×
×

Mahsulotning ko'rinishi saytdagi rasmdan farq qilishi mumkin.

Trombopol tabletkalari 75mg N60

Kategoriya:
- Antitrombotik vositalar
Ishlab chiqarilish joyi:
- Polsha
Faol modda:
Ацетилсалициловая кислота
Qadoqda soni:
- 60
Ishlab chiqaruvchi:
- «Польфарма» АО
Vakil:
- Polpharma S. A.
ATX kodi:
- B01AC06
Shifokor konsultatsiyasi:
Noaniqliq haqida habar berish
Toshkentning 283 ta dorixonasida topildi

ico 24 600 s`om dan

Dorixonalardan izlash

ico 32 000 s`om dan + yetkazish

Buyurtma berish

ico 30 000 s`om dan

Bron qilish

O'xshash dorilar

KADNIL tabletkalari 75mg N28 BioMatrix Healthcare Pvt. Ltd Hindiston
70 000 s`om dan
KSARELTO tabletkalari 20mg N28 Bayer AG Germaniya
203 000 s`om dan
VARFARIN tabletkalari 2,5mg N100 Белмедпрепараты РУП Belarusiya
36 000 s`om dan
ASEKARD tabletkalari 50mg N30 Nika Pharm, ДХО O'zbekiston
5 600 s`om dan
Yaroqlilik muddati (oy) 3 года
Mahsulot haqida tafsilotlar
Saytda e'lon qilingan ma'lumotlar mutaxassislar uchun mo'ljallangan. O'zingizni-o'zingiz davolash bilan shug'ullanmang. Sog'lig'ingizga zarar bermaslik uchun mutaxassis bilan maslahatlashishga ishonch hosil qiling!
Quruq, yorug'likdan himoyalangan joyda, 25oS dan yuqori bo'lmagan haroratda saqlansin.

Preparat bolalar ololmaydigan joyda saqlansin.

Bitta tabletka quyidagilarni saqlaydi:

faol modda: atsetilsalisil kislotasi 75 mg yoki 150 mg

yordamchi moddalar:

tabletka yadrosi: kukunsimon tsellyuloza, makkajo'xori kraxmali, karmelloza natriy;

qobiq: gipromelloza, trietilsitrat, metakril kislotasining S kopolimeri, talk, titan dioksidi, natriy laurilsulfat, kolloidli suvsiz kremniy, natriy karbonati monogidrati.
Atsetilsalisil kislotasi araxidon kislotasidan prostaglandinlar sintezini katalizasiya qiluvchi ferment hisoblanuvchi tsiklooksigenazaning qaytmas ingibitori bo'lib hisoblanadi. Bu mexanizm yallig'lanishga qarshi, isitma tushiruvchi va og'riq qoldiruvchi ta'sirga javob beradi. Atsetilsalisil kislotasining 75-150 mg kichik dozalardagi eng muhim ta'siri trombositlar agregasiyasini kuchaytiruvchi va qon-tomirlarni qisqartiruvchi modda - tromboksan A2 sintezini ingibitsiya qilish hisoblanadi. Trombositlar tsiklooksigenazasining ingibitsiya qilinishi ularning agregasiya qobiliyatining pasayishiga olib keladi.

Trombositlar agregasiyasi asosiy jarayon hisoblanib, unga yurak ishemik kasalligining rivojlanish jarayonida toj arteriyalarning bosqichma bosqich torayishiga bog'liq. Agregasiyaga uchragan trombositlarning tomirlarning sklerotik o'zgargan qismlarini cho'kishi tromblarning hosil bo'lishiga olib kelib, bosqichma-bosqich yurak mushaklarining perfuziyasini miokard infarkti holatigacha yomonlashtiradi.

Nazorat qilinuvchi ko'plab tadqiqotlar natijalari shuni ko'rsatadiki, trombositlar tsiklooksigenazasining qon-tomir devorlari tsiklooksigenazasiga nisbatan optimal ingibitsiya qilinishi atsetilsalisil kislotasining kichik dozalari, ya'ni sutkada 40 mg dan 150 mg gacha miqdori qo'llanganda qo'lga kiritilishi mumkin. Ta'sir etuvchi moddaning me'dada ajralib chiqishini oldini oluvchi qobiq bilan qoplangan tabletkalardagi atsetilsalisil kislotasining kichik dozalari Portal qon aylanish doirasida trombositlar tsiklooksigenazasini ingibitsiya qilish uchun etarli bo'lgan kontsentrasiyani hosil qiladi, shu bilan bir vaqtda periferik qon aylanish doirasida kichik dozalar qon-tomirlar devorlarida prostasiklin sintezining juda kuchli ingibitsiya qilinishidan va nojo'ya ta'sirlardan asraydi, deb taxmin qilinadi.

Shunday qilib, atsetil kislotasining kichik dozalari yuqori dozalariga nisbatan samaraliroq ta'sir qilib, shu bilan bir vaqtda kamroq nojo'ya ta'sirlarni chaqirishi mumkin. Eksperimental ma'lumotlar atsetilsalisil kislotasi kichik dozalarining trombositlar agregasiyasiga ta'sirining ibuprofen bilan, ikkala preparat bir vaqtda qo'llanilgan holatda, ingibitsiya qilinishi ehtimolini ko'rsatadi.

Tadqiqotlarning birida ibuprofen 400 mg da dozada atsetilsalisil kislotasi tezkor ajralib chiqishni ta'minlovchi (81 mg) farmasevtik shaklda qabul qilingandan so'ng
8 soat ichida yoki undan 30 minutdan so'ng qabul qilinganda, atsetilsalisil kislotasining tromboksan hosil bo'lishi yoki trombositlar agregasiyaga ta'sirining kamayishi aniqlangan. Ammo cheklangan keltirilgan ma'lumotlar va ex vivo sharoitda olingan ma'lumotlarning klinik sharoitlarga ekstrapolyasiyasi bilan bog'liq chetlanishlarni inobatga olgan holda, ibuprofenni muntazam qo'llash bilan bog'liq xulosalarni aniq bayon etishning iloji yo'q, ibuprofenni sporadik qabul qilish holatida esa o'zaro ta'sirlashishning klinik oqibatlari ehtimoli kam.

