×
×
  • TINIDAN infuziya uchun eritma 200ml 800mg/200ml

Mahsulotning ko'rinishi saytdagi rasmdan farq qilishi mumkin.

TINIDAN infuziya uchun eritma 200ml 800mg/200ml

Kategoriya:
- Antibiotiklar
Ishlab chiqarilish joyi:
- Xitoy
Ishlab chiqaruvchi:
- Dong Trade Ltd., Китай произведено: Hainan Hotmed Tianya Pharmaceutical Co., Ltd.
ATX kodi:
- J01XD02 Тинидазол
Noaniqliq haqida habar berish

O'xshash dorilar

EKSAGIN tabletkalari N7 Helba Pharmaceuticals Inc. Co., Турция произведено: Merkez Laboratory Pharmaceutical and Trade Co. Turkiya
89 600 s`om dan
BISEPTOL suspenziya 80ml 240mg/5ml Medana Pharma S.A. Polsha
25 200 s`om dan
OKVINOV infuziya uchun eritma 100ml 2mg/ml VMG Pharmaceuticals Pvt. Ltd Hindiston
TAVANIK tabletkalari 500mg N5 Sanofi Winthrop Industrie Frantsiya
Mahsulot haqida tafsilotlar
Saytda e'lon qilingan ma'lumotlar mutaxassislar uchun mo'ljallangan. O'zingizni-o'zingiz davolash bilan shug'ullanmang. Sog'lig'ingizga zarar bermaslik uchun mutaxassis bilan maslahatlashishga ishonch hosil qiling!
TINIDAN infuziya uchun eritma 200ml 800mg/200ml qo'lanishi bo'yicha ko'rsatmalar

QO‘LLASH BO‘YICHA YO‘RIQNOMA

TINIDAN

TINIDAN

Preparatning savdo nomi: Tinidan

Ta‘sir etuvchi modda (XPN): tinidazol

Dori shakli: infuziya uchun eritma

Tarkibi:

1 ml eritma quyidagilarni saqlaydi:

faol modda: tinidazol 4 mg/ml (800 mg/200 ml);

yordamchi moddalar: natriy xloridi (1,8 g/200 ml), xlorid kislotasi, in‘eksiya uchun suv.

Ta‘rifi: rangsiz yoki deyarli rangsiz tiniq suyuqlik.

Farmakoterapevtik guruhi: protozoylarga qarshi vositalar.

ATX kodi: J01XD02.

Farmakologik xususiyatlari

Tinidazol protozoylarga va bakteriyalarga qarshi ta‘sir ko‘rsatadi.

Preparat Trichomonas vaginalis, Entamoeba histolytica va Lamblia instestinalis ga nisbatan faol.

Bundan tashqari, Bacteroides fragilis, Bacteroides melaninogenicus, Bacteroides spp., Clostridium spp., Eubacterium spp., Fusobacterium spp., Peptococcus spp., Peptostreptococcus spp. va Veillonella spp. kabi anaerob bakteriyalarga qarshi bakterisid ta‘sir ko‘rsatadi.

Tinidazolning protozoylarga va bakteriyalarga qarshi ta‘sir mexanizmi preparatni mikroorganizm xujayralariga kirishi va buning natijasida DNK strukturasini shikastlanishi yoki uning sintezini tormozlanishi bilan bog‘liq.

Farmakokinetikasi

0,8 g va 1,6 g dozada vena ichiga tomchilab yuborilgandan so‘ng qonda dori vositasining maksimal konsentrasiyasi (Cmax) mos ravishda 14-21 mg/l va 32 mg/l ni tashkil etadi, vena ichiga 1 g dozada kuniga 1 marta yuborilganida, qonda dori vositasining konsentrasiyasi 8 mg/l dan yuqori darajada qolishi mumkin.

