×
×

Mahsulotning ko'rinishi saytdagi rasmdan farq qilishi mumkin.

STREPSILS INTENSIV tabletkalari so vkusom meda i limona N24

Kategoriya:
- Tomoq kasalliklari
Ishlab chiqarilish joyi:
- Buyuk Britaniya
Farmakoterapevtik guruh:
- Steroid bo'lmagan yallig'lanishga qarshi dori (NSAID).
Faol modda:
Флурбипрофен
Qadoqda soni:
- 24
Ishlab chiqaruvchi:
- Рекитт Бенкизер Хелскэр Интернешнл Лтд
Vakil:
- Reckitt Benckiser Healthcare
ATX kodi:
- R02AX01
Shifokor konsultatsiyasi:
Noaniqliq haqida habar berish
O'zbekiston Respublikasi dorilar reestri ro'yxatidan o'tgan
Toshkentning 89 ta dorixonasida topildi

ico 59 500 s`om dan

Dorixonalardan izlash

ico 78 000 s`om dan + yetkazish

Buyurtma berish

ico 66 000 s`om dan

Bron qilish
Saqlash shartlari 25 ° C dan yuqori bo'lmagan haroratda saqlang. Bolalar qo'li etmaydigan joyda saqlang.
Yaroqlilik muddati (oy) 36
Mahsulot haqida tafsilotlar
Saytda e'lon qilingan ma'lumotlar mutaxassislar uchun mo'ljallangan. O'zingizni-o'zingiz davolash bilan shug'ullanmang. Sog'lig'ingizga zarar bermaslik uchun mutaxassis bilan maslahatlashishga ishonch hosil qiling!
Tarkibi:

Bir shimish uchun tabletka quyidagilarni saqlaydi:

faol modda: flurbiprofen 8,75 mg;

yordamchi moddalar: makrogol 300 5,47 mg, kaliy gidroksidi 2,19 mg, suyuq saxaroza 1407 mg, levomentol 2 mg, suyuq dekstroza (suyuq glyukoza) 1069 mg, asal 50,4 mg, limon aromatizatori (502904 А) 3,6 mg.

Chiqarilish shakli

4, 6, 8, 10 yoki 12 tabletkadan blisterda (PVX/PVDX/Аlyuminiy).

1, 2, 3, 4 yoki 5 blisterdan tibbiyotda qoʼllanilishiga doir yoʼriqnomasi bilan birga karton qutiga joylanadi.

shimish uchun tabletkar 
Flurbiprofen nosteroid yallig‘lanishga qarshi preparat (NYAQP) guruhidan propion kislotasi hosilasi hisoblanadi va siklooksigenaza-1 (SOG-1) va siklooksigenaza-2 (SOG-2)ning susaytirishi hisobiga va SOG-1ga nisbatan ma’lum bir selektivligi bilan sezilarli ravishda og‘riq qoldiruvchi, yallig‘lanishga qarshi va isitma tushiruvchi samaraga ega, natijada prostaglandinlar mahsuloti – og‘riq, yallig‘lanish va gipertermik reaksiya mediatorlari pasayadi.

8,75 mg shimish uchun tabletka dori shaklidagi preparatni ex vivo modelida o‘rganilganda flurbiprofenni halqum to‘qimalariga, shu jumladan chuqur qavatlariga kirishi namoyish etilgan.
Preparat og‘iz bo‘shlig‘i va tomoqning shiliq qavatiga mahalliy og‘riqni qoldiruvchi va yallig‘lanishga qarshi ta’sir ko‘rsatadi: shish, yutishdagi qiyinchilik va tomoqdagi qichishish hissini kamaytiradi.
Tabletka 5-12 minut davomida og‘iz bo‘shlig‘ida to‘liq erib ketadi. Tinchlantiruvchi ta’siri 2-daqiqadan keyin boshlanadi.

70 minutdan keyin maksimal samaraga erishish bilan tomoqda og‘riq izchilligining sezilarli ravishda kamayishi 22-minutdan boshlab boshlanadi va 4 soatgacha davom etadi.

Shimish uchun tabletkalarni birinchi marta qo‘llagandan keyin 2 soat o‘tgach davolashni boshlashdan oldin kuzatilgan ayrim yondosh simptomlarning ko‘rinishlarini, shu jumladan yo‘tal, ishtahani yo‘qolishi va isitma holatini ahamiyatli kamayishi kuzatiladi.
Tabletka 5-12 minut davomida ogʼiz boʼshligʼida toʼliq erib ketadi. Soʼrilishi – yuqori, flurbiprofen tez va deyarli toʼliq soʼrilib ketadi, butun organizm boʼyicha taqsimlanadi va sezilarli darajada plazma oqsillari bilan bogʼlanadi. Flurbiprofen 5 minutdan keyin qonda aniqlanadi, qon plazmasi (Smax) dagi flurbiprofenning maksimal kontsentratsiyasiga soʼrilishdan keyin 40–45 minut oʼtib erishiladi.