Ichakda eruvchan qobiq bilan qoplangan tabletkalar me'dada erimaydigan dori shakli hisoblanib, atsetilsalisil kislotasining me'da shilliq qavatiga bevosita ta'siri xavfini kamaytiradi. Tabletkaning erishi va faol moddaning ajralib chiqishi o'n ikki barmoqli ichakning nisbatan ishqorli muhitida sodir bo'ladi.

Atsetilsalisil kislotasining ichakda eruvchan qobiq bilan qoplangan tabletkalardan so'rilishi oddiy dori shakllarning so'rilishidan farq qiladi. So'rilish preparat qabul qilingandan 3-6 soatdan so'ng boshlanadi, bu esa qobiqning me'dada preparatning parchalanishini samarali bloklashidan dalolat beradi. Plazmadagi maksimal kontsentrasiyaga qabul qilingandan taxminan 6 soatdan so'ng erishiladi va 150 mg tabletkalar uchun o'rtacha 12,7 mkg/ml va 75 mg tabletkalar uchun 6,72 mkg/ml ni tashkil qiladi.

Me'da-ichak yo'llarida ovqatning mavjud bo'lishi preparatning so'rilishini sekinlashtiradi, lekin atsetilsalisil kislotasining biologik kiraolishligini kamaytirmaydi.

Atsetilsalisil kislotasi me'da-ichak yo'llaridan 80-100% ga so'riladi. Atsetilsalisil kislotasi tez va ahamiyatli darajada organizmning ko'pchilik to'qimalari va suyuqliklarida taqsimlanadi. Nisbiy taqsimlanish hajmi taxminan 0,15-0,2 l/kg ni tashkil qiladi va preparatning qon zardobidagi kontsentrasiyasi ortishi bilan oshib boradi. Agar kontsentrasiya 120 mkg/ml ni tashkil qilsa, preparatning taxminan 33% qon plazmasi bilan bog'lanadi. Preparatning oqsillar bilan bog'lanish darajasi albumin kontsentrasiyasi bog'liq; sog'lom odamlarda ushbu daraja albumin kontsentrasiyasi pasayishi bilan kamayib boradi. Buyrak etishmovchiligida, homiladorlik davrida va yangi tug'ilgan chaqaloqlarda atsetilsalisil kislotasining plazma oqsillari bilan bog'lanishi gipoalbuminemiya va preparatni oqsillar bilan bog'dan endogen omillar tomonidan siqib chiqarilishi oqibatida pasayadi.

Atsetilsalisil kislotasi so'rilish vaqtida qisman metabolizmga uchraydi. Ushbu jarayon esteraza ta'siri ostida, bosh o'rinda jigarda, shuningdek qon zardobida, eritrositlar va sinovial suyuqlikda sodir bo'ladi. Salisilatlar asosan glisin bilan salisil kislotasigacha va glyukuron kislotasi bilan fenol-salisil hamda fenol-asil glyukuronidgacha kon'yugasiya qiladi; kichik qismigina gentizin kislotasi,
2,3-digidroksibenzoy kislotasi va 2,3,5-trigidroksibenzoy kislotasigacha gidroksillizasiyaga uchraydi. Ayollarda gidroksillanish jarayoni sekinroq kechadi (esterazaning qon zardobidagi faolligi pastroq).

Atsetilsalisil kislotasining plazmadagi eliminasiya fazasidagi yarim chiqarilish davri taxminan 2-3 soatni tashkil qiladi. Boshqa salisilatlardan farqli ravishda, gidrolizga uchramagan atsetilsalisil kislotasi takroran qo'llangandan so'ng qon zardobida to'planmaydi. Atsetilsalisil kislotasi peroral dozasining faqat taxminan
1% gidrolizga uchramagan ko'rinishda siydik bilan chiqariladi, qolgan qismi salisilatlar va ularning metabolitlari ko'rinishida chiqariladi. Buyrak funktsiyasi normada bo'lgan pasientlarda preparat bir marotabalik dozasining 80-100% 24-72 soat ichida siydik bilan chiqariladi.

Har qanday preparat kabi, Trombopol nojo'ya ta'sirlarni chaqirishi mumkin, lekin ular har kimda ham paydo bo'lavermaydi.

Agar pasientda allergik reaktsiyalarning dastlabki simptomlari (masalan, yuz, lab, til, nafas olish va yutishda qiyinchilik tug'diruvchi tomoq shishlari), ichki qon ketishlar, masalan ovqat hazm qilish yo'llaridan (simptomlari: qora rangdagi axlat) yoki qon ketishlar paydo bo'lsa, preparatni qabul qilishni to'xtatish va shifokorga darhol murojaat qiliish lozim. Shifokor simptomlarning og'irlilik darajasini baholaydi va keyingi choralar bo'yicha qaror qabul qiladi.

Quyida atsetilsalisil kislotasini qo'llash bilan bog'liq bo'lgan nojo'ya ta'sirlar keltirilgan: juda tez-tez (≥1/10); tez-tez (≥1/100 dan <1/10 gacha); tez-tez emas (≥1/1000 dan <1/100 gacha); kam hollarda (≥1/10 000 dan <1/1000 gacha); juda kam hollarda (<1/10 000), tez-tezligi noma'lum (mavjud ma'lumotlar asosida aniqlab bo'lmaydi).

Qon va limfatik tizim tomonidan buzilishlar

Qon ketishning yuqori xavfi, qon ketish davomiyligining uzayishi.

Quyidagi qon ketishlar kuzatilgan: operasiya vaqtida qon ketish, gematomalar, burundan qon ketish, siydik-jinsiy yo'llardan qon ketish, milklar qonashi. Kam yoki juda kam hollarda quyidagi jiddiy qon ketishlar haqida xabar berilgan: yakka holatlarda potentsial ravishda hayotga xavf tug'dirishi mumkin bo'lgan me'da-ichak yo'llaridan qon ketish, miyadan qon ketish (ayniqsa nazoratga olinmagan gipertenziya va (yoki) gemostatik preparatlar bir vaqtda qabul qilinganda).

