×
×

Mahsulotning ko'rinishi saytdagi rasmdan farq qilishi mumkin.

TELSARTAN H tabletkalari 80mg+12,5mg N28

Kategoriya:
- Yurak-qon tomir
Ishlab chiqarilish joyi:
- Hindiston
Faol modda:
Гидрохлоротиазид, Телмисартан
Qadoqda soni:
- 28
Ishlab chiqaruvchi:
- Dr.Reddy’s Laboratories Ltd.
Vakil:
- Dr.Reddy's Laboratories Ltd.
ATX kodi:
- C09DA07
Noaniqliq haqida habar berish
Toshkentning 35 ta dorixonasida topildi

ico 64 000 s`om dan

Dorixonalardan izlash

ico 73 000 s`om dan

Bron qilish

O'xshash dorilar

KARDIOMAGNIL tabletkalari 150 mg+30,39 mg N100 Takeda Osteurope Holding GmbH Daniya
53 800 s`om dan
RIBOKSIN eritma 10ml 2% N10 Hebei Tiancheng Pharmaceutical Co. Ltd Xitoy
4 400 s`om dan
SERMION tabletkalari 30mg N30 Pfizer HCP Corporation, США произведено: Pfizer Italia S.r.l. Italiya
348 000 s`om dan
RIBOKSIN inyeksiya uchun eritma 5ml 2% N10 O'zkimyofarm, AO им. С.К. Исламбекова O'zbekiston
2 800 s`om dan
Yaroqlilik muddati (oy) 24
Mahsulot haqida tafsilotlar
Saytda e'lon qilingan ma'lumotlar mutaxassislar uchun mo'ljallangan. O'zingizni-o'zingiz davolash bilan shug'ullanmang. Sog'lig'ingizga zarar bermaslik uchun mutaxassis bilan maslahatlashishga ishonch hosil qiling!
Tabletkalar 40 mg + 12,5 mg i 80 mg + 12,5 mg.

7 tabletkadan (PVX/Al/Pa) folga/alyumin folgali blisterda.

2 yoki 4 blisterdan tibbiyotda qo'llanilishiga doir yo'riqnomasi bilan karton qutida.

1 tabletka quyidagilarni saqlaydi:

faol moddalar: 12,50 mg gidroxlorotiazid; 40,00 mg telmisartan;

yordamchi moddalar: 12,00 mg meglyumin, 3,36 mg natriy gidrooksidi, 13,55 mg povidon (PVPK-30), 0,65 mg polisorbat-80, 235,94 mg mannitol, 6,07 mg magniy stearati, 43,75 mg laktoza monogidrati, 0,18 mg temir qizil oksidi bo'yovchisi (E 172).

faol moddalar: 12,50 mg gidroxlorotiazid; 80,00 mg telmisartan;

yordamchi moddalar: 24,00 mg meglyumin, 6,72 mg natriy gidrooksidi, 27,10 mg povidon (PVPK-30), 1,30 mg polisorbat-80, 479,38 mg mannitol, 12,15 mg magniy stearati, 92,50 mg laktoza monogidrati, 0,35 mg temir qizil oksidi bo'yovchisi (E 172).

Telsartan® N telmisartan (angiotenzin II reseptorlari antagonisti) va gidroxlortiazid – tiazid diuretik majmuasidan iboratdir. Bu komponentlarni bir vaqtda qo'llash har birini alohida qo'llaganga qaraganda yuqoriroq antigipertenziv samaraga olib keladi. Telsartan® N preparatini kuniga bir marta qabul qilish arterial bosimni (AB) sezilarli darajada asta-sekin pasayishiga olib keladi.

Telmisartan

Telmisartan - angiotenzin II reseptorlarining (AT1 tip) spesifik antagonisti, ichga qabul qilinganda samarali. Angiotenzin II ning ta'siri namoyon bo'ladigan angiotenzin II reseptorlarining AT1 tipiga yuqori yaqinlikka ega. Angiotenzin II ni reseptor bilan bog'idan siqib chiqaradi, bunda bu reseptorga nisbatan agonistik ta'sirga ega emas. Telmisartan faqat angiotenzin II ning AT1-reseptorlari bilan bog'lanadi. Bog'uzoq muddatli xarakterga ega. Bosh reseptorlarga, shu jumladan AT2 va angiotenzin II ning kamroq o'rganilgan boshqa reseptorlariga nisbatan affinlikka ega emas. Bu reseptorlarning funktsional ahamiyati, shuningdek ularni telmisartan ta'siri osida kontsentrasiyasi oshadigan angiotenzin II tomonidan ortiqcha rag'batlantirilishining oqibatlari ham o'rganilmagan. Telmisartan qon plazmasida aldosteronning kontsentrasiyasini kamaytiradi. Telmisartan qon plazmasida reninni ingibitsiya qilmaydi va ion kanallarini bloklamaydi, angiotenzinga aylantiruvchi fermentni ingibitsiya qilmaydi, bradikininni faolsizlantirmaydi.

Arterial gipertenziyasi bo'lgan pasientlarda 80 mg dozada telmisartan angiotenzin II ning gipertenziv ta'sirini to'liq bloklaydi. Telmisartanning birinchi dozasi qabul qilingandan keyin uning antigipertenziv samarasi 3 soat davomida sekin rivojlanadi. Preparatning ta'siri 24 soat davomida saqlanadi va 48 soatgacha sezilarli bo'lib qoladi. Yaqqol antigipertenziv samara odatda muntazam qabul qilganda 4 xaftadan keyin erishiladi.