Flurbiprofen passiv diffuziya yoʼli bilan ogʼiz boʼshligʼiga soʼrilishi mumkin. Soʼrilish tezligi dori shakliga bogʼliq, flurbiprofen ekvivalent dozasining ichga qabul qilishdan koʼra soʼrilishida flurbiprofenning maksimal kontsentratsiyasiga tezroq erishiladi.

Yarim chiqarilish davri (T1/2) – 3-6 soat. Gidroksillanish yoʼli bilan jigarda metabolizmga uchraydi va buyraklar bilan, kam darajada, safro bilan chiqariladi. Flurbiprofen uncha katta boʼlmagan miqdorlarda (<0,05 mkg/ml) ona suti bilan chiqariladi. Flurbiprofenning taxminan 20–25% peroral dozasi oʼzgarishsiz koʼrinishda chiqariladi.
Аyrim NYaQP, ayniqsa yuqori dozalarda va uzoq vaqt davomida qoʼllash arterial trombotik koʼrinishlarning (masalan miokard infarkti yoki insulьt) rivojlanishi xavfini biroz oshishi bilan bogʼliq boʼlishi mumkin. Mavjud maʼlumotlar 8,75 mg shimish uchun tabletka dori shaklidagi flurbiprofen uchun bunday xavfni inkor etish uchun yetarli emas.

NYaQP ga oʼta yuqori sezuvchanlik reaktsiyalari rivojlanishi haqida xabar berilgan, ular quyidagi koʼrinishda namoyon boʼlishi mumkin:

• nospetsifik allergik va anafilaktik reaktsiyalar; 

• nafas yoʼllari giperreaktivligi, shu jumladan astma, astmani zoʼrayishi, bronxospazm, hansirash;
 
• turli teri reaktsiyalari, masalan, qichishish, eshakemi, angionevrotik shish va kamroq xollarda eksfoliativ va bullyoz dermatoz (shu jumladan epidermal nekroliz va koʼp shaklli eritema). 

NYaQP qabul qilgan patsientlarda shish, arterial gipertenziya va yurak yetishmovchiligi yuzaga kelishi kuzatilgan.

Аgar simptomlarni bartaraf etish uchun zarur minimal samarali dozada qisqa kurs bilan preparat qabul qilinsa, nojoʼya taʼsirlarning paydo boʼlish xavfini minimumga keltirish mumkin. Quyida sanab oʼtilgan nojoʼya taʼsirlar preparatni qisqa muddatli qoʼllashda qayd etilgan. Surunkali holatlarni davolashda va uzoq vaqt qoʼllanilganda boshqa nojoʼya taʼsirlar paydo boʼlishi mumkin.

Nojoʼya taʼsirlar paydo boʼlish tez-tezligini baholash quyilagi mezonlar asosida oʼtkazilgan: juda tez-tez (≥1/10), tez-tez (≥1/100 dan <1/10 gacha), tez-tez emas (≥1/1000 dan <1/100 gacha), kamdan-kam (≥1/10 000 dan <1/1000 gacha), juda kamdan-kam (<1/10 000), chastotasi nomaʼlum (tez-tezlikni aniqlash uchun maʼlumotlar yetarli emas ).

Qon va limfatik tizim tomonidan buzilishlar

− Tez-tezligi nomaʼlum: qon hosil boʼlishining buzilishlari (anemiya, trombotsitopeniya).

Аsab tizimi tomonidan buzilishlar

− Tez-tez: bosh aylanishi, bosh ogʼrigʼi, paresteziya.

− Tez-tez emas: uyquchanlik.

Immun tizimi tomonidan buzilishlar

− Kamdan-kam: anafilaktik reaktsiyalar.

Yurak tomonidan buzilishlar

− Tez-tezligi nomaʼlum: yurak yetishmovchiligi, shishlar.

Qon tomirlari tomonidan buzilishlar

− Tez-tezligi nomaʼlum: arterial bosimning oshishi.

Nafas olish tizimi, koʼkrak qafasi va umurtqa bilan koʼkrak qafasi oraligʼi organlari tomonidan buzilishlar

− Tez-tez: tomoqda qichishish hissi.

