jumladan bronxospazmga, shilliqning sekresiyasiga, qon tomirlarning o‘tkazuvchanligini oshishiga, shuningdek eozinofillarning migrasiyasi uchun javob beradi.

Montelukast ichga qabul qilinganda CysLT1 reseptorlariga yuqori darajadagi yaqinlik va u bilan tanlab bog‘lanadigan faol modda hisoblanadi.

Klinik samaradorligi va xavfsizligi

Klinik tadqiqotlarida montelukast 5 mg bo‘lgan kichik dozalarda ham LTD4 ingalyasiyasi chaqirgan bronxospazmga to‘sqinlik qiladi. Preparat ichga qabul qilingandan keyin 2 soat davomida bronxodilatasiya kuzatiladi. Beta-adrenomimetiklar chaqirgan bronxodilatasiya samarasi montelukast chaqirgan bronxodilatasiya samarasini to‘ldirgan. Montelukast bilan davolash antigen chaqirgan ham erta, ham kechikkan bronxospazmni susaytirgan. Montelukast plaseboga nisbatan katta pasientlar va bolalarning periferik qonida eozinofillarning sonini kamaytirgan. Alohida tadqiqotda montelukast bilan davolash nafas yo‘llarida (balg‘amda aniqlanganda) eozinofillarning sonini ahamiyatli darajada kamaytirgan. Katta yoshdagi pasientlarda va 2 yoshdan 14 yoshgacha bo‘lgan bolalarda montelukast plaseboga nisbatan periferik qonda eozinofillarning sonini kamaytirgan va bronxial astmaning klinik kechishi ustidan nazoratni yaxshilagan.

Kattalarda o‘tkazilgan tadqiqotlarda montelukast 10 mg dozada sutkada bir marta plaseboga nisbatan tongi jadal nafas chiqarish hajm (JNCHH1) ko‘rsatkichini sezilarli darajada (dastlabki daraja 2,7% ga nisbatan 10,4%), tongi nafas chiqarishning cho‘qqi tezligi (NCHCHT) ko‘rsatkichini (dastlabki daraja 3,3 l/min ga nisbatan 24,5 l/min) yaxshilagan va beta-adrenomimetiklarni qo‘llashning yig‘indisini sezilarli (dastlabki daraja -4,6% ga nisbatan-26,1%) pasaytirgan. Pasientlar tomonidan baholangan bronxial astmaning kunduzgi va tungi simptomlarini yaxshilanishi, plasebo buyurilgandagiga nisbatan ishonchli ravishda yaxshiroq bo‘lgan.

Kattalarda o‘tkazilgan tadqiqotlar montelukast ingalyasion glyukokortikosteroidlarning klinik samarasini to‘ldirish qobiliyatini namoshiy etgan (montelukast bilan majmuadagi ingalyasion beklometazon qo‘llanganidagi dastlabki darajaga nisbatan, faqat beklometazonning o‘zini qo‘llagandagi o‘zgarishlar % : JNCHH1: 5,43% ga qarshi 1,04%; beta-adrenomimetiklar qo‘llanilishi: -8,70% ga qarshi 2,64%).  Garchi 12- haftalik tadqiqotlar davomida beklometazon yaqqolroq terapevtik samara ko‘rsatayotgan bo‘lsada (beklometazonga qaraganda montelukast qo‘llanganidagi dastlabki darajasiga nisbatan o‘zgarishlar % muvofiq ravishda JNCHH1 uchun: 7,49% ga qarshi 13,3%; beta-adrenomimetiklarni qo‘llanganda: -28,28% ga qarshi -43,89%), montelukast ingalyasion beklometazonga (200 mkg dan sutkada ikki marta speyserni qo‘llaganda) nisbatan tezroq dastlabki javobni namoyish etdi. Shunga qaramasdan beklometazon bilan solishtirganda montelukastni  qabul qilgan pasientlarning katta qismi o‘xshash klinik samaraga erishgan (masalan, beklometazon qabul qilgan 50% pasientlarda JNCHH1 ni dastlabki darajaga nisbatan taxminan 11% ga yaxshilanishiga erishilgan, ayni paytda montelukast qabul qilgan taxminan 42% pasientda xuddi shunday ko‘rsatkichga erishgan).

2 yoshdan 5 yoshgacha bo‘lgan bolalarda o‘tkazilgan 12-haftalik plasebo nazoratli tadqiqotlarda, sutkada bir marta qabul qilingan 4 mg montelukast plaseboga nisbatan, yondosh bazis davolash (glyukokortikosteroidlar yoki  natriy kromoglikolyatini ingalyasion yoki nebulayzer orqali) dan qat‘iy nazar, bronxial astmaning ko‘rsatkichlarini nazoratini yaxshilagan. Pasientlarning oltmish foizi boshqa hech qanday bazis terapiya olmagan. Montelukast kunduzgi (shu jumladan yo‘tal, hansirash, nafas olishni qiyinlashishi va jismoniy faollik cheklanishi) va tungi simptomlarni plaseboga nisbatan yaxshiroq bartaraf qilgan. Shuningdek montelukast plaseboga nisbatan bronxial astma xurujini bartaraf etish uchun qisqa muddatli ta‘sirga ega beta-adrenomimetiklarga va tez ta‘sir etuvchi glyukokortikosteroidlarga ehtiyojni kamaytirgan. Montelukast qabul qilgan pasientlarda plasebo qabul qilgan pasientlarga nisbatan bronxil astma xurujisiz kunlar soni ko‘proq bo‘lgan. Davolash samarasiga birinchi dozadan so‘ng erishilgan.

Yengil darajadagi bronxial astmasi va 12 oy davomiylikda epiziodik zo‘rayishlari bo‘lgan 2 yoshdan 5 yoshgacha bo‘lgan bolalarda o‘tkazilgan plasebo nazoratli tadqiqotlarda, 4 mg montelukast sutkada bir marta qabul qilinganida bir yilda bronxial astmaning zo‘rayish xurujlarini tez-tezligini plaseboga nisbatan sezilarli darajada kamaytirgan (p≤ 0,001) (2,34 zo‘rayish xurujlarga nisbatan muvofiq 1,60 zo‘rayish xurujlar) [zo‘rayish xurujlari beta-adrenomimetiklarni yoki glyukokortikosteroidlarni (tizimli yoki ingalyasion) qo‘llashni talab qiladigan bronxial astmaning kunduzgi simptomlarini ketma-ket ≥ 3 kun davom etadigan davri sifatida belgilangan]. Bir yilda bronxial astma zo‘rayish xurujlari soni 31.9% ga kamaygan, 95% II 16,9 dan 44,1 gacha.

6 oydan va 5 yoshgacha bo‘lgan va vaqti-vaqti bilan zo‘raydigan, ammo doimiy davom etmaydigan bronxial astmasi bo‘lgan bolalarda o‘tkazilgan o‘tkazilgan tadqiqotda montelukast 12 oy davomida buyurilgan yoki sutkada 4 mg dozada yoki vaqti-vaqti bilan zo‘raydigan bronxial astma boshlanishi bilan 12 sutka davom etgan kurs bilan buyurilgan. Shifokorga rejalashtirilmagan murojaat, shoshilinch yordam yoki kasalxonaga tashrif yoki ichga, vena ichiga yoki mushak ichiga glyukokortikosteroidlar buyurilishi talab etgan ko‘rinishdagi sog‘liqni saqlash tizimi resurslarini ishlatishni talab etadigan bronxial astma xurujlari soni 4 mg dozada montelukast yoki plasebo qabul qilinganida ahamiyatli farqlar kuzatilmagan.

