×
×

Mahsulotning ko'rinishi saytdagi rasmdan farq qilishi mumkin.

TORVAKARD 0,01 tabletkalari N90

Kategoriya:
- Yurak-qon tomir
Ishlab chiqarilish joyi:
- Slovakiya
Faol modda:
Аторвастатин
Qadoqda soni:
- 90
Ishlab chiqaruvchi:
- Санека Фармасьютикалс а.с.
ATX kodi:
- C10AA05 Аторвастатин
Shifokor konsultatsiyasi:
Noaniqliq haqida habar berish

O'xshash dorilar

KARDIOMAGNIL tabletkalari 150 mg+30,39 mg N100 Takeda Osteurope Holding GmbH Daniya
53 800 s`om dan
LAZIKS eritma 2ml 10mg/ml N10 Sanofi-Zentiva Frantsiya
18 900 s`om dan
PRESTANS tabletkalari 5mg/5mg N30 Les Laboratoires Servier Frantsiya
114 200 s`om dan
KORDARON inyeksiya uchun eritma 3ml 150mg/3ml N6 Sanofi-Aventis France, Франция произведено: Sanofi Winthrop Industrie Frantsiya
85 000 s`om dan
Mahsulot haqida tafsilotlar
Saytda e'lon qilingan ma'lumotlar mutaxassislar uchun mo'ljallangan. O'zingizni-o'zingiz davolash bilan shug'ullanmang. Sog'lig'ingizga zarar bermaslik uchun mutaxassis bilan maslahatlashishga ishonch hosil qiling!
TORVAKARD 0,01 tabletkalari N90 qo'lanishi bo'yicha ko'rsatmalar

QO‘LLASH BO‘YICHA YO‘RIQNOMA

TORVAKARD®

TORVACARD

 

Qayd etish raqami: B-250-95 №48508

Preparatning savdo nomi: TORVAKARD®

Ta‘sir qiluvchi modda (XPN): atorvastatin

Dori shakli: plyonka qobiq bilan qoplangan tabletkalar

Tarkibi

Har bir plyonka qobiq bilan qoplangan tabletka 10 mg quyidagilarni saqlaydi:

Faol modda: atorvastatin – 10,000 mg (10,340 mg atorvastatin kalsiy shaklida);

Yordamchi moddalar:

yadrosi: magniy oksidi – 14,000 mg; mikrokristallik sellyuloza – 70,00 mg; laktoza monogidrati – 26,300 mg; natriy kroskarmelloza – 4,500 mg; quyi almashingan giproloza – 14,000 mg; kolloid kremniy dioksidi – 0,500 mg; magniy stearati – 0,700 mg;

plyonka qobiq: gipromelloza 2910/5 – 3,500 mg, makrogol 6000 – 0,600 mg, titan dioksidi – 0,350 mg, talk – 0,050 mg.

Har bir plyonka qobiq bilan qoplangan 20 mg tabletka quyidagilarni saqlaydi:

Faol modda: atorvastatin – 20,000 mg (20,680 mg atorvastatin kalsiy shaklida);

Yordamchi moddalar:

yadrosi: magniy oksidi – 28,000 mg; mikrokristallik sellyuloza – 140,00 mg; laktoza monogidrati – 52,600 mg; natriy kroskarmelloza – 9,000 mg; quyi almashingan giproloza – 28,000 mg; kolloid kremniy dioksidi – 1,000 mg; magniy stearati – 1,400 mg;

plyonka qobiq: gipromelloza 2910/5 – 7,000 mg, makrogol 6000 – 1,200 mg, titan dioksidi – 0,700 mg, talk – 0,100 mg.

Har bir plyonka qobiq bilan qoplangan 40 mg tabletka quyidagilarni saqlaydi:

Faol modda: atorvastatin – 40,000 mg (41,360 mg atorvastatin kalsiy shaklida);

Yordamchi moddalar:

yadrosi: magniy oksidi – 56,000 mg; mikrokristallik sellyuloza – 280,000 mg; laktoza monogidrati – 105,200 mg; natriy kroskarmelloza – 18,000 mg; quyi almashingan giproloza – 56,000 mg; kolloid kremniy dioksidi – 2,000 mg; magniy stearati – 2,800 mg;

plyonka qobiq: gipromelloza 2910/5 – 14,000 mg, makrogol 6000 – 2,400 mg, titan dioksidi – 1,400 mg, talk – 0,200 mg.

Ta‘rifi: oqdan deyarli oq rangligacha bo‘lgan, oval, ikki yoqlama qavariq, plyonka qobiq bilan qoplangan tabletkalar.

Farmakoterapevtik guruhi: gipolipidemik vosita – GMG-KoA reduktaza ingibitori

ATX kodi: C10AA05

 

Farmakologik xususiyatlari

Statinlar guruhiga mansub gipolipidemik vosita. Atorvastatin – 3-gidroksi-3-metilglutarilkoenzim A ni steroidlarning o‘tmishdoshi bo‘lgan – mevalon kislotasiga, shu jumladan xolesteringa aylantiruvchi, asosiy ferment – GMG-KoA reduktazaning selektiv raqobatli ingibitoridir. Jigarda trigliseridlar (TG) va xolesterin juda past zichlikdagi lipoproteinlar (JPZLP) ning tarkibiga kiradi, qon plazmasiga tushadi va periferik to‘qimalarga tashiladi. Past zichlikdagi lipoprotein PZLP reseptorlari bilan o‘zaro ta‘sir qilishi jarayonida JPZLP lardan PZLP lar hosil bo‘ladi.