− Tez-tez emas: astma va bronxospazmning kuchayishi, nafas qisilishi, hushtakli xirillashlar, ogʼiz boʼshligʼi va tomoqda qavariqlar, faringeal gipesteziya (ogʼiz boʼshligʼi va tomoqda sezuvchanlikning kamayishi).

Oshqozon-ichak trakti tomonidan buzilishlar

− Tez-tez: ich ketishi, ogʼiz boʼshligʼining yaralanishi, chanqoqlik, ogʼiz boʼshligʼidagi ogʼriq, ogʼiz boʼshligʼidagi paresteziya, ogʼiz boʼshligʼi va tomoqdagi ogʼriq, ogʼiz boʼshligʼidagi noqulaylik (issiqlikni his qilish, achishish yoki ogʼizda sanchib turish hissi).

− Tez-tez emas: qorin damlanishi, qorindagi ogʼriq, ich qotishi, ogʼiz quruqshashi, dispepsiya, meteorizm, glossalgiya (ogʼiz boʼshligʼi achishish sindromi), disgevziya (mazani his qilishning oʼzgarishi), ogʼiz boʼshligʼi dizesteziyasi, qusish.

Teri va teri osti toʼqimalari tomonidan buzilishlar

− Tez-tez emas: teri toshmasi, qichishish.

− Tez-tezligi nomaʼlum: Stivens-Jonson sindromi va toksik epidermal nekroliz (Layell sindromi)ni ham qoʼshganda bullezli reaktsiyalar singari ogʼir teri reaktsiyalari.

Jigar va safro chiqarish yoʼllari tomonidan buzilishlar

− Tez-tezligi nomaʼlum: gepatit.

Psixika buzilishlari

− Tez-tez emas: uyqusizlik.

Boshqa buzilishlar

− Tez-tez emas: isitma, ogʼriq.
Retseptsiz sotiladigan
Preparatni simptomlarni bartaraf etish uchun zarur minimal samarali dozada iloji boricha qisqa kurs bilan qabul qilish tavsiya etiladi.

Qand diabeti bilan ogʼrigan bemorlar asal-limonli shimish uchun har bir tabletka tarkibida 2,5 grammga yaqin shakar (0,21 XE)ni oʼz ichiga oladi.

Gastropatiya simptomlari paydo boʼlganda ezofagogastroduodenoskopiya oʼtkazilishini oʼz ichiga oluvchi puxta nazorat, qonning umumiy tahlili (gemoglobinni aniqlash), ichak infektsiyalarini aniqlash uchun qon va najas tahlili buyurilgan.

17-ketosteroidlarni aniqlash zaruratida preparatni tekshiruvgacha 48 soat oldin bekor qilish lozim.
Davolash davrida etanolni qabul qilish tavsiya etilmaydi.

Buyrak yoki jigar yetishmovchiligi boʼlgan bemorlarga, shuningdek qariya bemorlar va diuretiklarni qabul qiluvchi bemorlarga preparatni qabul qilishdan oldin shifokor bilan maslahatlashib olish lozim, negaki buyraklarning funktsional holati yomonlashishi xavfi mavjud. Preparatni qisqa muddatli qabul qilishda xavf unchalik katta hisoblanmaydi.

Аrterial gipertenziyali, shu jumladan anamnezda va/yoki surunkali yurak yetishmovchiligi boʼlgan bemorlarga preparatni qabul qilishdan oldin shifokor bilan maslahatlashib olish lozim, negaki preparat suyuqlikning ushlanib qolishi, arterial bosimning oshishi va shishlarni chaqirishi mumkin.
Homiladorlikni rejalashtirayotgan ayollar uchun axborot: preparat siklooksigenaza va prostaglandinlar sintezini bostiradi va ayollar reproduktiv funktsiyasini buzgan holda (davolashni bekor qilgandan keyin oʼz joyiga qaytadi) ovulyatsiyaga taʼsir qilishi mumkin.

Ogʼiz boʼshligʼida qichishish, teri toshmasi, shiliq qavat zararlanishi va allergik reaktsiyaning boshqa alomatlari paydo boʼlishida, preparat qoʼllanilishini toʼxtatish va shifokorga murojaat qilish lozim.
Mavjud simptomlarning yomonlashishi yoki yangilarini paydo boʼlishi, shu jumladan bakterial infektsiya almaotlarining paydo boʼlishi holatida, davolashni qayta koʼrib chiqish uchun zudlik bilan shifokorga murojaat qilish zarur.

