×
×

Mahsulotning ko'rinishi saytdagi rasmdan farq qilishi mumkin.

SINUPRET sirop 100ml

Kategoriya:
- Shamollash va gripp
Ishlab chiqarilish joyi:
- Germaniya
Farmakoterapevtik guruh:
- Burun yondosh bo‘shliqlarining yallig‘lanishli kasalliklarini davolash uchun o‘simliklardan olingan dori preparati.
Faol modda:
корень генцианы, трава вербены, трава щавеля, цветки бузины, цветки первоцвета с чашечками
Ishlab chiqaruvchi:
- Bionorica SE
Vakil:
- Bionorica SE
ATX kodi:
- R05CA10
Noaniqliq haqida habar berish
O'zbekiston Respublikasi dorilar reestri ro'yxatidan o'tgan
Yaroqlilik muddati (oy) 48
Mahsulot haqida tafsilotlar
Saytda e'lon qilingan ma'lumotlar mutaxassislar uchun mo'ljallangan. O'zingizni-o'zingiz davolash bilan shug'ullanmang. Sog'lig'ingizga zarar bermaslik uchun mutaxassis bilan maslahatlashishga ishonch hosil qiling!
1 ml (1,208 g mos keladi) preparat quyidagilarni saqlaydi:  Faol komponent: gajak o‘t ildizlari, navro‘zgul yaproqlari bilan gullari, shovul o‘ti, marjon guli, tizimgul o‘ti (1:38,5) aralashmasi (1:3:3:3:3) - 417 mg.  Ekstragent: etanol 59 % (x/x), tozalangan suv  Yordamchi moddalar: suyuq maltit, olcha aromatizatori.  Etanol miqdori: 8 % (x/x).
O‘simliklardan olingan majmuaviy preparat.

Farmakologik xususiyatlari preparatning tarkibiga kiruvchi biologik faol moddalar bilan bog‘liq. Sinupret® preparati sekretolitik, sekretomotor va yallig‘lanishga qarshi ta’sir ko‘rsatadi. Burun yondosh bo‘shliqlari va yuqori nafas yo‘llaridan ekssudatini chiqishiga yordam beradi. Viruslarga qarshi va antibakterial ta’sir ko‘rsatib, infeksiyalarda davolovchi samara namoyon qiladi.

Preparatning barcha faol moddalari haqida batafsil ma’lumot yo‘qligi tufayli, farmakokinetikasi va biokiraolishligi bo‘yicha tadqiqotlar keltirilmagan.


Kam xollarda quyidagi nojo‘ya ta’sirlar kuzatilishi mumkin:

- me’da-ichak yo‘llari tomonidan buzilishlar (masalan qorinda og‘riq, ko‘ngil aynishi)

- teri allergik reaksiyalari (masalan qizarish, teri toshmasi, qichishish)

Bundan tashqari, angionevrotik shish, hansirash, yuzni shishi kabi jiddiy allergik reaksiyalar kuzatilishi mumkin. Tez-tezligi noma’lum.

Har qanday (shu jumladan ushbu yo‘riqnomada ko‘rsatilmagan) nojo‘ya samaralar paydo bo‘lganida preparatni qabul qilishni to‘xtatish va shifokorga murojaat etish kerak.

Agar simptomlar 7-4 kundan ko‘proq saqlansa, yomonlashsa yoki vaqti-vaqti bilan takrorlansa, shuningdek burundan qon ketishi, isitma, kuchli og‘riq yoki tushuntirib bo‘lmaydigan shikoyatlar paydo bo‘lganida shifokor bilan maslahatlashish kerak.

Agar Sizda me’dani sezgirligi bo‘lsa yoki me’daning ma’lum kasalliklarida ushbu dori vositasini qabul qilganda alohida ehtiyotkorlik talab etiladi. Sinupret siropni ovqatdan keyin bir stakan suv bilan qabul qilgan afzal.