Tinidazol butun organizm bo‘ylab keng tarqaladi, u reproduktiv a‘zolar, ichak, mushaklar va ona sutida yuqori konsentrasiyalarga erishishi mumkin, jigar va yog‘ to‘qimalarida pastroq konsentrasiyalarga erishadi, so‘lak va safrodagi konsentrasiyasi qondagi konsentrasiyasi bilan bir xil darajada bo‘ladi. Preparat gematoensefalik to‘siq orqali metronidazolga nisbatan ko‘proq o‘tadi. Miya pardalari yallig‘langanida, dori vositasini orqa miya suyuqligidagi konsentrasiyasi qondagi konsentrasiyasini 80% ni tashkil etadi, bu tinidazolni yog‘da yuqori eruvchanligi bilan bog‘liq. Tinidazol yo‘ldosh to‘sig‘i orqali o‘tishi mumkin, yo‘ldoshda va homila qonida yuqori konsentrasiyalarga erishishi mumkin. Plazma oqsillari bilan bog‘lanishi 12% ni tashkil etadi. Qondan yarim chiqarilish davri (T1/2) 11,6-13,3 soat, o‘rtacha 12,6 soatni tashkil etadi. Buyrak yetishmovchiligi bo‘lgan pasientlarning farmakokinetik indeksi o‘zgarmaydi, biroq tinidazol gemodializ yordamida tez chiqariladi, shuning uchun gemodializdan so‘ng darhol yuborish kerak.

Qo‘llanilishi

  • Trixomonaz;
  • lyamblioz;
  • amebiaz va uning jigar shakli;
  • anaerob bakteriyalar bilan zararlanish yoki aerob va anaerob bakteriyalar bilan aralash infeksiyalanish, odatda muvofiq tanlangan antibiotiklar bilan birga;
  • me‘da va o‘n ikki barmoq ichak yara kasalligiga yondosh Helocobacter pylori infeksiyalarini vismut preparatlari va antibiotiklari bilan birga davolashda qo‘llanadi.

Qo‘llash usuli va dozalari

Faqat shifokor ko‘rsatmasi bo‘yicha qo‘llanadi. Preparat vena ichiga tomchilab, 1 soat davomida yuboriladi.

Trixomonaz

Kattalar:       1,6 g tinidazol bir marta buyuriladi.

Bolalar:         tana vazniga 50-75 mg/kg, bir marta.

Zarurat bo‘lganida dozasini takrorlash mumkin.

Lyamblioz

Kattalar:       1,6 g tinidazol bir marta buyuriladi.

Bolalar:         tana vazniga 50-75 mg/kg, bir marta.

Zarurat bo‘lganida dozasini takrorlash mumkin.

Ichak amebiazi

Kattalar:       1,6 g tinidazol bir martalik dozada navbatdagi 2 yoki 3 kun davomida buyuriladi.

Bolalar:         tana vazniga 50-60 mg/kg, bir martalik dozada, navbatdagi 3 kun davomida.

Jigarning amyobali absessi

Infeksiyaning joylashishiga qarab to‘liq davolashga 4,5-12 g tinidazol ishlatiladi. Asoratlangan infeksiyada qo‘shimcha ravishda, abssessning ichidagisini olish tashlash kerak.

Kattalar:       davolashni sutkada 1,6 doza bilan boshlash va uni navbatdagi 3 kun davomida qo‘llash kerak. Zarurati bo‘lganida davolashni 6 kun davom ettirish mumkin.

Bolalar:         sutkada tana vazniga 50-60 mg/kg dozada, 5 kun davomida yuboriladi.

Anaerob bakteriyalar chaqirgan infeksiyalarini davolash

Kattalar:       birinchi kuni 1,6 g preparat bir marta, so‘ngra esa 0,8 g bir marta yuboriladi. Davolash odatda 5-6 kun davom etadi. Davolash davrida, ayniqsa agar davolash 7 kundan ortiq davom etsa, qon manzarasini klinik va laboratoriya nazoratini muntazam ravishda olib borish tavsiya etiadi.

12 yoshgacha bo‘lgan bolalar uchun preparatning dozasi aniqlanmagan.

Operasiyadan keyingi infeksiyalarni oldini olish uchun.