Qon ketish temir etishmasligi tufayli qon ketish va (yoki) kamqonlik natijasida (masalan, yashirin mikro qon ketishlar natijasida) kuchsizlik, rangsizlik, gipoperfuziya kabi mos keluvchi klinik va laborator ko'rinishlarga ega o'tkir yoki surunkali kamqonlikka olib kelishi mumkin.

Immun tizimi tomonidan buzilishlar

Mos keluvchi laboratoriya va klinik ko'rinishlarga ega allergik reaktsiyalar, jumladan: astma, teri reaktsiyalari, toshma, eshakemi, shish, qichishish, yurak va nafas tizimi faoliyatining buzilishlari.

Juda kam hollarda: og'ir allergik reaktsiyalar, jumladan anafilaktik shok.

Moddalar almashinuvi va ovqatlanish tomonidan buzilishlar

Juda kam hollarda: gipoglikemiya.

Nerv tizimi tomonidan buzilishlar

Odatda doza oshirib yuborilishi simptomlari hisoblanuvchi bosh aylanishi va quloqlardagi shovqin.

Me'da-ichak yo'llari tomonidan buzilishlar

Tez-tez: dispepsiya (jig'ildon qaynashi, ko'ngil aynishi, qusish) simptomlari va qorin og'rishi.

Kam hollarda: me'da va ichak yallig'lanishi, juda kam hollarda qon ketish va teshilishga olib keluvchi, muvofiq klinik simptomlar va laboratoriya tahlil natijalari bilan ifodalanuvchi me'da va (yoki) o'n ikki barmoqli ichakning yara kasalligi.

Jigar va o't chiqarish yo'llari tomonidan buzilishlar

Kam hollarda: aminotransferazalar faolligining oshishi bilan kechuvchi jigar faoliyatining vaqtinchalik buzilishi.

Buyrak va siydik chiqarish yo'llari tomonidan buzilishlar

Juda kam hollarda: buyrak faoliyatining buzilishi.

Nojo'ya ta'sir holatlari haqidagi xabarlar

Har qanday nojo'ya ta'sirning zo'rayishi yoki ushbu yo'riqnomada keltirilmagan nojo'ya ta'sirlarning paydo bo'lish holatida, ular haqida shifokor yoki farmasevtga xabar berish kerak. Tibbiyot xodimlari gumon qilinayotgan nojo'ya ta'sirlarning barcha holatlari haqida xabar berishlari shart.

Nojo'ya ta'sirlar haqidagi shunday xabarlar tufayli preparatni qo'llash xavfsizligi bo'yicha keng ko'lamli ma'lumotni to'plash imkoni tug'iladi.



Trombopol preparatini qo'llashni boshlashdan avval shifokor yoki farmasevt bilan maslahatlashish lozim.

Atsetilsalisil kislotasini quyidagi holatlarda qo'llaganda ehtiyotkorlikka rioya qilish kerak:

  • Homiladorlikning birinchi va ikkinchi uch oyligi;

  • Emizish davri;

  • Nosteroid yallig'lanishga qarshi va revmatizmga qarshi preparatlar yoki allergiya chaqiruvchi boshqa moddalarga yuqori sezuvchanlik;

  • Antikoagulyantlarni bir vaqtda qo'llash;

  • Atsetilsalisil kislotasining antiagregant ta'siriga ta'sir ko'rsatishi mumkin bo'lgan ibuprofenni bir vaqtda qo'llash;

  • Jigar yoki buyrak funktsiyasi buzilishi bo'lgan pasientlar;

  • Anamnezida yara kasalligi yoki me'da-ichak yo'llaridan qon ketishlari bo'lgan pasientlar;

Nosteroid yallig'lanishga qarshi preparatlar va allergiya chaqiruvchi boshqa moddalarga yuqori sezuvchanligi bo'lgan pasientlarda atsetilsalisil kislotasini faqat xavf va foyda nisbati baholangandan keyin qo'llash mumkin.

Atsetilsalisil kislotasi bronxlar spazmi va astma hurujlari yoki boshqa allergik reaktsiyalarni chaqirishi mumkin. Xavf omillari bronxial astma, nafas tizimining surunkali kasalliklari, burun shilliq qavati poliplari bilan kechuvchi mavsumiy rinitni o'z ichiga oladi. Bu ogohlantirish boshqa moddalarga allergik reaktsiyalar kuzatilayotgan pasientlarga ham tegishli (masalan, teri reaktsiyalari, qichishish, eshakemi).

Antikoagulyantlarni (masalan, kumarin yoki geparin hosilalari, istisno ravishda kichik dozadagi geparin bilan davolanish) qabul qilayotgan, qon ketishlarga yuqori moyilligi bo'lgan pasientlarda (gemofiliya, K vitamining etishmovchiligi) xavf va foyda nisbatini inobatga olgan holda, atsetilsalisil kislotasini qo'llashni o'ylab ko'rish lozim.

Preparatni anamnezida me'da va (yoki) o'n ikki barmoqli ichak yarasi bo'lgan pasientlarda qo'llashni o'ylab ko'rish kerak, chunki yara kasalligi rivojlanishi va me'da-ichak yo'llaridan qon ketishi sodir bo'lishi mumkin.

Atsetilsalisil kislotasi, uning antiagregant ta'siri oqibatida jarrohlik operasiyalari (jumladan kichik operasiyalar, masalan tishni olib tashlash) vaqtida yoki undan keyin qon ketishi davomiyligini oshirishi mumkin. Atsetilsalisil kislotasini rejalashtirilgan jarrohlik, ayniqsa oftalmologik va otologik operasiyalaridan oldin 5 kun mobaynida qo'llash mumkin emas.