Homiladorlikda va emizish davrida qoʼllanilishi

Homiladorlikning III trimestrida preparatning qoʼllanilishi qarshi koʼrsatilgan. Homiladorlikning I-II trimestrlarida flurbiprofenni qoʼllashdan qochish kerak, preparatni qoʼllash zarur boʼlganda shifokor bilan maslahatlashib olish lozim.

Flurbiprofen emizikli bolaning salomatligiga biron bir salbiy oqibatlarsiz kam miqdorlarda ona sutiga kirib borishi toʼgʼrisidagi maʼlumotlar mavjud, biroq NYaQPning ehtimoliy nojoʼya taʼsirlari sababli emizish davrida preparatdan foydalanish tavsiya etilmaydi.

Transport vositalarini, mexanizmlarni boshqarish qobiliyatiga taʼsiri

Bosh aylanishi, uyquchanlik, tormozlanish yoki koʼrish qobiliyatining buzilishi qayd etilgan bemorlarga avtotransportni haydash yoki mexanizmlarni boshqarishdan tiyilish lozim.
Ogʼiz boʼshligʼi va tomoqni infektsion-yalligʼlanish kasalliklarida tomoqdagi ogʼriqni yengillashtirish uchun simptomatik vosita sifatida qoʼllaniladi.

− Flurbiprofenga yoki preparat tarkibiga kiruvchi komponentlarning istalgan biriga yuqori sezuvchanlik.

− Аtsetilsalitsil kislotasi yoki boshqa NYaQP qoʼllanilishiga javoban anamnezida oʼta kuchli sezuvchanlik reaktsiyalari (bronxial astma, bronxospazm, rinit, Kvinke shishi, eshak yemi, burun yoki burun oldi boʼshliqlarining retsidivlashuvchi polipozi) ning mavjudligi.

− Oshqozon-ichak traktining eroziv-yara kasalliklari (shu jumladan oshqozon va oʼn ikki barmoqli ichakning yara kasalligi, Kron kasalligi, yarali kolit) yoki oʼtkir fazasida yoki anamnezida (yara kasalligi yoki yarali qon ketishining ikki yoki undan ortiq tasdiqlangan epizodi) yarali qon ketishi.

− NYaQP qoʼllanilishi bilan yuzaga kelgan anamnezida oshqozon-ichak trakti yarasining perforatsiyasi yoki qon ketishi.

− Glyukozo-6-fosfatdegidrogenazaning yetishmovchiligi, gemofiliya va qon quyilishining boshqa buzilishlari (shu jumladan gipokoagulyatsiya), gemorragik diatezlar.

− Ogʼir jigar yetishmovchiligi yoki faol fazadagi jigar kasalligi.

− Ogʼir buyrak yetishmovchiligi (kreatinin klirensi <30 ml/daqiqa), tasdiqlangan giperkaliemiya.

− Dekompensatsiyalangan yurak yetishmovchiligi; aortokoronar shuntlashtirishni oʼtkazishdan keyingi davr.

− Saxaraza/izomaltazaning yetishmovchiligi, fruktozani koʼtara olmaslik, glyukozo-galaktozli malьabsorbtsiya.

− Homiladorlik (III trimestr).


− 12 yoshgacha bolalarda qoʼllash mumkin emas.

Ehtiyotkorlik bilan

Ushbu boʼlimda koʼrsatilgan holatlarning mavjudligida, preparatni qoʼllashdan avval shifokor bilan maslahatlashib olish lozim.

Boshqa NYaQPlarni bir vaqtning oʼzida qabul qilish; anamnezida yara kasalligi yoki oshqozon-ichak trakti yarali qon ketishining bir martali epizodining mavjudligi; anamnezida oshqozon-ichak trakti kasalliklari (yarali kolit, Kron kasalligi), gastrit, enterit, kolit, Helicobacterpylori infektsiyasining mavjudligi; oʼtkir bosqichdagi bronxial astma yoki allergik kasalliklar yoki anamnezida – bronxospazm rivojlanishining ehtimoli; tizimli qizil yugurik yoki aralash biriktiruvchi toʼqima kasalligi (Sharp sindromi) – aseptik meningit xavfi oshgan (flurbiprofenni qisqa muddat qoʼllashda xavf katta emas); shu jumladan suvsizlanishdagi buyrak yetishmovchiligi (kreatinin klirensi 30-60 ml/daqiqadan kam), nefrotik sindrom; buyrak yetishmovchiligi, portal gipertenziyasi bilan jigar sirrozi, giperbilirubinemiya; arterial gipertenziya va/yoki yurak yetishmovchiligi, shishlar; yara yoki qon ketishlari paydo boʼlish xavfini oshiruvchi, xususan peroral glyukokortikosteroidlar (shu jumladan prednizolon), antikoagulyantlar (shu jumladan varfarin), antiagregantlar (shu jumladan atsetilsalitsil kislotasi, klopidogrel), serotoninning qayta qamrab olish selektiv ingibitorlari (shu jumladan sitalopram, fluoksetin, paroksetin, sertralin) dori vositalarini bir vaqtning oʼzida qabul qilish; homiladorlik I-II trimestr, emizish davri; qarilik; spirtli ichimliklarni isteʼmol qilish.
Flurbiprofenni quyidagi dori vositalari bilan bir vaqtinng oʼzida qoʼllashdan qochish lozim:

− Аtsetilsalitsil kislotasi: shifokor tomonidan buyurilgan atsetilsalitsil kislotasi past dozalari (kuniga 75 mg dan koʼp emas)ni istisno etganda, negaki birgalikda qoʼllash nojoʼya taʼsirlarning paydo boʼlish xavfini oshirishi mumkin.

− Boshqa NYaQPlar, shu jumladan ibuprofen va siklooksigenaza-2 selektiv ingibitorlari: nojoʼya taʼsirlarning paydo boʼlish xavfining oshishi sababli NYaQP guruhidan ikki yoki undan ortiq preparatlarni bir vaqtning oʼzida qoʼllashdan qochish zarur.

Ehtiyotkorlik bilan quyidagi dori vositalari bilan bir vaqtinng oʼzida qoʼllash:

− Аntikoagulyantlar: NYaQP antikoagulyantlar, xususan, varfarin taʼsirini kuchaytirishi mumkin.

− Аntiagregantlar va serotoninning qayta qamrab olish selektiv ingibitorlari: oshqozon-ichak qon ketishi paydo boʼlishining yuqori xavfi.

− Gipotenziv vositalar (angiotenzin aylanuvchi ferment ingibitorlari va angiotenzin II antagonistlari) va diuretiklar: NYaQP ushbu guruhlar preparatlari samaradorligini pasaytirishi mumkin va ayniqsa buyrak funktsiyasi buzilishi boʼlgan bemorlarda (bunday bemorlarda suyuqlikning adekvat oʼrni toʼldirilishini taʼminlash zarur) siklooksigenaza ushlab turilishi oqibatida nefrotoksiklilikni oshirishi mumkin.

− Spirtli ichimlik: nojoʼya taʼsirlar, ayniqsa oshqozon-ichak qon ketishi paydo boʼlish xavfining oshish ehtimoli.

− Yurak glikozidlari: NYaQPni bir vaqtning oʼzida qoʼllash va yurak glikozidlari yurak yetishmovchiligining ogʼirlashishi, tugunli filьtratsiya tezligining kamayishi va qon plazmasida yurak glikozidlarining kontsentratsiyasi oshishiga olib kelishi mumkin.

− Tsiklosporin: NYaQP va siklosporinni bir vaqtning oʼzida qoʼllashda nefrotoksiklilik xavfining oshishi.
− Glyukokortikosteroidlar: oshqozon-ichak yaralarining hosil boʼlishi va oshqozon-ichak qon ketishining yuqori xavfi.

− Litiy preparatlari: NYaQPni qoʼllash fonida qon plazmasida litiy kontsentratsiyasi oshishi ehtimoli toʼgʼrisida maʼlumotlar mavjud.

− Metotreksat: NYaQPni qoʼllash fonida qon plazmasida metotreksat kontsentratsiyasi oshishi ehtimoli toʼgʼrisida maʼlumotlar mavjud. Metotreksatni qabul qilgandan keyin yoki ungacha 24 soat oldin NYaQPni qabul qilish zarur.

− Mifepriston: mifepristonni qabul qilish tugagandan keyin 8-12 kunni oʼtkazib NYaQPni qoʼllashni boshlash lozim, negaki NYaQP mifepriston samaradorligini pasaytirishi mumkin.

− Xinolonli qator antibiotiklari: NYaQP va xinolonli qator antibiotiklari bilan birgalikda davolashni olayotgan bemorlarda qoʼl-oyoq tortishishlarining paydo boʼlish xavfining oshish ehtimoli mavjud.

− Takrolimus: NYaQP va takrolimusni bir vaqtning oʼzida qoʼllashda nefrotoksiklilik xavfining oshish ehtimoli mavjud.