Kattalar:       1,6 g preparat jarrohlik operasiyasidan 12 soat oldin bir marta yuboriladi.

12 yoshgacha bo‘lgan bolalar uchun preparatning dozasi aniqlanmagan.

Nojo‘ya ta‘sirlari

Yengil va o‘rtacha darajada namoyon bo‘lgan va eng ko‘p uchraydigan nojo‘ya ta‘sirlari quyidagilardan iborat: qusish, ishtahani buzilishi, ich ketishi, me‘dada og‘riqlar paydo bo‘lishi, og‘izda metall ta‘mini sezilishi;

Kam hollarda: toshma, eshakemi, qichishish, angionevrotik shish, bosh aylanishi, ataksiya, periferik nevropatiya (oyoq-qo‘llarni uvishishi, chumolilar o‘rmalashi hissi), tirishishlar, o‘tib ketuvchi leykopeniya, bosh og‘rig‘i, toliqish, tilni karash bo‘lishi, siydikni to‘q rangga bo‘yalishi.

Qo‘llash mumkin bo‘lmagan holatlar

  • Nevrologik organik kasalliklar;
  • preparat ingredientlariga yoki 5-nitroimidazolning boshqa hosilalariga o‘ta yuqori sezuvchanlik;
  • qon yaratilishini buzilishlari;
  • homiladorlikning birinchi uch oyligi va laktasiya davrida qo‘llash mumkin emas.

 

Dorilarning o‘zaro ta‘siri

Tinidazol alkogolning zaharli ta‘sirini kuchaytiradi. Bir vaqtda alkogolni qabul qilish qizib ketish hissi, kuchli terlash, bosh og‘rig‘i, ko‘ngil aynishi, qusish, me‘da usti sohasida og‘riqlar kabi noxush reaksiyalar chaqirishi mumkin.

Tinidazol varfarin va boshqa peroral antikoagulyantlar bilan bir vaqtda qo‘llanganida, preparat ularning metabolizmini sekinlashtirishi, faoliyatini yaxshilashi va protrombin vaqtini (PTV) uzaytirishi mumkin.

Tinidazolni natriy fenitoini va fenobarbital kabi, jigarning mikrosomal fermentlarini rag‘batlantiruvchi dori vositalar bilan birga qo‘llanishi preparatning metabolizmini yaxshilashi, qondagi konsentrasiyasini pasaytirishi va natriy fenitoinning chiqarilishini sekinlashtirishi mumkin.

Tinidazolni simetidin kabi jigarning mikrosomal fermentlari faolligini sekinlashtiruvchi dori vositalari bilan bir vaqtda qo‘llanishi, uning jigardagi metabolizmini va chiqarilishini sekinlashtirishi, qondan yarim chiqarilish davrini (T1/2) uzaytirishi mumkin, qondagi konsentrasiyasini o‘lchash natijalariga muvofiq dozasini boshqarish kerak.

Tinidazol va disulfiram bir vaqtda qo‘llanganida, disulfiramning metabolizmiga ta‘sir etadi, alkogol iste‘mol qilgandan so‘ng pasientlarda ruhiy buzilishlar namoyon bo‘lishi mumkin, shuning uchun disulfiram qabul qilayotgan pasientlar ushbu preparatni 2 hafta davomida ishlatishlari mumkin emas.

Maxsus ko‘rsatmalar

Tinidazol bilan davolanish davrida va davolanish tugaganidan so‘ng kamida 3 kun davomida, qizib ketish, me‘da spazmi, qusish, taxikardiya kabi nojo‘ya reaksiyalar namoyon bo‘lishi mumkinligi tufayli, spirtli ichimliklarni qabul qilmaslik kerak.

Tinidazol bilan davolanish davrida bosh aylanishi, ataksiya, periferik nevropatiya kabi nevrologik buzilishlar kuzatilishi mumkin. Bunday buzilishlar namoyon bo‘lgan holda tinidazol bilan davolashni to‘xtatish va shifokorga murojaat qilish lozim.