Yurak ishemik kasalligi, shuningdek trombositlar agregasiyasini ingibitsiya qilish maqsadga muvofiq bo'lgan turli klinik holatlar:
  • yuqori xavfga ega bo'lgan pasientlarda miokard infarktining oldini olish;

  • o'tkir miokard infarkti yoki o'tkir infark miokardiga gumon bo'lganda;

  • nostabil stenokardiyaning boshdan o'tkazilgan epizodi;

  • miokard infraktini boshdan kechirgan pasientlarda ikkilamchi profilaktika;

  • aortokoronar shuntlash yoki koronar angioplastikadan keyingi holat;

  • tranzitor ishemik hujum (TIH) hurujlariga ega pasientlarda TIH ning oldini olish;

  • Tihga ega pasientlarda boshdan kechirilgan ishemik insult;

  • periferik arteriyalarning obliterasiyalovchi aterosklerozi;

  • ko'pgina xavf omillari bo'lgan pasientlarda toj qon-tomirlari trombozining oldini olish;

  • uzoq muddat harakatsizlantirilgan pasientlarda venalar trombozi va o'pka emboliyasining oldini olish, masalan katta jarrohlik operasiyalaridan keyin qo'shimcha profliaktika usuli sifatida qo'llanadi.

Atsetilsalisil kislotasi bilan davolashni boshlash va qo'llaniladigan dozalar haqidagi qarorni shifokor qabul qilishi kerak.



Ichga qabul qilish uchun buyuriladi.

Ichakda eruvchan qobiq bilan qoplangan tabletkalar ovqatdan keyin, ularni butunligicha yutib, etarli miqdordagi suyuqlik (½ Stakan suv) bilan ichgan holda qabul qilinadi.

Ichakda eruvchan qobiq bilan qoplangan tabletkalar me'dada parchalanmaydi, buning natijasida atsetilsalisil kislotasining me'da shilliq qavatiga ta'sirlovchi ta'siri kamayadi.

Trombopol preparatining dozasini o'tkazib yuborish

Preparat dozasini qabul qilish o'tkazib yuborilgan holda, keyingi doza odatdagi vaqtda qabul qilinishi kerak. O'tkazib yuborilgan doza o'rnini to'ldirish maqsadida ikki barobar dozani qabul qilish mumkin emas.

 

Ayni vaqtda pasient qabul qilayotgan yoki so'nggi vaqtda qabul qilgan, shuningdek qabul qilishni rejalashtirayotgan barcha preparatlar haqida shifokor yoki farmasevtga xabar berish kerak.

Kichik dozalar qo'llaniladigan atsetilsalisil kislotasining o'zaro ta'sirlanishining paydo bo'lish tez-tezligi aniq tasdiqlanmagan. Hozirgi vaqtgacha keltirib o'tilgan ko'pchilik o'zaro ta'sirlashuv holatlari atsetilsalisil kislotasining umum qabul qilingan dozalar, ya'ni sutkada 1 g dan 3 g gacha dozalariga tegishli.

Qo'llash mumkin bo'lmagan majmualari

  • Metotreksat, haftada 15 mg va yoki undan ko'p dozalarda. Metotreksatning suyak ko'migiga toksik ta'sirining kuchayishi (bir vaqtda yallig'lanishga qarshi preparatlar, shuningdek atsetilsalisil kislotasi bilan birga qo'llanganda, metotreksat buyrak klirensining pasayishi va metotreksatning salisilatlar tomonidan qon zardobi oqsillari bilan bog'dan siqib chiqarilishi).

Yuqori ehtiyotkorlikka rioya qilishni talab qiluvchi majmualar

  • Metotreksat, haftada 15 mg dan kam dozalarda. Metotreksatning suyak ko'migiga toksik ta'sirining kuchayishi (bir vaqtda yallig'lanishga qarshi preparatlar, shuningdek atsetilsalisil kislotasi bilan qo'llanganda, metotreksat buyrak klirensining pasayishi va Metotreksatni salisilatlar tomonidan qon zardobi oqsillari bilan bog'dan siqib chiqarilishi).

  • Ibuprofen. Eksperimental ma'lumotlar shuni ko'rsatadiki, ibuprofen ask kichik dozalarining trombositlar agregasiyasiga ta'sirini, ikkala preparat bir vaqtda qo'llanilganda, kuchsizlantirishi mumkin. Ammo keltirilgan ma'lumotlar va ex vivo olingan ma'lumotlarning klinik sharoitlarga ekstrapolyasiyasi bilan bog'liq shubhalarning cheklanganligini inobatga olgan holda, ibuprofenni muntazam qo'llashga tegishli bo'lgan yakuniy xulosa qabul qilishning iloji yo'q, ibuprofenni sporadik qo'llash holatida esa o'zaro ta'sirlashishning klinik oqibatlarining ehtimoli kam.

  • Antikoagulyantlar, masalan kumarin, geparin hosilalari. Atsetilsalisil kislotasini bir vaqtda antikoagulyantlar bilan qo'llash antikoagulyant ta'sirning kuchayishini va antikoagulyantlarning qon zardobi oqsillari bilan bog'dan siqib chiqarilishi va atsetilsalisil kislotasining antiagregant xususiyatlari tufayli qon ketish davomiyligining uzayish xavfining ortishini chaqirishi mumkin.

  • Serotoninni qayta qamrab olinishini selektiv ingibitorlari. Atsetilsalisil kislotasini bir vaqtda serotoninni qayta qamrab olinishini selektiv ingibitorlari bilan qo'llash sinergik samara tufayli me'da-ichak yo'llarining yuqori sohalaridan qon ketish xavfini oshiradi.

  • Boshqa nosteroid yallig'lanishga qarshi preparatlar, shu jumladan yuqori dozalardagi salisilatlar (sutkada 3 g va undan ko'p). Nosteroid yallig'lanishga qarshi preparatlar va atsetilsalisil kislotasini bir vaqtda qo'llash me'da va (yoki) o'n ikki barmoqli ichak shilliq qavati shikastlanishlari paydo bo'lishi va me'da-ichak yo'llaridan qon ketishlar, shuningdek ushbu preparatlarning sinergik ta'siri oqibatida buyraklarning shikastlanish xavfini oshiradi.