− Zidovudin: NYaQP va zidovudinni bir vaqtning oʼzida qoʼllash gematotoksiklilikning oshishiga olib kelishi mumkin.

− Peroral gipoglikemik preparatlar: qonda glyukoza darajasi oʼzgarishi mumkin (qondagi glyukoza darajasini nazorat qilish chastotasini oshirish tavsiya etiladi).

− Fenitoin: fenitoin zardob darajasining oshish ehtimoli mavjud (fenitoin zardob darajasini nazorat qilish, va zarur boʼlganda, dozani toʼgʼrilash tavsiya etiladi).

− Kaliyni tejovchi diuretiklar: kaliyni tejovchi diuretiklar va flurbiprofenni birgalikda qoʼllash giperkaliemiyaga olib kelishi mumkin.

− Probenetsid va sulьfinpirazon: tarkibida probenetsid yoki sulfinpirazon boʼlgan dori preparatlari flurbiprofen chiqarilishini kechiktirishi mumkin.

− Tolbutamid va antatsidlar: hozirgi vaqtgacha tadqiqotlar flurbiprofen va tolbutamid yoki antatsidlar oʼrtasidagi oʼzaro taʼsirni aniqlashmadi.
25°С dan yuqori boʼlmagan haroratda saqlansin.

Bolalar ololmaydigan joyda saqlansin.
och sariqdan och jigarranggacha, dumaloq, ikki tomonida S harf tasviri boʼlgan, yarim tiniq karamelь massali tabletkalar. Oq rangli karash, boʼyalishni notekisligiga , karamel massada xavo pufaklari va qirralarini ahamiyatsiz notekis boʼlishiga yoʼl qoʼyiladi. 
Preparatni qoʼllashdan avval yoʼriqnomani diqqat bilan oʼqib chiqing.

Mahalliy qoʼllash uchun. Faqat qisqa muddatli qoʼllash uchun.

Kattalar va 12 yoshdan katta bollalar: har 3-6 soatda 1 tabletkadan sekin shimiladi.

Maksimal kunlik dozasi: 24 soat davomida 5 ta tabletka.

Davolash kursining davomiyligi: 3 kunni tashkil etadi.

Аgar preparatni qabul qilishda 3 kun davomida simptomlari saqlanib qolsa yoki kuchaysa, davolashni toʼxtatish va shifokorga murojaat qilish zarur.

Simptomlari: koʼngil aynishi, qusish, epigastral sohada ogʼriq yoki kamdan-kam, diareya, quloqlardagi shovqin, bosh ogʼrigʼi va oshqozon-ichak qon ketishi. Аncha ogʼir holatlarda markaziy asab tizimi tomonidan quyidagi alomatlar kuzatiladi: uyquchanlik, kamdan-kam – qoʼzgʼaluvchanlik, oyoq-qoʼl tortishishi, koʼrishni buzilishi, dezorientatsiya, koma. Ogʼir zaharlanish holatlarida metabolik atsidoz va protrombin vaqti oshishi, oʼtkir buyrak yetishmovchiligi, jigar toʼqimasi zararlanishi, arterial bosimning pasayishi, nafas olishning qiyinlashishi va sianoz rivojlanishi mumkin. Bronxial astmali bemorlarda ushbu kasallikning kuchayish ehtimoli mavjud.

Davolash: simptomatik, nafas olish yoʼllari oʼtishliligini taʼminlash sharti bilan, EKG va bemor holati normallashuvigacha asosiy hayot faoliyati koʼrsatkichlarining monitoringi bilan. Faollashtirilgan koʼmirni peroral qoʼllash yoki flurbiprofen potentsial toksik dozasini qabul qilishdan keyin bir soat davomida oshqozonni yuvish tavsiya etiladi. Tez-tez yoki davomiy oyoq-qoʼl tortishishini diazepam yoki lorazepamni vena ichiga kiritish bilan bosish lozim. Bronxial astmaning ogʼirlashishida bronxodilatatorlarni qoʼllash tavsiya etiladi. Flurbiprofenga maxsus antidot mavjud emas.
STREPSILS INTENSIV tabletkalari so vkusom meda i limona N24 qo'lanishi bo'yicha ko'rsatmalar

QO‘LLASH BO‘YICHA YO‘RIQNOMA

STREPSILS®

STREPSILS®

 

