110 000 s`om dan
Dorixonalardan izlash152 000 s`om dan + yetkazish
Buyurtma berishПродажа | Retseptsiz. |
Yaroqlilik muddati (oy) | 3 yil. Yaroqlilik muddati o‘tgach qo‘llanilmasin. |
Preparat tavsiya etilgan dozalarda qo‘llanilganda avtomobil va mexanizmlarni boshqarish qobiliyatiga ta’sir ko‘rsatmaydi. Ammo, kam hollarda preparatni qabul qilganda kuzatilishi mumkin bo‘lgan noxush reaksiya “bosh aylanishi” kuzatilgan patsiyentlarda Sinupret® Ekstrakt transport vositalarini boshqarish va mexanizmlar bilan ishlash qobiliyatiga ahamiyatsiz ta’sir ko‘rsatishi mumkin.
Doza oshirib yuborilganda noxush reaksiyalar (masalan ko‘ngil aynishi, me’dada og‘riq, diareya) yaqqolroq bo‘lishi mumkin. Bunday hollarda preparatni qabul qilishni to‘xtatish va shifokor bilan maslahatlashish kerak.
Doza oshirib yuborilganda simptomatik davolash talab etiladi.QO‘LLASH BO‘YICHA YO‘RIQNOMA
CINUPRET®
SINUPRET®
Preparatning savdo nomi: Sinupret®
Dori shakli: sirop
Tarkibi:
100 g sirop saqlaydi:
faol moddalar:
erbaxodosh ildizi (Gentianae radix) 0,069 g
kosali navro‘zgul gullari
(Primulae flos cum calycibus) 0,207 g
otquloq o‘ti (Rumicis herba) 0,207 g
marjondaraxat gullari (Sambuci flos) 0,207 g
tizimgul o‘ti (Verbenae herba) 0,207 g
dan olingan spirtli ekstraktlar aralashmasi 10,0 g
yordamchi moddalar: etanol, tozalangan suv, suyuq maltit, olcha xushbo‘yi.
Ta‘rifi: olcha hidli va shirin ta‘mli och jigarrang rangli qovushqoq suyuqlik.
Saqlash jarayonida ozgina xiralashishi yoki biroz cho‘kma tushishi mumkin.
Farmakoterapevtik guruhi: LOR-a‘zolari kasalliklarini davolash uchun o‘simliklardan olingan dori preparati.
ATX kodi: R05X
Farmakologik xususiyatlari
O‘simliklardan olinadigan majmuaviy preparat.
Farmakologik xususiyatlari preparatning tarkibiga kiruvchi biologik faol moddalarga bog‘liq. Sinupret® sekretolitik, sekretomotor va yallig‘lanishga qarshi ta‘sir ko‘rsatadi. Burunning yondosh bo‘shliqlari va yuqori nafas yo‘llaridan ekssudatni oqib chiqishiga yordam beradi. Antibakterial va viruslarga qarshi ta‘sirga ega va infeksiyalarda yordam beradi.
Farmakokinetikasi
Preparatning barcha faol moddalari bo‘yicha ma‘lumotlar yetarli bo‘lmaganligi sababli mavjud emas.
Qo‘llanilishi
Qovushqoq sekret hosil bo‘lishi bilan kechuvchi o‘tkir va surunkali sinusitlar.
Qo‘llash usuli va dozalari
Kattalar va 12 yoshdan oshgan o‘smirlarga: 7 ml dan kuniga 3 marta
6 yoshdan 11 yoshgacha bo‘lgan bolalarga: 3,5 ml dan kuniga 3 marta
2 yoshdan 5 yoshgacha bo‘lgan bolalarga: 2,1 ml dan kuniga 3 marta
Davolash 7-14 kunni tashkil etadi.
Agar simptomlar saqlansa yoki vaqti-vaqti bilan takrorlansa, shifokor bilan maslahatlashish zarur.
Nojo‘ya ta‘sirlari
Quyidagi nojo‘ya ta‘sirlar bo‘lishi mumkin:
– me‘da-ichak buzilishlari (masalan, qorinning yuqori qismida og‘riq)
– allergik reaksiyalar (masalan, ekzantema, qichishish).
