×
×
  • STREPTOSIDOVAYA maz 100g 5%

Mahsulotning ko'rinishi saytdagi rasmdan farq qilishi mumkin.

STREPTOSIDOVAYA maz 100g 5%

Kategoriya:
- Antibiotiklar
Ishlab chiqarilish joyi:
- O'zbekiston
Ishlab chiqaruvchi:
- Remedy, СП ООО Узбекско-Британское
ATX kodi:
- J01EB06
Noaniqliq haqida habar berish

O'xshash dorilar

STREPTOMISIN poroshok 1g N50 Reyoung Pharmaceutical Co., Ltd Xitoy
BISEPTOL tabletkalari 960mg N10 Adamed-Polfa S.A Polsha
28 600 s`om dan
LEVORIL tabletkalari 500mg N10 Alchemy Medicine Private Limited Hindiston
75 000 s`om dan
ZIOMISIN tabletkalari 250mg N6 Kusum Healthcare Pvt. Ltd. Hindiston
28 000 s`om dan
Mahsulot haqida tafsilotlar
Saytda e'lon qilingan ma'lumotlar mutaxassislar uchun mo'ljallangan. O'zingizni-o'zingiz davolash bilan shug'ullanmang. Sog'lig'ingizga zarar bermaslik uchun mutaxassis bilan maslahatlashishga ishonch hosil qiling!
STREPTOSIDOVAYA maz 100g 5% qo'lanishi bo'yicha ko'rsatmalar

QO‘LLASH BO‘YICHA YO‘RIQNOMA

STREPTOSID

STREPTOCIDUM

 

Preparatning savdo nomi: Streptosid

Ta‘sir etuvchi modda (XPN): sulfanilamid

Dori shakli: tabletkalar 300 mg

Tarkibi:

Bir tabletka quyidagilarni saqlaydi:

faol modda: 300 mg sulfanilamid;

yordamchi moddalar: kartoshka kraxmali, stearin kislotasi, suvsiz kolloid kremniy dioksidi (aerosil).

Ta‘rifi: yassi yuzali, oq yoki deyarli oq rangli faskali tabletkalar.

Tabletkaning bir tomonida riska, boshqa tomonida xoch ko‘rinishidagi firma logotipi mavjud.

Farmakoterapevtik guruhi: Tizimli qo‘llash uchun antibakterial preparatlar. Sulfanilamidlar va trimetoprim. Qisqa ta‘sir ega sulfanilamidlar. Sulfanilamid.

ATX kodi: J01EB06.

 

Farmakologitk xususiyatlari

Farmakodinamikasi

Streptosid – keng ta‘sir doirasiga ega bo‘lgan antibakterial vosita. Streptosidning mikroblarga qarshi ta‘sir mexanizmi kimyoviy o‘xshashlikka ega bo‘lgan PABK (paraaminobenzoy kislotasi) antagonizmi bilan bog‘liq, ular. Streptosid mikrob hujayrasi tomonidan qamrab olinib, PABK ni digidrofolat kislotasi bilan kirishishiga to‘sqinlik qiladi va, bundan tashqari, digidropteroatsintetaza (PABK ni digidrofolat kislotasiga kirishiga javobgar ferment) bakterial fermentni raqobatli susaytiradi, buning natijasida digidrofolat kislotasini sintezi buziladi, undan purinlar va pirimidinlarni hosil bo‘lishi uchun zarur bo‘lgan metabolik faol bo‘lgan tetrogidrofolat kislotasini hosil bo‘lishi kamayadi, mikroorganizmlarni o‘sishi va rivojlanishi to‘xtaydi (bakteriostatik samarasi). Grammusbat va grammanfiy kokklar (shu jumladan streptokokklar, pnevmokokklar, meningokokklar, gonokokklar), Escherichia coli, Shigell spp., Vibrio cholerae, Clostridium perfringens, Bacillus anthracis, Corynebacterium diphteriae, Yersinia pestis, Chlamydia spp., Actinomyces israelii, Noxoplasma gondii ga nisbatan faol.