6 yoshdan 14 yoshgacha bo‘lgan bolalarda o‘tkazilgan 8-haftalik tadqiqotlarlarda 5 mg montelukast kuniga bir marta qabul qilinganida plaseboga nisbatan tashqi nafas ko‘rsatkichlarini sezilarli darajada yaxshilagan (JNCHH1: dastlabki daraja 4,16% ga nisbatan 8,71%; NCHCHT: kunning birinchi yarmida: dastlabki daraja 17,8 l/min ga nisbatan 27,9 l/min) va qisqa muddat ta‘sir ko‘rsatuvchi beta-adrenomimetiklarga bo‘lgan ehtiyojni kamaytirgan (dastlabki daraja +8,2% ga  nisbatan -11,7%).

Yengil og‘irlik darajadasidagi doimiy davom etuvchi bronxial astmasi bo‘lgan 6 yoshdan 14 yoshgacha bo‘lgan bolalarda bronxial astmaning simptomlarini nazorat qilish uchun montelukast va ingalyasion flutikazonning samaradorligini taqqoslash bo‘yicha o‘tkazilgan  12-oylik tadqiqotlarda, montelukast astmatik simptomlarsiz o‘tkazilgan kunlar sonini oshirishi bo‘yicha flutikazondan qolishmagan. O‘rtacha 12 oylik davolanish davrida bronxial astmani simptomlarisiz o‘tkazilgan kunlarning montelukast guruhida 61,6% dan  84,0% gacha va flutikazon guruhida esa 60,9% dan  86,7% gacha oshgan. Guruhlar orasidagi farq (eng kichik kvadratlar usuli bo‘yicha tenglashtirilgan bronxial astmani simptomlarsiz o‘tkazilgan kunlarning o‘rtacha oshishi) statistik ahamiyatli (-4,7 dan  -0,9 dagi 95% ishonch intervalida -2,8 ni tashkil qildi). 12 oylik davolash davri davomida montelukast va flutikazon bronxial astma bilan bog‘liq quyidagi ko‘rsatkichlar ustidan nazoratni yaxshiladi:

  • JNCHH1 montelukast guruhida 1,83 dan 2,09 litr gacha va flutikazon guruhida 1,85 dan 2,14 litr gacha oshdi. Guruhlar orasidagi farq (eng kichik kvadratlar usuli bo‘yicha tenglashtirilgan JNCHH1 ni o‘rtacha oshishi) -0,06 dan 0,02 dagi 95% ishonch intervalida -0,02 litrni tashkil qildi. JNCHH1 ni o‘rtacha oshishi dastlabki darajaga nisbatan foiz ko‘rinishida montelukast uchun 0,6% ni va flutikazon uchun 2,7% ni tashkil qildi. JNCHH1 ni guruhlar orasidagi foizli ko‘rsatkichlardagi farqi (eng kichik kvadratlar usuli bo‘yicha tenglashtirilgan o‘rtacha oshishi) -3,6 dan -0,7 dagi 95% ishonch intervalida -2,2% ni tashkil qildi.
  • beta-adrenomimetiklar qo‘llangan kunlar soni montelukast guruhida 38,0 dan 15,4% ga, flutikazon guruhida esa, 38,5 dan  12,8% ga kamaygan. Guruhlar orasida beta-adrenomimetiklar qo‘llangan kunlar (% da) sonini farqi (eng kichik kvadratlar usuli bo‘yicha tenglashtirilgan o‘rtacha ko‘rsatkich) 0,9 dan  4,5 dagi 95% ishonch intervalida 2,7 ni tashkil etdi.
  • Bronxial astma xurujlari bo‘lgan pasientlar soni (bronxial astma xuruji, peroral tizimli glyukokortikosteroidlarni qabul qilish, shifokorga yoki shoshilinch yordam bo‘limiga rejalashtirilmagan murojaat qilish yoki gospitalizasiyani talab qiladigan astmatik simptomlarining yomonlashish davri sifatida belgilangan) montelukast guruhida 32,2% va flutikazon guruhida 25,6% tashkil qilgan; xavf nisbati 1,04 dan 1,84 dagi 95% ishonch intervalida 1,38 ni tashkil qiladi, bu statistik axamiyatli bo‘lgan.
  • tadqiqotlar davomida tizimli (asosan peroral) glyukokortikosteroidlar buyurilgan pasientlar soni montelukast guruhida 17,8% va flutikazon guruhida 10,5% ni tashkil qilgan. Kichik kvadratlar usuli bo‘yicha aniqlangan guruhlar orasidagi o‘rtacha 2,9 dan 11,7 gacha 95% ishonch intervalida 7,3% ni tashkil qildi.

Jismoniy zo‘riqish fonida yuz bergan bronxospazmning sezilarli kamayishi katta pasientlarda o‘tkazilgan 12-haftalik tadqiqotlarda kuzatilgan, (JNCHH1 ni maksimal pasayishi plasebo 32,40% ga nisbatan montelukast uchun  22,33%; JNCHH1 dastlabki darajaga qaytishgacha bo‘lgan vaqt ±5%: montelukast uchun: 44,22 minut, plasebo uchun esa 60,64 minut). Ushbu samara butun 12-haftalik davri davomida o‘zgarmagan holda qolgan. Jismoniy zo‘riqish fonida yuz bergan bronxospazmni kuchsizlanishi 6 yoshdan 14 yoshgacha bo‘lgan bolalarda o‘tkazilgan qisqa muddatli tadqiqotlarda ham namoyon bo‘lgan (JNCHH1 ni maksimal pasayishi 18,27% ga qarshi 26,11%; JNCHH1 dastlabki darajaga qaytishgacha bo‘lgan vaqt ±5%: 17,76 minutga nisbatan 27,98 minut). Ikkala tadqiqotda ham samaraga dori preparatini kuniga bir marta qabul qilish orasidagi oraliqlar oxirida erishilgan.

Aspiringa sezuvchan va ingalyasion va/yoki peroral glyukokortikosteroidlar bilan yondosh davolanalayotgan bronxial astmasi bo‘lgan pasientlarda, plaseboga qaraganda montelukast bilan davolash, bronxial astma simptomlarining nazoratini sezilarli yaxshilanishiga olib kelgan (JNCHH1 dastlabki darajaga nisbatan -1,74% ga qarshi 8,55% va beta-adrenomimetiklarga umumiy ehtiyojni kamayishi – dastlabki darajaga nisbatan 2,09% ga qarshi 27,78% ).