Arterial gipertenziyasi bo'lgan pasientlarda telmisartan yurak qisqarishlari tez-tezligiga (YuQT) ta'sir qilmasdan sistolik va diastolik arterial bosimni pasaytiradi.

Telmisartanni to'satdan bekor qilgan hollarda arterial bosim "bekor qilish" sindromi rivojlanmasdan asta-sekin dastlabki darajaga qaytadi.

Telmisartan bilan o'tkazilgan tadqiqotda yurak-qon tomir sababli o'lim, fatal bo'lmagan miokard infarkti, fatal bo'lmagan insult yoki dimlangan yurak etishmovchiligi tufayli gospitalizasiya holatlari baholangan. 55 yoshdan oshgan yurak-qon tomir xavfi yuqori (koronar arteriyalar kasalliklari, insult, periferik arteriyalar kasalliklari yoki qandli diabet, retinopatiya, chap qorincha gipertrofiyasi, anamnezida makro - yoki mikroalbuminuriya kabi nishon a'zolarni yondosh shikastlanishi) bo'lgan pasientlarda yurak-qon tomir kasalliklari va o'lim sonini pasayishi isbotlangan.

Gidroxlortiazid

Gidroxlortiazid tiazid diuretik hisoblanadi. Tiazid diuretiklari natriy va xloridlarni (taxminan ekvivalent miqdorda) chiqarilishini bevosita oshirib, buyrak kanalchalarida elektrolitlarni qayta so'rilishiga ta'sir ko'rsatadi. Gidroxlortiazidning diuretik ta'siri aylanib yurgan qon xajmini (AYUQX) kamayishi, plazmada renin faolligini oshishi, aldosteron sekresiyasini oshishiga olib keladi va siydikda kaliy va bikarbonatlarning darajasini oshishi bilan kechadi, buning natijasida qon plazmasida kaliyning darajasi kamayadi. Telmisartan bilan bir vaqtda qabul qilinganda ehtimol renin-angiotenzin-aldosteron tizimini blokadasi hisobiga tiazid diuretiklar chaqirgan kaliyni yo'qotilishini to'xtatilishiga moyillik kuzatiladi.

Gidroxlortiazid qabul qilingandan keyin diurez 2 soatdan keyin kuchayadi, maksimal samara esa taxminan 4 soatdan keyin kuzatiladi. Preparatning diuretik samarasi taxminan 6-12 soat davomida saqlanadi.

Gidroxlortiazidni uzoq vaqt qo'llash yurak-qon tomir kasalliklari asoratlari va ular tufayli o'lim xavfini kamaytiradi.

Telsartan® N ning maksimal antigipertenziv samarasi odatda davolash boshlanganidan keyin 4 xafta o'tgach erishiladi.

1) telmisartanni qo'llash tajribasi asosida kutiladigan;

2) gidroxlortiazidni qo'llash tajribasi asosida kutiladigan;

3)telmisartan va gidroxlortiazidni bir vaqtda qo'llanilganda kuzatilmagan, lekin Telsartan® N preparatini qo'llash vaqtida kutiladigan nojo'ya samaralar.

Allergik reaktsiyalar: angionevrotik shish (shu jumladan, o'lim bilan yakunlangan holatlar)3), eritema3), teri qichishishi3), toshma3), eshakemi3), anafilaktik reaktsiyalar1),2), allergik reaktsiyalar1), ekzema1), dori toshmasi1),2), toksik epidermal nekroliz1),2), toksik teri toshmasi1), yugiruksimon teri ko'rinishlari2), tizimli qizil yugirukning teri simptomlarini zo'rayishi yoki kuchayishi3), nekrotik vaskulit2), teri vaskuliti2), fotosensibilizasiya reaktsiyalari2), tizimli qizil yugirukning kechishini yomonlashishi yoki zo'rayishi2), nekrotik angiit (vaskulit)2).

Markaziy nerv tizimi tomonidan: hushdan ketish/hushdan ketishdan oldingi holat3), peresteziyalar3), uyquni buzilishi3), uyqusizlik3), bosh aylanishi2),3), xavotirlik3), depressiya3), yuqori qo'zg'aluvchanlik2).

Teri qoplamalari tomonidan: ko'p terlash3).

Siydik chiqarish tizimi tomonidan: buyrak etishmovchiligi, shu jumladan o'tkir buyrak etishmovchiligi1), interstisial nefrit2), glyukozuriya2).

Tayanch-harakat apparati tomonidan: belda og'riq3), mushak spazmlari3), mialgiya3), artralgiya3), bordir mushaklari tirishishi3), oyoqlarda og'riq3), artroz1), paylarda og'riq (tendinitsimon simptomlar)1), ko'krak qafasida og'riq3).

Ovqat-hazm qilish tizimi tomonidan: diareya3), og'iz bo'shlig'i shilliq qavatini qurishi3), meteorizm3), qorinda og'riq3), qabziyat3), qusish3), gastrit3), ishtahani pasayishi2), anoreksiya2), giperglikemiya2), giperxolesterinemiya2), pankreatit2), jigar faoliyatini buzilishi3), jigar kasalligi3), sariqlik (gepatosellyulyar yoki xolestatik)2), dispepsiya1),2),3).