Sinupret® sirop 8,0% alkogol saqlaydi, 7,0 ml sirop taxminan 448 mg alkogol saqlaydi.

Alkogol saqlaganligi tufayli preparatni alkogolizmi bo‘lgan bemorlarda, shuningdek alkogolli qaramlikni muvaffaqiyatli davolagandan keyin preparatni qo‘llash mumkin emas. Alkogolizmi bo‘lgan patsiyentlarda, dori vositasini tavsiya etilgandan yuqoriroq dozalarda qabul qilgan bolalarda va jigar kasalliklari yoki tutqanog‘i bo‘lgan bemorlar kabi yuqori xavf guruhiga mansub patsiyentlarda alkogol saqlashini e’tiborga oling.

Ushbu preparat maltit eritmasini saqlaydi.

Agar Sizda qandlarning ayrim turlarini o‘zlashtiraolmaslik ma’lum bo‘lsa, preparatni qabul qilishdan oldin shifokor bilan maslahatlashing.

7,0 ml sirop 5,5 g maltit eritmasini saqlaydi. Energetik qiymati 2,3 kkal/g maltitni tashkil qiladi. Maltit yengil surgi ta’sir ko‘rsatishi mumkin.

Homiladorlik va laktatsiya davri

Homiladorlik davrida Sinupret® siropini faqat davolovchi shifokor tomonidan foyda va xavf nisbatini sinchkovlik bilan baholagandan keyin qo‘llash mumkin.

Laktatsiya (emizish) davrida qo‘llash tajribasi yo‘qligi tufayli, preparatni ushbu davrda qo‘llash tavsiya etilmaydi.

Dori vositasining transport vositalari yoki potensial xavfli faoliyat turlari bilan shug‘ullanish qobiliyatiga ta’siri

Preparat agar tavsiya etilgan dozalarda qabul qilinsa, transport vositalarini boshqarish va potensial xavfli faoliyat turlari bilan shug‘ullanish qobiliyatiga ta’sir ko‘rsatmaydi.

Qovushqoq sekretni hosil bo‘lishi, shuningdek burun bitishi bilan kechuvchi o‘tkir va surunkali rinosinusitlarda qo‘llanadi.

- preparatning komponentlariga yuqori sezuvchanlik

- 2 yoshgacha bo‘lgan bolalarda qo‘llash mumkin emas.

Antibakterial dori vositalari bilan majmuada qo‘llash mumkin.

Hozirgi vaqtda boshqa dori vositalari bilan o‘zaro ta’siri noma’lum.
30оС dan yuqori bo‘lmagan haroratda saqlansin.


Bolalar ololmaydigan joyda saqlansin.


Yaroqlilik muddati

4 yil.

Ochilgan flakonlarni 6 oy davomida ishlatish mumkin.

Yaroqlilik muddati o‘tgach qo‘llanilmasin.
Och-jigarrangli, olcha hidli qovushqoq suyuqlik.
Saqlash jarayonida xiralashish yoki ahamiyatsiz cho‘kma tushishi mumkin.
Kattalar va 12 yoshdan oshgan o‘smirlar: 7,0 ml dan kuniga 3 marta

6-11 yoshdagi bolalar: 3,5 ml dan kuniga 3 marta

2-5 yoshdagi bolalar: 2,1 ml dan kuniga 3 marta.

Sinupret® siropi ilova qilingan o‘lchov qoshiqchasi yordamida yuqorida ko‘rsatilgan dozada kuniga 3 marta (ertalab, kunduzi va kechqurun) ichga qabul qilinadi.

Zarurati bo‘lganida preparatni oz miqdordagi suyuqlik bilan qabul qilish mumkin.
Qo‘llashdan oldin chayqatilsin!


Davolash kursi 7-14 kunni tashkil qiladi.

Agar simptomlar saqlansa yoki vaqti-vaqti bilan takrorlansa, shifokor bilan maslahatlashish kerak.