Atorvastatin jigarda GMG-KoA reduktazani ingibirlab, qon plazmasida xolesterin va lipoproteinlarning miqdorini kamaytiradi, xujayralar yuzasida «jigar» PZLP reseptorlarining sonini oshiradi, bu PZLP larni qamrab olinishi va katabolizmini kuchaytiradi.

Atorvastatin PZLP xolesterinining hosil bo‘lishini kamaytiradi va PZLP reseptorlarning faolligini yaqqol va turg‘un oshishini keltirib chiqaradi. Odatda gipolipidemik vositalar bilan davolashga berilmaydigan oilaviy gomozigotali giperxolesterinemiyasi bo‘lgan bemorlarda PZLP ning konsentrasiyasini pasaytiradi,. Atorvastatin umumiy xolesterin miqdorini 30-46% ga, PZLP ni – 41-61% ga, apolipoprotein V ni 34-50% ga va trigliseridlarni 14-33% ga pasaytiradi; YUZLP (yuqori zichlikdagi lipoproteinlar) va apolipoprotein A ni konsentrasiyasini esa aksincha oshiradi. Atorvastatin odatda boshqa gipolipidemik vositalarga nisbatan rezistent oilaviy gomozigot giperxolesterinemiyasi bo‘lgan bemorlarda PZLP konsentrasiyasini dozasiga bog‘liq ravishda pasaytiradi.

Farmakokunetukasi

So‘rilishi – yuqori. Qon plazmasidagi maksimal konsentrasiyasi (Smax) ga 1-2 soatdan so‘ng erishiladi; ayollarda Cmax 20 % ga baland bo‘ladi; “konsentrasiya-vaqt” egri chizig‘i ostidagi maydon (AUC) 10% ga past bo‘ladi; jigarning alkogolli sirrozi bo‘lgan bemorlarda atorvastatinning maksimal konsentrasiyasi (Smax) normadan 16 marta oshadi, AUC normadan 11 marta yuqori bo‘ladi.

Ovqatlanish atorvastatinning so‘rilish tezligi va davomiyligini (mos ravishda taxminan 25% va 9% ga) pasaytiradi, biroq PZLP xolesterini miqdorini atorvastatin och qoringa qabul qilinganidagi kabi bir xil darajada pasayadi. Atorvastatin kechqurun qabul qilinganida, uning konsentrasiyasi, ertalabga qaraganda pastroq (taxminan 30% ga past) bo‘ladi. So‘rilish darajasi va preparatning dozasi o‘rtasida chiziqli bog‘liqlik aniqlangan.

Biokiraolishligi – 12%, GMG-KoA reduktazaga nisbatan ingibirlovchi faollikning tizimli biokiraolishligi – taxminan 30%. Past tizimli biokiraolishligi me‘da-ichak yo‘llarining shilliq qavatida tizim oldi metabolizmi va jigar orqali «birinchi o‘tishida»gi metabolizmi bilan tushuntiriladi.

O‘rtacha taqsimlanish hajmi – 381 l, plazmasi oqsillari bilan bog‘lanishi – 98%. Atorvastatin asosan jigarda CYP3A4, CYP3A5 va CYP3A7 izofermentlari ta‘siri ostida metabolizmga uchrab, farmakologik faol metabolitlar (orto- va paragidroksillangan hosilalari va beta-oksidlanish mahsulotlari) ni hosil qiladi. In vitro sharoitlarda orto- va paragidroksillangan metabolitlari GMG-KoA reduktazaga nisbatan ingibirlovchi ta‘sir ko‘rsatadi, bu atorvastatinning shunday samarasi bilan bir xildir. GMG-KoA reduktazaga nisbatan preparatni ingibirlovchi samarasi 70% ga qonda aylanayotgan metabolitlarining faolligi bilan aniqlanadi.

Atorvastatin va uning metabolitlari jigar va/yoki jigardan tashqari metabolizmidan so‘ng, ichak orqali safro bilan chiqariladi (yaqqol ichak-jigar reserkulyasiyasiga uchramaydi).

Yarim chiqarilish davri 14 soatni tashkil etadi. GMG-KoA reduktazaga nisbatan ingibirlovchi faolligi faol metabolitlarining borligi tufayli taxminan 20-30 soat saqlanib turadi. Preparatning ichga qabul qilingan dozasini 2% dan kamroq qismi siydikda aniqlanadi. Gemodializ jarayonida chiqarilmaydi.

 

Qo‘llanilishi

– Geterozigot oilaviy va oilaviy bo‘lmagan giperxolesterinemiyasi va majmuaviy (aralash) giperlipidemiyasi (Fredrikson bo‘yicha IIa va IIb turlari), birlamchi giperxolesterinemiyasi bo‘lgan bemorlarda parhez bilan birga umumiy xolesterin, PZLP/xolesterin, apolipoprotein V va trigliseridlarning miqdorini pasaytirish va YUZLP/xolesterin miqdorini oshirish uchun qo‘llanadi;

– Parhez bilan birga trigliseridlarning zardobdagi miqdori oshgan (Fredrikson bo‘yicha IV tur) va parhez bilan davolash adekvat samara bermagan disbetalipoproteinemiyali (Fredrikson bo‘yicha III tur) bemorlarni davolash uchun qo‘llanadi;