Farmakokinetika

So‘rilishi

Montelukast ichga qabul qilinganidan so‘ng tez so‘riladi. 10 mg li plyonka qobiq bilan qoplangan tabletka uchun plazmadagi o‘rtacha cho‘qqi konsentrasiyasiga (Cmax) katta pasientlar och qoringa preparatni qabul qilgandan keyin 3 soat (Tmax) o‘tgach erishiladi. Ichga qabul qilgandan keyin biokiraolishligi o‘rtacha 64% ni tashkil qiladi. Odatdagi oziq-ovqat mahsulotlari preparatning biokirishaolishligiga va Cmax ga ta‘sir qilmaydi. Klinik tadqiqotlarda ovqat qabul qilish vaqtidan qat‘iy nazar, 10 mg plyonka qobiq bilan qoplangan tabletkalarning xavfsizligi va samaradorligi namoyish etilgan.

5 mg chaynaladigan tabletkalar uchun Cmax katta pasientlarda preparat och qoringa qabul qilinganidan keyin 2 soat o‘tgach erishiladi. Preparatni o‘rtacha biokiraolishligi 73% ni tashkil qiladi; u, preparat standart ovqat qabul qilgandan keyin qabul qilinganida 63% ga kamayadi.

2 dan 5 yoshgacha bo‘lgan bolalarda och qoringa 4 mg chaynaladigan tablekani qabul qilgandan 2 soatdan keyin Cmax erishilgan. 10 mg tabletkani qabul qilgandan keyin kattalarga nisbatan o‘rtacha Cmax 66% ga ko‘proq, ayni vaqtda o‘rtacha Cmin pastroq bo‘lgan.

Taqsimlanishi va qon plazmasi oqsillari bilan bog‘lanishi.

Montelukast plazma oqsillari bilan 99% dan ortiq bog‘lanadi. Montelukastning taqsimlanish hajmi muvozanatli holatda o‘rtacha 8-11 litrni tashkil qiladi. Nishonlangan montelukast bilan kalamushlarda o‘tkazilgan tadqiqotlar preparatning gematoensefalik to‘siqdan minimal darajada o‘tishini ko‘rsatdi. Nishonlangan radiofaol moddaning konsentrasiyasi preparat qo‘llanganidan keyin 24 soatdan so‘ng boshqa barcha to‘qimalarda minimal bo‘lgan.

Biotransformasiyasi

Montelukast faol metabolizmga uchraydi. Terapevtik dozalari bilan o‘tkazilgan tadqiqotlarda montelukast metabolitlarining konsentrasiyasi plazmadagi barqaror holatida kattalar va bolalarda aniqlash chegarasidan past bo‘lgan.

Sitoxrom R450 2C8 montelukastning metabolizmida ishtirok etuvchi asosiy ferment hisoblanadi. Bundan tashqari CYP3A4 va 2S9 biroz hissa qo‘shishi mumkin, ammo CYP3A4 ingibitori itrakonazol sutkada 10 mg montelukast qabul qilgan sog‘lom odamlarda farmakokinetika ko‘rsatkichlari o‘zgartirmasligi aniqlangan. Inson jigar mikrosomalaridagi in vitro sharoitdagi tadqiqotlarda, plazmadagi montelukastning terapevtik konsentrasiyasi sitoxrom P450 3A4, 2C9, 1A2, 2A6, 2C19 va 2D6 larni ingibisiya qilmasligi aniqlangan. Montelukastning terapevtik ta‘sirida metabolitlarining hissasi  minimal.

Chiqarilishi

Katta yoshdagi sog‘lom odamlarda montelukastning plazma klirensi o‘rtacha minutiga 45 ml ni tashkil qiladi. Nishonlangan montelukast ichga qabul qilinganidan keyin preparatning 86% 5 kun davomida axlatda va < 0,2% siydikda aniqlangan. Montelukast ichga qabul qilinganidan keyin uning biokirishaolishligi bilan bog‘liq natijalar, preparat va uning metabolitlari asosan safro bilan chiqarilishidan dalolat beradi.

Alohida guruh pasientlaridagi farmakokinetikasi

Keksa yoshdagi yoki yengil va o‘rta og‘ir jigar yetishmovchiligi bo‘lgan pasientlar uchun dozaga tuzatish kiritish talab etilmaydi. Buyrak yetishmovchiligi bo‘lgan bemorlarda tadqiqotlar o‘tkazilmagan. Montelukast va uning metabolitlari safro bilan chiqarilishi tufayli, buyrak yetishmovchiligi bo‘lgan pasientlar uchun dozaga tuzatish kitirish talab qilinmaydi. Og‘ir jigar yetishmovchiligi bo‘lgan pasientlarda (Chayld-Pyu shkalasi bo‘yicha > 9 ball) montelukast farmakokinetikasi bo‘yicha ma‘lumotlar yo‘q.

Montelukast yuqori dozalarda buyurilganda (kattalar uchun tavsiya etilgan dozadan 20 – 60 marta yuqori) qon plazmasida teofillin miqdori kamayishi kuzatilgan. Bu samara sutkada bir marta 10 mg tavsiya etilgan doza buyurilganda kuzatilmagan.

 

Qo‘llanilishi

Singlon®, 4 mg chaynaladigan tabletkalar 2 yoshdan 5 yoshgacha bolalar uchun mo‘ljallangan.

Singlon®, 5 mg chaynaladigan tabletkalar 6 yoshdan 14 yoshgacha bolalar uchun mo‘ljallangan.

Singlon® preparati yengil yoki o‘rtacha darajadagi doimiy davom etuvchi bronxial astmasi bo‘lgan, kasalligi ingalyasion kortikosteroidlarni qabul qilish bilan nazorat qilib bo‘lmaydigan pasientlarda va zarurati bo‘lganida qisqa ta‘sirga ega beta-adrenomimetiklarni ishlatilishi yetarli klinik samara ta‘minlanmaganida qo‘shimcha davolash sifatida qo‘llanadi.

Singlon® preparati yengil darajali doimiy davom etuvchi bronxial astma, yaqin vaqtda bronxial astmaning jiddiy xurujlari bo‘lmagan, tizimli glyukokortikosteroidlar qo‘llanilishini talab qilgan, ammo ingalyasion glyukokortikosteroidlar qo‘llanilishi mumkin bo‘lmagan pasientlarga ingalyasion glyukokortikosteroidlar o‘rniga buyurilishi mumkin (“Qo‘llash usuli va dozalar” bo‘limiga qarang).

Singlon® preparati jismoniy yuklama fonida paydo bo‘ladigan asosiy komponenti bronxospazm bo‘lgan bronxial astmani xurujlari profilaktikasi uchun qo‘llanadi.

Qo‘llash usuli va dozalari

Dozalar

Bolalar

5 mg chaynaladigan tabletkalar:

6-14 yoshdagi bolalar uchun doza sutkada 5 mg bir chaynaladigan tabletkani tashkil etadi, uni kechki vaqtda qabul qilish kerak. Ushbu yosh guruhida dozaga tuzatish kiritish talab etilmaydi.

4 mg chaynaladigan tabletkalar:

2-5 yoshdagi bolalar uchun doza sutkada 4 mg bir chaynaladigan tabletkani tashkil etadi, uni kechki vaqtda qabul qilish kerak. Ushbu yosh guruhida dozaga tuzatish kiritish talab etilmaydi.