Streptosid – qisqa ta‘sir ega sulfanilamid preparatidir.

Farmakokinetikasi

Ichga qabul qilinganida me‘da-ichak yo‘llaridan (MIY) tez so‘riladi. Qondagi maksimal konsentrasiyasi (Smax) 1-2 soatdan keyin xosil bo‘ladi va odatda 8 soatdan kamroq vaqtda 50% ga pasayadi. Gistogematik to‘siqlar, shu jumladan gematoensefalik (GET), yo‘ldosh to‘siqlari orqali ham o‘tadi. To‘qimalar bo‘ylab taqsimlanadi, 4 soatdan keyin orqa miya suyuqligida aniqlanadi. Jigarda asetil guruhini biriktirib antibakterial xususiyatlarini yo‘qotadi. Asosan buyrak orqali (90-95%) chiqariladi.

Qo‘llanilishi

  • saramas;
  • angina;
  • jarohat infeksiyalarida qo‘llanadi.

 

Qo‘llash usuli va dozalari

Preparatni pasientga buyurishdan oldin, ushbu bemorda kasallikni chaqirgan mikroflorani unga sezgirligini aniqlash maqsadga muvofiqdir.

Kattalar va 12 yoshdan oshgan bolalarga ichga 300-600 mg dan kuniga 3 marta qabul qilish tavsiya etiladi.

6 yoshdan 12 yoshgacha bo‘lgan bolalarga – 300 mg dan sutkada 4 marta buyuriladi.

Kattalar uchun yuqori dozalari: bir martalik – 1200 mg, sutkalik – 2400 mg;

bolalarga bir martalik dozasi – 300 mg, sutkalik doza 1200 mg ni tashkil etadi.

Davolash kursining davomiyligini shifokor belgilaydi, o‘rtacha 7 kunni tashkil etadi.

Chuqur jarohatlarda bir vaqtda ichga antibakterial preparatlarni buyurib, yaxshilab maydalangan kukun ko‘rinishida jarohat bo‘shlig‘iga mahalliy qo‘llanadi.

 

Nojo‘ya ta‘sirlari

  • ko‘ngil aynishi, qusish, diareya;
  • dermatitlar;
  • eshakemi ko‘rinishidagi allergik reaksiyalar, fotosensibilizasiya;
  • eozinofiliya, trombositopeniya, leykopeniya, gipoprotrombinemiya, agranulositoz, glyukoza-6-fosfatdegidrogenaza tanqisligidagi aplastik anemiya.
  • taxikardiya, miokardit.

Kam hollarda:

  • nefrotoksik reaksiyalar (buyrak faoliyatini buzilishlari bo‘lgan pasientlarda rivojlanish ehtimoli katta);
  • paresteziyalar;
  • siydikning rN muhiti kislotali bo‘lganida kristalluriya;

Yakka hollarda:

  • ko‘rishni buzilishi;
  • o‘pka infiltratlari, fibrozlanuvchi alveolit;
  • bosh og‘rig‘i, bosh aylanishi, aseptik meningit, tirishishlar, periferik neyropatiyalar, periferik nevritlar, uyquni buzilishi;
  • gipotireoidizm;
  • gipoglikemiya;
  • tizimli qizil yugurik;
  • ataksiya;
  • anafilaktik shok, Stivens-Djonson sindromi, Layell sindromi;
  • dori ta‘siridagi isitma;
  • pankreatit, soxta membranoz kolit;
  • ALT, AST, PUR faolligini oshishi;
  • xolestatik gepatit, sariqlik.