Qon yaratish a'zolari tomonidan: anemiya1), aplastik anemiya2), gemolitik anemiya2), trombositopeniya1),2), eozinofiliya1), leykopeniya2), neytropeniya/agranulositoz2), suyak ko'migi faoliyatini susayishi2).

Nafas tizimi tomonidan: respirator distress sindrom (shu jumladan pnevmoniya va o'pka shishi)3), hansirash3).

Sezgi a'zolari tomonidan: ko'rishni buzilishi3), ko'rishni o'tuvchan noaniqligi3), ksantopsiya2).

Yurak-qon tomir tizimi tomonidan: aritmiyalar3), taxikardiya3), bradikardiya1), arterial bosimni yaqqol pasayishi (shu jumladan ortostatik gipotenziya)3).

Reproduktiv tizim tomonidan: impotentsiya3).

Laborator ko'rsatkichlar: qon plazmasida kreatinin kontsentrasiyasini oshishi3), jigar fermentlari faolligini oshishi3), kreatinfosfokinaza faolligini oshishi3), qonda siydik kislotasi kontsentrasiyasini oshishi3), gipertrigliseridemiya2), gipokaliemiya3), giperkaliemiya1), giponatriemiya3), suv-elektrolit muvozanatini buzilishi2), giperurikemiya3), AYUQX kamayishi2), gipoglikemiya (qandli diabeti bo'lgan pasientlarda)1), glikemik nazoratni yomonlashishi2), qonda gemoglobin darajasini pasayishi1).

Boshqalar: grippsimon sindrom3), isitma2), turli lokalizasiyali og'riq sindromi3), holsizlik1),2), sepsis, shu jumladan o'lim bilan yakunlangan holatlar1), yuqori nafas yo'llari infektsiyalari (bronxit, faringit, sinusit)1),3), siydik chiqarish yo'llari infektsiyalari (shu jumladan tsistit)1), so'lak bezlarini yallig'lanishi2).