2 yoshdan kichik bolalar

Singlon® preparatini, 4 mg chaynaladigan tabletkalarni 2 yoshgacha bolalarga berish tavsiya etilmaydi.

Umumiy tavsiyalar:

Preparatning bronxial astma bilan bog‘liq simptomlarga terapevtik ta‘siri bir kun davomida namoyon bo‘ladi. Pasient bronxial astmaning kechishi nazorat qilinadigan davrda ham, shuningdek kasallikni kechishi yomonlashgan davrlarida ham qabul qilishni davom ettirish kerak.

Pasientlarning alohida guruhlari

Yengil va o‘rtacha darajali buyrak yoki jigar yetishmovchiligi bo‘lgan pasientlar uchun dozaga tuzatish kiritish talab qilinmaydi. Og‘ir jigar yetishmovchiligi bo‘lgan pasientlar xaqida ma‘lumotlar yo‘q. Preparatning dozasi erkak va ayol pasientlar uchun ham bir hildir.

Singlon® engil og‘irlik darajadagi doimiy davom etuvchi bronxial astmada ingalyasion glyukortikosteroidlarning past dozalariga muqobil davolash sifatida:

Montelukastni o‘rtacha og‘irlik darajadagi doimiy davom etuvchi bronxial astmasi bo‘lgan pasientlarda monoterapiya sifatida qo‘llash tavsiya etilmaydi. Yengil og‘irlik darajadagi doimiy davom etuvchi bronxial astmasi bo‘lgan bolalarda montelukastni ingalasion glyukokortikosteroidlarning past dozalarini qabul qilishga muqobil davolash sifatida qo‘llashni, faqat peroral glyukokortikosteroidlarni qabul qilishni talab qiluvchi bronxial astmaning jiddiy xurujlari yaqin o‘tmishda bo‘lmagan pasientlar uchun yoki ingalyasion glyukortikosteroidlarni ishlata olmaydigan pasientlar uchun ko‘rib chiqish lozim (“Qo‘llanilishi” bo‘limiga qarang). Yengil og‘irlik darajadagi doimiy davom etuvchi bronxial astmasi tushunchasi ostida bir haftada bir martadan ko‘p, lekin kuniga bir martadan kam yuz beradigan bronxial astma simptomlari; bir oyda 2 martadan ortiq, lekin haftada o‘pkaning normal faoliyati sharoitida bir martadan kam tunda yuz beradigan simptomlar tushuniladi. Agar shifokor kuzatuvi davrida (odatda bir oy davomida) bronxial astmaning simptomlarini qoniqarli nazorat qilishni ta‘minlashning iloji bo‘lmasa, bronxial astmani bosqichma-bosqich davolashga asoslangan qo‘shimcha yoki boshqa yallig‘lanishga qarshi davolash zaruratini ko‘rib chiqish kerak. Bronxial astma simptomlarini nazorat qilish uchun pasientlarni muntazam kuzatuvi amalga oshiriladi.

Singlon® preparati, 4 mg chaynaladigan tabletkalar, 2 yoshdan 5 yoshgacha bo‘lgan bolalarda ustuvor komponenti jismoniy yuklama chaqirgan bronxospazm bo‘lgan bronxial astma xurujlarini profilaktikasi sifatida.

2 yoshdan 5 yoshgacha bolalarda jismoniy yuklama bilan qo‘zg‘atilgan bronxospazm ingalyasion glyukokortikosteroidlar buyurilishi talab qiladigan doimiy davom etuvchi bronxial astmaning ustuvor ko‘rinishi bo‘lishi mumkin. Montelukast bilan davolash boshlanganidan 2-4 haftadan so‘ng takroriy ko‘rikni o‘tkazish kerak. Davolashning samarasi yetarli bo‘lmasa, qo‘shimcha preparatlar yoki boshqa usulda davolash imkoniyatlarini ko‘rib chiqish kerak.

Bronxial astmani davolash uchun boshqa preparatlarga nisbatan Singlon® preparati bilan davolash.

Agar Singlon® preparati ingalyasion glyukokortikosteroidlarni qabul qilish fonida buyurilgan bo‘lsa, ingalyasion glyukokortikosteroidlarni u bilan keskin almashtirish mumkin emas (“Ehtiyotkorlik choralari” bo‘limiga qarang).

10 mg montelukast saqlovchi boshqa dori vositalar (plyonka qobiq bilan qoplangan tabletkalar) kattalar va 15 yoshdan katta o‘smirlar uchun mo‘ljallangan.

Bolalarda qo‘llanishi

Singlon® chaynaladigan tabletka preparatini 2 yoshdan kichik bolalarda ushbu guruh uchun preparat xavfsizligi va samarasi to‘g‘risida ma‘lumotlar yo‘qligi sababli qo‘llash tavsiya etilmaydi.

6 yoshdan 14 yoshgacha bolalar uchun 5 mg li chaynaladigan tabletkalar chiqariladi.

2 yoshdan 5 yoshgacha bolalar uchun 4 mg li chaynaladigan tabletkalar chiqariladi.

Qo‘llash usuli

Ichga qabul qilish uchun buyuriladi. Yutishdan avval tabletkalarni chaynash kerak. Ovqat qabul qilinishi va Singlon preparati qabul qilinishi o‘rtasida bog‘liqlikka yuzasidan, Singlon preparatini ovqatdan 1 soat oldin yoki ovqatdan 2 soat keyin qabul qilish kerak.

Bu dori vositasini bolalarga kattalar nazorati ostida berish kerak. Ushbu dori vositasini chaynaladigan tablektalarni qabul qilishni bilmaydigan yoki qabul qila olmaydigan bolalarga berish mumkin emas. Preparatni 2 yoshdan kichik bo‘lgan bolalarda qo‘llash tavsiya etilmaydi.

Agar bemor preparatni qabul qilish vaqtini o‘tkazib yuborsa, navbatdagi dozani odatdagi vaqtda qabul qilishi kerak. Ikkita dozani ketma-ket qabul qilish mumkin emas.

 

Nojo‘ya ta‘sirlari

Montelukast doimiy davom etuvchi bronxial astma bo‘lgan pasientlarni jalb qilgan holda o‘tkazilgan klinik tadqiqotlarda quyidagicha baholangan:

  • plyonka qobiq bilan qoplangan 10 mg tabletkalar – taxminan 4000 nafar katta pasientlar va 15 yoshdan katta o‘smirlarda.
  • chaynaladigan 5 mg tabletkalar – 6 yoshdan 14 yoshgacha bo‘lgan taxminan 1750 nafar bolalarda

va

  • chaynaladigan 4 mg tabletkalar – 2 yoshdan 5 yoshgacha bo‘lgan 851 nafar bolalarda.

Vaqti-vaqti bilan qo‘zg‘aladigan bronxial astmasi bo‘lgan pasientlarda montelukastni klinik tadqiqotda quyidagicha baholangan:

–           4 mg granula va chaynaladigan tabletkalar – 6 oylikdan 5 yoshgacha 1038 nafar bolalarda.