2 yoshgacha bo‘lgan bolalarda qo‘llash mumkin emas.
Simptomlari: doza oshirib yuborilganda noxush samaralar jadalroq bo‘lishi mumkin.

Davolash: preparatni qabul qilishni to‘xtating va shifokorga xabar bering, shifokoringiz zarur choralarni ko‘radi.

Homiladorlik vaqtida Sinupret® siropni faqat davolovchi shifokor tomonidan foyda va xavfni sinchkov baholagandan keyin qo‘llash mumkin.


Laktatsiya (emizish) davrida preparatni qo‘llash tajribasi yo‘qligi sababli, bu davrda preparatni qo‘llash tavsiya etilmaydi.
Jigar kasalligi bo'lgan bemorlarga preparatni ehtiyotkorlik bilan qabul qilish kerak
SINUPRET sirop 100ml qo'lanishi bo'yicha ko'rsatmalar

QO‘LLASH BO‘YICHA YO‘RIQNOMA

CINUPRET®

SINUPRET®

Preparatning savdo nomi: Sinupret®

Dori shakli: sirop

Tarkibi:

100 g sirop saqlaydi:

faol moddalar:

erbaxodosh ildizi (Gentianae radix)                                             0,069 g

kosali navro‘zgul gullari

(Primulae flos cum calycibus)                                                           0,207 g

otquloq o‘ti (Rumicis herba)                                                           0,207 g

marjondaraxat gullari (Sambuci flos)                                         0,207 g

tizimgul o‘ti (Verbenae herba)                                                      0,207 g

dan olingan spirtli ekstraktlar aralashmasi                          10,0 g

yordamchi moddalar: etanol, tozalangan suv, suyuq maltit, olcha xushbo‘yi.

Ta‘rifi: olcha hidli va shirin ta‘mli och jigarrang rangli qovushqoq suyuqlik.

Saqlash jarayonida ozgina xiralashishi yoki biroz cho‘kma tushishi mumkin.

Farmakoterapevtik guruhi: LOR-a‘zolari kasalliklarini davolash uchun o‘simliklardan olingan dori preparati.

ATX kodi: R05X

 

Farmakologik xususiyatlari

O‘simliklardan olinadigan majmuaviy preparat.

Farmakologik xususiyatlari preparatning tarkibiga kiruvchi biologik faol moddalarga bog‘liq. Sinupret® sekretolitik, sekretomotor va yallig‘lanishga qarshi ta‘sir ko‘rsatadi. Burunning yondosh bo‘shliqlari va yuqori nafas yo‘llaridan ekssudatni oqib chiqishiga yordam beradi. Antibakterial va viruslarga qarshi ta‘sirga ega va infeksiyalarda yordam beradi.

Farmakokinetikasi

Preparatning barcha faol moddalari bo‘yicha ma‘lumotlar yetarli bo‘lmaganligi sababli mavjud emas.

Qo‘llanilishi

Qovushqoq sekret hosil bo‘lishi bilan kechuvchi o‘tkir va surunkali sinusitlar.

 

Qo‘llash usuli va dozalari

Kattalar va 12 yoshdan oshgan o‘smirlarga:         7 ml dan kuniga 3 marta

6 yoshdan 11 yoshgacha bo‘lgan bolalarga:                   3,5 ml dan kuniga 3 marta

2 yoshdan 5 yoshgacha bo‘lgan bolalarga:                     2,1 ml dan kuniga 3 marta

Davolash 7-14 kunni tashkil etadi.

Agar simptomlar saqlansa yoki vaqti-vaqti bilan takrorlansa, shifokor bilan maslahatlashish zarur.

 

Nojo‘ya ta‘sirlari

Quyidagi nojo‘ya ta‘sirlar bo‘lishi mumkin:

– me‘da-ichak buzilishlari (masalan, qorinning yuqori qismida og‘riq)

– allergik reaksiyalar (masalan, ekzantema, qichishish).