Raat faolligini oshishiga olib keluvchi holatlar Ayrim pasientlarda Raat faolligini susayishi, ayniqsa bu tizimga ta'sir etuvchi dori vositalarini bir vaqtda qo'llash oqibatida buyrak faoliyati buziladi (shu jumladan o'tkir buyrak etishmovchiligi). Shuning uchun bunday Raat ni ikki tomonlama blokadasi (masalan, AAF ingibitorlarini yoki reninning bevosita ingibitori – aliskirenni angiotenzin II reseptorlari antagonistlariga qo'shish) bilan kechuvchi davolash qat'iy shaxsiy ravishda va buyrak faoliyatini muntazam nazorati ostida, shu jumladan qon zardobida kaliyning darajasi va kreatinin kontsentrasiyasini muntazam nazorati ostida olib borilishi kerak ("Qo'llash mumkin bo'lmagan holatlar" bo'limiga qarang). Buyrak funktsiyasini buzilishi bo'lgan pasientlarda tiazid diuretiklari qo'llash azotemiyaga olib kelishi mumkin. Buyrak funktsiyasini muntazam nazorat qilish tavsiya etiladi. Renovaskulyar gipertenziya Buyrak arteriyalarini ikki tomonlama stenozi yoki yagona faoliyat ko'rsatayotgan buyrak arteriyasini stenozi bo'lgan pasientlarda Raat ga ta'sir qiluvchi dori preparatlarini qo'llaganda yaqqol arterial gipotenziya va buyrak etishmovchiligi rivojlanishi xavfi oshadi. Jigar funktsiyasini buzilishi Jigar funktsiyasini buzilishi yoki jigarning avj oluvchi kasalliklari bo'lgan pasientlarda gidroxlortiazid/telmisartan majmuasini ehtiyotkorlik bilan qo'llash kerak, chunki suv-elektrolit muvozanati tomonidan hatto biroz o'zgarishlar "jigar" komasi rivojlanishiga olib kelishi mumkin. Metabolizm va endokrin bezlar faoliyatiga ta'siri Qandli diabeti bo'lgan pasientlarda insulin yoki ichga qabul qilish uchun gipoglikemik vositalarning dozasini o'zgartirish talab etilishi mumkin. Tiazid diuretiklar bilan davolash vaqtida latent kechayotgan qandli diabet manifestasiya qilishi mumkin. Tiazid diuretiklarni qo'llagan ayrim hollarda giperurikemiya rivojlanishi va podagrani kechishi zo'rayishi mumkin. Qandli diabet Qandli diabeti va qo'shimcha yurak-qon tomir tizimi tomonidan xavfi, masalan qandli diabeti va yurak ishemik kasalligi (YUIK) bo'lgan pasientlarda angiotenzin II reseptorlari antagonistlari yoki AAF ingibitorlari kabi arterial bosimni pasaytiruvchi preparatlarni qo'llagan hollarda fatal miokard infarkti va yurak-qon tomir sababli to'satdan o'lim xavfi oshishi mumkin. Qandli diabeti bo'lgan pasientlarda YUIK simptomsiz kechishi mumkin va shuning uchun tashhislanmasligi mumkin. Qandli diabeti bo'lgan pasientlarda Telsartan® N preparatini qo'llashni boshlashdan oldin YUIK ni aniqlash va davolash uchun tegishli diagnostik tekshiruvlarni, shu jumladan jismoniy yuklama bilan sinama o'tkazish kerak. O'tkir miopiya va ikkilamchi yopiq burchakli glaukoma Sulfonamid hosilasi hisoblangan gidroxlortiazid o'tkir tranzitor miopiya va o'tkir yopiq burchakli glaukoma ko'rinishida idiosinkraziya reaktsiyasini chaqirishi mumkin. Bu buzilishlarning simptomlari to'satdan ko'rish o'tkirligini pasayishi va ko'zlarda og'riq hisoblanadi, ular preparatni qo'llash boshlanganidan bir nechasoatdan bir necha xafta davomida paydo bo'ladi. Agar davolash o'tkazilmasa, o'tkir yopiq burchakli glaukoma ko'rishni yo'qolishiga olib kelishi mumkin. Asosiy davolash iloji boricha gidroxlortiazidni bekor qilishdan iborat. Agar ko'z ichki bosimi nazorat qilib bo'lmaydigan bo'lib qolsa, shoshilinch konservativ yoki jarroxlik usulida davolash talab etilishi mumkinligiga e'tibor berish kerak. O'tkir yopiq burchakli glaukoma rivojlanishining xavf omillariga anamnezida sulfonamidlar yoki penisillinlarga allergiya haqida xabarni kiritish mumkin. Suv-elektrolit muvozanatini buzilishi Telsartan® N preparatini qo'llaganda va diuretik davolash o'tkazilgan hollarda qon zardobida elektrolitlar darajasini muntazam nazorat qilish kerak. Tiazid diuretiklari, shu jumladan gidroxlortiazid suv-elektrolit muvozanati va kislota-ishqor holatini buzilishlarini (gipokaliemiya, giponatriemiya va gipoxloremik alkaloz) chaqirishi mumkin. Bu buzilishlar yuzasidan xavotirli belgilarga og'iz bo'shlig'i shilliq qavatini qurishi, chanqoqlik hissi, umumiy holsizlik, uyquchanlik, bezovtalik hissi, mialgiya yoki boldir mushaklariga tirishishlar (krampi), mushak kuchsizligi, arterial bosimni yaqqol pasayishi, oliguriya, taxikardiya va ko'ngil aynishi yoki qusish kabi me'da-ichak yo'llari tomonidan buzilishlar kiradi. Tiazid diuretiklar qo'llanilganda gipokaliemiya rivojlanishi mumkin, lekin bir vaqtda qo'llanilayotgan telmisartan qon zardobida kaliyning dara0jasini oshirishi mumkin. Jigar tsirrozi bo'lgan pasientlarda, diurez kuchayganda, tuzsiz parhezga amal qilinganda, shuningdek glyuko - va mineralokortikosteoidlar yoki kortikotropinni bir vaqtda qo'llaganda gipokaliemiya rivojlanishi xavfi oshadi. Telsartan® N preparatining tarkibidagi telmisartan aksincha angiotenzin II reseptorlariga (AT1 kichik turi) antagonizmi oqibatida giperkaliemiyaga olib kelishi mumkin. Garchi Telsartan® N preparati qo'llanilganida klinik ahamiyatga ega giperkaliemiya qayd etilmagan bo'lsada, uni rivojlanishi xavf omillariga buyrak va/yoki yurak etishmovchiligi va qandli diabet kirishini e'tiborga olish kerak. Telsartan® N preparati diuretiklarni qabul qilish chaqirgan giponatriemiyani kamaytirishi yoki oldini olishi mumkinligi haqida ma'lumotlar yo'q. Gipoxloremiya odatda ahamiyatsiz bo'ladi va davolashni talab etmaydi. Tiazid diuretiklar kaltsiyni buyrak orqali chiqarilishini kamaytirishi va qon zardobida kaltsiyning darajasini o'tuvchan va biroz oshishini (kaltsiy metabolizmining yaqqol buzilashlari bo'lmaganida) chaqirishi mumkin. Yaqqolroq giperkaltsiemiya yashirin giperparatireoz belgisi bo'lishi mumkin. Qalqonsimon oldi bezlarining faoliyatini baholashdan oldin tiazid diuretiklarni bekor qilish kerak. Tiazid diuretiklar magniyni buyrak orqali chiqarilishini oshirishi ko'rsatilgan, bu gipomagniemiyaga olib kelishi mumkin. YUIK bo'lgan pasientlarda arterial bosimni yaqqol pasaygan holatlarda har qanday gipotenziv vositani qo'llash miokard infarkti yoki insultga olib kelishi mumkin. Tiazid diuretiklarni qo'llaganda tizimli qizil yugirukni rivojlanishi haqida xabar berilgan. Zarurati bo'lganida Telsartan® N preparati boshqa gipotenziv vositalar bilan birga qo'llanishi mumkin. Telmisartan buyurilganda jigar faoliyatini buzilishi ko'pgina hollarda Yaponiya aholisida kuzatilgan. Telsartan® N preparati negroid irqqa mansub pasientlarda kamroq samarali.
Arterial gipertenziyada (telmisartan yoki gidroxlortiazidni monoterapiya ko'rinishida samarasizligi holatlarida) qo'llanadi.
Preparatning faol moddalari yoki yordamchi komponentlariga yoki sulfonilamidlarning boshqa hosilalariga (gidroxlorotiazid sulfonamidning hosilasi bo'lib hisoblanadi) yuqori sezuvchanlik;