Klinik tadqiqotlarda quyidagi noxush reaksiyalari ta‘riflangan, ular odatda (>1/100, <1/10) plasebo guruhi pasientlariga qaraganda montelukastni qabul qilgan pasientlarda tez-tez kuzatilgan:

Guruhlash nomi Katta pasientlar va 15 yoshdan katta o‘smirlar (ikki 12 haftalik tadqiqot; n=795) Pediatrik pasientlar 6 yoshdan 14 yoshgacha (bir 8 haftalik tadqiqot; n=201)

(ikki 56 haftalik tadqiqot; n=615)

Pediatrik pasientlar 2 yoshdan 5 yoshgacha (bir 12 haftalik tadqiqot; n=461)

(bir 48 haftalik tadqiqot; n=278)

Nerv tizimi tomonidan buzilishlar Bosh og‘rig‘i Bosh og‘rig‘i  
Me‘da-ichak yo‘llari tomonidan buzilishlar Qorinda og‘riq   Qorinda og‘riq
Umumiy buzilishlar va yuborish joyidagi reaksiyalar     Chanqoqlik

Pasientlarning cheklangan sonida o‘tkazilgan klinik tadqiqotlarda davomli davolashda (kattalar uchun 2 yilgacha va 6-14 yoshdagi pasientlar uchun 6 oygacha) preparatning xavfsizlik profili o‘zgarmagan.

2 yoshdan 5 yoshgacha jami 502 nafar bolalar montelukastni 3 oydan kam bo‘lmagan muddat davomida qabul qilgan, 338 nafar bolalar 6 oy va undan ortiq va 534 nafar bemor 12 oy va undan ortiq muddat preparatni qabul qilgan. Uzoq muddatli davolashda ushbu pasientlarda xavfsizlik profili o‘zgarmagan.

Postmarketing qo‘llanilishi

Postmarketing qo‘llanilishlar vaqtida quyidagi jadvalda noxush reaksiyalar organizm tizimlar sinfi va maxsus atamalari bo‘yicha keltirilgan. Tez-tezlik toifalari tegishli klinik tadqiqotlar ma‘lumotlari asosida baholangan.

Guruhlash nomi Noxush ko‘rinishlar Tez-tezlik toifalari*
Infeksiyalar va invaziyalar yuqori nafas yo‘llari infeksiyalari † Juda tez-tez
Qon va limfatik tizim tomonidan buzilishlar ko‘p qon ketishiga moyillik Kam hollarda
Immun tizimi tomonidan buzilishlar o‘ta yuqori sezuvchanlik reaksiyalar, shu jumladan anafilaktik reaksiyalar Tez-tez emas
jigarning eozinofilli infiltrasiyasi Juda kam hollarda
Ruhiy buzilishlar Odatdagi bo‘lmagan tush ko‘rish (shu jumladan tungi dahshatlar), uyqusizlik, uyquda yurish (oyparastlik), bezovtalik, qo‘zg‘alish, (shu jumladan tajovuzkor xulq yoki yovgarchilik), depressiya, psixomotor qo‘zg‘alish (shu jumladan ta‘sirchanlik, betoqatlik, tremor). Tez-tez emas
Diqqatni jamlashni buzilishi, xotira yomonlashishi Kam hollarda
gallyusinasiya, orientasiya yo‘qolishi, o‘ziga joniga qasd qilish fikri va xulq (o‘z joniga qasd qilish). Juda kam hollarda
Nerv tizimi tomonidan buzilishlar bosh aylanishi, uyquchanlik, paresteziya/gipesteziya, tirishishlar Tez-tez emas
Yurak tomonidan buzilishlar Yurakni tez urishi Kam hollarda
Nafas tizimi, ko‘krak qafasi va ko‘ks oralig‘i a‘zolari tomonidan buzilishlar Burundan qon ketishi. Tez-tez emas
Charga-Stross sindromi (CHSS) (“Ehtiyotkorlik choralari” bo‘limiga qarang), o‘pka eozinofiliyasi. Juda kam hollarda
Me‘da-ichak yo‘llari tomonidan buzilishlar diareya **, ko‘ngil aynishi **, qusish ** Tez-tez
og‘iz qurishi, dispepsiya Tez-tez emas
Gepatobiliar tizimi tomonidan buzilishlar qon zardobida transaminazalar (ALT, AST) faolligi oshishi Tez-tez
gepatit (shu jumladan xolestatik, gepatosellyulyar va jigar aralash shikastlanishining ko‘rinishi)

 

Juda kam hollarda
Teri va teri osti to‘qimalar tomonidan buzilishlar toshma Tez-tez
qontalashlar paydo bo‘lishi, eshakemi, qichishish Tez-tez emas
angionevrotik shish Kam hollarda
tugunli eritemasi, ko‘p shaklli eritema Juda kam hollarda
Suyak-mushak tizimi va biriktiruvchi to‘qima tomonidan buzilishlar artralgiya, mialgiya, shu jumladan mushak spazmi Tez-tez emas
Tizimli buzilishlar va yuborish joyidagi asoratlar isitma Tez-tez
xolsizlik / toliqish, lohaslik, shishlar Tez-tez emas

* Tez-tezlik toifalari: har bir noxush ko‘rinish uchun klinik tadqiqotlarning klinik bazasidagi ma‘lumotlar asosida aniqlangan: juda tez-tez (≥1/10), tez-tez (³1/100 dan

* Montelukast qabul qilgan pasientlarda juda tez-tez uchraydigan sifatida qayd etilgan ushbu noxush ko‘rinish klinik tadqiqotlarida plaseboni qabul qilgan pasientlarda ham juda tez-tez uchraydigan sifatida qayd etilgan.

** Montelukast qabul qilgan pasientlarda tez-tez uchraydigan sifatida qayd etilgan ushbu noxush ko‘rinish klinik tadqiqotlarida plaseboni qabul qilgan pasientlarda ham tez-tez uchraydigan sifatida qayd etilgan.

  • Tez-tezlik toifalari: Kam hollarda

Sanab o‘tilgan nojo‘ya reaksiyalar, shuningdek yo‘riqnomada ko‘rsatilmagan reaksiyalar vujudga kelsa, shifokorga murojaat qilish kerak.

Qo‘llash mumkin bo‘lmagan holatlar

Faol moddaga yoki “Tarkibi” bo‘limida qayd etilgan har qanday yordamchi moddalarga o‘ta sezuvchanlikda qo‘llash mumkin emas.

Ehtiyotkorlik choralari

Pasientlar bronxial astmaning o‘tkir xurujlarini bartaraf qilish uchun montelukast peroral preparatlarini qo‘llash tavsiya etilmaydi va yonlarida doimo tez ta‘sir ko‘rsatadigan preparatlarni olib yurish tavsiya etiladi. Xuruj paydo bo‘lganida ingalyasion beta-adrenomimetiklarni ishlatish tavsiya etiladi. Qisqa ta‘sirga ega ingalyasion beta-adrenomimetiklarni ishlatishga extiyoj oshganida, pasientlar iloji boricha tezroq shifokorga murojaat qilishlari lozim.

Ingalyasion yoki tizimli glyukokortikosteroidlarni montelukastga keskin almashtirish tavsiya etilmaydi.