  • Siydik kislotasini siydik bilan chiqarilishini oshiruvchi preparatlar, masalan benzbromaron, probenesid. Atsetilsalisil kislotasini siydik kislotasining chiqarilishi ko'paytiruvchi preparatlar bilan bir vaqtda qo'llash, podagraga qarshi preparatlar ta'sirining susayishini chaqiradi (siydik kislotasini buyrak kanalchalari orqali chiqarilish jarayonidagi raqobat).

  • Digoksin. Atsetilsalisil kislotasini digoksin bilan bir vaqtda qo'llash, digoksinning buyraklar orqali chiqarilishining pasayishi orqali chaqirilgan digoksinning qon zardobidagi kontsentrasiyasi ortishiga olib keladi.

  • Diabetga qarshi preparatlar, masalan insulin, sulfonilmochevina hosilalari. Gipoglikemiya chaqiruvchi xususiyatlar, shuningdek sulfonilmochevina hosilalarining qon zardobi oqsillari bilan bog'dan siqib chiqarilishi oqibatida atsetilsalisil kislotasi diabetga qarshi preparatlar ta'sirini kuchaytiradi.

  • Trombolitik preparatlar yoki trombositlar agregasiyasini ingibitsiya qiluvchi boshqa preparatlar, masalan, tiklopidin bir vaqtda atsetilsalisil kislotasi bilan qo'llanilganda, qon ketishlar davomiyligining ortishi xavfini oshirishi mumkin.

  • Siydik haydovchi preparatlar va atsetilsalisil kislotasini sutkada 3 g va undan ko'p dozada bir vaqtda qo'llash, buyraklarda prostoglandinlar sintezining pasayishi ortidan chaqirilgan kalavalar filtrasiyaning kamayishi natijasida organizmda natriy va suvning ushlanishi tufayli siydik haydovchi ta'sirni susaytiradi. Atsetilsalisil kislotasi furosemidning ototoksik ta'sirini kuchaytirishi mumkin.

  • Tizimli glyukokortikosteroidlar, istisno ravishda Addison kasalligida o'rnini bosuvchi davolash sifatida qo'llaniladigan gidrokortizondan tashqari. Atsetilsalisil kislotasi bilan bir vaqtda qo'llanganda me'da va(yoki) o'n ikki barmoqli ichakning yara kasalligi, me'da-ichak yo'llaridan qon ketishlarning paydo bo'lish xavfi, shuningdek salisilatlarning qon zardobidagi kontsentrasiyasining tizimli glyukokortikosteroidlar bilan muolaja vaqtida pasayish xavfi oshadi, glyukokortikosteroidlarni qo'llash tugatilgandan so'ng salisilatlar dozasining oshirib yuborilish xavfi ortadi.

  • Angiotenzinga aylantiruvchi ferment (AAF) ingibitorlari. Sutkada 3 g va undan yuqori dozalardagi atsetilsalisil kislotasi bilan bir vaqtda qo'llanganda, qon tomirlarni kengaytiruvchi ta'sir ko'rsatuvchi prostaglandinlar sintezini ingibitsiya qilinishidan chaqirilgan kalavalar filtrasiyaning kamayishi natijasida gipotenziv ta'sirning pasayishini chaqiradi.

  • Valproat kislotasi. Atsetilsalisil kislotasi valproat kislotasining toksikligini uni qon zardobi oqsillari bilan bog'dan siqib chiqarish yo'li orqali oshiradi. Valproat kislotasi atsetilsalisil kislotasining antiagregant ta'sirini ikkala preparatning sinergik ta'siri oqibatida kuchaytiradi.

  • Tsiklosporin, takrolimus. Nosteroid yallig'lanishga qarshi preparatlarni Tsiklosporin yoki takrolimus bilan bir vaqtda qo'llash ushbu moddalarning buyrakka nisbatan toksikligining ortishiga olib kelishi mumkin. Buyraklar faoliyatini nazorat qilish tavsiya etiladi.

  • Atsetozolamid. Atsetilsalisil kislotasi atsetozolamidning kontsentrasiyasi, shuningdek toksikligini ahamiyatli oshirishi mumkin.

  • Alkogol. Me'da-ichak yo'llari tomonidan nojo'ya ta'sirlar, ya'ni shilliq qavat yaralari yoki qon ketishlar xavfini oshirishi mumkin.

Preparat doim tibbiyotda qo'llanilishiga doir yo'riqnomaga muvofiq yoki shifokor yoki farmasevt tavsiyasiga ko'ra qo'llanilishi kerak.

Trombopol preparatini qo'llashni boshlashdan avval shifokor bilan maslahatlashish lozim. Shifokor ayni pasient uchun kerakli bo'lgan preparat dozasini buyuradi va qo'llash davomiyligini aniqlab beradi.

  • Yuqori xavfga ega bo'lgan pasientlarda miokard infarktining oldini olish

  • Tavsiya qilingan doza sutkada 75 mg dan 150 mg gacha.

  • O'tkir miokard infarkti yoki o'tkir miokard infarktga gumon

Bir marotaba 300 mg (75 mg dan 4 tabletka yoki 150 mg dan 2 tabletka).

Eslatma: o'tkir miokard infarktida yoki o'tkir miokard infarktiga gumon bo'lganda, ichakda eruvchan qobiq bilan qoplangan tabletkalarni atsetilsalisil kislotasining qobiqsiz tabletkalari bo'lmaganda qo'llash mumkin.

Ushbu holatda, ichakda eruvchan qobiq bilan qoplangan tabletkalarni tezkor so'rilishni ta'minlash uchun yaxshilab chaynash kerak.

  • Nostabil stenokardiyaning o'tkazilgan epizodi, miokard infarktini o'tkazgan pasientlarda ikkilamchi profilaktika

  • Tavsiya qilingan doza sutkada 75 mg dan 150 mg gacha.