  • Homiladorlik;

  • Emizish davri;

  • Xolestaz va o't chiqarish yo'llarining obstruktiv kasalliklari;

  • Jigar faoliyatini yaqqol buzilishlari (Chayld-Pyu shkalasi bo'yicha S sinf);

  • Buyrak faoliyatini yaqqol buzilishlari (kreatinin klirensi minutiga 30 ml dan kam)

  • Refrakter gipokaliemiya, giperkaltsiemiya;

  • Qandli diabeti va buyrak etishmovchiligi (kalavalar filtrasiyasi tezligi (kft) <60 ml/minut/1,73 m2) bo'lgan pasientlarda aliskiren bilan bir vaqtda davolash;

  • Fruktozani tug'ma o'zlashtiraolmaslik;

  • Galaktozani o'zlashtiraolmaslik va laktaza tanqisligi, laktozani o'zlashtiraolmaslik, glyukozo-galaktoz malabsorbtsiya sindromi;

  • 18 yoshgacha bo'lgan bolalarda qo'llash mumkin emas (samaradorligi va xavfsizligi aniqlanmagan).

Ehtiyotkorlik bilan:

  • buyrak arteriyalarini ikki tomonlama stenozi yoki yagona buyrak arteriyasi stenozi, buyrak funktsiyasini og'ir darajada buzilishi ("maxsus ko'rsatmalar" bo'limiga qarang);

  • jigar funktsiyasini buzilishi yoki jigarning avj oluvchi kasalliklari (Chayld-Pyu shkalasi bo'yicha A sinf) ("maxsus ko'rsatmalar" bo'limiga qarang);

  • avvalgi diuretiklar bilan davolash, osh tuzini qabul qilishni cheklash, diareya yoki qusish oqibatida AYUQX ni kamayishi;

  • giperkaliemiya;

  • buyrak transplantasiyasidan keyingi holat (qo'llash tajribasi yo'q);

  • Nyu-York kardiologlar assosiasiyasi (NYHA) tasnifi bo'yicha III-IV funktsional sinf surunkali yurak etishmovchiligi (Syue);

  • aortal va mitral klapan stenozi;

  • ideopatik gipertrofik subaortal stenoz;

  • gipertrofik obstruktiv kardiomiopatiya (GOKMP);

  • qandli diabet;

  • birlamchi aldosteronizm;

  • podagra;

  • yopiq burchakli glaukoma (tarkibida gidroxlortiazid borligi tufayli);

  • buyrak etishmovchiligi (kk minutiga 30 ml dan ko'p) bo'lgan pasientlarda cheklangan, lekin buyraklar tomonidan nojo'ya samaralarni rivojlanishini tasdiqlamaydi va dozaga tuzatish kiritish talab etilmaydi.


Telmisartan

Telmisartanni quyidagilar bilan bir vaqtda qo'llaganda:

- boshqa gipotenziv vositalar: antigipertenziv samarasi kuchayishi mumkin. Telmisartan va ramiprilni majmuaviy qo'llash bilan o'tkazilgan bir tadqiqotda ramipril va ramiprilatning AUC0-24 va Cmax ni 2,5 marta oshishi kuzatilgan. Bu o'zaro ta'sirning klinik ahamiyati aniqlanmagan.

Davolashni to'xtatishga olib kelgan noxush ko'rinishlar tahlilida va klinik tadqiqotlar jarayonida olingan jiddiy noxush ko'rinishlarning tahlilida yo'tal va angionevrotik shish ramipril bilan davolaganda kuzatilganligi aniqlangan, ayni vaqtda arterial gipotenziya ko'pincha telmisartan bilan davolaganda kuzatilgan. Giperkaliemiya, buyrak etishmovchiligi, arterial gipotenziya va sipkope telmisartan va ramipril birga qo'llanilganda ishonchli ravishda kuzatilgan;

- litiy preparatlari: AAF ingibitorlarini qabul qilganda toksik ko'rinishlar bilan kechuvchi qon plazmasida litiyning kontsentrasiyasini qaytuvchan oshishi kuzatilgan. Kam hollarda bunday o'zgarishlar angiotenzin II reseptorlari antagonistlari, shu jumladan telmisartan qo'llanilganda qayd etilgan. Litiy va ara II preparatlarini bir vaqtda qo'llaganda qonda litiy darajasini aniqlash tavsiya etiladi;

- nosteroid yallig'lanishga qarshi preparatlar (NYAQP), shu jumladan yallig'lanishga qarshi vosita sifatida qo'llanadigan dozada (sutkada 3 g dan kamroq) atsetilsalisil kislotasi, tsiklooksigenaza-2 ingibitorlari (sog-2) va noselektiv NYAQP AYUQX kamaygan pasientlarda o'tkir buyrak etishmovchiligi rivojlanishini chaqirishi mumkin. Raat ga ta'sir qiluvchi preparatlar sinergik samaraga ega bo'lishi mumkin. NYAQP va telmisartanni qabul qilayotgan pasientlarda davolashni boshida AYUQX kompensasiya qilinishi va buyrak funktsiyasi nazorat qilinishi kerak.