Montelukastni yondosh qo‘llanganida tizimli glyukokortikosteroidlarning dozalarini pasaytirish mumkinligidan dalolat beruvchi ma‘lumotlar yo‘q.

Kam hollarda, astmaga qarshi preparatlarni, shu jumladan montelukastni qabul qilayotgan pasientlarda, ba‘zida vaskulit va Charga-Stross sindromining klinik ko‘rinishlari bilan birga kechuvchi tizimli eozinofiliya paydo bo‘lishi mumkin – bunday hollarda tizimli glyukokortikosteroidlar qo‘llanadi. Bunday holatlar odatda, lekin har doim bo‘lmasada, tizimli glyukokortikosteroidlarning dozasini kamaytirilishi yoki bekor qilinishi bilan bog‘liq bo‘ladi. Leykotrien reseptorlarining antagonistlarini qabul qilish Charga-Stross sindromini paydo bo‘lishi bilan bog‘liq bo‘lishi ehtimolini na inkor etish, na tasdiqlash mumkin emas. Shifokorlar bu pasientlarda eozinofiliya, vaskulit toshmalarini paydo bo‘lishi, o‘pka simptomlarini zo‘rayib borishi, yurak tomonidan asoratlar va/yoki neyropatiyani paydo bo‘lishi mumkinligi yuzasidan xabardor bo‘lishlar lozim. Yuqorida keltirilgan simptomlar paydo bo‘lgan pasientlar qayta tekshiruvdan o‘tishlari kerak, ularning davolash tartibi esa qayta ko‘rib chiqilishi kerak.

Montelukastni qabul qilish bronxial astmasi bo‘lgan aspiringa yuqori sezuvchan pasientlarga aspirinni va boshqa nosteroid yallig‘lanishga qarshi preparatlarni qabul qilishdan saqlanish zaruratiga ta‘sir qilmaydi.

4 mg chaynaladigan tabletka

Singlon® preparati, 4 mg li chaynaladigan tabletkalari fenilalaninning manbai – aspartam saqlaydi, shuning uchun u fenilketonuriyasi bo‘lgan bemorlarga zarar keltirishi mumkin. Fenilketonuriyasi bo‘lgan pasientlar, har bir 4 mg li chaynaladigan tabletkalarning bir dozasi 0,674 mg fenilalaninga ekvivalent fenilalanin saqlashini nazarda tutishlari kerak.

 

5 mg chaynaladigan tabletka

Singlon® preparati, 5 mg li chaynaladigan tabletkalari fenilalaninning manbai – aspartam saqlaydi, shuning uchun u fenilketonuriyasi bo‘lgan bemorlarga zarar keltirishi mumkin. Fenilketonuriyasi bo‘lgan pasientlar, har bir 5 mg li chaynaladigan tabletkalarning bir dozasi 0,842 mg fenilalaninga ekvivalent fenilalanin saqlashini, nazarda tutishlari kerak.

Dorilarning o‘zaro ta‘siri

Montelukastni bronxial astmani davolash va profilaktika qilish uchun mo‘ljallangan boshqa dori vositalari bilan birga qabul qilish mumkin. Dori vositalarning o‘zaro ta‘sirini aniqlash bo‘yicha tadqiqotlarda, montelukast tavsiya etilgan dozalarda quyidagi dori vositalarining farmakokinetikasiga klinik ahamiyatli ta‘sir ko‘rsatmagan: teofillin, prednizon, prednizolon, peroral kontraseptivlar (etinilestradiol/ noretindron 35/1), terfenadin, digoksin va varfarin.

Montelukastning plazmadagi konsentrasiyasining ”konsentrasiya vaqt” farmakokinetik egri chizig‘i ostidagi maydon (AUC), bir vaqtda fenobarbital qabul qilgan pasientlarda taxminan 40% ga kamaygan. CYP 3A4, 2C8 va 2C9 montelukastning metabolizmida ishtirok etishi tufayli, montelukast, fenitoin, fenobarbital va rifampisin kabi CYP 3A4, 2C8 va 2C9 induktorlari bilan birga, ayniqsa bolalarda qo‘llanganida ehtiyotkorlik namoyon qilish kerak.

In vitro sharoitdagi tadqiqotlarda montelukast CYP 2C8 ning kuchli ingibitori ekanligi aniqlangan. Biroq montelukast va rosiglitazon (asosiy metabolizmi CYP 2C8 fermenti ishtirokida amalga oshadigan dorilar uchun marker substratlarning vakili) ning o‘zaro ta‘sirini o‘rganish bo‘yicha klinik tadqiqotlarning natijalari, in vivo sharoitida montelukastning CYP 2C8 ga ingibisiya qiluvchi ta‘sirini aniqlamagan. Shuning uchun montelukast ushbu ferment ishtirokida metabolizmga uchraydigan preparatlar (masalan, paklitaksel, rosiglitazon va repaglinid) ning metabolizmini sezilarli o‘zgartirmasligi kutiladi.

In vitro sharoitdagi tadqiqotlar natijalariga ko‘ra, montelukast CYP2C8 izofermenti substrati hisoblanishini ko‘rsatdi, ammo kamroq darajada u 2C9, va 3A4 izofermetlari substrati bo‘ladi. Montelukast va gemfibrozil (CYP2C8 va 2C9 izofermentlari ingibitori) o‘zaro ta‘sirining klinika tadqiqotida gemfibrozil montelukastning tizimli ekspozisiyasini 4,4 marta oshirgan. Bir vaqtda gemfibrozil yoki CYP2C8 izofermentining boshqa kuchli ingibitori bilan buyurganda montelukast dozasi o‘zgartirilishi talab etilmaydi, ammo shifokor nojo‘ya asoratlar rivojlanishi ehtimoli oshishi to‘g‘risida bilishi shart.

Mazkur in vitro sharoitdagi tadqiqotlar natijalari asosida CYP2C8 kuchsizroq ingibitorlari bilan (masalan, trimetoprim bilan) klinik ahamiyatli o‘zaro ta‘sirlanish kutilmaydi. Bir vaqtda montelukast CYP3A4 izofermentining kuchli ingibitori itrakonazol bilan buyurilishi, montelukast tizimli ekspozisiyasi sezilarli oshishiga olib kelmagan.

Maxsus ko‘rsatmalar

Homiladorlik va emizish davrida qo‘llash

Homiladorlik

Hayvonlarda o‘tkazilgan tadqiqotlarda homiladorlikni kechishi va embrion / homila rivojlanishi uchun zararli ta‘siri aniqlanmagan.

Homiladorlikka bo‘yicha ma‘lumotlar bazasidagi cheklangan ma‘lumotlar montelukast va tug‘ma nuqsonlar (masalan, qo‘l-oyoqlarning nuqsonlari) orasida sabab bog‘liqlikni borligini taxmin qilish imkoni yo‘q, ular kam hollarda global postmarketing tadqiqotlar vaqtida aniqlangan.

Singlon® ni homiladorlik davrida faqat juda zarur hollardagina qo‘llanishi mumkin.

Emizish davri

Kalamushlarda o‘tkazilgan tadqiqotlarda montelukast ko‘krak sutiga o‘tishini ko‘rsatdi. Montelukast ayol ko‘krak sutiga o‘tishi noma‘lum.

