Yaroqlilik muddati (oy) | 3 yil. Muddati o'tgan preparatni ishlatmang. |
Shimish uchun bitta tabletka quyidagilarni saqlaydi:
faol moddalar: 1,2 mg 2,4-dixlorbenzil spirti; 0,6 mg amilmetakrezol;
yordamchi moddalar:
shimish uchun tabletkalar: 26 mg vino kislotasi, 4,49 mg levomentol (tabiiy), 0,48 mg qalampir yalpiz bargining moyi, 2,3 mg oddiy arpabodiyon urugʼining moyi, 0,32 mg toʼq qizil rangli boʼyovchisi (Ponso 4R) (Edikol CI 16255, E124), 0,05 mg azorubin boʼyovchisi (Edikol CI 14720, E122), qand siropi (saxaroza, suv), suyuq dekstroza (dekstroza, oligo- va polisaxaridlar) tabletkaning ogʼirligi 2.6 g olinguncha;
shimish uchun tabletkalar (asal-limonli): 2,6 g massali tabletka olinguncha – 26 mg vino kislotasi, 125,6 mg asal, 0,62 mg qalampir yalpiz bargining moyi, 2,03 mg limon moyi (tarkibida terpenlar boʼlmagan), 0,099 mg sariq rangli xinolin boʼyovchisi (E104), qand siropi (saxaroza, suv), suyuq dekstroza (dekstroza, oligo- va polisaxaridlar).
Chiqarilish shakli
Shimish uchun tabletkalar (asal-limonli).
2, 4, 6, 8, 10 yoki 12 tabletka dan (PVX/PVDX/Аlyuminiy) blisterda. 1, 2, 3, 4 yoki
5 blisterdan tibbiyotda qoʼllanilishiga doir yoʼriqnomasi bilan birga karton qutiga joylanadi.
Preparat yuqumli va yallig'lanish kasalliklarida antiseptik ta'sirga ega, in vitro sharoitida gramm-musbat va gramm-manfiy mikroorganizmlarning keng doirasiga qarshi faoldir, antimikotik (antifungal) ta'sirga ega va in vitro antiviral ta'sirga ega.
Preparat og'iz bo'shlig'i shilliq qavatiga yumshatuvchi ta'sir ko'rsatadi va tirnash xususiyati va tomoq og'rig'ini kamaytiradi, shu jumladan yutish va gapirishda.
Preparat rezorbsiya boshlanganidan 5 minut o'tgach, tomoq og'rig'ining intensivligini pasaytiradi. Analjezik ta'sir 2 soatgacha davom etadi.
Platsebo bilan solishtirganda aniq analjezik ta'sir preparatni 3 kun davomida qabul qilish bilan kuzatiladi.
Preparat tarkibiga kiruvchi har qanday komponentlariga nisbatan individual yuqori sezuvchanlik boʼlganida preparatdan foydalanmaslik kerak. Qandli diabeti boʼlgan bemorlar har bir tabletka tarkibida taxminan 2,6 g qand (0,22 NB) borligini hisobga olishlari lozim.
Homiladorlik va emizish davrida qoʼllanishi
Preparatni homiladorlik va emizish davrida qoʼllash faqatgina shifokor tavsiyasiga koʼra, ona uchun kutilayotgan foyda, homila va bolaga boʼlgan potentsial xavfdan ustun boʼlgan hollarda mumkin.
Transport vositalari, mexanizmlarni boshqarish qobiliyatiga taʼsiri
Preparat avtotransport va mexanizmlarni boshqarish, shuningdek diqqatni yuqori jamlash va psixomotor reaktsiyalar tezligini talab qiluvchi boshqa potentsial xavfli faoliyat turlari bilan shugʼullanish bajarish qobiliyatiga taʼsir koʼrsatmaydi.
Bolalar qo'li etmaydigan joyda saqlang.
mahalliy. Kattalar va 6 yoshdan oshgan bolalar: har 2-3 soatda bitta tabletkani yutib yuboring. 24 soat ichida 8 dan ortiq tabletkalarni olmang. Belgilangan dozadan oshmang.
Davolash kursining davomiyligi 3 kundan ortiq emas. Agar preparatni qabul qilganidan keyin 3 kun davomida alomatlar saqlanib qolsa, davolanishni to'xtatib, shifokor bilan maslahatlashing.
Davolash: shifokor nazorati ostida simptomatik.
QO‘LLASH BO‘YICHA YO‘RIQNOMA
STREPSILS®
STREPSILS®
Preparatning savdo nomi: Strepsils®
Ta‘sir etuvchi moddalar (XPN): amilmetakrezol+dixlorbenzil spirti
Dori shakli: shimish uchun tabletkalar [limonli], shimish uchun tabletkalar [qulupnayli]
Tarkibi:
Bir tabletka quyidagilarni saыlaydi:
faol moddalar: 2,4-dixlorbenzil spirti – 1,2 mg, amilmetakrezol – 0,6 mg;
yordamchi moddalar:
shimish uchun tabletkalar [limonli]: 26 mg uzum kislotasi, 4,16 mg limon aromatizatori 74940-74, 0,01 mg sariq xinolin bo‘yovchisi (Ye104), 2 mg natriy saxarinati, 1834,296 mg izomaltoza, 2,35 g tabletka hosil bo‘lgunigacha 458,57 mg maltitola siropi -.
shimish uchun tabletkalar [qulupnayli]: 26 mg uzum kislotasi, 9,1 mg qulupnay aromatizatori (Flav P 052312V), 0,1 mg pushti antosianin bo‘yovchisi P-WS (Ye163), 2 mg natriy saxarinati, 1830 mg izomaltoza, 2,35 g tabletka hosil bo‘lgunigacha 458 mg maltitola siropi.