  • Aortokoronar shuntlash yoki koronar angioplastikadan keyingi holat

  • Tavsiya qilingan doza sutkada 75 mg dan 150 mg gacha.

  • Tranzitor ishemik hujum (TIH) bo'lgan pasientlarda TIH hurujlari va ishemik insultning oldini olish

  • tavsiya qilingan doza sutkada 75 mg dan 150 mg gacha.

  • TIH bo'lgan pasientlarda o'tkazilgan ishemik insult

  • tavsiya qilingan doza sutkada 75 mg dan 150 mg gacha.

  • Periferik arteriyalarning obleterasiyalovchi aterosklerozi

  • Tavsiya qilingan doza sutkada 75 mg dan 150 mg gacha.

  • Ko'plab xavf omillari bo'lgan pasientlarda toj qon-tomirlar trombozining oldini olish

  • Tavsiya qilingan doza sutkada 75 mg dan 150 mg gacha.

  • Uzoq vaqt harakatsizlantirilgan pasientlarda venalar trombozi va o'pka emboliyasining oldini olish, masalan katta jarrohlik operasiyalardan keyingi qo'shimcha profilaktika usuli sifatida.

  • Tavsiya qilingan doza sutkada 75 mg dan 150 mg gacha

Keksa yoshdagi pasientlard va yosh bolalarda dozaning oshirib yuborilishi maxsus e'tiborni talab qiladi, chunki pasientlarning ushbu guruhida bu o'limga olib kelishi mumkin.

Preparat atsetilsalisil kislotasining kichik miqdorini saqlaganligi tufayli, Trombopol preparati dozasini oshirib yuborish ehtimoli kam.

Ahamiyatli miqdordagi tabletkalarni ataylab qabul qilish qonda hatto 12 soatlik kechikish bilan ham sodir bo'lishi mumkin bo'lgan toksik kontsentrasiyalarga erishishga olib kelishi mumkin.

Ahamiyatli miqdordagi ichakda eruvchan qobiq bilan qoplangan tabletkalarni qabul qilish me'dada yopishib qolgan tabletkalardan tarkib topgan qiyin yo'qoluvchi quyqa hosil bo'lishiga olib kelishi mumkin.

Dozaning oshirib yuborilish simptomlari: quloqlarda shovqin, giperventilyasiya, isitmali titroq, ko'ngil aynishi, qusish, ko'rishning buzilishi, bosh og'rig'i va bosh aylanishi, ong chalkashishi, kislota-asos va elektrolit balanslarning buzilishi, gipoglikemiya, teri toshmasi.

Dozaning o'tkir oshirib yuborilish holatida quyidagilar kuzatilishi mumkin: deliriy, titroq, nafas olishning qiyinlashishi (bo'g'ilish hissi), ko'p terlash, qo'zg'alish, koma.

Doza oshirib yuborilgan holatda shifokorga murojaat qilish kerak, pasientning o'tkir zaxarlanish holatida esa darhol kasalxonaga olib borish zarur.

Davolash me'da ichidagisini yo'qotish orqali preparatning so'rilishini kamaytirish (agar tabletkalar qabul qilingandan so'ng bir soatdan ko'p vaqt o'tmagan bo'lsa, qusishni chaqirish yoki me'dani yuvish kerak), preparatning chiqarilishi tezlashtirish, suv-elektrolit balansni kuzatish va tana harorati hamda nafas olish faoliyatini me'yorga keltirishdan iborat.B01AC06

Agar pasient homilador yoki emizayotgan bo'lsa, agar homilador bo'lishi mumkinligini gumon qilayotgan yoki homiladorlikni rejalashtirayotgan bo'lsa, ushbu preparatni qo'llashdan avval u shifokor yoki farmasevt bilan maslahatlashishi kerak.

Homiladorlik

Prostaglandinlar sintezining ingibitsiya qilinishi homiladorlikning kechishi va (yoki) embrion yoki homilaning rivojlanishiga salbiy ta'sir ko'rsatishi mumkin. Epidemiologik tadqiqotlar shuni ko'rsatadiki, homiladorlikning erta muddatlarida prostaglandinlar sintezi ingibitorlarini qo'llash homila tashlash, yurak tug'ma nuqsonlari va rivojlanish nuqsonlari xavfini oshiradi.

Tug'ma yurak-qon tomir nuqsonlarning umumiy xavfi 1% dan kam miqdordan taxminan 1,5% gacha ortadi. Xavf dozani oshirib borish va davolanish davrining davomiyligiga bog'liq holda ortib boradi, deb hisoblanadi.

Hayvonlarda prostaglandinlar sintezining ingibitorlari kiritilgandan so'ng urug'langan tuxum hujayraning bachadonga implantasiya qilinishidan oldin va undan keyin yuqori o'lim xavfi, shuningdek embrion va homilaning yuqori o'lim xavfi kuzatilgan. Undan tashqari, hayvonlarda organogenez vaqtida prostaglandinlar sintezi ingibitorlari kiritilgandan so'ng rivojlanishning turli nuqsonlari, shu jumladan yurak-qon tomir nuqsonlari holatlari sonining ortganligi haqida xabar berilgan.

Hayvonlardagi tadqiqotlar reproduktsiya (ko'payish) ga toksik ta'sirini ko'rsatmagan. Atsetilsalisil kislotasi ayollarda homiladorlikning I va II uch oyligida qo'llanilmasligi shart, istisno o'rnida, agar bu mutloq zarur holat bo'lsa. Atsetilsalisil kislotasi homilador bo'lishga harakat qilayotgan yoki homiladorlikning I va II uch oyligidagi ayollarga qo'llangan holatda, preparatning eng kichik dozalarini eng qisqa muddat davomida qo'llash lozim.

Prostaglandinlar sintezining barcha ingibitorlarini homiladorlikning III uch oyligida qo'llash homilani quyidagi xavf ostiga qo'yadi:

- Nafas va yurak-qon tomir tizimiga (jumladan, arterial qon oqimi va o'pka gipertenziyasining muddatidan avval yopilib qolishi ) toksik ta'sir ko'rsatadi;

- buyrak etishmovchiligi va suvsizlikka olib kelishi mumkin bo'lgan buyrak faoliyatining buzilishi.

