×
×
  • TINIDAZOL tabletkalari 500mg N4

Mahsulotning ko'rinishi saytdagi rasmdan farq qilishi mumkin.

TINIDAZOL tabletkalari 500mg N4

Kategoriya:
- Antibiotiklar
Ishlab chiqarilish joyi:
- Hindiston
Faol modda:
Тинидазол
Qadoqda soni:
- 4
Ishlab chiqaruvchi:
- Unique Pharmaceutical Laboratories (A.Division of J.B. Chemicals & Pharmaceuticals Limited)
ATX kodi:
- J01XD02
Noaniqliq haqida habar berish

O'xshash dorilar

SIPROFLOKSASIN tabletkalari 500mg N10 Синтез, ОАО Belarusiya
5 200 s`om dan
DALADIK inyeksiya uchun eritma 2ml 300mg/2ml N5 Caspian Tamin Pharmaceutical Co Eron
261 800 s`om dan
LINKOMISIN inyeksiya uchun eritma 1ml 300mg/ml N10 Дальхимфарм, ОАО Rossiya
13 400 s`om dan
AZITAB tabletkalari 500mg N3 BKRS Pharma Pvt. Ltd. Индия
Saqlash shartlari В сухом, защищенном от света месте, при температуре 15–25 °C.

Хранить в недоступном для детей месте.

Yaroqlilik muddati (oy) 3 года.

Не применять по истечении срока годности, указанного на упаковке.

Mahsulot haqida tafsilotlar
Saytda e'lon qilingan ma'lumotlar mutaxassislar uchun mo'ljallangan. O'zingizni-o'zingiz davolash bilan shug'ullanmang. Sog'lig'ingizga zarar bermaslik uchun mutaxassis bilan maslahatlashishga ishonch hosil qiling!
TINIDAZOL tabletkalari 500mg N4 qo'lanishi bo'yicha ko'rsatmalar

QO‘LLASH BO‘YICHA YO‘RIQNOMA

TINIDAZOL

TINIDAZOL

Preparatning savdo nomi: Tinidazol

Ta‘sir etuvchi modda: Tinidazol

Dori shakli: Plyonka qobiqli tabletkalar.

Tarkibi:

Bir qobiq bilan qoplangan tabletka quyidagilarni saqlaydi:

faol modda: Tinidazol – 500 mg.

yordamchi moddalar: laktoza, suvsiz kolloidli kremniy, makkajo‘xori kraxmali, tozalangan talk, magniy stearati, metilgidroksibenzoat, natriy kroskarmellozasi.

Ta‘rifi: Dumaloq, ikki yoqlama qavariq, oq rangli, plyonka qobiq bilan qoplangan tabletkalar.

Farmakoterapevtik guruhi: Protozoylarga qarshi vositalar.

Farmakologik xususiyatlari

Protozoylarga va mikroblarga qarshi ta‘sirga ega. Trichomonas vaginalis, Entamoeba histolytica, Lamblia larga nisbatan faol. Quyidagi anaerob mikroorganizmlarga: Bacteroides spp. (shu jumladan V. melaninogenicus) Clostridum spp., Eubacterium spp., Fusobacterium spp., Peptococus spp., Peptjstreptococus spp., Veillonella spp. ga nisbatan bakterisid ta‘sir ko‘rsatadi. Ta‘sir mexanizmi qo‘zg‘atuvchilarning DNK sintezini susaytirishi va strukturasini buzishiga bog‘liq.

 

Farmakokinetikasi

Ichga qabul qilingandan so‘ng me‘da-ichak yo‘llaridan tez va to‘liq so‘riladi. Qonda 2 soatdan keyin maksimal konsentrasiyasiga erishiladi va 12 soatgacha saqlanadi (40-51 mkg/ml ni tashkil qilib, 12 soatdan keyin 11-19 mkg/ml ga, 72 soatdan keyin 1 mkg/ml gacha kamayadi).

Tinidazol organizmning barcha to‘qimalarida yaxshi taqsimlanadi, yo‘ldosh va gematoensefalik to‘siqdan o‘tadi va ko‘krak suti bilan chiqariladi. Qon plazmasi oqsillari bilan bog‘lanishi taxminan 12% ni tashkil etadi.

Preparat biotransformasiyasi jigarda yuz beradi. Taxminan 60-65% buyrak orqali (shu jumladan 20-25% o‘zgarmagan holda), 12% – ichak orqali chiqariladi.