Emizish davrida Singlon®  faqat juda zarur holatlardagina qo‘llanishi mumkin.

Transport vositasini boshqarish va mexanizmlar bilan ishlash qobiliyatiga ta‘siri:

Montelukast avtomobilni va mexanizmlarni boshqarishga qobiliyatiga biron-bir usul orqali ta‘sir qilmasligi kutiladi.

Shunga qaramasdan, juda kam hollarda pasientlar bosh aylanishi va uyquchanlik to‘g‘risida xabar berishgan.

Preparat bolalar ololmaydigan joyda saqlansin va yaroqlilik muddati o‘tgach ishlatilmasin.

Dozani oshirib yuborilishi

Montelukast dozasi oshirib yuborilganda davolash haqida alohida ma‘lumot mavjud emas. Bronxial astmaning uzoq muddatli tadqiqotlari montelukast katta pasientlarga 22 hafta davomida sutkada 200 mg gacha dozada buyurilgan, qisqa muddatli tadqiqotlarda klinik ahamiyatli bo‘lgan nojo‘ya asoratlarsiz bir hafta davomida sutkada 900 mg gacha dozada buyurilgan.

Klinik tadqiqotlarida va postmarketing tekshirishlarda montelukast dozasini oshirib yuborishlishi haqida ma‘lumotlar olingan. Ular kattalarda va bolalarda (42 haftalik bola taxminan 61 mg/kg ga doza) 1000 mg dan ortiq dozani qabul qilganda qabul qilganligi haqida ma‘lumot bor. Klinik va laboratoriya ko‘rsatkichlari kattalar va bolalarda xavfsizlik profiliga mos kelishini ko‘rsatdi. Dozani oshirib yuborish to‘g‘risidagi ko‘pchilik xabarlarda hech qanday nojo‘ya asoratlar haqida ma‘lumot keltirilmagan. Ko‘plab uchraydigan nojo‘ya asoratlar montelukast xavfsizligi profiliga mos kelgan va qorinda og‘riq, uyquchanlik, chanqoqlik, bosh og‘rig‘i, qusish va psixomotor giperfaollikni o‘z ichiga olgan.

Montelukast peritoneal dializ yoki gemodializ orqali chiqarilishi noma‘lum.

 

Chiqarilish shakli

7 chaynaladigan tabletkadan Al/Al blisterda.

4 ta blister qo‘llash bo‘yicha yo‘riqnomasi bilan karton qutida.

      

Saqlash sharoiti

25°C dan yuqori bo‘lmagan haroratda, yorug‘lik va namlikdan himoya qilish uchun original o‘ramida saqlansin.

Yaroqlilik muddati

2 yil.

Dorixonalardan berish tartibi

Resept bo‘yicha.

 

Ulashish:

Fikr qoldirish
Baho:
              
Matnni kiriting

Ismingiz
Fikr-mulohazangiz moderator tekshiruvidan so'ng nashr etiladi

Mahsulot bo'yicha savolingiz bormi?

Savol qoldirish

Mulohazalar

SINGLON tabletkalari 5mg N28 dori vositasi O'zbekiston dori vositalari reestrida ro'yxatdan o'tganmi?
Ha, preparat O'zbekiston dori vositalari reestrida ro'yxatdan o'tgan.
SINGLON tabletkalari 5mg N28 dori vositasi ishlab chiqaruvchisi kim va u qaysi davlatda ishlab chiqarilgan?
SINGLON tabletkalari 5mg N28 dori vositasi Гедеон Рихтер, ОАО, Венгрия произведено: Гедеон Рихтер Польша, ООО tomonidan Polsha mamlakatida ishlab chiqarilgan.
SINGLON tabletkalari 5mg N28 dori vositasi resept bo’yicha sotiladimi?
SINGLON tabletkalari 5mg N28 dori vositasi resept bo'yicha sotiladigan dori