Prostaglandinlar sintezining barcha ingibitorlarini homiladorlikning kechki muddatlarida qo'llash ona va yangi tug'ilgan chaqaloqni quyidagi xavf ostida qoldirishi mumkin:

- hatto kichik dozalarda qo'llanganda ham namoyon bo'lishi mumkin bo'lgan davomiy qon ketish, shuningdek antiagregant ta'sir xavfi;

- bachadon qisqaruvchi faoliyatining ingibitsiya qilinishi, bu kechikkan yoki cho'zilgan tug'ruqqa olib keladi.

- atsetilsalisil kislotasini homiladorlikning III uch oyligida qo'llash mumkin emas.

Emizish davri

Atsetilsalisil kislotasi kichik miqdorlarda ko'krak sutiga kiradi, shuning uchun chaqaloqda Rey sindromi rivojlanishining xavfi tufayli, Trombopol preparatini emizish davrida qo'llash mumkin emas. Agar emizayotgan ayol atsetilsalisil kislotasiining katta dozalarini qabul qilayotgan bo'lsa, bu go'dakda trombositlar funktsiyasining buzilishini chaqirishi mumkin.

Исследования на животных не показали токсическое влияние на репродукцию.

Ацетилсалициловая кислота не должна применяться у женщин в I и II триместре беременности, кроме случаев, когда это абсолютно необходимо. В случае применения ацетилсалициловой кислоты женщинами, которые пытаются забеременеть или в I и II триместре беременности, следует применять самые низкие дозы препарата в течение самого короткого времени.

Применение всех ингибиторов синтеза простагландинов в III триместре беременности может подвергать плод риску:

- токсического воздействия на дыхательную и сердечно-сосудистую системы (в том числе преждевременное закрытие артериального протока и легочной гипертензии);
- нарушения функции почек, которое может привести к почечной недостаточности

и маловодию.

Применение всех ингибиторов синтеза простагландинов на поздних сроках беременности может подвергать мать и новорожденного риску:

- продолжительного кровотечения, а также антиагрегантного действия, которые могут проявиться даже при применении в малых дозах;
- ингибирования сократительной деятельности матки, которое приведет к запоздалым или затяжным родам.

Применение ацетилсалициловой кислоты противопоказано в III триместре беременности.

Грудное вскармливание

Ацетилсалициловая кислота проникает в небольших количествах в молоко женщин, кормящих грудью, поэтому препарат Тромбопол не следует применять в период грудного вскармливания из-за риска развития синдрома Рея у ребенка. В случае если женщина, кормящая грудью, принимает большие дозы ацетилсалициловой кислоты, это может вызвать нарушение функции тромбоцитов у ребенка.

Fikr qoldirish
Baho:
              
Matnni kiriting

Ismingiz
Fikr-mulohazangiz moderator tekshiruvidan so'ng nashr etiladi

Mahsulot bo'yicha savolingiz bormi?

Savol qoldirish

Mulohazalar

Trombopol tabletkalari 75mg N60 dori vositasi O'zbekiston dori vositalari reestrida ro'yxatdan o'tganmi?
Ha, preparat O'zbekiston dori vositalari reestrida ro'yxatdan o'tgan.
Trombopol tabletkalari 75mg N60 dori vositasi ishlab chiqaruvchisi kim va u qaysi davlatda ishlab chiqarilgan?
Trombopol tabletkalari 75mg N60 dori vositasi «Польфарма» АО tomonidan Polsha mamlakatida ishlab chiqarilgan.
Trombopol tabletkalari 75mg N60 dori vositasi resept bo’yicha sotiladimi?
Trombopol tabletkalari 75mg N60 dori vositasi resept bo'yicha sotilmaydi.