 

Qo‘llanilishi

  • trixomoniaz (kolpit, endometrit, ovarial va tubovarial abssesslar);
  • lyamblioz;
  • amebiaz (shu jumladan ichak va jigar shakllari);
  • anaerob bakteriyalar tomonidan chaqirilgan infeksiyalar (pnevmoniya, plevra empiemasi, o‘pka abssessi, teri va yumshoq to‘qimalarning infeksiyalari, o‘tkir yarali gingivitlar);
  • aralash aerob-anaerob infeksiyalar (antibiotiklar bilan birgalikda);
  • Helicobacter pylori eradikasiyasi (vismut preparatlari va antibiotiklar bilan birga).
  • anaeroblar tomonidan chaqirilgan operasiyadan keyingi infeksion asoratlarni oldini olishda qo‘llanadi.

Qo‘llash usuli va dozalari

Tabletkalar ovqat vaqtida yoki ovqatdan so‘ng qabul qilinadi. Trixomoniaz va lyambliozda preparat kattalarga kuniga bir marta 2 g (4 tabletka) dan buyuriladi; bolalarga kuniga 1 marta tana vazniga 50-75 mg/kg dan buyuriladi. Zarurat tug‘ilganda, preparatni o‘sha dozada qayta qabul qilish mumkin. Ichak amebiazida kattalar uchun kunlik doza 2 g ni tashkil qiladi va preparat 2-3 kun qabul qilinadi. Bolalarga tinidazol kuniga 50-60 mg/kg hisobidan buyuriladi, davolash kursi – 3 kun.

Jigar amyobiazida: preparat kattalarga kuniga 1,5-2 g boshlang‘ich dozada buyuriladi. Davolash kursi – 3 kun, zaruratga tug‘ilganda, davolash kursi 6 kungacha uzaytirilishi mumkin. Infeksiyaning og‘irligiga qarab, kurslik doza 4,5-12 g ni tashkil qiladi. Bolalarga tinidazol kuniga 50-60 mg doza hisobidan buyuriladi, davolash muddati – 5 kun.

Anaeroblar tomonidan chaqirilgan infeksiyalarini davolashda, kattalarga davolanishning birinchi kuni bir marta sutkada – 2 g buyuriladi, keyin sutkada 1 g dan buyuriladi. Davolash 5-6 kun davom etadi. Operasiyadan keyingi asoratlarni oldini olishda kattalarga operasiyadan 12 soat oldin 2 g dan bir marta buyuriladi. 12 yoshgacha bo‘lgan bolalarda anaerob infeksiyalarni davolash va oldini olishda, preparatni qo‘llash bezararligi va samaradorligi aniqlanmagan.

 

Nojo‘ya ta‘sirlari

Me‘da-ichak yo‘llari tomonidan: anoreksiya, og‘izni qurishi va unda yoqimsiz ta‘m paydo bo‘lishi, ko‘ngil aynishi, qusish, diareya.

Markaziy nerv tizimi tomonidan: bosh og‘rig‘i, bosh aylanishi, ataksiya, periferik nevropatiya, kam xollarda tirishish.

Allergik reaksiyalar: eshakemi, terini qichishishi, terida toshmalar, angionevrotik shish.

Boshqalar: kam hollarda – tranzitor leykopeniya, holsizlanish kuzatilishi mumkin.

 

Qo‘llash mumkin bo‘lmagan holatlar

  • markaziy nerv tizimining organik kasalliklari;
  • qon yaratilishini buzilishi;
  • homiladorlikning 1 – uch oyligi;
  • laktasiya;
  • preparatga yoki 5-nitroimidazolning boshqa unumlariga yuqori sezuvchanlikda qo‘llash mumkin emas;
  • homiladorlikning II va III uch oyligida, faqat ona uchun taxmin qilingan foyda, homila uchun potensial xavfdan ustun bo‘lgan hollardagina qo‘llash mumkin.
  • laktasiya davrida preparatni qo‘llash zarur bo‘lganida, emizishni to‘xtatish masalasini hal qilish kerak. Qabul qilgandan 72 soatdan keyin ham ona sutida tinidazol aniqlanishini hisobga olish kerak.

Dorilar bilan o‘zaro ta‘siri

Bir vaqtda qo‘llanganda tinidazol bilvosita antikoagullyantlarning qon ivishiga qarshi ta‘sirini kuchaytiradi.