– Gomozigot oilaviy giperxolesterinemiyasi bo‘lgan bemorlarda, parhez bilan davolash va boshqa nofarmakologik davolash usullari yetarli samara bermaganida, umumiy xolesterin va PZLP/xolesterini konsentrasiyasini kamaytirish uchun qo‘llanadi (gipolipidemik davolashga qo‘shimcha sifatida, shuningdek PZLP dan tozalangan qonning autogemotransfuziyasida);

– Yurak qon-tomir kasalliklari (yurak ishemik kasalligi (YUIK) paydo bo‘lish havfi yuqori bo‘lgan pasientlarda – 55 yoshdan katta yoshdagi bemorlar, chekish, arterial gipertenziya, qandli diabet, pereferik qon-tomirlarning kasalliklarida, o‘tkazilgan insult, chap qorincha gipertrofiyasi, protein-/albuminuriya, yaqin qorindoshlarda YUIK mavjudligida), shuningdek dislipidemiya fonida – o‘lim havfining umumiy sonini kamaytirish maqsadida o‘tkaziladigan ikkilamchi profilaktika sifatida, miokard infarktida, insultda, stenokardiya tashhisi bilan bo‘lgan qayta gospitalizasiya va revaskulyarizasiya muolajasi o‘tkazilishiga zarurati bo‘lganida qo‘llanadi.

Qo‘llash usuli va dozalari

TORVAKARD®ni buyurishdan oldin bemorga standart gipolipidemik parhez tavsiya etish lozim, u unga butun davolash davrida rioya qilishni davom ettirish kerak.

Preparat ovqatlanish vaqtidan qat‘iy nazar kunning har qanday vaqtida ichga qabul qilinadi.

Boshlang‘ich doza sutkada 1 marta o‘rtacha 10 mg ni tashkil etadi. Dozasi sutkada 1 marta
10 mg dan 80 mg gacha o‘zgarib turadi. Dozasi PZLP/xolesterinning dastlabki darajasini, davolash maqsadlari va shaxsiy samarani hisobga olib tanlanadi. Davolashning boshida va/yoki TORVAKARD® preparatining dozasini oshirish vaqtida har 2-4 haftada qon plazmasidagi lipidlar miqdorini nazorat qilish va dozasini tegishli ravishda to‘g‘rilash kerak. Maksimal sutkalik dozasi – 80 mg 1 marta qabul qilinadi.

Birlamchi giperxolesterinemiya va aralash giperlipidemiya

Ko‘pchilik hollarda TORVAKARD® preparatining 10 mg dozasini sutkada 1 marta buyurish yetarli bo‘ladi. Ahamiyatli terapevtik samara odatda 2 haftadan so‘ng kuzatiladi, maksimal terapevtik samara esa odatda 4 haftadan keyin kuzatiladi. Uzoq vaqt davolanganda bu samara saqlanib turadi.

Davolashning maqsadlarini aniqlashda quyida keltirilgan tavsiyalardan foydalanish mumkin.

 

A. Xolesterin bo‘yicha milliy ta‘lim dasturining (AQSH) tavsiyalari

 

Qon tomirlarning diagnostika qilingan aterosklerozi* Yana 2 yoki undan ortiq xavf omillarini mavjudligi** PZLP/xolesterin, mg/dl (mol/l)
    Dastlabki konsentrasiyasi Minimal maqsad
Yo‘q Yo‘q ≥190(≥4,9) <160(<4,1)
Yo‘q Ha ≥160(≥4,1) <130(<3,4)
Ha Ha yoki Yo‘q ≥130***

(≥3,4)

≤100(≤2,6)

 

* YUIK yoki periferik tomirlarning aterosklerozi (shu jumladan, uyqu arteriyalarining klinik simptomlar bilan kechuvchi shikastlanishi).

** Quyidagilarni o‘z ichiga oladi: yosh (erkaklar ≥45 yosh, ayollar ≥55 yosh yoki estrogenlar bilan o‘rnini bosuvchi davolash o‘tkazilmayotgan erta menopauza), qarindoshlarda YUIK ni erta rivojlanish holatlari, chekish, arterial gipertenziya, YUZLP/xolesterinning tasdiqlangan darajasi <35 mg/dl <0,91 mmol/l) va qandli diabet. Agar YUZLP/xolesterini miqdori ≥60 mg/dl (≥1,6 mmol/l) ni tashkil etsa, bir xavf omilini hisoblab chiqarish kerak.

*** PZLP/xolesterini darajasi 100 dan 129 mg/dl bo‘lgan YUIK bemorlarda dori bilan davolashni buyurish masalasi klinik tajribasini hisobga olib shifokor tomonidan hal etiladi.

B. Yevropa Ateroskleroz jamiyatining (EAS) metabolizmning buzilishlarini diagnostikasi va davolashga tegishli tavsiyalari

Yevropa ateroskleroz jamiyatining gipolipidemik davolash maqsadlari.

YUIK tashxisi tasdiqlangan bemorlarda va ishemik asoratlarning yuqori xavfi bo‘lgan boshqa pasientlarda davolashning maqsadi PZLP/xolesterini darajasini <3 mmol/l (yoki <115 mg/dl) va umumiy xolesterinni <5 mmol/l (yoki <190 mg/dl) ga pasayishi hisoblanadi.

V. Davolash bo‘yicha milliy tavsiyalar.

Gomozigot oilaviy giperxolesterinemiya.