Preparatning savdo nomi: Strepsils®

Ta‘sir etuvchi moddalar (XPN): amilmetakrezol+dixlorbenzil spirti

Dori shakli: shimish uchun tabletkalar [limonli], shimish uchun tabletkalar [qulupnayli]

Tarkibi:

Bir tabletka quyidagilarni saыlaydi:

faol moddalar: 2,4-dixlorbenzil spirti – 1,2 mg, amilmetakrezol – 0,6 mg;

yordamchi moddalar:

shimish uchun tabletkalar [limonli]: 26 mg uzum kislotasi, 4,16 mg limon aromatizatori 74940-74, 0,01 mg sariq xinolin bo‘yovchisi (Ye104), 2 mg natriy saxarinati, 1834,296 mg izomaltoza, 2,35 g tabletka hosil bo‘lgunigacha 458,57 mg maltitola siropi -.

shimish uchun tabletkalar [qulupnayli]: 26 mg uzum kislotasi, 9,1 mg qulupnay aromatizatori (Flav P 052312V), 0,1 mg pushti antosianin bo‘yovchisi P-WS (Ye163), 2 mg natriy saxarinati, 1830 mg izomaltoza, 2,35 g tabletka hosil bo‘lgunigacha 458 mg maltitola siropi.

Ta‘rifi:

Shimish uchun tabletkalar [limonli]: sariq, dumaloq, ikki tomonida S harf tasviri bo‘lgan, yarim tiniq karamel massali tabletkalar.

Oq karash, bo‘yalishi notekis, karamel massasida havo pufakchalarini bo‘lishiga va chetlarini bir oz notekis bo‘lishiga yo‘l qo‘yiladi.

Shimish uchun tabletkalar [qulupnayli]: pushti rangli, dumaloq, ikki tomonida S harf tasviri bo‘lgan, yarim tiniq karamel massali tabletkalar.

Oq karash, bo‘yalishi notekis, karamel massasida havo pufakchalarini bo‘lishiga va chetlarini bir oz notekis bo‘lishiga yo‘l qo‘yiladi.

Farmakoterapevtik guruhi: antiseptik vosita.

ATX kodi: R02AA20

Farmakologik xususiyatlari

Preparat antiseptik ta‘sir ko‘rsatadi, keng doirali grammusbat va grammanfiy mikroorganizmlarga nisbatan faol, antimikotik ta‘sir ko‘rsatadi.

Qo‘llanilishi

Og‘iz bo‘shlig‘i va tomoqni infeksion-yallig‘lanish kasalliklarini davolash (tomoqda og‘riqni yengillashtiradi va ta‘sirlanishni yengillashtiradi).

Preparatni qandli diabeti bo‘lgan bemorlarda qo‘llash mumkin (tarkibida qand saqlamaydi).

Qo‘llash usuli va dozalari

Mahalliy qo‘llanadi. Kattalar va 6 yoshdan oshgan bolalar bir tabletkadan har 2-3 soatda sekin shimiladi.

24 soat davomida 8 tabletkadan ortiq qabul qilinmasin. Davolash kursi davomiyligi – 3 kunni tashkil qiladi.

Nojo‘ya ta‘sirlari

Allergik reaksiyalar kuzatilishi mumkin.

 

Qo‘llash mumkin bo‘lmagan holatlar

Preparatning komponentlariga yuqori sezuvchanlik; saxaroza/izomaltaza tanqisligi, fruktozani o‘zlashtiraolmaslik, glyukoza-galaktozani malabsorbsiyasi.

Bolalar (6 yoshgacha).

Dorilarning o‘zaro ta‘siri

Boshqa preparatlar bilan klinik ahamiyatli o‘zaro ta‘sirlar aniqlanmagan.

Maxsus ko‘rsatmalar

Preparat tarkibiga kiruvchi har qanday komponentlarga shaxsiy yuqori sezuvchanlikda preparatni qo‘llash mumkin emas.

Preparat tarkibiga izomaltoza va maltitl siropi kiradi, ular yengil surgi ta‘sirini ko‘rsatishi mumkin. Fruktozani nasli o‘zlashtiraolmaydigan pasientlarga preparatni qo‘llash tavsiya etilmaydi.

Simptomlar saqlansa yoki tana haroratini oshishi yoki bosh og‘rig‘i paydo bo‘lsa shifokorga murojaat qilish lozim.

Homiladorlik va emizish davrida qo‘llanilishi

Homilador va emizikli ayollar preparatni qo‘llashdan avval shifokor bilan maslahatlashishlari lozim.