 

Qo‘llash mumkin bo‘lmagan holatlar

  • sulfanilamidlarga o‘ta yuqori sezuvchanlik;
  • buyrak va jigar yetishmovchiligi;
  • anamnezda sulfanilamidlarga yaqqol toksiko-allergik reaksiyalar mavjudligi;
  • tireotoksikoz;
  • glyukoza-6-fosfatdegidrogenazani tug‘ma tanqisligi;
  • o‘tkir porfiriya;
  • qo‘mikda qon yaratilishini susayishi;
  • qon yaratish tizimi kasalliklari, anemiya, leykopeniya;
  • 6 yoshgacha bo‘lgan bolalar;
  • homiladorlik va laktasiya davrida qo‘llash mumkin emas.

 

Dorilarning o‘zaro ta‘siri

Quyidagi preparatlar bilan bir vaqtda qo‘llanganda:

nosteroid yallig‘lanishga qarshi preparatlar, sulfonilmochevina hosilalari, antikoagulyant vositalari, K vitamini antagonistlari bilan – ushbu preparatlarning ta‘siri kuchayadi;

folat kislotasi, bakterisid antibiotiklar (shu jumladan penisillinlar, sefalosporinlar) bilan – sulfanilamidlarning samaradorligi pasayadi;

bakterisid antibiotiklar, oral kontraseptivlar bilan – ushbu preparatlarning ta‘siri kamayadi;

PASK va barbituratlar bilan – sulfanilamidlarning faolligi oshadi;

eritromisin, linkomisin, tetrasiklin bilan – preparatlarning o‘zaro mikroblarga qarshi faolligi kuchayadi va ta‘sir doirasi kengayadi;

rifampisin, streptomisin, monomisin, kanamisin, gentamisin, oksixinolin (nitroksolin) hosilalari bilan – preparatlarning mikroblarga qarshi ta‘siri o‘zgarmaydi;

nalidikson kislotasi (nevigramon) bilan – ba‘zida ularning antagonizmi kuzatiladi;

xloramfenikolol, nitrofuranlar bilan – yig‘indining samarasi pasayadi;

PABK efirlarini saqlovchi preparatlar (novokain, anestezin, dikain) bilan –  sulfanilamidlarning antibakterial faolligi susayadi.

Streptosid metotreksatning ta‘sirini uning oqsilarni bog‘idan surib chiqarish va/yoki susaytirishi natijasida uning metabolizmini kuchaytirishi mumkin.

Suyak ko‘migi faoliyatini susayishi, gemoliz, gepatotoksik ta‘sirini chaqiruvchi boshqa preparatlar bilan bir vaqtda qo‘llanganda toksik ta‘sirlarini rivojlanish xavfi oshadi.

Urotropin bilan siydikning nordon reaksiyasi bo‘lganida kristalluriyani rivojlanish xavfini oshishi tufayli bir vaqtda qo‘llash tavsiya qilinmaydi.

Fenilbutazon (butadion), salisilatlar va indometasin sulfanilamidlarning qon plazmasi oqsilari bilan bo‘lgan bog‘idan surib chiqarishi mumkin, shu sababli ularning qonda konsentrasiyasini oshiradi.

Paraaminosalisil kislotasi va barbituratlar bilan birga qo‘llanganda sulfanilamidlarning faolligi kuchayadi;

levomisetin bilan – agranulositozning rivojlanish xavfi oshadi.

Preparatni qabul qilish vaqtida digitoksin, izoprenalin, xlorid kislotasi, kofein, fenilefrin, fenobarbital, adrenalin gidroxloridi, neodikumarin, difenin kabi preparatlarni qo‘llamagan ma‘qulroq;

diabetga qarshi preparatlar bilan majmuada qo‘llash tavsiya qilinmaydi.

Maxsus ko‘rsatmalar

Preparat bilan davolashni vaqtidan oldin to‘xtatilishi sulfanilamidlarga chidamli mikroorganizmlarning shtammlarini rivojlanishiga olib qelishi mumkin.