Gomozigot oilaviy giperxolesterinemiyasi bo‘lgan katta yoshdagi bemorlardagi tadqiqotlarda atorvastatin bilan 80 mg dozada davolash ko‘pchilik hollarda PZLP/xolesterinlar miqdorini 15% dan (18-45%) ko‘proqqa pasayishiga olib keldi.

Preparatni buyrak yetishmovchiligi va buyrak kasalliklari bo‘lgan bemorlarda qo‘llash, qon plazmasidagi atorvastatinning darajasiga yoki PZLP/xolesterinining miqdorini kamayish darajasiga, u qo‘llanganida ta‘sir ko‘rsatmaydi, shuning uchun preparatning dozasini o‘zgartirish talab etilmaydi.

Preparat keksa yoshdagi pasientlarda qo‘llanganida xavfsizligi, samaradorligi, yoki gipolipidemik davolash maqsadlariga erishishda umumiy populyasiya bilan qiyoslaganda farqlar aniqlanmagan.

Nojo‘ya ta‘sirlari

Quyidagi keltirilgan nojo‘ya ta‘sirlarning uchrash tez-tezligi quyidagiga (Jaxon Sog‘liqni Saqlash Tashkiloti tasnifiga ko‘ra) aniqlangan:

juda tez-tez – 1/10 ko‘proq,

tez-tez – 1/100 ko‘proq va 1/10 kamroq,

tez-tez emas – 1/1000 ko‘proq va 1/100 kamroq,

kam hollarda – 1/10000 ko‘proq va 1/1000 kamroq,

juda kam hollarda – 1/10000 kamroq, shu jumladan alohida xabarlar.

Markaziy nerv tizimi tomonidan: tez-tez – bosh og‘rig‘i, asteniya, uyqusizlik; tez-tez emas – bosh aylanishi, uyquchanlik, dahshatli tushlar ko‘rish, amneziya, depressiya, periferik neyropatiya, ataksiya, gipesteziya. Paresteziyalar.

Ovqat-hazm qilish tizimi tomonidan: tez-tez – ko‘ngil aynishi, qusish, qabziyat yoki diareya, meteorizm, gastralgiya, qorinda og‘riq; tez-tez emas – anoreksiya yoki ishtahani oshishi, gepatit, pankreatit, xolestatik sariqlik.

Tayanch-harakat apparati tomonidan: juda tez-tez – mialgiya; artralgiya; tez-tez emas – miopatiya; kam hollarda – miozit, rabdomioliz, belda og‘riq, oyoqning boldir mushaklarini tirishishi.

Allergik reaksiyalar: tez-tez – terini qichishishi, teri toshmasi; tez-tez emas – eshakemi; juda kam hollarda – angionevrotik shish, anafilaktik shok, bullyoz toshma, ko‘p shaklli ekssudativ eritema, shu jumladan Stivens-Djonson sindromi, toksik epidermal nekroliz (Layell sindromi).

Laboratoriya ko‘rsatkichlari: tez-tez emas – giperglikemiya, gipoglikemiya, zardob kreatinfosfokinazasining (KFK) faolligini oshishi, aspartataminotransferaza (AST) va alaninaminotransferaza (ALT) ning faolligini oshishi.

Boshqalar: tez-tez – ko‘krakda og‘riq, periferik shishlar; tez-tez emas – impotensiya, alopesiya, quloqlarni shang‘illashi, tana vaznini oshishi, lohaslik, holsizlik, trombositopeniya, ikkilamchi buyrak yetishmovchiligi.

Ba‘zi statinlar qo‘llanganida quyidagi noxush ko‘rinishlar qayd etilgan:

  • jinsiy faoliyatni buzilishi;
  • depressiya;
  • ayrim hollarda, ayniqsa uzoq vaqt qo‘llanganida o‘pkaning interstisial kasalligi;
  • qandli diabet: uchrash tez-tezligi havf omillarini bor yoki yo‘qligiga bog‘liq (qonda glyukozaning konsentrasiyasi och qoringa 5,6-6,9 mmol/l, tana vaznini indeksi (TVI) > 30 kg/m2, gipertrigliseridemiya, anamnezida arterial gipertenziya).

Qo‘llash mumkin bo‘lmagan holatlar

  • Preparatning komponentlariga yuqori sezuvchanlik;
  • Jigarning faol kasalliklari yoki transaminazalarning zardobdagi faolligini noaniq genezga ega (normaning yuqori chegarasiga nisbatan kamida 3 marta) oshishi; jigar yetishmovchiligi (Chayld-Pyu shkalasi bo‘yicha og‘irlik darajasi A va V);
  • Laktozani o‘zlashtirolmaslik, laktaza yetishmovchiligi yoki glyukozo-galaktoza malabsorbsiyasi (tarkibida laktoza mavjudligi sababli) kabi nasliy kasalliklar;
  • Homiladorlik; laktasiya davri;
  • Kontrasepsiyani adekvat usullardan foydalanmaydigan reproduktiv yoshdagi ayollar;
  • 18 yoshgacha (samaradorligi va xavfsizligi aniqlanmagan) bo‘lgan bolalarda qo‘llash mumkin emas.

Ehtiyotkorlik bilan: alkogolni suiste‘mol qilish, anamnezdagi jigar kasalliklari, elektrolitlar muvozanatini og‘ir darajali buzilishlari, endokrin va metabolik buzilishlar, arterial gipotenziya, og‘ir darajadagi o‘tkir infeksiyalar (sepsis), nazorat qilib bo‘lmaydigan tutqanoq, yirik jarrohlik aralashuvlari, jarohatlar, skelet mushaklarining kasalliklari, qandli diabet.