Transport vositalarini, mexanizmlarni boshqarish qobiliyatiga ta‘siri

Preparat avtotransport va mexanizmlarni boshqarish, shuningdek diqqatni yuqori jamlash va psixomotor reaksiyalarning tezligini talab qiluvchi potensial xavfli faoliyat turlari bilan shug‘ullanish qobiliyatiga ta‘sir ko‘rsatmaydi.

Preparat bolalar ololmaydigan joyda saqlansin va o‘ramda ko‘rsatilgan yaroqlilik muddati o‘tganidan so‘ng ishlatilmasin.

Dozani oshirib yuborilishi

Dozani oshirib yuborilishining ehtimoli kam, bo‘lishi mumkin bo‘lgan dozani oshirib yuborilishi me‘da-ichak yo‘llari tomonidan diskomfort chaqirishi mumkin. Davolash simptomatik.

Chiqarilish shakli

Shimish uchun tabletkalar [limonli],  shimish uchun tabletkalar [qulupnayli].

4, 6, 8 yoki 12 tabletkadan blisterda (PVX/PVDX/Alyuminiy). 1 yoki 2 blisterdan qo‘llash bo‘yicha yo‘riqnomasi bilan birga karton qutiga joylanadi.

 

Saqlash sharoiti

Quruq joyda, +25oS dan yuqori bo‘lmagan haroratda saqlansin.

Yaroqlilik muddati

Shimish uchun tabletkalar [limonli]: 3 yil.

Shimish  uchun tabletkalar [qulupnayli]: 2 yil.

 

Dorixonalardan berish tartibi

Reseptsiz.

Ulashish:

Fikr qoldirish
Baho:
              
Matnni kiriting

Ismingiz
Fikr-mulohazangiz moderator tekshiruvidan so'ng nashr etiladi

Mahsulot bo'yicha savolingiz bormi?

Savol qoldirish

Mulohazalar

STREPSILS INTENSIV tabletkalari so vkusom meda i limona N24 dori vositasi O'zbekiston dori vositalari reestrida ro'yxatdan o'tganmi?
Ha, preparat O'zbekiston dori vositalari reestrida ro'yxatdan o'tgan.
STREPSILS INTENSIV tabletkalari so vkusom meda i limona N24 dori vositasi ishlab chiqaruvchisi kim va u qaysi davlatda ishlab chiqarilgan?
STREPSILS INTENSIV tabletkalari so vkusom meda i limona N24 dori vositasi Рекитт Бенкизер Хелскэр Интернешнл Лтд tomonidan Buyuk Britaniya mamlakatida ishlab chiqarilgan.
STREPSILS INTENSIV tabletkalari so vkusom meda i limona N24 dori vositasi resept bo’yicha sotiladimi?
STREPSILS INTENSIV tabletkalari so vkusom meda i limona N24 dori vositasi resept bo'yicha sotilmaydi.

Analoglar
ZERALGO 100mg N15
Narh: 26 900 so'mdan Batafsil
MAPROFEN tabletkalari 100mg N24
  • Ishlab chiqarilish joyi: O'zbekiston
  • Faol modda: Флурбипрофен ko'proq ko'rsatish
  • Ishlab chiqaruvchi: Nobel Pharmsanoat, ИП ООО
Narh: 38 100 so'mdan Batafsil
MAPROFEN tabletkalari 100mg N8
  • Ishlab chiqarilish joyi: O'zbekiston
  • Faol modda: Флурбипрофен ko'proq ko'rsatish
  • Ishlab chiqaruvchi: Nobel Pharmsanoat, ИП ООО
Narh: 17 900 so'mdan Batafsil
Ishlab chiqaruvchining dorilari
STREPSILS S VITAMINOM S tabletkalari so vkusom apelsina N24
Narh: 30 500 so'mdan Batafsil
NUROFEN tabletkalari 200mg N20
Narh: 60 000 so'mdan Batafsil
NUROFEN tabletkalari 200mg N10
STREPSILS EKSPRESS tabletkalari N24
STREPSILS tabletkalari so vkusom meda i limona N24
STREPSILS tabletkalari so vkusom meda i limona N36
Narh: 48 000 so'mdan Batafsil
Narh: 65 000 so'mdan Batafsil
Другие формы препарата
STREPSILS INTENSIV sprey 8,75 mg/15 ml
  • A
  • B
  • D
  • E
  • F
  • G
  • H
  • I
  • J
  • K
  • L
  • M
  • N
  • O
  • P
  • Q
  • R
  • S
  • T
  • U
  • V
  • X
  • Y
  • Z
  • Ch
  • Sh
  • 0-9