Homiladorlik va laktasiya

Homiladorlik

Tinidazol yo‘ldosh to‘sig‘idan o‘tadi, shuning uchun homiladorlikni birinchi uch oyligida preparatni qo‘llash mumkin emas.

Homiladorlikni ikkinchi va uchinchi uch oyliklarida tinidazolning homilaga ta‘sirini potensial xavfi mavjudligi tufayli, preparatni faqat o‘ta zarur holda qo‘llash mumkin.

Laktasiya

Tinidazol ayol sutiga o‘tadi, shuning uchun preparat bilan davolanish davrida emizishni to‘xtatish kerak.

Tinidazol qabul qilinganidan so‘ng 72 soat davomida ayol sutida saqlanadi.

Emizishni faqat preparat qabul qilgandan keyin 72 soat o‘tgach boshlash mumkin.

Preparatni avtomobilni boshqarish va yuqori ruxiy va jismoniy reaksiyalar tezligini talab qiluvchi ishlarni bajarishga ta‘siri

Tinidazol haydovchilarda va mashinalarga xizmat ko‘rsatuvchilarda reaksiya tezligini susaytirishi mumkin, shuning uchun transport vositalarini haydash va mexanizmlarga xizmat ko‘rsatish bilan bog‘liq xavf mavjud.

Preparat bolalar ololmaydigan joyda saqlansin va yaroqlilik muddati o‘tganidan so‘ng ishlatilmasin.

 

Dozani oshirib yuborilishi

Odamlarda preparatning dozasini oshirib yuborilish hollari aniqlanmagan.

Tinidazolning spesifik antidoti yo‘q.

Tinidazol dializ yordamida oson chiqariladi.

Chiqarilish shakli

200 ml dan flakonda; har bir flakon qo‘llash bo‘yicha yo‘riqnomasi bilan birga polietilen paketda va karton qutida.

Saqlash sharoiti

Quruq, yorug‘likdan himoyalangan joyda, 25oS dan yuqori bo‘lmagan haroratda saqlansin.

Yaroqlilik muddati

2 yil.

 

Dorixonalardan berish tartibi

Resept bo‘yicha.

Ulashish:

Fikr qoldirish
Baho:
              
Matnni kiriting

Ismingiz
Fikr-mulohazangiz moderator tekshiruvidan so'ng nashr etiladi

Mahsulot bo'yicha savolingiz bormi?

Savol qoldirish

Mulohazalar

TINIDAN infuziya uchun eritma 200ml 800mg/200ml dori vositasi O'zbekiston dori vositalari reestrida ro'yxatdan o'tganmi?
Ha, preparat O'zbekiston dori vositalari reestrida ro'yxatdan o'tgan.
TINIDAN infuziya uchun eritma 200ml 800mg/200ml dori vositasi ishlab chiqaruvchisi kim va u qaysi davlatda ishlab chiqarilgan?
TINIDAN infuziya uchun eritma 200ml 800mg/200ml dori vositasi Dong Trade Ltd., Китай произведено: Hainan Hotmed Tianya Pharmaceutical Co., Ltd. tomonidan Xitoy mamlakatida ishlab chiqarilgan.
TINIDAN infuziya uchun eritma 200ml 800mg/200ml dori vositasi resept bo’yicha sotiladimi?
TINIDAN infuziya uchun eritma 200ml 800mg/200ml dori vositasi resept bo'yicha sotilmaydi.

Ishlab chiqaruvchining dorilari
LEVODAN infuziya uchun eritma 100ml 500mg/100ml
  • Ishlab chiqarilish joyi: Xitoy
  • Faol modda: Levofloksasin ko'proq ko'rsatish
  • Ishlab chiqaruvchi: Dong Trade Ltd., Китай произведено: Hainan Hotmed Tianya Pharmaceutical Co., Ltd.
  • A
  • B
  • D
  • E
  • F
  • G
  • H
  • I
  • J
  • K
  • L
  • M
  • N
  • O
  • P
  • Q
  • R
  • S
  • T
  • U
  • V
  • X
  • Y
  • Z
  • Ch
  • Sh
  • 0-9