Ta‘rifi:
Shimish uchun tabletkalar [limonli]: sariq, dumaloq, ikki tomonida S harf tasviri bo‘lgan, yarim tiniq karamel massali tabletkalar.
Oq karash, bo‘yalishi notekis, karamel massasida havo pufakchalarini bo‘lishiga va chetlarini bir oz notekis bo‘lishiga yo‘l qo‘yiladi.
Shimish uchun tabletkalar [qulupnayli]: pushti rangli, dumaloq, ikki tomonida S harf tasviri bo‘lgan, yarim tiniq karamel massali tabletkalar.
Oq karash, bo‘yalishi notekis, karamel massasida havo pufakchalarini bo‘lishiga va chetlarini bir oz notekis bo‘lishiga yo‘l qo‘yiladi.
Farmakoterapevtik guruhi: antiseptik vosita.
ATX kodi: R02AA20
Farmakologik xususiyatlari
Preparat antiseptik ta‘sir ko‘rsatadi, keng doirali grammusbat va grammanfiy mikroorganizmlarga nisbatan faol, antimikotik ta‘sir ko‘rsatadi.
Qo‘llanilishi
Og‘iz bo‘shlig‘i va tomoqni infeksion-yallig‘lanish kasalliklarini davolash (tomoqda og‘riqni yengillashtiradi va ta‘sirlanishni yengillashtiradi).
Preparatni qandli diabeti bo‘lgan bemorlarda qo‘llash mumkin (tarkibida qand saqlamaydi).
Qo‘llash usuli va dozalari
Mahalliy qo‘llanadi. Kattalar va 6 yoshdan oshgan bolalar bir tabletkadan har 2-3 soatda sekin shimiladi.
24 soat davomida 8 tabletkadan ortiq qabul qilinmasin. Davolash kursi davomiyligi – 3 kunni tashkil qiladi.
Nojo‘ya ta‘sirlari
Allergik reaksiyalar kuzatilishi mumkin.
Qo‘llash mumkin bo‘lmagan holatlar
Preparatning komponentlariga yuqori sezuvchanlik; saxaroza/izomaltaza tanqisligi, fruktozani o‘zlashtiraolmaslik, glyukoza-galaktozani malabsorbsiyasi.
Bolalar (6 yoshgacha).
Dorilarning o‘zaro ta‘siri
Boshqa preparatlar bilan klinik ahamiyatli o‘zaro ta‘sirlar aniqlanmagan.
Maxsus ko‘rsatmalar
Preparat tarkibiga kiruvchi har qanday komponentlarga shaxsiy yuqori sezuvchanlikda preparatni qo‘llash mumkin emas.
Preparat tarkibiga izomaltoza va maltitl siropi kiradi, ular yengil surgi ta‘sirini ko‘rsatishi mumkin. Fruktozani nasli o‘zlashtiraolmaydigan pasientlarga preparatni qo‘llash tavsiya etilmaydi.
Simptomlar saqlansa yoki tana haroratini oshishi yoki bosh og‘rig‘i paydo bo‘lsa shifokorga murojaat qilish lozim.
Homiladorlik va emizish davrida qo‘llanilishi
Homilador va emizikli ayollar preparatni qo‘llashdan avval shifokor bilan maslahatlashishlari lozim.
Transport vositalarini, mexanizmlarni boshqarish qobiliyatiga ta‘siri
Preparat avtotransport va mexanizmlarni boshqarish, shuningdek diqqatni yuqori jamlash va psixomotor reaksiyalarning tezligini talab qiluvchi potensial xavfli faoliyat turlari bilan shug‘ullanish qobiliyatiga ta‘sir ko‘rsatmaydi.
Preparat bolalar ololmaydigan joyda saqlansin va o‘ramda ko‘rsatilgan yaroqlilik muddati o‘tganidan so‘ng ishlatilmasin.
Dozani oshirib yuborilishi
Dozani oshirib yuborilishining ehtimoli kam, bo‘lishi mumkin bo‘lgan dozani oshirib yuborilishi me‘da-ichak yo‘llari tomonidan diskomfort chaqirishi mumkin. Davolash simptomatik.
Chiqarilish shakli
Shimish uchun tabletkalar [limonli], shimish uchun tabletkalar [qulupnayli].
4, 6, 8 yoki 12 tabletkadan blisterda (PVX/PVDX/Alyuminiy). 1 yoki 2 blisterdan qo‘llash bo‘yicha yo‘riqnomasi bilan birga karton qutiga joylanadi.
Saqlash sharoiti
Quruq joyda, +25oS dan yuqori bo‘lmagan haroratda saqlansin.
Yaroqlilik muddati
Shimish uchun tabletkalar [limonli]: 3 yil.
Shimish uchun tabletkalar [qulupnayli]: 2 yil.
Dorixonalardan berish tartibi
Reseptsiz.