 

Maxsus ko‘rsatmalar

Trixomoniazni davolashda tinidazol bilan ikkala jinsiy sherikni bir vaqtda davolash kerak. Markaziy nerv tizimi tomonidan nojo‘ya ta‘sirlar paydo bo‘lganida preparatni qabul qilishni to‘xtatish kerak. Agarda davolash 6 kundan ko‘pga cho‘zilsa, periferik qon ko‘rinishini muntazam nazorat qilish kerak. Antabussimon reaksiyalarni rivojlanishi mumkinligi tufayli, tinidazol bilan davolash jarayonida alkogol is‘temol qilishdan, saqlanish lozim. 12 yoshgacha bo‘lgan bolalarda anaerob infeksiyani davolashda qo‘llash tavsiya qilinmaydi. Preparatni qabul qilayotgan pasientlar yuqori diqqat va tezkor psixomotor reaksiyalar talab etadigan potensial xavfli faoliyat bilan shug‘ullanishdan saqlanishlari kerak. (avtotranport va mexanizmlarni boshqarish).

Preparat bolalar olaolmaydigan joyda saqlansin va yaroqlilik muddati o‘tgach ishlatilmasin.

 

Dozani oshirib yuborilishi

Dozani oshirib yuborilishi hollari ta‘riflanmagan, agar paydo bo‘lsa, davolash simptomatik. Maxsus antidot yo‘q. Tinidazol dializ orqali chiqariladi.

Chiqarilish shakli

500 mg dan plyonka qobiq bidan qoplangan tabletkalar kontur uyali o‘ramlarda.

Saqlash sharoiti

Yorug‘likdan himoyalangan joyda, 300S dan yuqori bo‘lmagan haroratda saqlansin.

 

Yaroqlilik muddati

3 yil.

 

Dorixonalardan berish tartibi

Resept bilan.

 

Ulashish:

Fikr qoldirish
Baho:
              
Matnni kiriting

Ismingiz
Fikr-mulohazangiz moderator tekshiruvidan so'ng nashr etiladi

Mahsulot bo'yicha savolingiz bormi?

Savol qoldirish

Mulohazalar

TINIDAZOL tabletkalari 500mg N4 dori vositasi O'zbekiston dori vositalari reestrida ro'yxatdan o'tganmi?
Ha, preparat O'zbekiston dori vositalari reestrida ro'yxatdan o'tgan.
TINIDAZOL tabletkalari 500mg N4 dori vositasi ishlab chiqaruvchisi kim va u qaysi davlatda ishlab chiqarilgan?
TINIDAZOL tabletkalari 500mg N4 dori vositasi Unique Pharmaceutical Laboratories (A.Division of J.B. Chemicals & Pharmaceuticals Limited) tomonidan Hindiston mamlakatida ishlab chiqarilgan.
TINIDAZOL tabletkalari 500mg N4 dori vositasi resept bo’yicha sotiladimi?
TINIDAZOL tabletkalari 500mg N4 dori vositasi resept bo'yicha sotiladigan dori