Dorilarning o‘zaro ta‘siri

Bu sinfning boshqa dori vositalari bilan davolash vaqtida siklosporin, fibratlar, eritromisin, klaritromisin, immunodepressiv preparatlar, azollarga mansub zamburug‘larga qarshi preparatlar, nikotin kislotasi va nikotinamid, sitoxrom R450 3A4 ning izofermenti ingibitorlarini bir vaqtda qo‘llashda dori vositalarining transporti va qon zardobidagi atorvastatinning konsentrasiyasini va miopatiyaning rivojlanish xavfini oshiradi.

Bu preparatlar buyurilishidan oldin davolashdan kutilgan foydasi va havfini sinchiklab baholash kerak, ayniqsa davolanishning birinchi oylarida va har qanday preparatning dozasi oshirilganda, mushaklardagi og‘riq va bo‘shashishni aniqlash maqsadida bemorlarni muntazam nazorat qilish kerak, garchi KFK faolligini aniqlash og‘ir darajadagi miopatiyani rivojlanishini oldini olmasada, vaqti vaqti bilan KFK ning faolligini aniqlash kerak. KFK ning faolligi yaqqol oshganida yoki tasdiqlangan / ehtimol qilingan miopatiya aniqlanganida TORVAKARD® preparati bilan davolashni to‘xtatish kerak.

Atorvastatin asosan sitoxrom R450 3A4 bilan metabolizmga uchraydigan terfenadinning qon plazmasidagi konsentrasiyasiga klinik ahamiyatli ta‘sir ko‘rsatmagan; shuning uchun atorvastatinni sitoxrom R450 3A4 izofermentlarining boshqa substratlarini farmakokinetik ko‘rsatkichlariga jiddiy ta‘sir etish qobiliyati ehtimoli kam.

Atorvastatin (10 mg dan sutkada 1 marta) va azitromisin (500 mg dan sutkada 1 marta) bir vaqtda qo‘llanganida atorvastatinning qon plazmasidagi konsentrasiyasi o‘zgarmaydi.

Atorvastatin va magniy hamda alyuminiy gidroksidlarini saqlovchi suspenziyalar bir vaqtda ichga qabul qilinganida, atorvastatinning plazmadagi konsentrasiyasi taxminan 35% ga pasaygan, biroq PZLP/xolesterin miqdorini kamayish darajasi bunday hollarda o‘zgarmay qolgan.

Kolestipol bir vaqtda qo‘llanganida atorvastatinning qon plazmasidagi konsentrasiyasi taxminan 25% ga pasaygan. Biroq atorvastatin va kolestipolning majmuasini gipolipidemik samarasi har bir preparat alohida qo‘llanganidan ustun bo‘lgan.

Bir vaqtda qo‘llanganida atorvastatin fenazonning farmakokinetikasiga ta‘sir qilmaydi, shu sababli sitoxrom R450 3A4 bilan metabolizmga uchraydigan boshqa preparatlar bilan o‘zaro ta‘siri kutilmaydi.

Atorvastatinni varfarin, simetidin, fenazon bilan o‘zaro ta‘siri o‘rganilganida klinik ahamiyatli o‘zaro ta‘sirining belgilari aniqlanmagan.

Endogen steroid gormonlarning konsentrasiyasini pasaytiradigan preparatlar bilan bir vaqtda qo‘llanganda (xususan simetidin, ketokonazol, spironolakton), endogen steroid gormonlarning kamayishi xavfi ortadi (ehtiyotkorlik bilan qo‘llash lozim).

Atorvastatin va gipotenziv vositalar, shuningdek estrogenlarni klinik ahamiyatli noxush o‘zaro ta‘siri aniqlanmagan.

Atorvastatin sutkada 80 mg dozada noretindron va etinilestradiol saqlovchi peroral kontraseptiv bilan bir vaqtda qo‘llanganida, noretindron va etinilestradiolning konsentrasiyasini ahamiyatli darajada mos ravishda taxminan 30% va 20% ga oshishi kuzatilgan. Bu samarani TORVAKARD® qabul qilayotgan ayollar uchun peroral kontraseptivni tanlashda hisobga olish lozim.

80 mg atorvastatin va 10 mg amlodipin bir vaqtda qo‘llanganida atorvastatinning farmakokinetikasi muvozanatli holatda o‘zgarmagan.

Digoksin va atorvastatin 10 mg dozada takror qabul qilinganida digoksinning qon plazmasidagi muvozanatli konsentrasiyasi o‘zgarmagan. Biroq atorvastatin sutkada 80 mg dozada digoksin bilan majmuada qo‘llanganida digoksinning konsentrasiyasi taxminan 20% oshgan. Atorvastatin bilan digoksinni bir vaqtda qabul qiladigan bemorlar shifokor kuzatuvida bo‘lishligi kerak.

Boshqa preparatlar bilan o‘zaro ta‘siri bo‘yicha tekshirishlar o‘tkazilmagan.