Preparat uzoq vaqt qo‘llanganda qon manzarasini, jigar va buyrak faoliyatini, qonda glyukoza darajasini muntazam nazorat qilish kerak.

Preparatni yetarli bo‘lmagan dozalarda buyurish yoki qo‘llashni vaqtidan oldin to‘xtatish sulfanilamidlarga chidamli mikroorganizmlarning shtammlarini rivojlanishiga olib kelishi mumkin.

Sulfanilamidlarni A guruhi beta-gemolitik streptokokklari tomonidan chaqirilgan infeksiyalarni davolash uchun qo‘llanilmasligi kerak, chunki ular uning eradikasiyasiga olib kelmaydi, oqibatda revmatizm va glomerulonefrit kabi asoratlarni bartaraf qilaolmaydi.

Surunkali yurak yetishmovchiligi, jigar kasalliklari bo‘lgan bemorlarga va buyrak faoliyatini buzilishida preparatni ehtiyotkorlik bilan buyurish kerak. Streptosidni allergik kasalliklarning og‘ir shakllari yoki bronxial astmasi, qon kasalliklari bo‘lgan pasientlarga ehtiyotkorlik bilan buyurish lozim. O‘ta yuqori sezuvchanlik belgilari paydo bo‘lganida preparatni bekor qilish kerak. Bo‘yrak yetishmovchiligida sulfanilamidlar va uning metabolitlari organizmda to‘planib qolishi mumkin, bu toksik samarani rivojlanishiga olib kelishi mumkin

Qandli diabeti bo‘lgan bemorlarga sulfanilamidlarni, shu jumladan streptosidni ehtiyotkorlik bilan qo‘llash lozim, chunki sulfanilamidlar qonda qand darajasiga ta‘sir qilishi mumkin. Sulfanilamidlarni yuqori dozalari gipoglikemik ta‘sir ko‘rsatadi.

Sulfanilamidlar bakteriosid emas, balki bakteriostatik preparat bo‘lganligi sababli, infeksiyalarni qaytalanishini va mikroorganizmlarni chidamli shakllarini rivojlanishini bartaraf qilish uchun to‘liq davolash kursini o‘tqazilish lozim.

Sulfanilamidlarni kimyoviy strukturasini o‘xshashligini hisobga olib furosemidga, tiazid diuretiklariga, karboangidraza ingibitorlariga va sulfonilmochevina hosilalariga yuqori sezuvchanligi bo‘lgan bemorlarda qo‘llash mumkin emas.

Kristalluriya va urolitiazni rivojlanishini bartaraf qilish uchun pasientlar yetarli miqdorda suyuqlik qabul qilishi lozim.

Keksa yoshli pasientlarda teri tomonidan og‘ir nojo‘ya reaksiyalar, qon yaratilishini susayishi, trombositopenik purpurani (oxirgisi – ayniqsa tiazid diuretiklar bilan birga qo‘llanganda) rivojlanishi yuqori xavfi aniqlanadi. Preparatni 65 yoshdan katta yoshdagi pasientlarda og‘ir nojo‘ya reaksiyalar paydo bo‘lish mavjudligi tufayli preparatni buyurishdan saqlanish lozim.

Sulfanilamidlar qo‘llanganda fotosensibilizasiyani rivojlanish mumkinligini hisobga olib bevosita kuyosh va sun‘iy ultrabinafsha nurlaridan saqlanish tavsiya qilinadi.

Davolash vaqtida dozalash tartibiga rioya qilish lozim, tavsiya qilingan dozani 24 soatlik interval bilan qo‘llash, preparatni qabul qilishni o‘tkazib yubormaslik kerak. Dozani o‘tkazib yuborilgan xollarda keyingi dozani ikki barobar kupaytirilmaydi.

Preparatni transport vosita va potensial xavfli mexanizmlarni boshqarishiga ta‘siri

Dori vositasining nojo‘ya ta‘sirlarini inobatga olib, avtotransportni boshqarishda va potensial xavfli mexanizmlar bilan ishlashda ehtiyotkorlikka rioya qilish kerak.