Analoglar
LYUKAMONT PLYUS tabletkalari 10mg N28
LYUKAMONT KIDS tabletkalari 5mg N28
SINGLON tabletkalari 4mg N28
  • Ishlab chiqarilish joyi: Polsha
  • Faol modda: Монтелукаст ko'proq ko'rsatish
  • Ishlab chiqaruvchi: Гедеон Рихтер, ОАО, Венгрия произведено: Гедеон Рихтер Польша, ООО
  • Vakil: Gedeon Richter
Narh: 98 000 so'mdan Batafsil
MONTILAST tabletkalari 10mg N10
  • Ishlab chiqarilish joyi: O'zbekiston
  • Faol modda: Монтелукаст ko'proq ko'rsatish
  • Ishlab chiqaruvchi: Remedy Group, СП ООО для Izida Pharma Ltd.
  • Vakil: Izida Pharma
MOGULYAR tabletkalari 10mg N14
  • Ishlab chiqarilish joyi: Gretsiya
  • Faol modda: Монтелукаст ko'proq ko'rsatish
  • Ishlab chiqaruvchi: Welfar United Ltd, Великобритания произведено: Specifar S.A.
MOGULYAR tabletkalari 5mg
  • Ishlab chiqarilish joyi: Gretsiya
  • Faol modda: Монтелукаст ko'proq ko'rsatish
  • Ishlab chiqaruvchi: Welfar United Ltd, Великобритания произведено: Specifar S.A.
KULENTO tabletkalari 10mg N28
  • Ishlab chiqarilish joyi: Turkiya
  • Faol modda: Монтелукаст ko'proq ko'rsatish
  • Ishlab chiqaruvchi: World Medicine Ilaс San. Ve Tic. A.S.
Narh: 67 200 so'mdan Batafsil
BRIZEZI 10 tabletkalari 10mg N30
  • Ishlab chiqarilish joyi: Hindiston
  • Faol modda: Монтелукаст ko'proq ko'rsatish
  • Ishlab chiqaruvchi: MSN Laboratories Private Limited
Narh: 13 000 so'mdan Batafsil
BRIZEZI 5 tabletkalari 5mg N30
  • Ishlab chiqarilish joyi: Hindiston
  • Faol modda: Монтелукаст ko'proq ko'rsatish
  • Ishlab chiqaruvchi: MSN Laboratories Private Limited
Narh: 92 700 so'mdan Batafsil
AKRETAN SANOVEL tabletkalari 10mg N28
  • Ishlab chiqarilish joyi: Turkiya
  • Faol modda: Монтелукаст ko'proq ko'rsatish
  • Ishlab chiqaruvchi: Arven Ilac San. ve Tic. A.S., Турция произведено: Sanovel Ilac Sanayi ve Ticaret A.S.
AKRETAN-SANOVEL chaynaladigan tabletkalar 5 mg N28
  • Ishlab chiqarilish joyi: Turkiya
  • Faol modda: Монтелукаст ko'proq ko'rsatish
  • Ishlab chiqaruvchi: Arven Ilac San. ve Tic. A.S., Турция произведено: Sanovel Ilac Sanayi ve Ticaret A.S.
MONTILAST tabletkalari 5mg N10
  • Ishlab chiqarilish joyi: O'zbekiston
  • Faol modda: Монтелукаст ko'proq ko'rsatish
  • Ishlab chiqaruvchi: Remedy Group, СП ООО для Izida Pharma Ltd.
  • Vakil: Izida Pharma
MONTESIT tabletkalari 5mg N10
  • Ishlab chiqarilish joyi: O'zbekiston
  • Faol modda: Монтелукаст ko'proq ko'rsatish
  • Ishlab chiqaruvchi: Remedy Group, СП ООО для Citco Chemicals Ltd
MONTESIT tabletkalari 10mg N10
  • Ishlab chiqarilish joyi: O'zbekiston
  • Faol modda: Монтелукаст ko'proq ko'rsatish
  • Ishlab chiqaruvchi: Remedy Group, СП ООО для Citco Chemicals Ltd
KASTOZEF tabletkalari 10mg N10
  • Ishlab chiqarilish joyi: O'zbekiston
  • Faol modda: Монтелукаст ko'proq ko'rsatish
  • Ishlab chiqaruvchi: Remedy Group, СП ООО для ZEUS Pharma Ltd.
ZEULUKAS tabletkalari 10mg N10
  • Ishlab chiqarilish joyi: O'zbekiston
  • Faol modda: Монтелукаст ko'proq ko'rsatish
  • Ishlab chiqaruvchi: Remedy Group, СП ООО для ZEUS Pharma Ltd.
ASTANOL tabletkalari 5mg N10
  • Ishlab chiqarilish joyi: O'zbekiston
  • Faol modda: Монтелукаст ko'proq ko'rsatish
  • Ishlab chiqaruvchi: Remedy Group СП OOO
ASTANOL tabletkalari 10mg N10
  • Ishlab chiqarilish joyi: O'zbekiston
  • Faol modda: Монтелукаст ko'proq ko'rsatish
  • Ishlab chiqaruvchi: Remedy Group СП OOO
LYUKAMONT KIDS tabletkalari 4mg N28
  • Ishlab chiqarilish joyi: Turkiya
  • Faol modda: Монтелукаст ko'proq ko'rsatish
  • Ishlab chiqaruvchi: Pharmactive Ilac San. Ve Tic. A.S.
LANGEYR tabletkalari 4mg N14
  • Ishlab chiqarilish joyi: Pokiston
  • Faol modda: Монтелукаст ko'proq ko'rsatish
  • Ishlab chiqaruvchi: Nabiqasim Industries (Pvt) Ltd
KASTOZEF tabletkalari 5mg N10
  • Ishlab chiqarilish joyi: O'zbekiston
  • Faol modda: Монтелукаст ko'proq ko'rsatish
  • Ishlab chiqaruvchi: Remedy Group СП OOO
Narh: 30 000 so'mdan Batafsil
ZEULUKAS tabletkalari 5mg N10
  • Ishlab chiqarilish joyi: O'zbekiston
  • Faol modda: Монтелукаст ko'proq ko'rsatish
  • Ishlab chiqaruvchi:
SINGLON tabletkalari 10mg N28
  • Ishlab chiqarilish joyi: Polsha
  • Faol modda: Монтелукаст ko'proq ko'rsatish
  • Ishlab chiqaruvchi: Гедеон Рихтер, ОАО, Венгрия произведено: Гедеон Рихтер Польша, ООО
  • Vakil: Gedeon Richter
Narh: 79 700 so'mdan Batafsil
BRIZEZI 4 tabletkalari 4mg N30
  • Ishlab chiqarilish joyi: Hindiston
  • Faol modda: Монтелукаст ko'proq ko'rsatish
  • Ishlab chiqaruvchi: MSN Laboratories Private Limited
Narh: 75 000 so'mdan Batafsil
ASTANOL tabletkalari 5mg N20
  • Ishlab chiqarilish joyi: O'zbekiston
  • Faol modda: Монтелукаст ko'proq ko'rsatish
  • Ishlab chiqaruvchi: Remedy Group СП OOO
ASTANOL tabletkalari 10mg N20
  • Ishlab chiqarilish joyi: O'zbekiston
  • Faol modda: Монтелукаст ko'proq ko'rsatish
  • Ishlab chiqaruvchi: Remedy Group СП OOO
MITEKA tabletkalari 4mg N14
  • Ishlab chiqarilish joyi: Pokiston
  • Faol modda: Монтелукаст ko'proq ko'rsatish
  • Ishlab chiqaruvchi: Hilton Pharma (Pvt) Ltd.
MITEKA poroshok 4g N14
  • Ishlab chiqarilish joyi: Pokiston
  • Faol modda: Монтелукаст ko'proq ko'rsatish
  • Ishlab chiqaruvchi: Hilton Pharma (Pvt) Ltd.
AKRETAN-SANOVEL chaynaladigan tabletkalar 4 mg N28
  • Ishlab chiqarilish joyi: Turkiya
  • Faol modda: Монтелукаст ko'proq ko'rsatish
  • Ishlab chiqaruvchi: Arven Ilac San. ve Tic. A.S., Турция произведено: Sanovel Ilac Sanayi ve Ticaret A.S.
MOGULYAR tabletkalari 4mg
  • Ishlab chiqarilish joyi: Gretsiya
  • Faol modda: Монтелукаст ko'proq ko'rsatish
  • Ishlab chiqaruvchi: Welfar United Ltd, Великобритания произведено: Specifar S.A.
Ishlab chiqaruvchining dorilari
SINGLON tabletkalari 4mg N28
  • Ishlab chiqarilish joyi: Polsha
  • Faol modda: Монтелукаст ko'proq ko'rsatish
  • Ishlab chiqaruvchi: Гедеон Рихтер, ОАО, Венгрия произведено: Гедеон Рихтер Польша, ООО
  • Vakil: Gedeon Richter
Narh: 98 000 so'mdan Batafsil
SINGLON tabletkalari 10mg N28
  • Ishlab chiqarilish joyi: Polsha
  • Faol modda: Монтелукаст ko'proq ko'rsatish
  • Ishlab chiqaruvchi: Гедеон Рихтер, ОАО, Венгрия произведено: Гедеон Рихтер Польша, ООО
  • Vakil: Gedeon Richter
Narh: 79 700 so'mdan Batafsil
NORTIVAN tabletkalari 160mg N30
  • Ishlab chiqarilish joyi: Polsha
  • Faol modda: Valsartan ko'proq ko'rsatish
  • Ishlab chiqaruvchi: Гедеон Рихтер, ОАО, Венгрия произведено: Гедеон Рихтер Польша, ООО
NORTIVAN tabletkalari 80mg N30
  • Ishlab chiqarilish joyi: Polsha
  • Faol modda: Valsartan ko'proq ko'rsatish
  • Ishlab chiqaruvchi: Гедеон Рихтер, ОАО, Венгрия произведено: Гедеон Рихтер Польша, ООО
  • A
  • B
  • D
  • E
  • F
  • G
  • H
  • I
  • J
  • K
  • L
  • M
  • N
  • O
  • P
  • Q
  • R
  • S
  • T
  • U
  • V
  • X
  • Y
  • Z
  • Ch
  • Sh
  • 0-9