Maxsus ko‘rsatmalar

TORVAKARD® bilan davolashni boshlashdan oldin adekvat dietoterapiya, jismoniy faollikni oshirish, semizligi bo‘lgan bemorlarda tana vaznini kamaytirish va boshqa holatlarni davolash yo‘li bilan giperxolesterinemiyani nazorat qilishga erishishga urinib ko‘rish lozim. Qonda lipidlar miqdorini kamaytirish uchun GMK-KoA reduktaza ingibitorlarini qo‘llash, jigar faoliyatini aks ettiruvchi biokimyoviy ko‘rsatkichlarni o‘zgarishiga olib kelishi mumkin. TORVAKARD® preparati bilan davolashni boshlashdan oldin, qabul qilish boshlaganidan so‘ng 6 va 12 haftadan keyin va dozasi har oshirilganidan so‘ng, shuningdek muntazam ravishda, masalan har 6 oyda nazorat qilish kerak. Qon zardobida «jigar» transaminazalari faolligini oshishi, TORVAKARD® preparati bilan davolash davomida (odatda birinchi uch oyda) kuzatilishi mumkin.

“Jigar” transaminazalari miqdorini oshishi qayd etilgan pasientlar, fermentlarning miqdori normaga qaytgunicha nazorat ostida bo‘lishlari kerak. Agar alaninaminotransferaza (ALT) yoki asparginaminotransferaza (AST) ko‘rsatkichlari normadan kamida 3 marta ortiq bo‘lsa, TORVAKARD® preparatining dozasini pasaytirish yoki davolashni to‘xtatish tavsiya etiladi.

TORVAKARD® preparati bilan davolash miopatiyani (kreatinfosfokinazaning (KFK) faolligini normaning yuqori chegarasiga nisbatan 10 martadan ortiq oshishi bilan birga mushaklarda bo‘shashish va og‘riqlar) chaqirishi mumkin.

TORVAKARD® preparati KFK ning zardobdagi ko‘rsatkichlarini oshishini chaqirishi mumkin, to‘sh orti og‘riqlarini differensial diagnostikasida buni e‘tiborga olish kerak. Bemorlarni, mushaklardagi tushuntirib bo‘lmaydigan og‘riqlar yoki bo‘shashish paydo bo‘lishi to‘g‘risida, ayniqsa ular lanjlik yoki isitma bilan kechsa, darhol shifokorga xabar berishlari kerakligi to‘g‘risida ogohlantirish lozim.

Miopatiyaning belgilari paydo bo‘lganida yoki rabdomioliz fonida (masalan, og‘ir darajadagi o‘tkir infeksiya, arterial gipotenziya, jiddiy jarrohlik aralashuvi, jarohat, moddalar almashinuvini og‘ir darajadagi buzilishlari, endokrin buzilishlar, elektrolitlar muvozanatini buzilishi va nazorat qilib bo‘lmaydigan tirishishlar) buyrak yetishmovchiligi rivojlanishini havf omillari bo‘lganida TORVAKARD® preparati bilan davolashni vaqtinchalik to‘xtatish  yoki butunlay bekor qilish kerak.

Statinlar sinfiga mansub prepaparatlar qonda glyukoza miqdorini ko‘paytirish hususiyatiga egadirlar. Bu o‘zgarishlar qandli diabetni rivojlanish xavfi yuqori bo‘lgan ba‘zi bemorlarda kasallikni manifestasiyasiga olib keladi, bu esa o‘z o‘rnida gipoglikemik davolashni buyurilishi uchun to‘g‘ri ko‘rsatma hisoblanadi. Biroq, statinlar bilan davolanganda yurak qon-tomir kasalliklarining havfini pasayishi qandli diabetning rivojlanish xavfini oshiradi, shuning uchun bu omil statinlar bilan davolanishni to‘xtatish uchun asos bo‘lishi kerak emas.

Xavf guruhidagi pasientlarni (och qoringa qondagi glyukoza konsentrasiyasi 5,6-
6,9 mmol/l, tana vaznini indeksi (TVI) > 30 kg/m2, gipertrigliseridemiya, anamnezida arterial gipertenziya bo‘lganida) shifokor nazoratida bo‘lishlari va doimiy ravishda biokimyoviy tekshiruvlar o‘tkazishlari kerak.

Homiladorlikda va laktasiya davrida qo‘llanilishi

Atorvastatinni tug‘ish yoshidagi ayollarga faqat, agar ular kontrasepsiyaning ishonchli usullaridan foydalanganida va pasient ayol esa homila uchun davolashni xavfi to‘g‘risida xabardor bo‘lsagina buyurish mumkin.

Xolesterin va undan hosil bo‘ladigan moddalar homila rivojlanishi uchun zarurligi sababli, GMG-KoA reduktaza ingibirlanishining potensial havfi preparatni homiladorlik vaqtida qo‘llash oqibatidagi foydasidan ko‘proqdir. Onalar tomonidan xomiladorlikning I uch oyligida lovastatin (GMG-KoA-reduktaza ingibitori) dekstroamfetamin bilan birga qabul qilinganida tug‘ilgan bolalarda suyaklar deformasiyasi, traxeo-ezofageal oqma va anus atreziyasi kuzatilgan. Agar TORVAKARD® preparati bilan davolash jarayoni davomida o‘tkazilgan diagnostik tekshiruvda homiladorlik aniqlansa, preparatni qabul qilishni darhol to‘htatish zarur va pasientni homila uchun davolanishning havfi paydo bo‘lish ehtimoli borligi to‘g‘risida ogohlantirish kerak.

Preparatni laktasiya davrida qo‘llashning zarurati bo‘lganida, emizikli bolalarda noxush holatlarning yuz berishi mumkinligini hisobga olib, emizishni to‘xtatish to‘g‘risidagi masalani hal qilish kerak. Atorvastatinni homiladorlik vaqtida va laktasiya (emizish) davrida qo‘llash mumkin emas.