Preparat bolalar ololmaydigan joyda saqlansin va yaroqlilik muddati o‘tgach qo‘llanilmasin.

Dozani oshirib yuborilishi

Simptomlari: ko‘ngil aynishi, qusish, bosh og‘rig‘i. Uzoq qo‘llanganda isitma, gematuriya, kristalluriya, taxikardiya, toksik gepatit, leykopeniya, agranulositoz.

Davolash – simptomatik davolash o‘tkaziladi, me‘dani 20% li natriy gidrokarbonati bilan yuvish. Faollashtirilgan ko‘mir suspenziyasi yoki boshqa enterosorbentlar, jadallashtirilgan diurez, gemodializ.

Chiqarilish shakli

10 tabletkadan polivinilxlorid plyonka va alyumin folgali kontur uyali o‘ramga joylanadi.

Kontur uyali o‘ram karton qutiga joylanadi. Har bir qutiga davlat va rus tillarida tasdiqlangan tibbiyotda qo‘llash bo‘yicha yo‘riqnomalar joylanadi. Guruhli o‘ramdagi yo‘riqnomalarning miqdori o‘ramning soniga qarab joylanadi.

 

Saqlash sharoiti

Quruq, yorug‘likdan himoyalangan joyda, 30oS dan yuqori bo‘lmagan haroratda saqlansin.

Yaroqlilik muddati

5 yil.

 

 

Dorixonalardan berish tartibi

Resept bo‘yicha.

Ulashish:

Fikr qoldirish
Baho:
              
Matnni kiriting

Ismingiz
Fikr-mulohazangiz moderator tekshiruvidan so'ng nashr etiladi

Mahsulot bo'yicha savolingiz bormi?

Savol qoldirish

Mulohazalar

STREPTOSIDOVAYA maz 100g 5% dori vositasi O'zbekiston dori vositalari reestrida ro'yxatdan o'tganmi?
Ha, preparat O'zbekiston dori vositalari reestrida ro'yxatdan o'tgan.
STREPTOSIDOVAYA maz 100g 5% dori vositasi ishlab chiqaruvchisi kim va u qaysi davlatda ishlab chiqarilgan?
STREPTOSIDOVAYA maz 100g 5% dori vositasi Remedy, СП ООО Узбекско-Британское tomonidan O'zbekiston mamlakatida ishlab chiqarilgan.
STREPTOSIDOVAYA maz 100g 5% dori vositasi resept bo’yicha sotiladimi?
STREPTOSIDOVAYA maz 100g 5% dori vositasi resept bo'yicha sotiladigan dori