Nojo‘ya samaralar paydo bo‘lganida (ayniqsa allergik reaksiyalar) preparatni qabul qilishni to‘xtatish va shifokorga murojaat qilish kerak.
Qo‘llash mumkin bo‘lmagan xolatlar
Dorilarning o‘zaro ta‘siri
Etiopatogenetik davolash maqsadida antibakterial dori vositalari bilan majmuada qo‘llash mumkin va maqsadga muvofiq.
Boshqa dori vositalari bilan o‘zaro ta‘siri hozirgi vaqtgacha noma‘lum.
Maxsus ko‘rsatmalar
Agar kasallikning simptomlari 7-14 kundan ko‘p saqlansa, vaqti-vaqti bilan takrorlansa, shuningdek hansirash, isitma, yiringli balg‘am paydo bo‘lganida shifokor bilan maslahatlashish kerak.
Preparat alkogol saqlaganligi sababli, alkogolizmi bo‘lgan bemorlar, shuningdek alkogolga qaramlikni davolashdan so‘ng preparatni qabul qilishlari mumkin emas. Alkogolizm yoki jigar kasalliklari bilan xastalangan, jarohatlari va bosh miya kasalliklari va tutqanog‘i bo‘lgan pasientlar Sinupret® siropi 8,0% spirt saqlanishini yodda tutishlari kerak.
1 ml sirop 0,0639 ml spirt saqlaydi.
Qandli diabeti bo‘lgan bemorlarda qo‘llanishi
Ushbu preparat maltit eritmasini saqlaydi.
Agar sizga ma‘lum turdagi qandlarni o‘zlashtiraolmaslik bilan xastalanganligingiz ma‘lum bo‘lsa, preparatni qabul qilishdan oldin shifokor bilan maslaxatlashing.
7,0 ml sirop 5,5 g maltit eritmasini saqlaydi, bu taxminan 0,35 non birligiga (NB) to‘g‘ri keladi. Energetik qiymati 2,3 kkal/g maltitni tashkil etadi. Maltit yengil surgi ta‘sir ko‘rsatish mumkin.
Homiladorlik va laktasiya
Homiladorlik vaqtida Sinupret®ni faqat shifokorning tavsiyasi bo‘yicha qo‘llash mumkin.
Laktasiya (emizish) davrida preparatni qo‘llash tajribasi yo‘qligi sababli, bu davrda preparatni qo‘llash tavsiya etilmaydi.
Transport vositasi yoki potensial xavfli mexanizmlarni boshqarish qobiliyatiga dori vositasini ta‘sir qilish xususiyati.
Agar preparat tavsiya etilgan dozalarda iste‘mol qilinsa, u transportni boshqarish va potensial xavfli mexanizmlar bilan ishlash qobiliyatiga ta‘sir qilmaydi.
Iste‘mol qilishdan oldin chayqating!
Preparat bolalar olaolmaydigan joyda saqlansin va yaroqlilik muddati o‘tgach qo‘llanilmasin.
Dozani oshirib yuborilishi
Simptomlari: preparatni terapevtik dozalardan sezilarli darajada ortiq dozalarda qabul qilish, me‘da buzilishlari, qusish yoki diareyani chaqirishi mumkin.
Davolash: preparatni qabul qilishni to‘xtatish, davolash simptomatik.
Chiqarilish shakli
Ichga qabul qilish uchun 100 ml sirop yuqorisida o‘lchov tomchilagich moslamasi, birinchi ochish nazorati bo‘lgan buraladigan qopqoqli va o‘lchov stakani bo‘lgan to‘q shisha flakonda.
Saqlash sharoiti
Yorug‘likdan himoyalangan joyda, 30oS dan yuqori bo‘lmagan haroratda saqlansin.
Yaroqlilik muddati
3,5 yil.
Ochilgan flakonlarni 6 oy davomida ishlatish mumkin.
Dorixonalardan berish tartibi
Reseptsiz.