Analoglar
ASK tabletkalari 75mg N50
Narh: 35 000 so'mdan Batafsil
KARDIO ASS tabletkalari 50mg N30
ASEKARD tabletkalari 100mg N30
  • Ishlab chiqarilish joyi: O'zbekiston
  • Faol modda: Ацетилсалициловая кислота ko'proq ko'rsatish
  • Ishlab chiqaruvchi: NIKA PHARM OOO
  • Vakil: Nika Pharm
Narh: 4 300 so'mdan Batafsil
AZPIZAL tabletkalari 325mg N100
  • Ishlab chiqarilish joyi: AQSh
  • Faol modda: Ацетилсалициловая кислота ko'proq ko'rsatish
  • Ishlab chiqaruvchi: KEM Pharma LLS, США произведено: LNK International, Inc.
ASEKARD tabletkalari 75mg N30
  • Ishlab chiqarilish joyi: O'zbekiston
  • Faol modda: Ацетилсалициловая кислота ko'proq ko'rsatish
  • Ishlab chiqaruvchi: Nika Pharm
Narh: 5 600 so'mdan Batafsil
ASEKARD tabletkalari 50mg N30
  • Ishlab chiqarilish joyi: O'zbekiston
  • Faol modda: Ацетилсалициловая кислота ko'proq ko'rsatish
  • Ishlab chiqaruvchi: Nika Pharm, ДХО
  • Vakil: Nika Pharm
Narh: 5 600 so'mdan Batafsil
TROMBOMAK 75 tabletkalari 75mg N60
  • Ishlab chiqarilish joyi: Hindiston
  • Faol modda: Ацетилсалициловая кислота ko'proq ko'rsatish
  • Ishlab chiqaruvchi: God Gift Laboratory Pvt. Ltd.
TROMBOPOL tabletkalari 75mg N60
  • Ishlab chiqarilish joyi: Polsha
  • Faol modda: Ацетилсалициловая кислота ko'proq ko'rsatish
  • Ishlab chiqaruvchi: Pharmaceutical Works Polpharma S.A.
Narh: 24 600 so'mdan Batafsil
TROMBO ASS tabletkalari 50mg N30
  • Ishlab chiqarilish joyi: Avstriya
  • Faol modda: Ацетилсалициловая кислота ko'proq ko'rsatish
  • Ishlab chiqaruvchi: Валеант,ООО, Россия произведено: G.L. Pharma GmbH
Narh: 10 500 so'mdan Batafsil
TROMBO ASS tabletkalari 100mg N30
  • Ishlab chiqarilish joyi: Avstriya
  • Faol modda: Ацетилсалициловая кислота ko'proq ko'rsatish
  • Ishlab chiqaruvchi: Валеант,ООО, Россия произведено: G.L. Pharma GmbH
Narh: 12 000 so'mdan Batafsil
TROMBO ASS tabletkalari 75mg N30
  • Ishlab chiqarilish joyi: Avstriya
  • Faol modda: Ацетилсалициловая кислота ko'proq ko'rsatish
  • Ishlab chiqaruvchi: ВАЛЕАНТ, ООО, Россия произведено: G.L. Pharma GmbH
Narh: 12 300 so'mdan Batafsil
ASEKARDOL tabletkalari 300mg N30
  • Ishlab chiqarilish joyi: Rossiya
  • Faol modda: Ацетилсалициловая кислота ko'proq ko'rsatish
  • Ishlab chiqaruvchi: Синтез, ОАО
AZPIZAL tabletkalari 81mg N100
  • Ishlab chiqarilish joyi: AQSh
  • Faol modda: Ацетилсалициловая кислота ko'proq ko'rsatish
  • Ishlab chiqaruvchi: KEM Pharma LLS, США произведено: LNK International, Inc.
KARDISEYV tabletkalari 75mg N30
  • Ishlab chiqarilish joyi: Ukraina
  • Faol modda: Ацетилсалициловая кислота ko'proq ko'rsatish
  • Ishlab chiqaruvchi: Фармак, ПАО
ASPIKARD tabletkalari 75mg N20
  • Ishlab chiqarilish joyi: Belarusiya
  • Faol modda: Ацетилсалициловая кислота ko'proq ko'rsatish
  • Ishlab chiqaruvchi: Борисовский завод медицинских препаратов, ОАО
ASPIRIN KARDIO tabletkalari 100mg N20
  • Ishlab chiqarilish joyi: Germaniya
  • Faol modda: Ацетилсалициловая кислота ko'proq ko'rsatish
  • Ishlab chiqaruvchi: Bayer
  • Vakil: Bayer
ASETILSALISILOVAYA KISLOTA KARDIO 0,1 eritma N30
  • Ishlab chiqarilish joyi: Rossiya
  • Faol modda: Ацетилсалициловая кислота ko'proq ko'rsatish
  • Ishlab chiqaruvchi: Татхимфармпрепараты, АО
ASETILSALISILOVAYA KISLOTA tabletkalari so vkusom meda N10
  • Ishlab chiqarilish joyi: Rossiya
  • Faol modda: Ацетилсалициловая кислота ko'proq ko'rsatish
  • Ishlab chiqaruvchi: Медисорб, АО
ALKA-ZELTSER tabletkalari N10
  • Ishlab chiqarilish joyi: Germaniya
  • Faol modda: Ацетилсалициловая кислота ko'proq ko'rsatish
  • Ishlab chiqaruvchi: Bayer Consumer Care AG
  • Vakil: Bayer
Narh: 33 600 so'mdan Batafsil
UPSARIN UPSA tabletkalari 0,5g N16
  • Ishlab chiqarilish joyi: Frantsiya
  • Faol modda: Ацетилсалициловая кислота ko'proq ko'rsatish
  • Ishlab chiqaruvchi: УПСА САС
ASEKARDOL 0,3 eritma N30
  • Ishlab chiqarilish joyi: Rossiya
  • Faol modda: Ацетилсалициловая кислота ko'proq ko'rsatish
  • Ishlab chiqaruvchi: Синтез АКОМПиИ,ОАО ("Синтез" ОАО)
ASEKARDOL 0,05 eritma N30
  • Ishlab chiqarilish joyi: Rossiya
  • Faol modda: Ацетилсалициловая кислота ko'proq ko'rsatish
  • Ishlab chiqaruvchi: Синтез АКОМПиИ,ОАО ("Синтез" ОАО)
ASEKARDOL 0,1 eritma N30
  • Ishlab chiqarilish joyi: Rossiya
  • Faol modda: Ацетилсалициловая кислота ko'proq ko'rsatish
  • Ishlab chiqaruvchi: Синтез АКОМПиИ,ОАО ("Синтез" ОАО)
ASETILSALISILOVAYA KISLOTA tabletkalari 250mg N10
  • Ishlab chiqarilish joyi: O'zbekiston
  • Faol modda: Ацетилсалициловая кислота ko'proq ko'rsatish
  • Ishlab chiqaruvchi: Radiks, ЧНПП
ASETILSALISILOVAYA KISLOTA tabletkalari 0,5g N20
  • Ishlab chiqarilish joyi: O'zbekiston
  • Faol modda: Ацетилсалициловая кислота ko'proq ko'rsatish
  • Ishlab chiqaruvchi: Samo, OOO
Narh: 4 700 so'mdan Batafsil
ASETILSALISILOVAYA KISLOTA tabletkalari 0,5g N10
  • Ishlab chiqarilish joyi: O'zbekiston
  • Faol modda: Ацетилсалициловая кислота ko'proq ko'rsatish
  • Ishlab chiqaruvchi: Samo, OOO
Narh: 1 500 so'mdan Batafsil
Ishlab chiqaruvchining dorilari
Ibufen D suspenziyasi 120ml 100mg/5ml
Narh: 49 800 so'mdan Batafsil
  • A
  • B
  • D
  • E
  • F
  • G
  • H
  • I
  • J
  • K
  • L
  • M
  • N
  • O
  • P
  • Q
  • R
  • S
  • T
  • U
  • V
  • X
  • Y
  • Z
  • Ch
  • Sh
  • 0-9