Telmisartan kabi gipotenziv vositalarning prostaglandinlarning qon tomirlarni kengaytirish samarasini ingibitsiya qilinishi orqali samarasini kamayishi NYAQP bilan birga qo'llanilganida kuzatilgan. Telmisartanni ibuprofen yoki paratsetamol bilan bir vaqtda qo'llaganda klinik ahamiyatli samara aniqlanmagan;

- digoksin, varfarin, gidroxlortiazid, glibenklamid, simvastatin va amlodipin: klinik ahamiyatli o'zaro ta'siri aniqlanmagan. Qon plazmasida digoksinning o'rtacha kontsentrasiyasini o'rtacha 20% (bir holatda 39%) oshishi kuzatilgan. Telmisartan va digoksinni bir vaqtda qo'llaganda qon plazmasida digoksinning kontsentrasiyasini vaqti-vaqti bilan aniqlash maqsadga muvofiq.

- kaliy tejovchi diuretiklar, kaliy preparatlari, qon zardobida kaliyning darajasini oshirish qobiliyatiga ega boshqa vositalar (masalan, geparin) yoki osh tuzida natriy tuzlarini kaliy tuzlari bilan almashtirish giperkaliemiyaga olib kelishi mumkin.

Gidroxlortiazid

Quyidagilar bilan bir vaqtda qo'llanilganida:

- etanol, barbituratlar yoki narkotik og'riq qoldiruvchi vositalar: ortostatik gipotenziya rivojlanishi xavfi mavjud;

- ichga qabul qilish uchun gipoglikemik vositalar va insulin: ichga qabul qilish uchun gipoglikemik preparatlar va insulinning dozasiga tuzatish kiritish talab etilishi mumkin;

- metformin: sut kislotali asidoz rivojlanishi xavfi mavjud;

- kolestiramin va kolestipol: anion almashinish qatronlari mavjud bo'lganida gidroxlortiazidni so'rilishi buziladi;

- yurak glikozidlari: tiazid diuretiklari tomonidan chaqiriladigan gipokaliemiya yoki gipomagniemiya rivojlanishi, yurak glikozidlarini qabul qilish chaqirgan aritmiyalar rivojlanishi xavfi mavjud;

- pressor aminlar (masalan, norepinefrin): pressor aminlarning samarasi susayishi mumkin;

- depolyarizasiyalamaydigan miorelaksantlar (masalan, tubokurarin xloridi): gidroxlortiazid depolyarizasiyalamaydigan miorelaksantlarning samarasini kuchaytirishi mumkin;

- podagraga qarshi vositalar: qon zardobida siydik kislotasining kontsentrasiyasi oshishi mumkin va shuning uchun urikozurik vositalarning dozasini o'zgartirish talab etilishi mumkin. Tiazid diuretiklarni qo'llash allopurinolga yuqori sezuvchanlik reaktsiyalari tez-tezligini oshiradi;

- kaltsiy preparatlari: tiazid diuretiklar kaltsiyni buyraklar orqali chiqarilishini kamayishi oqibatida uning qon zardobidagi darajasini oshirishi mumkin. Agar kaltsiy preparatlarini qo'llash zarurati bo'lsa, qon zardobida kaltsiy darajasini muntazam nazorat qilish va agar zarur bo'lsa kaltsiy preparatlarining dozasini o'zgartirish kerak;

- beta-adrenoblokatorlar va Diazoksid: tiazid diuretiklar beta-adrenoblokatorlar va Diazoksid chaqirgan giperglikemiyani kuchaytirishi mumkin;

- m-xolinoblokatorlar (masalan, atropin, biperidin): me'da-ichak yo'llari motorikasi kamayadi, tiazid diuretiklarning Biokiraolishligi oshadi;

- amantadin: tiziazid diuretiklar amantadin tomonidan chaqirilgan noxush samaralarning samaralarini kuchaytirishi mumkin;

- tsitotoksik vositalar (masalan, tsiklofosfamid, metotreksat): tsitotoksik vositalarning buyrak orqali chiqarilishini kamayadi va ularning mielosupressiv ta'siri kuchayadi;

- NYAQP: tiazid diuretiklar bilan bir vaqtda qo'llash diuretik va antigipertenziv samarani pasayishiga olib kelishi mumkin;

- kaliyni chiqarilishi va gipokaliemiyaga olib keluvchi vositalar (masalan, kaliyni chiqaruvchi diuretiklar, surgi vositalari; glyuko - va mineralokortikosteroidlar; kortikotropin; amfoterisin V; karbenoksolon; benzilpenisillin, atsetilsalisil kislotasi hosilalari): gipokaliemik samarasi kuchayadi. Gidroxlortiazid tomonidan chaqiriladigan gipokaliemiya telmisartanning kaliy tejovchi samarasi bilan kompensasiya qilinadi.

Telsartan® N preparatini gipokaliemiya chaqirishi mumkin bo'lgan preparatlar, shuningdek qon zardobida kaliyning darajasini oshirish qobiliyatiga ega preparatlar bilan bir vaqtda qo'llanilganida qon plazmasida kaliyning darajasini muntazam nazorat qilish tavsiya etiladi.