Ishlab chiqaruvchining dorilari
OFLO infuziya uchun eritma 100ml 2mg/ml
  • Ishlab chiqarilish joyi: Hindiston
  • Ishlab chiqaruvchi: Unique Pharmaceutical Laboratories (A.Division of J.B. Chemicals & Pharmaceuticals Limited)
Narh: 23 000 so'mdan Batafsil
METROGIL gel 30g 1%
  • Ishlab chiqarilish joyi: Hindiston
  • Faol modda: Metronidazol ko'proq ko'rsatish
  • Ishlab chiqaruvchi: Unique Pharmaceutical Laboratories (A.Division of J.B. Chemicals & Pharmaceuticals Limited)
Narh: 56 100 so'mdan Batafsil
DJOSET AKTIV tabletkalari N20
DJOSET AKTIV tabletkalari N10
IFISIPRO tabletkalari 250mg N100
  • Ishlab chiqarilish joyi: Hindiston
  • Faol modda: Siprofloksasin ko'proq ko'rsatish
  • Ishlab chiqaruvchi: Unique Pharmaceutical Laboratories (A.Division of J.B. Chemicals & Pharmaceuticals Limited)
IFISEF poroshok 500mg
  • Ishlab chiqarilish joyi: Hindiston
  • Faol modda: Seftriakson ko'proq ko'rsatish
  • Ishlab chiqaruvchi: Unique Pharmaceutical Laboratories (A.Division of J.B. Chemicals & Pharmaceuticals Limited)
OFLO tabletkalari 400mg N10
  • Ishlab chiqarilish joyi: Hindiston
  • Ishlab chiqaruvchi: Unique Pharmaceutical Laboratories (A.Division of J.B. Chemicals & Pharmaceuticals Limited)
ZITROSIN tabletkalari 250mg N6
  • Ishlab chiqarilish joyi: Hindiston
  • Ishlab chiqaruvchi: Unique Pharmaceutical Laboratories (A.Division of J.B. Chemicals & Pharmaceuticals Limited)
ZITROSIN tabletkalari 125mg N6
  • Ishlab chiqarilish joyi: Hindiston
  • Ishlab chiqaruvchi: Unique Pharmaceutical Laboratories (A.Division of J.B. Chemicals & Pharmaceuticals Limited)
ZITROSIN poroshok 30ml 200mg/5ml
  • Ishlab chiqarilish joyi: Hindiston
  • Ishlab chiqaruvchi: Unique Pharmaceutical Laboratories (A.Division of J.B. Chemicals & Pharmaceuticals Limited)
IFIRAL GLAZNIYe ko'z tomchilari 5ml 2%
METROGIL eritma 100ml 5mg/ml
  • Ishlab chiqarilish joyi: Hindiston
  • Faol modda: Metronidazol ko'proq ko'rsatish
  • Ishlab chiqaruvchi: Unique Pharmaceutical Laboratories (A.Division of J.B. Chemicals & Pharmaceuticals Limited)
Narh: 9 000 so'mdan Batafsil
METROGIL eritma 20ml 5mg/ml N5
  • Ishlab chiqarilish joyi: Hindiston
  • Faol modda: Metronidazol ko'proq ko'rsatish
  • Ishlab chiqaruvchi: Unique Pharmaceutical Laboratories (A.Division of J.B. Chemicals & Pharmaceuticals Limited)
YUNISPAZ N tabletkalari N12
DJOSET sirop 200ml
YUNIGEKSOL inyeksiya uchun eritma 350mg N5
  • Ishlab chiqarilish joyi: Hindiston
  • Ishlab chiqaruvchi: Unique Pharmaceutical Laboratories (A.Division of J.B. Chemicals & Pharmaceuticals Limited)
YUNIGEKSOL inyeksiya uchun eritma 300mg N5
  • Ishlab chiqarilish joyi: Hindiston
  • Ishlab chiqaruvchi: Unique Pharmaceutical Laboratories (A.Division of J.B. Chemicals & Pharmaceuticals Limited)
YUNIGEKSOL inyeksiya uchun eritma 240mg N5
  • Ishlab chiqarilish joyi: Hindiston
  • Ishlab chiqaruvchi: Unique Pharmaceutical Laboratories (A.Division of J.B. Chemicals & Pharmaceuticals Limited)
TRAZOGASTRO eritma dlya priema vnutr 30ml
  • Ishlab chiqarilish joyi: Hindiston
  • Ishlab chiqaruvchi: Unique Pharmaceutical Laboratories (A.Division of J.B. Chemicals & Pharmaceuticals Limited)
TRAZOGASTRO eritma dlya priema vnutr 100ml
  • Ishlab chiqarilish joyi: Hindiston
  • Ishlab chiqaruvchi: Unique Pharmaceutical Laboratories (A.Division of J.B. Chemicals & Pharmaceuticals Limited)
PENIMEKS tabletkalari 50mg N1
  • Ishlab chiqarilish joyi: Hindiston
  • Ishlab chiqaruvchi: Unique Pharmaceutical Laboratories (A.Division of J.B. Chemicals & Pharmaceuticals Limited)
PENIMEKS tabletkalari 25mg N1
  • Ishlab chiqarilish joyi: Hindiston
  • Ishlab chiqaruvchi: Unique Pharmaceutical Laboratories (A.Division of J.B. Chemicals & Pharmaceuticals Limited)
PENIMEKS tabletkalari 100mg N1
  • Ishlab chiqarilish joyi: Hindiston
  • Ishlab chiqaruvchi: Unique Pharmaceutical Laboratories (A.Division of J.B. Chemicals & Pharmaceuticals Limited)
OFLO tabletkalari 200mg N10
  • Ishlab chiqarilish joyi: Hindiston
  • Ishlab chiqaruvchi: Unique Pharmaceutical Laboratories (A.Division of J.B. Chemicals & Pharmaceuticals Limited)
  • A
  • B
  • D
  • E
  • F
  • G
  • H
  • I
  • J
  • K
  • L
  • M
  • N
  • O
  • P
  • Q
  • R
  • S
  • T
  • U
  • V
  • X
  • Y
  • Z
  • Ch
  • Sh
  • 0-9