Nojo‘ya samaralar paydo bo‘lganida (ayniqsa allergik reaksiyalar) preparatni qabul qilishni to‘xtatish va shifokorga murojaat qilish kerak.

Qo‘llash mumkin bo‘lmagan xolatlar

  • preparatning komponentlariga yuqori sezuvchanlik
  • 2 yoshgacha bo‘lgan bolalar.

Dorilarning o‘zaro ta‘siri

Etiopatogenetik davolash maqsadida antibakterial dori vositalari bilan majmuada qo‘llash mumkin va maqsadga muvofiq.

Boshqa dori vositalari bilan o‘zaro ta‘siri hozirgi vaqtgacha noma‘lum.

Maxsus ko‘rsatmalar

Agar kasallikning simptomlari 7-14 kundan ko‘p saqlansa, vaqti-vaqti bilan takrorlansa, shuningdek hansirash, isitma, yiringli balg‘am paydo bo‘lganida shifokor bilan maslahatlashish kerak.

Preparat alkogol saqlaganligi sababli, alkogolizmi bo‘lgan bemorlar, shuningdek alkogolga qaramlikni davolashdan so‘ng preparatni qabul qilishlari mumkin emas. Alkogolizm yoki jigar kasalliklari bilan xastalangan, jarohatlari va bosh miya kasalliklari va tutqanog‘i bo‘lgan pasientlar Sinupret® siropi 8,0% spirt saqlanishini yodda tutishlari kerak.

1 ml sirop 0,0639 ml spirt saqlaydi.

Qandli diabeti bo‘lgan bemorlarda qo‘llanishi

Ushbu preparat maltit eritmasini saqlaydi.

Agar sizga ma‘lum turdagi qandlarni o‘zlashtiraolmaslik bilan xastalanganligingiz ma‘lum bo‘lsa, preparatni qabul qilishdan oldin shifokor bilan maslaxatlashing.

7,0 ml sirop 5,5 g maltit eritmasini saqlaydi, bu taxminan 0,35 non birligiga (NB) to‘g‘ri keladi. Energetik qiymati 2,3 kkal/g maltitni tashkil etadi. Maltit yengil surgi ta‘sir ko‘rsatish mumkin.

Homiladorlik va laktasiya

Homiladorlik vaqtida Sinupret®ni faqat shifokorning tavsiyasi bo‘yicha qo‘llash mumkin.

Laktasiya (emizish) davrida preparatni qo‘llash tajribasi yo‘qligi sababli, bu davrda preparatni qo‘llash tavsiya etilmaydi.

Transport vositasi yoki potensial xavfli mexanizmlarni boshqarish qobiliyatiga dori vositasini ta‘sir qilish xususiyati.

Agar preparat tavsiya etilgan dozalarda iste‘mol qilinsa, u transportni boshqarish va potensial xavfli mexanizmlar bilan ishlash qobiliyatiga ta‘sir qilmaydi.

Iste‘mol qilishdan oldin chayqating!

Preparat bolalar olaolmaydigan joyda saqlansin va yaroqlilik muddati o‘tgach qo‘llanilmasin.

Dozani oshirib yuborilishi

Simptomlari: preparatni terapevtik dozalardan sezilarli darajada ortiq dozalarda qabul qilish, me‘da buzilishlari, qusish yoki diareyani chaqirishi mumkin.

Davolash: preparatni qabul qilishni to‘xtatish, davolash simptomatik.

Chiqarilish shakli

Ichga qabul qilish uchun 100 ml sirop yuqorisida o‘lchov tomchilagich moslamasi, birinchi ochish nazorati bo‘lgan buraladigan qopqoqli va o‘lchov stakani bo‘lgan to‘q shisha flakonda.

 

Saqlash sharoiti

Yorug‘likdan himoyalangan joyda, 30oS dan yuqori bo‘lmagan haroratda saqlansin.