Quruq, yorug'likdan himoyalangan joyda, 250S dan yuqori bo'lmagan haroratda saqlansin.

Bolalar olomaydigan joyda saqlansin!


Ta'rifi:

12,5 mg+40 mg tabletkalar

Uzunchoq shaklli, qobiq bilan qoplanmagan, ikki qavatli, bir tomonida och-pushtidan pushti ranggacha va boshqa tomonida oqdan deyarli oq ranggacha, pushti rangli dog'lari bo'lishi mumkin bo'lgan, bo'luvchi riskali va uning turli tomonlarida "T" va "1" yozuvi bosib tushirilgan tabletkalar.

12,5 mg+80 mg tabletkalar

Uzunchoq shaklli, qobiq bilan qoplanmagan, ikki qavatli, bir tomonida och-pushtidan pushti ranggacha va boshqa tomonida oqdan deyarli oq ranggacha, pushti rangli dog'lari bo'lishi mumkin bo'lgan, bo'luvchi riskali va uning turli tomonlarida "T" va "2" yozuvi bosib tushirilgan tabletkalar.

Ovqat qabul qilishdan qat'iy nazar, ichga qabul qilinadi.

Telsartan® N ni kuniga 1 marta qabul qilish kerak.

Telsartan® N 12,5 mg/40 mg ni 40 mg dozada Telsartan® preparatini yoki gidroxlortiazid buyurilgan pasientlarda qo'llash AB ni adekvat nazorat qilishga olib kelmagan pasientlarga buyurilishi mumkin.

Telsartan® N 12,5 mg/80 mg ni 80 mg dozada Telsartan® preparatini yoki Telsartan® N 12,5 mg/40 mg buyurilgan pasientlarda qo'llash AB ni adekvat nazorat qilishga olib kelmagan pasientlarga buyurilishi mumkin.

Buyrak funktsiyasini buzilishi

Buyrak funktsiyasini biroz yoki o'rtacha yaqqollikdagi buzilishi bo'lgan pasientlarda gidroxlortiazid va telmisartan majmuasini qo'llash bo'yicha cheklangan ma'lumotlar bunday hollarda dozaga tuzatish kiritishni talab etmaydi. Bunday pasientlarda buyrak funktsiyasini nazorat qilish kerak.

Jigar funktsiyasini buzilishi

Jigar funktsiyasini o'rtacha buzilishi (Chayld-Pyu shkalasi bo'yicha A va V sinfi) bo'lgan pasientlarda gidroxlortiazid/telmisartan majmuasining sutkalik dozasi kuniga 12,5 mg/40 mg dan oshmasligi kerak ("Farmakokinetkasi" bo'limiga qarang).

Keksa yoshdagi pasientlar

Dozalash tartibi o'zgartirishni talab etmaydi.

Telmisartan dozasini oshirib yuborilishining bo'lishi mumkin simptomlari bo'lib yaqqol arterial bosimni pasayishi, taxikardiya va/yoki bradikardiya bo'lishi mumkin. Gidroxlortiazidning dozasini oshirib yuborilishi massiv diurez oqibatida kelib chiquvchi elektrolitlarni yo'qotilishi (gipokaliemiya, gipoxloremiya) va suvsizlanish bilan kechishi mumkin. Gidroxlortiazid dozasini oshirib yuborilishining bo'lishi mumkin belgilari va simptomlari bo'lib ko'ngil aynishi va uyquchanlik bo'lishi mumkin. Gipokaliemiya mushak spazmlari va/yoki yurak glikozidlari yoki ayrim antiaritmik preparatlarni bir vaqtda qo'llash chaqirgan yurak aritmiyalarini kuchaytirishi mumkin.

Davolash: preparatni qabul qilgandan o'tgan vaqt va simptomlarning og'irlik darajasiga bog'liq simptomatik va tutib turuvchi davolash. Qusishni chaqirish va/yoki me'dani yuvish, faollashtirilgan ko'mir qabul qilish. Qon zardobida elektrolitlar darajasi va kreatinin kontsentrasiyasini tez-tez nazorat qilish kerak. Arterial gipotenziya rivojlangan hollarda pasientni tezda chalqancha yotqizish va elektrolitlar va AYUQX o'rnini to'ldirishga qaratilgan davolashni o'tkazish kerak. Telmisartan gemodializ yordamida chiqarilmaydi. Gemodializ o'tkazilganda gidroxlortiazidni chiqarilish darajasi aniqlanmagan.


Telsartan® N preparatini homiladorlik vaqtida qo'llash mumkin emas.

Telmisartan

Homiladorlik vaqtida angiotenzin II reseptorlari antagonistlarini qo'llash mumkin emas. Homiladorlik aniqlanganda preparatni qabul qilishni darhol to'xtatish kerak. Zarurati bo'lganida muqobil davolash (homiladorlik vaqtida qo'llashga ruxsat etilgan gipotenziv preparatlarning boshqa sinflari) qo'llanishi kerak.