Ishlab chiqaruvchining dorilari
METRONIDAZOL tabletkalari 250mg N20
  • Ishlab chiqarilish joyi: O'zbekiston
  • Faol modda: Metronidazol ko'proq ko'rsatish
  • Ishlab chiqaruvchi: Remedy, СП ООО Узбекско-Британское
Narh: 3 000 so'mdan Batafsil
METRONIDAZOL tabletkalari 250mg N10
  • Ishlab chiqarilish joyi: O'zbekiston
  • Faol modda: Metronidazol ko'proq ko'rsatish
  • Ishlab chiqaruvchi: Remedy, СП ООО Узбекско-Британское
Narh: 2 000 so'mdan Batafsil
SALISILOVAYA KISLOTA eritma 25ml 1%
Narh: 1 100 so'mdan Batafsil
SALISILOVAYA KISLOTA eritma 20ml 1%
Narh: 1 500 so'mdan Batafsil
PARASETAMOL sirop 40ml 2,4%
  • Ishlab chiqarilish joyi: O'zbekiston
  • Faol modda: Parasetamol ko'proq ko'rsatish
  • Ishlab chiqaruvchi: Remedy, СП ООО Узбекско-Британское
Narh: 3 000 so'mdan Batafsil
PARASETAMOL sirop 50ml 2,4%
  • Ishlab chiqarilish joyi: O'zbekiston
  • Faol modda: Parasetamol ko'proq ko'rsatish
  • Ishlab chiqaruvchi: Remedy, СП ООО Узбекско-Британское
BOROMENTOL maz 10g
OMIZOL kapsulalar 20mg N10
  • Ishlab chiqarilish joyi: O'zbekiston
  • Faol modda: Omeprazol ko'proq ko'rsatish
  • Ishlab chiqaruvchi: Remedy, СП ООО Узбекско-Британское
OMIZOL kapsulalar 20mg N20
  • Ishlab chiqarilish joyi: O'zbekiston
  • Faol modda: Omeprazol ko'proq ko'rsatish
  • Ishlab chiqaruvchi: Remedy, СП ООО Узбекско-Британское
BRONXOSOL sirop 40ml
  • Ishlab chiqarilish joyi: O'zbekiston
  • Faol modda: Ambroksol ko'proq ko'rsatish
  • Ishlab chiqaruvchi: Remedy, СП ООО Узбекско-Британское
REMVEKS eritma 4,55g N10
OKSOLIN maz 10 g 0,25%
  • Ishlab chiqarilish joyi: O'zbekiston
  • Ishlab chiqaruvchi: Remedy, СП ООО Узбекско-Британское
Narh: 5 000 so'mdan Batafsil
SALISILOVO SINKOVAYA pasta 25g
Narh: 4 500 so'mdan Batafsil
TETRASIKLIN kapsulalar 250 mg N10
  • Ishlab chiqarilish joyi: O'zbekiston
  • Ishlab chiqaruvchi: Remedy, СП ООО Узбекско-Британское
Narh: 4 000 so'mdan Batafsil
TETRASIKLIN kapsulalar 100 mg N10
  • Ishlab chiqarilish joyi: O'zbekiston
  • Ishlab chiqaruvchi: Remedy, СП ООО Узбекско-Британское
Narh: 2 000 so'mdan Batafsil
STREPTOSIDOVAYA maz 25g 10%
  • Ishlab chiqarilish joyi: O'zbekiston
  • Ishlab chiqaruvchi: Remedy, СП ООО Узбекско-Британское
Narh: 3 000 so'mdan Batafsil
SOLODKOVOGO KORNYA sirop 100ml
  • Ishlab chiqarilish joyi: O'zbekiston
  • Ishlab chiqaruvchi: Remedy, СП ООО Узбекско-Британское
Narh: 3 000 so'mdan Batafsil
SOLODKOVOGO KORNYA sirop 90ml
  • Ishlab chiqarilish joyi: O'zbekiston
  • Ishlab chiqaruvchi: Remedy, СП ООО Узбекско-Британское
Narh: 3 000 so'mdan Batafsil
SOLODKOVOGO KORNYA sirop 50ml
  • Ishlab chiqarilish joyi: O'zbekiston
  • Ishlab chiqaruvchi: Remedy, СП ООО Узбекско-Британское
Narh: 2 000 so'mdan Batafsil
SOLODKOVOGO KORNYA sirop 40ml
  • Ishlab chiqarilish joyi: O'zbekiston