Transport vositalarini boshqarish va diqqatni jalb etadigan va tezkor psixomotor reaksiyalarni talab etadigan boshqa faoliyat turlarini bajarish qobiliyatiga ta‘siri

TORVAKARD® plyonka qobiq bilan qoplangan tabletkalar preparati transport vositalarini boshqarish va diqqatni jalb etadigan va tezkor psixomotor reaksiyalarni talab etadigan boshqa faoliyat turlarini bajarish qobiliyatiga noxush ta‘siri to‘g‘risida xabar berilmagan.

Preparat bolalar olaolmaydigan joyda saqlansin va yaroqlilik muddati o‘tgach qo‘llanilmasin.

Dozani oshirib yuborilishi

Davolash: spesifik antidoti yo‘q, simptomatik davolash o‘tkaziladi.

Gemodializ samarasiz.

Chiqarilish shakli

Plyonka qobiq bilan qoplangan tabletkalar 10 mg, 20 mg va 40 mg dan.

10 tabletkadan Al/Al blisterlarda. 3 yoki 9 blisterdan qo‘llash bo‘yicha yo‘riqnomasi bilan birga karton qutiga joylangan.

 

Saqlash sharoiti

Saqlash uchun alohida sharoit talab qilmaydi.

Yaroqlilik muddati

2 yil.

Dorixonalardan berish tartibi

Resept bo‘yicha.

Ulashish:

Fikr qoldirish
Baho:
              
Matnni kiriting

Ismingiz
Fikr-mulohazangiz moderator tekshiruvidan so'ng nashr etiladi

Mahsulot bo'yicha savolingiz bormi?

Savol qoldirish

Mulohazalar

TORVAKARD 0,01 tabletkalari N90 dori vositasi O'zbekiston dori vositalari reestrida ro'yxatdan o'tganmi?
Ha, preparat O'zbekiston dori vositalari reestrida ro'yxatdan o'tgan.
TORVAKARD 0,01 tabletkalari N90 dori vositasi ishlab chiqaruvchisi kim va u qaysi davlatda ishlab chiqarilgan?
TORVAKARD 0,01 tabletkalari N90 dori vositasi Санека Фармасьютикалс а.с. tomonidan Slovakiya mamlakatida ishlab chiqarilgan.
TORVAKARD 0,01 tabletkalari N90 dori vositasi resept bo’yicha sotiladimi?
TORVAKARD 0,01 tabletkalari N90 dori vositasi resept bo'yicha sotilmaydi.