Yaroqlilik muddati

3,5 yil.

Ochilgan flakonlarni 6 oy davomida ishlatish mumkin.

Dorixonalardan berish tartibi

Reseptsiz.

Ulashish:

Fikr qoldirish
Baho:
              
Matnni kiriting

Ismingiz
Fikr-mulohazangiz moderator tekshiruvidan so'ng nashr etiladi

Mahsulot bo'yicha savolingiz bormi?

Savol qoldirish

Mulohazalar

SINUPRET sirop 100ml dori vositasi O'zbekiston dori vositalari reestrida ro'yxatdan o'tganmi?
Ha, preparat O'zbekiston dori vositalari reestrida ro'yxatdan o'tgan.
SINUPRET sirop 100ml dori vositasi ishlab chiqaruvchisi kim va u qaysi davlatda ishlab chiqarilgan?
SINUPRET sirop 100ml dori vositasi Bionorica SE tomonidan Germaniya mamlakatida ishlab chiqarilgan.
SINUPRET sirop 100ml dori vositasi resept bo’yicha sotiladimi?
SINUPRET sirop 100ml dori vositasi resept bo'yicha sotiladigan dori

Analoglar
SINUPRET tomchilar dlya priema vnutr 100ml
  • Ishlab chiqarilish joyi: Germaniya
  • Faol modda: корень генцианы, трава вербены, трава щавеля, цветки бузины, цветки первоцвета с чашечками ko'proq ko'rsatish
  • Ishlab chiqaruvchi: Bionorica SE
  • Vakil: Bionorica SE
Narh: 86 000 so'mdan Batafsil
Ishlab chiqaruvchining dorilari
SINUPRET tomchilar dlya priema vnutr 100ml
  • Ishlab chiqarilish joyi: Germaniya
  • Faol modda: корень генцианы, трава вербены, трава щавеля, цветки бузины, цветки первоцвета с чашечками ko'proq ko'rsatish
  • Ishlab chiqaruvchi: Bionorica SE
  • Vakil: Bionorica SE
Narh: 86 000 so'mdan Batafsil
Narh: 110 000 so'mdan Batafsil
Narh: 80 000 so'mdan Batafsil
Narh: 72 000 so'mdan Batafsil
Narh: 88 000 so'mdan Batafsil
Narh: 96 000 so'mdan Batafsil
BRONXIPRET sirop 100ml
Narh: 92 000 so'mdan Batafsil
BRONXIPRET sirop 50ml
Narh: 38 659 so'mdan Batafsil
TONZIPRET tomchilar 50ml
Narh: 63 000 so'mdan Batafsil
Narh: 74 000 so'mdan Batafsil
Narh: 93 000 so'mdan Batafsil
TONZIPRET tabletkalari N50
Narh: 60 000 so'mdan Batafsil
Narh: 54 000 so'mdan Batafsil
KLIMADINON tomchilar 50ml
Narh: 50 000 so'mdan Batafsil
KLIMADINON tabletkalari 20mg N60
Narh: 108 000 so'mdan Batafsil
Narh: 67 000 so'mdan Batafsil
Narh: 86 000 so'mdan Batafsil
KLIMADINON tabletkalari 20mg N90
Другие формы препарата
SINUPRET tomchilar dlya priema vnutr 100ml
  • Ishlab chiqarilish joyi: Germaniya
  • Faol modda: корень генцианы, трава вербены, трава щавеля, цветки бузины, цветки первоцвета с чашечками ko'proq ko'rsatish
  • Ishlab chiqaruvchi: Bionorica SE
  • Vakil: Bionorica SE
  • A
  • B
  • D
  • E
  • F
  • G
  • H
  • I
  • J
  • K
  • L
  • M
  • N
  • O
  • P
  • Q
  • R
  • S
  • T
  • U
  • V
  • X
  • Y
  • Z
  • Ch
  • Sh
  • 0-9