  • Ishlab chiqaruvchi: Remedy, СП ООО Узбекско-Британское
Narh: 3 000 so'mdan Batafsil
SENADEKSIN REMEDY tabletkalari N10
  • Ishlab chiqarilish joyi: O'zbekiston
  • Ishlab chiqaruvchi: Remedy, СП ООО Узбекско-Британское
Narh: 2 000 so'mdan Batafsil
AMPISILLIN REMEDY kapsulalar 500mg N10
  • Ishlab chiqarilish joyi: O'zbekiston
  • Ishlab chiqaruvchi: Remedy, СП ООО Узбекско-Британское
Narh: 6 000 so'mdan Batafsil
AMPISILLIN REMEDY kapsulalar 250mg N10
  • Ishlab chiqarilish joyi: O'zbekiston
  • Ishlab chiqaruvchi: Remedy, СП ООО Узбекско-Британское
Narh: 3 000 so'mdan Batafsil
METILURASILOVAYA maz 15g 10%
AMOKSISILLIN poroshok 100 ml 125 mg/5 ml
  • Ishlab chiqaruvchi: Remedy, СП ООО Узбекско-Британское
Другие формы препарата
STREPTOSID RASTVORIMIY liniment 30g 5%
STREPTOSID 2,0 poroshok
  • Ishlab chiqarilish joyi: Rossiya
  • Faol modda: sulfanilamid ko'proq ko'rsatish
  • Ishlab chiqaruvchi: Тульская фармацевтическая фабрика, ООО
STREPTOSID 2,0 poroshok
STREPTOSID 2,0 poroshok dlya narujnogo primeneniya
  • Ishlab chiqarilish joyi: Rossiya
  • Faol modda: sulfanilamid ko'proq ko'rsatish
  • Ishlab chiqaruvchi: Ивановская фармацевическая фабрика, ОАО
STREPTOSID 2,0 poroshok
STREPTOSID 5,0 poroshok
STREPTOSID 10,0 poroshok dlya narujnogo primeneniya
STREPTOSID tabletkalari 0,5g N10
  • Ishlab chiqarilish joyi: O'zbekiston
  • Ishlab chiqaruvchi: Herbal Pharm, OOO
STREPTOSID tabletkalari 0,3g N10
  • Ishlab chiqarilish joyi: O'zbekiston
  • Ishlab chiqaruvchi: Herbal Pharm, OOO
STREPTOSID tabletkalari 0,3g N10
  • Ishlab chiqarilish joyi: O'zbekiston
  • Ishlab chiqaruvchi: Lafz, ООО
STREPTOSID REMEDY tabletkalari 500mg N20
  • Ishlab chiqarilish joyi: O'zbekiston
  • Ishlab chiqaruvchi: Remedy, СП ООО Узбекско-Британское
STREPTOSID REMEDY tabletkalari 500mg N10
  • Ishlab chiqarilish joyi: O'zbekiston
  • Ishlab chiqaruvchi: Remedy, СП ООО Узбекско-Британское
STREPTOSID REMEDY tabletkalari 300mg N20
  • Ishlab chiqarilish joyi: O'zbekiston
  • Ishlab chiqaruvchi: Remedy, СП ООО Узбекско-Британское
STREPTOSID REMEDY tabletkalari 300mg N10
  • Ishlab chiqarilish joyi: O'zbekiston
  • Ishlab chiqaruvchi: Remedy, СП ООО Узбекско-Британское
STREPTOSID tabletkalari 0,5g N20
  • Ishlab chiqarilish joyi: O'zbekiston
  • Ishlab chiqaruvchi: Узхимфарм, АО
STREPTOSID tabletkalari 0,5g N20
  • Ishlab chiqarilish joyi: O'zbekiston
  • Ishlab chiqaruvchi: Radiks, ЧНПП
STREPTOSID tabletkalari 0,3g N30
  • Ishlab chiqarilish joyi: O'zbekiston
  • Ishlab chiqaruvchi: SAMO, OOO
STREPTOSID tabletkalari 0,3g N20
  • Ishlab chiqarilish joyi: O'zbekiston
  • Ishlab chiqaruvchi: Узхимфарм, АО
  • A
  • B
  • D
  • E
  • F
  • G
  • H
  • I
  • J
  • K
  • L
  • M
  • N
  • O
  • P
  • Q
  • R
  • S
  • T
  • U
  • V
  • X
  • Y
  • Z
  • Ch
  • Sh
  • 0-9