Analoglar
KOLTROL tabletkalari 20mg N30
  • Ishlab chiqarilish joyi: Hindiston
  • Faol modda: Аторвастатин ko'proq ko'rsatish
  • Ishlab chiqaruvchi: Agio Pharmaceutical Limited
Narh: 14 500 so'mdan Batafsil
LIPRIMAR tabletkalari 10mg N30
  • Ishlab chiqarilish joyi: AQSh
  • Faol modda: Аторвастатин ko'proq ko'rsatish
  • Ishlab chiqaruvchi: «Пфайзер Фармасьютикалс ЭлЭлСи», Пуэрто-Рико, США
KOLTROL tabletkalari 10mg N30
  • Ishlab chiqarilish joyi: Hindiston
  • Faol modda: Аторвастатин ko'proq ko'rsatish
  • Ishlab chiqaruvchi: Agio Pharmaceutical Limited
TORVATOR tabletkalari 20mg N20
  • Ishlab chiqarilish joyi: Gruziya
  • Faol modda: Аторвастатин ko'proq ko'rsatish
  • Ishlab chiqaruvchi: GM Pharmaceuticals Ltd, OOO
  • Vakil: GMP
Narh: 53 200 so'mdan Batafsil
TORVATOR tabletkalari 10mg N20
  • Ishlab chiqarilish joyi: Gruziya
  • Faol modda: Аторвастатин ko'proq ko'rsatish
  • Ishlab chiqaruvchi: GM Pharmaceuticals Ltd, OOO
  • Vakil: GMP
Narh: 30 000 so'mdan Batafsil
TULIP tabletkalari 40mg N30
  • Ishlab chiqarilish joyi: Sloveniya
  • Faol modda: Аторвастатин ko'proq ko'rsatish
  • Ishlab chiqaruvchi: Lek d.d.
TULIP tabletkalari 20mg N30
  • Ishlab chiqarilish joyi: Sloveniya
  • Faol modda: Аторвастатин ko'proq ko'rsatish
  • Ishlab chiqaruvchi: Lek d.d.
VAZATOR tabletkalari 20mg N30
  • Ishlab chiqarilish joyi: Hindiston
  • Faol modda: Аторвастатин ko'proq ko'rsatish
  • Ishlab chiqaruvchi: Edge Pharma Ltd
Narh: 76 100 so'mdan Batafsil
AMVASTAN tabletkalari 20mg N30
  • Ishlab chiqarilish joyi: Turkiya
  • Faol modda: Аторвастатин ko'proq ko'rsatish
  • Ishlab chiqaruvchi: Rotapharm Ilaclari Limited Sirketi
  • Vakil: Rotapharm
AMVASTAN tabletkalari 10mg N30
  • Ishlab chiqarilish joyi: Turkiya
  • Faol modda: Аторвастатин ko'proq ko'rsatish
  • Ishlab chiqaruvchi: Rotapharm Ilaclari Limited Sirketi, Турция произведено: World Medicine Ilaс San. Ve Tic. A.S.
  • Vakil: Rotapharm
RESTATOR tabletkalari 40mg N30
  • Ishlab chiqarilish joyi: Makedoniya
  • Faol modda: Аторвастатин ko'proq ko'rsatish
  • Ishlab chiqaruvchi: Vegafarm LLP, Великобритания произведено: Replek Farm Ltd, Skopje
RESTATOR tabletkalari 10mg N30
  • Ishlab chiqarilish joyi: Makedoniya
  • Faol modda: Аторвастатин ko'proq ko'rsatish
  • Ishlab chiqaruvchi: Vegafarm LLP, Великобритания произведено: Replek Farm Ltd, Skopje
  • Vakil: VEGAPHARM
RESTATOR tabletkalari 20mg N30
  • Ishlab chiqarilish joyi: Makedoniya
  • Faol modda: Аторвастатин ko'proq ko'rsatish
  • Ishlab chiqaruvchi: Vegafarm LLP, Великобритания произведено: Replek Farm Ltd, Skopje
Narh: 64 000 so'mdan Batafsil
ATORIS tabletkalari 60mg N30
  • Ishlab chiqarilish joyi: Sloveniya
  • Faol modda: Аторвастатин ko'proq ko'rsatish
  • Ishlab chiqaruvchi: KRKA d.d.
Narh: 135 000 so'mdan Batafsil
ATORIS tabletkalari 10mg N30
  • Ishlab chiqarilish joyi: Sloveniya
  • Faol modda: Аторвастатин ko'proq ko'rsatish
  • Ishlab chiqaruvchi: KRKA d.d.
Narh: 22 800 so'mdan Batafsil
ATORIS tabletkalari 40mg N30
  • Ishlab chiqarilish joyi: Sloveniya
  • Faol modda: Аторвастатин ko'proq ko'rsatish
  • Ishlab chiqaruvchi: KRKA d.d.
Narh: 69 000 so'mdan Batafsil
ATORVAKOR tabletkalari 40mg N30
  • Ishlab chiqarilish joyi: Ukraina
  • Faol modda: Аторвастатин ko'proq ko'rsatish
  • Ishlab chiqaruvchi: Фармак, ПАО
Narh: 58 700 so'mdan Batafsil
ATORVAKOR tabletkalari 20mg N30
  • Ishlab chiqarilish joyi: Ukraina
  • Faol modda: Аторвастатин ko'proq ko'rsatish
  • Ishlab chiqaruvchi: Фармак, ПАО
Narh: 30 000 so'mdan Batafsil
ATORVAKOR tabletkalari 10mg N30
  • Ishlab chiqarilish joyi: Ukraina
  • Faol modda: Аторвастатин ko'proq ko'rsatish
  • Ishlab chiqaruvchi: Фармак, ПАО
Narh: 14 000 so'mdan Batafsil
ATORVASTATIN tabletkalari 10mg N20
  • Ishlab chiqarilish joyi: Belarusiya
  • Faol modda: Аторвастатин ko'proq ko'rsatish
  • Ishlab chiqaruvchi: Белмедпрепараты РУП
ATORIS 0,02 tabletkalari N90
  • Ishlab chiqarilish joyi: Sloveniya
  • Faol modda: Аторвастатин ko'proq ko'rsatish
  • Ishlab chiqaruvchi: КРКА, д.д., Ново место, АО
LIPRIMAR 0,08 tabletkalari N30
  • Ishlab chiqarilish joyi: Puerto-Riko / Germaniya
  • Faol modda: Аторвастатин ko'proq ko'rsatish
  • Ishlab chiqaruvchi: Пфайзер Фармасьютикалз ЭлЭлСи/Пфайзер Мэнюфэкчурин
LIPRIMAR 0,02 tabletkalari N30
  • Ishlab chiqarilish joyi: Puerto-Riko / Germaniya
  • Faol modda: Аторвастатин ko'proq ko'rsatish
  • Ishlab chiqaruvchi: Пфайзер Фармасьютикалз ЭлЭлСи/Пфайзер Мэнюфэкчурин
LIPRIMAR 0,04 tabletkalari N30
  • Ishlab chiqarilish joyi: Puerto-Riko / Germaniya
  • Faol modda: Аторвастатин ko'proq ko'rsatish
  • Ishlab chiqaruvchi: Пфайзер Фармасьютикалз ЭлЭлСи/Пфайзер Мэнюфэкчурин
ATORIS 0,01 tabletkalari N90
  • Ishlab chiqarilish joyi: Sloveniya
  • Faol modda: Аторвастатин ko'proq ko'rsatish
  • Ishlab chiqaruvchi: КРКА, д.д., Ново место, АО
ATORIS 0,03 tabletkalari N30
  • Ishlab chiqarilish joyi: Sloveniya
  • Faol modda: Аторвастатин ko'proq ko'rsatish
  • Ishlab chiqaruvchi: КРКА, д.д., Ново место, АО
ATORIS 0,01 tabletkalari N30
  • Ishlab chiqarilish joyi: Sloveniya
  • Faol modda: Аторвастатин ko'proq ko'rsatish
  • Ishlab chiqaruvchi: КРКА, д.д., Ново место, АО
  • A
  • B
  • D
  • E
  • F
  • G
  • H
  • I
  • J
  • K
  • L
  • M
  • N
  • O
  • P
  • Q
  • R
  • S
  • T
  • U
  • V
  • X
  • Y
  • Z
  • Ch
  • Sh
  • 0-9