Telmisartanning klinik oldi tadqiqotlari teratogen ta'sirlar aniqlanmagan, ammo fetotoksiklik aniqlangan. Angiotenzin II reseptorlari antagonistlarining homiladorlikning ikkinchi va uchinchi uch oyligidagi ta'siri homilada fetotoksiklik chaqirishi ma'lum (buyrak funktsiyasini susayishi, oligogidramnion, bosh miya suyagining ossifikasiyasini sekinlashishi). Homiladorlikni rejalashtirgan pasientlarga muqobil davolashni buyurish kerak. Agar angiotenzin II reseptorlari antagonistlarini bilan davolash homiladorlikning ikkinchi uch oyligida o'tkazilgan bo'lsa, homilaning buyrak va bosh miya suyagini ultratovush tekshiruvini o'tkazish tavsiya etiladi.

Onalari angiotenzin II reseptorlari antagonistlarini qabul qilgan yangi tug'ilgan chaqaloqlar arterial gipotenziya yuzasidan sinchkovlik bilan kuzatilishi kerak.

Gidroxlortiazid

Gidroxlortiazidni homiladorlik vaqtida, ayniqsa birinchi uch oyligida qo'llash tajribasi cheklangan. Gidroxlortiazid yo'ldosh to'sig'i orqali o'tadi. Gidroxlortiazidning farmakologik ta'sir mexanizmini hisobga olib, homiladorlikning ikkinchi va uchinchi uch oyligida uni qo'llash fetoplasentar perfuziyani buzilishi va embrion va homilada sariqlik, suv-elektrolit muvozanatini buzilishi va trombositopeniya kabi o'zgarishlarni chaqirishi mumkin.

Homiladorlardagi shish, homiladorlardagi arterial gipertenziya yoki preeklampsiya vaqtida gidroxlortiazidni qo'llash mumkin emas, chunki qon plazmasi xajmini kamayishi va plasentar perfuziyani pasayishi xavfi mavjud, ijobiy samara esa ko'rsatilgan klinik holatlarda mavjud emas. Gidroxlotiazidni davolashning boshqa turlarini qo'llash mumkin bo'lmagan kam holatlardan tashqari, homiladorlardagi essentsial gipertenziyada qo'llash mumkin emas.

Emizish davrida Telsartan® N preparati bilan davolash mumkin emas.

Hayvonlardagi tadqiqotlarda telmisartan va gidroxlorotiazidni fertilikka ta'siri kuzatilmagan. Odam fertilligiga ta'siri bo'yicha tadqiqotlar o'tkazilmagan.

Fikr qoldirish
Baho:
              
Matnni kiriting

Ismingiz
Fikr-mulohazangiz moderator tekshiruvidan so'ng nashr etiladi

Mahsulot bo'yicha savolingiz bormi?

Savol qoldirish

Mulohazalar

TELSARTAN H tabletkalari 80mg+12,5mg N28 dori vositasi O'zbekiston dori vositalari reestrida ro'yxatdan o'tganmi?
Ha, preparat O'zbekiston dori vositalari reestrida ro'yxatdan o'tgan.
TELSARTAN H tabletkalari 80mg+12,5mg N28 dori vositasi ishlab chiqaruvchisi kim va u qaysi davlatda ishlab chiqarilgan?
TELSARTAN H tabletkalari 80mg+12,5mg N28 dori vositasi Dr.Reddy’s Laboratories Ltd. tomonidan Hindiston mamlakatida ishlab chiqarilgan.
TELSARTAN H tabletkalari 80mg+12,5mg N28 dori vositasi resept bo’yicha sotiladimi?
TELSARTAN H tabletkalari 80mg+12,5mg N28 dori vositasi resept bo'yicha sotiladigan dori

Analoglar
TVARDOKS H40 tabletkalari 40 mg / 12,5 mg N28
  • Ishlab chiqarilish joyi: Hindiston
  • Faol modda: Гидрохлоротиазид, Телмисартан ko'proq ko'rsatish
  • Ishlab chiqaruvchi: VEGAPHARM LIFE SCIENCES PVT. LTD., Индия произведено: IND-SWIFT LTD
  • Vakil: VEGAPHARM
Narh: 63 000 so'mdan Batafsil
TELSARTAN H tabletkalari 40mg+12,5mg N28
Narh: 25 000 so'mdan Batafsil
TELI G tabletkalari 40mg 40 mg + 12,5 mg N30
POLSART NST tabletkalari 80mg/25mg N28
POLSART NST tabletkalari 80mg/12,5mg N28
POLSART NST tabletkalari 40mg/12,5mg N28
Ishlab chiqaruvchining dorilari
IBUKLIN LEDI tabletkalari 400mg+80mg N10
Narh: 30 335 so'mdan Batafsil
OMEZ kapsulalar 10mg N30
Narh: 27 000 so'mdan Batafsil
OMEZ kapsulalar 20mg N30
Narh: 30 000 so'mdan Batafsil
IBUKLIN YUNIOR tabletkalari 100mg+200mg N20
ALLERVEY M tabletkalari 5mg+10mg N30
Narh: 133 600 so'mdan Batafsil
TELSARTAN H tabletkalari 40mg+12,5mg N28
Narh: 25 000 so'mdan Batafsil
  • A
  • B
  • D
  • E
  • F
  • G
  • H
  • I
  • J
  • K
  • L
  • M
  • N
  • O
  • P
  • Q
  • R
  • S
  • T
  • U
  • V
  • X
  • Y
  • Z
  • Ch
  • Sh
  • 0-9